Научная статья на тему 'XITOY TILIDA TABU VA EVFEMIZMLAR'

XITOY TILIDA TABU VA EVFEMIZMLAR Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
191
14
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Tabu / tapu / evfemizmlar / diniy e’tiqod / irim / qo’rqish. / Tabu / tapu / euphemisms / religious belief / superstition / fear.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Erkinov, Ne’Mat

Ushbu maqola xitoy tilidagi tabu va evfemizmlar haqida. Biz tabu yoki evfemizm qanday so'zlar ekanligini o'rganib chiqdik.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

TABUOS AND EUPHEMISMS IN CHINESE

This article is about taboo and euphemisms in chinese. We researched what kind of words are taboo or euphemism.

Текст научной работы на тему «XITOY TILIDA TABU VA EVFEMIZMLAR»

XITOY TILIDA TABU VA EVFEMIZMLAR

d https://doi.org/10.5281/zenodo.7352233

ERKINOV Ne'mat Ilmiy maslahatchi: f.f.d.(DSc) Nasirova S.A.

This article is about taboo and euphemisms in chinese. We researched what kind of words are taboo or euphemism.

Insoniyat yaralibdiki, uning taraqqiy etishining turli bosqichlarida, ayniqsa, kishilik jamiyatining ibtidoiy bosqichlarida ba'zi bir narsalar, harakatlar man etilgan. Ana shunday man qilish hodisasi tabu deb ataladi. "Tabu insoniyatning yozilmagan eng qadimiy qonuni sifatida ta'qiqlar vositasida paydo bo'lgan. Bu terminni ilk bor ingliz kapitani J. Kook 1777- yilda qo'llagan. Polinezya tilidagi manosi asli "tapu", ta: (ishoratlamoq, belgilamoq) va pu: (diqqatni tortuvchi, insonni chalg'ituvchi) deganidir. U shaxsiy va diniy odatlar jihatdan biror narsani man etish, jumladan, ma'lum hayvonni ov qilish yoki o'simlikni sindirishni man etish bilan bog'liqdir."1

"Tabuni buzish o'z o'zidan jazoni keltirib chiqaradi. Har xil ilohiy kuchlar, jin va ruhlarga ishonish, tabu buzilgan holatlarda ular tomonidan jazoni taqozo etadi. Boshqa holatlarda, jazo jamiyat tomonidan ham berilishi mumkin. Shunday qilib ilk jazo shakllari tabu bilan bo'gliq bo'lgan. Tabuni buzgan inson o'zi ham tabuga aylanadi."2

"Tabu diniy e'tiqod, irim, qo'rqish va shu kabilar ta'sirida so'zning ishlatilishini cheklash yoki man etish; ishlatilishida shunday cheklangan, man etilgan so'z. Masalan, chayon so'zi o'rnida eshak, oti yo'q so'zlarining ishlatilishi."3

Mazkur ilmiy maqola kesimida zamonaviy xitoy tilida mavjud ayrim tabu va evfemizmlarning semantik, stilistik xususiyatlarining tahlilini amalga oshirish maqsad etib belgilandi.

"Xitoy madaniyatidan qadimgi davrdan katta hajmdagi tabular saqlanib qolgan. Zhou sulolasining urf-odatlar kitobida yozilishicha, boshqa mamlakat yoki podsholikka tashrif buyurish oldidan , ko'ngilsizliklarning oldini olish maqsadida shu mamlakatning urf-odatlari va tabulari haqida tanishib chiqilgan"4

Ko'p sonli tabular e'tiqod va din bilan o'zaro aloqadordir. Qachonlardir suv ilohiy sanalgan paytda, pichoqni suv va quduqlar oldida charxlash man etilgan edi. Insonlar bu kabi harakatlarning buyuk suv ruhini jahlini chiqarishi mumkin deb o'ylashgan. G'azablangan Suv bir qancha kulfatlarga sabab bo'lishi mumkinligiga ishonishgan.

Uzoq o'tmishdagi insonlar jin-ajinlar va ruhlarga qattiq ishonishgan. Agarda qo'shnilardan kimningdir uyida taziya bo'lib qolsa, uning uyi oldida yashovchi insonlar o'sha kuni guruchdan taom tayyorlamaslikka harakat qilishgan. Sababi, ular yoyilgan guruchlarni o'ziga yomon kuchlarni chaqirib oladi degan farazga ishonishganidir.

Tilda tabular turlicha bo'ladi. Ularning ko'pchiligi diniy va ruhiy so'zlar bilan bog'liqdir. Masalan, qadimda majusiy (butparast)lar ruhlarni barcha narsaning asosi deb hisoblashgan.

1 http://wikipediya.com

2 Фрейд З. Табу и тотем. Москва. М 1960.- С.36-38.

3 Хо^уеу А. terminlarining izohli 1^'аИ Toshkent. "О^Ье^йзп МЛНу Ensiklopediyasi", 2002. - Ь.101.

4 Чжан Чань. Эвфемизация в русском и китайском языках 2013. Автореферат на соискание научной степени. В., -26 стр.

Qadimgilar tabiatning barcha ne'matlariga sig'inishgan, jumladan, quyosh, oy, yulduz daraxt, o'simlik, uy-joy, mulk. Daraxtlarni kesish ularni yoqish ham gunoh sanalgan bo'lib, bunday yomon ishlar insonlarga albatta zahmat yetkazadi deb o'ylashgan.

Xitoyliklarda har oyning va har yilning oxirgi kunida quyosh tutilishi ham tabu sanalgan. Azaldan oy taqvimining oxirgi kuni eng baxtsiz kun hisoblangan. Agarda shu kunda qandaydir tadbir o'tkazilsa, ichib ko'ngilxushlik qilinsa, ularning nazdida bu urush bo'lishini bildirgan. Bunday holat halokatlarga sabab bo'ladi deb hisoblashgan. Tarixga nazar soladigan bo'lsak, muqaddas qadamjolarning va mansabdor amaldorlarning oldida hurmatsizlik bo'lmasligi uchun har xil so'zlarni ishlatishmagan. Xalq orasia da g'oyat hurmatga sazovor bo'lgan insonlar Buyuk Faylasuf Konfutsiy va Xitoy Imperatorlari nomini hurmat bilan tilga olishgan.

"Efemizm yunoncha so'zdan olingan bo'lib, "euphemismos" - yaxshi "phemi" - gapiraman. Narsa-hodisaning ancha yumshoq shakldagi ifodasi; qo'pol, beadab so'z, ibora va tabu o'rnida qo'pol botmaydigan so'zni qo'llash. Masalan, ikkiqat, bo'g'oz so'zlari o'rnida homilador, og'ir oyoqli so'zlarini so'zlarini qo'llash."5

Tilda muayyan nutq vaziyati talabi bilan vujudga kelgan evfemizm ham mavjudki, ularning ma'nosi ko'pincha matn orqali oydinlashadi. O'zbek tilidagi misolga qaraymiz: "Ra'noni egasiga topshirmagunimizcha, — dedi Nigoroyim, — quyilmaydiganga o'xshaydi." (A. Qodiriy) jumlasida nutq odobi nuqtai nazaridan "erga bermoq" iborasi o'rnida "egasiga topshirmoq" shaklidagi evfemizm qo'llangan.

O'lim bilan bog'liq mavzuda albatta biz juda ehtiyotkorlik bilan so'z yuritamiz. Sababiki, bu kabi

holatlar insonning eng og'riqli nuqtasi hisoblanadi. Shuning uchun biz bu so'zni ishlatganda

to'g'ridan-to'g'ri "o'ldi" deyish biroz noqulaylik keltirib chiqaradi. Masalan, o'zbek tilida "o'ldi"

so'zi o'rniga "dunyoni tark etdi", "hayotdan ko'z yumdi", "bandalikni bajo keltirdi", "rixlat qildi"

kabi evfemizmlarni qo'llashimiz mumkin. Xitoy tilida ham ^ sï (o'lim) so'zi o'rniga mos

keladigan evfemizm mavjud bo'lib, "iJtÄ" xiè shi (yaxshi dunyodan ketdi), ^^zuo gü (boshqa

dunyoga ko'chib ketdi) so'z birikmalari ishlatiladi. Qadim xitoy odamlari so'zlashuvda jozibador

gapirishni juda sevishganliglari bois ular jÖ^grn tian (osmonga qaytmoq) evfemizmi,

jià hè xî you (turnaga o'tirib, g'arbga sayohat qildi) kabi iboralardan ham foydalanishgan. Bu kabi

evfemizm iboralari insonlarga qo'rquv hissini yengillashtirishga yordam beradi.

Ko'pgina so'zlar xitoy tilida to'y marosimlari bilan bog'liq bo'lgan, evfemizmlardan iborat. tti^

chü jià (turmushga chiqmoq) o'rniga l^H chü mén (uydan chiqmoq), Èn^ jié hün (turmush

qurmoq) o'rniga zhöng shen dà shi (hayot davomidagi buyuk ish) so'z birikmalari

ishlatiladi. Bu kabi evfemizmlar, albatta, xitoy xalqining mentaliteti va psixologiyasidan kelib chiqqan holda sipolik, sirlilik, ichki ishonuvchanlikni anglatadi. Xitoy tili leksikasida bir qator so'zlar madaniyatli, nazokatli bo'lib, yana qolgan bir qismi oddiy so'z va iboralardan iboratdir.

Bundan tashqari xitoyliklarda yana boshqa evfemizmlar ham mavjuddir. Ular zui "piyonistalik", "aroqxo'rlik" ka bog'liq so'zlar o'rnida "shirakayf", "harorat ostida", "" va "ilohiy kuchlar" ga aloqador so'zlarga "hudo " o'rnida "U"; "iblis", "shayton" o'rnida "diyonatsiz", "razil" evfemizmlarini ishlatishadi. Ichkilikbozlik insonlar sir saqlashga harakat qiladigan gunohlardan biri sanaladi. Evfemizmlarning stilistik xususiyatlari haqida gap ketganda, albatta ularning qaysi uslubdagi matnlarda qo'llanilishiga ham ahamiyat berish kerak. Shuni aytish lozimki, evfemizmlar asosan badiiy uslubda uchraydi, publistik, ilmiy-ommabop uslubda ham uchrash holati kam emas. Rasmiy uslubda tabu va evfemizmlarning qo'llanilishi man etiladi. Quyidagi badiiy uslubdagi matnlarda uchraydigan ayrim misollarning tahlilini amalga oshiramiz:

5 Xojiyev A. Tilshunoslik terminlarining izohli lug'ati. Toshkent. "O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi", 2002. - B.131.

ШШМ^Я То (wo döu liànggè yuèle) Mazkur jumla so'zma-so'z tarjima qilinganda "Men ikki oylik bo'ldim" degan tarjimani keltirib chiqaradi. Ikki oylik chaqaloq gapirish imkoniyatiga ega bo'lmaganligi uchun, stilistik jihatdan bu tarjima noto'g'ri bo'lib chiqadi. М^Я T so'z birikmasi aslida "homilaning ikki oylik" bo'lganini anglatadi. Ma'lumkin, ayolning farzand ko'rishi eng oily baxt sanaladi va shu baxtga "ko'z tegishini" oldini olish maqsadida so'zlashuvda "Xomiladorlik" so'zi tabu kategoriyasiga o'tib ketadi. Masalan, o'zbek tilida ham "Ikki oylik bo'p qoldik", "Katta bo'lyabmiz", "boshi qorong'u" kabi evfemizmlar ishlatiladi. Й^Я T so'z birikmasining tabu kategoriyasidagi so'z birikmasi ekanligini aniqlamay turib, tarjima qilish noto' g' ridir.

^т^ШЖШ^, Ш^-^Ш—ТЙ® ° (zàocân chide jiücái bäozi

you , dùzi yôudiàn bùshûfu , wo qù yihào jie jué yí xià wènti.) Yuqorida berilgan gapning so'zma-so'z tarjimasiga e'tibor qaratadigan bo'lsak, "Qornimda muammo paydo bo'ldi. Buning sababi, nonushtada ko'kpiyozli yeganimdandir. Shu sababli, bu muammoni hal qilish maqsadida birinchi raqamli xonaga boraman. ", degan tarjimani beradi. Bu jumlada keltirilgan "birinchi raqam" so'z birikmasi biroz g'alislikni keltirib chiqarmoqda. To'g'ridan-to'g'ri tarjima qilinganda biz bu jumlani tushunmasligimiz mumkin. Demak, -^evfemizmining tub ma'nosiga qaraydigan bo'lsak, aslida u "hojatxona" so'zi o'rnida ishlatilgan. "Hojatxona" so'zining ishlatilishi gapda, so'zlashuvda biroz noqulaylik keltirib chiqarganligi tufayli, biz bu so'zni tabu kategoriyasiga kirita olamiz. Masalan, o'zbek tilda so'zlashuvda "hojatxona" so'zi o'rnida "oxirgi xona", "oq uy" so'z birikmalarining ishlatilishiga ham guvoh bo'lishimiz mumkin.

Й^Ш^^М ' ffiÜT0 (yïnwèi nà jiàn shiqíng, täjin qùle.) Bu jumlada "ana u ish" aslida qaysi ish haqida ekanligi qorong'u, lekin shu ishning, voqea-hodisaning salbiy ekanligini anglashiiz mumkin. Bu jumlaning stilistik xususiyati matn kesimida aniqlanadi, alohida tarjima g'alizlikka olib keladi.

(nï zhèyàng dà bànqïlài jiùxiàng zuô xiáojie shide.) Zamonaviy xitoy tilida /J® so'zi xulqi buzuq qizlarga nisbatan qo'llanilishi urf bo'lganligi sababli, stilistik jihatdan tarjimaa yondashganda aynan shu ma'noni ifoda etish lozim, so'zma-so'z tarjimada bunday natijaga erishib bo'lmaydi. /J® so'zining metoforik ma'nosini anglagan holda, evfemizm sifatida qo'llanilishini inobatga olgan holda to'g'ri tarjimaga erishish mumkin. Bu esa tarjimondan nafaqat til sohasidagi leksik boylikni talab etadi, balki birinchi navbatda lingvomadaniy sohada bilim va ko'nikmaga ega bo'lishini talab etadi. Bu sohadagi bilimlarni mustahkamlash va boyitishda aynan evfemizmlardan xabardorlik talab etiladi.

Inson qaysi millatga tegishli bo'lmasin, tabiatiga ko'ra hamisha o'z kamchilik va nuqsonlarini oshkor etishdan o'zini tortadi. Bunday vaziyatlarda ko'proq evfemizmlarga murojat etiladi. Masalan, ^Ш^^&Ж, ' ' T^t^f t» (jlntiän wo shoutóu

yóu diànjïn, zhèyàngba, jlntiän nï lái jiézhàng, xiàci wo lái qïng nï.) Ushbu gapda turg'un birikmasi insonning moliyaviy ahvoli tang ekanligini ko'rsatish uchun qo'llaniladi. Bu birikmaning evfemizm ekanligidan bexabar tarjimon, tarjimada tushunmovchilikka yo'l qo'yishi mumkin. So'zma'so'z tarjima esa biroz noo'xshash chiqishi mumkin. Gapning stilistik jihatini aniq ifodalashda so'z birikmaning evfemizm o'rnida qo'llanilganligini inobatga olgan holda amalga oshirilgan tarjima stilistik to'g'ri tarjimaga aylanadi. Jumladan, yuqoridagi misolni "Bugun qo'lim biroz tortilgan (pulim kamroq), kel, bunday qilamiz, buguncha sen pul to'lab turgin, keyingi safar mehmondorchilik mendan" deb tarjima qilinishi to'g'ri bo'ladi. O'zbek tilida ham moliyaviy jihatdan muammolarni eshitganimizda "ro'zg'ori tortilgan", "qo'lida puli yo'q" "puldan siqilgan", "puldan qiynalgan" so'z birikmalari qulog'imizga chalinadi. Xitoy tilidagi so'z birikmasi gapda yuqoridagi ma'nolarni anglatish maqsadida evfemizm sifatida qabul qilinadi.

Xulosa o'rnida quyidagilarni keltirish mumkin:

Tabu va evfemizmlarning nutqda ko'p ishlatilishi tarjimon uchun noqulayliklar va qiyichiliklar yaratadi, ularni oldini olish maqsadida tarjimondan lingvomadaniy sohada bilim va ko'nikmalarga ega bo'lishi talab etiladi;

Evfemizmlarning stilistik xususiyatlari bevosita matndan kelib chiqqan holda belgilanadi. Evfemizmlarni alohida mustaqil birikma sifatida tarjima qilish g'alizliklarga sabab bo'ladi. Evfema ma'no va shakl jihatdan nomutanosib (asimmetrik) hodisa, majoziy ma'no ifodalaganligidan, uni tilning biron sathida o'rganib bo'lmaydi;

Evfemik nutq asosan badiiy, publisistik, so'zlashuv nutqining tarkibiy qismi bo'lib, masalaning o'rganilishi nutqning vazifaviy turlarini xususiy planda yoritishga yo'l ochadi;

Evfema va tabu tushunchalari uzviydir. Evfema dastlab diniy, keyinchalik dunyoviy fikrlash, masalan, axloq-odob normalari, muomala odobi talabi asosida shakllangan. Evfema qo'llash uzoq tarixga ega bo'lsa-da, eng kam o'rganilgan. Uning qo'llanish doirasi, sababi, o'rganish ob'ekti tor tushunilgan, unga aytilishi man etilgan predmetlar nomini yashiruvchi, til egalarini har xil xavflardan, baxtsizliklardan saqlovchi "xaloskor" vosita deb qaralgan;

Tabu kategoriyasiga asosan irim-sirimga oid, tana a'zolari, xulq-atvorga bog'liq, ijtimoiy holat, kasbga, urf-odatlarga aloqador tushunchalarni kiritishimiz mumkin.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YHATI (REFERENCES)

1. A.Xojiyev.Tilshunoslik terminlarining izohli lug'ati. Toshkent. "O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi", 2002. - 164 bet.

2. N.E.Kochkarova. turk tilida tabuva evfemizmlarning qo'llanish hususiyatlari 2014. Magistr akademik darajasini olishi uchun yozilgan dissertatsiya. T., - 89 bet.

3. Чжан Чань. Эвфемизация в русском и китайском языках 2013. Автореферат на соискание научной степени. В., -26 стр.

4. http://www.google.com.

5. http://wikipediya.com

6. http://ziyo.uz

7. http://referat. Ru

8. СА Хашимова О_НЕКОТОРЫХ_ОСОБЕННОСТЯХ

ЛИНГВОКУЛЬТУРОЛОГИЧЕСКОГО АСПЕКТА КОММУНИКАЦИИ (НА ПРИМЕРЕ КИТАЙСКОГО ЯЗЫКА). - SO 'NGI ILMIY TADQIQOTLAR NAZARIYASI, 2022.

9. Хашимова. О ЯВЛЕНИИ КОНВЕРСИИ В СОВРЕМЕННОМ КИТАЙСКОМ ЯЗЫКЕ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2022.

10. С.А.Насирова (2021). Политическая метафора (на примере материала по кадровой политике современной КНР). In Resent Scientific Investigation (pp. 69-73).

11. Хашимова, С. А. (2020). ОСОБЕННОСТИ ОБРАЗОВАНИЯ РЕЗУЛЬТАТИВНЫХ ГЛАГОЛОВ ПРИ ПОМОЩИ СУФФИКСАЦИИ В КИТАЙСКОМ ЯЗЫКЕ. In Страны. Языки. Культура: сборник материалов Х^й международной научно-практической конференции/Под ред. проф. Абуевой ННМахачкала: ДГТУ. 391 с (p. 361).

12. Хашимова, С. А. (2020). Особенности образования неодушевлённых существительных при помощи суффиксации в современном китайском языке. Modern Oriental Studies, 2(2), 3446.

13. Nasirova, S. A. (2019). Modification of semantics of social terms of the modern Chinese language. Opción: Revista de Ciencias Humanas y Sociales, (24), 260-273.

14. Хашимова, С. А. (2022). АГГЛЮТИНАТИВНАЯ ОСОБЕННОСТЬ СУФФИКСАЦИИ В СОВРЕМЕННОМ КИТАЙСКОМ ЯЗЫКЕ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(1), 196-202.

15. Hashimova, S. A., & Nasirova, S. A. (2021). FEATURES OF FORMING OF ANIMATED NOUNS WITH THE AFFIXES IN MODERN CHINESE LANGUAGE. Journal of Central Asian Social Studies, 2(04), 1-10.

16. Насирова, С. А. (2020). Генезис общественно-политической терминологии китайского языка через призму истории китайской дипломатии. Modern Oriental Studies, 2(2), 22-33.

17. Хашимова, С. А. (2022). О НЕКОТОРЫХ ОСОБЕННОСТЯХ ЛИНГВОКУЛЬТУРОЛОГИЧЕСКОГО АСПЕКТА КОММУНИКАЦИИ (НА ПРИМЕРЕ КИТАЙСКОГО ЯЗЫКА). SO 'NGIILMIY TADQIQOTLAR NAZARIYASI, 1(1), 85-91.

18. Хашимова, С. А. (2022, September). ОБРАЗОВАНИЕ ПРИЛАГАТЕЛЬНЫХ С ПОМОЩЬЮ АФФИКСАЩИ В КИТАЙСКОМ ЯЗЫКЕ. In E Conference Zone (pp. 5-10).

19. Abdullayevna, H. S. (2020). Peculiarities of the formation of animated nonsignificant using suffixing in the modern chinese language. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 10(5), 1504-1511.

20. Хашимова, С. А. (2022). ОБРАЗОВАНИЕ ЧИСЛИТЕЛЬНЫХ ПРИ ПОМОЩИ АФФИКСАЦИИ В СОВРЕМЕННОМ КИТАЙСКОМ ЯЗЫКЕ. World scientific research journal, 7(1), 20-23.

21. Насирова, С. А., Хашимова, С. А., & Рихсиева, Г. Ш. ВЛИЯНИЕ ПОЛИТИЧЕСКОЙ СИСТЕМЫ КИТАЯ НА ФОРМИРОВАНИЕ ОБЩЕСТВЕННО-ПОЛИТИЧЕСКОЙ ТЕРМИНОЛОГИИ. Ответственный редактор, 162.

22. NS Abdullayevna. °

87, 0

23. С.А.Насирова. Институт евнухов в древнем Китае: причины возникновения и особенности (2022). Фундаментальные и прикладные научные исследования: актуальные вопросы, достижения и инновации. С. 187-188.

24. NS Abdullayevna. Языковая политика в Китае: идентификация общественно-политической терминологии (2019). In КИТАЙСКАЯ ЛИНГВИСТИКА И СИНОЛОГИЯ 3,384,2019

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.