Научная статья на тему 'XORIJ DAVLATLARINI TA’LIM TIZIMI (AQSH, YAPONIYA, GERMANIYA MISOLIDA)'

XORIJ DAVLATLARINI TA’LIM TIZIMI (AQSH, YAPONIYA, GERMANIYA MISOLIDA) Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
35710
2402
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
AQSH / Germaniya / Yaponiya / Buyuk Britaniya / Talim jarayoni / ta'lim bosqichlari / BMT / Yunesko / Yunisef / boshlang'ich ta'lim / o'rta ta'lim / magistratura / doktorantura 2yillik ta'lim / 9 yillik ta'lim / 11 yillik ta'lim va h.k

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Madina Fazliddin Qizi Zikirjonova

Ushbu maqolada Aqsh, Germaniya hamda Yaponiyadagi ta'lim tizimi kundan kunga o'zgarib borayotgan ta'lim jarayoni haqida ma'lumot beradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «XORIJ DAVLATLARINI TA’LIM TIZIMI (AQSH, YAPONIYA, GERMANIYA MISOLIDA)»

XORIJ DAVLATLARINI TA'LIM TIZIMI (AQSH, YAPONIYA, GERMANIYA

MISOLIDA)

Madina Fazliddin qizi Zikirjonova

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat O'zbek tili va adabiyoti universiteti talabasi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada Aqsh, Germaniya hamda Yaponiyadagi ta'lim tizimi kundan kunga o'zgarib borayotgan ta'lim jarayoni haqida ma'lumot beradi.

Tayanch so'zlar AQSH, Germaniya, Yaponiya, Buyuk Britaniya, Talim jarayoni, ta'lim bosqichlari, BMT, Yunesko, Yunisef, boshlang'ich ta'lim, o'rta ta'lim, magistratura, doktorantura 2yillik ta'lim, 9 yillik ta'lim, 11 yillik ta'lim va h.k

Jahonning yuksak darajada taraqqiy etgan davlatlarida ta'lim-tarbiya ishlarining yo'lga qo'yilishi, maktablarda amalga oshirilganini o'rganish orqali biz mustaqil respublikamiz milliy ta'lim tizimlarini yangitdan tashkil qilishda, ta'lim-tarbiyada, maktab ishini tashkil etishda eskirib, o'z dolzarbligini yuqotib borayotgan faoliyat shakllari va usullaridan tezroq halos bo'lish, uni munosib tarzda yangilashda qo'shimcha boy manbalarga xam ega bo'lamiz. Zotan, xozirgi zamon ta'limida davlat va jamiyat talabi hamda manfaatlari aks etib turishi kerak.

Ilmiy-texnika taraqqiyoti, yangi texnologik revolyutsiya sharoitida muvaffaqqiyatli faoliyat ko'rsata oladigan jamiyat azolarini yetishtirib berish, yosh avlodni kasb-hunarga yo'naltirish hamda o'rta ta'limning ko'p variantli uchinchi bosqichini joriy etish, ta'lim-tarbiya berishda eng ilg'or pedagogik vositalarni qo'llash, ta'limda tashabbuskorlik va ijodkorlikka keng yo'l ochish, uning eng maqbul tizimlari ni yaratish kabi jahon tajribalarini o'rganish maqsadga muvofiqdir.

Bugungi kunda keng ko'lamdagi isloxotlarni uz boshidan kechirayotgan bizning ta'limimiz uchun bu katta ahamiyatga ega. Keyingi yillarda jahon ta'limi bo'yicha ko'pgina maqolalar, broshyuralar, qo'llanmalar chop etildi, unga bag'ishlab seminarlar, anjumanlar, o'qishlar, uchrashuvlar o'tkazildi. Bu bizning ta lim tizimimizda, chet ellarda o'quv-tarbiya ishlarining yo'lga qo'yilishiga e'tibor va qiziqishning tez sur'atlar bilan o'sib borayotganligidan dalolatdir. Xalq ta'limi tizimlarida jahon ta'lim tizimini o'rganish bilan shug'illanuvchi muassasalar xam tashkil topmoqda. Jahon ta'limi tizimlaridan bizning mutaxassislarni voqif qilishda BMTning O'zbekistondagi vakolatxonasi, elchixonalar, AQSHning Tinchlik Korpusi mutaxassislari, Germaniya xalqaro rivojlanish fondi, AKSELS markazi, Adenauer jamg'armasi, Fransiya madaniyat markazi, Britaniya Kengashi, Gyote instituti, YuNESKO va YuNISEFning vakolatxonalari va boshqa ko'plab tashkilotlar yaqindan yordam bermoqdalar. Darhaqiqat, rivojlangan xorijiy davlatlarda ta'limning, mamlakat ichki siyosatiga faol

tasir etadigan ijtimoiy jarayon ekanligi, e'tirof qilingan haqiqatdir. Shu tufayli ham chet mamlakatlarida maktab ehtiyojini iqtisodiy taminlashga ajratilayotgan mablag' miqdori yildan-yilga oshib bormoqda.

Rivojlangan mamlakatlarda pedagogik tadqiqotlarni amalga oshiradigan ko'p sonli ilmiy muassasalar ishlab turibdi. Germaniyada ularning soni 2 mingdan ortiq. Fransiya, AQSh, Yaponiya talim-tarbiya nazariyasi muammolari bilan yuzlab davlat va xususiy tashkilotlar, universitetlar, pedagogik tadqiqot markazlari shug'ullanmoqdalar. Ular faoliyatini esa xalqaro talim markazlari, masalan, AQSHda xalqaro talim instituti muvofiqlashtirib bormoqda. Ko'pchiligining faoliyati o'quv dasturini takomillashtirish va qayta qurishga qaratilgan.

80-yillardan boshlab Buyuk Britaniyada ham o'rganilishi majburiy bo'lgan fanlar doirasi kengaytirildi. Ingliz tili va adabiyoti, matematika va tabiiy fanlar o'kuv setkasining yadrosini tashkil etadigan bo'ldi. Qolgan predmetlarni tanlab olish talim oluvchilar va ota — onalar ixtiyoridadir. "Yangi dunyo"ning pedagogik g'oyalari Fransiya va Germaniya ta limiga xam sezilarli tasir etdi.

Germaniya to'liqsiz o'rta maktablarida asosiy predmetlar bilan bir qatorda tanlab olinadigan kimyo, fizika, chet tillari kiritilgan o'quv Dasturlari ham amalga oshirildi. Bu o'kuv dasturi tobora to'liqsiz o'rta maktab doirasidan chiqib, o'rta maktablar va gimnaziyalarni ham qamrab olmoqda.

Fransiya boshlang'ich maktablarida talim mazmuni ona tili va adabiyoti hamda matematikadan iborat asosiy, tarix, geografiya, axolishunoslik, tabiiy fanlar, mehnat talimi, jismoniy va estetik tarbiya kabi yordamchi predmetlarga bo'linadi.

Yaponiya maktablari ikkinchi jahon urushidan keyinroq Amerika talimi yo'lidan bordi. Lekin shunga qaramay, bu ikki mamlakat o'kuv dasturida bir qator farqlar ko'zga tashlanadi. Yaponiyada o'quv dasturlari jiddiy murakkablashtirilgan, asosiy fanlar majmui ancha keng, bir qator yangi maxsus va fakultativ kurslar kiritilgan. Masalan, umumiy talim maktablarining yangi musiqa talimi o'quv dasturiga milliy va jahon mumtoz musiqasini o'rganish ham kiritilgan.

Shuni takidlash lozimki, iqtisodiy rivojlangan davlatlarda 80- yillarda tabiiy ilmiy talim dasturi tarkibiga fizika, kimyo, biologiya, bazi hollarda astranomiya, geologaya, mineralogiya, fiziologiya, ekologiya elementlari kiritilib, u AQSh va Fransiyada 4 yil, Buyuk Britaniyada 6 yil, Germaniyada 2 yil o'qitiladi. O'quv predmetlarini integratsiyalash jarayonida yangi-yangi kurslar paydo bo'la boshladi. Fransiyada 70-80-yillarda to'liqsiz o'rta maktablar o'quv dasturidagi tabiiy-ilmiy va gumanitar turkumiga eksperimental, iqtisodiy gumanitar kurslar kiritiladi.

Xozirgi paytlarda rivojlangan mamlakatlar o'kuv dasturiga integratsiyalashtirilgan kurslarni kiritish to'la amalga oshirishdi.

Maktablarda amalga oshirilayotgan islohotlar talim ishini tabaqalashtirish muammolarini keltirib chiqardi. Iqtisodiy rivojlangan xorijiy mamlakatlarda talimni

tabaqalashtirish eng dolzarb masalaga aylangan. Talim oluvchilarni tabaqalashtirib o'qitish xorijiy mamlakatlarda asosan boshlang'ich talim kursidan keyin amalga oshiriladi. Masalan, fransuz pedagoglari talim jarayonida sinf talim oluvchilarini uch tabaqaga ajratib o'qitishni afzal ko'radilar.

Bular quyidagilar :

1.Gomogenlar — matematika va gumanitar yo'nalishda ish olib borsa bo'ladigan talim oluvchilar.

2.Yarim gomogen — tabiiy turkumdagi fanlarni o'zlashtira olishga moyil talim oluvchilar.

3.Gegeron — barcha predmetlarni har xil saviyada o'zlashtiradigan talim oluvchilar va hokazo.

Germaniya maktablarida sinfda talim oluvchilar sonini qisqartirish sari yo'l tutilgan. Bunday talim oluvchilarni - har biriga individual paketlar (topshiriqlar) tarqatiladi. Topshiriqlarni talim oluvchi mustaqil bajaradi, lozim bo'lganda u pedagogdan konsultatsiya oladi.

Yuqorida bayon qilinganlardan ko'zda tutilgan maqsadlari :

Maktablarning insonparvarlik, umuminsoniylik yo'nalishlarini kuchaytirish.

Talim oluvchi shaxsini shakllantirishning eng samarali yo'llarini qidirib topish.

Tarbiyaning yangi formalarida - talim oluvchilar kengashi, maktab kengashlaridan, tarbiyaviy o'yinlardan foydalanish.

Maktab o'quv dasturlarini ixtisoslashtirish, fanlarning o'zaro aloqasini mustahkamlash, takomillashtirish.

Maktabni mehnat, insoniy faoliyat bilan yaqinlashtirish, kasbga yo'naltirish ishlarini qayta tashkil etish.

Tabaqalashtirib o'qitishni yo'lga qo'yish, maxsus o'kuv muassasalarini (ham talantlar, ham aqliy, jismoniy zaif talim oluvchilar uchun) rivojlantirish.

Yangi, yani o'quv texnik vositalarini talimdagi salmoqni oshirish, pedagoglar korpusida kompyuter talimini yo'lga ko'yish.

Pedagogik g'oyalarni amalga oshirishda keng qamrovli eksperiment tadqiqotlarni amalga oshirishdan iboratdir.

AQSh TA LIM TIZIMI

Amerika Qo'shma Shtatlarida talim tizimining tuzilishi quyidagicha:

Bolalar 3 yoshdan 5 yoshgacha tarbiyalanadigan maktabgacha tarbiya muassasalari;

1 -8-sinflargacha bo'lgan boshlang'ich maktablar (bunday maktablarda 6 yoshdan 13 yoshgacha o'qiydilar);

9-12-sinflardan iborat o'rta maktablar (bu maktablarda 14-17 yoshgacha bo'lgan bolalar talim oladilar). U quyi va yuqori bosqichdan iborat.

Amerika Qo'shma Shtatlarida navbatdagi talim bosqichi oliy talim bo'lib, u 2 yoki 4 yil o'qitiladigan kollejlar hamda dorilfununlardir.AQShda majburiy talim 16 yoshgacha amal qiladi. Bu mamlakatdagi o'quv yurtlari davlat, jamoa tasarrufida, xususiy va diniy muassasalar ixtiyorida bo'lishi mumkin.

Amerikada 3 yoshgacha bo'lgan bolalar tarbiyasi bilan onalar shug'ullanadilar, lekin ularga hech qanday imtiyozlar berilmagan. 5 yoshdan esa "Kinder garde" deb ataluvchi tayyorlov muassasalarida talim boshlanadi. Boshlang'ich maktab 6 yoshdan to 13- 15 yoshgacha bo'lgan bolalarni qamrab oladi. Bu boshlang'ich maktablarda umumiy savodxonlik va kasbga yo'naltirish vazifalari hal etiladi. Sinfdan-sinfga ko'chish talim oluvchining o'zlashtirganlik darajasiga bog'liq. Boshlang'ich talim turli shtatlarda turlicha belgilangan (4, 5, 6, 8 yil). Maktablarda turli hil to'garaklar, uchrashuvlar, shoular va sayohatlar uyushtiriladi, ammo ularning hammasiga haq to'lash lozim. O'rta maktablar quyi va yuqori bosqichlardan iborat.

Sinfni bitirgan talabalar tanlov asosida o'rta maktabga qabul qilinadi. O'rta maktablarda quyidagi to'rt yo'nalishda kasb-hunar asoslari berib boriladi:

Kasb-hunar talimi;

Biznes talimi;

Savdo va sanoat talimi;

-qurilish talimi.

Oliy talim esa quyidagi 4 asosiy bosqichda amalga oshiriladi:

Kichik mutaxassis 2 yillik kollejlar.

Bakalavr 4 yillik kollejlar.

4 yillik kollej yoki dorilfununni tugatgandan so'ng, 1-2 yillik magistr maktabi.

5.Doktorantura.

Oliy talimda ikki yo'nalish mavjud:

Talimni individuallashtirish

Talabaning mustaqil ishlashini amalga oshirish.

Pedagog yo'naltiruvchi rol o'ynaydi. Asosiy maqsad talaba intellektini mashq qildirish va mantiqiy fikrlashga o'rgatishdir.

Yuqoridagilardan kelib chiqib xulosa qilish mumkinki, AQSh o'rta maktablarida o'z talim oluvchilariga uch yo'nalishda: akademik, kasb-h unar, umumiy yo'nalishlarda bilim beradi.

AQShda har bir talim oluvchiga fanlar bo'yicha olgan bilimlari jamlangan attestatlar beriladi. Kollejlarda o'qish istagida xujjat topshirgan pedagoglar yuqori o'rta maktabning so'nggi ikki yili bilimlari hajmida kirish test sinovlaridan oo'tkaziladi. O'g'il-qizlarning tanlagan kasbiga layoqati va qobiliyati ham aniqlanadi.

Maktablarda qo'llanilishi mumkin bo'lgan vositalar elektron yozuv apparatlari (kalligrafiya va yozuv qoidalarini takomillashtirishga yordam beradigan moslamalar)

talim televideniyesi, qo'lda ko'tarib yuradigan elektron til laboratoriyasi, slaydlar, videoapparaturalar, kompyuter va hokazolardan iborat.

XXI asr arafasida AQSh yangi qabul qilingan «2000-yilda Amerika talim strategiyasi» dasturi e'lon qilingan edi.

REFERENCES

1. B. X. Xodjayev Umumiy pedagogika nazariuasi va amaliyoti, Toshkent-2017.

2. 7. I.J. Xasanboyev va boshqalar, Pedagogika nazariyasi va tarixi, Toshkent - 2021

3. Khaydarov, S. A. (2021). The role of the use of fine arts in teaching the history of the country. International scientific and practical conference. CUTTING EDGE-SCIENCE. In Conference Proceedings (pp. 41-43).

4. Davrenov, J., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'RGANISHDA XVI-XVIII ASRLARDA YAPONIYA DAVLATI TARIXINI AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).

5. Narmatov, D., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA ISPANIYA XV-XVII ASRLARDAGI TARIXI. Scientific progress, 1(6).

6. Elguzarov, B. B. O. G. L., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'RGANISHDA MITANNI DAVLATCHILIGINING O'RNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6), 616-619.

7. Erkinov, A. S. O., & Haydarov, S. (2021). YUNON-BAQTRYA PODSHOLIGINING IJTIMOYI TUZIMI, XO'JALIGI VA MADANIYATI. Scientific progress, 1(6), 620-622.

8. Nematov, M. D. O., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI ORGANISHDA SHUMER-AKKAD DAVLATCHILIGINING ORNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).

9. Ermatov, F., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA 1870-1914 YILLARDA ANGLIYANING O'RGANILISHI. Scientific progress, 1(6).

10. Do'Stmurodov, S., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA XVI-XVIII ASRLARDA HINDISTONNI O'RGANISH. Scientific progress, 1(6).

11. Mengboyev, S. N., & Haydarov, S. (2021). TARIX FANINI O'QITISHDA URARTU PODISHOLIGINING O'RNI. Scientific progress, 1(6).

12. Asqarov, N. S. O., & Haydarov, S. (2021). ARAB XALIFALIGINING POYTAXTI BAG'DODNING TANAZZULGA YUZ TUTISHI. Scientific progress, 1(6).

13. Ro'Zmetov, J., & Haydarov, S. (2021). TARIXNI O'RGANISHDA SOSONIYLAR DAVLATINING O'RNI VA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).

14. Tulaboyev, D., & Haydarov, S. (2021). TARIXNI O'RGANISHDA MESOPATAMIYANING TARIXI VA DINI: O'RNI HAMDA AHAMIYATI. Scientific progress, 1(6).

15. Хдйдаров, С.А., (2022). Захриддин Мухаммад Бобур: бир кулда муйкалам-у, бир кулда тож. Scientific progress, 3(3).

16. Ismoilova Z.K. Pedagogika. Toshkent, MOLTUA, 2008

17. X. Ibragimov, SH. Abdullayeva. Pedagogika nazariyasi (darslik). Т., «Fan va texnologiya», 2008

18. 10. Hoshimov K. Va boshqalar. Pedagogika tarixi. — Т., 0 'qituvchi, 1996.

19. blob:https://web.telegram.org/5f25c9c3-7dc4-49b2-a477-3439f9f2c0e0

20. https://telegra.ph/ILMIY-MAQOLA-10-15

21. http://daf-uz.simplesite.com/439284582

22. https://static.tuit.uz/uploads/1/ryoi2SgsqsZpZAchXCkBt8WSUoYuotYz.

23. https://hozir.org/talim-metodlari.html

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.