Научная статья на тему 'OʼZBEKISTON GEOURBANISTIK VAZIYATINING AYRIM MASALALARI'

OʼZBEKISTON GEOURBANISTIK VAZIYATINING AYRIM MASALALARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

97
21
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Shaharlar / urbanizatsiya / guruhlashtirish / shahar funkiiyalari / monofunksional shahar / polifunksional shahar / shaharlar tipologiyasi / Cities / urbanization / grouping / city functions / monofunctional city / polyfunctional city / typology of cities

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Sirojiddinovich Xasanboy Qosimov

Mazkur maqolada O‟zbekiston Respublikasi urbanizatsiya jarayoni va ularni takomillashtirish va rivojlantirish masalalari yoritilgan. Respublikaning hozirgi urbanizatsiya jarayonlari tavsif etilgan va ular hududla rkesimida guruhlashtirib chiqilgan, hududlarning urbanizatsiya jarayonining hozirgi kundagi imkoniyatlardan foydalanish bo„yicha tavsiyalar keltirilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

This article describes the process of urbanization in the Republic of Uzbekistan and issues of their improvement and development. The current urbanization processes of the republic are described and they are grouped by regions, recommendations are given on the use of the current opportunities of the urbanization process of the regions

Текст научной работы на тему «OʼZBEKISTON GEOURBANISTIK VAZIYATINING AYRIM MASALALARI»

ISSN: 2181-1385

Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | ASI-Factor: 1,3 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1

O'ZBEKISTON GEOURBANISTIK VAZIYATINING AYRIM

MASALALARI

Sirojiddinovich Xasanboy Qosimov

O'zbekiston Milliy unversiteti, Iqtisodiy va ijtimoiy geografiya kafedrasi tayanch

doktoranti xasanboy.qosimov81 @gmail.com

Mazkur maqolada O'zbekiston Respublikasi urbanizatsiya jarayoni va ularni takomillashtirish va rivojlantirish masalalari yoritilgan. Respublikaning hozirgi urbanizatsiya jarayonlari tavsif etilgan va ular hududla rkesimida guruhlashtirib chiqilgan, hududlarning urbanizatsiya jarayonining hozirgi kundagi imkoniyatlardan foydalanish bo'yicha tavsiyalar keltirilgan.

Kalit so'zlar: Shaharlar, urbanizatsiya, guruhlashtirish, shahar funkiiyalari, monofunksional shahar, polifunksional shahar, shaharlar tipologiyasi

This article describes the process of urbanization in the Republic of Uzbekistan and issues of their improvement and development. The current urbanization processes of the republic are described and they are grouped by regions, recommendations are given on the use of the current opportunities of the urbanization process of the regions.

Keywords: Cities, urbanization, grouping, city functions, monofunctional city, polyfunctional city, typology of cities

Urbanizatsiya, mamalakatvamintaqalarda, ularning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida shaharlashuv jarayoning kuchayib borishi, turli yiriklikdagi shaharlar va xususan, urbanizatsiyaning asosiy «yuzini» ko'rsatib beruvchi yirik shaharlar, kichik shahar va shaharchalarning rivojlanishi, aholining turmish tarzida shaharcha hayot belgilarini shakllanib borishida aks etuvchi jarayondir.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-yanvardagi PF 5623-sonli "Urbanizatsiya jarayonini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Farmoni va ushbu farmon ilovasida keltirilgan O'zbekiston Respublikasi urbanizatsiyasini tartibga solish

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

KIRISH

bo'yicha "Yo'l xaritasi" dabelgilab berilgan vazifalarni amalga

November, 2022

oshirish muhim ahamiyat kasb etadi[1]. Mazkur maqolada O'zbekistondagi bugingi kundagi geourbanistik vaziyat taxlil etilib, uni takomillshtirish yo'nalishlari yoritib o'tiladi.

MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI

O'zbekistonda ko'rilayotgan muammoning geografik jihatlari 1960-70-yilllarda shaharlarning tez rivojlanishi bilan bog'liq holda I.Smirnov, T.Raimov, O.Ata-Mirzaev, A.Soliyev, A.Qayumov va boshqalar tomonidan o'rganilgan[3-5 b].

Shuningdek, alohida mintaqalar doirasida T.Mallaboev, Sh.Imomov, Z.Raimjonovlarning ilmiy ishlarini keltirish ypHH^H. Mustaqillik davrida H.Tursunov, Z.T.Abdalova, M.Erdonov, S.K.Tashtayeva, M.Egamberdiyeva, A.Mavlonov, P.Qurbonov va boshqalar o'z ilmiy tadqiqotlarini olib borganlar.

TADQIQOT METODOLOGIYASI

O'zbekiston Respublikasi uarbanizatsiyalashish darajasi bo'yicha Jahonda 203 ta davlatning ichida 155-o'rinda turadi. Bu ko'rsatkich esa o'z navbatida aholining shaharlarda yashash ko'rsatkichi bilan bir ma'noni bildiradi. O'zbekiston Respublikasining urbanizatsiyashish ko'rastkichi esa jahondagi davlatlar orasida ancha ortda qolib ketganini bildiradi. [4,210-211 b].

Urbanizatsiya murakkab ijtimoiy-iqtisodiy jarayon bo'lib, u barcha jabhalarni qamrab oladi va shu bilan birga, turli mamlakatlarda turlicha namoyon bo'ladi. Uning hududiy hususiyatlari joyning geografik o'rni, tabiiy sharoiti va resurslari, demografik vaziyati, iqtisodiyotining tarmoqlar tarkibi va ixisoslashuvi, transporti, geoekologik holati va boshqa ichki va tashqi, obyektiv va suyektiv omillar ta'sirida shakillanadi.

Shaharlarni rivojlantirmasdan jamiyat, mamalakat va mintaqalar taraqqiyotini tasavvur qilish qiyin. Bugungi kunda O'zbekiston Respublikasi aholisining 50,8% shahar, 49,2% qishloqlarda istiqomat qiladi. Bu esa o'z navbatida mamlakatning urbanizatsiya darajasini ko'rsatadi, yani urbanizatsiya ko'rsatkichi 50,8% ni tashkil qiladi.

O'zbekiston Respublikasida 2021-yil 1-yanvar holatiga 120 ta shahar va 1067 ta shaharcha mavjud bo'lgan. Ularda 17144,1 ming kishi istiqomat qilgan, qishloq aholi manzilgohlarida esa 16761,1 kishini tashkil etgan[8].

Agar o'tgan bosqichda (2009- yilgacha) urbanizatsiya darajasiga ko'ra Qoraqalpog'iston Respublikasi, Navoiy va Toshkent viloyatlari yetakchilik qilgan bo'lsa, so'ngi davrda aholi soni ko'p va zich yashagan Farg'ona vodiysiga almashdi. Buning asosiy sababi,

November, 2022

135

Farg'ona vodiysi ko'plab aholi soni yirik qishloqlarda istqomat qilishi va ularga shahar maqomini berilishidir[5. 113-112 b].

Respublika hududlarining urbanizatsiya jarayoni bir biridan farq qiladi. Aholining shaharlarda yashash ko'rsatkichi Namangan viloyati respublika ko'psatkichidan yuqori darajada bo'lsa, Xorazm viloyati esa respublika ko'rsatkichidan ancha past ekanligi bilan farqlanadi.(1-rasm)

1-rasmda O'zbekiston Respublikasi va barcha hududlarining urbanizatsiya darajasini o'z aksini topgan.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Hududlarda urbanizatsiya jarayoni tahlillari shunu ko'rsatadiki, viloyatlarda turlicha ekanligi bilan bir-biridan farq qiladi. Shu asosda Respublika hududlarini urbanizatsiya darajasiga qarab 4 guruhga ajratildi. Ushbu guruhlarga ajratishda mezon sifatida O'zbekiston Respublikasi viloyatlari va Qoraqalpog'iston Respublikasning urbaniztsiya ko'rsatkichi asos qilib olingan. O'zbekistonning urbanizatsiya darajasini yuqorida ta'kidlanganidek 50,8% ni tashkil etadi. Hududlarni guruhlashtirishda aynan respublika ko'rsatkichi asos qilib olindi. (1-jadval).

1-jadval

Hududlar bo'yicha urbanizatsiya jarayonigi guruhlanishi

№ Guruhlashtirish Hudularnomi

1 Eng urbanizatsiyalashgan hudud Namanganviloyati

2 O'rta Urbanizatsiyalashgan hudud Farg' onaviloyati

Andijonviloyati

3 Past urbanizatsiyalashgan hudud Toshkentviloyati

QoraqalpogistonRespublikasi

Navoiyviloyati

Jizzaxviloyati

Qashqadaryoviloyati

Sirdaryoviloyati

4 Eng past urbanizatsiyalashgan hudud Samarqandviloyati

Buxoroviloyati

Surxondaryoviloyati

Xorazmviloyati

Jadval muallif tomonidan tuzuldi

November, 2022

136

Birinchi, yuqori urbanizatsiyalashgan guruh bo'lib urbanizatsiya darajasi 60% dan yuqori (dunyo miqyosida bu ko'rsatkich 75% dan yuqori) hududlar;

• Ikkinchi, o'rta urbanizatsiyalashgan hududlar. Urbanizatsiya darajasi 5059% ega hududlar;

• Uchinchi past urbanizatsiyalashgan hudud. Urbanizatsiya darajasi 40-49% ega hududlar;

• To'rtinchi eng past urbanizatsiyalashgan hudud. Urbanizatsiya darajasi 39% dan past bo'lgan barcha hududlar.

Birinchi guruhga eng urbaniztsiyalashgan hudud bo'lib ushbu guruhga Namangan viloyati kiritildi. Namangan viloyati urbanizatsiya darajasiga ko'ra 64.8% bilan respublikada yuqori o'rinda turadi. Ikkinchi o'rta urbanizatsiyalashgan guruh bo'lib, ushbu guruhga Farg'ona va Andijon viloyatlari kiritilib, ularning urbanizatsiya darajasi mos ravishda 56.3% va 52.3% tashkil etadi. Uchunchi guruh past urbanizatsiyalashgan hududlar bo'lib ushbu guruhlar respublikaning asosiy hududlari, ya'ni, Toshkent viloyati, Qoraqalpog'iston Respublikasi, Ba Navoiy, Jizzax, Qashqadaryo viloyatlari kiradi. Tortinchi guruhga esa eng past urbanizatsiyalashgan Samarqand, Buxoro, Surxandaryo va Xorazm viloyatlari kiradi.(l-rasm)

l-rasm

O'zbekistonning urbanizatsiya darajasi xaritasi

Manba: Xarita muallif tomonidan ArgGIS dasturi asosida Davlat statistika qo'mitasi ma'lumotlara asosida tuzildi.

November, 2022

137

Mamlakatimiz urbanistik tarkibida faqat 1 ta millioner shahar Toshkent shahri, 2 ta 500 mingdan ortiq aholiga ega bo'lgan eng yirik shaharlar Namangan va Samarqand shaharlari va 5 ta yirik shaharlar, Andijon, Buxoro, Nukus, Farg'ona va Qarshi shaharlari, 10 ta katta shaharlar Qo'qon, Marg'ilon, Termiz, Jizzax, Navoiy, Chirchiq, Olmaliq, Angren, Urganch va Shahrisabz shaharlari mavjud. Shunungdek, 20 ta o'rta shaharlar va 50 ta yarim o'rta shaharlar, qolgan 32 tasi esa kichik shaharlar hisoblanadi [2, 32 b]. 1071 ta shaharchalarni ichida aholi soniga ko'ra yarim o'rta shahar va kichik shaharlar guruhiga kirishga loyiq bo'lgan shaharchalar ham va qishloq tipiga hos shaharchalarni ham uchratish mumkin. Shaharchalarning aksariyati (45%) Farg'ona vodiysi mintaqasiga to'g'ri keladi. Jumladan, bunday shaharchalar Andijon viloyatida ko'proqni tashkil qiladi, Buloqboshi, Baliqchi, Chinobod, To'rtko'l, Izboskan shaharchalarida aholi soni 20 mingdan ortiq.

Hududlardagi shaharlarning urbanistik tarkibini aholi soniga ko'ra turlarining ulushini quyida ko'rib chiqamiz:

Umumiy shaharlar sonidan "juda yirik shaharlar" 3,6%, "yirik shaharlar" 7,2 %, "katta shaharlar" 7,2 %, o'rta shaharlar 21,4 %, "yarim o'rta shaharlar" 50 % , "kichik shaharlar" esa 7,2 % $oh3hh tashkil qiladi. [6. 82-83 b].

Mamlakatlar va mintaqalarda shaharlarni rivojlanishi uchun shaharlar soni o'zaro mutonosib ravishda bo'lishi maqsadga muvofiqdir. 1 mln. aholiga ega shahar yonida 2 ta 500 minglik shahar bo'lishi, keyingi o'rinlarda 4 ta 250 mingdan ortiq aholiga ega shaharlar va shu tartibda davom etiö, ierarxik tuzilishiga ega bo'lishi talab etiladi. Demak, mintaqada ushbu qoidaga mos ravishda shaharlar tarkib topmagan. Bu jarayon Respublikamiz va uning mintaqalari uchun ham xosdir.

O'zbekistonda jami shaharlardan viloyatga bo'ysunuvchi shaharlar soni 25 ta, tumanlarga bo'ysunuvchi shaharlar soni 93 ta bo'lib, yagona poytaxt shahar respublikaga bo'ysunadi. Eng ko'p shaharlarga ega bo'lgan viloyat Toshkent viloyati (16 ta shahar), eng kam shaharlar esa Xorazm viloyatida 3 ta. 2009-yilda bo'lgan tarkibiy o'zgarishlardan so'ng, jami shaharchalar soni 1071 taga teng bo'ldi. Eng ko'p shaharchalarga ega bo'lgan viloyatlar: Farg'onada 197 ta, Qashqadaryoda 123 ta va Namanganda 120 ta. Sirdaryo viloyati va Qoraqalpog'iston Respublikasida shaharchalar soni eng kam.

O'zbekiston Respublikasi shahar manzilgohlari mamlakat mintaqalari bo'yicha notekis taqsimlangan. Demografik salohiyati yuqori, iqtisodiyoti nisbatan barqaror bo'lgan iqtisodiy rayonlarda shaharlar to'ri ham yaxshi rivojlangan. Respublikada shaharlar salmog'ini hisobga olgan holda urbanizatsiyalashgan hududlarni darajasini aniqlash mumkin bo'ladi. Shaharlar salmogi eng ko'p Farg'ona (423 ta) mintaqasiga tegishli bo'lib, unda

November, 2022

138

ISSN: 2181-1385

Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | ASI-Factor: 1,3 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1

O'zbekiston shaharlar manzilgohlarini 35,1% joylashgan.[7,392-b]. Shuningdek, shaharlar bilan Janubiy, Zarafshon va Toshkent iqtisodiy rayonlari ham nisbatan yaxshi ta'minlangan. Ayni paytda, iqtisodiyoti agrar-industryal yo'nalishga ega bo'lgan Quyi Amudaryo va Mirzacho'l mintaqalarida shaharlar to'ri sust ekanligini ko'rish mumkin.

Shahar aholisining hududlardagi ko'rsatkichi yuqoridagi jadvalda berilgan bo'lib, har bir hududlarda bu ko'rsatkich turlicha ekanligini ko'rish mumkin. O'zbekiston Respublikasi bo'yicha shahar (shaharchalarsiz) aholisi salmog'i 32,9% tashkil etmoqda. Shahar aholisining ulishi viloyatlar kesimda tahlil qilinganda Navoiy viloyati 40,2%, Qoraqalpog'iston Respublikasi 40,1%, Toshkent viloyati 39,2%, Namangan viloyati 34,1% tashkil etib Respublika ko'rsatkichidan yuqori ekanligini ko'rish mumkin.

Respublika уртача ko'rsatkichwaH(32,90%)nacT bo'lgan Qashqadaryo viloyati 31,2%, Andijon viloyati 27,8%, Farg'ona viloyati 26,9%, Buxoro viloyati 25%, Sirdaryo viloyati 23,1%, Samarqand viloyati 22,4%, Jizzax viloyati 22,3%, Surxandaryo viloyati 16,3% va Xorazm viloyati 13,6% ko'rsatkichga ega. Bu esa aksariyat viloyatlarda urabanizatsiya darajasi shaharchlar hisobiga biroz ko'tarilib turganini ko'rsatadi.

XULOSA VA TAKLIFLAR

Yuqoridagi taxlillar shularni ko'rsatmoqdagi, O'zbekistonda geourbanistik jarayonlarda shaharlarni riojlanishi asosan tarkibiy o'zgarishlar, ularning hududlarini kengaytirish va qisman ichki migratsiya orqali kechmoqda. Urbanizatsiya darajasining salmog'ida shaharlar ulishi yuqori bo'lishi kerak. Mamlakatimizda shaharlar soni keyingi yillarda deyarli o'zgarmasdan qolmoqda. Lekin shaharchalarning ichida shaharsozlik kodeksiga asosan 7 mingdan

ortiq bo'lgan bir qancha shaharchalar mavjud. Ulardan 78 tasi tuman markazi funksiyasini ham bajaradi. Mana shu 78 ta shaharchadan 42 tasi sanoat ishlab chiqarish hajmi va aholining bandlik darajasida noqishloq ho'jaligida band hisoblangani uchun, mazkur shaharchalarda shahar maqomini berish maqsadga muvofiq.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-yanvardagi PF 5623-sonli "Urbanizatsiya jarayonini tubdan takomillashtirish chora-

tadbirlari to'g'risida" Farmoni.

November, 2022

2. Soliev A. Nazarov M. Qurbonov Sh. O'zbekiston hududlari ijlimoiy - iqtisodiy rivojlanishi. -T .: "Mumtoz so'z", 2010.

3. Soliyev A.S., Tashtayeva S.K, Egamberdieva M.M. Shaharlar geografiyasi.O'quv qo'llanma.- T.,"Vneshinvedtprom", 2019.

4. Tashtaeva S.K., Yokubov O.Y. Problems of urbanization development in Uzbekistan. Proceedings of Global Technovation 2nd International Multidisciplinary Scientific Conference.- London, U.K., 2020. 210-211p.

5. Tashtayeva S.K., Qosimov X.S. Farg'ona mintaqasi turistik koridori shaharlarining rivojlanish imkoniyatlari //"Zamonaviy geografik tadqiqotlarda hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy va innovatsion rivojlanishi, tabiatdan oqilona foydalanish va turizm masalalari". Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. -Nukus, 2021. 113-116 b.

6. Qosimov X.S. Farg'ona mintaqasi shaharlari funksiyalarini takomillashtirish masalalari //"Kompleks geografik tadqiqotlar: innovatsiya va amaliyot" Respublika ilmiy-amaliy konserinseyasi materiallari.- Andijon, 2022. 82-87 bet.

7. Qosimov X.S Shaharlar taraqqiyotida turistik koridorlarning ahamiyati //"Geografik tadqiqotlar: innovatsiyon g'oyalar va rivojlanish istiqbollari". Xalqaro ilmiy amaiy konfirensiya materiallari.- Toshkent, 2022. 392-396 bet.

8. O'zbekiston Resbuplikasi Davlat Statistika Qo'mitasining 2021 yil yakunlari bo'yicha Axborotnomasi.-Т., 2022.

9. O'zbekiston Respublikasi Adliyavazirligining lex.uz sayti

10. O'zbekiston Milliy atlasi. Kartagrafiya fabrikasi Toshkent-2022.

11. Ugli, L. N. F. (2019). Geourbanistic's role in socio-economic geography. International scientific review, (LXV), 47-50.

12. Комшова, Н., & Латшов, Н. (2022). Класифшащя населених nyHKTiB perioHy Навой на ochobï екoлoгiчнoï ситуацп та фактoрiв впливу на здоров'я населення. Вюник Харкiвськoгo нацioнальнoгo yнiверситетy iменi ВН Каразша, cерiя «Геолопя. Геoграфiя. Еколопя», (56), 209-213.

13. Faxriddin o'g'li, L. N., & Erkaboevich, E. H. (2022). THE PROCESS OF URBANIZATION AND ITS RELATION TO THE ENVIRONMENT. Web of Scientist: International Scientific Research Journal, 3(3), 188-196.

14. Latipov, N. (2022). |Shaharlar va ularning ekologik muhit bilan bog'liqligi

15. Karshibaevna, K. N., Kahramonovna, Z. D., & Normurod Faxriddino'g'li, L. (2022). Some problems with creating a medical-geographical atlas map of Uzbekistan. International journal of early childhood special education, 5836-5840.

November, 2022

14G

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.