Научная статья на тему 'BADIIY ASAR JOZIBADORLIGINI OSHIRISHDA QARG’ISH ANGLATUVCHI DISFEMIZMLARNING PERSONAJLAR NUTQIDA BERILISHI'

BADIIY ASAR JOZIBADORLIGINI OSHIRISHDA QARG’ISH ANGLATUVCHI DISFEMIZMLARNING PERSONAJLAR NUTQIDA BERILISHI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

1748
96
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
badiiy asar / dialog / monolog / evfemizm va disfemizm / personajlar nutqi / qarg‟ish so‟zlar / fiction / dialogue / monologue / euphemism and dysphemism / character speech / cursing words

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Sanjar Saliyevich Kurbanov, Mohigul Ramazonovna Saparova

Maqolada personajlar nutqining badiiy jozibadorligini oshirish uchun qarg‟ish anglatuvchi disfemizmlar tahlili misollar yordamida yoritilgan. Ushbu maqolada evfemizm va disfemizmning farqi, shuningdek personajlar nutqining tahlili Amerika yozuvchisi Xolid Husayniyning o‟zbek tiliga Rustam Jabborov tomonidan tarjima qilingan “Ming quyosh shulasi” (A Thousand Splandid Sun) asaridan olingan misollarda o‟z aksini topgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE USE OF CURSED DYSPHEMISMS IN THE SPEECH OF THE CHARACTERS TO ENHANCE THE ATTRACTIVENESS OF THE WORK OF ART

The article analyzes the analysis of cursed dysphemisms with examples to enhance the artistic appeal of the characters‟ speech. This article highlights the difference between euphemism and dysphemism, as well as the analysis of the characters' speech is reflected on examples from the work of the American writer Khaled Husseini, translated into Uzbek by Rustam Jabborov "A Thousand Splendid Suns".

Текст научной работы на тему «BADIIY ASAR JOZIBADORLIGINI OSHIRISHDA QARG’ISH ANGLATUVCHI DISFEMIZMLARNING PERSONAJLAR NUTQIDA BERILISHI»

BADIIY ASAR JOZIBADORLIGINI OSHIRISHDA QARG'ISH ANGLATUVCHI DISFEMIZMLARNING PERSONAJLAR NUTQIDA

BERILISHI

Sanjar Saliyevich Kurbanov

Buxoro davlat universiteti assistenti [email protected]

Mohigul Ramazonovna Saparova

Buxoro davlat universiteti assistenti s.mohigulQ 1 @mail.ru

ANNOTATSIYA

Maqolada personajlar nutqining badiiy jozibadorligini oshirish uchun qarg'ish anglatuvchi disfemizmlar tahlili misollar yordamida yoritilgan. Ushbu maqolada evfemizm va disfemizmning farqi, shuningdek personajlar nutqining tahlili Amerika yozuvchisi Xolid Husayniyning o'zbek tiliga Rustam Jabborov tomonidan tarjima qilingan "Ming quyosh shulasi" (A Thousand Splandid Sun) asaridan olingan misollarda o'z aksini topgan.

Kalit so'zlar: badiiy asar, dialog, monolog, evfemizm va disfemizm, personajlar nutqi, qarg'ish so'zlar.

THE USE OF CURSED DYSPHEMISMS IN THE SPEECH OF THE CHARACTERS TO ENHANCE THE ATTRACTIVENESS OF THE WORK

OF ART

ABSTRACT

The article analyzes the analysis of cursed dysphemisms with examples to enhance the artistic appeal of the characters' speech. This article highlights the difference between euphemism and dysphemism, as well as the analysis of the characters' speech is reflected on examples from the work of the American writer Khaled Husseini, translated into Uzbek by Rustam Jabborov "A Thousand Splendid Suns".

Keywords: fiction, dialogue, monologue, euphemism and dysphemism, character speech, cursing words.

KIRISH

Badiiy asarning eng asosiy elementi bu-so'zdir. So'zlar esa asar personajlari tilida turli uslubda namoyon bo'ladi, kimdir sekin-sekin chertib gapirsa, ayrimlari duduqlanib, soqovlanib so'zlashadi, ba'zilari esa adabiy til me'yorini buzib gapirishadi.

Badiiy asarda personajlar nutqini berishda badiiy ijodkor uchun juda katta mahorat talab qilinadi. Har bir personaj nutqi uning ma'naviyatiga, xulq-atvoriga, kasb-koriga, hayotiy tajribasiga, ruhiyatiga, yoshiga, jinsiga mos, hamda uning nutqidan qanday odam ekanligini anglash lozim bo'lishi kerak.

Personaj nutqi dialog (ikki yoki undan ortiq personajlar o'rtasidagi suhbat) va monolog (personajlarning o'z-o'ziga yoki o'zgalarga qaratilgan ichki nutqi)dan iborat bo'lib, ularning ikkalasi ham obraz va xarakter yaratishning muhim vositalaridan sanaladi.

Dialog jo'shqin bo'lishi, kishining ruhiy kechinmasini ko'rsatibgina qolmay, xarakterni ham ochib berishi lozim (A.Makarenko) bo'lsa, monolog muayyan personajning ruhiy dunyosini, qalb tug'yonlarini chuqur ochishda qo'l keladi.

Yozuvchi personaj nutqini uning asarda tasvirlangan voqealardagi o'rniga, individual xarakter-xususiyatlariga qarab ishlab chiqadi. Asar qahramonining tabiatiga qarab, yozuvchi unung nutq tuzilishi, so'z boyligi va boshqa til xususiyatlarini ochadi. Qahramoni tipiklashtirish va individuallashtirish maqsadida yozuvchi zarur bo'lganda badiiy til leksikasi resurslari - arxaizm, neologizm, professionalism, dialektizm kabi elementlardan ham foydalanadi [3]. Bu o'rinda, biz Amerika yozuvchisi Xolid Husayniyning o'zbek tiliga Rustam Jabborov tomonidan tarjima qilingan "Ming quyosh shulasi" (A Thousand Splandid Sun) asarida badiiy til leksikasi resurslaridan kelib chiqqan qarg'ish so'zlarini misol tariqasida bermoqchimiz.

Qarg'ish so'zlar disfemik hodisa sanaladi. Masalan, "O'l" so'ziga nisbatan qo'llanilgan joyi jahannamdan, joyi jannatda bo'lsin, ikki yuzi qaro bo'lsun kabi ifodalar biroz yumshoqroq ya'ni evfemizm sifatida namoyon bo'lsa, biroq harom qotsin, go'rso'xta ifodalarida harom va go'r so'zlari mavjudligi tufayli va ma'lum davr muhiti nuqtai nazaridan qo'polroq bo'lganligi sababli disfemik ifoda sifatida namoyon bo'ladi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Disfemizmga O.S.Axmanovaning "Словарь лингвистических терминов" lug'atida, A.Shomaqsudovning "O'zbek tili stilistikasi" kitobida qisqacha izoh

berilgan. Disfemizm haqidagi mavjud qarashlarni M.M.Mirtojiev "O'zbek tili semasiologiyasi" monografiyasida keng tahlil qilgan va ular orasidagi nozik jihatlarni ko'rsatgan [1].

Disfemizm - denotat bahosiga munosabatning salbiy tomonga ketishi bilan bog'liq pragmatik hodisa. Disfemizm evfemizm bilan munosabatdosh bo'lganligi sababli ularning tasnifida ham evfemizmlar tasnifidagi ayrim belgilar tayanch bo'lib xizmat qiladi.

Disfemizmlarning semantik guruhlari doirasi ham asosan so'kish, haqorat, qarg'ish, kinoya, masxara tushunchalarini ifodalovchi birliklardan iborat. Shulardan kelib chiqib, to'plangan misollar asosida quyidagi qarg'ish anglatuvchi disfemizmlar personajlar nutqida keltirilib, ularning xulq-atvori, kasb-kori, hayotiy tajribasi, ruhiyati, yoshi, ijtimoiy kelib chiqishi aniqlandi :

"Maryam ilk bor "haromi" degan so'zni eshitganida besh yashar qizaloq edi. Xullasi kalom, bu hodisa payshanbada yuz bergandi. O'shanda uning es-hushi joyida emas, o'zini qo'yarga joy topolmasdi. Axir payshanba kunlari ularning yoniga Jalil kelardi-da! Vaqtni tezroq o'tkazish uchun (hademay u uzoqdan qo'llarini silkitgancha, tizza bo'yi o'tlarni bosib kela boshlaydi) Maryam stulning ustiga chiqib oldi va tokchadagi xitoyi chinnilarga qo'l uzatdi. Bu chinni serviz Maryamning ikki yasharligida dunyodan o'tgan buvisidan qolgan yagona yodgorlik bo'lib, oyisi uni ko'z qorachiq'idek asrardi. Nana (Maryam oyisini shunday atardi) qushlar va xrizantema gullari tasviri tushirilgan piyolalarni, tumshug'i egik choynakni, yovuz ruhlarni quvadigan ajdar nusxasi solingan qanddoni, hatto ishlatishga ham ko'zi qiymasdi.

Xuddi shu qanddon Maryamning qo'lchasidan yog'och polga sirg'alib tushdiyu chil-chil bo'ldi. Nana polda sochilib yotgan chinni bo'laklarini ko'rdiyu yuzlari qizarib, lablari titradi, hamisha mehr bilan boqib turuvchi ko'z "Nanamning yelkasiga yana shayton minib oldi", deb o'ylab, qo'rqib ketdi. Yo'q, o'tib ketdi. Nana qizining qo'llaridan mahkam tutib, o'ziga tortdi va tihlarini g'ichirlatgancha, uning qulog'i ostida g'azabnok shipshidi:

- Ho' qo'lginang singur, axmoq! Menga ko'rsatgan karomating shu bo'ldimi? Bu mitti haromi meni xonavayron qilmasa go'rgaydi. Shunday qimmatbaho narsani sindirdi-ya!" [4]

Ushbu parchadagi onaning qiziga aytgan qarg'ishidan personajlarning ijtimoiy kelib chiqishi yaqqol ko'zga tashlanadi, oila ona va qizdan iborat, otasining o'z oilasi borligi, ona qizning faqirona yashash sharoiti tasvirlangan.

"Guldomandagi kulbalarida har yil ro'za hayitida onasi bilan Jalilni intizor bo'lib kutishardi. U kostyum-shim kiyib, bo'yinbog' taqib, sovg'alar ko'tarib kelardi. Ona-bolaning yonida bir oz o'tirib, choy ichgach, ortiga qaytardi.

- Ketdi yer yutkur, endi xotinchalari bilan bayram qiladi, -deya ming'irlay boshlardi onasi Jalil ketishi bilan." [4]

Ushbu parchadagi qarg'ish so'zlardan ayol erining boshqa xotinlaridan rashk qilgani, asosiy vaqtini ular bilan o'tkazishini bilib doim qarg'aydigan ayol obrazi gavdallangan.

"Ayol ustidagi matolarni bir chetga surdi. Kerishgancha o'rnidan turdi. Keyin taralmagan sochlarini bir chetga surib, qo'llarini yozib kerishib oldi. Derazadan tushayotgan yorug'lik uning ko'zini qamashtirgandi.

- Maktabdan keldingmi? - so'radi mudroq ovozda.

Har kuni shu ahvol. Bir xil, hissiz savol-javoblar. "Qanaqa dars o'tdinglar?", "Ovqat yeb oldingmi?", "Nechchi baho olding?" Onasi ko'zlarini kafti bilan to'sib oldi:

- Shunaqa boshim og'rib ketyaptiki !

- Dori opkelaymi, oyi?

Onasi chakkalarini ishqaladi.

- Yo'q, keyinroq! Otang kelmadimi?

- Hali endi uch bo'ldi-ku!

- E, ha, boya ayting-ku! - oyisi erinchoqlik bilan esnadi.

- Oyi, bitta bola yuzimga to'pponchasi bilan siydik sepdi, - hiqilladi Laylo.

- Nima? Voy, qo'lginasi sinsin! Fariba biro z sergak tortdi. - Ertaga borib o'zim gaplashaman." [4]

Ushbu dialogda onasi Fariba va qizi Layloning suhbati aks etgan. Bu yerda ona atrofida bo'layotgan voqealarga be'etibor, chunki u yaqinda bir emas ikki o'g'lidan ajralgan, asarda Afg'onistondagi sho'raviylar urushi tasvirlangan va har uchta oilaning bittasida farzand dog'iga kuygan ota-onalar tasviri mavjudligi qahramonimiz nutqida, ruhiy holatida ko'rinib turibdi.

"O'shanda ayollar bisotlaridagi bor tahqiromuz va behayo so'zlarni to'kib solishdi. Ammo, xayriyatki, bu galgi jang jismoniy kuch ishlatishga borib yetmadi. Mana, o'shandan beri ikki kundosh bir-biri bilan gaplashmaydi. Faqat, Laylo o'shanda, bor ovozi bilan baqirib, yuragida yig'ilib qolgan dardini to'kib solganidan so'ng o'zida allaqanday qoniqish his etdi. Qiziq, o'shanda Maryam o'zini qanday his qilgan bo'lsa? O'sha kuni, janjaldan so'ng Laylo yuqoriga - erining yotog'iga chiqib, o'zini karavotga otgan, yuzini yostiqqa bosgancha, bor ovozi bilan ho'ngrab

yig'lagan edi. Uning nazdida ota-onasini endigina o'ldirishgan va bu musibatdan yangi xabar topgandek edi. Oshxonadan Maryamning qarg'angan ovozi eshitildi:

- Ko'zingga tuproq to'lsin, iloyo! Tilginang kesilsin, baloga uchragin, Xudoyo xudovando!"[4]

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Ushbu parchada ikki ayol, ya'ni kundoshlar bir uyda istiqomat qilishi bayon etilgan. Maryam Rashidning vafot etgan xotinidan keyin nikohiga olgan xotini bo'lib, u farzandi nobud bo'lgandan keyin farzand ko'rmaydi, shunda Rashid qo'shnisining uyi bomba tagida qolib eru xotin vafot etgandan so'ng yosh qizi Layloni o'z uyida parvarishlab nikohiga oladi. Boshida Laylo rozi bo'lmaydi, keyinchalik sevgilisi Tariqdan homilador bo'lib qolganini bilganidan so'ng, o'zidan ancha katta bo'lgan erkakka turmushga chiqishga rozi bo'ladi. Tariq ota-onasi bilan ancha oldin boshqa shaharga ko'chib ketadi va joylashgandan keyin kelib Layloni olib ketishga va'da beradi, Laylo uni ancha kutadi, lekin bir kuni Tariqni o'lganligi to'g'risida xabarni eshitib bu sharmandalikni yashirish uchun Rashidga tegishga rozi bo'ladi. Rashid yosh xotini Layloga butun e'tiborini qaratgandan so'ng Maryamni xo'rligi keladi chunki u hayotida hech ham ro'shnolik ko'rmagan yetim qiz bo'ladi. Shu sababli, parchadagi qarg'ishda uning ruhiy holati yaqqol gavdalangan.

Yuqoridagi qarg'ish anglatuvchi disfemizmlardan tashqari kinoya ma'nosida ishlatiladigan disfemizmlar ham mavjud:

"Layloning kundan-kunga bola parvarishi tufayli boshqacha qiyofa kasb etib, ulg'ayib borishini ko'rib, negadir Maryam ham ancha eriy boshladi. Ba'zida u Layloning farzandiga qarab, yorishgan yuzlarini ko'rib ich-ichidan sevinar, zavqlanar, ammo hech narsani sezdirmasdi. Ba'zida, Laylo kechasi bilan uxlamay, ertalab ko'zlari qizarib tursada, uning yuzlaridan allanechuk xurramlik ufurardi. Qizalog'idagi hr bir o'zgarish, har bir yangi harakat layloda cheksiz hayrat, quvonch uyg'otardi.

- Voy, uning shaqildoqqa qarab intilishini qarang! Ko'rdingizmi? Voy buning aqlliligini!

- Ha, gazetaga xabar berish kerak, - ermaklardi Rashid." [4] XULOSA

Xulosa o'rnida shuni aytish joizki, badiiy asarlarda disfemizmning qo'llanilishi haqida ilmiy tadqiqotlar sanoqli hisoblanadi. Disfemizatsiya til birliklarining pragmatik ma'nosi bo'lib, o'z navbatida, nutqiy ma'nodoshlik qatorining boyishini

ham ta'minlaydi. Personajlar nutqidagi disfemizatsiyani individual usul sifatida baholash mumkin. Bu individuallik evfemizmdagi individuallikka nisbatan birmuncha ustuvorligi bilan xarakterlanadi.

REFERENCES

1. Nadjapova N.A. Fors tilida evfemizm va tabu so'zlarning funksional va semantik tahlili: Magistr akademik darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya. -T.: 2013. -35 b.

2. Qodirova X.B. O'zbek tilida evfemizm va disfemizm. O'quv-uslubiy qo'llanma. -T.: 2013

3. Umurov H. Adabiyot nazariyasi: darslik. Sharq. -T.:2002

4. Xolid Husayniy "Ming quyosh shu'lasi" Yangi asr avlodi. -T.:2016

5. Усмонова З. Х. СТИВЕН КИНГ" TYMAH"(THE FOG) //Язык и культура. -2019. - С. 129-135.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.