Научная статья на тему 'URBANIZATSIYA JARAYONLARI VA IJTIMOIY UY-JOYLAR'

URBANIZATSIYA JARAYONLARI VA IJTIMOIY UY-JOYLAR Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

11
7
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
urbanizatsiya / sanoat / aglomeratsiya / demografik / gemeinschaftgezelshaft / ekologiya / migratsiya / transpotrt / infratuzilm / urbanization / industry / agglomeration / demography / GemeinshaftGesellschaft / ecology / migration / transport / infrastructure.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — D. T. Nematova

Urbanizatsiya – jamiyat hayotida shaharlar rolining ortib borishi boʻlib, ishlab chiqaruvchi kuchlarning joylashuvi, aholining ijtimoiy-demografik tarkibi, turmush tarzi va madaniyatidagi oʻzgarishlar bilan bogʻliq. U tarixiy rivojlanish asosida shakllangan jamiyat bosqichlari va hududiy mehnat taqsimoti natijasida sodir boʻlgan koʻp qirrali geografik, ijtimoiy-iqtisodiy va demografik jarayondir. Uning torroq doiradagi demografik-statistik tushunchasi dunyoda, alohida hududlarida, mamlakatlarda shahar aholisi salmogʻining koʻpayib borishini anglatadi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

URBANIZATION PROCESSES AND SOCIAL HOUSING

Urbanization represents an increasing role of cities in the life of society and is associated with changes in the distribution of productive forces, the sociodemographic composition of the population, lifestyle and culture. This is a multifaceted geographical, socio-economic and demographic process that occurred as a result of social stages and territorial division of labor that emerged on the basis of historical development. His concept of vital statistics in a narrower range means that the weight of the urban population is increasing globally, in certain regions and countries

Текст научной работы на тему «URBANIZATSIYA JARAYONLARI VA IJTIMOIY UY-JOYLAR»

O'zbekiston Milliy universiteti Zamonaviy dunyoning ijtimoiy manzarasi va jamiyat tuzilmalari transformatsiyasi National University of Uzbekistan_Transformation of the Social Landscape and Social Structures of the Modern World

URBANIZATSIYA JARAYONLARI VA IJTIMOIY UY-JOYLAR

D. T. Nematova

O'zbekiston Milliy universiteti, Toshkent, O'zbekiston

ANNOTATSiYA

Urbanizatsiya - jamiyat hayotida shaharlar rolining ortib borishi bo'lib, ishlab chiqaruvchi kuchlarning joylashuvi, aholining ijtimoiy-demografik tarkibi, turmush tarzi va madaniyatidagi o'zgarishlar bilan bog'liq. U tarixiy rivojlanish asosida shakllangan jamiyat bosqichlari va hududiy mehnat taqsimoti natijasida sodir bo'lgan ko'p qirrali geografik, ijtimoiy-iqtisodiy va demografik jarayondir. Uning torroq doiradagi demografik-statistik tushunchasi dunyoda, alohida hududlarida, mamlakatlarda shahar aholisi salmog'ining ko'payib borishini anglatadi.

Kalit so'zlar: urbanizatsiya, sanoat, aglomeratsiya, demografik, gemeinschaft-gezelshaft, ekologiya, migratsiya, transpotrt, infratuzilma.

URBANIZATION PROCESSES AND SOCIAL HOUSING

D. T. Nematova

National University of Uzbekistan, Tashkent, Uzbekistan

ABSTRACT

Urbanization represents an increasing role of cities in the life of society and is associated with changes in the distribution of productive forces, the socio-demographic composition of the population, lifestyle and culture. This is a multifaceted geographical, socio-economic and demographic process that occurred as a result of social stages and territorial division of labor that emerged on the basis of historical development. His concept of vital statistics in a narrower range means that the weight of the urban population is increasing globally, in certain regions and countries

Keywords: urbanization, industry, agglomeration, demography, Gemeinshaft-Gesellschaft, ecology, migration, transport, infrastructure.

Urbanizatsiya va sanoat jamiyatining paydo bo'lishi bilan ijtimoiy-siyosiy o'zgarishlarni vujudga kelishini sotsiolog olimlar chuqurroq o'rganishga harakat qiln^Tlar. Nemis olimi Ferdinand Tyonnis jamiyat va jamoa (Gemeinschaft-gezelshaft) tushunchalari bilan shahar sotsiologiyasi sohasida muhim bilimlarga erishdi. Tyonnis jamiyatni tahlil qilishda asosan evolyutsion nuqtai nazarga amal

April 20, 2024

413

O'zbekiston Milliy universiteti Zamonaviy dunyoning ijtimoiy manzarasi va jamiyat tuzilmalari transformatsiyasi

qildi. Umuman olganda, u shahar va qishloq hayotini farqlovchi mezonlarni ishlab chiqdi. Georg Zimmel va Robert Park esa, urbanizatsiya jarayonlarida paydo bo'ladigan muammolarga alohida to'xtalib o'tdi. Bulardan, inson ekologiyasi, irqiy va etnik munosabatlar, aholi migratsiyasi, madaniy assimilyatsiya, ijtimoiy harakatlar va ijtimoiy tartibsizliklar va iy-joy masalalariga oid asarlar yaratdilar.

Urbanizatsiya jarayonining rivojlanishi shaharlarning o'sishi va shahar aholisining tabiiy o'sishi, shahar atrofi hududlarining ma'muriy jihatdan shaharga qo'shilib borishi, qishloq aholi punklarining shahar maqomini olishi bilan bog'liqdir. Shaharlarning o'sishida shahar atrofi zonalarida shahar turmush tarzining shakllanib borishi, ya'ni urbanizatsiya jarayonining kuchayishi ham ahamiyatlidir. Katta shahar atrofida kichik shaharlar paydo bo'lib, katta shaharlarga qo'shilib boradi va shaharlar aglomeratsiyasi hosil bo'ladi. Rivojlangan mamlakatlarda aglomeratsiya jarayonlari jadallashgan, alohida aglomeratsiyalarning qo'shilib ketishi natijasida megapolislar vujudga kelmoqda.

O'zbekistonda urbanisatsiya jarayoni o'z tarixiy rivojlanish bosqichlariga ega. Uning rivojlanishi o'lkamizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi va demografik xususiyatlari bilan bog'liq. O'zbekistonda eng qadimiy shaharlar bilan birga XX asrning ikkinchi yarmida vujudga kelgan shaharlar ham mavjud. 1913-1980-yillarda O'zbekiston shaharlari soni va shahar aholisi salmog'i o'sdi. O'zbekistonda 120 ta shahar bo'lib, Toshkent millioner shahar hisoblanadi. XIX asrning oxiridan boshlab O'zbekistonda urbanizatsiya jarayoni rivojlanib kelmoqda. Bubungi kunda a statistika agentligining 2023-yilning 1-iyul holatiga ko'ra O'zbekistonning demografik ko'rsatkichlari quydagicha:

Aholi soni 36,4 mln kishini tashkil etmoqda (2021-yilda bu raqam 34,9 mln, 2022-yilda 35,6 mln nafar bo'lgan). Ulardan ayollar - 18,1 mln, erkaklar esa - 18,3 mln nafar. Shaharda yashovchilar 18,6 mln kishi bo'lgan bir paytda qishloqlarda 17,8 mln aholi istiqomat qilmoqda. 2023-yilning ilk 6 oyida tug'ilish 434,5 ming nafarni tashkil etgan. O'zbekistonda eng ko'p aholi yashaydigan hudud - Samarqand viloyati (4 mln 159 ming kishi) hisoblanadi. Keyingi o'rinlarda Farg'ona (4 mln 14 ming kishi), Qashqadaryo (3 mln 515 ming kishi), Andijon (3 mln 354 ming kishi) va Namangan (3 mln 28 ming kishi) viloyatlari turadi. Toshkent viloyatida 3 mln 19 ming, Toshkent shahrida esa 2 mln 999 ming, Surxondaryoda 2 mln 836 ming, Buxoroda 2 mln 24 ming doimiy aholi mavjud.

414

April 20, 2024

O'zbekiston Milliy universiteti Zamonaviy dunyoning ijtimoiy manzarasi va jamiyat tuzilmalari transformatsiyasi National University of Uzbekistan_Transformation of the Social Landscape and Social Structures of the Modern World

*УДУДЛАР БУЙИЧА ДОИМИЙ АХ.ОЛИ СОНИ

(2023 йил 1 июль долатига. мииг киши)

Сурхондаре а.

Eng kam o'zbekistonliklar yashaydigan hudud Sirdaryo viloyati bo'lib, u yerda 904,9 ming kishi istiqomat qilmoqda. Keyingi o'rinlarni Navoiy (1 mln 65 ming kishi), Jizzax (1 mln 491 ming kishi), Xorazm (1 mln 971 ming kishi) viloyatlari hamda Qoraqalpog'iston (1 mln 987 ming kishi) egallagan.

Aholisi eng zieh hudud Toshkent shahri bo'lib turibdi - 1 kvadrat kilometrda 6695,4 kishi. Bu ko'rsatkich Andijonda 780, Farg'onada 593,9, Namanganda esa 407 kishini tashkil etmoqda. Shu bilan bir vaqtda Qoraqalpog'istonda bu raqam 11,9 ni, Navoiyda esa 9,6 kishini tashkil etadi. So'nggi o'n yilliklarda butun dunyoda va xususan, O'zbekistonda bir qator sabablarga ko'ra, urbanizatsiya va shaharlarning intensiv o'sishi kuzatilmoqda. Shaharlar butun insoniyat va har bir mamlakatning iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy hayotida katta rol o'ynaydi. Ular jamiyatning asosiy iqtisodiy, ilmiy va madaniy salohiyatini jamlaydi. Insoniyat jamiyatining keyingi rivojlanishi shaharlar soni va hajmining o'sishi bilan uzviy bog'liqdir. Urbanizatsiya jarayonida katta shaharlarda quyidagi muammolar paydo bo'ladi: aholi zichligi, uy-joy yetishmasligi, jamoat transporti va kommunikatsiya tizimlarinining buzilishi, hududlarda qurilayotgan beton va asfaltlangan yo'lakchalarni bog'dorchilik va yashil maydonlardan ko'payib ketishi, atrof-muhitga salbiy ta'sir etuvchi muammolarning to'planib qolishi shular jumlasidanadir. Bu odamlar uchun iqtisodiy, ekologik va ijtimoiy muammolarni keltirib chiqaradi. Transport bilan bog'liq jarayonlarni yer osti va yer usti metrosidan foydalanish orqali kamaytirilish mumkin. Ammo ba'zi muammolarni sotsiologik jihatdan o'rganish, tahlil qilish va hal qilish juda muhimdir.Urbanizatsiya jaryonida vujudga keladigan muammolar tirbandliklar, ekologiyanig buzilishi bilan birga ijara beriladigan uylarning tartibsizligi va uy-joyga bo'lgan ehtiyojlar kuchayib boradi.

415

April 20, 2024

O'zbekiston Milliy universiteti National University of Uzbekistan

y

Zamonaviy dunyoning ijtimoiy manzarasi va jamiyat tuzilmalari transformatsiyasi Transformation of the Social Landscape and Social Structures of the Modern World

Uy-joy - aholining turmush darajasini va ijtimoiy-iqtisodiy ko'rsatkich ham hisoblanadi. Umuman olganda, o'rta va quyi daromadli qatlam uchun ijtimoiy uy-joylar muhim hisoblanadi. Bunday uylarga byudjetdan mablag' ajtatishning qiyinligi va arzon qurilish materiallaridan foydalanish oqubatida sifatsiz qurilayotgani aytilsada, jahon tajribasida ijobiy natijalar berganligini ko'rishimiz mumkin. Dunyoning ba'zi mamlakatlarida hayotga tadbiq etilayotgan ijtimoiy uy-joylarning muvaffaqiyatli namunalari bunga yorqin misol bo'la oladi. Insonning asosiy ehtiyojlardan biri bo'lgan boshpanaga bo'lgan ehtiyojni qondirish bilan bir qatorda, unda sarflangan vaqt va shaxsiy hayotni hisobga olgan holda, u shaxsning ma'naviy hayotining muhim qismi hisoblanadi. Bundan tashqari, uy-joy iste'mol obyekti va investitsiya vositasidir. Aholi turmush darajasini belgilovchi ko'rsatkich hamdir. Shuning uchun davlat muassasalari va ijtimoiy himoya agentliklari ijtimoiy adolatsizlikka yo'l qo'ymaslik maqsadida "ijtimoiy uy-joy" loyihalarini hayotga tadbiq etadilar. Jahon tajribasida uy-joylar ommaviy ishlab chiqarishning boshlanishi sanoat inqilobiga to'g'ri keladi. Katta shaharlarda barpo etilgan sanoat obyektlari ishchi kuchi taqchilligini keltirib chiqardi va buning natijasida qishloqdan shaharga migratsiya jarayonini kuchaytirib shaharlar aholisining zichligini oshirdi. Mavjud infratuzilma esa bu zichlikka javob berish uchun yetarli emas edi va turmush sharoiti yomonlashayotgan ishchilar sinfi uchun yangi uy-joylar qurilishi kerakligini talab etadi.

Bugungi kunda ham ijtimoiy uy-joylarga bo'lgan ehtiyoj ortib bormoqda. Rivojlangan mamlakatlar tajribasiga qaraganimizda, ular atrof-muhit va arxitektura qadriyatlariga ustunlik bermasdan, tez, arzon byudjetlar bilan quriladigan zich turar-joy maydonlari barpo etganligini kuzatamiz. Bunday uylar, xarid qobiliyati cheklangan daromad guruhlariga qaratilgan qatlamga xosdir. Boshqa tomondan, "ushbu guruhlarning xarid qobiliyati bu uylarning ekologik va qurilish sifatini darajasiga garov bo'la oladimi? Savolga javob ochiqligicha qolmoqda.

Ijtimoiy turar-joy qurilishida Turkiya tajribasi: TOKÍ (Ijtimoiy uy-joy boshqarmasi) Turkiya Respublikasi Atrof-muhit, urbanizatsiya va iqlim o'zgarishi vazirligiga qarashli davlat muassasasi bo'lib, ijtimoiy uy-joylar qurish uchun tashkil etilgan. Bu tashkilot 1984-yilda «Ijtimoiy uy-joy boshqarmasi» davlat sherikchiligi asosida tashkil etilgan. Ushbu loyihani ishga tushirilishi natijasida uy-joyisiz, nomida hech qanday mol-mulk bo'lmagan, kam ta'minlangan fuqarolar o'zlari orzu qilgan uylarga belgilangan to'lovlar asosida ega bo'lish imkoniyati yuzaga keldi. Fuqarolar ijtimoiy uy-joy yoki arzon hovlilar uchun ariza berishlari mumkin bo'ladi. Arizalar yagona darcha kabi e-davlat nomli saytga joylashtiriladi. Arizalar qabul qilingandan so'ng qur'a tashlash yo'li bilan uy-joyga egalik qiqlish huquqi beriladi. Bu usulda uy-joy bilan ta'minlashning afzalliklari shundaki, boshpanasiz ijarada yashovchi

April 20, 2024

O'zbekiston Milliy universiteti Zamonaviy dunyoning ijtimoiy manzarasi va jamiyat tuzilmalari transformatsiyasi National University of Uzbekistan_Transformation of the Social Landscape and Social Structures of the Modern World

insonlar bir uyda ikki va uch oila bo'lib yashaydiganlarni ehtiyojlari qondiriladi. TOKÎ tomonidan quriladigan turar-joylar uchun mamlakat fuqaroliring daromadi Istanbul shahrida 16 ming liradan (850 AQSh dollari)dan, boshqa viloyatlarda esa 14 ming liradan (743 AQSh dollari)dan past bo'lgan va doimiy yashash joyi bo'lmagan fuqarolarlar ijtimoiy loyihaga murojaat qilishlari mumkin bo'ladi. Bundan tashqari, daromad chegarasidan tashqari uy-joyga ega bo'lmaslik sharti ham so'raladi. Ushbu shartlarga javob beradiganlar, loyihalar e'lon qilingandan keyin ariza topshirishadi.

Ijtimoiy turar-joy qurishda Daniya tajribasi: ijtimoiy uy-joy fondida bir milliondan ortiq daniyalik yashaydi. Birinchi navbatda, ijtimoiy uy-joy kam ta'minlangan, pensionerlar, nogironlar uchun mo'ljallangan. Ayni paytda mahalliy yoshlarga ham qaratilgan. Ushbu ko'rsatkich bo'yicha daniyaliklar Yevropada birinchi o'rinda turadi. Belgilangan amaliyotga ko'ra, Daniyadagi ijtimoiy ko'chmas mulk uy-joy shirkatlarining mulki hisoblanadi. Ular ijtimoiy uy-joy sektoridagi asosiy boshqaruv tuzilmalari hisoblanadi. Turar-joy binolaridan tashqari bolalar bog'chasi, sport maydonchalari, kir yuvish va boshqa maishiy xizmat ko'rsatish obyektlari, "umumiy uy" ma'muriyatiga tegishli bo'lib va yig'ilish alohida binoda faoliyat yuritadi. Ularning faoliyati mahalliy hokimiyat va ijtimoiy hokimiyat tomonidan nazorat qilinadi. Daniya qonunlariga ko'ra, har kim yashash uchun ijtimoiy uy-joy olish uchun ariza berishi mumkin. Ijara departamenti faoliyati ham ijtimoiy hokimyat tomonidan nazorat ostida ish yuritadi.Masalan, ijarachi bo'lgan fuqaro, agar u belgilangan yashash qoidalarini buzmasa va ijara haqini muntazam ravishda to'lab tursa, berilgan xonadonda xohlagancha yashash huquqiga ega. Ijarachi va ijaraga beruvchi haqidagi qonunlar ham juda puxta ishlab chiqilgan.Talabaga beriladigan ijtimoiy uy-joy bundan istisno. U o'qishni tugatgandan so'ng, ijara uyini tark etishga majburdir.

Daniyaliklar uchun kredit dasturlari orqali o'z uy-joylarini sotib olishdan ko'ra, ijtimoiy sektor qurilishida ishtirok etish qulayroqdir. Bunday uylarninng dastlabki to'lovi harajatlarning atigi ikki foizini tashkil qiladi. Assotsiatsiyalar oldida nafaqat kam ta'minlangan qatlamlarni uy-joy bilan ta'minlash, balki jamiyatning o'rta sinfini ifodalovchi fuqarolarni jalb qilish vazifasi ham bor. Mavjud uy-joylarning xususiy ijara bozori bilan raqobatlasha olishini ta'minlash uchun uylar doimiy ravishda modernizatsiya va ta'mirdan chiqarilib turiladi. Amalga oshirilgan tadqiqot natijalari va jahon tajribasi shuni ko'rsatadiki, urbanizatsiya darajasining ortib borishi aholini uy-joyga bolgan talabini ham yuksalishiga olib kelmoqda. O'zbekistonda kechayotgan jadal ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy islohotlar, hududlardagi migratsion vaziyat, aholining demografik o'sish sur'atlari, yer-suv imkoniyatlarini hisobga olgan holda ijtimoiy uy-joy loyihalarni y'olga qoyish kerak deb hisoblaymiz. Demak, ushbu jarayonni tizimli ravishda va i sotsiologik tadqiqotlar asosida o'rganish lozim bo'ladi.

April 20, 2024

417

O'zbekiston Milliy universiteti Zamonaviy dunyoning ijtimoiy manzarasi va jamiyat tuzilmalari transformatsiyasi

^ationalUniversityofUzbekista^^^^^ranfimSiiSno

REFERENCES:

1. Россия и Китай: история и перспективы сотрудничества. материалы в международной научно-практической конференции. Отв. ред. Д.В..Буяров, Д.В.Кузнецов, Н.В.Киреева. - М., 2015. - С. 270.

2. Погудина Ю.Ю. Особенности процесса урбанизация в КНР (1978-2012): пример формирования Чженьчжоуской агломерации в провинции Хенань. Диссертация на соискание ученой степени кандидата исторических наук. -СПб., 2016. - С. 55.

3. Urban world: Mapping the economic power of cities. McKinsey Global Institute Report. March 2011.

4. Ahmedova F.M. "Shahar sotsiologiyasi". O'quv qo'llanma - Т.: "Universitet", 2023. 288 b.

5. Dunyoda va Turkiyada ijtimoiy uy-joy loyihalari.Kahramanmarash. 2019. Nevzat Firat Kunduraci

6. Tursun Ahmedov, Urbanizatsiya dasturi: maqsad, vazifalar va kutilayotgan natijalar. 22/01/2019. http: //mineconomy .uz/uz/info/2 512].

7. https://lex.uz/docs/4154818]

418

April 20, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.