Научная статья на тему 'UMUMIY O‘RTA TA’LIMDAGI ISLOHOTLAR, UNDA O‘QUV JARAYONINI SHAKKLANTIRISHDA YASSAVIY IJODINING O’RNI, BADIIY-ESTETIK VA ILMIY-PEDAGOGIK ASOSLARI'

UMUMIY O‘RTA TA’LIMDAGI ISLOHOTLAR, UNDA O‘QUV JARAYONINI SHAKKLANTIRISHDA YASSAVIY IJODINING O’RNI, BADIIY-ESTETIK VA ILMIY-PEDAGOGIK ASOSLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ta‘lim / qonun / strategiya / Ahmad Yassaviy / adabiy ta‘lim / ta‘lim shakli / ta‘lim usuli / tasavvuf / psixologik yondashuv.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Rayhona Muzaffar Qizi Kenjayeva

Maqolada so‘nggi yillarda ta‘lim tizimida olib borilaytogan islohotlar, bu jarayonda "O‘zbekiston – 2030" davlat dasturining o'rni yoritilib, umumiy o'rta ta‘limda yangitdan yaratilayotgan darslik va o'quv qo'llanmalar, ular doirasida ma‘naviy va ma‘rifiy jihatdan yetuk, axloqiv-tarbiyaviy jihatdan yuksak darajadagi yoshlarni shakllantirishda Ahmad Yassaviy ijodining roli tahlil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «UMUMIY O‘RTA TA’LIMDAGI ISLOHOTLAR, UNDA O‘QUV JARAYONINI SHAKKLANTIRISHDA YASSAVIY IJODINING O’RNI, BADIIY-ESTETIK VA ILMIY-PEDAGOGIK ASOSLARI»

Tashkent State University of Economics

Uzbekistan — 2030 Strategy: to Realize Human Potential

UMUMIY O'RTA TA'LIMDAGI ISLOHOTLAR, UNDA O'QUV JARAYONINI SHAKKLANTIRISHDA YASSAVIY IJODINING O'RNI, BADIIY-ESTETIK VA

ILMIY-PEDAGOGIK ASOSLARI

Rayhona Muzaffar qizi Kenjayeva

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti II kurs

magistranti

Maqolada so'nggi yillarda ta'lim tizimida olib borilaytogan islohotlar, bu jarayonda "O'zbekiston - 2030" davlat dasturining o'rni yoritilib, umumiy o'rta ta'limda yangitdan yaratilayotgan darslik va o'quv qo'llanmalar, ular doirasida ma'naviy va ma'rifiy jihatdan yetuk, axloqiv-tarbiyaviy jihatdan yuksak darajadagi yoshlarni shakllantirishda Ahmad Yassaviy ijodining roli tahlil qilingan.

Kalit so'zlar: ta'lim, qonun, strategiya, Ahmad Yassaviy, adabiy ta'lim, ta'lim shakli, ta'lim usuli, tasavvuf, psixologik yondashuv.

Umumiy o'rta ta'lim tizimida so'nggi yillarda juda ko'plab islohotlar amalga oshirilmoqda. Bu borada xalq ta'limi sohasida yangi o'quvchi o'rinlari yaratish, ta'limda zamonaviy metodikalarga o'tish, bitiruvchilar attestatsiyasini DTMga o'tkazish, o'qituvchilar saviyasiga talablarni kuchaytirish, maktablarga qisman moliyaviy va akademik mustaqillik berish, maktablarni akkreditatsiyalash, direktorlarni sertifikatsiyalash, bolalarni kasbga yo'naltirish va boshqa o'zgarishlar jadal olib borilmoqda.

Ta'lim tizimi doirasidagi islohotlarda bu tizimdagi mavjud qonunchilik tizimlari ham qayta ko'rib chiqildi. Xususan, 2020-yilda O'zbekiston Respublikasining 1997-yildagi «Ta'lim to'g'risida»gi qonuni va uning mazmunida ilgari surilgan g'oyalarning amaliyotga tatbiqi tahlil etilganda, ta'lim sohasida yangicha yondashuv zarurligiga ehtiyoj sezildi. Shu bois 2020-yil 23-sentyabrda Yangi O'zbekistonning "Ta'lim to'g'risida"gi Qonuni tubdan yangi mazmunda qabul qilindi va unga ko'ra, ta'lim turlari quyidagilardan iborat qilib belgilandi:

• maktabgacha ta'lim va tarbiya;

• umumiy o'rta va o'rta maxsus ta'lim;

• professional ta'lim;

• oliy ta'lim;

• oliy ta'limdan keyingi ta'lim;

• kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;

ANNOTATSIYA

154

17-aprel, 2024

Tashkent State University of Economics

Uzbekistan — 2030 Strategy: to Realize Human Potential

• maktabdan tashqari ta'lim.

Yangi O'zbekistonda ta'lim tizimida, ayniqsa umumiy o'rta talim tizmidagi amalga oshirilayotgan islohotlar, kelajak uchun maqsad qilingan marralarga erishishda 2023-yil 11-sentabrda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-158 soni Farmoni asosida qabul qilingan "O'zbekiston - 2030" strategiyasi juda katta ahamiyat kasb etmoqda. Davlat dasturining "Har bir insonga o'z salohiyatini ro'yobga chiqarishi uchun munosib sharoitlarni yaratish" nomli 1-yo'nalishida mamlakatimiz umumiy o'rta ta'lim tizimini yangi darajaga olib chiqshi kerak bo'lgan bir qancha vazifalarni o'z oldiga maqsad qilib qo'ygan. Ularning eng muhimlari quyidagilardan iborat:

- Olis va chekka hududlarda joylashgan 715 ta umumiy o'rta ta'lim muassasalari o'quvchilari uchun bepul avtobuslarni yo'lga qo'yish;

- Umumiy o'rta ta'lim muassasalarida toza ichimlik suv va zamonaviy sanitariya-gigiyena infratuzilmasi bilan to'liq ta'minlash;

- 700 ga yaqin nomdagi yangi darsliklar, mashq daftarlari, pedagoglar uchun metodik qo'llanmalar va mobil ilovalar yaratish;

- Yangi avlod darsliklari asosida planshetlar uchun 1 000 ta multimedia dasturlarini

- Ta'lim tashkilotlariga har yili 500 nafar "til egalari" bo'lgan xorijiy mutaxassislarni

- Prezident maktablari va ixtisoslashtirilgan maktablarning ta'lim metodikasini barcha umumiy o'rta ta'lim muassasalarining o'quv jarayonlariga joriy qilish;

- 1 000 nafar tarbiyachi va o'qituvchilarni xorijiy mamlakatlarga malaka oshirish va stajirovkaga yuborish[1].

Yuqoridagilar orasida "yangi darsliklar, mashq daftarlari, pedagoglar uchun metodik qo'llanmalar va mobil ilovalar yaratish" ta'lim jarayonida sifat darajasini ko'tarilishida o'z o'rniga ega. Ularni tayyorlashda ma'naviy va ma'rifiy jihatdan yetuk, axloqiv-tarbiyaviy jihatdan yuksak darajadagi yoshlarni shakllantirishda yanada ko'proq ko'mak beradigan darsliklar yaratish yoki ularning tarkibiga yuqodirdagi maqsadlarga yo'naltirilgan mavzularni joriy qilish maqsadga muvofiqdir.

Maktabga darslik sifatida kiritilayotgan fanlarning har birining o'z maqsadi va vazifasi belgilangan. Masalan, ona tili fanidan ko'zlangan maqsad bolada tildan foydalanish ko'nikmalarini mukammal shakllantirish asosida o'z ona tilidan erkin foydalana olish va ona tiliga hurmat ruhida tarbiyalash bo'lsa, adabiyot fanidan maqsad esa bolaga ta'lim, tarbiya va estetik zavq berish hisoblanadi. Shu nuqtayi nazardan bugungi ona tili darsliklarida bitta dars davomida bir ko'nikmani rivojlantirish uchun turli shakldagi matnlardan (masalan, badiiy, ilmiy, publitsistik, so'zlashuvdagi matnlar, og'zaki monolog, dialoglar, turli video va audio materiallari, intervyular) dars maqsadi

yaratish;

jalb etish;

155

17-aprel, 2024

Tashkent State University of Economics

Uzbekistan — 2030 Strategy: to Realize Human Potential

va umumiy mazmuniga mos ravishda foydalanilmoqda. Fikrimizcha, adabiyot darslarida ham bir ijodkor va uning asari uchun ajratilgan dars soatida faqat o'sha ijodkor bilan cheklanib qolmasdan badiiy matn mazmunini to'laroq ochib berish, estetik ta'sirni yanada kuchaytirish, badiiy asar g'oyasidan kelib chiqib xulosalarni dalillash uchun turli ijodkorlar ijodiga, xalq og'zaki ijodining kichik janrlariga, xususan, paremik janrlarga, tarix, musiqaga, video va audio materiallari va intervyularga murojaat qilish bilan dars sifatini oshirish, o'quvchilarni diqqatini ushlab turish, qiziqishini oshirish, kreativ fikrlashga yo'naltirish mumkin.

Buyuk qomusiy olim Abu Nasr Farobiy shunday fikrlarni yozib qoldirgan: "Har kimki ilm-hikmatni o'rganaman desa uni yoshligidan boshlasin, salomatligi yaxshi bo'lishiga intilsin, axloqli-odobli bo'lsin, so'zining uddasidan chiqsin, yomon ishlardan saqlansin, xiyonat va makr-hiyladan uzoq bo'lsin[2]". Darhaqiqat, ilm-u hikmat yo'liga kirish oldidan inson poklanishi, yuragidan kibr-u havoni chiqarishi, bu yo'lda sobitqadam bo'lmog'i lozim. Shundagina inson ilmni xalq xizmati uchun sarf qiladi, ilm o'z kuchini ko'rsatadi. Shu o'rinda Mahmud Zamaxshariyning shogirdi Tohirga olimlik maqomi, martabasi va mas'uliyati haqida aytgan nasihatini aytish lozim"... olimning siyrati odamiylikdir. Kishi, avvalo, odamiylik ilmini mukammal egallashi lozim[3]". Biz Ahmad Yassaviyning buyuk hayoti va hikmatlari, undagi ma'naviy tushunchalarni o'sib kelayotgan avlodning yosh xususiyatlaridan kelib chiqib tizimli ravishda o'qitish bilan bola fitratida yoshlikdan odamiylik sifatlarini shakllantirish mumkin deb hisoblaymiz.

Dastavval, Ahmad Yassaviyning ibratga to'la hayot yo'lini o'qitish maqsadga muvofiq. O'quvchilar hikmatlar matni bilan ishlash oldidan buyuk hakimning biografiyasi bilan tanishib chiqishi hikmatlar mazmunini chuqurroq ochishga imkon beradi. Tarjimai hol yozuvchining navbatdagi o'rganilajak asarining yaratilish tarixi shu asrning mazmuni tushunishga, o'quvchilarni bunga ruhiy jihatdan tayyorlashga yordam beradi[4]. Zero, ijodkor biografiyasi uning hikmatlariga to'laligicha ko'chgan desak mubolag'a bo'lmaydi. Bunda biz bevosita biografik metodga ehtiyoj sezamiz. Oddiy bir o'xshatish qilib aytganda, quyosh nuri yomg'ir suvidan o'tib kamalakka aylanganidek, badiiy asar ijodkor shaxsiy hayoti prizmasidan o'tkaziladi va natijada ijodning kamalak ranglari kashf etiladi. Ushbu metodda ijodkorning shaxsiy hayotiga, yashagan muhitiga, ruhiy-psixologik holatiga, shaxsiy qiziqishlariga, asarni yozishga turtki bo'lgan ilhom faktorlariga, ijodkor labarotoriyasiga va shu kabi qator tarixiy individual masalalarga e'tibor qaratiladi[5].

Maktabdagi adabiyot darslarida Adib Ahmad Yassaviy haqida taassurot qoldirish uchun Qul Ubaydiyning Yassaviy shaxsiyatini madh etgan quyidagi hikmatidan foydalanishimiz mumkin:

156

17-aprel, 2024

Tashkent State University of Economics

Uzbekistan — 2030 Strategy: to Realize Human Potential

Barcha mashoyix sarvari Xoja Ahmad Yassaviy, Sonsiz muridlar rahbari Xoja Ahmad Yassaviy, Xizr otaning hamrahi, ogahlarning ogahi,

Doim "ilohe", "ilohe" Xoja Ahmad Yassaviy[6].

Yuqoridagi to'rtlik asosida ham o'quvchi tafakkurida Ahmad Yassaviy shaxsiyatini ochib berish mumkin. Ubaydiy Yassaviyning tasavvufiy qiyofasini ushbu madhiyasida gavdalantira olgan. Ushbu to'rtlik asosida o'qitish bolani avvalo, qiziqtiradi, qolaversa sodda, xalqchil tilda yozilgan, tushunishga oson va yodda saqlash imkoniyati yuqori.

5-7-sinflarda adib biografiyasini tanishtirishda turli rivoyatlarga ham murojaat qilsa bo'ladi.

Yuqori sinflarda esa Adib Ahmadning ota-onasidan erta judo bo'lganligi, shunda ham ilm yo'liga kirib buyuk ustozlardan ta'lim olganligi, ustozlar huzurida uzoq vaqt xizmat qilganligi va ko'rgan qiyinchiliklari evaziga buyuk murshid bo'lib yetishganligini ham o'qitish lozim. Bu esa o'quvchilarga qiyinchiliklarda ham kuchli bo'lish lozimligi, ilmda sobitqadam bo'lish, ustozni e'zozlash,uni xizmatini qilish saodatga eltuvchi yo'l ekanligi, islom aqidalariga amal qilishning buyuk saodatini anglashga yordam beradi.

Xulosa qilib aytganda, Abib hayoti haqda ma'lumotga ega bo'lgan o'quvchi bemalol hikmatlarni tahlil qilib, uni tatbiq eta oladi. Fikrimizcha, Yassaviy hikmatlarini faqat bitta sinfda yoki faqat mustaqil ta'limdagina o'qitmasdan sinflar kesimida har bir sinfda o'quvchilarning tafakkur va yosh, psixoxologik xususiyatlarini inobatga olgan holda o'qitish samaraliroqdir.

REFERENCES

1. https://lex.uz/ru/docs/-6600413 // O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston — 2030" strategiyasi to'g'risida farmoni.

2. Abu Nasr Farobiy. Ixso ul-ilm.

3. Shermuhammedov P. Yaxshilar bahori yoxud Zamaxshariy dahosi. Ilmiy-ma'rifiy roman. - Toshkent, 2009. 9-bet.

4. Husanboyeva Q., Niyozmetova R. Adabiyot o'qitish metodikasi. - Toshkent: Innovatsiya-Ziyo, 2020. 295-bet.

5. Karimov B. Adabiyotshundzoslik metodologiyasi. - T., 2011. 18-bet.

6. Murodova B. Ubaydullaxon - Yassaviyning munosib izdoshi.

157

17-aprel, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.