Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 4
educational, natural and social sciences О ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
ADABIYOTNI YANGI METODLAR BILAN O'RGANAMIZ "DAVRA SUHBATI" METODI
Ziyoda Shanbiyeva Shahrisabz tumanidagi 23-umumta'lim maktabining tarix fani o'qituvchisi
Annotatsiya: Adabiyot fanining o'ziga xosligi shundaki, unda boshqa fanlar bilan aloqadorlik bu fanning tabiatiga singdirilgan. Demak, bu imkoniyatdan ham unumli foydalanish joiz. Uning ijtimoiy gumanitar yo'nalishdagi fanlar bilan yaqinligi, ayniqsa, ona tili, tarix, san 'at yo 'nalishidagi fanlar bilan aloqadorligini isbotlab o'tish zarurati yo'q. Ayni paytda uning geografiya, biologiya, fizika, matematika singari fanlar bilan aloqador jihatlaridan ham unumli foydalanish, bu bog 'lanishlarning ichki mohiyatini ko 'proq ko 'rsatish, amaliyotga ko 'proq joriy etish zarurati bor.
Kalit so'zlar: fikr, dars, metod, ilmiylik, metod, davra suhbati, analiz, sintez
Аннотация: Особенность литературной науки состоит в том, что ее связь с другими науками заложена в самой природе этой науки. Таким образом, можно эффективно использовать эту возможность. Нет необходимости доказывать его близость к общественным наукам, особенно к родному языку, истории и искусству. В то же время необходимо эффективно использовать его аспекты, связанные с такими науками, как география, биология, физика, математика, чтобы больше показать внутреннюю природу этих связей, применить их на практике.
Ключевые слова: идея, урок, метод, наука, метод, круглый стол, анализ, синтез.
Abstract: The peculiarity of the science of literature is that its connection with other sciences is embedded in the nature of this science. So, it is possible to use this opportunity effectively. There is no need to prove his closeness to the social sciences, especially the native language, history, and the arts. At the same time, there is a need to make effective use of its aspects related to sciences such as geography, biology, physics, mathematics, to show more the inner nature of these connections, to put them into practice.
Keywords: idea, lesson, method, science, method, roundtable, analysis, synthesis
KIRISH
Davra suhbati- o'quvchilar o'rtasida va kichik guruhlarda aylana stol atrofida o'z fikr-mulohazalarini bildirish orqali olib boriladigan o'qitish metodidir.
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
Scientific Journal Impact Factor
R
VOLUME 1 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2021: 5.423
"Davra suhbati" metodi qo'llanilganda stol-stullarni doira shaklida joylashtirish kerak. Bu har bir o'quvchining bir-biri bilan «ko'z aloqasi»ni o'rnatib turishiga yordam beradi. Davra suhbatining og'zaki va yozma shakllari mavjuddir. Og'zaki davra suhbatida o'qituvchi mavzuni boshlab beradi va o'quvchilardan ushbu mavzu bo'yicha o'z fikr-mulohazalarini bildirishlarini so'raydi va aylana bo'ylab har bir o'quvchi o'z fikr-mulohazalarini og'zaki bayon etadilar. So'zlayotgan o'quvchini barcha diqqat bilan tinglaydi, agar muhokama qilish lozim bo'lsa, barcha fikr-mulohazalar tinglanib bo'lingandan so'ng muhokama qilinadi. Bu esa o'quvchilarning mustaqil fikrlashishiga va nutq madaniyatining rivojlanishiga yordam beradi.
Ushbu maqolaning nazariy va uslubiy asosi bo'lib o'quvchilarni innovatsion texnologiyalar asosida o'qitishning metodlari hamda ularning savodxonligini oshirish masalalari bo'yicha izlanishlar, mutaxassislarning fïkr-mulohazalarini tahlil qilish asosida chiqarilgan ilmiy xulosalar xizmat qiladi. Shuningdek, tadqiqot jarayonida ekspert baholash, jarayonlarni kuzatish, iqtisodiy hodisa va jarayonlarga tizimli yondashuv, muallif tajribalari bilan qiyosiy tahlil o'tkazish orqali tegishli xulosalar chiqarishga imkon beruvchi usullardan foydalanilgan.
Yozma davra suhbatida ham stol-stullar aylana shaklida joylashtirilib, har bir o'quvchiga konvert qog'ozi beriladi. Har bir o'quvchi konvert ustiga ma'lum bir mavzu bo'yicha o'z savolini beradi va yonidagi o'quvchiga uzatadi. Konvertni olgan o'quvchi o'z javobini qog'ozga yozib, konvert ichiga solib qo'yadi va yonidagi o'quvchiga uzatadi. Barcha konvertlar aylana bo'ylab harakatlanadi. Yakuniy qismda barcha konvertlar yig'ib olinib, tahlil qilinadi. Davra suhbati metodining afzalliklari: o'tilgan materialni yaxshi esda qolishiga yordam beradi; barcha o'quvchilar o'zaro muloqotda bo'ladilar; har bir o'quvchi o'zining ishtirok etish mas'uliyatini his etadi; o'z fikrini erkin ifoda etish imkoniyati mavjud.
"Klaster" texnologiyasi- Bu o'quvchilarga biron bir mavzu bo'yicha erkin va ochiq fikr yuritishlariga yordam beruvchi pedagogik strategiyadir. U fikrlash bilan g'oyalar o'rtasidagi bog'lanishni kuchaytirish imkonini beruvchi tarkibiy qismlarga ajratishni talab qiladi bu fikrlashning bir chiziqda bo'lmagan shaklidir. U bizning miyamizni qanday ishlashi bilan uzviy bog'langandir. Klasterlarga ajratish - juda sodda va oson esda qoladi. Berilgan mavzuga oid miyangizga kelgan so'z va jumlalarni yozib olishga harakat qiling. Har ehtimlolga qarshi, hayolingizga kelgan
TADQIQOT METODOLOGIYASI
TAHLIL VA NATIJALAR
Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 4
educational, natural and social sciences 0 ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
va yozib olgan g'oya bilan mavzuga mosdek tuyulgan g'oya o'rtasida aloqa o'matishni boshlang. Vaqtingiz tugamaguncha va barcha fikrlaringiz tugab qolmaguncha, miyangizga qanday fikr kelsa hammasini yozavering.
"Modulli" texnologiyasi- Modul-lotincha so'zdan olingan bo'lib, qism (blok) degan ma'noni bildiradi.
XULOSA
Fanlarni o'qitishda modulli ta'lim texnologiyalardan foydalanish uchun mavzu mantiqiy tugallangan fikrli qismlar, ya'ni modullarga ajratiladi va har bir qismni tinglovchilarga mustaqil o'zlashtirishlari uchun o'quv topshiriqlari tuziladi. Shu o'quv topshiriqlari asosida, har bir modul yakunida savol — javob o'tkaziladi va xulosa chiqariladi. Modulli ta'limning asosiy mohiyati, tinglovchilar modul dasturlari yordamida mustaqil ishlashga asoslangan o'quv-bilim faoliyati orqali belgilangan maqsadga erishadilar.
"KBI" texnologiyasi-(Kuzatish, bahslashish, ishontirish)
Tinglovchilarni hayotda faol o'rnini topishlarini, peshqadamlik va sardorlik sifatlarini, jamoada ishlash ko'nikmalarini, shuningdek, o'zgalar fikrini hurmat qilgan holda munozara olib borish mahoratlarini hamda murosaga kelish, izlanish qobiliyatlarini shakllantirish va rivojlantirish. Ushbu mashg'ulot baxs-munozara uslubiga asoslangan bo'lib, o'tkazish vaqti aniq va tartibga egadir. o'qituvchi dastlab tinglovchilarni mashg'ulot o'tkazish tartib-qoidalar bilan tanishtiradi va ularni kichik guruhlarga ajratadi.
ADABIYOTLAR RO'YXATI: (REFERENCES)
1. Botirova Z. B., Rafikov R. Z., Isayeva N. B. Giyohvandlik profilaktikasi bo'yicha uslubiy qo'llanma.-T.: Ibn Sino Xalqaro jamg'armasi. 2002.-17 b.
2. Boliyev A. Mustaqillik va taraqqiyot yo'lidan: Markaziy Osiyo Hamdo'stligi// O'zbekiston ovozi.-1997.-29 iyun.-3-b.
3. Boltaboyeva M., Sattorov M. Ilmga baxshida umr.-T.: «Adolat», 2004. 248- b.
4. Bo'riyev O. Ma'naviyat gultoji-T.: O'qituvchi, 1997. 320 b.
5. Donolar bisotidan. Sultonov tahririda.-Toshkent.:- G'afur G'ulom nomidagi adabiyot va san'at nashriyoti, 1976. 184 b.
6. Jumaboyev Y. J. Hayot mazmuni va komil inson muammosi. //Xalq ta'limi, 1997, № 4, 17-b.
7. Jo'rayev R. H., Safarova R. G'., Ibragimov X. I., Musayev U. Q. Pedagogika fani Konsepsiyasi. //Xalq ta'limi, 2004, № 5, 8-31-b.
8. J. Yo'ldoshev. Ta'limimiz istiqloli yo'lida.-T.: «Sharq»,1996.224 b.
Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 4
educational, natural and social sciences 0 ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
9. J.Tulenov, B.Qodirov, Z.G'afurov. Ma'naviy yuksalish sari.T.: «Mehnat»-2000.191.
10. J.Hasanboyev, H.Sariboyev, G.Niyozov, O.Hasanboyeva, M.Usmonboyeva