Научная статья на тему 'O’ZBEKISTONNING HOZIRGI GEODEMOGRAFIK VAZIYATI'

O’ZBEKISTONNING HOZIRGI GEODEMOGRAFIK VAZIYATI Текст научной статьи по специальности «Биологические науки»

CC BY
90
17
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
aholi / aholi soni / doimiy aholi / geodemografik vaziyat / demografik salohiyat / tug’ilish / o’lim / tabiiy o’sish / mehnat resurslari. / population / population size / permanent population / geodemographic situation / demographic potential / birth / death / natural growth / labor resources.

Аннотация научной статьи по биологическим наукам, автор научной работы — Berdiqulova M.T.

Ushbu maqolada O’zbekiston aholisining geodemografik vaziyati va o‘sib borish dinamikasi yoritib berilgan. Mamlakat aholisining hududiy joylashuvi tahlil qilinib, aholi soniga ko‘ra yetakchi viloyatlar o‘rganilgan. Aholining yosh-jins tarkibiga doir ko’rsatkichlarni aholi tabiiy ko’payish miqdoriga ta’siri tahlil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

CURRENT GEODEMOGRAPHIC SITUATION OF UZBEKISTAN

This article describes the geodemographic situation and dynamics of the population of Uzbekistan. The territorial location of the country's population was analyzed, and the leading regions according to the population were studied. The effect of indicators on the age-sex composition of the population on the rate of natural population increase was analyzed.

Текст научной работы на тему «O’ZBEKISTONNING HOZIRGI GEODEMOGRAFIK VAZIYATI»

Berdiqulova M. T.

Qarshi davlat universiteti

O'ZBEKISTONNING HOZIRGI GEODEMOGRAFIK VAZIYATI

Annotatsiya. Ushbu maqolada O'zbekiston aholisining geodemografik vaziyati va o'sib borish dinamikasi yoritib berilgan. Mamlakat aholisining hududiy joylashuvi tahlil qilinib, aholi soniga ko'ra yetakchi viloyatlar o'rganilgan. Aholining yosh-jins tarkibiga doir ko'rsatkichlarni aholi tabiiy ko'payish miqdoriga ta 'siri tahlil qilingan.

Kalit so'zlar: aholi, aholi soni, doimiy aholi, geodemografik vaziyat, demografik salohiyat, tug'ilish, o'lim, tabiiy o'sish, mehnat resurslari.

Berdikulova M.T.

Karshi State University

CURRENT GEODEMOGRAPHIC SITUATION OF UZBEKISTAN

Annotation. This article describes the geodemographic situation and dynamics of the population of Uzbekistan. The territorial location of the country's population was analyzed, and the leading regions according to the population were studied. The effect of indicators on the age-sex composition of the population on the rate of natural population increase was analyzed.

Key words: population, population size, permanent population, geodemographic situation, demographic potential, birth, death, natural growth, labor resources.

Demografik ma'lumotlar - aholi soni, tarkibi, joylashuvi va takror barpo bo'lishiga oid statistik usullardan foydalangan holda yig'ilgan, qayta ishlangan hamda tahlil qilingan ma'lumotlardan iborat. Mazkur ma'lumotlarning asosini aholi soni tashkil etadi. Doimiy aholi - ro'yxatdan o'tkazilayotgan vaqtda muayyan aholi punkti yoki hududda doimiy istiqomat qilayotgan aholidan iborat bo'lib, bunga ushbu hududda doimiy ro'yxatda turgan, lekin vaqtincha yashamaydigan aholi ham kiritiladi. Respublikaning demografik salohiyati keyingi yillarda ham tabiiy ko'payish hisobiga saqlanib qolishi bilan xarakterlanadi. 2001-2007 yillarda O'zbekiston aholisi yiliga 500 mingga ko'paygan. 2007-2013 yillarda esa aholi soni yiliga 600 mingdan ko'proqqa o'sib borgan. 2014-2018 yillar oralig'ida mamlakat aholisi yiliga 700 mingga o'sgan bo'lsa, 2019 yildan keyin o'sish yanada tezlashgan. 2019 -2021 yillarda aholi soni yiliga 800 mingdan ko'proqqa ko'paygan. Mamlakatning hozirgi geodemografik vaziyati aholining dinamikasida, yosh-jins tarkibida, uning migratsion (mexanik) harakatida, umumiy ish bilan bandligida hamda shu kabi demografik holatlarida bevosita aks etadi. O'zbekiston Respublikasi Statistika agentligi ma'lumotlariga

ko'ra, 2023 yil 1 iyul holatiga ko'ra mamlakat doimiy aholisi soni 36 372,3 ming kishi bo'lib, shundan 18 306,3 ming erkaklar (50,3 %), 18 066,0 ming kishini ayollar (49,7 %) tashkil etdi. Shahar aholisi soni 18 557,5 ming kishini (51,0 %), 17 814,8 ming kishi qishloq aholisi (49,0 %) dan iborat. Doimiy aholi soni o'tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,2 foizga o'sib, 2023 yilning har bir oyida o'rtacha 63,9 ming kishiga oshgan. 2023 yil boshidan buyon 574,8 ming kishiga ortib, har bir kunda o'rtacha 2,1 ming kishiga ko'paymoqda. Hududlar bo'yicha doimiy aholi soni eng ko'p Samarqand viloyatida 4 159,1 ming kishi (11,4 %), Farg'ona viloyatida 4 014,8 ming kishi (11,0 %), Qashqadaryo viloyatida 3 515,7 ming kishi (9,7 %), eng kam aholi soni Sirdaryo viloyatida 904,9 ming kishi (2,5 %) ni tashkil etgan (1-rasm).

Aholining yosh tarkibi - demografik jarayonlar borishini o'rganish maqsadida aholining yosh guruhlari bo'yicha taqsimlanishini bildiradi. Aholining yosh tarkibi haqidagi ma'lumotlar ijtimoiy-iqtisodiy va demografik jarayonlarni tadqiq qilish uchun muhimdir. Demografik hodisalar ma'lum yoshda amalga oshadi. Iqtisodiy tahlillarda mehnatga layoqatli yoshgacha (0-15 yosh), mehnatga layoqatli (16-54 ayollar uchun va 16-59 erkaklar uchun) va mehnatga layoqatli yoshdan katta (55 yosh va undan katta ayollar va 60 yosh undan kattalar erkaklar) aholiga ajratiladi. 2023-yil 1-iyul holatiga ko'ra, respublika doimiy aholisining 31,9 foizi mehnatga layoqatli yoshdan kichiklar, 56,7 foizi mehnatga layoqatli yoshdagilar va 11,4 foizi mehnatga layoqatli yoshdan kattalar hissasiga to'g'ri kelmoqda.

Namangan sh.

- 678.2

573.2

545.7

|__

468.1

409.5

G'ozg'on sh. Tomdi Shirin sh. Qorovulbozor Bo'zatov

9.1

15.8

U- 19.3

I---19.5

21.9

Uzstat ma'lumotlari asosida muallif tomonidan ishlandi. 1 - rasm. O'zbekistonda doimiy aholisi eng ko'p va eng kam bo'lgan shahar va tumanlar (ming kishi hisobida, 01.01.2023.)

2023-yil 1-yanvar holatiga doimiy aholi tarkibini jinsi va yosh guruhlari bo'yicha tahlil qilinganda, erkaklar tarkibida 4 yoshgacha bo'lgan bolalar eng yuqori ko'rsatkichni, ya'ni 2160,4 ming kishini tashkil etgan. Erkaklar tarkibida eng kam aholi soni 60-64 yoshlilar hissasiga to'g'ri kelib, 641,2 ming kishini tashkil etdi. Shuningdek, ayollar tarkibida ham 4 yoshgacha bo'lgan qizlar eng yuqori ko'rsatkichni, ya'ni 2001,8 ming kishini tashkil etgan bo'lsa, eng kam ayollar soni 60-64 yoshlilar hissasiga to'g'ri kelgan, ya'ni 715,3 ming kishini tashkil etgan. 2023-yil 1-yanvar holatiga mamlakat aholisining o'rtacha umr ko'rish davomiyligi 74,3 yoshni tashkil etgan. Ushbu ko'rsatkich erkaklar uchun 72,1 yosh, ayollar uchun esa 76,6 yoshni tashkil etgan.

BMT demograflari tomonidan keksayish jarayonini baholash maqsadida uch bosqichli mezon ishlab chiqilgan. Unga ko'ra, 65 va undan yuqori yoshdagi aholi ulushi 4,0 foizdan kam bo'lsa - demografik yosh, 4,0-7,0 foiz bo'lsa -keksayish bo'sag'asida, 7,0 foizdan oshsa hudud aholisi demografik keksa hisoblanadi. 2023-yil 1-yanvar holatiga Respublika aholisida 65 va undan yuqori yoshdagilar salmog'i 5,4 foiz bo'lib, xalqaro mezonlar bo'yicha "demografik keksayish bo'sag'asida"gi mamlakatlar qatoriga kirishini anglatadi.

Geodemografik vaziyat o'rganilganda aholining hududiy joylashuvini tadqiq qilish o'rinlidir. Aholining hududiy joylashuvi - yer yuzining kishilar tomonidan o'zlashtirilishi bilan bog'liq bo'lgan juda uzoq tarixiy jarayonning natijasi bo'lib, aholi zichligi tarixiy, ijtimoiy - iqtisodiy va tabiyi omillar ta'sirida vujudga keladi. 2023-yil 1-iyul holatiga Respublika bo'yicha 1 kvadrat kilometrga 81,0 kishi to'g'ri kelib, viloyatlar bo'yicha aholi zichligining eng yuqori ko'rsatkichi Andijon viloyatida 780,0 kishi, Farg'ona viloyatida 593,9 kishini tashkil etgan bo'lsa, eng past ko'rsatkich Navoiy viloyati 9,6 kishini tashkil etgan. Tug'ilish aholi takror barpo bo'lishining demografik zamini bo'lib, unga barcha ijtimoiy-iqtisodiy va tabiiy omillar ta'sir etadi. O'zbekistonda 1950-yillarning boshida tug'ilish darajasi har ming kishiga 40 %o to'g'ri kelgan bo'lsa, bu ko'rsatkich 2021-yilda qariyb ikki baravar pasaygan (23,5 %).

2022- yilda tug'ilishlar soni 932192 (har ming kishiga 26 %), shundan o'g'il bolalar 482316 ming, qiz bolalar 449876 ming kishini tashkil etdi (2 -rasm):

■ Tug'ilish ■ O'lim

Uzstat ma'lumotlari asosida muallif tomonidan ishlandi.

2 - rasm. O'zbekiston Respublikasi hududlari aholisidagi tug'ilish va o'lim ko'rsatkichlari (har ming kishiga, 01.01.2023.)

Hududlar bo'yicha tug'ilish koeffitsiyenti eng yuqori Surxondaryoda 29,4 %o, Qashqadaryoda 28,5 %o, Jizzaxda 27,9 %o, eng kam ko'rsatkich Qoraqalpog'iston Respublikasida 21,8 %o, Buxoroda 22,6 %o va Xorazmda 23,1 %oni tashkil etgan. Tuman va shaharlar bo'yicha tug'ilish koeffitsiyenti eng yuqori Chiroqchi tumanida 40,5 %o, Namangan shahrida 39,4 %o, Sergeli tumanida 34,9 %o, Navoiy shahrida 32,4 %o va Yangiyer shahrida 32,2 eng kam tuman, shaharlardan Ohangaron shahrida 10,9 %o, Bo'zatov tumanida 16,1 %o, Tomdi va Boyovut tumanlarida 16,4 %o hamda Buxoro tumanida 17,1 %o bo'lgan.

Inson hayotining davomiyligi ko'p omillarga bog'liq. O'lim inson hayotining yakuni bo'lib, unga ta'sir etuvchi endogen va ekzogen omillar ajratiladi. Endogen omillar- inson tanasi va uning biologik xususiyatlariga bog'liq tabiiy qarish jarayonini, tug'ma irsiy kasalliklar kabi omillarni o'z ichiga oladi. Ekzogen tashqi muhit ta'siri bilan bog'liq bo'lib, baxtsiz hodisalar, infeksiyalar, zaharlanish, oshqozon, nafas olish va jarohat kabilardir. 2022- yilda vafot etganlar 172075 kishi bo'lib (har ming kishiga 4,7 %o), erkaklar soni 95013, ayollar 77062 kishi, vafot etganlar soni shahar joylarda 92,0 ming kishini, qishloq joylarida 80,1 ming kishini tashkil etdi. 2022- yilda vafot etganlar yosh guruhlari bo'yicha o'rganilganda 20 yoshgacha vafot etganlar 20,0 % ni, 20-59 yoshlar orasida 24,6 % ni, 60 va undan katta yoshlilarda esa 55,4 % ni tashkil etgan.

Demografik jarayonlar, jumladan, aholi sonining ortishi mehnat resurslarining ham ortib borishiga olib keladi. Iqtisodiyotning turli tarmoqlarini mehnat resurslari bilan ta'minlaydigan alohida mexanizm - bu mehnat bozoridir. O'zbekiston mehnat bozori nisbatan demografik "yosh" aholi mavjudligi, tug'ilish sur'ati ortib borayotgan va o'limning kamayish tendensiyasi kuzatilayotgan aholiga egaligi bilan xarakterlanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Bo'riyeva M.R., Tojiyeva Z.N., Zokirov S.S. Aholi geografiyasi va demografiya asoslari. - Toshkent, 2011.

2. Солиев А.С. Узбекистан географияси. Дарслик. -Тошкент, 2014.

3. Бердикулова М.Т. Территориальные аспекты демографической ситуации в Кашкадарьинской области. Экономика и социум. Москва. №4(83) 2021. www.iupr.ru 729-732 стр.

4. Berdikulova M.T. Geographical aspects of the demographic situation in kashkadarya region ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal https :// saarj. com

ISSN: 2249-7137 Vol. 11, Issue 1, January 2021. 188-190 p.

5. Berdiqulova M.T. Aholini ro'yxatga olishda geografik va demografik ma'lumotlarning o'rni. Экономика и социум. Москва. №3(94)-1 2022. www.iupr.ru 29-32 b.

6. O'zbekiston Respublikasi Statistika agentligi ma'lumotlari.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.