Научная статья на тему 'UMUMIY O’RTA VA O’RTA MAXSUS TA’LIM TIZIMI FIZIKA KURSI MAZMUNINI UZVIYLIGI VA UZLUKSIZLIGINI TA’MINLASHNING METODIK ASOSLARI'

UMUMIY O’RTA VA O’RTA MAXSUS TA’LIM TIZIMI FIZIKA KURSI MAZMUNINI UZVIYLIGI VA UZLUKSIZLIGINI TA’MINLASHNING METODIK ASOSLARI Текст научной статьи по специальности «Физика»

CC BY
150
34
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
ta’lim / fizika / qobilyat / qiziqish / uzviylik / o’zlashtirish / tadbiq qilish.

Аннотация научной статьи по физике, автор научной работы — O’G’Iloy Muxtorovna Rahmonova

Ta’lim tizimini modernizatsiyalashda uzluksizlik va uzviylik tamoillarining ustivorligini ko’rsatib berish ta’limni ana shu talablar asosida tashkil etish ,ta’lim mazmuni va maqsadlari orasidagi uzviylikni ta’minlashni pedagogic va didaktik nuqtai-nazardan asoslash.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «UMUMIY O’RTA VA O’RTA MAXSUS TA’LIM TIZIMI FIZIKA KURSI MAZMUNINI UZVIYLIGI VA UZLUKSIZLIGINI TA’MINLASHNING METODIK ASOSLARI»

UMUMIY O'RTA VA O'RTA MAXSUS TA'LIM TIZIMI FIZIKA KURSI MAZMUNINI UZVIYLIGI VA UZLUKSIZLIGINI TA'MINLASHNING

METODIK ASOSLARI

O'g'iloy Muxtorovna Rahmonova

BuxDU "Fizika -matematika" fakulteti talabasi

ANNOTATSIYA

Ta'lim tizimini modernizatsiyalashda uzluksizlik va uzviylik tamoillarining ustivorligini ko'rsatib berish ta'limni ana shu talablar asosida tashkil etish ,ta'lim mazmuni va maqsadlari orasidagi uzviylikni ta'minlashni pedagogic va didaktik nuqtai -nazardan asoslash.

Kalit so'zlar: ta'lim, fizika, qobilyat, qiziqish, uzviylik, o'zlashtirish, tadbiq

qilish.

Yangilangan fizika ta'limi tizimini yaratishda asosiy maqsad:amaldagi umumiy o'rta ta'lim maktablari ,akademik litsey va kasb -hunar kollejlari fizika ta'limini uzviyligini ta'minlashni nazarda tutadi.agar yaqin yillar ichida ushbu ta'lim muassasalarida fizika ta'limi rivojlangan mamlakatlarta'lim darajasiga olib chiqilmasa 5-10 yil ichida respublika sanoat korxonalari ushbu fanlardan yetarli bilimlarga ega bo'lmagan kadrlarga duch kelib qolishlari ehtimoldan holi emas.

Respublikamizning umumiy o'rta ta'lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kellejlarida fizika ta'limi o'qitilishi samaradorligini aniqlsh maqsadida o'tkazilgan nazorat ishlari ,suhbatlar,oliy o'quv yurtlariga kiruvchi talabalarni test sinovi natijalari tahlili quyidagilarni ko'rsatadi:

-ta'lim oluvchilar tomonidan o'quv materialini o'zlashtirish ,uni amaliyotga tatbiq etish darajasi pasayib borayotganligi;

-ularni fizikani o'rganishga qiziqishlarisusayib ,bilim olish,ko'nikma va malakalari darajasi past saviyada ekanligi;

-ta'lim oluvchilar fizika ta'limi mazmunining nazariy masalalarini amaliyotga mustaqill qo'llay olmasliklari;

-dunyoqarashlari tor bo'lib yaxlit bo'lmagan tushunchalardan iborat bo'lib qolayotganligi juda achinarli holdir.

Shu tufayli ushbu ta'lim muassasalarida fizika o'qitilish samaradorligini oshirish va takomillashtirish bo'yicha keng qamrovli ishlar amalga oshirilayotgan bo'lsa -da ,ta'lim oluvchilarning faolligini oshirgan holda ularning aql zahirasidagi bilimlar doirasini chuqurlashtirish va pedagogic texnologiyalarni joriy qilib, yangi imkoniyatlarga tayanuvchi uzluksiz o'qitish usullarini joriy etish hozirgi davrning muhim talablarini biri bo'lib qolmoqda.

Amaldagi dasturda ta'lim oluvchilarni yosh psixologik va fiziologik xususiyatlari e'tiborga olinmagan.Hamma ta'lim oluvchilarni fizikaning o'rganishga bir xilda qiziqmasliklari e'tiborga olinmagan.

Umumiy o'rta ta'lim maktablari,akademik litsey va kasb- hunar kollejlari yangilangan fizika ta'limining ahamiyati jamiyatda fizikaning ahamiyatini oshib borishi, fan-texnika taraqqiyoti rivojlanishida hal qiluvchi ta'siri ,shuningdek fan, madaniyat, texnika va texnologiyalarning zamonaviy yutuqlari haqida umumiy ma'lumot ,hamda ishlab -chiqarish sohalarida va kundalik hayotda tutgan o'rni bilan belgilanadi.

Shu sababli jahonda axborot texnologiyalari jadal sur'atlar bilan rivojlanib ,takomillasib borishiga asosiy e'tiborni qaratish zarur.Ushbu ta'lim muassasalarida uzviylashtirilgan fizika ta'limi orqali ta'lim oluvchilar ilmiy dunyoqarashini ,mantiqiy fikirlay olish qobilyatini ,o'z-o'zini anglash salohiyatini shakllantirish va o'stirish ,ta'lim oluvchilarda milliy va umuminsoniy qadriyatlarni tarkib toptirish hamda ijtimoiy hayotlari va ta'lim olishni davom ettirishlari uchun zarur bo'lgan bilimlar o'rgatilishi zarur.

Majburiy ta'lim muassasalari barcha bosqichlarida fizika ta'limi muntazam o'qitilishi lozim. Bunda asosiy e'tiborni umumiy o'rta ta'lim maktablari bosqichi fizika ta'limi mazmuni va tarkibiy tuzilishidagi uzviylikga qaratish zarur.

Fizika ta'limi umumiy o'rta ta'lim maktablari,akademik litsey va kasb -hunar kollejlari ta'lim oluvchilari uchun uzluksiz bo'lishi uchun barcha ta'lim oluvchilar o'rganadigan o'quv materiallari ularga 2-3 usulda bayon qilinishi maqsadga muvofiqdir.

Yuqoridagi ta'lim muassasalari yangilangan fizika ta'limi mazmuni oldiga qo'yilgan dolzarb vazifalari amalga oshirish uchun ta'lim oluvchilarni kasbiy mahoratlarini oshiradigan ,insoniyat kamoloti,hayotning rivoji,texnik va texnologiyaning takomillashib borishi asosida o'qitilishiga bo'lgan talablarni hisobga olgan holda zarur bo'lgan materiallar kiritilishi kerak.

Uzluksiz ta'limni ta'minlovchi o'quv materialiga qo'yiladigan talablar

O'quv materiallarini bayon qilish usullari

Birinchi usul

O'quv materiali mazmuni,turlari

Tabiyat va jamiyatning umumiy rivojlanish qonuniyatlari asosida fizikaviy qonuniyatlarni soda

TiiviVa_fa ni (T a_nivinin^Vii_ta'lim

Fizika o'quv materiali o'ta qobilyatli va iqtidorli ta'lim oluvchilarga mo'ljallangan bo'lishiga. e'tibor qaratish.

Hozirgi kunda turli akademik litseyva kab-hunar kollejlari fizika ta'limi mazmuni qanday o'qitilishi lozimligini e'tiborga olishi lozim.Ammo tabaqalashtirish deganda umumiy o'rta ta'lim maktablari ,akademik litsey va kasb-hunar kollejlari ta'lim mazmunida umumiylik g'oyasidan voz kechish degani emas. Shuning uchun fizikaga qiziquvchan va uni chuqur o'rganuvchi ta'lim oluvchilarga bu kursni chuqurroq tushinishlari uchun zarur imkoniyatlar yaratilib berilishi lozim.O'rganiladigan fizik hodisa ,qonun va formulalarni kengaytirish yoki ko'paytirish hisobiga emas ,balki faqatgina o'quv materialini chuqur mulohazali tushunish va o'rganish hamda o'quv materialini mustaqil adabiyotlardan foydalanib chuqurroq o'rganish uchun darsliklarda ta'lim oluvchilar qo'shimcha o'qishlari uchun materiallarni berilshi asosida davr talabiga mos pedagogic texnologiyalarni qo'llash hisobiga erishish mumkin.

Umumiy o'rta ta'lim maktablari,akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida umumiy fizika kursidan maxsus tanlab olingan o'quvmaterialining uncha hajmi katta bo'lmagan bo'limi o'rganiladi.O'quv materialining kengligi shundan iboratki,o'rganish jarayonida ko'pgina pedagogic vazifalar amalga oshirilishi zarur.Shuning uchun ,ushbu ta'lim muassasalari fizika ta'limi o'quv materiali tanlayotganda birinchi navbatda asosiy e'tiborni quyidagi fikrlarga qaratishi maqsadga muvofiqdir: -pedagogik maqsadga muvofiqligi; -amaliy ahamiyati;

-tanlangan materialni ta'lim oluvchilar uchun tushunarli darajada bayon qilish. Bu keltirilgan dalillar birinchi navbatdagi mulohazalar bo'lib ,bundan boshqa muhim fikr -mulohazalar ham mavjud.

Pedagogik maqsadga muvofiqligiga:

-o'quv materialining umumiy ta'lim ahamiyati,ya'ni ta'lim oluvchilarning ilmiy dunyoqarashini va mantiqiy fikirlay olish qobilyatini rivojlantirish;

-ta'lim oluvchilarga fizik fani metodlari va fizikaning fizikaning asosiy tushuncha kattalik va qonunlariga oid bilimlarni tushuntirish;

-ularda milliy umuminsoniy qadriyatlarni hamda o'z-o'zini anglash salohiyatini shakllantirish va o'stirish kabilar kiradi.

REFERENCES

1.Yo'ldoshev J. ,Usmonov S. Pedagogik texnologiya asoslari.-T., "0'qituvchi",2004. 2.Saidahmedov N. Yangi pedagogic texnologiyalar.-T.:"Moliya",2003.

3.Ziyomuhammedov B.,M.Tojiyev .Pedagogik texnologiya-zamonaviy o'zbek milliy modeli.Toshkent " Lider press" 2009.

4.Nuriddinov B." Kasb ta'lim o'qituvchilari malakasini oshirishda faol o'qitish metodlaridan foydalanishning ilmiy pedagogic asoslari" Nomzodlik dissertatsiyasi.-T.,2002

5.Uzoqova G.S., Tursunov.Q.SH., Qurbonov M. Fizika o'qitishning nazariy asoslari.-T., O'zbekiston 2008.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.