Научная статья на тему 'SIRDARYO VILOYATI AHOLISINING MILLIY TARKIBI UNING GEOKRIMINOGEN HOLATGA TA’SIRI'

SIRDARYO VILOYATI AHOLISINING MILLIY TARKIBI UNING GEOKRIMINOGEN HOLATGA TA’SIRI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
164
13
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
AHOLI / MILLIY TARKIB / GEOKRIMINOGEN / GIYOHVANDLIK / DEMOGRAFIK / BEZORILIK / BOSQINCHILIK / MAHKUMA

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Egamkulov K.E., Karshibayeva L.K.

Maqolada Sirdaryo viloyati aholisining milliy tarkibi, aholi soni, boshqa millat vakillarining ulushi, geokriminogen vaziyatlarning sodir etilishi bilan bog’liq ayrim ma’lumotlar yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «SIRDARYO VILOYATI AHOLISINING MILLIY TARKIBI UNING GEOKRIMINOGEN HOLATGA TA’SIRI»

Egamkulov K.E. magistranti

Aniq va tabiiy fanlarni o'qitish metodikasigeografiyayo'nalishi Guliston Davlat Universiteti Tabiiy fanlar fakulteti

Karshibayeva L.K.

"Ekologiya va geografiya" kafedrasi mudiri g.f.n. dots Guliston Davlat Universiteti Tabiiy fanlar fakulteti

SIRDARYO VILOYATI AHOLISINING MILLIY TARKIBI UNING GEOKRIMINOGEN HOLATGA TA'SIRI

Annotatsiya: Maqolada Sirdaryo viloyati aholisining milliy tarkibi, aholi soni, boshqa millat vakillarining ulushi, geokriminogen vaziyatlarningsodir etilishi bilan bog'liq ayrim ma'lumotlar yoritilgan.

Kalit so'zlar: Aholi, milliy tarkib, geokriminogen, giyohvandlik, demografik, bezorilik, bosqinchilik, mahkuma.

Aholi Yer yuzasi yoki uning ma'lim bir qismida yashovchi kishilar guruhidir. Aholining hududiy joylashuvi xalq xo'jaligining joylashuvi hamda tuzilishiga bog'liq va aksincha, aholining joylashuvi, o'z navbatida xo'jalikni rivojlantirish hamda joylashtirishga bevosita ta'sir etadi.

Aholi soni doimiy o'zgarib turivchi dinamik ko'rsatkichdir 2020-yil 1-yanvar ma'lumotiga ko'ra Sirdaryo viloyati bo'yicha doimiy aholi soni 846 260 kishini tashkil etgan holda, yil boshiga nisbatan 13,9 ming kishiga ko'paygan yoki 1,7 foizga o'sgan shu bilan birga shahar aholi soni 354,7 ming kishini (jami aholi soniga nisbatan 42,8%), qishloq aholi soni 475,0 ming kishini (57,2%) tashkil etgan[1].

Sirdaryo viloyati aholi soni bo'yicha Respublikamizda oxirgi o'rinni egallaydi. Aholi soni kam bo'lsa ham uning milliy tarkibi turlichadir, bunga asosan migratsiya ta'sirining kuchliligini ko'rishimiz mumkin. Sirdaryo viloyatida o'zbeklardan tashqari ruslar, tatarlar, tojiklar, koreyslar, qozoqlar, belaruslar, turkmanlar ham istiqomat qiladi.

Milliy tarkibning turlichaligi geokriminogen holatning ham turlarini ko'pligiga olib keladi.

Sirdaryo viloyati aholisi asosan boshqa xududlardan ko'chirib kelinlgan bo'lib, Mirzacho'lni o'zlashtirish maqsadida ishga jalb qilinib, uy joylar bilan ta'minlanib yashash uchun sharoitlar qilib berilgan va shu tariqa viloyat aholisi shakllangan.

Geokriminogen vaziyat jinoyatchilikning hududiy xususiyatlarini o'rganish bilan birga, ayni paytda uning hududlarda yilning turli mavsum va vaqtlarida sodir etilishini, jinoyat sodir etgan shaxslarning sotsial demografik tarkibi hamda alohida turdagi jinoyatlarning sharoit va sabablarini ham tadqiq etadi[2].

Экономнка h соцнумм №1(80) H.1 2021

www.iupr.ru

62

2G2G-yil 1-yanvar

îolatiga ko'ra Sirdaryo viloyatining milliy tarkibi

Sirdaryo viloyati Gulistonsh. Shirinsh. Yangiyersh. Oqoltin Boyovut Sayxunobod Guliston Sardoba Mirzaobod Sirdaryo Xovos

Jami aholi 84626 G 9G39 8 1872 6 433G 7 5196 7 1295 G3 7715 7 7245 3 6588 5 7324 9 1281 74 95 44 1

Shu jumladan

o'zbek 66876 2 6914 2 1472 1 3067 9 4231 9 1133 81 5556 6 6367 1 4983 0 6843 9 8849 1 72 52 3

Qoraqal- p°q 127 10 3 19 2 2 1 16 0 33 39 2

rus 22768 6552 1416 2521 599 881 1078 792 713 418 4304 34 94

ukrain 926 189 85 8 173 77 33 107 71 35 111 37

belorus 398 61 22 7 18 38 14 55 17 21 94 51

qozoq 12915 1021 46 171 2928 439 3799 506 432 408 2549 61 6

Ozarbay-jon 2874 599 16 120 48 217 125 126 64 72 1412 75

qirg'iz 17757 561 132 166 761 460 570 426 1218 7 539 400 15 55

tojik 78587 5824 1044 6919 2115 1103 3 1166 4 3430 1130 2220 1930 9 13 89 9

turkman 716 95 43 53 28 111 112 120 21 14 86 33

tatar 5911 1278 438 153 276 471 495 628 280 196 1305 39 1

koreys 7910 1966 191 345 359 109 821 411 216 215 2769 50 8

Boshqa millatlar 26609 3100 569 2146 2341 2284 2879 2165 924 639 7305 22 57

Manba: Sirdaryo viloyati Statistika boshqarmasi.

Turli millat vakillari turli jinoyatlar sodir etmoqda. Masalan O'zbekistonda jami o'rganilgan mahkumlar milliy tarkibiga ko'ra quyidagicha: o'zbeklar — 72,3 foiz, tojiklar ~ 5,5 foiz, tatarlar 4,9 varuslar 4,3 %. Erkaklar orasida jinoyatning o'g'rilik turi barcha millatlar orasida eng ko'p sodir etilgan. Shuningdek, o'zbek hamda tojik millatlari orasida giyohvandlik vositalari bilan bog'liq jinoyat turlarining salmog'I yuqori. Rus mahkumlari tarkibida esa bezorilik hamda bosqinchilik jinoyatlari, tatarlarda odam o'ldirish yoki unga suiqasd qilish jinoyatining salmogi nisbatan katta. [3].

Экономика и социум" №1(80) ч.1 2G21

www.iupr.ru

63

Sirdaryo viloyatida milliy tarkibi 2020-yil 1-yanvar holatiga ko'ra o'zbeklar 79%, tojiklar 9.3%, ruslar 2.7%, tatarlar 0.7% ni tashkil qiladi[3].

Jinoyatchilikning asosiy qismini erkaklar sodir etadi, lekin ming afsuski bu holat ayollar orasida ham uchramoqda. Respublikamizdagi jami mahkumlardan farqli o'laroq, o'zbek, tojik hamda turkman millatlaridagi mahkumalaror asida giyohvandlik vositalari bilan bog'liq,jinoyatlarning salmogi juda yuqori. Masalan, jami o'zbek mahkumalarining yarmidanortig'i giyohvandlik vositalari bilan bog'liq jinoyatlarni sodir etgan. Bu ko'rsatkich tojik mahkumalarorasida 75 foiz, (Sirdaryo viloyatida 2020-yil so'nggi 10 oy mobaynida giyohvandlik bilan bog'liq bo'lgan 37 ta holatlar aniqlangan) [5]. Turkmanlarda esa 87,5 foizni tashkil etdi. O'z navbatida, o'rganilgan jami ayol mahkumalarning yarmidan ortiqg'i (52,4 %} giyohvandlik bilan bogliq jinoyatlarni sodir etgan. Bunda ular ayollik mavqyeidan garaz niyatda foydalanayotganlari kuzatiladi [3].

Ayol mahkumalar orasida giyohvandlik bilan bog'liq jinoyatlar sodir etayotgan tojik millati vakillari respublikamizning turli hududlarida shu jumladan Sirdaryo viloyatida ham istiqomat qiladi. Sirdaryo viloyatining Guliston shahri, Yangiyer shahri, Shirin shahri, Sirdaryo shahri, Xovos tumani, Sirdaryo tumani, Boyovut tumanlarida istiqomat qilmoqda. Turkman millat vakillari Sirdaryo viloyatining Guliston shahri, Yangiyer shahri, Shirin shahri, Boyovut tumanida yashab kelmoqda.

Ayollar orasida o'grilik jinoyatini sodir etganlar nisbatan katta ko'satkichga ega (18,1%). Ta'kidlash lozimki, erkak mahkumlarga nisbatan ayol jinoyatchilar orasida odam o'ldirish va unga suiqasd qilish bir muncha ko'proq kuzatiladi. Shunday holatni voyaga yetmaganlar orasida ham kuzatish mumkin. Katta yoshdagi jinoyatchilar kabi voyaga yetmaganlar orasida ham jinoyatning o'grilik turi eng ko'p uchraydi (56,6%)[2].

Xulosa qilib aytganda Sirdaryo viloyati aholisi miqdori jihatidan unchalik ko'p emas, lekin milliy tarkib juda murakkab o'zbeklardan tashqari eng ko'p tashkil etuvchi millat vakillaridan: tojik va ruslar ko'pchilikni tashkil etadi. Milliy tarkib qanchalik murakkab bo'lsa, ular o'rtasida kelib chiqadigan mojoralar ham ko'p bo'ladi, o'z navbatida "serqatnov" yo'lni bo'yida joylashganligi, zichligi ham an'anaviy cho'lga mos kelmasligi, geokrimonogen vaziyatni vujudga kelishiga olib keladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Xidiraliyev K.E., Egamqulov H.E. O'zbekistonning demografik imkonyatlari darchasi: baholash, chaqiriqlari va istiqbollari respublika ilmiy-amaliy konferensiya tezislar to'plami. Toshkent-2019 136-b.

2. Soliev A. O'zbekiston geografiya jamiyatining 7-sezdining materiallari. Toshkent, 23-24 noyabr. 2006.310-b

3.O'zbekistonda jinoyatchilikning ijtimoiy-geografik jihatlari Geografiya fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiya avtoreferati Toshkent 2006.

4.Sirdaryo viloyati statistika boshqarmasi ma'lumotlari. 5.Sirdaryo viloyati IIB ma'lumoti.

Экономика и социум" №1(80) ч.1 2021

www.iupr.ru

64

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.