Murodova D.S.
Qarshi davlat universiteti o'qituvchisi
Nabiyeva O.
Qarshi davlat universiteti talabasi
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI AHOLISI TABIIY HARAKATI VA UNING HUDUDIY TAFOVUTLARI
Annotatsiya. Ushbu maqolada O 'zbekiston Respublikasi aholisining o'sishi, tabiiy harakati,tug'ilish darajasi va unga ta'sir etuvchi omillar, aholi migratsiyasi, aholi soni, urbanizatsiya jarayonlari hamda aholi manzilgohlari tahlil etilib, viloyatlar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining joriy va istiqboldagi chora-tadbirlarini belgilashda demografik jarayonlarning ta 'siri tadqiq etilgan.
Kalit so'zlar: aholi soni, aholining tabiiy o'sishi, tug'ilishi ,o'lim, aholi tarkibi, demografik siyosat, iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlar, mehnat resurslari, migratsiya, aholi manzilgohlari, urbanizatsiya darajasi.
Muradova D.S. teacher
Karshi State University Nabiyeva O. student
Karshi State University
NATURAL POPULATION MOVEMENT OF THE REPUBLIC OF
UZBEKISTAN AND ITS REGIONAL DIFFERENCES
Abstract. This article analyzes the population growth of the Republic of Uzbekistan, natural movement, fertility and factors influencing it, population migration, population size, processes of urbanization and population settlement, current and future socio-ekonomic development of the regions. The influence of demographic processes determining measures was studied.
Key words: population size, natural population growth, fertility, mortality, population structure, demographic policy, economic and social processes, labor resources, migration, population settlement, level of urbanization.
Aholi dinamikasida tabiiy o'sish muhim axamiyat kasb etadi. Tabiiy ko'payish asosida davlatlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish holati, xususan, oziq-ovqat, bolalar nisbati, kiyim-kechak, uy-joy, ishchi o'rinlari, kommunal-xo'jalik va boshqa shart-sharoitlar aniqlanadi, shuning asosida kelajak rejalari ishlab chiqiladi. Odatda, tabiiy ko'payish darajasining yuqori bo'lishi aholi sonini tez ko'payishiga olib keladi. Bunday holat o'z- o'zidan tug'ilish va o'lim
ko'rsatkichlariga, aholining jinsiy, yosh, milliy va hududiy tarkibiga, ijtimoiy, iqtisodiy hamda geografik omillar va ekologik vaziyatga bog'liq.
Aholining tabiiy o'sishi - aholi o'rtasida muayyan davr ichida sodir bo'lgan tug'ilish va o'lim xodisalari o'rtasidagi farq.
O'zbekistonda mustaqillik yillarida aholining tabiiy ko'payishida muhim o'zgarishlar yuz berdi. Bu mamlakat mustaqilligining dastlabki 33 yillik demografik nisbatida yorqinroq namoyon bo'ladi. Masalan, 1991 yilda respublika hududlarida tabiiy ko'payish har ming kishiga 28,3 promilleni tashkil etgan bo'lsa, 2023 yilga kelib bu kursatkich 21,4 promillega teng buldi. Tug'ilish koeffitsiyenti esa 34,5 promilledan 26,2 promillegacha qisqardi. Tug'ilish darajasining pasayishi nafaqat shahar aholisi, balki qishloq aholisi o'rtasida ham kuzatildi.
Albatta, bozor iqtisodiyotiga o'tish sharoitida yuzaga kelgan ijtimoiy -iqtisodiy muammolar aholining yosh, jins va milliy tarkibi, tug'ilish koeffitsiyentida ham o'z ifodasini topgan. Tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, oilalarda tug'ilgan farzandlar soni katta avloddan yosh avlodga o'tib borgan sari asta-sekin kamayib borgan. Mavjud ekologik muammolar ta'sirida bir yoshgacha bolalar o'limi va ayollarning bandlik darajasi ham tug'ilish ko'rsatkichiga ta'sir etib kelgan.
Tabiiy ko'payishning pasayish holatlari respublika mintaqalari bo'ylab o'rganilganda o'ziga xos tarzda yuzaga kelgan. Masalan, doimo respublika aholisining o'sishida yetakchi bo'lib kelgan Janubiy mintaqa (Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlari) da ko'rsatkichlarning eng yuqori darajasi kuzatiladi. Masalan, 2023 yilda respublikada eng yuqori ko'rsatkichlar - 21,4 promille Surxondaryo viloyatida, 24,4 promille bo'lsa, Qashqadaryo viloyatida 23,6 promille qayd etildi. Natijada mazkur mintaqada tabiiy ko'payish respublikaning boshqa hududlaridan yuqoriligi bilan ajralib turishda davom etmoqda. Tabiiy ko'payishning sezilarli darajada kamayishi Jizzax (2023 yilda 23,3 promille) va Samarqand (22,7 promille) viloyatlarida namoyon bo'lgan. Tabiiy kopayish ko'rsatkichi past bo'lgan Toshkent shahrida uning kamayish holati yanada yaqqol kuzatiladi. (1-jadval).
O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI VILOYATLARI AHOLI SONI VA
TABIIY O'SISHI
Hududlar Aholi soni Shahar Qishloq Aholi zichli gi Tug'ilish koeffisiye nti O'lim koeffisiy enti Tabiiy o'sish
O'zbekiston 36024,9 18370,9 17654,0 80,2 26,2 4,8 21,4
Respublikasi
Qoraqalpog'iston Respublikasi 1976,2 967,3 1008,9 11,9 21,8 4,9 16,9
Andijon 3322,7 1734,5 1588,2 772,7 26,3 4,7 21,6
Buxoro 2009,7 740,5 1269,2 50,0 22,6 4,5 18,1
Jizzax 1475,5 692,0 783,5 69,6 27,9 4,6 23,3
Qashqadaryo 3482,3 1491,6 1990,7 121,9 28,5 4,9 23,6
Navoiy 1055,5 517,1 538,4 9,5 25,2 4,0 21,2
Namangan 2997,5 1943,9 1053,6 402,9 27,8 4,5 23,3
Samarqand 4118,2 1513,0 2605,2 245,6 27,4 4,7 22,7
Surxondaryo 2806,5 1016,8 1789,7 139,6 29,4 5,0 24,4
Sirdaryo 896,6 386,4 510,2 209,5 26,3 4,8 21,5
Toshkent 2993,4 1499,5 1493,9 197,7 24,8 5,0 19,8
Farg'ona 3976,3 2264,1 1712,2 588,2 25,7 4,7 21,0
Xorazm 1958,1 647,8 1310,3 323,7 23,1 4,9 18,2
Toshkent sh 2956,4 2956,4 - 6599, 1 25,4 5,7 19,7
Jadval Statistika boshqarmasi ma'lumotlari asosida tayyorlangan
Aholining demografik holatidagi hududiy farqlar respublika mintaqalarida o'ziga xos tus olgan. Mamlakat poytaxti va Toshkent viloyatini o'z ichiga olgan Toshkent mintaqasi aholi salohiyati bo'yicha Zarafshon, Farg'onadan keyin uchinchi o'rinni band etadi. Ushbu mintaqada respublika aholisining 16,4 foizi istitsomat qiladi. Tabiiy ko'payishning o'rtacha darajasi bo'yicha Toshkent mintaqasi respublikada eng past ko'rinishga ega. Albatta, bu holatga tug'ilish va o'lim, urbanizatsiya darajasi va aholining yosh tarkibi, ayniqsa, bandlik, ma'lumotlilik darajasi kabi omillar katta ta'sir ko'rsatadi. Respublika miqyosida o'lim koeffitsiyentining eng yuqori darajasi, ya'ni 10,7 promille Toshkent mintaqasiga to'g' ri kelgan. Tug'ilish (25,1 promille) esa eng past ko'rsatkichga ega bo'lgan.
Mazkur mintaqada 4455,9 ming kishi shahar aholi punktlarida istiqomat qiladi. Natijada shahar aholisi salmog'i yuqori (74,8 foiz) va shahar aholisi soniga ko'ra respublikada eng oldingi o'rinda turadi. Birgina Toshkent shahrining o'zida respublika shahar aholisining 15,0 foizi jamlangan. Toshkent viloyatida hudud aholisining 48,8 foizi shahar aholisidan iborat bo'lib, mamlakat o'rtacha ko'rsatkichidan biroz pastroq ko'rsatkichga ega.
Ushbu mintaqaning boshqa mintaqalardan farqli tomoni maxalliy millat vakillaridan tashqari boshqa millat vakillarining salmog'i nisbatan ustunligi hisoblanadi. Ularning farzand ko'rishga moyilligini nisbatan sustligi va tashqi migratsiyaning ta'siri sababli hamda katta yoshdagilarning aholi sonida ko'pchilikni tashkil etishi ham mintaqaning tug'ilish darajasiga o'z ta'sirini ko'rsatgan. Masalan, ruslarning 46,7 foizi, ukrainlarning 44,1 foizi, beloruslarning 36,1 foizi Toshkent shahrida istiqomat qilgan, vaxolanki ruslar respublika bo'yicha shahar aholisining 22,3 foizini tashkil etgan. Tug'ilish koeffitsiyenti Toshkent shahrida 25,4 promillega, Toshkent viloyatida esa 24,8 promillega teng bo'lgan. Tabiiy o'sish koeffitsiyenti Toshkent shahrida 19,7 promillega, Toshkent viloyatida esa 19,8 promillega teng bo'lib, respublika bo'yicha tug'ilish va tabiiy ko'payishning eng past ko'rsatkichi sifatida qayd etiladi. Har ikkala hududda ham o'limning 1991-2023 yillar misolida o'rtacha darajasi bo'yicha eng yuqori ko'rsatkich kuzatiladi. Birgina 2023 yilda Toshkent shahrida o'lim koeffitsiyenti 5,7 promille, Toshkent viloyatida 5,0 promillega
teng bo'ldi. Bunga aholi tarkibida yoshlar ulushining kamligi, aksincha, katta yoshdagilarning hissasi yuqoriligi sababdir. Shuningdek, tashqi migratsiya, yuqori urbanizatsiya darajasi, aholining milliy tarkibi, industrial taraqqiyot, ekologik holatlar o'z ta'sirini ko'rsatgan. Shu tariqa Toshkent shahrida 1991-2023 yillar davomida o'sish sur'atining pasayib borishi Toshkent mintakasining o'sish sur'atiga ham ta'sir etgan. Ushbu yillarda mintaqa aholisining o'sishi ko'proq Toshkent viloyati hisobiga ta'minlangan, lekin 1995 yilga kelib aholining o'sish sur'atini pasayishida Toshkent viloyati Toshkent shahri aholisini qoplay olmagan va 99,5 foizga tushib ketgan. Albatta, shahar turmush tarzining keng yoyilishi, uy-joy va boshqa iqtisodiy muammolar xam tug'ilish darajasining kamayishiga olib kelgan. Farg'ona vodiysi respublika bo'yicha aholisi eng ko'p va zich joylashgan hudud xisoblanadi. Bu yerda 10296,5 ming kishi istiqomat kiladi (01.01. 2023) Mintaqada respublika aholisining 28,6 foizi yashagan. Shundan 9,2 foizi Andijon viloyatiga, 8,2 foizi Namangan viloyatiga, 11,1 foizi esa Farg'ona viloyatiga to'g'ri keladi. Ushbu mintaqada shahar aholisi 5942,5 ming kishi bo'lib, urbanizatsiya darajasi 57,7 foizni tashkil etgan (Andijon viloyatida 52,2 foiz, Namangan viloyatida 64,8 foiz, Farg'ona viloyatida 56,9 foiz). Vodiyda bir kvadrat kilometrga 587,9 kishi to'g'ri kelgan. Zarafshon mintakasida 2023 yilda 7183,4 ming kishi ro'yxatga olingan (respublika aholisining 20,0 foizi). 19912023 yillar tug'ilish va tabiiy ko'payishning o'rtacha darajasi bo'yicha Toshkent mintaqasidan oldinda bo'lgan. Ushbu mintaqada aholining tabiiy ko'payishi Farg'ona vodiysiga nisbatan biroz pastroq, o'limning o'rtacha darajasi esa Janubiy va Mirzacho'l mintaqasidan nisbatan pastroq ko'rinishda namoyon bo'lgan. Aholisi eng ko'p joylashgan (1998 yildan buyon) Samarqand viloyati ushbu mintaqa tarkibidadir. O'rganilayotgan davrda tug'ilish va tabiiy ko'payishning o'rtacha darajasi bo'yicha to'rtinchi o'rinda kuzatilib, aholisi tez o'sib borayotgan hudud hisoblanadi. Albatta, bunga sabab hududning o'rtacha o'lim ko'rsatkichiga egaligidir. Aholi zichligi bo'yicha Andijon, Farg'ona, Namangan va Xorazm viloyatlaridan keyingi o'rinni egallagan (245,6 kishi). Aholining qishloq joylarda tez ko'payib borayotgani ham alohida ahamiyatga ega. Samarqand viloyatida 4118,2 ming kishi, Buxoro viloyatida 2009,7 ming kishi, Navoiy viloyatida 1055,5 ming kishi (Samarqand viloyatida respublika aholisini 11,4 foizi, Buxoro viloyatida 5,8 foizi, Navoiy viloyatida 2,9 foizi) yashagan. Mintaqaning jami aholising 7183,4 ming kishi, shundan 2770,6 ming kishi shahar aholisi, urbanizatsiya darajasi 38,5 foiz bo'lib, respublikada o'rtacha ko'rsatkichdan past hudud hisoblangan. Shahar aholisi Samarqand viloyatida 36,7 foizni, Buxoro viloyatida 36,8 foizni, Navoiy viloyatida 48,9 foizni tashkil etgan. Mustaqillik yillarida respublika demografik vaziyatidagi o'zgarishlar Buxoro viloyatida o'ziga xosligi bilan ajralib turadi. Ya'ni, aholi sonining o'sish sur'ati keyingi yillarda pasayishi kuzatiladi. Viloyatda 2023 yilda 4118,2 ming kishi yashagan. Aholining o'rtacha tabiiy ko'payish darajasi yildan yilga pasayib borishi natijasida o'rganilayotgan davrda o'rtacha tabiiy ko'payish 22,7 promillega teng bo'lgan, bu daraja Namangan viloyatidan 2,5 promillega,
Andijon viloyatidan 1,8 promille va Farg'ona viloyatlaridan 0,9 promillega kam demakdir. Buni tug'ilish darajasining keskin kamayganligi va tashqi migratsiya bilan izohlash mumkin. Buxoro viloyati tug'ilish va aholining ko'payishining past darajasi bo'yicha respublika hududlari ichida Toshkent shahri va Toshkent viloyatlaridan keyingi o'rinda e'tirof etiladi. Ayni paytda o'lim darajasi bo'yicha ham quyi viloyatlar qatorida bo'lib, kuzatilayotgan davrning oxirgi yillarida o'lim darajasi 4,5 promillega teng bo'ldi. Navoiy viloyati aholisi 2023 yil holatiga 1055,5 ming kishiga teng bo'lgani holda, respublika va mintaqada aholisi kam hududlardan biri hisoblanadi. Respublika bo'yicha birgina Sirdaryo viloyati aholisidan 158,9 ming kishiga ko'p, xolos. Respublika aholisining 2,9 foizini o'z ichiga oladi. O'rganilayotgan davrda Navoiy viloyatida tug'ilish darajasining kamayishi kuzatiladi. Tug'ilish va tabiiy o'sish sur'atlari respublikaga nisbatan sezilarli past. Surxondaryo, Qashqadaryo, Jizzax viloyatlariga taqqoslansa deyarli 2,7-3,8 promillega kam ekanligi ayon b''ladi. Quyi Amudaryo mintaqasi 19912023 yillar orasidagi tug'ilish va tabiiy ko'payishning o'rtacha darajasi (Toshkent va Mirzacho'l mintaqasidan keyin) va o'limning o'rtacha ko'rsatkichining yuqoriligi (Toshkent mintaqasidan keyin) bilan ajralib turgan. Bu holat ushbu hududda bolalar o'limining nisbatan ko'pligi bilan izohlanadi. Aholisi 3934,3 ming kishiga teng bo'lib, respublika aholisining 11,2 foizni tashkil etgan. Ushbu mintaqani Farg'ona vodiysi bilan solishtirganda tabiiy ko'payishning o'rtacha darajasi bo'yicha 0,3 promillega, o'limning o'rtacha darajasi bo'yicha 0,4 promillega yuqori bo'lgan. Aholining zichligi kam (20,8 kishi) bo'lgan hudud hisoblangan. Qoraqalpog'iston Respublikasi aholisi 1976,2 ming kishiga teng. O'zbekiston Respublikasining yuqori ma'muriy hududiy tuzilmalari orasida urbanizatsiya darajasi bo'yicha nisbatan yuqori toifadagi mintaqa hisoblanadi. Shaharlarda 967,3 ming (48,9 foiz), qishloqlarda 1008,9 ming aholi yashagan. Qoraqalpog'iston Respublikasida aholi zichligi o'ta past, atigi 11,9 kishi to'g'ri keladi. Xorazm viloyatida esa aksincha, aholi zichligi yuqori, 323,7 kishini tashkil etadi. Mintakadagi demografik o'zgarishlarning asosiy sabablari tug'ilishning kamayishi bilan birga, aholining ijtimoiy- iqtisodiy va ekologik yashash sharoitiga ham bog'liq bo'ldi. Quyi Amudaryo mintaqasining urbanistik tarkibi ham o'ziga xos. Ushbu mintaqadagi Xorazm viloyatida respublika aholisining 5,5 foizi, ya'ni 1958,1 ming kishi istiqomat qilgan. Shahar aholisi 647,8 ming kishini tashkil etsa, qishloq aholisi esa 1310,3 ming kishidan iborat bo'lib, respublika bo'yicha urbanizatsiya darajasi past hududlar tarkibidadir. Aholi zichligi har kvadrat kilometrga 323,7 kishidan to'g'ri kelgan va Andijon, Farg'ona, Namangan viloyatlaridan keyingi o'rinda turadi. Sirdaryo va Jizzax viloyatlarini o'z ichiga olgan Mirzacho'l mintaqasida 2372,1 ming kishi joylashgan bo'lib, respublika aholisining 6,5 foiziga teng bo'lgan. Shahar aholisi 1078,4 ming kishi bo'lib, urbanizatsiya darajasi (45,5 foiz) respublika darajasidan past bo'lgan. Sirdaryo viloyatida 896,6 ming aholi yashagan, bu respublika aholisining 2,5 foizi bo'lib, respublikada aholi salmog'i eng kam hudud hisoblangan. Aholining tug'ilish koeffitsiyenti 26,3 promille, tabiiy ko'payish koeffitsenti 21,5
promillega teng bo'lgan. Tug'ilish, tabiiy ko'payish va o'limning o'rtacha darajasi bo'yicha o'rta toifadagi hudud sifatida e'tirof etilgan. Shuni aytib o'tish kerakki, mustaqillikning dastlabki yillarida ushbu hudud o'lim ko'rsatkichida to'rtinchi o'rinda edi. Janubiy mintaqada aholi soni 6288,8 ming kishiga teng bo'lib, Surxondaryo viloyatida 2806,5 ming kishi, Qashqadaryo viloyatida 3482,3 ming kishi istiqomat qilgan. Ushbu mintaqada respublika aholisining 17,3 foizi yashagan. Hududda shahar aholisi 2508,4 ming kishi, qishloq aholisi 3780,4 ming kishi bo'lib, respublikada urbanizatsiya darajasi nisbatan past ko'rsatkichga ega mintaqa hisoblangan.1991-2023 yillar aholi ko'payishi respublika hududlariga nisbatan eng yuqori daraja kuzatilib, bu qishloq aholisining tabiiy ko'payish ko'rsatkichini yuqoriligi bilan izohlanadi. Masalan, Janubiy mintaqada tug'ilishning o'rtacha darajasi (birinchi) yuqori va o'limning o'rtacha darajasi (oxirgi o'rinda) nisbatan past bo'lganligi uchun respublika bo'yicha tabiiy ko'payishning eng yuqori darajasiga erishgan. Surxondaryo viloyati yuqorida aytib o'tilganidek, tug'ilish va tabiiy ko'payish darajasi bilan respublikada eng yuqori darajasiga ega bo'lgan. Qashqadaryo viloyati esa respublikada ikkinchi o'ringa to'g'ri keladi. Urbanizatsiya darajasi o'rganilganda Qashqadaryo (42,8 foiz) va Surxondaryo (36,2 foiz) viloyatlarida respublikada eng past ko'rsatkich kuzatiladi, ya'ni qishloq aholisining salmogi bo'yicha Surxondaryo viloyati respublikada Xorazm viloyatidan keyingi yetakchi hududdir. Xulosa shuki, tug'ilish va tabiiy ko'payish yuqori bo'lgan hududlar Janubiy, Quyi Amudaryo va Mirzacho'l mintaqalari hisoblanadi. Kuzatilayotgan davrda respublikada aholining tabiiy ko'payish darajasi ta'sir etuvchi omillar natijasida o'zgarib borgan. Tabiiy ko'payish 1991 yilda eng yuqori ko'rsatkichga ega bo'lgan va qariyb 600 ming kishini tashkil qilgan. Yuqoridagi holat respublikaning shahar va qishloqlariga ham taalluqli bo'lgan va keyingi yillarda asta-sekin pasayib borgan60.
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:
1. Буриева М.Р. Узбекистонда оила демографияси. -Тошкент: Университет, 1997. -Б.132.
2. Естественное движение населения Республики Узбекистан. Статистический сборник. Госкомстат Узбекистана. -Ташкент, 2006.
3. Розимова Ё. Узбекистонда урбанизация жараёнлари (Хоразм вилояти ва КоракалпоFистон Республикаси мисолида. 1991-2007 йй). Тарих. фан. ном. дисс автореф. -Тошкент, 2010.
4. Узбекистонда ижтимоий ривожланиш ва турмуш даражаси. - Тошкент, 2017. Узбекистон худудларининг йиллик статистик туплами. - Тошкент, 2017.
5. Узбекистон демографик йиллик туплами. - Тошкент, 2022
6. Численность населения Узбекистана. Статистический сборник. -Ташкент, 2007.
60Естественное движение населения Республики Узбекистан. Стат. сбор. -Ташкент, 2006. -С.95.
7. Murodova D.S. Boymurodov S. Городские резиденции Кашкадарьинской области и изменения их местоположения. "Экономика и социум" №5(96) 2022.
8. Murodova D.S.Основные особенности демографической ситуации в Кашкадарьинской области. Экономика и социум" 1 (92) 2022. c/ 72-78
9.Murodova D.S Характеристика природного населения Кашкадаринской области. Экономика и социум" 4 (83) 2021.226-230 b
10. Murodova D.S. Qashqadaryo viloyati aholi joylanishining iqtisodiy geografik xususiyatlari. Международная научно-практическая конференция "проблемы и перспективы комплексных географических исследований в Аральском регионе и ^предельных территориях" Нукус, 15-16 мая 2018 года, 336-339 b
11. Салиев А.А., Файзуллаев М.А. Социально-экономическое развитие Республики Узбекистан за годы независимости. - Социально-экономическая география: Вестник ассоциации Российских географов -обществоведов. №2. Ростов-на-Дону, 2013. - 131-143 с.
12. Файзуллаев М.А., Муродова Д.С. Ax^ra усиш динамикасини урганишнинг илмий-услубий асослари // Электронное научно-практическое периодическое издание. Экономика и социум №2 5(108), 2023. - C.-1162-1175