Научная статья на тему '“NAVOIY” ROMANIDAGI MILLIYLIKNING EVFEMIZM VA DISFEMIZMLAR VOSITASIDA IFODALANISHI'

“NAVOIY” ROMANIDAGI MILLIYLIKNING EVFEMIZM VA DISFEMIZMLAR VOSITASIDA IFODALANISHI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
746
230
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
roman / badiiy tarjima / frazeologizm / maqol / obrazli ko‘chma ma’no. / story / literary translation / phraseological unit / proverb / metaphorical meaning.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Rasulova, Kamola Patxilayevna

Ushbu maqolada atoqli o‘zbek adibi Oybekning “Navoiy” romanidagi milliylikning evfemizm va disfemizmlar vositasida ifodalanishi masalasi romanning iste’dodli turk tarjimonlari Ahsan Botur va Shuayip Qoraqosh tomonidan amalga oshirilgan tarjimalar misolida ko‘rib chiqiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE EXPRESSION OF NATIONALITY THROUGH EUPHEMISMS AND DYSPHEMISMS IN THE NOVEL "NAVOII"

The present article discusses the representation of nationality through euphemisms and dysphemism in the novel "Navoi" written by Oybek in Turkish translations made by talented translators Ahsan Botur and Shuayip Karakash.

Текст научной работы на тему «“NAVOIY” ROMANIDAGI MILLIYLIKNING EVFEMIZM VA DISFEMIZMLAR VOSITASIDA IFODALANISHI»

"NAVOIY" ROMANIDAGI MILLIYLIKNING EVFEMIZM VA DISFEMIZMLAR VOSITASIDA IFODALANISHI

d https://doi.org/10.5281/zenodo.7394919

Rasulova Kamola Patxilayevna

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, Qiyosiy tilshunoslik, lingvistik tarjimashunoslik mutaxassisligi 2-kurs magistranti, Toshkent sh. O'zbekiston.

Tel: +998 93 386 63 05; E-mail: rasulovakamolaQ 120@gmail .com

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada atoqli o'zbek adibi Oybekning "Navoiy" romanidagi milliylikning evfemizm va disfemizmlar vositasida ifodalanishi masalasi romanning iste'dodli turk tarjimonlari Ahsan Botur va Shuayip Qoraqosh tomonidan amalga oshirilgan tarjimalar misolida ko'rib chiqiladi.

Tayanch so'zlar: roman, badiiy tarjima, frazeologizm, maqol, obrazli ko'chma ma 'no.

ABSTRACT

The present article discusses the representation of nationality through euphemisms and dysphemism in the novel "Navoi" written by Oybek in Turkish translations made by talented translators Ahsan Botur and Shuayip Karakash.

Key words: story, literary translation, phraseological unit, proverb, metaphorical meaning.

"Milliylik" va "milliy o'ziga xoslik" atamalari o'zaro ma'nodosh tushunchalardir. Asarning umumiy xususiyatlari xalqning xususiy va ijtimoiy hayot tarzi, turmush sharoiti, kiyimi, urf odatlari, shahar, muassasalarning nomlarida ko'rinadi. Bularning yig'indisi asarning milliy xususiyatini tashkil etadi1.

Evfemizm (yun. euphemismos — yumshoq ifodalash) - so'zlovchiga aytish noqulay, noo'rin yoki qo'pol tuyulgan so'z va iboralarning sinonimi sifatida paydo bo'lgan so'zlar. Evfemizm salbiy voqelikni atashdan qochish, shunday voqelikning salbiy ta'sirini yumshatish uchun xizmat qilib, kishining izzatnafsiga tegadigan, unga malol keladigan, hurmatsizlik ifodalaydigan, axloqiy me'yorlarga zid keladigan

1 ^амидов Х. Узбек ^исса ва романлари турк тилида. Монография. - Тошкент: EFFECT-D нашриёти, 2022. - Б. 27.

holatlarning yoki to'g'ridan-to'g'ri aytish mumkin bo'lmagan maxfiy voqeliklarning salbiy ta'sirini kamaytirish, ularni yashirish, berkitish; noxush xabarni beozorroq, yumshoqroq shaklda etkazish, ifodalash uchun ishlatiladi. Masalan, "o'ldi" deyish o'rniga "olamdan o'tdi", "ko'z yumdi", "vafot etdi"; tug'di deyish o'rniga "ko'zi yoridi", "yengillashdi" kabi iboralardan foydalanish. Tilda evfemizmning qo'llanishi tabu hodisasi bilan bog'liq holda tarixiy etnografik hodisa sifatida shakllangan.

Evfemizmning aksi hisoblangan disfemizm hodisasi ham qadimdan mavjud bo'lgan bo'lsa-da, evfemizmdan farqli o'laroq, fanda kam o'rganilgan mavzu hisoblanadi. Buning sababini esa madaniy muloqot me'yorlaridan izlash lozim. Chunki ular badiiy adabiyotda, madaniy muloqot muhitida odob nuqtai nazaridan berilishi mumkin bo'lmagan birlik sifatida qaralgan. Odatda, tilshunoslikka oid lug'atlarda disfemizm xususida alohida to'xtalinmay unga evfemizm bo'limida yo'l-yo'lakay izoh berilib ketiladi. Bunga misol sifatida V.N.Yartseva taxriri ostida chop etilgan "Лингвистический энциклопедический словарь"ш olish mumkin. Unda evfemizm xususida so'z ketganda yo'l-yo'lakay "uslubiy va emotsional betaraf so'zni nisbatan qo'pol, noqulay so'z bilan almashtirish" deya ta'riflanadi.

Ushbu maqolada atoqli o'zbek adibi Oybekning "Navoiy" romanida uchraydigan evfemizm va disfemizm hodisalari va unga turk tarjimonlarining yondashuvlari ko'rib chiqilib, tarjima sirasida erishilgan yutuq va kamchiliklarga nisbatan fikr bildiriladi.

Professor A. Hojiyev evfemizm hodisasini shunday izohlaydi: "Evfemizm -narsa-hodisaning ancha yumshoq shakldagi ifodasi; qo'pol beadab so'z, ibora va tabu o'rnida qo'pol botmaydigan so'z (ibora)ni qo'llash"2. Evfemizm ifodaga ijobiy yondashuvni yuzaga keltirish maqsadi bilan amalga oshiriladi3.

Evfemizmlar madaniy hodisa sifatida madaniyat taraqqiyotida o'ziga xos o'rin tutadi. Turli xalqlar evfemizmlaridagi madaniy o'xshashliklar ularga yuklangan vazifalarning bir xilligidan kelib chiqadi. Evfemizmlarni vazifalariga ko'ra: tabu-taqiq ifodalovchi evfemizmlar va xushmuomalalik ifodalovchi evfemizmlarga ajratish mumkin4.

Fikrimizni "Navoiy" romanidan olingan misollarga qaratsak:

2 Дожиев А. Тилшунослик терминларининг изошли лугати. -Тошкент: УзМЭ, 2002. -Б. 131.

3 Вандриес Ж. Язык. -М.: Гос. соц.-экон. изд-во, 1937. -С. 206; Булаховский Л.А. Введение в языковедение. -М.: УЧПЕДГИЗ, 1954. -С. 49; Арнольд И.В. Лексикология современного английского языка. -М.: Флинта, 2012. -С. 284; Ахманова О.С. Словарь лингвистических терминов. -М.: Советская энциклопедия, 1966. -С. 521.

4 иБшопоуа 8И. Тагдтат^ lingvomadaniy а8реШ:1ап. О^иу qo,llanma. - То8ЬкеШ: 2015. - В. 43.

317

Asliyat: Lekin, keyinchalik, Temur davlati parchalanib, shahzodalar orasida toj-taxt uchun urush, janjallar qizib ketgach, bu oilaning ovozasi asta so'na boshlagan: dadasi Feruzbek qaysi bir safarda dom-daraksiz g 'oyib bo 'ldi.

Ahsan Botur tarjimasi: Ama sonralari Timur devleti parçalanip, §ehzadeler arasinda taht kavgalari ba§layinca bu âilenin de yavas yavas yildizi sônmeye yuz tutmus. Babasi Firuzbey bilmem hangi savasda sessizce terk-i dunya eylemis.

Shuayip Qoraqosh tarjimasi: Fakat daha sonralari Timur devleti parçalanip, sehzadeler arasinda taç-taht için tartisma ve savaslar kizisinca bu ailenin sôhreti de yavas yavas sônmeye ba§lami§ti. Babasi Firuzbek, bir sefer sirasinda habersizce kaybolmustu.

Bu parchaga e'tibor beradigan bo'lsak asliyat matnda "g'oyib bo'lmoq" birikmasi A.Botur tomonidan "terk-i dunya eylemis" deb evfimizm shaklida o'girilgan bo'lib, uning o'zbekchaga tarjimasi "tarki dunyo qildi" ya'ni "o'ldi" tarzida berilgan. "Tarki dunyo qilmoq" ham evfemizmga bir misol bo'lsa-da, asliyat matndagi "g'oyib bo'lmoq" ya'ni "yo'qolmoq" shakliga to'g'ri kelmaydi. Ikkinchi tarjimon Shuayip Qoraqosh so'zma-so'z tarjima qilib, xuddi shu jumlani ya'ni "g 'oyib bo 'lmoq " birikmasini "kaybolmus ", "yo 'qolgan " shaklida ag'dargan.

Evfemizm xalqlardagi urf-odat, madaniy saviyaning darajasi, estetik did va etnik me'yorlarning rivojlanishi bilan bog'liq. Tilning taraqqiyoti bilan uning evfemistik qatlami ham rivojlanadi. Yangicha axloq odob, yangicha dunyoqarash me'yorlari asosida evfemizmning yangi yangi shakllari yuzaga keladi. Tilda muayyan nutq vaziyati talabi bilan vujudga kelgan evfemizm ham mavjudki, ularning ma'nosi ko'pincha matn orqali oydinlashadi. Masalan, "Ra'noni egasiga topshirmagunimizcha, — dedi Nigor oyim, — quyilmaydiganga o'xshaydi" (A. Qodiriy) jumlasida nutq odobi nuqtai nazaridan "erga bermoq" iborasi o'rnida egasiga topshirmoq shaklidagi evfemizm qo'llangan. Evfemizm ilmiy va rasmiy uslublarda keng qo'llanadi5.

Shu kabi evfemizmni "Navoiy" romanida ham uchratishimiz mumkin. Masalan,

Asliyat: Kampir unga qo 'rqa-pisa qaradi: "Achchig 'lanma, bek yigit, o 'zi uyatchang qiz, yana boshi bog'liq...

Ahsan Botur tarjimasi: ihtiyar korkulu gôzlerle ona bakip: - Aldirma bey yigit, -dedi. - Çok utangaç bir kiz. Sonra basi da bagli..

Shuayip Qoraqosh tarjimasi: Ya§li kadin ona korkarak bakti : " Ofkelenme , bey yigit, kendisi mahçup bir kiz ...

5 Shomaqsudov A., Rasulov I., Qo'ng'urov R., Rustamov H., O'zbek tili stilistikasi, T., 1983; Omonturdiyev A., O'zbek nutqining evfemik asoslari, T., 2000.

Yuqoridagi "boshi bog'liq" iborasi o'zbek tilida nutq odobi yuzasidan ayol kishi (qiz bola)ga nisbatan "unashtirilgan" ma'nosida ishlatiladi. Romanning 1-tarjimasida Ahsan Botur ushbu birikmani aynan tarjima orqali beradi (ba§i da bagli). Biroq, turk tilida ushbu birikma "unashtirilgan" ma'nosida ishlatilmaydi. Ikkinchi tarjimada esa (Sh.Qoraqosh) "boshi bog'liq" birikmasi umuman tushurib qoldirilgan.

Disfemizmlar tasnifi. Disfema-denotatga sub'ektiv munosabatning manfiy tomonga ketishi bilan bog'liq pragmatik hodisa bo'lib, unga adabiy tilda o'rin yo'q deyishga asos yo'q. Disfemik ma'noli birliklardan tinglovchida voqelik yoki shaxs haqida kuchaytirilgan salbiy taassurot qoldirish uchun foydalaniladi, biroq bu holat uni shu jihatdan o'rganishga, tahlil va talqin etish, qolaversa, tasnif etishga asos yo'qligini, maqsad noma'lum ekanligini, extiyoj sezilmasligini ko'rsatmaydi. Muammo shundaki, haqiqatan ham disfemizm mutlaq alohida birliklar tizimi emas, bunday birliklarning disfemik qiymati nutqiy, u evfemizm bilan bir sistemada, shu bilan birga, unga qarama-qarshi zid vosita sifatida qaraladi6.

Disfemizm evfemizm bilan munosabatdosh bo'lganligi sababli ularning tasnifida ham evfemizmlar tasnifidagi ayrim belgilar tayanch bo'lib xizmat qiladi.

Disfemizmlarning semantik guruhlari doirasi ham asosan so'kish, haqorat, qarg'ish, kinoya, masxara tushunchalarini ifodalovchi birliklartsh o'z ichiga oladi. Shulardan kelib chiqib, to'plangan misollar asosida quyidagi qarg'ish anglatuvchi disfemizmlar personajlar nutqida keltirilib, ularning xulq-atvori, kasb-kori, hayotiy tajribasi, ruhiyati, yoshi, ijtimoiy kelib chiqishi aniqlandi ("Maryam ilk bor "haromi " degan so 'zni eshitganida besh yashar qizaloq edi.)1:

Disfemizmga O.S.Axmanovaning "Tilshunoslik atamalari lug'ati"da qisqacha izoh berilgan. "Disfemizm (kakofemizm) isp. disfemismo. Trop. muayyan matndagi predmet, narsa xodisa nomini nisbatan qo'pol, vulgar ifoda bilan almashtirish"

Asliyat: - Qaysi To'g'onbek, birodar? - elkasidan turtib so 'radi Sultonmurod.

- Yangi tug'ilgan itlardan...

Ahsan Botur tarjimasi: - Hangi Doganbey birader? - omuzumdan tutarak sert çikti Sultan Murat.

- Yeni kiralanan itlerden!...

Shuayip Qoraqosh tarjimasi: - Hangi Doganbey birader? - omuzumdan dürterek sordu Sultanmurad.

- Yeni dogan itlerden!...

6 Qodirova. X. O'zbek tilida evfemizm va disfemizm. O'quv-uslubiy qo'llanma. - Toshkent: "Yangi asr avlodi". 2013, 52 b.

1 Kurbanov S.S., Saparova M.R. Badiiy asar jozibadorligini oshirishda qarg'ish anglatuvchi desfimizmlarning personajlar nutqida berilishi.

O'zbekcha matndagi "it" so'zining o'zi "badfe'l", "badxulq" ma'nosini bergan. Bu so'z bir qancha o'rinda qo'llanilgan ("itemgan, it, itbachcha, it-mushuk, itlanish" kabi) va haqorat sifatida namoyon bo'lgan. Misolda esa "yangi tug'ilgan itlardan" birikmasi ham "bu lavozimda (soliq yig'uvchi) yangi badxulq, badfe'l kishilardan biri" degan ma'noda disfemik ma'noda kelgan.

Ahsan Botur ishlatgan "kiralanan itlerden" ya'ni, "yollangan itlardan" birikmasini o'rinli qo'llanilgan deyish mumkin. Sh.Qoraqosh birikmani so'zma-so'z "Yeni dogan itlerden!..." deb tarjima qilgan.

Asliyatdagi yana bir "It" disfemizmi qo'llanilgan jumla uchraydi:

Asliyat: - Behuda ovora bo'lasiz, buvi, - dedi Dildor kuyunib. - It akilladi qo 'ydi-da.

Ahsan Botur: - Bo§a kendini yoruyorsun buvi, dedi Dildar kivangla. - ítin aklina esmis iste...

Shuayip Qoraqosh tarjimasi: - Bosuna ugra§iyorsunuz nine! - dedi Dildar ofkelenerek. it oylesine soylemis iste...

Ma'lumki, o'zbek tilida "aytdi qo'ydi-da, kezi kelganda ayrdi-da" ma'nosidagi "It huradi, karvon o'tadi" degan maqol bor. Muallif ushbu jumlani yozayotganda ana shu maqolni ko'zda tutgan. Buni tushunmagan ikki tarjimon esa jumlalarni noto'g'ri tarjima qilgan. "It akilladi qo'ydi-da" jumlasi turk tiliga "ít ürer kervan ge?er" shaklida tarjima qilinsa, o'rinli qo'llanilgan bo'lar edi.

Disfemizmlar tasnifida xuddi evfemizmlar tasnifida bo'lgani kabi bir qancha omillar tayanch bo'ladi. Masalan,

Disfemik ma'noli birliklarning mavzuiy guruhlari. Bunda asosan so'kish, haqorat, qarg'ish, kinoya, masxara tushunchalarini ifodalovchi vositalar bilan chegaralanadi.

So'kish va haqoratni ifodalovchi disfemik ifodalar. Mazkur disfemik ifodalarga misol tariqasida ayollarga nisbatan qo'llaniladigan "Sochi uzun, aqli qisqa" iborasini misol tariqasida keltiradigan bo'lsak, jumladaga "aqli qisqa" birikmasi disfemizm bo'lib xizmat qiladi. Ushbu birikma ahmoq, farosatsiz, o'ylab gapirmaydigan ayollarga nisbatan ishlatiladi.

Qarg'ish anglatuvchi disfemik ifodalar. Har qanday qarg'ish so'zlari disfemik kayfiyat uyg'otadi. Masalan, "Harom qotsin, go'rso'xta, qaqshagur, uying kuysin, xumpar" kabilarni disfemizmga misol tariqasida keltirishimiz mumkin.

Masxara, kinoya anglatuvchi disfemik ifodalar. Masxara va kinoyaga oid disfemizmlar badiiy adabiyotda ko'p uchraydi. Masalan, "qo'tir itning bolasi" birikmasi, yoki bo'lmasa "homilador" ifodasini asosan hayvonlarga nisbatan

ishlatiladigan "bo'g'oz" so'zi hech qanday bo'yoqdorlikka ega emas. Lekin, ayrim hollarda uning insonlarga nisbatan qo'llanilishi disfemik mohiyat kasb etadi8.

O'zbek tilida "o'lib turgan ekan" birikmasi og'zaki nutqda ko'p qo'llaniladi. (ustida sezdirmasa-da, "ichida jon-jon deb turmoq") ma'nosida ishlatiladi. Mazkur iboradagi "o'l" tushunchasidan foydalanilganining o'ziyoq disfemik kinoyani yuzaga keltiradi.

Disfemizm tilshunoslikda A.N.Rezanova tomonidan leksik-semantik jihatdan quyidagicha tasnif qilinadi:

- O'lim, kasallik, jismoniy va ma'naviy nuqsonlarni bildirib keluvchi disfemizmlar;

- Keng doiradagi jinoiy guruhlar bilan bog'liq disfemizmlar;

- Inson nuqsonlari bilan bog'liq disfemizmlar;

- Millatga mansub disfemik nomlar;

- Xudo, iblis (shayton), cherkov marosimlari bilan bog'liq disfemizmlar.9

Endi "Navoiy" romanida uchraydigan disfemizmlarga misollar keltiramiz:

Asliyat: - Shayton, otamiz Odamni ham aldagan emasmi? Orada shaytonlar

yo 'qmi? - dedi ishontiradigan ohangda Shahobiddin.

Ahsan Botur tarjimasi: §eytan Adem babamizi dahi aldatmadi mi? Arada seylanlar yok mu? - dedi inandirici bir âhenkte §ehâbeddin.

Shuayip Qoraqosh tarjimasi: "§eytan, atamiz Adem'i de aldatmis degil mi? Arada seytanlar yok mu? " dedi inandirici bir sesle §ehabiddin.

Asliyatda insonga nisbatan ishlatilgan "shayton" so'zi ma'no jihatdan "yo'ldan ozdiruvchi, qabih ishlarga boshlovchi" kishilarga nisbatan qo'llaniladigan disfemizmni kinoya shaklini yuzaga keltirmoqda. "Orada shaytonlar yo'qmi?" disfemizmi ikki tarjimon tomonidan so'zma-so'z tarjima qilinib "Arada seytanlar yok mu? " deb o'girilgan va romandagi ma'noni to'laqonli chiqarib bergan.

Xulosa qilinadigan bo'lsa, evfemizmning paydo bo'lishi insoniyat tafakkuri va axloqiy qadriyatlar rivoji bilan bog'liq. Har ikki hodisa - ko'chim, nutqiy jarayon mahsuli hisoblanadi. Ulardan ba'zilari lisoniy birlik bo'lib, adabiy me'yor qatoridan o'rin olgan.

Tadqiqotlarimizdan shuni aytishimiz mumkin-ki, hamma vaqt ham evfemizm va disfemizmlar asliyatda bo'lgani kabi tarjimalarda hosil bo'lavermaydi. Ba'zan esa

8 Qodirova. X. О^Ьек tilida evfemizm va disfemizm. O'quv-uslubiy qo'llanma. - Toshkent: "Yangi asr avlodi". 2013, 52 Ь.

9 Резанова А.Н. Дисфемия в английском языке: семантические механизмы и прагматические функции: Автореф... канд. Филол. Наук. - Санкт - Петербург, 2008. - С. 20.

aksincha asliyatda so'zlar orqali ifodalangan jumlalar tarjimalarda evfemizm va disfemizmlarni keltirib chiqishi mumkin.

REFERENCES

1. Хдмидов Х. Узбек кисса ва романлари турк тилида. Монография. -Тошкент: EFFECT-D нашриёти, 2022. - Б. 27.

2. Х,ожиев А. Тилшунослик терминларининг изошли лугати. -Тошкент: УзМЭ, 2002. -Б. 131.

3. Вандриес Ж. Язык. -М.: Гос. соц.-экон. изд-во, 1937. -С. 206; Булаховский Л.А. Введение в языковедение. -М.: УЧПЕДГИЗ, 1954. -С. 49; Арнольд И.В. Лексикология современного английского языка. -М.: Флинта, 2012. -С. 284; Ахманова О.С. Словарь лингвистических терминов. -М.: Советская энциклопедия, 1966. -С. 521.

4. Usmonova Sh. Tarjimaning lingvomadaniy aspektlari. O'quv qo'llanma. -Toshkent: 2015. - B. 43.

5. Shomaqsudov A., Rasulov I., Qo'ng'urov R., Rustamov H., O'zbek tili stilistikasi, T., 1983; Omonturdiyev A., O'zbek nutqining evfemik asoslari, T., 2000.

6. Qodirova. X. O'zbek tilida evfemizm va disfemizm. O'quv-uslubiy qo'llanma. -Toshkent: "Yangi asr avlodi". 2013, 52 b.

7. Kurbanov S.S., Saparova M.R. Badiiy asar jozibadorligini oshirishda qarg'ish anglatuvchi desfimizmlarning personajlar nutqida berilishi.

8. Резанова А.Н. Дисфемия в английском языке: семантические механизмы и прагматические функции: Автореф... канд. Филол. Наук. - Санкт - Петербург, 2008. - С. 20.

9. Aybek. Nevayi, Roman, Turkiye Turkfesine aktarma ve inceleme Prof. Dr. §uayip Karaka§. -istanbul: Otuken Yayinevi, 2019. - 461 s.

10. Aybek, M.T. Nevai, Qev. Ahsen Batur. - istanbul: 1995.

11. Oybek, Navoiy, roman, / «Asr oshgan asarlar» turkumi // Tahrir hay'ati: Bobir Alimov va b. -Toshkent: «Sharq», 2004, - 496 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.