Ifoa^cafoa Ba xy^yK philosophy&law journal 2023/3 '
O'ZBEKISTONDA DEMOGRAFIK DIVIDENDNING SHAKLLANIShI VA UNDAN SAMARALI FOYDALANISh YO'LLARI
X.X. Abduramanov -
"Oila va xotin-qizlar " ilmiy-tadqiqot instituti direktori o'rinbosari
https://doi.org/10.24412/2181 -7294-2023 -3-7-11
O'zbekiston yuksak demografik salohiyatga ega yosh va jadal o'sib borayotgan mamlakat hisoblanadi. Bu borada mamlakatimiz Prezidenti Sh.Mirziyoev Oliy Majlis va O'zbekiston xalqiga Murojaatnomasida mamlakatdagi demografik vaziyatga to'xtalib, quyidagilarni ta'kidlab o'tdilar:
".......bu yil aholimiz 36 milliondan oshdi. Har yili safimizga qariyb 900 ming yangi avlod
qo'shilmoqda. O'zbekiston deb atalmish katta va inoq oilaning har bir a'zosi tinch va farovon hayot kechirishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish yo'lida tinimsiz izlanyapmiz".
2022-2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasida "Adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish" yo'nalishida belgilangan chora-tadbirlarning izchil amalga oshirilishi mamlakatimizda mavjud demografik salohiyatdan samarali foydalanish orqali demografik dividend olish imkonini beradi.
Ayni paytda O'zbekiston erta demografik dividend bosqichida turibdi, bu esa farovonlikni oshirishga olib boradigan yuqori va doimiy iqtisodiy o'sish uchun katta imkoniyatlar eshigini ochadi. Bunga inson kapitaliga yetarli sarmoyalar kiritish, moslashuvchan iqtisodiy modelni yaratish, innovatsion texnologiyalarni joriy etish va mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga yoshlar va xotin-qizlarni kengroq jalb etish imkoniyatlarini yaratish orqali erishish mumkin.
O'zbekiston MDHdagi eng yuksak demografik salohiyatga ega davlat hisoblanib, 2021 yilda mintaqa aholisining 11,9 foizi va Markaziy Osiyo mintaqasining 46,7 foizi mamlakatimiz hissasiga to'g'ri kelgan. Aholi soni bo'yicha O'zbekiston 234 ta davlat ichida 41-o'rinda, MDH mamlakatlarida Rossiya va Ukrainadan keyin 3-o'rinda turadi.
Respublika aholisining jinsiy tarkibida erkaklar - 50,3, ayollar 49,7 foizni (2022 yil) tashkil etadi. Boshqacha qilib aytganda, har 1000 nafar ayolga 1013 nafar erkak to'g'ri keladi. Ko'rinib turibdiki, aholining jinsiy tarkibida erkaklarning ustunligi kuzatiladi. Mazkur holat ayollarga qaraganda erkaklarning ko'proq tug'ilishi bilan izohlanadi. Jumladan, 2022 yilda respublika bo'yicha 482368 nafar o'g'il, 449849 nafar qiz bola tug'ilgan. Ya'ni, o'g'il bolalar 32519 nafarga ko'p tug'ilgan.
Aholining jinsiy tarkibida erkaklarning ustunligi 40 yoshgacha saqlanib qoladi. Statistik ma'lumotlarga ko'ra 2022 yilda, 0-4 yosh guruhida har 1000 nafar erkakka - 927, 5-9 yoshda -925, 10-14 yoshda - 937, 15-19 yoshda - 947, 20-24 yoshda - 953, 25-29 yoshda - 957, 30-34 yoshda - 971, 35-39 yoshda - 992 nafar ayol to'g'ri kelgan.
40-44 yosh guruhidan boshlab ayollarning ustunligi boshlanadi va yosh ulg'aygan sari jinslar o'rtasidagi nisbatdan farq kattalashadi. Jumladan, 40-44 yosh guruhida har 1000 nafar erkakka 1003 ta, 55-59 yoshda - 1104 ta, 65-69 yoshda - 1158 ta, 75-79 yoshda - 1362 ta ayol to'g'ri keladi.
Aholi tarkibida bolalar (0-15 yoshdagi aholi) ulushi 1991-2014 yillarda kamayish, 2015 yilda esa o'sish tendensiyasiga ega bo'lgan. Statistik ma'lumotlarga ko'ra, aholining yosh tarkibi mehnatga qobiliyatli yoshgacha bo'lgan aholi (31,7 %gacha) va mehnatga qobiliyatli yoshdan katta aholi (11,5 %gacha) ulushining ortish va mehnatga qobiliyatli yoshdagi aholi ulushining qisqarish (56,8 %gacha) tomon o'zgargan.
Mustaqillik yillari mehnatga layoqatli yoshdan kichik aholi soni 9117,7 ming kishidan 11437,4 ming kishiga yoki 25,4 foizga ortdi. Respublika aholisining uchdan bir qismini tashkil qiladigan mehnatga layoqatli yoshdan kichik aholi 2030-2050 yillarda mehnatga layoqatli yoshdagi aholiga o'tishi hisobidan "demografik dividend" olish imkoniyatini beradi.
Ba xyKyK
philosophy&law journal
2023/3
So'nggi yillarda oilalarning demografik mayl tendensiyalari aholining yosh tarkibiga o'z ta'sirini ko'rsatmoqda.
O'zbekiston Respublikasida aholini mehnat layoqati bo'yicha guruhlar soni va ulushining
o'zgarishi*
Yillar 0-15 yoshdagi aholi soni (bolalar va o'smirlar), ming kishi 16-59 (54) yoshdagi mehnatga layoqatli aholi soni, ming kishi 60 (55) va undan katta mehnatga layoqatli yoshdan kattalar soni, ming kishi
ming kishi % ming kishi % ming kishi %
1991 9117,7 43,2 10352,9 49,1 1635,7 7,7
1995 9798,0 42,8 11357,3 49,6 1751,2 7,6
2000 9864,5 39,8 13142,9 53,0 1805,7 7,3
2005 9217,1 35,0 15241,4 57,9 1854,3 7,0
2010 9099,3 31,2 17804,7 61,1 2219,4 7,6
2011 9051,1 30,6 18184,6 61,5 2319,7 7,8
2012 9040,8 30,1 18517,6 61,7 2435,1 8,1
2013 9116,6 29,9 18814,0 61,7 2562,2 8,4
2014 9281,4 29,9 19044,1 61,4 2697,0 8,7
2015 9469,2 30,0 19257,0 61,0 2849,1 9,0
2016 9665,7 30,1 19440,8 60,5 3 014,0 9,4
2017 9864,7 30,2 19610,1 60,0 3181,9 9,7
2018 10097,9 30,4 19791,7 59,5 3365,9 10,1
2019 10331,1 30,5 19973,4 58,9 3601,3 10,6
2020 10699,2 30,9 20135,1 58,3 3724,6 10,8
2021 11065,8 31,4 20299,8 57,5 3905,7 11,1
2022 11437,4 31,8 20505,3 56,9 4082,2 11,3
2022 yilda 1991 + - i 2319,7 -11,4 10152,4 7,8 2446,5 3,6
yilga nisbatan o'zgarishi
% 125,4 x 198,1 x 249,6 x
*Manba: jadval O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi ma'lumotlari asosida tuzilgan.
O'zbekistonda aholining asosiy qismini mehnatga layoqatli yoshdagi aholi tashkil etib, 1991 yilda ularning soni 10 352,9 ming kishini tashkil qilgan bo'lsa, 2022 yilga kelib 20 505,3 ming kishiga yetgan yoki 98,1 foizga ko'paygan.
O'zbekiston demografik ko'rsatkichlariga ko'ra, "ilk demografik dividend" bosqichiga mansub davlatlar qatoriga kiradi. BMTning "Dunyo aholishunosligi istiqbollari" mavzusida o'tkazgan tadqiqotiga ko'ra, 2048 yilga kelib O'zbekiston aholisining eng katta qismini (27,6 million nafar) mehnatga layoqatli fuqarolar (15-64 yosh) tashkil etadi.
1950-1965 yillarda tug'ilishning yuqori davrida tug'ilgan aholining bugungi kunda qariyalar safiga o'tishi hisobidan mehnatga layoqatli yoshdan katta aholi soni boshqa yosh guruhlariga qaraganda yuqori sur'atda o'smoqda.
Aholining yosh tarkibida mehnatga layoqatli yoshdagi aholi soni o'rtacha yiliga 0,8 foizdan, mehnat yoshidan kichiklar 0,3 foizdan o'sayotgan bo'lsa, mehnat yoshidan kattalar 5,7 foizdan ko'paymoqda.
(Фалсафа"
ва хукук
philosophy&law journal
2023/3
Mustaqillik yillari mehnatga layoqatli yoshdan katta aholi soni 1 635,7 ming kishidan 4 082,2 ming kishiga yoki 2,5 martaga, jami aholi tarkibidagi ulushi esa mos ravishda 7,7 foizdan 11,3 foizga ortgan.
Aholining yosh-jins tarkibidagi o'zgarishlarni yosh-jins piramidadan yaqqol tasavvur qilish mumkin (1-rasm).
1992 yil 1 yanvar holatiga
31,9 55,5
80-84 34,3 63,3
44,9 95,6 70-74 62,2 125,7
136,0 203,5
60-64 231,8 267,3
271,5 283,8
50-54 337,1 347,6
231,1 223,1
40-44 407,4 419,6
578,6 590,3
30-34 807,1
865,9
20-24 930,2
1086,4 10-14 1215,5 1490,4 0-41681,5
817,7 899,2 939,2 1 059,4 1 191,9 1 459,6 1 620,1
2 000
1 000
0
IЭркак
1 000 Аёл
2 000
2001 yil 1 yanvar holatiga
21,8 22,2 62,8 145,1 179,7 269,0 201,8 321,9 490,8 710,3 820,8 848,1 1013,6 1144,5 1391,5 1618,0 1669,7
50,2 53,2 116,3 182,5 210,2 292,4 200,1 342,4 511,7 731,2 856,3 878,1 999,2 1 126,2 1 369,7 1 566,1 1 603,6
1432,3
2 000
1 359,7
1 000
Эркак
1 000 Аёл
2 000
0
80-84 70-74 60-64
50-54
40-44 30-34
988,8 1108,7 1345,7 20-24 1594,7_^И
1665,3
10-14
2011 yil 1 yanvar holatiga
33,3 70,7 53,6 78,6 93,1 128,8 173,8 ■■ 210,5 155,4 166,5
272,2 301,6
447,7 481,2
671,6 707,9
795,0 844,9
829,2 870,4
988,5 1 104,1 1 335,5 1 551,0 1 605,9
1428,6 1328,0 0-4 1583,6
1 361,7 1 257,0
1 490,3
2 000
та
¡ркак
2 000
2023 yil 1 yanvar holatiga
25,8 68,4 110,7 242,8 J 405,5 641,2 723,6 848,8 976,6 1141,4 1440,9 1604,8 1574,5
47,8 101,7 150,8 304,2 469,5 715,3 798,5 888,7 990,4 1 144,5 1 429,8 1 558,4 1 506,6
1321,2 1385,5 1645,0 1811,5 2160,4
1 259,5 1 311,9 1 541,0 1 675,9 2 001,8
3000 2000
1000
■ Эркак
1000
■ Аёл
2000 3000
0
0
1-rasm. O'zbekistonda aholining yosh-jins piramidasi, ming kishi1
1-rasmdan ko'rinib turganidek, 1991 yilda O'zbekiston Respublikasi aholisining yosh-jins piramidasi 0-4, 5-9, 10-14, 15-19 yosh guruhidagi aholi soni yuqori bo'lgan. 2000 yilgi yosh-jins piramidasida ko'rinib turganidek, mazkur yilga kelib aholi tarkibida 0-4, 2010 yilgi yosh-jins piramidasida 5-9 va 10-14 yosh guruhidagi aholi soni kamaygan. Aksincha 15-19, 20-24 va 25-29 yosh guruhidagilar soni ortgan.
2022 yilgi yosh-jins piramidasida tug'ilishlar sonining ortganligi bois 0-4, 5-9 yosh, shuningdek 30-34, 35-39, 40-44 va 45-49 yosh guruhidagilar soni ortgan.
So'ngi yillarda O'zbekiston Respublikasi aholisining yosh tarkibida bolalar va keksalar salmog'ining ortib, aksincha mehnatga layoqatli yoshdagi aholi salmog'ining kamayishi demografik bosimning ortishini ta'minlamoqda.
'O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi ma'lumotlari asosida muallif tomonidan ishlab chiqilgan.
9
Ifoa^cafoa Ba xy^yK philosophy&law journal 2023/3 '
Hisob-kitoblarimizga ko'ra, 1991 yilda har 1000 ta mehnat yoshidagi aholiga to'g'ri keladigan mehnatga layoqatsiz aholi soni 1038,7 tani tashkil etgan bo'lsa, 2022 yilga kelib bu ko'rsatkich 756,9 taga teng bo'lgan. Boshqacha qilib aytganda, mehnatga layoqatli bir kishiga 1991 yilda 1 ta, 2022 yilda esa 0,7 ta mehnatga qobiliyatsiz aholi to'g'ri kelgan. Bu, albatta, ijobiy holat hisoblanadi. O'zbekistonda yuzaga kelgan mazkur demografik vaziyat mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirishni taqozo etadi.
O'zbekiston Respublikasida demografik bosimning o'zgarishi
2
__(yil boshiga)_
Yillar Jami shundan:
mehnatga layoqatli yoshgacha mehnatga layoqatli yoshdan kattalar
1991 1038,7 880,7 158,0
1995 1016,9 862,7 154,2
2000 887,9 750,5 137,4
2005 726,4 604,7 121,7
2010 651,6 529,9 121,8
2015 629,0 487,4 141,6
2020 699,4 521,3 178,1
2021 716,4 531,4 185,0
2022 737,5 545,1 192,4
2023 756,9 557,8 199,1
Yillar davomida demografik bosim koeffitsientidagi o'zgarishlarni tahlil qilish, uning 19912015 yillarda kamayganligini, undan keyingi davrda esa ortganligini ko'rsatadi.
Odatda, demografik dividend abadiy davom etadigan voqelik emas. U imkoniyatlarning cheklangan davr oralig'ida sodir bo'ladi. Vaqt o'tishi bilan aholining yosh taqsimoti o'zgarishda davom etadi, ya'ni aholining o'rta yosh qatlami keksayib boshlagandan so'ng ular unumdorligi pastroq bo'lgan yosh qatlamiga o'ta boshlaydi. Ularning o'rnini tug'ilish darajasi kamaygan davrda dunyoga kelgan kam sonli avlod vakillari egallay boshlaydi. Bu holat ro'y berganida, iqtisodiy qaramlik (demografik bosim) nisbati yana orta boshlaydi. Shuning uchun, bu davrda kichik yoshdagi aholi qatlamidan ko'ra katta yoshdagi aholi qatlamiga ko'proq e'tibor qaratish lozim bo'ladi.
Demografik dividendning imkoniyatlar oynasi amal qilish davri juda qisqa bo'ladi. Bu davr rivojlanayotgan mamalkatlar uchun 10 va 20 yillar davom etish mumkin (rivojlangan mamlakatlarda bu davr 20-30 yilni tashkil etadi). Shuning uchun mamlakatlar demografik dividenddan keladigan manfaatdorlikni qo'lga kiritish uchun oilani rejalashtirishga ko'proq investitsiyalarni yo'naltirgan holda tug'ilish darajasini kamaytirishga erishishlari mumkin.
Aksariyat rivojlanayotgan mamlakatlarda bolalar o'limini kamaytirish bo'yicha olib borilgan ijtimoiy siyosat natijasi tug'ilish darajasining o'sishiga olib keldi va bu mamlakatlarda yoshlar ko'lamining ortishi kuzatildi. Demografik dividend nuqtai nazardan mehnat yoshiga yetgan va ish bilan band bo'lganlarning salmog'i mehnat yoshiga yetmagan ishlamayotgan aholi salmog'idan yuqori bo'lgan taqdirda ko'zlanagan natijaga erishilishi mumkin. Bu esa turli ijtimoiy institutlar hamda tegishli hukumat idoralari tomonidan ixtiyoriy oilani rejalashtirish dasturlarini ishlab chiqish va keng targ'ib qilishga ehtiyoj tug'iladi.
2O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi ma'lumotlari asosida muallif tomonidan ishlab chiqilgan.
10
[Фалсафа ва хукук philosophy&law journal 2023/3 '
ADABIYOTLAR:
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlis va O'zbekiston xalqiga Murojaatnomasi // https://president.uz/uz/liss/view/5774.
2. Barsukov V.N. Ot demograficheskogo dividenda k stareniyu naseleniya... (rus.) // Yekonomicheskie i sotsialnie peremeni: fakti, tendensii, prognoz: Nauchniy jurnal VolNS RAN. - T. 12, № 4. - S.167-182.
3. Bloom, David Ye. and Jeffrey G. Williamson, 1998, Demographic Transitions and Yeconomic Miracles in Yemerging Asia, World Bank Yeconomic Review, 12: 419 - 455.
4. https://populationeducation.org/what-demographic-dividend.
5. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009 yil 13 martdagi "O'zbekiston Respublikasi aholi punktlarining ma'muriy-hududiy tuzilishini takomillashtirishga doir chora-tadbirlari to'g'risida"gi 68-sonli qarori // O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2009 y., 12-son, 130-modda.
6. John Ross. Understanding the Demographic Dividend. POLICY Project, Futures Group One Thomas Circle. September 2004. - P.8.
7. Mason, A., Demographic Transition and Demographic Dividends in Developed and Developing Countries, Presented at United Nations Yexpert Group Meeting on Social and Yeconomic Implications of Changing Population Age Structures, 31 August.
8. McCarthy, K.F., (2001), World population shifs: boom or doom?, RAND; Population Matters.
REZYUME:
Ushbu maqolada O'zbekiston Respublikasidagi demografik vaziyat tahlil qilingan, aholining yosh-jins piramidasi tuzilgan, mamlakatimizda demografik divedent shakllanish imkoniyatlari baholangan hamda demografik dividenddan samarali foydalanish bo'yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Kalit so'zlar: aholi, aholining yosh tarkibi, yosh-jins piramida, demografik bosim.
РЕЗЮМЕ:
В данной статье проанализирована демографическая ситуация в Республике Узбекистан, составлена половозрастная пирамида населения, оценены возможности формирования демографического дивиденда в нашей стране, разработаны предложения и рекомендации по эффективному использованию демографического дивиденда.
Ключевые слова: население, возрастная структура населения, половозрастная пирамида, демографическое давление.
RESUME:
This article analyzes the demographic situation in the Republic of Uzbekistan, draws up the age and sex pyramid of the population, assesses the possibility of forming a demographic dividend in our country, develops proposals and recommendations for the effective use of the demographic dividend.
Key words: population, age structure of the population, age and sex pyramid, demographic pressure.