Научная статья на тему '“ISYON VA ITOAT” ASARIDA QAHRAMONLAR PSIXOLOGIYASI'

“ISYON VA ITOAT” ASARIDA QAHRAMONLAR PSIXOLOGIYASI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
3089
251
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Tursunboy / Akbar / Diana / Marat / inson psixologiyasi / Larisa xola / Rus mafiyasi / isyon / itoat / N.Vladimirova. / Tursunboy / Akbar / Diana / Marat / human psychology / Aunt Larisa / Russian mafia / rebellion / obedience / N.Vladimirova.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Dilnur Bozorova, Rayhona Rasulova

Ushbu maqolada “Isyon va itoat" asaridagi qahramonlarning turli vaqtdagi turlicha dunyoqarashini badiiy tahlili haqida fikr yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PSYCHOLOGY OF HEROES IN “ISYON VA ITOAT”

This article discusses the artistic analysis of the different worldviews of the protagonists in Rebellion and Obedience at different times.

Текст научной работы на тему «“ISYON VA ITOAT” ASARIDA QAHRAMONLAR PSIXOLOGIYASI»

"ISYON VA ITOAT" ASARIDA QAHRAMONLAR PSIXOLOGIYASI

Dilnur Bozorova

Chirchiq davlat pedagogika instituti Ilmiy rahbar: Rayhona Rasulova

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada "Isyon va itoat" asaridagi qahramonlarning turli vaqtdagi turlicha dunyoqarashini badiiy tahlili haqida fikr yuritilgan.

Kalit so'zlar: Tursunboy, Akbar, Diana, Marat, inson psixologiyasi, Larisa xola, Rus mafiyasi, isyon, itoat, N.Vladimirova.

PSYCHOLOGY OF HEROES IN "ISYON VA ITOAT"

Dilnur Bozorova

Chirchik State Pedagogical Institute Research advisor: Rayhona Rasulova

ABSTRACT

This article discusses the artistic analysis of the different worldviews of the protagonists in Rebellion and Obedience at different times.

Keywords: Tursunboy, Akbar, Diana, Marat, human psychology, Aunt Larisa, Russian mafia, rebellion, obedience, N.Vladimirova.

KIRISH

Mustaqillikdan keyingi o'zbek romanchiligidagi katta muammolardan birini istiqlol yillari, xalqning o'tish davri ziddiyatlari hamda unga nisbatan munosabati, qiyinchiliklar oldida turgan odamlarning o'zini tutishi masalasidir. Bunday romanlarining eng yorqin belgilarini Ulug'bek Hamdamning «Isyon va itoat» asari o'zida aks ettiradi. Asarda mustaqillik davri odamlarining turli qiyofadagi vakillari o'zining badiiy timsolini namoyon etgan. Asar orqali mustaqillikdan keyingi davrda yurtimizning ijtimoiy hayoti haqida to'liq tasavvurga ega bo'lish mumkin. Yozuvchi davrimiz hayoti qiyofasini jonli chizib berish, odamlarimizning o'zlarini ko'zguga solib ko'rishlari uchun imkon yaratilgan holda bugungi kun kitobxonini, zamonamiz yoshlarini fikrida, ahdida sobitlik, nafs qutqusining fojialari, odamiylik mezonlari, me'yor masalalari haqida chuqurroq o'yga toldirish maqsadini ko'zlaydi. Ulug'bek Hamdamning "Isyon va itoat" romani qahramoni - asar oxirida yoshi oltmishlarni qoralab qolgan Akbar butun ongli hayot davomida — Nahotki inson hayoti hech nimaga arzimasa? Degan savolga javob qidirib o'tdi. Adolatli hukm

chiqaraman, deb qasam ichgan hakamning yuzsizligi tufayli kesilib ketishi, ozodlikka chiqqach ham tushungan odamlar tomonidan kamsitilishi, oila boshlig'i bo'la turib, bir tishlam go'shtga zor bolalarning ehtiyojini qondira olmayotganligi, rus mafiyasining zulmiga chidash, tibbiyot professorining «grippga o'xshagan kasalliklarni vaqti-vaqti bilan kuchaytirish kerakligi, — o'shanda mo'rtroqlaru zaifroqlardan tozalanib turishlik, shunda — dori-darmondan ancha-muncha pul ishlab olish mumkinligi» haqidagi nazariyasi va boshqa qator-qator o'ylab chiqarilmagan, hayotiy ziddiyatlar asar qahramonining isyoniga sabab. Akbar ma'naviyatga intiladi, tinmay kitob mutolaa qiladi, qalbida ma'rifiy inqilob yuz beradi. Insoniy qadr-qimmati toptalgan fohisha Dianani yangi, pokiza hayotga chorlaydi, himoyasiz kampir qo'shnisiga beminnat g'amxo'rlik qiladi. Shu tariqa isyonkor qalb itoatga keladi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Ulug'bek Hamdamning bu romani falsafa va adabiyotdagi taqdir va inson munosabatlari masalasiga bag'ishlangan. O'z taqdirining quli bo'lgan inson qalb isyoni tufayli va o'z ahvolini yaxshilash yo'lidagi urinishlari oqibatida faqat soxta erkinlikka erisha oladi. Haqiqiy erkinlikka erishish uchun esa u taqdir qulligidan qutilishi lozim qabilidagi aqida bilan tanishadi kitobxon.

O'zbek xalqiga xos xususiyatlar, ma'naviy-axloqiy qadriyatlar Tursunboy obrazida o'zining yorqin ifodasini topgan. Tursunboy, u qanchalik fojeiy siymo bo'lmasin, nihoyat samimiy va mahorat bilan yaratilgan. Uni salbiy obraz ham deb bo'lmaydi, chunki haqiqiy mehnatkash, dala ishlari va uy yumushlarini birinchi o'ringa qo'yadi, ijobiy obraz ham deyish qiyin, chunki u ma'naviy jihatdan boshqalarga o'rnak bo'la olmaydi. Tursunboy —sira tin olmagani, doim — ish, ish, ish deb yurgani uchun odamlar uning nomiga orqavarotdan laqab taqib aytishadi: Tursunboyning joni talash - jontalash. Ha, haqiqatan ham butun umri davomida bechoraning joni turmushning ikir-chikirlari orasida talashda qoldi. Biroq uning o'zi buni bilmadi, hayot shu, tiriklik shu, deya keldi... Rostdan ham hayotiy obraz. Bundaylar kammi dunyoda! Ish deb ota-ona, qarindosh-urug', yoru birodarlardan xabar olishni unutayozganlar yo'qmi! Lekin koshkiydi, shunday mehnat evaziga uyida qozon qaynab tursa. "Qozon o'lgurning go'sht ko'rmaganiga ham ikki oy bo'ldi", deb uy bekasining kuyinishida ham jon bor. — "Dunyoda kolbasa, pishloq degan narsalar ham borligini bilasizmi siz?", degan so'rog'iga Tursunboy o'zicha munosabat bildirib, ularni "kofirning yemishi" deydi. Qahramon shunday hayotga ko'nikib ketgan, uningcha, hech narsani o'zgartirib bo'lmaydi. Bu — taqdir. Peshona. O'zi - taqdirning quli. Qalbida shunday hayot tarziga nisbatan isyon tugul uning uchquni ham yo'q.

Tursunboyning antiqaligi shundaki, u hamma narsani o'z qarichi bilan o'lchaydi. Yarim kechada ishdan kelib, — oshxonaga o'tib, qozonning qopqog'ini ko'tardi. Suyuq ovqat. Cho'michni aylantirib ko'rdi — uch-to'rtta kartoshka va

tuxum bo'laklari: demak tuxum sho'rva. U o'zicha doim haq. Unga bir burda qattiq non, termosda choy, choyga solgani bir dona oq qand bo'lsa bo'lgani. Mana, Jontalashning og'ir mehnat evaziga mukofoti - bir kunlik yemishi. Bu — hayot. Qahramon bunday hayotdan nolimaydi. Faqat uning atrofidagilar qalbidagi isyon kuchli. Lekin, baribir, bu isyon qahramonimizga ta'sir eta olmaydi. U bamisoli robot, hatto uni manqurt, zombiga o'xshatging keladi. Unda isyon yo'q.

Itoat bor xolos. Romanda Tursunboy uchun jon kuydiradigan yaqini - uning xotini. Lekin uning sa'y-harakatlari, qalbidagi tug'yon, isyonning ham zarracha samarasi sezilmaydi. Bir dialog keltiraman:

- ...Er bo'lib mundog' odamlarga o'xshab kurortu-sanatoriylarga biror marta olib bordingizmi?

- Pishirib qo'yibdimi u yerlarda!.. Ish turganda kurortma-kurort yuradimi odam?..

- Ish o'lgur qachon tamom bo'libdi... Odam sob bo'ladiki, ish tugamaydi. Mana siz... necha vaqtdan beri ishlaysiz, hech biringiz ikki bo'ldimi?..

- Nega bo'lmas ekan? Qiz chiqardim, o'g'il uyladim, mana, imorat bityapti.

- O'zingiz-chi, o'zingiz... O'zingizni ham hech o'ylaganmisiz?.. Oyog'ingizdagi etikni mundog' yechib...

- Etikka til tekkizma! Shu etikni kiyib yurganim uchun birovdan bir burda non tilab ko'chaga chiqmayapsan, uqdingmi?.. Nonni tug, sen bilan adi-badi aytib o'tirishga vaqt yo'q. Ishga kechikyapman!..

- Ha ishgina o'lsin, o'libgina qolsin ishgina.

Ko'rinib turibdiki, bu yerda biror uydirma yo'q. Hayotdan olingan kundalik tashvish, tashvishning barcha og'irligi esa qahramonimiz gardanida. Uni yengillashtirish haqida o'ylab ham o'tirmaydi. Qaniydi tipik qahramon tipik hayotning bajarilishi lozim bo'lgan istak, tilak, xohishdan iboratligini, hayotda ishdan tashqari boshqa muqaddas narsalar ham borligini anglasa, orzumandlikning ro'yobga chiqmasligidan azob-uqubat, tashvish, havotirlikning kelib chiqishi, buning oqibatida ko'ngilsiz noxushliklar yuz berishi va ularni bartaraf etish lozimligini tushunib yetsa! Tushunishni xohlamaydi ham. Aksincha, turmushning nosozliklaridan qalbi isyonga to'la, oqila ayolini kamsitadi: "Sochi uzunu aqli qisqa-da buning. mehnatning nimaligini bilmaydi", — deb g'udranadi Tursunboy.

Qahramonimizning o'zligini namoyish eta olishiga, boshqalarga o'xshab yashashiga to'sqinlik qiluvchi bir holat bor. Bu uning dunyoviy, kundalik turmush tashvishlari bilan bog'liq dunyoqarashi. Yakkayu yagona akasining to'yiga bormasa bormaydiki, dalani qo'ymaydi. Natijada hatto o'g'lidan — "el-yurtdan,

odamgarchilikdan chiqib qolyapsiz" degan dakkini ham eshitadi. Shu yerda ham — to'yonani berib yubordimku, bo'ldi-da», deb yana o'zini oqlaydi.

MUHOKAMA

Tursunboydaqa jontalashlar bu dunyoda kammi? Ular hayotning shu mashmashalari ichida ham o'zini baxtli, to'g'ri, adolatpesha hisoblaydilar. Atrofdagilarning uning turmush tarziga munosabatini yoqtirmaydi. To'ydan keyin chaqchaqlashib o'tirgan farzandlarining, otasi daladan kelgach, indamay turib xonalariga kirishib ketganining sababini tushunmaydi. O'zining nazarida Tursunboy qanchalik haq bo'lmasin, uning qalbi bo'sh, ma'no yo'q. Shu narsa uning fojeasiga sabab. Dunyoqarashi sog'lom turmush tarziga zid. Boshqalar bilan hisoblashmaydi. Xudbin. Bir joyda qotib qolgan. Xotini, farzandlari, akasi ham uning fe'li-atvoridan norozi. "Mening bittayu bitta ukam bor edi. Endi u yo'q! Bor ket, o'sha dalangga, o'sha ishingga" Akasining ham uyidan quvildi. Cheklangan dunyoqarash, ma'naviy mahdudlik va qashshoqlik inson taqdirini o'zgartira olmaydi. Muhimi - hayotda yagona, haqiqiy, to'g'ri yo'l topa bilish. Ichki, ruhiyatda, ma'naviy olamdan ajralib qolgan shaxs ruhi yoki ichki olamini o'zgartirish va ezgulikka yo'naltirishning yagona yo'li shu. Bu dunyoda, bugungi ijtimoiy sharoitda hukm surayotgan «o'g'irlik, muttahamlikning tabiiy hol, zo'rlash-o'ldirishning oddiy ehtiyoj» ga aylanganligi nafaqat fojeiy obrazni, balki Akbarday kuchli siymoni ham o'yga toldiradi. Yozuvchi hayotda yuz berib turadigan nohaqliklarni ayblaydi. U halol pok, vijdonga dog' tushirmay yashash tarafdori. Bunga erishib bo'ladimi? Barcha dunyoviy dinlar pok turmushni madh etadi. Injilda Muso alayhissalomning 10 ta mashhur Qonunlaridan biri «Bevafolik qilma» deyiladi. Sulaymon payg'ambar «Hikmatlar» kitobida katta bir bobni shu mavzuga bag'ishlagan. Islomiy muqaddas kitoblarda pokiza turmush haqidagi oyati mukarramlarning sanog'i yo'q. Lekin hayot boshqacha. Fohisha Diana, qo'shmachi Marat, baqaloq mijozlar uchun hech qanday muqaddas narsa yo'q. Lahzada boqiylik, qisqa hirsiy his - bu yuqoridagi shaxslarning qalbidagi bo'shliq va shafqatsizlikdan. Ular uchun hayot mazmuni — shu. Roman muallifi ba'zan —beparda, ba'zan tavsifiy, monologik hikoya tarzi bilan kitobxonni isyonga da'vat qiladi. Odam haqiqiy o'zligini yo'qotadi, kundalik turmush tashvishlari ichida, ish, xizmat, oila va jamiyat uchun yaroqsiz mavjudotga aylanadi. Shu darajaga yetib borayozganda Diana hayotida Akbar paydo bo'ladi-da, unda ichki ikkilanish - dunyodan norozilik va borliqni tan olish, isyon va itoatning hamnafas holati yuz beradi. Isyon Diananing ham qalbida cho'g'lanadi va asta-sekin olovlanib, unga to'g'ri yo'l ko'rsatadi.

Bu dunyodagi — tevarak-atrofdagi, qahramon yashab turgan muhitdagi qabohat, dahshat, fojea, chorasizlik, shafqatsizlik undagi norozilikni kuchaytirib,

oliy ruhiy qudratga — itoatga chaqiradi. Nochor inson ruhiy qudratga iltijo qiladi,

yalinib-yolvoradi yoki unga nisbatan isyon hissi qo'zg'oladi. Itoat esa umid uyg'otadi. Bag'ritosh rus mafiyasi Akbardan tiz cho'kib yolborishni talab qiladi, uni ming qiynoq-azoblarga solishganda, Akbar «Bu axir adolatsizlik-ku, Xudojon!» — degan alamli o'y hayolidan kechadi. Azobdan —hayoliga hech nima kelmay qoldi; na shirin-shakar bolalari, na xotini, na otasi va na onasi, hech kim! Hatto duoni ham unutdi. Faqat isyon bor edi balki uning yuragida! Isyon bo'lgandayam, o'z qismatiga, qismatning alamli, dunyoning firibdan, zo'rovonlikdan, adolatsizlikdan iborat ekanligiga qarshi Isyon!.. Agar mana shu lahzada -Akbarning vujudi havoda bir muddat muallaq osilib turganda shu qaltis onlarda uning botinidagini so'zga ko'chirish mumkin bo'lganda edi, 8ehtimol, "Sen ham adolatsizmisan, Xudoyim?!" degan mazmunda bo'larmidi... Agar harakatga ko'chirilganda Akbar tura solib Yaratganning yoqasiga yopishardi...

NATIJA

Yozuvchi muayyan g'oyaviy-ma'naviy masalalar va ularning yechimiga e'tibor qaratadi. Ma'naviy jaholat, uyushgan zo'ravonlik (mafiya), mustabid tizim g'oyasi, tibbiyot sohasidagi turg'unlik (professor e'tiqodi), kabi bir qancha dolzarb ijtimoiy nosoz illatlar borki, ularga nisbatan nafaqat yozuvchi, balki jamiyatning a'zolari, barcha kitobxonlar ham isyon ko'tarishi, itoatga kela olmasligi aniq. Yozuvchining bu hodisalarga bahosi bugungi kundalik hayotdagi tushkunlik, umidsizlik kayfiyati, ma'nisiz hayot, jaholat va zo'ravonlikning o'tkinchiligi (Bossning oliyjanobligi, Diananing insofga kelishi, Larisa xolaning vasiyatlari) ichki ma'naviy inqilob orqali itoatga kelish inson xarakteri va tabiatini o'zgartirishi mumkinligi hamda ijtimoiy munosabatlarni qayta qurish imkoniyatlariga ishora qiladi. Isyon sabablari, jaholat, ma'nisizlikni to'liq idrok etish va ularga nisbatan nafrat, norozilik tuyg'usi yozuvchini ma'suliyat, hamkorlik, sadoqat, insof, jasorat, intizom, fidoyilik va fidokorlik kabi insoniy-gumanistik qadriyatlar tomonida ekanligini bildiradi. Badiiy ijod qonuniyatiga ko'ra, yozuvchi bu qadriyatlar mohiyatini tavsiflab o'tirmaydi. Bu vazifani kitobxonning o'ziga havola qiladi. Qahramonlar kechinmalari, ruhiy holatlari, falsafiy mushohadalari psixologik tasvirning eng samarali vositasi bo'lgan ichki monolog orqali berilgan.

XULOSA

Romanda isyon oqilona va amaliy ahamiyatga egaligidan itoat bilan yakun topadi. Nohaq qamalgan Akbarning haqiqatgo'y o'qituvchiligini hurmat qilamiz, unga samimiy hamdard bo'lamiz. Ilmiy tadqiqot instituti laboratoriyasida tadqiqot olib borayotgan doktor - tabibning u yerdan ishdan ketkizilishi va kesilishini

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 2 I ISSUE 1 I 2021

ISSN: 2181-1601

qoralaymiz, haqsizlikka qarshi norozilik bildiramiz. Tursunboyning mehnatkashligini oqlab, uning bir taraflama, ma'naviy qashshoqligiga achinamiz. Diananing—qaytishi, Larisa xolaning va tabibning bir jumla bilan qayd etilgan o'limlari - nekbin fojea. «Isyon va itoat» romani esa e'tiqod va iymon masalalariga bag'ishlangan bo'lib, asar qahramonlari tiriklik mantig'i va ruh halovatini har ikki dunyo to'g'risidagi mushohadalar yordamida idrok etishga urinadi. Roman professor tarjimon N.Vladimirova tomonidan rus tiliga tarjima qilingan, alohida kitob holida chop etilgan.

REFERENCES

1. Ulug'bek Hamdam "Isyon va itoat";

2. 9-sinf adabiyoti 2-qism Q. Yo'ldoshov, V. Qodirov.

3. Расулова, Р. Б. (2020). Она тили фанини укитишда иктидорли укувчиларни аниклаш ва уларнинг нутк маданиятларини оширишда замонавий педагогик технологиялардан фойдаланиш. Ta'lim, fan va innovatsiya, 1(2), 37-40.

4. Rasulova, R. (2020). ADABIYOT DARSLARIDA XALQ OG 'ZAKI IJODINI O 'QITISHNING SAMARALI USLUBLARI VA YARATUVCHANLIK, IJODKORLIK QOBILIYATLARNI RIVOJLANTIRISH. Science and Education, 1(Special Issue 3).

5. Расулова, Р. (2021). ИНСОНЛАР САДАФИ ХИММАТИДАНДУР. Academic Research in Educational Sciences, 2(1), 907-910.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.