Научная статья на тему 'OYBEKNING “NAVOIY” ROMANI TARJIMALARIDA MATAL VA MAQOLLARNING BERILISHI'

OYBEKNING “NAVOIY” ROMANI TARJIMALARIDA MATAL VA MAQOLLARNING BERILISHI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
1162
46
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
roman / badiiy tarjima / frazeologizm / maqol / obrazli ko‘chma ma’no. / story / literary translation / phraseological unit / proverb / metaphorical meaning.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Sharipov, Rustam, Rasulova, Kamola

Ushbu maqolada atoqli o‘zbek adibi Oybekning “Navoiy” romani tarjimalarida matal va maqollarning berilishi masalasi, romanning iste’dodli turk tarjimonlari Ahsan Botur va Shuayip Qoraqosh tomonidan amalga oshirilgan tarjimalar misolida ko‘rib chiqiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

TRANSLATION OF MATTERS AND PROVERBS IN THE TRANSLATIONS OF OYBEK'S NOVEL "NAVOIY".

The present article, the issue of giving words and proverbs in the translations of the famous Uzbek writer by Aybek novel "Navoi" in Turkish translations made by talented translators Akhsan Botur and Shuayip Karakash.

Текст научной работы на тему «OYBEKNING “NAVOIY” ROMANI TARJIMALARIDA MATAL VA MAQOLLARNING BERILISHI»

OYBEKNING "NAVOIY" ROMANI TARJIMALARIDA MATAL VA MAQOLLARNING BERILISHI

d https://doi.org/10.24412/2181-1784-2022-28-305-311

Filol.f.n. Rustam SHARIPOV

TDSHU dotsenti, Toshkent. O'zbekiston.

Tel: +998 99 819 51 04; e-mail: [email protected] Kamola RASULOVA, TDSHU 2-kurs magistranti, Tel: +998 93 386 63 05;

E-mail: rasulovakamolaQ 120@gmail .com

Annotatsiya. Ushbu maqolada atoqli o 'zbek adibi Oybekning "Navoiy" romani tarjimalarida matal va maqollarning berilishi masalasi, romanning iste'dodli turk tarjimonlari Ahsan Botur va Shuayip Qoraqosh tomonidan amalga oshirilgan tarjimalar misolida ko'rib chiqiladi.

Tayanch so'zlar: roman, badiiy tarjima, frazeologizm, maqol, obrazli ko 'chma ma 'no.

Аннотация. В данной статье рассматривается вопрос придание слов и пословиц в романе выдающегося узбекского писателя Айбека "Наваи" в турецком языке, которая была переведён талантливыми переводчиками Ахсан Ботур и Шуайип Каракаш.

Ключевые слова: роман, художественный перевод, фразеологизм, пословица, метафорическое значение.

Abstract. The present article, the issue of giving words and proverbs in the translations of the famous Uzbek writer by Aybek novel "Navoi" in Turkish translations made by talented translators Akhsan Botur and Shuayip Karakash.

Key words: story, literary translation, phraseological unit, proverb, metaphorical meaning.

Madaniyatning ajralmas qismi, tilning muhim qatlamini tashkil etuvchi, asrlar osha hayotda sinalib, sayqallanib, avloddan avlodga o'tib kelayotgan, xalqning muayyan voqea-hodisa haqida xulosasi, adolatli hukmi mujassam bo'lgan maqollar bebaho ma'naviy boylik sifatida insoniyat tarixining barcha davrlari uchun mutlaq haqiqat, donolikning eng oliy nuqtasi hisoblanadi [1,9].

Bizning xalqimizda qadimdan paydo bo'lgan va u shaklan qisqa, lekin m'anoli otalar so'zi [5,569] sifatida qo'llanilib kelinadi. Tadqiqotimizning

Ä- R.

ob

asosiy manbaasi hisoblangan ushbu romanda ham bir qancha maqollarni uchratdik. Ulardan ayrimlari gap bilan tarjima qilingan bo'lsa, ba'zilari asliyatda maqol bo'lmasada, mutarjim tomonidan maqol bilan o'girilganligini guvohi bo'ldik.

Maqol xalq og'zaki ijodi janrlaridan biri bo'lgan maqollar ham lingvopoetik vosita sanaladi. Maqol - (arabcha "qavlun" (so'z) fikr aniq, lo'nda, tugal, mantiqiy izchil, xulosa tarzida bayon qilingan janr. Maqolning turkiy sinonimi "otaso'z"(ataso'z)dir. Dastlabki 300 ga yaqin turkiy maqollar Mahmud Koshg'ariyning "Devonu lug'atit turk" asarida keltirilgan. Gulxaniyning "Zarbulmasal" kitobida 400 dan ortiq maqol keltirilgan.1980-yillarda O'R FA Til va adabiyot inistitutida 13000 ga yaqin maqol to'plab nashr etildi.Alisher Navoiy maqol atamasini "masal" tarzida ishlatgan. Ana shu atama XX asrning birinchi yarmigacha qo'llangan. O'zbek tilida bir qancha maqollar to'plamlari nashr etilgan: "O'zbekcha otalar so'zi"(1924), "Maqollar va hikmatli so'zlar"(1939), "Otalar so'zi-aqlning ko'zi"(1947), "O'zbek xalq maqollari"(1978), "O'zbek xalq maqollari"(ikki jildlik, 1987-1988). Xalq maqollarini tadqiq etgan va nashrga tayyorlagan olimlardan Hodi Zaripov, G'ozi Olim, G'ulom Zafariy, Zubayda Husayinova, Bahodir Sarimsoqov, Asqar Musaqulov va boshqalar. Maqollar va matallar xalqning tarixiy, og'zaki va yozma ijodi mahsuli hisoblanib, xalqning ko'p asrlik tajribalari, turmushidagi turli voqea-hodisalarga munosabatining ifodasidir.

Madaniyatning ajralmas qismi, tilning muhim qatlamini tashkil etuvchi, asrlar osha hayotda sinalib, sayqallanib, avloddan avlodga o'tib kelayotgan, xalqning muayyan voqea-hodisa haqida xulosasi, adolatli hukmi mujassam bo'lgan maqollar bebaho ma'naviy boylik sifatida insoniyat tarixining barcha davrlari uchun mutlaq haqiqat, donolikning eng oliy nuqtasi hisoblanadi [1,9].

Misol tariqasida romanda jumla ichida keltirilgan muallif tomonidan juda o'rinli qo'llanilgan maqol tarjimasiga e'tiborimizni qaratadigan bo'lsak:

Asliyat: - Anov uloqchi? - To'g'onbek uzoqda o't chimtib yurgan oriq echkini ko'rsatdi.

- Bolam u qo 'shniniki... - Ishontirishga kirishdi kampir.

R.

ob

- Na zarari bor? Tuya ko 'rdingmi - yo'q! - Zaharxanda qildi To 'g'onbek [2, 62].

Ahsan Botur tarjimasi: - Ya §u oglak ne? - Doganbey uzakta otlamakta olan kegiyi gösterdi.

- Balam o kom§ununki.. - ihtiyar onu inandirmaya gali§ti.

- Ne farkeder? Kornau mali ortaklik! - Diye giki§ti Doganbey [3, 54].

Shuayip Qoraqosh tarjimasi: "Peki, ya §u oglak?" Toganbek uzakta

otlayan zayif bir kegiyi i§aret etti. "Balam, o kom§unun..." inandirmaya gali§ti ya§li kadin.

"Ne zarari var? Deve gördün mü, yok!" bakti Toganbek [4, 74].

Yuqoridagi "Tuya ko'rdingmi - yo'q" maqolining mazmuni "Hech narsani ko'rmaganlik, bexabarlik" bo'lib, birinchi tarjimonimiz Ahsan Botur mazkur maqolning aynan muqobili bo'lmagani uchun uni quyudagicha: "Kornau mali ortaklik!" yani "Qo'shni moli o'rtada"deb tarjima qilgan. Bu tarjima asliyatdagi maqolning o'rnini bosa olmagan va tarjima muallifning fikrini ochib bera olmagan. Ikkinchi tarjimon Shuayip Qoraqosh esa turk mentalitetida bu kabi maqolning o'zi mavjud bo'lmasa-da, so'zma-so'z tarjima qilingan. Bu o'zbek xalqiga xos bo'lgan maqol turk kitobxoni uchun tushunarsiz bo'lishi mumkin.

Bir tilga xos maqol, matal, idiomalarning boshqa tildagi muqobili bilan o'girish yoki so'zma-so'z tarjima qilish ma'qul emasligini uqtirgan G'. Salomov, bunday birliklarni ularning formal tomondangina muvofiq keladigan shakldosh varianti bilan yoki u qanday bo'lsa aynan shunday tarjima qilinsa, xato kelib chiqishi mumkinligini aytadi.

Maqol xalq orasida kun sayin tug'ilib qolganidek, uni badiiy matnda, yani qalam yordamida yoritilayotgan asarda qo'llash masalalari paydo bo'ldi. Chunki asarda berilayotgan timsol yoki voqea-hodisani to'laroq bayon etish uchun albatta maqol va matallarga murojaat qilinadi.

"Agar mendan: "Tilda ham mo'jizalar bo'ladimi?" - deb so'rasalar, men: "Agar bo'lsa, tilning "mo'jizasi" - undagi maqol, matal va idiomalardir", - deb javob qilgan bo'lar edim", - deydi taniqli tarjimashunos olim G'aybulloh as-Salom. Chindan ham, gapning qaymog'i, shirasi, olam-olam ma'no beradigani va, shu bilan birga, lo'ndasi - maqol va matallardir.

Maqol so'zining ko'rki, nutqning o'tkir quroli, xalqning donishmandligidadir. Har bir xalqning tarixi, tafakkuri va ruhiy holatlari maqol, matallarda o'z ifodasini topadi. Har bir maqolda shu maqolni yaratgan xalqning timsoli, xalqning milliy madaniy merosi namoyon bo'ladi.

Endi e'tiborimizni quyidagi yana bir maqolga qaratmoqchiman:

Asliyat: "Ilm igna bilan quduq qazish" degan qadimgi fikrga hujralarning andozasi yorqin misol bo 'lsin, deb bir zamonlar me'moriy san'atida tolibi ilmlar uchun shu andozani qabul qilgan bo'lsalar ehtimol... [2, 7].

Ahsan Botur tarjimasi: Kimbilir , "ilim , igneyle kuzu kazmaktir" §eklindeki kadim gorü§e hücrelerin endázesine tipik bir ornek olsun diye mimarlar tálib-i ilimlere ancak bu tip odalari münásip gormü§lerdi .. [3, 6].

Shuayip Qoraqosh tarjimasi: "ilim, igne ile kuyu kazmaktir" §eklindeki eski fikre hücrelerin olgüsü parlak bir misal olsun, diyerek bir zamanlar mimarlik sanatinda talebeler igin bu olgüyü kabul etmi§ olmalidirlar. [4, 32].

Mazkur maqol turkchaga ikki tarjimon tarafidan ham so'zma-so'z tarjima qilingan. Yuqoridagi milliy mentalitetimizga xos bo'lgan maqolning aynan ekvivalenti turkchada mavjud ekanligi tarjimaning yutug'idir. Maqollar aslida maqol bilan tarjima qilinsa, badiiy matn bo'yoqdorligini oshiradi. Chunki, maqol uchun asos bo'lgan so'z tarjima qilingan chog'da ham fikr umumiyligida chalg'ishlar yuzaga keladi.

Maqol, matallarda Vatanni sevish, mehnat qilib yashash g'oyalari maqol mohiyatida salmoqli hissalar qo'shib keladi.

Badiiy matn matallarda esa maqollar va matallarda o'girish jarayoni alohida o'rin egallaydi. Bu yerdan tarjimondan o'tkir ziyraklik va katta matonat talab qilinadi. Chunki aynan maqol va matallarning tarjimasini to'liq yoritib berolmaslik badiiy asar mazmuniga putur etkazishi mumkin. To'g'ri, har bir maqol va matal ham ma'no, ham shakl, ham xususiyatga ega. Lekin bularga umumiylik masalasi ham ahamiyatlidir. Shuni aytib o'tish kerakki, ko'plab maqollarning har xil tillardagi shaklllarida ham shaklan, ham mano jihatidan yoki umumiy bajarayotgan funktsiyalaridan o'hshashlik topsa bo'ladi.

"Navoiy" romanida shunday chuqur ma'noga ega maqollar borki, ular xatto xozirgi kunda nutqda ham kam uchraydi. Ulardan biri:

Asliyat: - So'fi so'g'on1 yer, topilsa yo'g'on yer, deganday, endi podshohdan bir nima yulmoqchimisizlar! [2, 15].

Ahsan Botur tarjimasi: - Sufi sogan yer, bulursa yagli da yer dedikleri gibi, §imdi siz bu pâdiçâhtan bir çeyler koparmak niyetindesiniz!

[3, 12].

Shuayip Qoraqosh tarjimasi: Sofu sogan yemez; bulursa kabugu nu bile yer, dedikleri gibi §imdi Padiçah'tan bir §ey mi koparmak istiyorsunuz [4, 37].

Mazkur maqol xozirda xalq orasida keng qo'llanilmasa-da, lekin o'zining ma'no mazmuniga ega. Romandagi mazkur jumla ham maqol ham o'xshatishga misol bo'ladi. Maqol asliyatda "So'fi piyoz yeydi, topilsa (bo'lsa), bo'kkuncha yeydi" ma'nosida ishlatilgan. Maqolning

turkchaga tarjima qilgan Ahsan Botur..... Shuayip Qoraqosh tomonidan

o'girilgan mazkur maqol teskari o'girilsa, quyidagi shaklni oladi: So'fi so'g'on yemas, topsa hatto (piyozning) po'stini ham yer, deganday endi podshohdan bir nima yulmoqchimisizlar!

Yuqoridagi ikki mutarjimning tarjimalariga qaraydigan bo'lsak, ikki tarjimon ham maqolning asl ma'nosini tushunmasdan noto'g'ri tarjima qilganliklarini ko'rishimiz mumkin.

Maqol obektini hamisha saqlash ko'p hollarda go'zalliklarga olib kelsa-da, uni milliy an'anviy birikmalar bilan alishtirishda ham asardagi ma'lum komponentlarni buzib yuborish ehtimoliga olib keladi. To'g'ri, milliy sayqal berish ba'zida samara beradi, asar jozibasini oshirishga imkon yaratadi, bo'yoqdorligini kengaytiradi. Lekin milliy sayqallikni oshirib yuborilishi ba'zi xollarda tarjimani bachkanalashishiga sabab bo'lib qolishi mumkin. Shunday bo'lsa-da, badiiy matn tarjimasida sayqal va bo'yoqdorlik shart va zaruriydir.

Maqollarni tarjimada qo'llash, ular orqali matn badiiy saviyasini oshirish ijodkorga ham, o'quvchiga ham zavq baxsh etadi. Maqollarning asarlarda ishlatilishi asarning qadr qimmatini yanada oshirib beradi.

1 Сугон - шв, пиёз (Узбек тилининг изох,ли лугати: 80000 дан орти; суз ва суз бирикма 260 си. Ж. III. Н-Тартибли/Тах,рир хдйъати: Т.Мирзаев (рах,бар) ва бош;. УзР ФА Тил ва адабиёт ин-ти. - Тошкент: «Узбекистон миллий энциклопедияси» Давлат илмий нашриёти, 2006.-688)

309

R

ob

Tarjimon esa o'z mehnati natijasini tarjima qilishdan asarning sof va mazmunan boyligida ko'radi.

Tarjima nazariyasining bir qancha matal, idiomalarni bir tildan boshqa tilga tarjima qilish muammosi ham g'oyat katta ahamiyat kasb etadi. Frazeologiya masalalari va turli tillarda so'zlarning har xil birikishiga oid problema, tarjima praktikasi bilan birga, tarjima nazariyasi uchun ham g'oyat katta ahamiyat kasb etadi. Chunki turli tillarda moddiy manosi bir xil bo'lgan so'zlarning mano va uslub funktsiyalari bir-biridan tafovut qilishi turli tillarda bunday so'z birikmalarining farq qilganligi uchun, tarjima praktikasida katta mushkullik tug'dirib, nazariy jihatdan ham juda katta qiziqish uyg'otadi.

Maqol, matal va idiomatik iboralar badiiy asarda avtor tilida hamda unda tasvirlangan personajlar nutqida ko'p uchrashi sababli ular badiiy adabiyot uchun juda harakterlidir. Biroq A.V.Fyodorovning fikricha, nutq vositalarining bu kategoriyasi faqatgina badiiy adabiyotning xususiy mulki bo'la olmaydi. Chunki frazeologik iboralar publistikada va qisman ilmiy adabiyotlarda ham ishlatiladi. Shuning uchun ularga faqat badiiy adabiyotga taalluqli masala deb emas, balki juda muhim til masalasi deb qaramoq kerak. Tarjimada muallif uslubi va milliy kaloritni aks ettirish, aniq va erkin tarjima tushunchasi, obraz va personajlarning til xususiyatlarini tarjimada berish adekvat badiiy tarjima yaratish va boshqa o'nlab jumboqlar maqol, matal va idiomatik iboralarni tarjima qilish masalalari bilan chambarchas bog'liqlir. Ko'pgina yozuvchi, shoir va olimlarning asarlarida maqol, matal va idiomalarni bir tildan boshqa tarjima qilish muhim va murakkab ish ekanligi alohida takidlab o'tiladi.

Badiiy asar tilida ifodalangan milliy ruhni aks ettirishda maqollarning roli katta.Maqol, matal va idiomalarni buzib tarjima qilish asar tilini nursizlantiradi. Va uning badiiy qimmatiga putur etkazadi.

Asliyat: - Arzi dodimni kimga aytayin, quloq sol bolam! -muloyimlanib gapirdi kampir.

- Ko'p so z eshakkayuk... [2, 62].

Ahsan Botur tarjimasi: - Derdime kulak sal oglum, kime anlatayim derdimi sen dinlemezsen! - Diye karsilik verdi ihtiyar yalvarmakli bir eda ile. - Fazla söz esege yük... [3, 54].

Shuayip Qoraqosh tarjimasi: "Ben derdimi kime soyleyeyim, kulak ver, balam!" mulayim bir sesle cevap verdi ya§li kadin. "Qok soz e$ege yuk... [4, 74].

Bu o'zbek xalqi maqoli turk tilida mavjud bo'lmagani uchun ikki tarjimon ham so'zma - so'z tarjima qilgan. Ammo shunday bo'lsa ham tarjimalar o'rinli va chiroyli o'girilgan. Bizda bir qancha maqol, matal va idiomalar turli asarlarda turlicha tarjima qilishda ro'y berayotgan chalkashliklar tanqid qilinar ekan. Bundan ayni bir frazeologik iborani hamma tarjimonlar muqarrar ravishda uning bir xil shtamp ekvialenti yoki muqobil tarjima qilishlari shart degan xulosa kelib chiqmaydi. Ko'p tarjimonlar frazeologik birikmalarni aniq ekvialentini topolmay har xillikka yo'l qo'ygan chog'larida ham bari-bir asarni keyingi nashrlarda yoki boshqa asarni tarjima qilganlarida o'zbek tilidan o'sha birikmalarni mag'zini ochadigan muqobil birikmalar topib ishlatishga harakat qilganlar. Bu esa ularning adekvat tarjima yaratish yo'lida sidqidil mehnat qilganliklarni ko'rsatadi.

Xulosa sifatida shuni aytish mumkin-ki, biz yuqoridagi misollarni yana bir qanchasini keltirishimiz, ikki tarjimaning ijobiy va salbiy tomonlarini ochiqlashimiz mumkin. Bularning barchasi oxir-oqibatda tarjimalarning yutuq va kamchiliklardan xoli emasligini ko'rsatadi. Ikki mutarjimning goh asliyatga yaqinlashib, goh asliyatdan uzoqlashib qilgan tarjimalari Oybekning "Navoiy" romanini qayta yaratishga harakat qilganliklarini ko'rsatib turibdi. Tarjimonlar tomonidan yo'l qo'yilgan kamchiliklar tarjimalarning qimmatini aslo kamaytirmaydi, aksincha bo'lg'usi yangidan-yangi tarjimalar uchun faqatgina o'rnak bo'ladi xolos.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. Hamidov X. Maqol va idiomalar tarjimasi muammolari. - T., 2017. - 128 b.

2. Oybek, Navoiy, roman, / «Asr oshgan asarlar» turkumi // Tahrir hay'ati: Bobir Alimov va b. -Toshkent: «Sharq», 2004, - 496 b.

3. Aybek, M.T. Nevai, Qev. Ahsen Batur. - Istanbul: 1995. - 447 s.

4. Aybek. Nevayi, Roman, Turkiye Turkfesine aktarma ve inceleme Prof. Dr. §uayip Karaka§. - istanbul: Otuken Yayinevi, 2019. - 461 s.

5. Узбек тилининг изохли лугати. 5 жилдли. 2-жилд. -Т., 2006-2008. -569 b.

6. Shamsieva, B. (2022). The term of transfer in the field translation studies. In развитие науки, технологий, образования в xxi веке: актуальные вопросы, достижения и инновации (pp. 99-102).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.