Научная статья на тему 'URBANIZATSIYALASHGAN HUDUDLARINI GURUHLASHTIRISH ORQALI SHAHARLARDA YASHIL IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISH MASALALARI'

URBANIZATSIYALASHGAN HUDUDLARINI GURUHLASHTIRISH ORQALI SHAHARLARDA YASHIL IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISH MASALALARI Текст научной статьи по специальности «Строительство и архитектура»

CC BY
2
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Shaharlar / urbanizatsiya / urbaekologiya / guruhlashtirish / shahar funksyalari / monofunksional shahar / polifunksional shahar / shaharlar tipologiyasi / yashil iqtisodiyot atrof-muhit. / Cities / urbanization / urbaecology / grouping / city functions / monofunctional city / polyfunctional city / typology of cities / green economy / environment.

Аннотация научной статьи по строительству и архитектуре, автор научной работы — Madrimov Rajabboy Masharipovich, Yusupov Xasanboy Baxodir O‘G‘Li

Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasi urbanizatsiya jarayoni va ularning takomillashtirish, rivojlantirish masalalari va urbaekologik vaziyati yoritilgan. Respublikaning hozirgi urbanizatsiya jarayonlari tavsif etilgan va ular hududlar kesimida guruhlashtirib chiqilgan, shaharlarning urbaekologik vaziyati baholangan, hududlarning urbanizatsiya jarayonining hozirgi kundagi imkoniyatlardan foydalanish bo‘yicha tavsiyalar keltirilgan. Shaharlarda yashil iqtisodiyotni rivojlantirish imkoniyatlari tahlil qilib yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ISSUES OF GREEN ECONOMY DEVELOPMENT IN CITIES THROUGH GROUPING OF URBANIZATION AREAS

This article describes the urbanization process of the Republic of Uzbekistan and the issues of their improvement, development and urbaecological situation. The current urbanization processes of the republic are described and they are grouped by regions, the urba-ecological situation of cities is evaluated, recommendations are given on the use of the current opportunities of the urbanization process of the regions. The possibilities of development of green economy in cities are analyzed and illuminated.

Текст научной работы на тему «URBANIZATSIYALASHGAN HUDUDLARINI GURUHLASHTIRISH ORQALI SHAHARLARDA YASHIL IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISH MASALALARI»

UDK: 332.142.2

URBANIZATSIYALASHGAN HUDUDLARINI GURUHLASHTIRISH ORQALI SHAHARLARDA YASHIL IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISH MASALALARI

Madrimov Rajabboy Masharipovich, Atrof-muhit va tabiayni mihofaza qilish texnalogiyalati, ilmiy tadqiqot institute Labaratoriya mudiri (PhD)

Yusupov Xasanboy Baxodir o'g'li Atrof-muhit va tabiayni mihofaza qilish texnalogiyalati, ilmiy tadqiqot instituti Mustaqil ilanuvchisi (PhD)

xyusupov741 @mail.com

Annotatsiya. Mazkur maqolada O'zbekiston Respublikasi urbanizatsiya jarayoni va ularning takomillashtirish, rivojlantirish masalalari va urbaekologik vaziyati yoritilgan. Respublikaning hozirgi urbanizatsiya jarayonlari tavsif etilgan va ular hududlar kesimida guruhlashtirib chiqilgan, shaharlarning urbaekologik vaziyati baholangan, hududlarning urbanizatsiya jarayonining hozirgi kundagi imkoniyatlardan foydalanish bo'yicha tavsiyalar keltirilgan. Shaharlarda yashil iqtisodiyotni rivojlantirish imkoniyatlari tahlil qilib yoritilgan.

Аннотация. В данной статье описаны процессы урбанизации Республики Узбекистан и вопросы их благоустройства, развития и урбаэкологической ситуации. Описаны текущие процессы урбанизации республики и сгруппированы по регионам, дана оценка урбаэкологической ситуации городов, даны рекомендации по использованию современных возможностей процесса урбанизации регионов. Проанализированы и освещены возможности развития зеленой экономики в городах.

Abstract. This article describes the urbanization process of the Republic of Uzbekistan and the issues of their improvement, development and urbaecological situation. The current urbanization processes of the republic are described and they are grouped by regions, the urba-ecological situation of cities is evaluated, recommendations are given on the use of the current opportunities of the urbanization process of the regions. The possibilities of development of green economy in cities are analyzed and illuminated.

Kalit so'zlar: Shaharlar, urbanizatsiya, urbaekologiya, guruhlashtirish, shahar funksyalari, monofunksional shahar, polifunksional shahar, shaharlar tipologiyasi, yashil iqtisodiyot atrof-muhit.

Ключевые слова: Города, урбанизация, урбаэкология, группировка, функции города, монофункциональный город, полифункциональный город, типология городов, зеленая экономика, окружающая среда.

Key words: Cities, urbanization, urbaecology, grouping, city functions, monofunctional city, polyfunctional city, typology of cities, green economy, environment.

Urbanizatsiya, mamalakat va mintaqalarda, ularning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida shaharlashuv jarayoning kuchayib borishi, turli yiriklikdagi shaharlar va xususan, yirik shahar, shaharchalarning rivojlanishi aholining turmish tarzini o'zgarishida aks ettiruvchi jarayon. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-yanvardagi PF 5623-sonli "Urbanizatsiya jarayonini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Farmoni va ushbu farmon ilovasida keltirilgan O'zbekiston Respublikasi urbanizatsiyasini tartibga solish bo'yicha "Yo'l xaritasi"da belgilab berilgan dasturlar asosida ishlarni amalga oshirish muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu farmonning maqsadi esa O'zbekiston Respublikasi urbanizatsiyasini oshirish. Bugungi kunda O'zbekiston urbanizatsiyalashish jarayoni hududlarda bir biridan farq qiladi [2].

O'zbekiston Respublikasi uarbanizatsiyalashish darajasi bo'yicha Jahonda 203 davlatning ichida 155-o'rinda turadi. Bu ko'rsatkich esa o'z navbatida aholining shaharlarda yashash ko'rsatkichi bilan bir ma'noni bildiradi. O'zbekiston Respublikasining urbanizatsiyashish ko'rastkichi esa jahondagi davlatlar orasida ancha orta qolib ketganini bildiradi.

Urbanizatsiya murakkab ijtimoiy-iqtisodiy jarayon bo'lib, u barcha jabhalarni qamrab oladi va shu bilan birga, turli mamlakatlarda turlicha nomoyon bo'ladi. Uning hududiy xususiyatlari joyning geografik o'rni, tabiiy sharoiti va resurslari, demografik vaziyati, iqtisodiyotining tarmoqlar tarkibi va ixtisoslashuvi, taransporti, geoekologik holati va boshqa omillar ta'sirida shakillanadi [2].

Shaharlarning rivojlantirmasdan jamiyat, mamlakat va mintaqalar taraqqiyotini tasavvur qilish qiyin. Bugungi kunda O'zbekiston Respublikasi aholisining 50,8% shahar, 49,2% qishloqlarda istiqomat qiladi. Bu esa o'z navbatida mamlakatning urbanizatsiyalashish darajasini belgilab beradi. Hozirgi kunda O'zbekiston Respublikasi urbanizatsiyalashish ko'rsatkichi 50,8%ni tashkil qiladi. Respublika hududlarining urbanizatsiya jarayoni bir biridan farq qiladi. Aholining shaharlarda yashash ko'rsatkichi Namangan viloyati respublika ko'psatkichidan yuqori darajada bo'lsa Xorazm viloyati esa respublika ko'rsatkichidan ancha past ekanligi bilan farqlanadi (1-rasm) [2].

O'zbekiston Respublikasida 2021-yil 1-yanvar holatiga 120 ta shahar va 1067 ta shaharcha mavjud bo'lgan. Ularda 17144,1 ming kishi istiqomat qilgan, qishloq aholi manzilgohlarida esa 16761,1 kishini tashkil etgan.

1-jadval

Hududlar bo'yicha urbanizatsiya jarayonini guruhlanishi

№ Guruhlashtirish Hudular nomi

1 Eng urbanizatsiyalashgan hudud Namangan viloyati

2 Urbanizatsiyalashgan hudud Farg'ona viloyati

Andijon viloyati

Toshkent viloyati

Qoraqalpog'iston Respublikasi

3 Past urbanizatsiyalashgan hudud Navoiy viloyati

Jizzax viloyati

Qashqadaryo viloyati

Sirdaryo viloyati

Samarqand viloyati

4 Eng past urbanizatsiyalashgan hudud Buxoro viloyati

Surxondaryo viloyati

Xorazm viloyati

Manba: Jadval mualliflar tomonidan tuzuldi

Agar o'tgan bosqichda urbanizatsiya darajasiga ko'ra Qoraqalpog'iston Respublikasi, Navoiy va Toshkent viloyatlari yetakchilik qilgan bo'lsa, so'nggi davrda aholi soni ko'p va zich yashagan Farg'ona vodiysiga almashdi. Buning asosiy sababi, Farg'ona vodiysi ko'plab aholi soni yirik qishloqlarda istqomat qilishidir. Hududlarda urbanizatsiya salohiyatini oshirishda tuman markazlari yetakchilik qiladi.

Hududlarda urbanizatsiyalashish jarayoni esa viloyatlarda turlicha ekanligi bilan bir-biridan farq qiladi. Shu asosida Respublika hududlarini urbanizatsiyalash darajasiga qarab 4 guruhga ajratib tahlil qilish mumkin(1-jadval) [3].

1-jadvalda O'zbekiston Respublikasi aholisining shaharlarda yashash ko'rsatkichi, ya'ni urbanizatsiya darajasiga qarab to'rtta guruhga ajratilgan. Ushbu guruhlarga ajratishda O'zbekiston Respublikasi viloyatlari va Qoraqalpog'iston Respublikasi olingan bo'lib, guruhlash mezoni mamlakat urbaniztsiyalashish ko'rsatkich asos qilib olingan. O'zbekistonning urbanizatsiya darajasini yuqorida ta'kidlanganidek 50,8%ni tashkil etadi.

Hududlarni guruhlashtirishda aynan respublika ko'rsatkichi asosida to'rt guruh shakillantirildi, ya'ni,

> Birinchi Eng urbanizatsiyalashgan guruh bo'lib urbanizatsiya darajasi 60% dan yuqori hududlar;

> Ikkinchi urbanizatsiyalashgan hududlar. Urbanizatsiya darajasi 50-59% ega hududlar;

> Uchinchi past urbanizatsiyalashgan hudud. Urbanizatsiya darajasi 40-49% ega hududlar;

> To'rtinchi eng past urbanizatsiyalashgan hudud. Urbanizatsiya darajasi 39% dan past bo' lgan barcha hududlar.

Birinchi guruhga eng urbaniztsiyalashgan hudud bo'lib ushbu guruhga Namangan viloyatini kiritildi. Namangan viloyati urbanizatsiyalashish darajasiga ko'ra 64.8% bilan respublikada eng yuqori o'rinda turadi. Ikkinchi urbanizatsiyalashgan guruh bo'lib, ushbu guruhga Farg'ona viloyati va Andijon viloyatlari kiritilib ularning urbanizatsiya darajasi mos ravishda 56.3% va 52.3% tashkil etadi. Uchunchi guruh past urbanizatsiyalashgan hududlar bo'lib ushbu guruhlar respublikaning asosiy hududlari, ya'ni Toshkent viloyati, Qoraqalpog'iston Respublikasi, Navoiy viloyati, Jizzax viloyati, Qashqadaryo viloyati va Surxondaryo viloyatlari kiradi. Tortinchi guruhga esa eng past urbanizatsiyalashgan guruh bo'lib Samarqand viloyati, Buxoro viloyati, Surxandaryo viloyati va Xorazm viloyatlari kiradi [4-32 b].

2009-yilda mamlakati aksariyat aholisining qishloqda yashashini hisobga olgan holda, ularda shahar hayot tarzini, madaniyatini olib kirish, infuratuzilmani yaxshilash maqsadida 2009-yil Vazirlar Mahkamasining "O'zbekiston Respublikasi ma'muriy-hududiy tuzilishini takomillashtirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi qaroriga ko'ra, 965 ta qishloqga shaharcha maqomi berildi. Qishloqlarning shaharchalarga aylanishi respublika urbanizatsiyasida o'ziga hos yangi bosqich bo'ldi (2- jadval).

Shahar aholisi soni 2008-yilda 9,6 mln. bo'lgan bo'lsa, 2009-yilda 14,3 mln. kishini tashkil etmoqda, urbanizatsiya darajasi 50,8% ga ko'tarildi. Bunda eng yuqori ko'rsatkich Namangan viloyatida kuzatilib, 64,4%, ikkinchi o'rinda Farg'ona viloyati - 58,7% va uchinchi viloyat Andijonda-53,1% shahar aholisi qayd etildi. Agar nazariy jihatdan tahlil qilinsa, aholi soni va ular oila a'zolarining aksariyatini qishloq xo'jaligida band emasligini hisobga olsak, shaharcha maqomi berish talablariga javob beradi. Biroq, shahar infiratuzulmasi, arxitekturasi, shahar madaniyati, aholining yashash tarzi jihatidan, bu "soxta urbanizatsiya"ning bir ko'rinishidur. Aksaryat hollarda shaharlar soning ko'pligi, yirik shahar va shaharchalar va shahar aglomeratsiyalarning mavjudligi hudud ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatini yuqoriligini ko'rsatadi.

2020-yil ma'lumotlariga binoan, respublikada 0,38 ming kv.km gacha o'rtacha bitta shahar aholi manzilgohi mos kelgan. Bu ko'rsatkich tabbiy xo'jalik rayonlarida turlicha farqlanadi [5].

2-jadval

O'zbekiston Respublikasining shahar va shaharchalarining hududlar bo'yicha _taqsimlanishi (2021-yil 1-yanvar holatiga)__

№ Hudu nomi Jami shaharlar Shu jumladan, respublika va viloyat bo'ysunuvidagi Shaharchalar

1 O'zbekiston Respublikasi 120 32 1067

2 Qoraqalpog'iston Respublikasi 12 1 26

3 Andijon viloyati 11 2 79

4 Buxoro viloyati 11 2 68

5 Jizzax viloyati 6 1 42

6 Qashqadaryo viloyati 12 2 117

7 Navoiy viloyati 7 3 46

8 Namangan viloyati 8 1 115

9 Samarqand viloyati 11 2 88

10 Surxondaryo viloyati 8 1 112

11 Sirdaryo viloyati 5 3 25

12 Toshkent viloyati 16 7 95

13 Farg'ona viloyati 9 4 197

14 Xorazm viloyati 3 2 56

15 Toshkent shahri 1 1 1

Manba: Jadval mualliflar tomonidan statistika qo'mitasi ma'lumotlar asosida tuzildi.

2009-yilda O'zbekiston Respublikasi hududi bo'yicha yangi qo'shilgan shaharchalar hisobiga respublika bo'yicha mingdan ortiq shaharchalar vujudga keldi. Shaharchalar soni bo'yicha eng yuqori hududlar Farg'ona viloyatida 197 ta, Qashqadaryo viloyatida 117 ta, Namangan viloyati 115 ta, Surxandaryo viloyatida esa 112 ta tashkil etgan bo'lsa, shaharchalar soni bo'yicha eng kam ko'rsatkich Navoiy viloyatida 46 ta, Qoraqalpog'iston Respublikasida 26 ta, Sirdaryo viloyatida esa 25 tani tashkil etmoqda [6]. O'zbekiston Respublikasi shahar manzilgohlari mamlakat mintaqalari bo'yicha notekkis taqsimlangan.

Demografik salohiyat yuqori, iqtisodiyoti nisbatan barqaror bo'lgan iqtisodiy rayonlarda shaharlar to'ri ham yaxshi rivojlangan. Shaharlar va shaharchalar sonining eng ko'p miqdori Farg'ona(423 ta) mintaqasiga tegishli bo'lib, unda O'zbekiston shahar manzilgohlarining 35,1% joylashgan. Shuningdek, shaharlar soni bilan Janubiy, Zarafshon va Toshkent iqtisodiy rayonlari ham nisbatan yaxshi ta'minlangan. Ayni paytda iqtisodiyoti agrar-industiryal yo'nalishga ega bo'lgan Quyi Amudaryo va Mirzacho'l mintaqasida shaharlar to'ri sust bo'lib, respublika urbanistik tizimining mos ravishda 8,2 va 6,8% tashkil etadi.

Mamlakatimizdagi shaharlar orasida faqat 1 ta millioner shahar Toshkent shahri, 2 ta 500 mingdan ortiq aholiga ega bo'lgan juda yirik shaharlar Namangan va Samarqand shaharlari va 5 ta yirik shaharlar, Andijon, Buxoro, Nukus, Farg'ona va Qarshi shaharlari, 10 ta katta shaharlar Qo'qon, Marg'ilon, Termiz, Jizzax, Navoiy, Chirchiq, Olmaliq, Angren, Urganch va Shahrisabz shaharlari mavjud. Shunungdek 20 ta o'rta shaharlar va 50 ta yarim o'rta shaharlar, qolgan 32 tasi esa kichik shaharlar hisoblanadi. 1078 ta shaharchalarni ichida aholi soniga ko'ra yarim o'rta

shahar va kichik shaharlar guruhiga kiruvchi shaharchalar ham mavjud bo'lib, ularning aksariyati Farg'ona vodiysi mintaqasiga to'g'ri keladi. Jumladan bunday shaharchalar Andijon viloyatida mintaqning boshqa shaharlarida ko'proqni tashkil qiladi. Buloqboshi, Baliqchi, Chinobod, To'rtko'l, Izboskan shaharchalarida aholi soni 20 mingdan ortiq.

Mintaqa shaharlarining urbanistik tarkibini aholi soniga ko'ra turlarining ulushini quyida ko'rib chiqamiz [5].

Umumiy shaharlar sonidan "juda yirik shaharlar" 3,6 % ni, "yirik shaharlar" 7,2 % ni, "katta shaharlar" 7,2 % ni, o'rta shaharlar 21,4 % ni, "yarim o'rta shaharlar" 50 % ni, "kichik shaharlar" esa 7,2 % ni tashkil qiladi.

Mamlakatlar va mintaqalarda shaharlarni rivojlanishi uchun shaharlar soni mos ravishda bo'lishi maqsadga muvofiqdir. 1 mln aholiga ega shahar yonida 2 ta 500 minglik shahar bo'lishi, keyingi o'rinlarda 4 ta 250 mingdan ortiq aholiga ega shaharlar va shu tartibda davom etishi talab etiladi. Demak mintaqada ushbu qoidaga mos ravishda shaharlar tarkib topmagan. Bu jarayon Respublikamiz va boshqa mintaqalar uchun ham xosdir.

O'zbekistonda jami shaharlardan viloyatga bo'ysunuvchi shaharlar soni 25 ta, tumanlarga bo'ysunuvchi shaharlar soni 93 ta bo'lib, yagona poytaxt shahar respublikaga bo'ysunadi. Eng ko'p shaharlarga ega bo'lgan viloyat Toshkent viloyati (16 ta shahar), eng kam shaharlar esa Xorazm viloyatida 3 ta. 2009-yilda bo'lgan tarkibiy o'zgarishlardan so'ng, jami shaharchalar soni 1079 taga teng bo'ldi. Eng ko'p shaharchalarga ega bo'lgan viloyatlar: Farg'onada 197 ta, Qashqadaryoda 123 ta va Namanganda 120 ta. Sirdaryo viloyati va Qoraqalpog'iston Respublikasida shaharchalar soni eng kam.

O'zbekiston Respublikasi shahar manzilgohlari mamlakat mintaqalari bo'yicha notekis taqsimlangan. Demografik salohiyati yuqori, iqtisodiyoti nisbatan barqaror bo'lgan iqtisodiy rayonlar to'ri ham yaxshi rivojlangan. O'zbekiston Respublikasida shaharlar salmog'ini hisobga olgan holda urbanizatsiyalashgan hududlarni darajasini aniqlash mumkin bo'ladi. Shaharlar salmogi eng ko'p Farg'ona (423 ta) mintaqasiga tegishli bo'lib, unda O'zbekiston shaharlar manzilgohlarini 35,1% joylashgan. Shuningdek, shaharlar soni bilan Janubiy, Zarafshon va Toshkent iqtisodiy rayonlari ham nisbatan yaxshi ta'minlangan. Ayni paytda iqtisodiyoti agrar-industryal yo'nalishga ega bo'lgan Quyi Amudaryo va Mirzacho'l mintaqalarida shaharlar to'ri sust ekanligini ko'rish mumkin. O'zbekiston shaharlarining salmog'ini 2-rasm orqali aniqlangan bo'lib, shaharlarning ulishi hududlar kesimida tahlil qilingan [6-12 b].

Shahar aholisining hududlardagi ko'rsatkichi yuqoridagi jadvalda berilgan bo'lib, har bir hududlarda bu ko'rsatkich turlicha ekanligini ko'rish mumkin. O'zbekiston Respublikasi bo'yicha shahar aholisi salmog'i 32,9% tashkil etmoqda. Shahar aholisining ulishi viloyatlar kesimda tahlil qilinganda Navoiy viloyati 40,2%, Qoraqalpog'iston Respublikasi 40,1%, Toshkent viloyati 39,2%, Namangan viloyati 34,1% tashkil etib Respublika ko'rsatkichidan yuqori ekanligini ko'rish mumkin.

Shahar aholisi salmog'ida shaharchalar aholisi kiritilmagan bo'lib, shahar maqomiga ega bo'lgan shaharlar asosida tuzilgan. Respublika ko'rsatkichini 32,9% bo'lgan shahar aholisi, ushbu ko'rsatkichan past ko'rsatkicha ega bo'lgan Qashqadaryo viloyati 31,2%, Andijon viloyati 27,8%, Farg'ona viloyati 26,9%, Buxoro viloyati 25%, Sirdaryo viloyati 23,1%, Samarqand viloyati 22,4%, Jizzax viloyati 22,3%, Surxandaryo viloyati 16,3% va Xorazm viloyati 13,6% ko'rsatkichga ega ekanligini ko'rish mumkin.

Xulosa shuni ko'rsatadiki, hududlarning taraqqiy etishida shaharlarning o'rni va rivojlanish imkoniyatlari juda keng ekanligini ko'rsatmoqda. Shuningdek, bugungi iqlim o'zgarishi davrida atrof-muhit muhofazasi nuqtai nazardan shaharlarni yashil iqtisodiyotga o'tish masalasi dolzarbligicha qolmoqda, chunki, bu muammolar bevosita urbanizatsiya darajasiga

bog'liq. Urbanizatsiya darajasi yuqorilasa hududlar ham asta sekinlik bilan rivojlanadi va taraqqiy etib boraveradi.

ADABIYOTLAR

1. Soliev A. Nazarov M. Qurbonov SH. O'zbekiston hududlari ijlimoiy - iqtisodiy rivojlanishi. T ."Mumtoz so'z". 2010.

2. «Sosialnoye razvitiye i uroven jizni naseleniya v Uzbekistane» Stat, sb., 2000, 2010, 2020.

3. Soliyev A.S., Tashtayeva S.K, Egamberdieva M.M. Shaharlar geografiyasi. O'quv qo'llanma.- T.," Vneshinvedtprom", 2019.

4. Tashtayeva S.K., Qosimov X.S. Farg'ona mintaqasi turistik koridori shaharlarining rivojlantirish imkoniyatlari //"Zamonaviy geografik tadqiqotlarda hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy va innovatsion rivojlanishi, tabiatdan oqilona foydalanish va turizm masalalari". Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari. -Nukus, 2021. 113-116 b.

5. Qosimov X.S. Farg'ona mintaqasi shaharlari funksiyalarini takomillashtirish masalalari //"Kompleks geografik tadqiqotlar: innovatsiya va amaliyot" Respublika ilmiy-amaliy konserinseyasi materiallari. Andijon 2022-yil 82-87 bet

6. Qosimov X.S Shaharlar taraqqiyotida turistik karidorlarning ahamiyati //"Geografik tadqiqotlar: innovatsiyon g'oyalar va rivojlanish istiqbollari" Xalqaro ilmiy amaiy konfirensiya materiallari Toshkent 2022-yil 392-396 bet.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.