URDUCHA VA O'ZBEKCHA MAQOLLARNING LEKSIK-SEMANTIK
JIHATLARI
d https://doi.org/10.5281/zenodo.7389129
Yusupova Mohira Ulug'bek qizi
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, "Urdu tili va adabiyoti, Pokiston tarixi va madaniyati" kafedrasi o'qituvchisi, [email protected](894)6959442
ANNOTATSIYA
Maqolada urducha va o'zbekcha maqollarning leksik-semantik jihatlarini tahlil qilish asnosida ikki xalqning o'ziga xos xususiyatlari va farqlovchi jihatlarini ochib berish maqsad qilingan.
Kalit so'zlar: maqol, kahavat, zarbulmasal, madaniyat, leksik jihat, leksik-semantik tahlil.
ANNOTATION
There is the purpose of revealing of lexical-semantic aspects of Urdu and Uzbek proverbs and to reveal the distinguishable and similar features of two nations.
Keywords: proverb, kahavt, zarbulmasal, culture, lexic feature, lexic-semantic analysis.
Maqol - sivilizatsiyaning uzviy bo'lagi bo'lib, uni o'rganmay turib, biron-bir dunyo sivilizatsiyasini tushunish mumkin emas.
Maqolga avloddan-avlodga o'tadigan va shu tilda so'zlashuvchi xalqning hayotiy falsafasini va barcha xususiyatlarini o'zida aks ettiruvchi, nafaqat madaniyatning asosiy birliklaridan biri sifatida, balki asrlar davomida shakllangan til sifatida qaraladi. Maqollar - "millat tarjimayi holi", "madaniyat ko'zgusidir" U yoki bu millat maqollarini tahlil qilgan holda shu millat va uning madaniyati haqida ko'p narsalarni bilib olish mumkin.
O'zbek olimlari Sh. Shomaqsudov va Sh. Shorahmedov tomonidan yozilgan "Hikmatnoma" asarida "dono fikrni, o'tkir haqiqatni, teran mazmunni, so'z xazinasining duru javohirlarini o'zida mujassam etgan rang-barang maqollar nutqimizning ekspressiv (ya'ni, ta'sir etuvchi, his-hayajon uyg'otuvchi) vositalari
:Dundes A. Interpreting folklore.Bloomington, 1980.38 p.
orasida eng ta'sirchan, eng esda qoluvchi, kishini o'ylashga, fikr-mulohaza yuritishga beixtiyor majbur qiluvchi kuchga egadur" deb ifodalangan2.
"O'zbek xalq og'zaki poetik ijodi" da "Maqollar - madaniyatning ko'zgusi" deb ta'riflangan3.
Urdu tilida maqol tushunchasi uchun "^JЦ^"[kaha:vаt], MJli^i[zarbulmasa:l],MJJ«M [ masal] atamalari qo'llaniladi.
Til va adabiyotda maqollarning ahamiyati aniq bo'lib, ularda hozirjavoblik va donishmandlik xazinasi va insoniy tajribalarning bebaho marvaridi yashiringan. Kahavtlar va zarbulmasallar bironta korxonada qolipga quyilmaydi, yolg'iz yaratila olmaydi.Bu bosqichma-bosqich va so'ngra kitoblar orqali bir avloddan boshqa avlodga va bir davlatdan boshqa davlatga е^ boraveradi. Hindistonlik olim Ahmad Qureyshiyning fikriga ko'ra "maqol shunday tarashlangan gavharki, asrlar osha jilolanib rivoj topadi va ishlatilish orqali olmosdek charaqlaydi va nur sochadi"4.
"Maqol - kinoya bilan aytilgan va xalq tomonidan sayqallanib, iste'molga kirgan hukm, muhokama, nasihatdir"5.
Maqolning qolipiga keladigan bo'lsak, u - "leksik jihatdan xira tortgan va o'chib ketgan his-hayajonni o'zida mujassam qilgan ibora"6.
Mazkur maqolada urdu va o'zbek maqollarning kishilararo munosabat mavzusi doirasida ayrim maqollarning variantlarini leksik-semantik tahlil qilgan holda maqollarning har ikkala tilda uchrovchi o'xshash va farqli jihatlarini ko'rsak:
Jj^ oJjx ji-л cJj^ °JJJ^ Cj^ j J^J ^
Ushbu maqol o'zbek tiliga so'zma-so'z tarjimasidan "Iroqdan taryoq7 kelguncha, ilon chaqqan murda bo'lur" ma'nosi kelib chiqadi.Avvallari odamlarning fikricha, ilon zahri taryoq degan dori bilan davolanilgan.Maqolda taryoq bilan Iroq so'zlari qofiyadosh kelgan. "Iroq" so'zi juda olis joy ma'nosini beradi. Shu ham bo'lishi mumkinki, odamlarning fikricha, Iroq tariyog'i eng yaxshi va ta'sirli bo'ladi. Maqolning ma'nosi shuki, biron muammoni hal qilish uchun uzundan- uzoq gaplar va hatti-harakatlarni ishga solguncha vaqt qo'ldan boy beriladi. Mazkur maqolga o'zbekcha "Vaqting ketdi - naqding ketdi" maqolini muqobil keltirish mumkin.Urducha maqolning birinchi qismida "taryoq" so'ziga o'zbekcha maqolning birinchi qismida "vaqt" so'zi muqobil kelgan. Urducha maqolning ikkinchi qismida "murda" qo'llanilgan bo'lib, o'zbekcha maqolning
2Shomaqsudov Sh., Shorahmedov Sh. Hikmatnoma. T.: 1990. B.7
3MadayevO., SobitovaT. O'zbekxalqog'zakipoetikijodi. T.: "Sharq" 2010 - B. 33
4^LJ .и 1л. JUL! j ^ ù;^^ л^л!
5ДальВ.И. Пословицы русского народа. Т.1. М., Русская книга. 1984.- C.13.
6Розенталь Д.Э. Словарь-справочник лингвистических терминов. М., Просвещение.1985. C-390.
7Asal va boshqa dorivor giyohlardan tayyorlangan ma'jun.
111
ikkinchi qismida naqd, baxt so'zlari kelgan. Semantik nuqtai nazardan ikkala maqoldagi komponentlar bir-biriga mos keladi.
* iw Ajj jJJ^J taljj JJ-I
Inson qancha harakat qilsa ham, taqdir uning ustidan kulaveradi, ya'ni taqdirning aytgani bo'ladi, degan ma'no kelib chiqadi.Ushbu maqolga o'zbek tilida "Men qilaman o'ttiz, xudoyim qiladi to'qqiz" maqoli muqobil hisoblanadi.Urducha maqolning birinchi qismidagi "banda" so'ziga o'zbekcha maqolda "men, biz" so'zlari muqobil kelgan. Urducha maqolning ikkinchi qismida "taqdir" so'zi qo'llangan bo'lsa, shu ma'noda o'zbek maqolida "xudoyim, tangrim" komponentlari qo'llangan. Ikkala maqoldagi komponentlar semantik nuqtai nazardan mos keladi.
ijj^j yj^j l£ Cib t^j ul^, j^j l£ jijjj
So'zma-so'z tarjima qilinsa, "Qilich yarasa bitadi, gap yarasi bitmaydi"
ma'nosi kelib chiqadi. Gap jarohati bitishiga bir umr kerak va ba'zi vaqtlar bu ham etarli bo'lmaydi. Tig' - pichoq, qilich va boshqalar kesgan yara tezda bitib ketadi, ammo til bilan birovning dili yaralansa, bu jarohat sira ham tuzalmaydi. Keyin u odamning ko'nglini olish juda qiyin bo'ladi. Shuning uchun avvalo yomon so'zlamaslik kerak. Bu fikrlardan kelib chiqqan holda "Til - qilichdan o'tkir" o'zbekcha maqolini muqobil sifatida keltirish mumkin. Urdu tilida berilgan maqolning birinchi qismida "qilich" - tig' komponenti kelgan bo'lsa, o'zbekcha maqolning birinchi qismida "til" so'zi qo'llanilgan. Urducha maqolning ikkinchi qismida "gap" so'zi o'zbekcha maqolning ikkinchi qismidagi qilichga muqobil bo'lib kelgan. Ikkala maqoldagi so'zlar semantik jihatdan bir-biriga mos keladi.
¿jl jl^J t^jl Jj
Maqol "Sedana pana, tog' pana" tarzida o'zbek tiliga so'zma-so'z tarjima qilinadi, ya'ni ko'zdan g'oyib bo'ladigan narsa xoh sedanadek kichik narsaning tagida qolib ketsa ham, juda tez kishining xotirasidan ko'tariladi, degan ma'no kelib chiqadi. O'zbek tilidagi "Ko'zdan yiroq - ko'ngildan yiroq" maqoli unga ekvivalent bo'lishi mumkin.Yor-do'stlar, qarindosh-urug'lar bir-birlari bilan tez-tez uchrashib, hol-ahvol so'rab tursalar, bir-birlariga yana ham yaqinroq va qadrliroq bo'ladilar. Aks holda bir-birlaridan tobora uzoqlashib, mehru oqibatlari, qadr-qimmatlari sustlashib boraveradi.Urducha maqolning birinchi qismida "sedana" so'zi o'zbekcha maqolning birinchi qismidagi "ko'z" so'zi bilan muqobil kelgan. Urducha maqolning ikkinchi qismida "tog' " so'zi o'zbekcha maqoldagi "ko'ngil" so'zi o'rnida qo'llanilgan. Har ikkala maqol turli xil so'zlar bilan ifodalansa-da, ular semantik nuqtai-nazardan bir-biriga mos keladi.
Mji ^l ^lIxcij] yj^j jj jj
"Badanida yo'q latta, sendur topilar albatta" tarzida o'zbek tiliga so'zma-so'z tarjima qilinadi. Latta, ya'ni yirtiq-yamoq kiyim. Massi deb avvallari ayollar milklariga surtadigan kukunni aytganlar. Bu kukundan milklar qora tus olgan. Qora milklarga oppoq yaltirab turgan tishlar go'yo husn qo'shadigandek. Maqolning mazmuni shuki, kambag'alning tanasiga yopishga bir parcha lattasi yo'q, lekin dunyoga maqtanib ko'rsatishga massini orzu qiladi. Maqol didsizlik, saviyasi pastlik ma'nosida qo'llangan. Ushbu maqol o'zbek tilidagi "Yog' bo'lmasa, chalpak qil, un bo'lmasa - patir" maqolini esga soladi. Maqolni quruq maqtanchoq odamlarga nisbatan istehzo bilan aytadilar. Urducha maqolning birinchi qismidagi "latta" so'zi o'zbekcha maqolning birinchi qismidagi "yog"' so'zi o'rnida qo'llanilgan.Urducha maqolning ikkinchi qismidagi "massi" so'zi o'zbekcha maqolning ikkinchi qismidagi "un, patir" so'zlariga muqobil kelib, semantik jihatdan so'zlar bir-biriga mos kelgan.
^jb l£ jjS t^jlj ^ ^jlj j
Mazkur maqol "Sen ham malika, men ham malika, kim to'ldirar "panghaT" ni suvga" tarzida so'zma-so'z tarjima qilinadi."PanghaT" deb quduq yoniga suv to'ldirish uchun o'rnatilgan katta-katta suv idishlariga aytiladi. Biron ishni amalga oshirishda ikki odam o'rtasida kim uni qiladi, kim buni qiladi deb, kelishmovchilik chiqadigan holatlar sodir bo'lib turadi. Agar bu ishga ikkalasi ham o'z hissasini qo'shmasa, u ish bitmaydi. Bu maqol ayollar tilidan shuning uchun aytilyaptiki, ayolning ikkalasi malika bo'lsa, suv idishni to'ldirgani kim boradi, deyilmoqchi. Ushbu maqolga o'zbek tilida "San - solar, man - solar, otga bedani kim solar?!" muqobil bo'la oladi. Tahlil qiladigan bo'lsak, urducha maqolning birinchi qismida "malika" so'zi o'zbekcha maqolning birinchi qismidagi "solor" so'ziga muqobil kelgan. Urducha maqolning ikkinchi qismida "panghaT" so'zi qo'llanilgan bo'lib, o'zbek tilidagi maqolning ikkinchi qismidagi "beda" so'ziga muqobil kelgan. Semantik nuqtai-nazardan ikkala maqoldagi so'zlar bir-biriga mos keladi.
^j t&j ^jij^ ¿j jl
"Charchagan tuya karvonsaroyga tikilar" tarzida so'zma-so'z tarjima qilinadi. Qadimgi zamonda tuyadan odatda sayohat qilish uchun foydalanilar edi. Qumli hududlarda hozir ham bor. Musofir (sayohatchi) lar dam olishi uchun eb-ichishi va tunashi uchun qulayliklari bo'lgan ijarali karvonsaroylar bor edi. Kun bo'yi yuk va sayohatchilarni ortib safar qilgandan so'ng holdan toygan tuya karvonsaroyni ko'rganda yuzini (boshini) ko'tarib tikiladiki, albatta tez orada dam oladi. Biron kishi hayot yo'lini o'tab bo'lganda, o'limi yaqinligini his qiladi, degan ma'noni keltirib
chiqaradi. O'zbek tilida "Yosh - umrini bag'ishlar, qari - umrini qarishlar"
maqoli urducha maqolga ekvivalent bo'la oladi. Urducha maqolda "charchagan tuya" so'zi o'zbekcha maqoldagi "qari" so'ziga muqobil kelgan bo'lsa, "karvonsaroy" so'zi o'zbekcha maqoldagi "umr" so'ziga muqobil kelgan. Semantik nuqtai-nazardan ikkala maqoldagi so'zlar bir-biriga mos keladi.
Hüu yJ^j jQ' " ' ' " ^_m
So'zma-so'z "Bir tomchi tupukdan "sattu" qorilmaydi" deb tarjima qilinadi. Bir tomchidan ozgina miqdor murod bo'ladi (hosil bo'ladi). Qovurilgan guruch yoki no'xot unidan qorilgan masalliq "sattu" deyiladi. Kambag'al odam suvga gur (shakarqamishdan tayyorlangan xomaki shakar) yoki shakar aralashtirib uni shirin qilib qorin to'yg'izadi."Sattu" qorish uchun etarli suv kerak. Ma'nosi shuki, katta ish qilish uchun harakat va mehnat ham shunday (o'sha ishday) bo'lishi kerak. O'zbek tilidagi "Halvo degan bilan og'iz chuchimas" maqoli unga muqobil bo'la oladi. Mazkur maqol bilan ham "Kishi shirin orzu-xayollar bilangina yaxshi yashashga, yaxshi narsalarga, ko'zlagan maqsadiga, diliga tukkan niyatiga eta olmaydi. Bularga erishmoq uchun harakat qilishi, ishlashi, jon kuydirishi, elib-yugurishi, bu yo'lda uchraydigan qiyinchiliklarga chidashi va uni engishi kerak bo'ladi", degan ma'noda nasihat qiladilar. Urducha maqolda "bir tomchi tupuk" va "sattu" (Hindistonda tayyorlanadigan shirinlik turi) so'zlari qo'llangan bo'lsa, o'zbekcha maqolda "halvo" so'zi keltirilgan. Semantik jihatdan bu so'zlar bir-biriga mos keladi.
"Uchinchi kun nopok - pok (halol)" tarzida o'zbek tiliga so'zma-so'z tarjima qilinadi. Kambag'al odam uchun harom narsa ham halol bo'lib qoladi.Yo'qlikda odam hamma narsaga majbur bo'ladi. O'zbek tilida ushbu maqolga "Yo'qlik yo'mard qo'lin bog'laydi" maqolini muqobil deb aytish mumkin. Ushbu maqoldan yo'qlik sahiy odamni ham birovga bir nima bermaslikka majbur qiladi va birgina bu emas, yo'qlik kishini har alpozga soladi, degan ma'no kelib chiqadi. Urducha maqolda "nopok", "pok" so'zlari o'zbekcha maqoldagi "yo'qlik", "yo'mard" so'zlariga muqobil kelgan. Ma'no jihatdan urducha va o'zbekcha maqollardagi so'zlar bir-biriga mos keladi.
u1^ (P
Ushbu maqolning so'zma-so'z tarjimasidan "Maqtanchoq (manman) bo'ladi" degan ma'no kelib chiqadi. Mazkur maqol maqtanchoq odamlarga nisbatan qo'llaniladi. Unga o'zbek tilidagi "Maqtanchoqning moti chiqar, jom qozonning toti chiqar" maqoli qisman mos tushadi. Urdu tilidagi maqolda "maqtanchoq" so'zi
qo'llangan bo'lib, o'zbekcha maqolda ham unga muqobil sifatida "maqtanchoq" so'zi kelgan. Bundan tashqari o'zbekcha maqolda yaqqolroq ma'no berish uchun "mot", "jom qozon", so'zlari ham aks ettirilgan. Semantik nuqtai-nazardan ikkala tildagi maqollardagi so'zlar bir-biriga mos keladi.
"Qoqilib tushsa, aql topsa" maqolning o'zbek tiliga so'zma-so'z tarjimasi hisoblanadi. Ushbu maqoldan kishi boshidan o'tkazib, tajriba orttiradi, ma'nosini tushunish mumkin. Bu maqolga o'zbek tilida "Tabib - tabib emas, boshidan o'tgan - tabib" maqolini ekvivalent sifatida keltirish mumkin. Urducha maqolda "qoqilmoq", "aql" so'zlari qo'llanilgan bo'lib, o'zbekcha maqoldagi "tabib" so'ziga muqobil kelgan. Ikkala tildagi maqollarda so'zlar ko'rinish jihatidan boshqa-boshqa so'zlar bo'lsada, semantik nuqtai-nazardan bir xil ma'noni anglatadi va bu jihatdan to'la bir-biriga mos keladi.
(jUjI yj^j ^jtf
Maqolning so'zma-so'z tarjimasi "Butun bo'lmagan (teshik) quloqlar -ziraklarning orzusi" tarzida namoyon bo'ladi. Mazkur maqolga o'zbek tilida "Boshim toz, ko'nglim noz" maqoli ekvivalent tushadi. Ikkala tildagi maqol ham nuqsoni bo'la turib, buni tan olmaydigan, nozu firoq qiladigan, aybini aytganlardan o'pkalab, gina qilib yuradigan, o'zining qo'lidan biron ish kelmaydigan, lekin xohishlari olam-olam bo'lgan odamlarga nisbatan aytiladi. Urducha maqolning birinchi qismida "quloq", ikkinchi qismida "zirak" so'zlariga o'zbekcha maqolning birinchi qismida "toz", ikkinchi qismida "noz" so'zlari muqobil kelgan. Ma'no jihatdan maqollardagi so'zlar bir-biriga mos keladi.
^ j^ ^ ^ ¿h-
Maqol "JaTning qizi brahmanning uyiga keldi" tarzida o'zbek tiliga tarjima qilinadi. Mazkur maqolga o'zbek tilida "Zamonaning zayli bilan tezakfurush podsho bo'libdi" maqoli muqobil hisoblanadi. Bu maqollar hech kim shunday bo'ladi deb hayoliga ham keltirmagan biron odam ittifoqo boylikka ega bo'lib, yohud biror amalga minib qolsa-yu, o'zini katta olsa, kalondimog'lik qilsa, hech kimni mensimay qo'ysa, aytiladi. Urdu tilidagi maqolda "jaT" , "brahman" kabi tabaqani anglatuvchi so'zlar keltirilgan bir paytda o'zbekcha maqolda ham jamiyatda nisbatan egallagan mavqeiga qarab ataluvchi "tezakfurush", "podsho" komponentlari urdu tilidagi maqoldagi so'zlarga muqobil kelgan. Ikkala tildagi maqollardagi komponentlar ma'no jihatidan bir-biriga mos tushadi.
8 - dehqonlar kastasining nomi
Ma'lumki, har bir xalqning paremiologik fondida eng ko'p uchraydigan maqollar kishilararo munosabatlarni o'zida aks ettiradi. Tahlil jarayonida kishilararo munosabatlarni anglatuvchi maqollar ikki xalqning o'ziga xos farqli va o'xshash jihatlarini ochib berishda muhim ahamiyat kasb etdi. Urdu va o'zbek maqollari turli xil leksemalardan tarkib topsa-da, asosan bir-biriga muqobil kelib, bir xil vaziyatlarni o'zlarida aks ettiradi. Maqollar tarkibida kelgan leksemalar deyarli bir xil ma'noni anglatishi tahlil jarayonida aniqlandi. REFERENCES
1. Даль В.И. Пословицы русского народа. -Т.1. М.: «Русская книга», 1984. -300 с.
2. Дандис А.О структуре пословицы// Паремиологический сборник. Пословица. Загадка. М.: 1978. - 23 с.
3. Потебня А.Ф. "Басня, пословица, поговорка". Харьков. Гос. Изд-во Украины,1930. - 255 с.
4. Розенталь Д.Э., Теленкова М.А. Словарь-справочник лингвистических терминов. М.: Просвещение.1985.- 680 с.
5. O. Madayev, T, Sobitova. O'zbek xalq og'zaki poetik ijodi. T.: "Sharq" 2010 - B. 208
6. Sh. Shomaqsudov, Sh. Shorahmedov. Hikmatnoma. T.: 1990 - B. 523
7. Чернощекова. В.О. Линговокультурный аспект пословиц//Ж. язык и култура. - 2009 УДК 811 (6). - 80-85 сс.
8. Voo ^ ЧАЛ с^К
9. ♦ ) 1 jjjIS с" u^JjUS j^jl" с Лл^.1 ^Jj^