Научная статья на тему 'QORAQALPOG'ISTON RESPUBLIKASI TUPROQ IQLIM SHAROITIDA POMIDOR O’SIMLIGINING JAHON KOLLEKSIYA NAMUNALARINI O’RGANISH'

QORAQALPOG'ISTON RESPUBLIKASI TUPROQ IQLIM SHAROITIDA POMIDOR O’SIMLIGINING JAHON KOLLEKSIYA NAMUNALARINI O’RGANISH Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
1262
103
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
poliz ekinlari / pomidor / Qoraqalpog’iston Respublikasi / qurg’oqchilik / Amudaryo / urug’chilik va h.k. / melons / tomatoes / Republic of Karakalpakstan / drought / Amudarya / seed production / etc.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Nasiba Nizomaddin Qizi Ismoilova

Mamlakatimiz poliz ekinlarni ekish va eksport qilishda Markaziy Osiyo davlatlari orasida yetakchilik qiladi. Shu jumladan har bir viloyat kesimida poliz ekinlarini yetishtirish davlat dasturi darajasida ko’tarilgan ahamiyatli mavzulardan biridir. Ushbu maqolada muallif Qoraqalpog’iston Respublikasining tuproq iqlimida qanday qilib pomidor ekinini yetishtirish va ushbu jarayonning o’ziga xos murakkab, shuningdek ahamiyatli jihatlari haqida batafsil bayon qiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Our country is a leader among Central Asian countries in the cultivation and export of melons. In particular, the cultivation of melons in each region is one of the most important issues raised at the level of the state program. In this article, the author describes in detail how to grow a tomato crop in the soil climate of the Republic of Karakalpakstan and the specific complexity and importance of this process.

Текст научной работы на тему «QORAQALPOG'ISTON RESPUBLIKASI TUPROQ IQLIM SHAROITIDA POMIDOR O’SIMLIGINING JAHON KOLLEKSIYA NAMUNALARINI O’RGANISH»

QORAQALPOG'ISTON RESPUBLIKASI TUPROQ IQLIM SHAROITIDA POMIDOR O'SIMLIGINING JAHON KOLLEKSIYA NAMUNALARINI

O'RGANISH

Nasiba Nizomaddin qizi Ismoilova

Qoraqalpog'iston qishloq xo'jaligi va agrotexnologiyalari instituti Sabzavotchilik va

polizchilik yonalishi 2-kurs magistri

ANNOTATSIYA

Mamlakatimiz poliz ekinlarni ekish va eksport qilishda Markaziy Osiyo davlatlari orasida yetakchilik qiladi. Shu jumladan har bir viloyat kesimida poliz ekinlarini yetishtirish davlat dasturi darajasida ko'tarilgan ahamiyatli mavzulardan biridir. Ushbu maqolada muallif Qoraqalpog'iston Respublikasining tuproq iqlimida qanday qilib pomidor ekinini yetishtirish va ushbu jarayonning o'ziga xos murakkab, shuningdek ahamiyatli jihatlari haqida batafsil bayon qiladi.

Kalit so'zlar: poliz ekinlari, pomidor, Qoraqalpog'iston Respublikasi, qurg'oqchilik, Amudaryo, urug'chilik va h.k.

QORAQALPOG'ISTON RESPUBLIKASI TUPROQ IQLIM SHAROITIDA POMIDOR O'SIMLIGINING JAHON KOLLEKSIYA NAMUNALARINI

O'RGANISH

ABSTRACT

Our country is a leader among Central Asian countries in the cultivation and export of melons. In particular, the cultivation of melons in each region is one of the most important issues raised at the level of the state program. In this article, the author describes in detail how to grow a tomato crop in the soil climate of the Republic of Karakalpakstan and the specific complexity and importance of this process.

Keywords: melons, tomatoes, Republic of Karakalpakstan, drought, Amudarya, seed production, etc.

O'zbekston Respublikasi Prezidentining «Meva-sabzavot kartoshka va poliz mahsulotlarini xarid qilish va ulardan foydalanish tizimini tokamillashtirish chora-tadbirlari to'g'risidagi qarorida (Xalq so'zi 2016 yil 13aprel №72(6502) mamlakatimiz qayta ishlash korxonalarini xomashyo resurslari Bilan muntazam taminlash, ichni istemol bozorini yil davomida sabzavotlar, tashqi bozorlarida xaridorga va raqobatbardosh bo'lgan qo'l meva va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish hajmini ko'paytirish va turlarini kengaytirish uchun ularni yetishtirish, ishlab chiqarish va xarid qilash bo'yicha yagona tizimni shakllantirishning asosiy

vazifalarini belgilab beradi. Eng muhim va qimmatli sabzavot ekinlarning biri pomidor o'simligi hisoblanadi.

O'zbekistonning iqlim sharoiti pomidorni urug'dan ekishga qulay bo'lib, bu usulning ijobiy va salbiy tomonlari bor. Ijobiy tomoni bunda ko'chat tayyorlashga uni dalaga ekishga xarajatlar so'ralmaydi va yuqori hosil beradi. Tublar baquvvat rivojlanadi. Salbiy tomoni esa ekishda, tarbiyalashda kun, qo'l ko'magini talab etadi. Meva 20-25 kunga kech pishib yetiladi. Pomidor mevasi yangiligicha, tuzlangan va marinovkalangan holda iste'mol qilinadi. Pomidor shirasidan tayyorlangan tomat-pyure, tomat-pasta, tomat sharbati qimmatli oziq-ovqat mahsulotlari hisoblanadi. Keyingi yillarda mamlakatimizda pomidor mahsulotlariga talabning oshishi kuzatilmoqda. Joylarda uning mevasini qayta ishlash ishlari yaxshi yo'lga qo'yilmoqda. Lekin Qoraqolpog'iston Respublikasining tumanlarida pomidor yetishtirish, saqlash va uning mevasini qayta ishlash masalalarida to'plagan yechilmagan muammolar mavjud. Mintaqada pomidor yetishtirishni uning yalpi hosili ko'lamini yanada oshirish, yangidan qayta ishlash korxonalarini tashkil etish eng dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi.

Qayd etilishicha, yil boshidan beri Qozog'iston, Rossiya, Tojikiston va Iroqqa umumiy qiymati 7 million dollarga 14,5 ming tonna sabzavot va meva eksport qilingan. "Pomidorlarni Fransiyadan olib kelingan maxsus urug'lardan tuzlash va tabiiy sharoitda quyoshda quritish - arzon", - deya xo'jalik rahbari Sherzod Niyozimbetovning so'zlarini keltiradi Dunyo IA. «Fransiya va Italiya bozorlarida tabiiy quritilgan pomidorga talab oshib bormoqda. Viloyatda yetishtirilgan sabzavot va mevalar eksporti o'tgan yilga nisbatan qariyb ikki barobar oshdi ". Aytish o'rinliki, pomidor mevasi eng muhim va qimmatli sabzavot ekinlaridan biri hisoblanadi. Uning pishgan mevasi nihoyatda lazzatliligi, parxezliligi bilan ajralib, tarkibida turli vitaminlar, mineral tuzlar, organik kislotalar va uglevodlar saqlaydi. Pomidor shirasini qaynatib tayyorlangan tomat-pyure, tomat-pasta, tomat sharbati qimmatli oziq-ovqat mahsulotlaridan hisoblanadi, Chunki, bunday pomidor mevasi maxsulotlarida vitaminlar to'liq saqlanib qoladi. Bizda pomidor pishgan mevalari oftobda kuritilib, qoqi ham olinadi. Pomidor qayta ishlangach, undan qolgan chiqindilar, tarkibida 17-29% gacha moyi bo'lgan urug'lari istemol qilishga yaroqli pomidor moyi olishga, kunjarasi esa chorva mollariga ozuqa va o'g'it sifatida foydalaniladi.

Qoraqalpog'iston O'zbekiston Respublikasining Shimoliy-G'arbiy tekislik hududida Amudaryoning quyi bo'limida joylashgan bo'lib, uning umumiy yer maydoni 166,6 ming kvadrat kilometrni (1.01.2011 yil) tashkil qiladi. Qishloq xo'jaligi uchun yaroqli bo'lgan yer maydonlari Amudaryo deltasida joylashgan bo'lib, ular iqlim sharoiti bo'yicha cho'liston zonaning shimoliy hududlariga kiradi. Qoraqalpog'istonning iqlimi keskin kontinental va haddan tashqari qurg'oqchilligi bilan xarakterlanadi. Yoz oylari juda issiq, qishi sovuq bo'lib keladi. Respublika hududining iqlim sharoitlari har

tomonlama o'rganilgan. Dj. Matmuratovning ma'lum qilishicha, respublika hududi iqlim sharoitiga ko'ra to'rt zonaga bo'ladi: Janub (To'rtkul, Ellikqala, Beruniy va Amudaryo tumanlari); Markaziy (Xo'jayli, Sho'manay, Kegayli va Nukus tumanlari); Shimol (Qanliko'l, Chimboy, Qo'ng'irot, Qorao'zak va Taxtako'pir tumanlari) va Orol dengiz bo'ylari (Bo'zatov va Mo'ynoq tumanlari). Bu zonalar ob-havo, tuprog'ining tarkibi, yer osti suvlarining joylashishi va oqin suv bilan ta'minlanishi bo'yicha bir xil ahvolda emas. O'simliklarining o'sib-rivojlanishida issiqlik rejimi muhim omillardan bo'lib hisoblanadi. Hududda to'planadigan issiqlik jami o'simliklarning meva urug'larning to'liq pishib yetilishini ta'minlay oladi. Janubiy tumanlarda ob-havo boshqa zonalarga qaraganda issiqroq bo'lib keladi. Ekinlarning o'sib rivojlanishi (vegetatsiyasi) davrida oladigan natijali (effektiv) haroratning summasi bo'yicha yuqoridagi zonalar bir-biridan farq qiladi. Hududning iqlim sharoitining yana bir o'zgachaligi boshqa hududlarga nisbatan bahor fasli kech boshlanib, u qisqa vaqt ichida o'tadi. Bahorning dastlabki oylari salqin keladi. Markaziy zona (Nukus shahri) hududlarida mart oyida havoning o'rtacha harorati +4,10C bo'ladi, aprelda esa, u 13,90C gacha ko'tariladi. Havoning o'rtacha harorati yoz oylari 24-280C, kuz faslining sentyabr oyida 19,40C va oktyabr oyida 10,70C atrofida bo'ladi.

Qoraqalpog'iston Respublikasi hududida ko'pincha ob-havo ochiq bo'ladi. Bulutli kunlarning ko'pchilik qismi qish fasliga (dekabr-fevral) to'g'ri keladi. Kun radiatsiyasining yil davomidagi miqdori 168,9 kkal/kv sm (Taxiatosh t.). Hudud relefiga shamol oqimining va uning tezligi ta'sir qiladi. Shamolning tezligining o'rtacha yillik ko'rsatkichi 2,5-4,6 m/sek. Tuproqning qizishi martning birinchi o'n kunligidan boshlanadi, tuproq harorati 2013-yilning dastlabki oylarida ancha past bo'lganligi kuzatildi. U martda 7.10C, aprelda 15.40C va mayda 24.30C bo'lgan.

Respublikaning sug'orib ekiladigan yerlari asosan o'tloq, o'tloqli-taqir, o'tloqli-cho'l, o'tloqli-allyuvial tuproq tiplaridan tashkil topgan. Yer fondi hisobidagi 500,1 ming gektar maydonlar sug'oriladigan yerlar bo'lib, shundan 419,4 ming gektari surilib ekinlar ekiladigan dalalarni quraydi. Keyingi yillari hududning ekologiyasida yuz berayotgan salbiy ta'sirlarga ko'ra ekin maydonlarning unumdorligi pasayib bormoqda. Ko'pchilik ekin maydonlarning tuprog'ining tarkibida gumusning miqdori kam (0,41 -0,80%) ko'rsatkichlarda bo'lib qolmoqda. Professor U.E. ísmaylov ekin maydonlarning tuprog'ining unumdorligini orttirishga qaratilgan ilmiy-tadqiqot ishlarida ko'pchilik tumanlarda ekin yerlarning tarkibidagi chirindining, harakatchang fosfor va o'zgarmali kaliy miqdorining asta-sekin pasayib borayotganligini ko'rsatish bilan birga, tuproq unumdorligini orttirishda ekinlarni almashlab ekishning ahamiyati haqida qimmatli ma'lumotlar beradi. Hududning tuproqlari o'rtacha 41 ball bonitetga teng bo'lib, u O'zbekiston Respublikasi bo'yicha o'rtacha ko'rsatkichdan 14 ballga kam. Shuningdek, hududning ayrim joylarida ekinlarning vegetatsiyasi davrida yer osti suvlari haddining tegishli ko'rsatkichdan ortiq ko'tarilish holatlari ham uchraydi. Ekin maydonlarning

meliorativ ahvolining pasayishi natijasida tuproq tar-

kibida zararli tuzlar miqdorining ortib borishi malum. Sho'r yerlarda ekinlarni ekib, ulardan hosil yetishtirish katta qiyinchilik keltirmoqda. Ma'lumotlarga qaraganda (KKGME, 2012 y) sug'orilib ekiladigan yerlarning (515,1 ming ga) ko'pchilik maydonlari turli darajada sho'rlangan.

Pomidor gullarini bichayotganda ishni osonlashtirish uchun changdonlar gultoj bilan birgalikda olib tashlanadi. Bichish ishi kunining ikkinchi yarmida bajariladi. Shunday qilinganda ochilib qolgan urug'chi quyosh nurlaridan zarar ko'rmaydi. Bichib bo'lgandan keyin gullar paxta bilan himoya qilinadi. Masalan, pomidor mevasi ta'rifida shu narsani aytish kerakki, pomidor ko'p pallali rezavor mevadir. Piyoz ta'rifida piyozboshlar quruq uch qirrali mevalar ekanligi, loviya dukkaklari ta'rifida to'sig'i yo'q ekanligi, pergament qatlami borligi aytiladi. Oziq moddalarga boy, mexanik tarkibi engil qumoq, sho'rlanmagan har xil tuproq tiplari yaroqli. Ayniqsa, o'tloq, o'tloq-bo'z va tipik bo'z tuproqlarda pomidor yaxshi o'sadi, yuqori hosilni ta'minlaydi. Beda, ko'kat va dukkakli sabzavotlar, piyoz, sarimsoq, poliz ekinlari, bodring va karam yaxshi o'tmishdosh. Pomidorni pomidordan so'ng yoki ituzumdoshlar oilasiga mansub boshqa ekinlar, yani pomidor o'simliklarda uchraydigan kasallik-zararkunandalarga chalinadigan kartoshka, qalampir, boyimjon, tamaki, shuningdek g'o'za ekinidan keyin ekmaslik kerak. Chunki, pomidor mevasi g'o'za singari ko'sak qurti bilan zararlanadi. Bir dalada tomatni ikki yil o'stirib, yana uch yildan so'ng ekish mumkin. Pomidor tuproq unumdorligiga va o'g'itlarga talabchan ekin. U tuproqdagi oziq moddalarni sarflashi bo'yicha sabzavot ekinlari orasida oldingi o'rinlardan birini egallaydi. O'zbekiston sabzavot-poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti ma'lumotlariga ko'ra, gektaridan 580-700 ts pomidor hosili olish uchun 160-230 kg sof azot va 7090 kg sof fosfor sarflanadi. O'zbekistonda pomidorga organik va mineral o'g'itlar birga solinganda yanada samarali bo'ladi. Bunda 20-30 tn go'ng, 1,5-2 ts kaliy xlor, 2,3-2,5 ts ammofos kuzgi shudgorlashdan oldin solinadi. Umuman, bo'z tuproqlarda gektariga azot 120-200, fosfor-140-150, kaliy 90-100 kg, o'tloq va o'tloq-botqoq tuproqlarda-azot 140-150, fosfor 140150, kaliy-100 kg hisobida beriladi.

Hozirgi paytda pomidor ochiq va yopiq maydonlarda virusli kasalliklar (stolbur, strik va mozaika) bilan kasallanmoqda. Ularga qarshi urug'lar ekisholdi termik ishlanib, 2 sutka davomida 50-52° da so'ng bir sutka mobaynida 80° li termostatda qizdiriladi. Qizdirilgan urug'lar so'ngra 0,03% li metilen ko'ki yoki 0,8-1% kaliy permanganat eritmasida ivitiladi va ekiladi. Qishda pishish darajasiga qarab har 3-5 kunda jami 10-15 martgacha teriladi. Mevalari bir vaqtda pishadigan, texnikaga mos navlar hosili SKT2 markali kombayn yordamida bir marta yig'ishtirib olinadi. Yaqin joylarga jo'natish va tuzlash maqsadlari uchun sarg'aygan mevalari teriladi. Pomidor terish iyundan boshlanib oktyabrgacha davom etadi. Terish kechiktirilganda mevalari tarkibidagi vitaminlar yo'qoladi, irib-chiriydi, oqibat natijada hosili kamayadi. Mevalar bandi bilan

birga uzilib, chelak yoki savatlarga solinadi. Terish vaqtida mevalarni shikaslantirmaslik kerak, aks holda yorilgan joyidan ichiga havo kirib, vitanim S ning parchalanishiga olib keladi. Terilgan mevalarni daladan tashishda pritsepli telejka va boshqa tranport vositalaridan foydalaniladi. Terilgan pomidor mevalari sifati va yirikligiga qarab saralanadi va yashiklarga joylanib, tegishli joylarga jo'natiladi. Uzoq joylarga yuborishga mo'ljallangan mevalar 6-8 kg li yashiklarga zich qilib kuzgi qora sovuqlar tushishidan oldin yetilgan va xom pomidorlarning hammasi terib olinadi, chunki sovuq urgan mevalar saqlash va tuzlash uchun yaramaydi. Pomidorning urug'idan ekishning O'zbekstonda optimal muddati martnining uchunchi-sprektrning o'rtalariga mos keladi .Bunda ekish joyi tuproqning etilishi hisobiga olinadi. Qurg'oq tuproqda ekish qiyin buladi, bunda ekishdan keyin egatlarda suo'g'orish ishlari olib boriladi.

Issiq va quruq iqlim uchun pomidorlar shamolga bardoshli bo'lib, ular kasalliklarga chidamli, chunki ba'zi kasalliklar issiq iqlim sharoitida tez tarqaladi. Cho'l pomidorlari erta gullaydi, shuning uchun ularni yozgi harorat eng yuqori darajaga yetguncha yig'ib olish mumkin. Tezroq pishadigan kichik pomidorlar odatda quruq iqlim uchun yaxshiroq pomidor hisoblanadi. Cho'l pomidorini tanlashda o'simlik nomidagi maslahatlarga e'tibor bering, masalan, Heat Master yoki Solar Fire. Hammasi ham issiqlik bilan bog'liq ismlarga ega emas, lekin ko'pchilik sizga ularning issiq iqlim sharoitlariga mos kelishini bildiradi.

Meva va sabzavot mahsulotlarini qayta ishlashning uch uslubi bor: fizik (issiliq sterilizatsiyasi, terang muzlatish, yuqori osmotik basimdan foydalanish, nurlantirish); mikrobiologik, (sut kislotasi va spirt qo'llaniladi); kimiyoviy- konservalashda antibiotik ta'sirlash ya'ni mikrofloraning rivojlanishiga to'sqinlik qilish (sulfattsiya, benzonnan, sorbin kislotasi va boshqalardan foydalaniladi). O'zbekiston Respublikasi viloyatlarida meva va sabzavot mahsulatlarini qayta ishlashning yangi texnologiyalari amalga oshirilmoqda. Bunday uskunalangan qayta ishlash korxonalari va sexlar Toshkent, Samarqanda viloyatlarida yaxshi yo'lga qo'yilgan. Qoraqalpog'iston Respublikasida mahsulatlarni qayta ishlaydigan korxonalar hali kam. Nukus tumanida pomidorni qayta ishlash buyicha OOO «Nukus agro» korxonasi ish olib bormoqda.

REFERENCES

1. Balashev N.N., Zeman G.O., Ovoshevodstvo. Tashkent «O'qituvchi» 1981y. 366s.

2. Jukovskiyning P.M. «Kulturnie rasteniya i ix sorodichi» Leningrad «Kolos» 1971. 750 s.

3. Azimov B.J., Buriev X.Ch., Azimov B.B. «Savzavot ekinlarining biologiyasi» Toshkent, 2001. 166 s..

4. Kuperman F.M. «Eksperimentalniy morfogenez tsvetkovix rasteniya» izd. Moskovskogo Universiteta 1972. 291 s.

5. Ostonaqulov T.E., Zuev V.i., Qodirxo'jaev O.Q. «Sabzavotchilik» Tashkent, 2009. 459 s

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.