Научная статья на тему 'URDU TILIDA MAQOLGA NISBATAN QO‘LLANILUVCHI ATAMALAR'

URDU TILIDA MAQOLGA NISBATAN QO‘LLANILUVCHI ATAMALAR Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
5
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
maqol / kahavt / masal / zarbulmasal / matal / ibora / hikoya / lo‘kokti / aforizm / maqula / kehnaut / proverb. / proverb / kahavt / fable / zarbulmasal / saying / idiom / story / lokokti / aphorism / maqula / kehnaut.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Yusupova, Mohira

Maqolada maqolning boshqa atamalardan farqi hamda urdu tilida qaysi atamalar maqolga nisbatan qo‘llanilishi, ularning bir-biridan farqli jihatlari ochib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

TERMS USED IN URDU WITH REGARD TO THE ARTICLE

The article explains the difference between a proverb and other terms, and which terms are used for proverbs in Urdu and their differences.

Текст научной работы на тему «URDU TILIDA MAQOLGA NISBATAN QO‘LLANILUVCHI ATAMALAR»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

URDU TILIDA MAQOLGA NISBATAN QO'LLANILUVCHI ATAMALAR

Yusupova Mohira

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, "Urdu tili, adabiyoti, Pokiston tarixi va madaniyati" kafedrasi o'qituvchisi mohraxon9@gmail .com (894)6959442

ANNOTATSIYA

Maqolada maqolning boshqa atamalardan farqi hamda urdu tilida qaysi atamalar maqolga nisbatan qo'llanilishi, ularning bir-biridan farqli jihatlari ochib berilgan.

Kalit so'zlar: maqol, kahavt, masal, zarbulmasal, matal, ibora, hikoya, lo'kokti, aforizm, maqula, kehnaut, proverb.

АННОТАЦИЯ

В статье объясняется разница между пословицей и другими терминами, а также какие термины используются для пословиц на урду и их различия.

Ключевые словы: пословица, кахавт, басня, зарбулмасал, притча, фраза, рассказ, лококти, афоризм, макула, кехнаут.

ABSTRACT

The article explains the difference between a proverb and other terms, and which terms are used for proverbs in Urdu and their differences.

Keywords: proverb, kahavt, fable, zarbulmasal, saying, idiom, story, lokokti, aphorism, maqula, kehnaut.

KIRISH

Maqollar bizning ham do'stimiz, ham ustozimiz, ham tabibimiz, ham rahbarimiz. Biron masala paydo bo'lganda bironta maqol uni hal qilishga tayyor bo'ladi. Shu shart bilan ular bizning esimizda qoladi. Ba'zan ularning ishlatilinishi qiziq yoki uyatli ham bo'lishi mumkin.

Mazmuniga ko'ra "maqol - qisqa masal shakliga ega; uning o'zi "oddiy gap maqol emas"ligini aytib turadi. Bu - kinoya bilan aytilgan va xalq tomonidan sayqallanib, iste'molga kirgan hukm, muhokama, nasihatdir"1.

"Maqolga eng yaqin janr matal hisoblanadi. Xalq tili bilan aytganda, matal - gul, maqol - uning mevasidir"2.

"Matal - maqol va masalga aylanishga ulgurmagan element hisoblanadi"3.

1 Даль В.И. Пословицы русского народа. Т.1. М., Русская книга. 1984.- C.13.

2 Там же произведение. С.9.

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

"Matal - ko'chma ma'nodagi ibora, oddiy kinoya, lekin unga biron hikoyat, hukm, hayotiy tajriba xos emas u maqolning birinchi yarim qismidir"4.

Maqol va matallar xalq og'zaki ijodi mahsuli sifatida V.P.Anikin va Yu.G.Kruglovlar tomonidan batafsil o'rganilgan. Tadqiqodchilar maqolga quyidagicha ta'rif beradilar: "Maqol - nutqda qo'llaniladigan qisqa, barqaror, ritmik shakllangan obrazli ibora bo'lib, so'zlashuvda ko'p ma'noda qo'llanilish xususisyatiga ega. Bu ta'rifda keltiriligan qisqalik, ko'p ma'nolilik, barqarorlik va ritmga ega bo'lish xususiyatlari ko'p hollarda boshqa xususiyatlarni ham o'z ichiga qo'shib oladi5. Qolaversa, maqol deganda xalqning ijtimoiy-tarixiy va turmush tarzidagi orttirgan tajribasini o'zida mujassam qilgan hodisa tushuniladi',(5.Ularnmg fikriga ko'ra, "agar maqol muayyan xalqning turmush tarzi, uning tili va urf-odatlarining natijasi sifatida ko'rilsa, uni adabiy janr deb atash mumkin"7.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Maqollarda muayyan hukmni mantiqiy izchillikda, keskin qutbiylikda ifodalash yetakchilik qiladi. Shuning uchun ham maqolda voqelik yo izchil ijobiy, yo keskin salbiy jihatdan baholanadi. Fikr keskin qutbiylikda ifodalanganligi uchun ham har bir maqolda ikki mantiqiy markaz mavjud. Bu markazlar mazmunan bir-biriga yo o'xshatiladi, yo taqqoslanadi, yoki butunlay zid qo'yiladi.8 Masalan, urducha

" ijj^j yj^j i^i ^Lj l£ jlj^J "

"Qilich yarasa bitadi, so'z yarasi bitmaydi" maqolida zid qo'yish orqali gap jarohati bitishiga ko'p vaqt kerakligi va ba'zi vaqtlar bu ham yetarli bo'lmasligi ifodalanyapti.

"Xalq og'zaki janrlari orasida hajmi, tashqi shakliy xossalari hamda voqelikni aks ettirish tarzi jihatidan maqollarga yaqin turuvchi matal, topishmoq kabi janrlar mavjud bo'lib, bu janrlar orasidagi o'xshash jihatlarning ko'pligi tufayli ular orasidagi farqlarni anglash biroz muammo tug'dirishi mumkin"9.

Xuddi o'zbek tilidagi singari boshqa tillarda, jumladan, urdu tilidagi maqollarda ham shu muammoga duch kelamiz. Ba'zi olimlar tomonidan masal, matal, aforizm, zarbulmasal atamalari maqolning sinonimi sifatida qo'llaniladi va o'z navbatida bu ularning bir-biridan farqlarini ajratish joizligiga ishora qiladi.

3 Потебня А.А. Эстетика и поэтика. М.: «Искусство», 1976.-C.527.

4 Даль В.И. Пословицы русского народа. Т.1. М., Русская книга. 1984.-C. 14.

5Аникин В.П. Ю.Г. Круглов Русское народное творчество. Л., Просвещение., 1983.-С.11.

6Там же произведение. C.117.

7 Там же произведение. С.116.

8 Imomov K., Mirzayev T., Sarimsoqov B., O'zbek xalq og'zaki poetik ijodi. T.: "O'qituvchi" 1990 - B. 92.

9Imomov K., Mirzayev, T. Sarimsoqov, B. O'zbek xalq og'zaki poetik ijodi. T.: "O'qituvchi" 1990. - B.92.

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

O'zbek, rus, ingliz olimlari tomonidan olib borilgan tadqiqotlarda matal, masal va maqol so'zi o'rnida qo'llaniluvchi yana bir qator atamalarning ishlatilishidagi umumiylik va farqlar deyarli yakdildir. Ammo urdushunos olimlarning qarashlari ularga zid nazariyalarni ilgari suradi. Urdu tilida maqol uchun "J^l ^j^" zarbulmasal, "^jU^" kahavt, "J^" masal, "Jj^" maqula va yana boshqa atamalar ham qo'llaniladi.

Hindistonlik professor Imran Shehzadi o'zining "Jl^Vl ^j^ j^jl jjl nomli maqolasida maqolni zarbulmasal atamasi bilan qo'llagan. Uning fikricha, zarbulmasal arab tilidan olingan 'Vj^" ismi va "J^" dan oldin Jl artiklining qo'shilishi bilan yasalgan. Masal o'xshashlik, hadis, sifat, bir xillik degan ma'nolarda qo'llaniladi. Urdu tilida zarbulmasalning ma'nosi "^jW^" kahavt yoki " kehnautni anglatadi10.

Mazhar Husayn Go'ndal ham o'zining "^cljSil ^IjS" nomli asaridagi "Ilmi bayan" bo'limida "Jl^l ^j^" asosan zarbulmasal terminini keltiradi va uning inglizcha varianti sifatida "Proverb" ni qo'llash bilan bir vaqtda sinonim sifatida kahautni ishlatadi.

Olimning fikricha, zarbulmasalning ma'nosi "misol keltirmoq", "biron namuna keltirmoq" hisoblanadi. U shunday jumlaki, avloddan-avlodga o'tuvchi inson tajribasining qiyomi va unda biron-bir axloqiy saboq yoki ibrat bo'lsa, uni zarbulmasal deb atashadi11.

So'zma-so'z tarjimasi: Halol yasha, qo'rqmay yasha. Izohi: Halol va dindor inson hech narsadan qo'rqmasa ham bo'ladi. O'zbekcha muqobili: Oshing halol bo'lsa, ko'chada ich. Professor Anvar Jamal adabiy janrlar borasidagi "^U^k^ I nomli asarida maqol mavzusiga alohida urg'u bergan.

Olimning fikricha, "^jU^" ning qayta-qayta qo'llanilishidan keng yoyilgani "JUJl hisoblanadi12.

Hindistonlik olim Yunus Agaskar maqollarni batafsil yoritib bera oladigan "j^ ^iU j jl jjl uijUS j^jl" nomli asarida asosan maqolga nisbatan

atamasini qo'llagan bo'lsa-da, asarda "Jl^il ^^"c "JSx" so'zlaridan

ham keng foydalanilgan.

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

Olimning ta'kidlashicha, so'zi hindiy tiliga oid so'z hisoblanib hindiy

tilidagi so'zidan yasalgan. Unga ma'nodosh sifatida "^jt^'V'^j1-^" , d^" "so'zlari ham kiritilgan13.

"^jU^" so'zi zamonaviy hind-oriy tillarida ancha mashhur. Lekin uning ko'rinishi har bir tilda bir xil emas. Urdu, hindiy, nepaliy tillarida bir xil aytiladi va bir xil ma'noda qo'llaniladi. Masalan, urdu tilida "^jU^" kahavtga sinonim sifatida "JliiJl ^ij^" va " <3*" qo'llanilsa, hindiy tilida maqol "^jU^", "^j1-^" deya ifodalanib, ularga sinonim sifatida"uW^ v1", "o^j^" so'zlaridan foydalaniladi. Sharif Ahmad Qurayshiyning "uijU^ j^jl" "Urducha maqollar" nomli asarida boshqacha talqinni ko'rish mumkin. Odatda kahavt, lo'kokti va zarbulmasal yoki masalni bir-biriga sinonim yoki ma'nodosh deb o'ylashadi, aslida esa bunday emas. Zarbulmasal so'zi yoki masal va lo'kokti xususan savodli yoki oliy ta'limga ega tabaqadan kelib chiqqan. Kahavt so'zi esa xalqqa tegishli yoki to'liq jamiyatdan olingan. Bironta savodsiz, o'qimagan, kam ta'lim olgan va qishloqlik odamning og'zidan odatda zarbulmasal so'zi yoki lo'koktini eshitish uchramaydi. Ko'plab o'qimagan yoki qishloqliklar zarbulmasal yoki lo'koktini tushunishmaydi ham. Ha, ba'zi odamlar masal so'zidan albatta voqif, lekin kahavat so'zi kam ta'lim olgan, savodsiz, o'qimagan, madaniyatsiz, shaharlik, qishloqlik boshqa har tabaqadagi odamlardan olingan. Barcha odamlar ushbu so'zni qo'llaydi, tushunishadi va ishlatishadi. Boshqa tomondan gap shundaki, bironta yozma-yu og'zaki yoki biron ma'lum shaxslarning og'zidan chiqqan muhim jumlalar, gaplar, hikmatli so'zlar ko'p ishlatilishi sabab xalq merosi paydo bo'lganda va saroy jihatdan ishlatila boshlanganda zarbulmasal yoki kahavt shaklini ixtiyor qiladi, lekin kahavt oddiy xalqqa tegishlidir. Uning rivojlanishi yoki tashkil topishi oddiy xalq yoki noma'lum shaxslar orqali bo'ladi 14. Olimning e'tiroficha, kahavtga aloqador '^jjW^ <\jjljl«&

sanskrit so'zlar bo'lishi kerak. Ularning orasida eng yaqin so'z kathavt dir. Undan kahavt so'zi yasalgan. Agar biz kahavtning yasalishi bilan

aloqadorligini tan olsak, ishonch bilan ayta olishimiz mumkinki, kahavat so'zining ishlatilishi butunlay lo'kokti va zarbulmasal uchun emas, balki faqat ularning kelib chiqishidagi bironta hikoya, hikoyat, qissa , talmeh yoki bironta voqea tomonga ishora qilishi ularni birlashtirishi mumkin. Shu sababli odatda kahavt, zarbulmasal va lo'koktini bir-biriga sinonim yoki ma'nodosh degan fikrni ilgari surishadi. Shuning uchun bugungi kunda ularning ishlatilishidagi farqini va chegarasini belgilash to'g'ri emas. Hozirgi davrda biz uni faqat kahavt deb atashimiz ham mumkin emaski, ulardagi qissa yoki hikoyatni yaratuvchisi oddiy xalq yoki noma'lum shaxslar bo'lsa

13 Rasul S.. Gender and Power Relationships in the Language of Proverbs: Image of a Woman// FWU Journal of social Sciences. - 2015. - No 2 (9). - P. 53-62.

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

ham. Bu bilan ko'plab kahavtlami kahavtlar sirasidan chiqarishga to'g'ri keladi. Masalan, " ^f jjb " , "uf jj^l". So'ngra zarbulmasal va kahavtni

osonlik bilan ikki turga taqsimlash mumkin. Ularni kahavt deyish mumkin, qachonki, uning zamirida biron hikoya, qissa, hikoyat, voqea yoki talmeh bo'lsa, ya'ni hikoyatli zarbulmasalgina kahavtdir. Lo'kokti va zarbulmasal doirasiga esa barcha zarbulmasal va kahavtlarni kiritish mumkin, garchand ularga aloqador bironta hikoya, hikoyat yoki talmeh va boshqalar xoh bo'lsin, xoh bo'lmasin. So'zlarga boy boshqa barcha kahavtlar zarbulmasaldir, lekin barcha zarbulmasal kahavt bo'la olmaydi.

Olim Surur Alimzar esa yuqoridagi urdushunos olimlarning qarashlariga zid bo'lgan nazariyani ilgari suradi. Uning fikricha, odatda odamlar va "ojj1-^"

iboraning farqini yaxshi tushunishadi, lekin "Jli^ll ^j^" va ning farqi

borasida ko'pincha odamlarning fikrida noaniqlik bor15.

Xulosa o'rnida aytish joizki, maqollar frazeologik birlik emas, balki paremiya sifatida tadqiq etiladi va har bir tilning ko'rkini ta'minlovchi manba bo'lib xizmat qiladi. Shuningdek, matal, masal, aforizmlarning maqollardan farqli va o'xshash xususiyatlari borasidagi qarashlar o'zbek, rus, ingliz tillarida deyarli mushtarakdir. Urdu tilida "^jU^", "Jli^ll ^j^", " JL>", "Jj^" atamalarining barchasi maqol ma'nosida qo'llaniladi. Bu jihatdan urdu tilida maqol borasidagi nazariyalarning o'zbek tilidan farqini anglash mumkin.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES):

1. Алефиренко Н. Ф. Фразеология и паремиология. Учеб. Пособие для бакалаврского уровня филол. Образования. М.: Изд-во Флинта, 2009. - 600 с.

2. Аникин В.П., Круглов Ю.Г. Русское народное творчество. Л.: Просвещение., 1983. - 250 с.

3. Барли Н. Структурный подход к пословице и максиме// Паремиологические исследования. М.: 1984. - 45 с.

4. Бутенко Е.Ю. «Лингвокультурология» М.: Изд-во «Флинта», 2014.-125 с.

5. Даль В.И. Пословицы русского народа. Т.1. М.:Русская книга.1984.-300 с.

6. Imomov K., T. Mirzayev, B. Sarimsoqov, O. Safarov. O'zbek xalq og'zaki poetik ijodi. T.: "O'qituvchi", 1990. - 240 b.

7. Safarov O. O'zbek xalq og'zaki ijodi. T.: "Musiqa", 2010.- 220 b.

8. Uluqov. N. Tilshunoslik nazariyasi. T.: "Barkamol fayz mediya", 2016. -300 b.

9. Shomaqsudov Sh., Shorahmedov Sh. Hikmatnoma. T.: 1990. - 523 b.

10. Rasul S. Gender and Power Relationships in the Language of Proverbs: Image of a Woman// FWU Journal of sotial Stie^es. 2015. - 170 p.

15 Y«W Jjl 'jlj jjj^ -- U-Jf^

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

11. Voo— ^ ^ "ji^j ^jl^J j jl jjl u£j^jl" j^l ^jj

12. - ^^ YOl jjjl^ u^j-^ j^jl o^JJ ^^l '

13. ^V — ^^ jln^U -»HU* j^jl ^ljSJl Jjjj£ jt^*

14. yyy — ^^ YOY y^j^jjli ^jJjjj jbl ^^il ^I^^U^l ^j^l Jl^, jjjl

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.