Научная статья на тему 'QISHLOQ AHOLI PUNKTLARI KENGAYISHIGA TA’SIR QILUVCHI OMILLARNING KARTOGRAFIK TAHLILI'

QISHLOQ AHOLI PUNKTLARI KENGAYISHIGA TA’SIR QILUVCHI OMILLARNING KARTOGRAFIK TAHLILI Текст научной статьи по специальности «Строительство и архитектура»

CC BY
109
23
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
AHOLI PUNKTLARI / QISHLOQ / GIS TAHLIL / KARTOGRAFIK YONDASHUV / EKSTRAPOLYATSIYA / DEMOGRAFIYA / DINAMIKA

Аннотация научной статьи по строительству и архитектуре, автор научной работы — Gulimmmatov I.B., Allaberganov Yu.O., Matyoqubov M.M.

Ushbu kichik ilmiy tadqiqotda Xorazm viloyati Urganch tumani Chandirqiyot qishlogʻi hududiy kengayishi kadastr ma’lumotlari, GIS texnologiyalari asosida kartografik tahlil qilindi. Aholi punktlari hududiy dinamikasiga demografik, iqtisodiy-ijtimoiy, siyosiy va adminstrativ (ma’muriy) qonunchilik omillarining ta’siri oʻrganildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

CARTOGRAPHIC ANALYSIS OF FACTORS INFLUENCING THE EXPANSION OF RURAL SETTLEMENTS

In this research work, a cartographic analysis based on cadastral data, GIS technology of the territorial expansion of Chandirqiyot village, Urgench district of Khorezm region. The influence of demographic, socio-economic, political and adminstrative factors on the regional dynamics of settlements was studied.

Текст научной работы на тему «QISHLOQ AHOLI PUNKTLARI KENGAYISHIGA TA’SIR QILUVCHI OMILLARNING KARTOGRAFIK TAHLILI»

DOI 10.46566/2225-1545_2022_1_96_61 УДК 914-919

Gulimmmatov I.B. o 'qituvchi Allaberganov Yu.O.

o(qituvchi Matyoqubov M.M.

talaba

Urganch Davlat Universiteti

QISHLOQ AHOLI PUNKTLARI KENGAYISHIGA TA'SIR QILUVCHI OMILLARNING KARTOGRAFIK TAHLILI

Annotatsiya. Ushbu kichik ilmiy tadqiqotda Xorazm viloyati Urganch tumani Chandirqiyot qishlog'i hududiy kengayishi kadastr ma'lumotlari, GIS texnologiyalari asosida kartografik tahlil qilindi. Aholi punktlari hududiy dinamikasiga demografik, iqtisodiy-ijtimoiy, siyosiy va adminstrativ (ma'muriy) qonunchilik omillarining ta 'siri o 'rganildi.

Kalit so'zlar: aholi punktlari, qishloq, GIS tahlil, kartografik yondashuv, ekstrapolyatsiya, demografiya, dinamika.

Gulimmmatov I.B.

teacher Allaberganov Yu.O.

teacher Matyoqubov M.M.

student

Urgench State University

CARTOGRAPHIC ANALYSIS OF FACTORS INFLUENCING THE EXPANSION OF RURAL SETTLEMENTS

Annotation. In this research work, a cartographic analysis based on cadastral data, GIS technology of the territorial expansion of Chandirqiyot village, Urgench district of Khorezm region. The influence of demographic, socio-economic, political and adminstrative factors on the regional dynamics of settlements was studied.

Keywords: settlements, rural, GIS analysis, cartographic approach, extrapolation, demography, dynamics.

Kirish. Hozirda Jahon aholisining 40% dan ortiq qismi qishloq aholi punktlarida istiqomat qiladi. Rivojlangan mamlakatlar aholisining 60-70% foizidan ortig'i shaharlarda istiqomat qilsa, rivojlanayotgan va qoloq

mamlakatlarda xuddi shuncha aholi qishloqlarda istqomat qilmoqda. Qishloqlar - jamiyat hayotida asosiy xom-ashyo va oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib beruvchi markaz sifatida qaraladi. Shu boisdan, qishloq aholi punktlarini sanoat va shaharlar rivojlanishining asosiy omili deyish mumkin.

Rivojlanayotgan davlatlarning aksariyatida iqtisodiyot tarmoqlari agrar va agrar-industrial xarakterga ega bo'lganligi sababli, aholi asosan qishloqlarda istiqomat qiladi. Agrosanoat majmuasi rivojlangan davlatlarda esa aholi asta sekin shahar atrofi va shahar tipidagi posyolkalarga ko'chib borishini ham ko'rish mumkin. Masalan, O'zbekiston iqtisodiyoti so'ngi yillarda agrosanoat tarmoqlari rivojlanishi hisobiga YIM dagi sanoat mahsulotlari ulushi 32% dan oshdi (2021-yil). Sanoatning rivojlanishi qishloq aholi punktlari rivojiga ham ijobiy ta'sir ko'rsatgan holda shaharcha va shahar tipidagi posyolkalarni shakllanishiga zamin yaratadi. Xususan, O'zbekistonda shahar aholisining deyarli yarmi shaharchalar va shahar tipidagi posyolkalarda istiqomat qiladi. Respublikaning barcha hududlarida tabiiy sharoit, iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanish bir xil bo'lmagani holda urbanizatsiya darajasida ham tafovutlar mavjud. Respublika shimoli-sharqiy va sharqiy viloyatlariga jami aholining 2/3 qismi, yalpi ichki mahsulotning esa 80% dan ortig'i, jami shahar aholisining esa 85% ga yaqini to'g'ri keladi. Shimoli-g'arbiy hududda joylashgan Xorazm viloyatida jami aholining 5,5%i istiqomat qilgani holda YIM dagi ulushi 3,5% ni, urbanizatsiya darjasi esa 33%ni tashkil qiladi. Xorazm viloyatida urbanizatsiya darajasi respublika bo'yicha eng past bo'lishiga asosiy sabab, aholining qishloq xo'jaligi faoliyati bilan shug'ullanishi hamda shahar infrastrukturasi va sanoat tarmoqlarining nisbatan sust rivojlanganligi bilan bog'liq.

Bugungi kunda viloyatda 550 ta qishloq aholi punktlari mavjud bo'lib, 350 mingdan ortiq oilalar va 200 mingdan ortiq yakka tartibdagi uy-joylar mavjud. Aholi soni yillik 1,7-1,9% ga yoki 32 ming kishiga o'sib borishi natijasida aholi punktlarining hududi 1,2-1,4% ga kengaymoqda. Aholi punktlari kengayishi bilan qishloq xo'jaligi ekin yer maydonlari qisqarishi, ish o'rinlari bilan ta'minlash, infrastrukturaga bosimning ortishi hamda oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlashda vujudga kelishi mumkin bo'lgan potensial muammolar mavjud.

Ma'lumot to'plash va metodologiya: Tadqiqot ob'ekti sifatida Xorazm viloyati Urganch tumani Chandirqiyot qishlog'i olindi. Ushbu qishloq aholi soni ortishi bilan hududiy kengayishi o'rtasidagi bog'liqlik va iqtisodiy-ijtimoiy omillarning ta'sirini tahlil qilish ishning predmeti sifatida belgilandi.

1-rasm. Aholi punktlarini tadqiq qilish metodologik sxemasi.

Ilmiy ishni olib borishda Davlat statistika boshqarmasi, Kadastr ma'lumotlari, Mahalla va oilani qo'llab quvvatlash boshqarmasi, arxiv hamda

Qishloq aholi punktlan Hududiy kengayishiru tahlil qilish

Davlat kadastr boshqarmasi ma'lumotlari

-d

Google Earth, OSM (Open street map) ma'lumotlaridan foydalanildi. Qishloq aholi punktlari kadastr ma'lumotlari Arcmap dasturida raqamlashtirildi va ularning geometrik hududi atribut ma'lumotlari asosida aniqlandi. Geografik asos elementlari OSM, Google Earth ma'lumotlari asosida shakllantirildi. Tadqiqot ishini bajarishda kartografik va GIS tahlil, ekstrapolyatsiya, statistik tahlil kabi metodlardan foydalanildi.

Natijalar va muhokamalar. Xorazm viloyati Urganch tumanida joylashgan Chandirqiyot qishlog'i 41°30,-41°3r sh.k. va 60°38,-60°40,shq.u. koordinatalarida joylashgan bo'lib, qishloq hududida Kulovot kanali va temiryo'l o'tgan. Qishloq XX asrning 1-yarmida sug'orma dehqonchilik negizida shakllangan. Hozirgi kunda Qishloq hududida 5 ta mahalla, 10 dan

ortiq kichik korxona va hunarmandchilik ob'ektlari va 20 dan ortiq xizmat ko'rsatish muassasalari mavjud. Qishloq aholisi soni jami 14552 kishi (2021-yil) bo'lib, yillik o'sish 1,3-1,5%ni tashkil qiladi. Qishloq hududida aholi uy-joy ob'ektlari 3602 tani tashkil qiladi.

2-rasm. Chandirqiyot aholi punktlari kengayishi karta sxemasi.

Aholi soni o'sishi bilan qishloq hududida yangi uy-joylarga bo'lgan ehtiyoj ham ortib bormoqda. Taqqoslash uchun 1980-yil qishloq aholisi 5790 kishi, uy-joylar esa 972 tani tashkil qilgan bo'lsa, 2022-yilga kelib aholi soni 2,5 marta, uy-joylar soni esa 3,7 marta ortganligini ko'rish mumkin. Bu so'ngi 40 yillik dinamika bo'lib, uy-joylar qurilishi o'sish dinamikasi asosan 2009-yildan keyingi "Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili" dasturi doirasida qurilgan namunali uy-joylarga to'g'ri keladi. Bundan tashqari, aholi punktlari kengayishiga aholiga uy-joy qurish uchun ajratilgan yerlar maydoni qisqarishi ham ta'sir ko'rsatgan. Masalan, 1998-yilgacha uy-joy qurilishi uchun 1300 m2, 1998-yildan keyin esa 600 m2, hozirgi kunga kelib esa Elektron auksion orqali 400 m2 dan yer berilishi uy joylar hududiy kengayish intensivligiga ta'sir ko'rsatmoqda.

Qishloq aholi punktlari kengayishini tahlil qilishda demografik omillar asosiy faktor sifatida o'rganildi (2-rasm). Kartografik tahlil kadastr ma'lumotlari va Google Earth hamda OSM manbalari asosida olib borildi (3-rasm). Tadqiqot natijasida tuzilgan kartadan ko'rish mumkinki, XX asrning so'ngi choragida aholi soni o'sish dinamikasi uy-joylar hududiy kengayishidan ancha yuqori bo'lgan.

3-rasm. Chandirqiyot qishlog'i kosmik surati. Manba: Google Earth

XXI asrning dastlabki choragida esa uy-joylar qurilishi ortishi, aholining tabiiy o'sishi pasayishi natijasida ular o'rtasidagi tafovut deyarli qolmagan. Shunga qaramasdan, aholining uy-joyga bo'lgan juda katta ehtiyoji natijasida noqununiy qurilishlar juda ko'p kuzatilayotganligini ko'rish mumkin.

Xulosa. Tadqiqot natijasida aholi punktlari hududiy kengayishiga ta'sir qiluvchi omillar sifatida yer resurslari, demografik, iqtisodiy-ijtimoiy, siyosiy (qonunchilik), korrupsiya (ma'muriy huquqbuzarlik) kabi omillarni ko'rsatish mumkin. Rivojlanayotgan davlatlar qatori O'zbekistonning ham ko'plab voha hududlarida qishloqlar asosan chiziqli va doiraviy shaklda kengayib, ba'zan bir necha qishloqlarning qo'shilib ketish holatlari kuzatiladi.

Xorazm vohasida aholi punktlari hududiy kengayishiga iqtisodiy-ijtimoiy omillarga qaraganda demografik omillar ta'siri kuchli ekanligini kuzatish mumkin. Chunki, viloyat aholisining urbanizatsiya darjasi 32% dan ortiq, YIM dagi ulushi esa 3,5 % atrofida xolos, sanoat mahsulotidagi ulushi esa 3% ga ham yetmaydi. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, yangi aholi punktlari sanoat (ishlab chiqarish) negizida emas, balki, demografik ehtiyoj natijasida shakllanib bormoqda.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Л.Х.Гуломова Ахоли жойлашувини аерокосмик материаллар асосида урганиш. Методик кулланма. Т: 1991

2. Солиев А. Узбекистан географияси. - Т.: Университет, 2014. 404 б.

3. Солиев А., Назаров М., бурбонов Ш. Узбекистон худудлари ижтимоий -иктисодий ривожланиши. -Т.: "Мумтоз суз", 2010. 348 б.

4. Mirzaliyev T., Safarov E., Egamberdiyev A., Qoraboyev J. "Kartashunoslik" - Darslik, T. 2012. 240 б.

5. Avezov S.A., Gulimmatov I.B., Normetov S. Urganch shahri hududiy kengayishini tahlil qilishda geografik axborot tizimlaridan foydalanish imkoniyatlari. "Янгиланаётган Узбекистонда география: фан, таълим ва инновация" Республика илмий-амалий конфренцияси материаллари. Тошкент, 15-декабр 2021.

6. https://www.sciencedirect.com/science/article/pii/S2226585622000243#:~:te xt=The%20results%20of%20the%20study,in%20Gondar%20city%20of%20Eth iopia.

7. https://stat.uz/uz/rasmiy-statistika/national-accounts-2

8. https://www.openstreetmap.org/

9. https://desktop.arcgis.com/ru/arcmap/ 10.5/get-started/setup/arcgis-desktop-quick-start-guide.htm

10. https: //www.google.com/intl/ru/earth/

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.