Научная статья на тему 'ZAMONAVIY TA’LIM METODLARI – TA’LIM SAMARADORLIGI KAFOLATI'

ZAMONAVIY TA’LIM METODLARI – TA’LIM SAMARADORLIGI KAFOLATI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
28231
1256
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
zamonaviy ta’lim metodlari / ta’lim samaradorligi / interfaol metodlar / aqliy hujum / kichik guruhlarda ishlash / davra suhbati / ta’lim oluvchilar / ta’lim beruvchilar / bahs-munozara / muammoli vaziyat / o‘quv materiali. / modern teaching methods / teaching efficiency / interactive methods / brainstorming / work in small groups / round table / training / training / disputes / educational material.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Musurmonov, Raxmatilla, Usarboeva, D. U., Otaqulov, A., Kurbanbayeva, N.

Maqolada ta’lim samaradorligini oshirish maqsadida o‘quv jarayoniga zamonaviy interfaol metodlardan foydalanishning ahamiyati to‘g‘risida fikr yuritilib, keng qamrovli taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

MODERN EDUCATIONAL METHODS A GUARANTEE OF EDUCATIONAL EFFICIENCY

The article discusses the problem of using interactive methods to improve the effectiveness of learning in educational institutions and gives advice and suggestions for their application.

Текст научной работы на тему «ZAMONAVIY TA’LIM METODLARI – TA’LIM SAMARADORLIGI KAFOLATI»

International scientific-practical conference on the topic of "Problems and perspectives of modern technology in teaching foreign languages"

ZAMONAVIY TA'LIM METODLARI - TA'LIM SAMARADORLIGI

KAFOLATI

(Modern educational methods - a guarantee of educational efficiency)

d https://doi.org/10.24412/2181-1784-2022-20-181-188

Musurmonov Raxmatilla

Chirchiq davlat pedagogika instituti "Pedagogika va menejment" kafedrasi

dotsenti, p.f.n. Usarboeva D. U.

Chirchiq davlat pedagogika instituti pedagogika fakulteti 4-kurs talabasi,

Otaqulov A., Kurbanbayeva N. Chirchiq davlat pedagogika instituti pedagogika fakulteti 2-kurs talabalari

ANNOTATSIYA

Maqolada ta'lim samaradorligini oshirish maqsadida o'quv jarayoniga zamonaviy interfaol metodlardan foydalanishning ahamiyati to'g'risida fikr yuritilib, keng qamrovli taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Kalit so'zlar: zamonaviy ta'lim metodlari, ta'lim samaradorligi, interfaol metodlar, aqliy hujum, kichik guruhlarda ishlash, davra suhbati, ta 'lim oluvchilar, ta 'lim beruvchilar, bahs-munozara, muammoli vaziyat, o 'quv materiali.

ABSTRACT

The article discusses the problem of using interactive methods to improve the effectiveness of learning in educational institutions and gives advice and suggestions for their application.

Keywords: modern teaching methods, teaching efficiency, interactive methods, brainstorming, work in small groups, round table, training, training, disputes, educational material.

KIRISH

Ta'lim oluvchilar bilimi, ko'nikmasi va malakalari zamon talablariga javob beradigan darajada bo'lishini ta'minlash maqsadida pedagog xodimlarga yuklangan vazifalar nihoyatda salmoqli va mas'uliyatlidir. Bu vazifani ado etish uchun o'qituvchilar qaysi turdagi ta'lim muassasasida mehnat qilishidan qat'iy nazar doimiy ravishda o'z ustilarida mustaqil ishlashlari, malakalarini oshirib borishlari va ilmiy ijodiy izlanishlari zarurdir. Davlat ta'lim standartlari talablarini bajarish majburiyligi

International scientific-practical conference on the topic of "Problems and perspectives of modern technology in teaching foreign languages"

nuqtai nazaridan ham o'qituvchining kasbiy kompetentlik darajasi davr talabiga mos kelishi muammo yechimini ijobiy hal etilishini ta'minlashi shubhasiz.

Ana shu maqsadda o'qituvchilar tomonidan ta'lim jarayonida o'qitishning zamonaviy metodlarini keng qo'llash zarurati mavjuddir. O'qitishning zamonaviy metodlarini qo'llash o'qitish jarayonida yuqori samaradorlikka erishishga olib keladi. Ta'lim metodlarini tanlashda har bir darsning didaktik vazifasidan kelib chiqib tanlash maqsadga muvofiq sanaladi. An'anaviy dars shaklini saqlab qolgan holda, unga turli-tuman ta'lim oluvchilar faoliyatini faollashtiradigan metodlar bilan boyitish ta'lim oluvchilarning o'zlashtirish darajasining ko'tarilishiga olib keladi. Buning uchun dars jarayoni oqilona tashkil qilinishi, ta'lim beruvchi tomonidan ta'lim oluvchilarning qiziqishini orttirib, ularning ta'lim jarayonida faolligi muttasil rag'batlantirilib turilishi, o'quv materialini kichik-kichik bo'laklarga bo'lib, ularning mazmunini ochishda aqliy hujum, kichik guruhlarda ishlash, bahs-munozara, muammoli vaziyat, yo'naltiruvchi matn, loyiha, rolli o'yinlar kabi metodlarni qo'llash va ta'lim oluvchilarni amaliy mashqlarni mustaqil bajarishga undash talab etiladi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Zamonaviy tilda bu metodlarni interfaol yoki interaktiv metodlar deb ham atashadi. Interfaol metodlar deganda - ta'lim oluvchilarni faollashtiruvchi va mustaqil fikrlashga undovchi, ta'lim jarayonining markazida ta'lim oluvchi bo'lgan metodlar tushuniladi. Bu metodlar qo'llanilganda ta'lim beruvchi ta'lim oluvchini faol ishtirok etishga chorlaydi. Ta'lim oluvchi esa butun jarayon davomida faol ishtirok etadi. Ta'lim oluvchi markazda bo'lgan yondoshuvning foydali jihatlari quyidagilarda namoyon bo'ladi:

- ta'lim samarasi yuqoriroq bo'lgan o'qish-o'rganish;

- ta'lim oluvchining yuqori darajada rag'batlantirilishi;

- ilgari orttirilgan bilimning ham e'tiborga olinishi;

- o'qish shiddatini ta'lim oluvchining ehtiyojiga muvofiqlashtirilishi;

- ta'lim oluvchining tashabbuskorligi va mas'uliyatining qo'llab-quvvatlanishi;

- amalda bajarish orqali o'rganilishi;

- ikki taraflama fikr-mulohazalarga sharoit yaratilishi [Muslimov N.A., Usmonboyeva M.H. 2015: 81]

International scientific-practical conference on the topic of "Problems and perspectives of modern technology in teaching foreign languages"

Masalan, "Aqliy hujum" metodi - biror muammo bo'yicha ta'lim oluvchilar tomonidan bildirilgan erkin fikr va mulohazalarni to'plab, ular orqali ma'lum bir yechimga kelinadigan metoddir.

"Aqliy hujum" metodining yozma va og'zaki shakllari mavjud. Og'zaki shaklida ta'lim beruvchi tomonidan berilgan savolga ta'lim oluvchilarning har biri o'z fikrini og'zaki bildiradi. Ta'lim oluvchilar o'z javoblarini aniq va qisqa tarzda bayon etadilar.

Yozma shaklida esa berilgan savolga ta'lim oluvchilar o'z javoblarini qog'oz kartochkalarga qisqa va barchaga ko'rinarli tarzda yozadilar. Javoblar doskaga (magnitlar yordamida) yoki doskasiga (ignalar yordamida) mahkamlanadi. "Aqliy hujum" metodining yozma shaklida javoblarni ma'lum belgilar bo'yicha guruhlab chiqish imkoniyati mavjuddir. Ushbu metod to'g'ri va ijobiy qo'llanilganda shaxsni erkin, ijodiy va nostandart fikrlashga o'rgatadi. "Aqliy hujum" metodidan foydalanilganda ta'lim oluvchilarning barchasini jalb etish imkoniyati bo'ladi, shu jumladan ta'lim oluvchilarda muloqot qilish va munozara olib borish madaniyati shakllanadi. Ta'lim oluvchilar o'z fikrini faqat og'zaki emas, balki yozma ravishda bayon etish mahorati, mantiqiy va tizimli fikr yuritish ko'nikmasi rivojlanadi. Bildirilgan fikrlar baholanmasligi ta'lim oluvchilarda turli g'oyalar shakllanishiga olib keladi. Bu metod ta'lim oluvchilarda ijodiy tafakkurni rivojlantirish uchun xizmat qiladi. "Aqliy hujum" metodi ta'lim beruvchi tomonidan qo'yilgan maqsadga qarab amalga oshiriladi:

1. Ta'lim oluvchilarning boshlang'ich bilimlarini aniqlash maqsad qilib qo'yilganda, bu metod darsning mavzuga kirish qismida amalga oshiriladi.

2. Mavzuni takrorlash yoki bir mavzuni keyingi mavzu bilan bog'lash maqsad qilib qo'yilganda-yangi mavzuga o'tish qismida amalga oshiriladi.

3. O'tilgan mavzuni mustahkamlash maqsad qilib qo'yilganda mavzudan so'ng, darsning mustahkamlash qismida amalga oshiriladi.

"Aqliy hujum" metodini qo'llashdagi asosiy qoidalar:

1. Bildirilgan fikr-g'oyalar muhokama qilinmaydi va baholanmaydi. 2. Bildirilgan har qanday fikr-g'oyalar, ular hatto to'g'ri bo'lmasa ham inobatga olinadi.

3. Har bir ta'lim oluvchi qatnashishi shart. Quyida "Aqliy hujum" metodining tuzilmasi keltirilgan. Muammoli savol beriladi. Fikr va g'oyalar eshitiladi va jamlab boriladi. Fikr va g'oyalar guruhlanadi. Aniq va to'g'ri javob tanlab olinadi.

"Aqliy hujum" metodining tuzilmasi.

"Aqliy hujum" metodining bosqichlari quyidagilardan iborat:

International scientific-practical conference on the topic of "Problems and perspectives of modern technology in teaching foreign languages"

1. Ta'lim oluvchilarga savol tashlanadi va ularga shu savol bo'yicha o'z javoblarini (fikr, g'oya va mulohaza) bildirishlarini so'raladi;

2. Ta'lim oluvchilar savol bo'yicha o'z fikr-mulohazalarini bildirishadi;

3. Ta'lim oluvchilarning fikr-g'oyalari (magnitafonga, videotasmaga, rangli qog'ozlarga yoki doskaga) to'planadi;

4. Fikr-g'oyalar ma'lum belgilar bo'yicha guruhlanadi;

5. Yuqorida qo'yilgan savolga aniq va to'g'ri javob tanlab olinadi.

"Aqliy hujum" metodining afzalliklari:

• natijalar baholanmasligi ta'lim oluvchilarda turli fikr-g'oyalarning shakllanishiga olib keladi;

• ta'lim oluvchilarning barchasi ishtirok etadi;

• fikr-g'oyalar vizuallashtirilib boriladi;

• ta'lim oluvchilarning boshlang'ich bilimlarini tekshirib ko'rish imkoniyati mavjud;

• ta'lim oluvchilarda mavzuga qiziqish uyg'otadi. "Aqliy hujum" metodining kamchiliklari:

• ta'lim beruvchi tomonidan savolni to'g'ri qo'ya olmaslik;

• ta'lim beruvchidan yuqori darajada eshitish qobiliyatining talab etilishi. 2. "Kichik guruhlarda ishlash" metodining tuzilmasi

"Kichik guruhlarda ishlash" metodining bosqichlari quyidagilardan iborat:

1. Faoliyat yo'nalishi aniqlanadi. Mavzu bo'yicha birbiriga bog'liq bo'lgan masalalar belgilanadi.

2. Kichik guruhlar belgilanadi. Ta'lim oluvchilar guruhlarga 3-6 kishidan bo'linishlari mumkin.

3. Kichik guruhlar topshiriqni bajarishga kirishadilar.

4. Ta'lim beruvchi tomonidan aniq ko'rsatmalar beriladi va yo'naltirib turiladi.

5. Kichik guruhlar taqdimot qiladilar.

6. Bajarilgan topshiriqlar muhokama va tahlil qilinadi.

7. Kichik guruhlar baholanadi.

«Kichik guruhlarda ishlash» metodining afzalligi:

• o'qitish mazmunini yaxshi o'zlashtirishga olib keladi;

• muloqotga kirishish ko'nikmasining takomillashishiga olib keladi;

• vaqtni tejash imkoniyati mavjud;

• barcha ta'lim oluvchilar jalb etiladi. [Ishmuhamedov R.J. 2004]

International scientific-practical conference on the topic of "Problems and perspectives of modern technology in teaching foreign languages"

Kichik guruhlar shakllantiriladi. Mavzu yoritiladi. 1-guruhga topshiriq; 2-guruhga topshiriq; 3-guruhga topshiriq; 4- guruhga topshiriq beriladi. O'qituvchi tomonidan ko'rsatma berish va yo'naltirish; Muhokama va tahlil qilish; 1- guruh taqdimoti, 2- guruh taqdimoti, 3-guruh taqdimoti, 4- guruh taqdimoti o'tkazilib baholanadi.

Bunda:

• o'z-o'zini va guruhlararo baholash imkoniyati mavjud bo'ladi. «Kichik guruhlarda ishlash» metodining kamchiliklari:

• ba'zi kichik guruhlarda kuchsiz ta'lim oluvchilar bo'lganligi sababli kuchli ta'lim oluvchilarning ham past baho olish ehtimoli bor;

• barcha ta'lim oluvchilarni nazorat qilish imkoniyati past bo'ladi;

• guruhlararo o'zaro salbiy raqobatlar paydo bo'lib qolishi mumkin;

• guruh ichida o'zaro nizo paydo bo'lishi mumkin.

3. "Davra suhbati" metodi:

"Davra suhbati" metodi - aylana stol atrofida berilgan muammo yoki savollar yuzasidan ta'lim oluvchilar tomonidan o'z fikr-mulohazalarini bildirish orqali olib boriladigan o'qitish metodidir.[ Yo'ldoshev J.G'., Usmonov S. 2004]

"Davra suhbati" metodi qo'llanilganda stol-stullarni doira shaklida joylashtirish kerak. Bu har bir ta'lim oluvchining bir-biri bilan "ko'z aloqasi"ni o'rnatib turishiga yordam beradi. Davra suhbatining og'zaki va yozma shakllari mavjuddir. Og'zaki davra suhbatida ta'lim beruvchi mavzuni boshlab beradi va ta'lim oluvchilardan ushbu savol bo'yicha o'z fikr-mulohazalarini bildirishlarini so'raydi va aylana bo'ylab har bir ta'lim oluvchi o'z fikr-mulohazalarini og'zaki bayon etadilar. So'zlayotgan ta'lim oluvchini barcha diqqat bilan tinglaydi, agar muhokama qilish lozim bo'lsa, barcha fikr-mulohazalar tinglanib bo'lingandan so'ng muhokama qilinadi. Bu esa ta'lim oluvchilarning mustaqil fikrlashiga va nutq madaniyatining rivojlanishiga yordam beradi.

Davra stolining tuzilmasi:

Yozma davra suhbatida ham stol-stullar aylana shaklida joylashtirilib, har bir ta'lim oluvchiga konvert qog'ozi beriladi. Har bir ta'lim oluvchi konvert ustiga ma'lum bir mavzu bo'yicha o'z savolini beradi va "Javob varaqasi"ning biriga o'z javobini yozib, konvert ichiga soladi va belgilar qo'yadi.

Belgilar: 1-ta'lim oluvchilar 2-aylana stol solib qo'yadi. Shundan so'ng konvertni soat yo'nalishi bo'yicha yonidagi ta'lim oluvchiga uzatadi. Konvertni

International scientific-practical conference on the topic of "Problems and perspectives of modern technology in teaching foreign languages"

olgan ta'lim oluvchi o'z javobini "Javoblar varaqasi"ning biriga yozib, konvert ichiga solib qo'yadi va yonidagi ta'lim oluvchiga uzatadi. Barcha konvertlar aylana bo'ylab harakatlanadi. Yakuniy qismda barcha konvertlar yig'ib olinib, tahlil qilinadi.

Quyida "Davra suhbati" metodining tuzilmasi keltirilgan.

"Davra suhbati" metodining tuzilmasi

"Davra suhbati" metodining bosqichlari quyidagilardan iborat:

1. Mashg'ulot mavzusi e'lon qilinadi.

2. Ta'lim beruvchi ta'lim oluvchilarni mashg'ulotni o'tkazish tartibi bilan tanishtiradi.

3. Har bir ta'lim oluvchiga bittadan konvert va javoblar yozish uchun guruhda necha ta'lim oluvchi bo'lsa, shunchadan "Javoblar varaqalari"ni t arqatilib, har bir javobni yozish uchun ajratilgan vaqt belgilab qo'yiladi. Ta'lim oluvchi konvertga va "Javoblar varaqalari"ga o'z ismi-sharifini yozadi.

4. Ta'lim oluvchi konvert ustiga mavzu bo'yicha o'z savolini yozadi va "Javoblar varaqasi"ga o'z javobini yozib, konvert ichiga solib qo'yadi.

5. Konvertga savol yozgan ta'lim oluvchi konvertni soat yo'nalishi bo'yicha yonidagi ta'lim oluvchiga uzatadi. Suhbatni o'tkazish shartlari bilan tanishtirish: Konvertlar va "Javoblar varaqalari"ni tarqatish; Konvertlarga savollar yozish; Savollarga javob yozish; Baholash va tahlil qilish. Konvertni yonidagi o'quvchiga uzatishlarga savollar yozish.

6. Konvertni olgan ta'lim oluvchi konvert ustidagi savolga "Javoblar varaqalari"dan biriga javob yozadi va konvert ichiga solib qo'yadi hamda yonidagi ta'lim oluvchiga uzatadi.

7. Konvert davra stoli bo'ylab aylanib, yana savol yozgan ta'lim oluvchining o'ziga qaytib keladi. Savol yozgan ta'lim oluvchi konvertdagi "Javoblar varaqalari"ni baholaydi.

8. Barcha konvertlar yig'ib olinadi va tahlil qilinadi.

XULOSA

Ushbu metod orqali ta'lim oluvchilar berilgan mavzu bo'yicha o'zlarining bilimlarini qisqa va aniq ifoda eta oladilar. Bundan tashqari ushbu metod orqali ta'lim oluvchilarni muayyan mavzu bo'yicha baholash imkoniyati yaratiladi. Bunda ta'lim oluvchilar o'zlari bergan savollariga guruhdagi boshqa ta'lim oluvchilar bergan javoblarini baholashlari va ta'lim beruvchi ham ta'lim oluvchilarni ob'yektiv baholashi mumkin.

International scientific-practical conference on the topic of "Problems and perspectives of modern technology in teaching foreign languages"

"Davra suhbati" metodining afzalliklari:

• o'tilgan materialining yaxshi esda qolishiga yordam beradi;

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

• barcha ta'lim oluvchilar ishtirok etadilar;

• har bir ta'lim oluvchi o'zining baholanishi mas'uliyatini his etadi;

• o'z fikrini erkin ifoda etish uchun imkoniyat yaratiladi. "Davra suhbati" metodining kamchiliklari:

• ko'p vaqt talab etiladi;

• ta'lim beruvchining o'zi ham rivojlangan fikrlash qobiliyatiga ega bo'lishi talab etiladi;

• ta'lim oluvchilarning bilim darajasiga mos va qiziqarli bo'lgan mavzu tanlash talab etiladi

Ana shunday interfaol metodlar yordamida tashkil etilgan dars mashg'ulotlari o'quvchilar uchun qiziqarli bo'lib, ularni yangi bilimlarni samaraliroq o'zlashtirishlariga omil bo'la oladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)

1. Innovasion ta'lim texnologiyalari / Muslimov N.A., Usmonboyeva M.H., Sayfurov D.M., To'rayev A.B. - T.: "Sano standart" nashriyoti, 2015. - 81-b.

2. Ishmuhamedov R.J. Innovasion texnologiyalar yordamida ta'lim samaradorligini oshirish yo'llari /O'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalari o'qituvchilarining

malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakulteti tinglovchilari, akademik lisey va kasb-hunar kollejlari o'qituvchilari uchun uslubiy tavsiyalar. - T.: TDPU, 2004.

3. Yo'ldoshev J.G'., Usmonov S. Ilg'or pedagogik texnologiyalar. - T.: O'qituvchi, 2004. Pedagogika: 1000 ta savolga 1000 ta javob / Met. qo'll. U.I.Inoyatov, N.A.Muslimov, M.Usmonboyeva, D.Inog'omova. - T.: Nizomiy nomidagi TDPU, 2012. - 193 b.

4. Ochilov M. Yangi pedagogik texnologiyalar. - Qarshi.: Nasaf, 2000.

5. Ro'ziyeva D., Usmonboyeva M., Holiqova Z. Interfaol metodlar: mohiyati va qo'llanilishi / Met.qo'll. - T.: Nizomiy nomli DTPU, 2013. - 115 b.

6. Musurmonov R. Ta'lim faoliyati sharoitida o'qituvchi va o'quvchilar o'rtasidagi nizolarning oldini olish - ta'lim samaralidorligi omili. Academic research in educational sciences volume 2 | issue 4 | 2021 ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723

7. Ismoilova D.M. Zamonaviy didaktik yondashuvlar asosida umumiy o'rta ta'lim maktablari ta'lim mazmunini prognostika qilish. Xalq ta'limi" jurnali T.:2020 yil №5

International scientific-practical conference on the topic of "Problems and perspectives of modern technology in teaching foreign languages"

8. Khasanova G. K. The success and education system of South Korea and Japan //Наука сегодня: проблемы и пути решения [Текст]: материа. - 2021. - С. 94.

9. Khasanova, G. K. (2021). MAIN TRENDS IN THE DEVELOPMENT OF EDUCATION AND PROFESSIONAL TRAINING IN THE WORLD. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, ^(Special Issue 1),

10. Хашимова С. НЕКОТОРЫЕ ГРАММАТИЧЕСКИЕ И СЕМАНТИЧЕСКИЕ ОСОБЕННОСТИ УДВОЕНИЯ В ЯПОНСКОМ ЯЗЫКЕ. - Страны. Языки. Культура. - С. 334-338.

11. Хашимова С. On some features of teaching foreign language for students of non-philological areas at the initial stage. - 2019. - Евразийское Научное Объединение. - С. 334-338.

12. Насирова, С. А. (2019). Языковая политика в Китае: идентификация общественно-политической терминологии. In Китайская лингвистика и синология (pp. 384-387).

13. Насирова, С. А. (2021). ВОЕННАЯ СИСТЕМА ДРЕВНЕГО КИТАЯ: ОБЗОР ТЕРМИНОВ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, ^(Special Issue 1), 139-146.

14. Hashimova, S. A., & Nasirova, S. A. (2021). FEATURES OF FORMING OF ANIMATED NOUNS WITH THE AFFIXES IN MODERN CHINESE LANGUAGE. Journal of Central Asian Social Studies, 2(04), 1-10

257-262.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.