Научная статья на тему 'MUHAMMADSHARIF GULXANIY ASARLARINING O’ZBEK MUMTOZ ADABIYOTIDA TUTGAN O’RNI'

MUHAMMADSHARIF GULXANIY ASARLARINING O’ZBEK MUMTOZ ADABIYOTIDA TUTGAN O’RNI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

13016
755
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
adabiy muhit / bayt / Zarbulmasal / Yapaloqqush / Kuykanak / Maliktaboh / Boyo`g`li / Kulangir sulton / Xapalak / Soibon / Tuya / Bo`taloq / Kunushbonu / Kordon / Navozanda.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Tadjixon Sabitova

O`zbek adabiyoti tarixida Gulxaniy ijodining o`ziga xos o`rni bor. Undan oz lirik she`rlar qolgan bo`lsa ham o`z davrining voqea holatlarini ko`rsata olgan. Ayniqsa, o`sha davrdagi ochlik va yupunlikdan azob chekkan kambag`al xalq ahvolini ro`y-rost ko`rsatib bergan. Gulxaniyning "Zarbulmasal" asarida tasvirlangan majoziytimsollar orqali aytilgan fikrlar maktab o`quvchilarining ta`lim-tarbiyasida muhim o`rin tutadi. Zero asardagi 400 dan ortiq xalq maqollari va hikmatli so`zlarning ahamiyati katta.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MUHAMMADSHARIF GULXANIY ASARLARINING O’ZBEK MUMTOZ ADABIYOTIDA TUTGAN O’RNI»

MUHAMMADSHARIF GULXANIY ASARLARINING O'ZBEK MUMTOZ

ADABIYOTIDA TUTGAN O'RNI

Tadjixon Sabitova

Filologiya fanlari nomzodi, dotsent TVCHDPI

Annotatsiya: Ozbek adabiyoti tarixida Gulxaniy ijodining o'ziga xos o'rni bor. Undan oz lirik she'rlar qolgan bo'lsa ham oz davrining voqea holatlarini ko'rsata olgan. Ayniqsa, o'sha davrdagi ochlik va yupunlikdan azob chekkan kambag'al xalq ahvolini ro'y-rost ko'rsatib bergan.

Gulxaniyning "Zarbulmasal" asarida tasvirlangan majoziytimsollar orqali aytilgan fikrlar maktab o'quvchilarining talim-tarbiyasida muhim o'rin tutadi. Zero asardagi 400 dan ortiq xalq maqollari va hikmatli so'zlarning ahamiyati katta.

Kalit so'zlar: adabiy muhit, bayt, Zarbulmasal, Yapaloqqush, Kuykanak, Maliktaboh, Boyo'g'li, Kulangir sulton, Xapalak, Soibon, Tuya, Bo4aloq, Kunushbonu, Kordon, Navozanda.

Аннотатция: Творчество Гюльхани занимает особое место в истории узбекской литературы. Хотя от него осталось мало лирических стихотворений, он показал событийные обстоятельства своего времени. Особенно верно он показал положение бедного народа, страдавшего в то время от голода и истощения.

Мысли, выраженные через образные образы, описанные в произведении Гюльхани "Зарбулмасал", занимают важное место в образовании и воспитании школьников. Ведь более 400 народных пословиц и поговорок в произведении имеют большое значение.

Ключевое слово: литературная среда, стих из двух строчек, Зарбулмасал, Япалаккуш, Куйканак, Маликтабох, Бойугли, Кулангир султан, Хапалак, Соибон, Верблюд, Верблюжонок, Кунушбону Кордон, Навозанда.

Abstract: Gulkhani's work occupies a special place in the history of Uzbek literature. Although there are few lyrical poems left of him, he showed the eventful circumstances of his time.Especially he showed the situation of the poor people, who were suffering at that time from hunger and exhaustion.

Thoughts expressed through figurative images described in Gulkhani's work "Zarbulmasal" occupy an important place in the education and upbringing of

schoolchildren. After all, more than 400 folk proverbs and sayings in the work are of great importance.

Keywords: literary medium, two-line verse, Zarbulmasal, Yapalakkush, Kuykanak, Maliktaboh, Boyugli, Kulangir sultan, Hapalak, Soibon, Camel, little camel, Kunushbonu Cordon, Navozanda.

Gulxaniy XIX asming I yarmi Qo'qon adabiy muhitida masal-tamsil janrida go'zal va original asar yaratishga muvaffaq bo'lgan adibdir. Gulxaniy tabiatan hazil-mutoyibaga usta, xalq urf-odatlarini, til boyliklarini, maqol, matal, naql va rivoyatlarini, hajv va yumorini chuqur bilgan shaxs bo'lgan. Gulxaniyning shaxsiyati va adabiy merosi haqida ma'lumot beruvchi ilk manba' Umarxon davrida yaratilgan "Majmuai shoiron" tazkirasidir. Chunki tazkira, birinchidan, Gulxaniy hayotlik vaqtida maydonga kelgan, ikkinchidan, tazkira adibni koyigan, bilgan, u bilan muloqotda bo'lgan kishilar (Fazliy, Mushrif, Xotif) tomonidan yaratilgan. Tazkiraning Gulxaniy hayotini yoritishga bag'ishlangan sahifalarida adibning "mulki ko'histon" (tog'lar diyori)dan ekani, uning ajdodlari o'z

yurtining e'tiborli kishilaridan bolgani, shoirning og'ir hayot kechirgani v a kechirayotgani, o'ziga Gulxaniy taxallusini olib, "tog'liklar shevasida latifu ravon" g'azallar bitgani uqtirib o'tiladi[I.Adizova,2006,138]. Gulxaniyshunos olimlar tazkirachilarning fikrlari hamda Gulxaniyning forscha-tojikcha g'azallarining ba'zi til xususiyatlariga asoslanishib, uning otasi Qo'qonga Garm yoki Darvoz tomondan kelib qolgan bo'lishi mumkinligini taxmin qiladilar. Yirik gulxaniyshunos olim Fathiddin Ishoqovning aniqlashicha, Gulxaniyning avlodlari tog'liklardan bo'lsa ham, o'zi Qo'qonda yuzboshi mansabidagi shaxs oilasida tug'ilib, shu muhitda voyaga yetgan. Aks holda, uning o'zbek tili boyligi, xalq urf-odatlarini chuqur bilishi, askiyachilikda shuhrat topishi va o'zining shu xislatlari bilan saroy shoirlari ichida "Zarbulmasal" dek asarini yaratishga loyiq ko'rilishi mumkin emas edi. Gulxaniyga yurtdosh, shoir haqidagi manba va xotiralardan yaxshi xabardor Polatjon Domullo Qayyumov "Tazkirai Qayyumiy"da shunday muhim biografik

ma'lumotlarni keltiradi: "Bu kishi Ho'qand shaharida Sarbotur mahallasida tug'ilib, shunda tarbiyalanib o'smish askariy bir xodim bolib, nomi Muhammadsharifdur. Otasi tojiklardan bo'lib, onasi o'zbekdir. Otasi yoshligida vafot etmish. Muhammadsharif sarkarda Xudoyquli Bahodirning tarbiyasida o'qub, askariy mulozim sifatida yurub, shul Bahodirning orqasida saroyga xizmat ila kirib qolgan. Xudoyquli Bahodir vafot etgach, uni saroy va askarlik xizmatidan chetlashtirganlar. Gulxaniy go'laxda turgan degan so'z to'g'ri emasdir. Avtorlarning (Vozeh va hozirgi davrdagi ba'zi olimlarning) Gulxaniy degan

taxallusga nisbat yetib bergan gumonlaridir". Gulxaniyning zamondoshi Dilshod-Barnoning "Tarixi muhojiron" asarida Gulxaniy o'z umrining so'nggi yillarida

qalandarona hayot kechilgani, qashshoq shoirlar bilan hammom go'laxida kun o'tkazgani aytiladi. Biroq Gulxaniy taxallusi qo'llanishining bu holatga aloqasi yo'q. Fazliy tazkirasida bularga aniq ishoralar bor. U shoirning devona-fe'lligi va olovqalbligi sababli o'ziga Gulxaniy so'zini taxallus qilib olganligini ta'kidlaydi:

Ajib so^zbilarmon erur Gubcaniy, Erur otashin so'zni ul manmani. U majnunsifat, qalbi och gulshani, Shu bois taxallus qoyib Gulxani. G'azallarki yozmish fasihu ravon, O'sha togл shar lafzi birla hamon... Lirikasi. Gulxaniydan qolgan link she'rlar uncha ko'p emas. Uning g'azal va qasidalardan iborat kitob tartib bo4gani haqida xabar bo'lsa ham, u topilganicha yo'q. Shoirning lirik merosidan bizgacha "Biri", "Etmaz", "Ko'rung" radifli va "Lola ko'ksidek bag'rim tahbatah qora qonlar..." deb boshlanuvchi o'zbekcha, "Ey to'ti", "Bumn", "Az chashmi man", "Angusht", "Angushtam", "Bidih" radifli tojikcha g'azallari yetib kelgan. She'rlaridan to'rttasi o'zbekcha, to'rttasi tojikcha; bitta tojikcha qasidasi ham bor. Hammasi to'qqizta. U tojikcha g'azallarida Jur'at taxallusini ham qo'lladi. Shoir she'rlarida ancha original ifodalar qo'llaydi, tashbehlar ishlatadi. Chunonchi, "Angushtam" (angushona) radifli she'rida o'sha zamonni quruqlik dengiziga, o'zini esa o'sha dengizda qiynalib qayiq surib borayotgan kishiga o'xshatadi:

Ba xushki rondayam kishtiyu umre zindayam Jur 'at, Nashud z-in bahri behosil sare mustar angushtam. Quyidagi o'zbekcha g'azali baytlarida esa, yor vasli firoqida azob chekuvchi oshiqning yuragidagi qora qon qatlamlarini lola ko'ksidagi qora dog'larga o'xshatib, o'z fikrlariga badiiylik baxsh etadi, o'quvchini ancha murakkab his-tuyg'ularga olib kiradi:

Lola ko'ksidek bag'rim tah-batah qora qonlar, Hajr ibtilosidur naylay el musulmonlar. Bir dam ayla mardumlig', diydam ichra manzil qil, Durri dilu sochsirtlar maqdamingga mujgonlar.

[Vohidov,Eshonqulov2006,193]

Gulxaniyning tojikcha g'azallari ichida "Bidih" ("Ber") radifli g'azali muhim ahamiyatga ega. G'azal ochlik va yupunlikdan azob chekib, xonga arz

qilgan jur'atli, rostgo'y, hazil-pichingga o'tkir bir navkar timsolini namoyon etadi. G'azal shoirning hayot qiyinchiliklarini boshidan kechirayotgan yillari mahsulidir. G'azal matni "Majmuai shoiron" tazkirasida Gulxaniy hayoti va shaxsiyati haqidagi masnaviy ma'lumotlardan so'ng keltiriladi:

Hazratim, ochlikdin o 'Idimy egani non ber myenga, Kofir o'lg 'ayman agar desamki, bahmon ber myenga. Moshu bug 'doy, guruch berkim, shular myenga kerak, Hech aytmasman aqiqu, la 'lu marjon ber myenga. Egnimga yopiq berib, qomimni o y g'iz non bilan, Syenga billohkim demasman: dinu imon ber myenga. Navkaring ochlikdan o 'lsa, nega xayfing kelmagay, Ey tabibi hoziqim, doriyu darmon ber myenga. Nonu to 'n ber, benavolik dardidan qutqar meni, Men qachon aytdimki, Qorun ganjidek kon ber myenga. Gubcaniyni er yigiqtlar to 'pidan kamsitmagil, Fo 'ta ber. Ot ber, qilich ber, to^nu chakmon ber myenga.

(Muinzoda taijimasi) "Zarbulmasal". Mulla Gulxaniy nomini avloddan avlodga etkazib kelayotgan va adabiyotimiz tarixida unga abadiy joy olib bergan yodgorlik bo'lib, bu — "Zaibulmasal"dir. "Zaibulmasal" XIX asming 80- yillaridayoq rus sharqshunoslarining e'tiborini o'ziga tortgan edi. 1890 yili Qozon universiteti bosmaxonasida nashr etildi va rus tiliga tarjima qilindi. U 1951 yili M.Sale tomonidan yana bir bor rus tiliga tarjima etildi. Bunda tarjimon asarning sho'rolar davridagi nashrlariga tayanib ish ko'rgan edi. 1948 yili Samarqandlik adabiyotshunos R.Muqimov Gulxaniy va uning adabiy merosi haqidagi ishlarini umumlashtirib, "Gulxaniyning hayoti va adabiy faoliyati" mavzuida nomzodlik

dissertatsiyasi yoqladi. Gulxaniy ijodini ilmiy jihatdan baholashda H.Yoqubovning Gulxaniy asarlari nashriga yozgan kirish so'zi, akademik V.Abdullayevning "O'zbek adabiyoti tarixi" darsligidagi adabiy portreti, akademik A.Qayumovning "Qo'qon adabiy muhiti" monografiyasida Gulxaniy hayoti va ijodiga ajratilgan o'rinlaming, O'zFA haqiqiy a'zosi M.Qo'shjonov va tilshunos olima X.Nazarovaning "Zarbulmasal" ning badiiy xususiyatlari, tili va uslubini o'rganishga doir ishlari muhim ahamiyatga ega bo'ldi. Biroq, gulxaniyshunoslikda matnshunos, manbashunos, tilshunos olim Fathiddin Ishoqovning amalga oshirgan tadqiqotlari katta qadam boldi. Bu olim Gulxaniy va uning davri adabiyoti bilan bogliq juda ko'p manbalarni, "Zarbulmasal"ning ko'psonli qolyozma va bosma

nusxalarini qiyosan o^ganib, uning tanqidiy matnini tayyoriadi hamda 1976 yili Toshkentda nashT ettiгdi. Olim Gulxaniy va uning adabiy merosi haqida Ыг qancha salmoqli risolalar, maqolalar e'lon qildi. U o'zining 20-25 yillik ilmiy izlanishlarini yakunlab, 1997 yil 16 dekatoda "Gubcaniy "Zartulmasalning ilmiy-tanqidiy matni" mavzuida doktorlik dissertatsiyasini yoqladi. F.Ishoqov o'z tadqiqotlarida Gulxaniy hayoti va adabiy merest o,гganish jaгayonida boshqalaг tomonidan yol qo'yilgan nuqsonlaгini baгtaгaf etadi, adibning taxallusi, qismati, qushlar obrazlarini noto'g'ri nomlash, asarning janriy xususiyatlarini belgilash boгasidagi chalkasЫiklaгga aniqlik kiгitadi. F.Ishoqovning ilmiy asariarida "^^^masal" xalqchil nasming o'ziga xos namunasi ekanligi, asaming g'oyaviy-badiiy dunyosi chuquг tahlil qilinadi. Uning isЫaгida ayniqsa "Zartulmasarning til xususiyatlari keng ko'lamda o'rganildi. Asarning muqaddima qismida u Umarconning amri, istagi bilan yozilganligi aytiladi. Adabiyotga homiy bu siymo xalq orasida keng ta^algan zaгbulmasallaгni — xalq maqollarini chuqur o'ylab, kitob holiga keltirish lozimligini aytadi hamda Gulxaniyni shu nozik xizmatga loyiq deb topadi.

"Zarbulmasal" so'zi arabcha "zarb" va "masal" so'zlarining birikmasidan hosil bolgan qo'shma so'z bo'lib, adabiy atama sifatida masal, maqol, matal keltirib so'zlamoqlikni anglatadi. Fors adabiyotida Ubayd Zokoniy, XIX asr o'zbek adabiyotida Nozil Xo'jandiy, Sulaymonqul Rojiy kabito maqollar keltiгib, "^^^masal" nomlaгi bilan asarlar yaгatganlaг. Gulxaniy asaгi,ham gaгchand

"Za^ulme-sal" deb atalsa-da, ko'pgina o'ziga xos xususiyatla^a ega majoziy asaгdiг. '^^^masal" syujeti hikoyachilik asosiga quгilganligi bilan o'zbek adabiyotidagi Rabg'uziy va Xoja qissa-hikoyatlariga, undagi majoziylik, qusЫaг, hayvonto tilidan so'zlash; pandnamolik xususiyati jihatidan esa, Sha^da keng taгqalgan "Kalila va Dimna" asaгiga yaqinlashadi. Shubhasiz, Gulxaniy xalq og'zaki ijodi boyliklarini yaxshi bilish bilan biïga, madrasa tahsilini olgan mulla kishi (manbalaráa Mulla Gubcaniy nomi bilan keltiriladi) sifatida qo'lyozma asaгlaгni, zarbulmasal kitoblarini ham ko'p o'qigan. "Zaгbulmasal" majoz asosiga qurilgan qissa bo'lib, unda trnmush voqea-hodisalaгi, tuгli ijtimoiy toifaga mansub kishilarning fe'l-atvoгlaгi, biг-biгiga munosabatlari qusЫar, hayvonlaг tilida bayon qilinadi. Unda murakkab qatlamli majozga duch kelamiz. Odam otoazlari o'mida qushlaming kelishi biгinchi majoz bolsa, u^ tilidan Xolboqi misgaг, Yodgoг po'stindo'z singan kishilarning, tuya, chayon, sangpush (toshbaqa) singan hayvon-hashorat timsollarining tuгli naql, гivoyatlaг keltiгib so'z yuritishi ikkinchi majoz, bu timsollar nutqida keltirilgan ifodaning ko'chma ma'nolari yana Ыг majoz-majoz ichida majozdir Xullas, asaráa xalq maqollaгi va naqllari (300ga yaqin) katta o'rin

tutganligi, asosiy voqea-hodisalar qushlar-hayvonlar timsollari orqali ifodalanganligi, bosh qoliplovchi hikoya hisoblangan Boyo'g'li va Yapaloqqush hikoyasi bilan bogianib ketuvchi katta va kichik masal-hikoyalar ham keltirilganligi uchun adib uni "Zarbulmasal" deb nomlagan. Asarda ko'zga tashlanuvchi badiiy obrazlar o'zlarining tur va tabiatlariga ko'ra, uch xildir: qushlar obrazlari, hayvon, hasharot obrazlari, kishilar obrazlari. Qushlar obrazlari asarning bosh rejasiga qo'yilgan asosiy obrazlar bolib, hayvon-hasharot va kishi obrazlari qushlarning o'zaro suhbatlarida, ular tomonidan keltirilgan naqlu rivoyatlarda namoyon boladi. Qushlarning tur va nomlari, ularning xatti-harakatlari asarga shu qadar tabiiy, jonli mazmun bag'ishlaydiki, uni o'qiyotgan kishi qushlar orasida bahs ketayotganini unutib, qushlar dialoglarini odamlar suhbati deb qabul qiladi. Gulxaniy san'atining bu nozik jihatlarini his etmaslik oqibatida asarning ayrim nashrlarida Kuykanakni Kuygung, Malikshabohni (tungi shoh) Malikshohin", Kunushbonu (Quyoshbonu)ni Gunashbonu tarzida noto'g'ri keltirish hollari uchrab turadi. Asarning asosiy syujet chizig'i Kaykubod xarobalarida istiqomat qiluvchi Yapaloqqush bilan Boyo'g'li oralaridagi qudachilik munosabatlari va shu bilan bog'liq hayotiy voqea-xodisalardir. Yapaloqqush o'g'li Kulangir sultonni uylantirish maqsadida o'z yaqini Ko'rqushni Boyo'g'li huzuriga sovchilikka yuboradi.[Gulxaniy,1958,67]

Boyo'g'lining nihoyatda go'zal, quyosh yanglig' Kunushbonu ismli qizi bor edi. Bir-ikki bordi-keldidan so'ng 1000 xaroba-chordevor qalin badaliga Boyo'g'li rozilik beradi. Yapaloqqush shonu shavkat bilan to'y anjomlarini keltiradi, o'sha davrdagi quda-andachilikka xos hamma rasm-rusumlar, milliy odatlar bajo keltirilib, to'y marosimlari o'tkaziladi. Bu marosimlarda ikki tomondan juda ko'p qushlar — Ko'rqush, Hudhud, Turumtoy, Kordon, Bozanda,

Navozanda, Anqo, Humo, Ukob, Lochin, Oqqush, Tuma, G'oz, O'rdak, Suqsur, Kaklik, Bedana, Olato'g'onoq, Zarg'aldoq qatnashadilar va har biri o'ziga yarasha xizmatni ado etadilar. Farg'ona iqlimida xarobalar kam bolganligi uchun Movarounnahr iqlimidan (Buxoro amirligi) 1000 chordevor topishib, kelin Kunushbonu mahriga tolaydilar. Shunday syujet rivojidan malum boladiki, Gubcaniy qushlar vositasida hayotimiz o'tmishida an'ana sifatida davom etib kelgan to'y marosimlari, qudachilikdagi urf-odatlar haqida hikoya qiladi. F.Ishoqov tadqiqotlarida asarning g'oyaviy yo'nalishini tashkil etgan qiz uchun mahrga xarobalar talab qilish orqali Gubcaniy Qo'qon xonligi — Amirxon saltanatining qo'shni Buxoro xonligidan ustunligi va obodroq ekanligini ham ko'rsatmoqchi bolganligi to'g'ri ko'rsatiladi. U Umarxon davrini, uning siyosatini

ma'qullovchi shaxs sifatida namoyon boladi, fuqarolik burchiga sodiq qoladi. Qo'qon xonligida paydo bo'lgan Nav, Shahrixon, Oyim kabi yangi manzilgohlarning paydo bo'lishidan faxrlangani holda, Buxoroga qarovchi O'ratepa, Jizzax, Urgut kabi joylarning xarobalashib borayotganligidan kuladi. O'zidagi "Xapalak" qishlog'iga o'xshash xarobalarni ochiq ko'rsatishdan qo'rqadi. Ulami jonli va qiziqarli qilib tasviгlash uchun haг qadamda — qushlarning o'zaro munozaгalaгi, suhbatlari, dialoglaгi oгasida xalq maqollaгiga, matallariga, naqllaгiga, hayotdan olingan ayгim salbiy lavhalarga, shaxslaг qiyofasidan xabaг bemvchi holatlaгga muгojaat etadi. Asaгdagi bosh qoliplovchi hikoya— "Boyo'gli va Yapaloqqush" hikoyasi taгkibida 200 dan ortiq timsollaгdan tashqaгi, Xolboqi misgar, Yodgor po'stindo'z, Muhammad Amin mufti, qulog'idan ayrilgan eshak, Otaboy amin, eshon kalla haqidagi hajviy-гivoyaviy epizodlami ham keltiгadi. Masalan, Ko'rqush aytdi: "Nechukkim, aytmishlar: "Uyat — o'limdan qattiq". Yana aytmisЫaг: "Eгmon yog'ochning egilgani - singani, eг yigitning uyalgani o'lgani". Anda Yapaloqqush aydi: "Men sizni bilimlik va ma'nidin boxabar kishi faxmlab erdim, "Kamay misdin, balg'am isdin" bo'lurini bilmas ekansiz. "Ko'r tutganin qo'ymas va kar eshitganin qo'ymas"... Anda Yapaloq qush aydi: "Ilgari o'tgan yaxshilar masaliduгkim: "Yaxshi nafas — yarim mol"...

Anda Ko'rqush aydi: "Rost aytursan, qo'chqor bo'lur qo'zining peshonasi do'ng bo'lur, og'a bo'lur yigitning peshonasi keng bo'lur". "Chuchvarani xom sanabsan". O'xsharki, "Otasi urmas qo'ng'izni, bolasi urar to'ng'izni" degan so'zga ishonma". "Halvo degan birla og'iz chuchimas"... Anda Ko'rqush aydi: Sabrni yaxshilar andogi a'rif qilmishlarki: Bayt:

Sabr bilan basta eshikdur kushod, Sabr bilan topdi eronlar murod. Sabr sening dardingga darmon bo 'lur, Sabr bilan xor guliston bo 'lur. Bo yana aytmishlar. Bayt:

Sabr qilsang, g 'o 'radin halvo bitar, Besabrlar o 'z ayog 'idin yitar.

Yoki tojik tilidagi dumsiz eshak haqidagi she'riy naqlni olaylik. Bir dumsiz eshak bor edi. U Ыг kun dumining g'amida yo'lga chiqdi, sahrolarni kezdi, dum istab unga erisha olmadi. Ittifoqo, bir kuni yana yo4 olib, ekinzorning o'rtasiga tushdi. Dehqon uni uzoqdan ko'rib qoldi va yugurib borib, uning ikki qulog'ini kesib oldi. Bechora eshak dum orzu qilib, qaytaga ikki qulogidan ham

ajralib qoldi. U "Ko'rpangga qarab ayog' uzat" maqolini sharhlash maqsadida Kordon

tilidan keltiriladi. Asardagi syujet chizig'i va g'oyaviy mazmunni rivojlantirishda muallif undagi obrazlaming o'zaro munosabatlari, suhbat va munozaralaridan foydalanadi. "Zarbulmasal"da keltirilgan badiiy obrazlarni ularning turi va tabiatiga ko'ra:

a) qushlar obrazlari;

b) hayvon-hasharot obrazlari;

d) kishi obrazlari

kabi uch guruhga bo'lish mumkin. Qushlar obrazlari asar syujetini ta'minlovchi, adib ko'zda tutgan bosh maqsad-g'oyani ochuvchi obrazlardir. Adib o'sha davrdagi qudachilik munosabatlari va rasmrusumlarini berish uchun Boyo'gli bilan Yapaloqqushni tanlab olgan. Kurqush sovchi, Kordon xazinachi, Kuykanak xizmatkor, Turumtoy miroxo'r, Sho'ronul-chopar, Malikshaboh xiyla odil, o'z yaqiniariga homiylik qiluvchi shoh (Umarxon nazarda tutilgan bo'lishi mumkin), Kulangir sulton (Malikshabohning suygan polvoni) kuyov, kelin Kunushbonu oyim timsollarida ifodalanadi. Boyo'gli bilan Yapaloqqush o'ziga mahliyo qo'ygan, mulkdor shaxslar; Ko'rqush asosan fahmu farosatli, ishbilarmon, xiyla

donishmand shaxs. Asardagi ibratomuz maqollar, masal-hikoyatlar bilan boshqa qushlar dialoglarida keltiriladi. Bu qushning ko'zi ko'rmaydi. Adib ko'zi ojizlarga xos hushyorlik va donolikni uning timsolida beradi. Kuykanakning jussasi kichik, biroq u gapga chechan. Boyo'g'li molu mulkka xaris, o'ta xasis va hokazo.

"Zarbulmasal"da majoziy obrazlardan tashqari adibga tanish va o'zlarining yaramas ishlari, qiliqlari bilan ko'zga tashlanuvchi real shaxslar obrazlari ham bor. Ular epizodik obrazlar bo'lsa-da, asarning zamonaviyligini, davr mahsuli ekanligini dalillashga xizmat qiluvchi obrazlardir. Bunday shaxslar qushlar suhbatida o'z nomlari bilan naql etiladi, ba'zilari ochiq satirik bo'yoqlar bilan chiziladi.

Jumladan, Yodgor po'stindo'z o'zini goho "o'tkir so'fi, goho donishmand" olib, mubolag'a qiluvchi lofchi, yolg'onchi, qasamxo'r, Yahyoxo'ja kotib muttaham, bitgan kitobi esa, "saxvu xato va g'alatdin xoli emas", Niyozcha og'alik nodonu farosatsiz... Bu obrazlar prototipli obrazlardir. Bundan shunday xulosaga kelish mumkinki, agar she'riy asarlarda, hajviyotda real tarixiy shaxslar timsollarini o'z nomlari bilan tasvirlashga intilish Turdi Farog'iydan boshlanib, Mahmur hajviyotida kuchayib, takomillashib borgan bo'lsa, badiiy nasrda Gulxaniy ijodida taomilga kirgan, kelgusi an'analar poydevori qo'yilgan. Bu ham Gulxaniy

asarlaríning, xususan, "Zarbulmasal" ning namunaviy asar ekanligini belgilaydi. "Zarbulmasal"da Yapaloqqush bilan Boyo'g'li o'rtasidagi qudachilik munosabatlari ipiga qoliplash usuli bilan bog'langan bir qanchamasal, qissa va hikoyatlar ham mavjudki, bular "Tuya bilan Bo'taloq", "Maymun bilan Najjor " (she'riy) hamda "Toshbaqa bilan Chayon" (nasriy)dir. Shundan "Tuya bilan Bo'taloq" masali Ko'rqush bilan Hudhud bahsida keltiriladi. Masalda bir sotbon (tuyakash), uning tuyasi va bo'talog'i haqida so'z boradi. Gubcaniy asari qo'lyozmasida u "Tevani bo'tasi onasi birla munozaat qilg'oni" (munozara) nomida keltiriladi. Bola-chaqasi ko'p ayolmand tuyakash o'z ro'zg'orini tebratish, tirikchiligini o'tkazish uchun tuyakashlik qilardi. Kunlardan birida, odatiga ko'ra, soibon tuyasiga yuk ortib yo'lga tushadi, tuya orqasidan uning bo'talog'i ergashadi. Yuk og'ir, manzil uzoq. Ochiqqan va charchagan bo'taloq onasidan biroz to'xtashini zorlanib so'raydi. Lekin onasi chorasiz edi:

Aydi onasi bolasiga boqib, Ко 'zlarining yoshlari suvdek oqib: "Ko'rki, burunduq kishining qo'lida, Bu kishining ко 'zlari о 'z yo 'lida. Menda agar zarra kabi ixtiyor Bo'lsa edi, bo 'Imas edim zeri bor". Gulhaniy bu masalda Soibon, Tuya va Bo'taloq orqali jamiyatdagi tengsizlikni, uning og'ir mashaqqatlarini bayon qiladi. Xalq uchun "tirikchilik toshdan qattiq" edi. Sorbon o'z g'amida, Tuya og'ir yuk ostida, Bo'taloq esa ona sutidan mahrum. Sorbon ham, Tuya ham, Bo'taloq ham jamiyat ishlab chiqaruvchi kuchlarining timsoli sifatida xalq obrazini gavdalantirib turadi. "Tuya bilan Bo'taloq" masali chuqur xalqchillik ruhi bilan sug'orilgan asardir.

"Toshbaqa bilan Chayon". Masalda do'stlik, sadoqat, odamlarga shafqatli-muruvvatli bo'lish kabi fazilatlar ulug'lanadi, xiyonat, firibgarlik kabi yaramas xususiyatlar qoralanadi. Sangpush (Toshbaqa) va Aqrab (Chayon) haqidagi tamsiliy hikoya Gulxaniygacha bo'lgan forsiy va turkiy adabiyotlarda ham uchraydi. Biroq, Gubcaniy bu syujetga ijodiy yondashadi. Chayon va Toshbaqa obrazlariga xos tasvirlarni, dramatik holatlarni keskinlashtiradi. Masalda aytilishicha, Iroqdan Hijozga qarab yo'lga chiqqan Toshbaqaga Chayon hamroh bo'ladi. Toshbaqa hamrohlik-do'stlik qoidalariga amal qilib, yo'lda Chayonning holidan xabardor bo'lib boradi, unga yordam beradi. Toshbaqa yo'lda uchragan daryodan osonlikcha suzib o'tib narigi sohildan qarasa, hamrohi Chayon hamon daryo chetida turardi. Shunda Toshbaqa yordamga oshiqadi. Chayonni yelkasiga o'tqazib daryodan olib o'tmoqchi bo'ladi. Bir oz fursatdan keyin Toshbaqa

ko'radiki, Chayon elkasida o'tirib olib nayzasini sanchayotir. Toshbaqa hayron bo'lib, Chayondan so'raydi: "Bu nima qilganing?" Chayon javob beradi: "Bilganing yo'qmiki, aqrabning (chayonning) muddaosi nish urmoqdir. Xoh do'st ko'ksinadir, xoh dushman orqasina". Shunda Toshbaqaning achchig'i chiqib, suvga bir sho'ng'igan edi, Chayon to'lqinda g'arq bo'lib, jon berdi. Gulxaniy qissadan hissa chiqarib, kishilarni hushyorlikka, odam tanishga undab: "Asilning xatosi bo'lmas, nojinsning oshnosi bo'lmas", "Bo'ynida illati borning oyogi qaltiraydi" degan maqollarni keltiradi.

"Maymun bilan Najjor". Bu masal ham axloqiy-tarbiyaviy mavzudagi asar bo'lib ishning mohiyatini bilmay pala-partish kirishuvchi va oxirida o'zi sharmanda bo'lib qoluvchi kishilarga o'git-nasixat tarzida yozilgan. Kunlardan bir kuni o'rmonda yashovchi Maymun o'tin yorayotgan duradgorni ko'rib qoldi. Duradgor unutib qoldirgan teshasini olib kelgani ketgan vaqtda Maymun uning ishini qilmoqchi bo'ldi. Lekin ishning mohiyatiga Maymunning aqli yetmas, ish usulini bilmay urinardi oqibatda dumi yog'och orasiga qisilib qolib, dumidan ayriladi.

Bu masal-hikoyada qo'lidan kelmaydigan ishga tumshuq suqib, o'zining noshudligi, layoqatsizligini namoyish qilib yuradigan shaxslar hajv etilgan. Masalda Amir Umarxon saroyidagi ba'zi taqlidchi, xushomadgo'y shoirlar tanqidi ham bor.

"Zarbulmasal" majoz va masallar, xalqning jonli iboralari asosiga qurilgan asar bo'lganligi uchun tili, badiiy xususiyatlari va uslubi jihatidan nihoyatda jozibali, go'zal qissadir. Badiiy tasvir vositalarining o'tkirligi jihatidan o'zbekcha nasriy badiiy yodgorliklar ichida unga teng keladigan asar yo'q. Adibning maqol, matal va xalq iboralarini o'z o'rnida uzukka ko'z qo'ygandek topib foydalanishi, ularni obrazlar xarakteri va asar g'oyasini ochishga xizmat etdirganligi, hazil-mutoyibaga, qochirimlarga boyligi Gulxaniy uslubini belgilovchi asosiy fazilatdir. "Zarbulmasal" badoy' ilmida irsol ul-masal san'ati nomi bilan ataluvchi va qariyb hamma mumtoz shoiru adiblarimiz e'tiborini o'ziga tortib kelgan san'at go'zalligini, estetik ta'sirini namoyon etib turuvchi yodgorlik sanaladi.

Gulxaniy "Zarbulmasal"i o'zbek tilining naqadar boy bir til ekanligini isbotlovchi asardir. "Zarbulmasal" badiiy nutqining jozibadorligi va o'ziga xosligi bilan boshqa tamsiliy asarlardan ajralib turadi. Adib boshqa badiiy san'atlar bilan birga, hatto umuman nasriy asarlarda juda siyrak uchrovchi kitobat, harf san'atidan ham foydalanadi. Masalan, Ko'rqush bilan kuyov Kulongir sulton bahsi suhbatidagi Ko'rqushning "g'ulom" so'zi haqidagi sharhini olaylik.

"Nechukkim aytmishlar: "Qum yig'ilib tosh bo'lmas, qul yig'ilib bosh bo'lmas", forsi ulusda qulni "g'ulom" derlar. Ishoratdurkim, "g'ulom"ning boshidagi (bo'ynidagi lom) bilan muttasil boylab guldek bo'lub tursa kerak". Bu harfiy so'z o'rtasidagi "lom","g'ulom" so'zini zanjirdek bog'lab turishiga ishora qiladi.

Yoki Kordon tilidan Turumtoyga Bozanda va Navozanda kabi ikki kabutarning sarguzashtini hikoya qilganda ham Gubcaniy shu san'atga murojaat qiladi...

"Zarbulmasal" ko'p planli, qiziqarli syujet chizig'iga ega, folklorizmga boy, o'ta xalqchil majoziy asar sifatida o'zbek adabiyotining nodir namunasidir. Unda xalqimizning yaqin o'tmishdagi tarixi, milliy qadriyatlari, urf-odatdlari, til xazinasi, zarbulmasallari o'z ifodasini topgan.

REFERENCES

1. Adizova I., O'zbek mumtoz adabiyoti tarixi (XVI-XIX asr I yarmi) ,Fan,-T., 2006,-B.138.

2. Vohidov R., Eshonqulov H., O'zbek mumtoz adabiyoti tarixi, O'quv qo'llanma, -T.,2006, -B.193

3. Gulxaniy, Zarbulmasal, -T., 1958, -B.67

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.