Научная статья на тему 'TALABALARGA TEMURIYLAR DAVRI TASVIRIY VA AMALIY SAN’ATINI O’RGATISH METODIKASI'

TALABALARGA TEMURIYLAR DAVRI TASVIRIY VA AMALIY SAN’ATINI O’RGATISH METODIKASI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
258
22
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
temuriylar davri / tasviriy va amaliy san’at / ma’naviyat / milliy meros. / the Timurid period of fine and applied arts / spirituality / national musical heritage.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Z. Istamov

Maqolaning mazmuni temuriylar davri tasviriy va amaliy san’atini talabalarga o’rgatish orqali uzoq o’tmishdagi milliy meroslarimizni yosh avlodni ong-u shuriga yetkazishga qaratilgan. Unda talabalarni ma’naviy komillikka erishishida tasviriy va amaliy san’at, uning inson qalbiga ta’sir kuchi, tarbiyaviy mohiyati haqidagi buyuk qomusiy olimlarimizning fikrlari, tasviriy va amaliy san’atlarimizning jahon tasviriy san’at madaniyati rivojining barcha bosqichlarida o‘zining jozibadorligi va chuqur falsafiy mazmuni bilan insoniyat ongiga madaniy va ma’naviy ozuqa sifatida xizmat qilib, ularda temuriylar davrining ma’naviy boyliklari va talabalarni san’at sohasiga munosabatini shakllantirishga xizmat qilayotganligi yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

METHODOLOGY OF TEACHING STUDENTS IN THE FINE AND APPLIED ARTS OF THE TEMURIAN PERIOD.

The content of the article is aimed at bringing to the attention of the younger generation the national heritage of the distant past by teaching students the fine and applied arts of the Timurid period. It includes the views of our great encyclopedic scholars on the fine and applied arts, its impact on the human heart, its educational significance, the attractiveness of our fine and applied arts at all stages of development of world fine arts culture and with its deep philosophical content, it serves as a cultural and spiritual nourishment to the human mind, in which it serves to shape the spiritual riches of the Timurid period and the attitude of students to the field of art.

Текст научной работы на тему «TALABALARGA TEMURIYLAR DAVRI TASVIRIY VA AMALIY SAN’ATINI O’RGATISH METODIKASI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

TALABALARGA TEMURIYLAR DAVRI TASVIRIY VA AMALIY SAN'ATINI

O'RGATISH METODIKASI Istamov Zavqiddin

SamDU o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.7184082

Annotatsiya. Maqolaning mazmuni temuriylar davri tasviriy va amaliy san'atini talabalarga o'rgatish orqali uzoq o'tmishdagi milliy meroslarimizni yosh avlodni ong-u shuriga yetkazishga qaratilgan. Unda talabalarni ma'naviy komillikka erishishida tasviriy va amaliy san'at, uning inson qalbiga ta'sir kuchi, tarbiyaviy mohiyati haqidagi buyuk qomusiy olimlarimizningfikrlari, tasviriy va amaliy san'atlarimizning jahon tasviriy san'at madaniyati rivojining barcha bosqichlarida o'zining jozibadorligi va chuqur falsafiy mazmuni bilan insoniyat ongiga madaniy va ma'naviy ozuqa sifatida xizmat qilib, ularda temuriylar davrining ma'naviy boyliklari va talabalarni san'at sohasiga munosabatini shakllantirishga xizmat qilayotganligi yoritilgan.

Kalit so'zlar: temuriylar davri, tasviriy va amaliy san'at, ma'naviyat, milliy meros.

МЕТОДОЛОГИЯ ОБУЧЕНИЯ СТУДЕНТОВ В ИЗУЧЕННОМ И ПРИКЛАДНОМ

ИСКУССТВЕ ТЕМУРСКОГО ПЕРИОДА.

Аннотация. Содержание статьи направлено на то, чтобы привлечь внимание молодого поколения к национальному наследию далекого прошлого, обучая студентов изобразительному и прикладному искусству тимуридского периода. Он включает взгляды наших великих ученых-энциклопедистов на изобразительное и прикладное искусство, его влияние на человеческое сердце, его образовательное значение, привлекательность нашего изобразительного и прикладного искусства на всех этапах развития мировой культуры изобразительного искусства и с его глубоким философским содержанием, он служит культурным и духовным питанием для человеческого разума, в котором он формирует духовные богатства тимуридского периода и отношение студентов к области искусства.

Ключевые слова: тимуридский период изобразительного и прикладного искусства, духовность, национальное музыкальное наследие. METHODOLOGY OF TEACHING STUDENTS IN THE FINE AND APPLIED ARTS

OF THE TEMURIAN PERIOD.

Abstract. The content of the article is aimed at bringing to the attention of the younger generation the national heritage of the distant past by teaching students the fine and applied arts of the Timurid period. It includes the views of our great encyclopedic scholars on the fine and applied arts, its impact on the human heart, its educational significance, the attractiveness of our fine and applied arts at all stages of development of world fine arts culture and with its deep philosophical content, it serves as a cultural and spiritual nourishment to the human mind, in which it serves to shape the spiritual riches of the Timurid period and the attitude of students to the field of art.

Keywords: the Timurid period of fine and applied arts, spirituality, national musical heritage.

KIRISH

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Ma'naviy barkamollik va yetuklikning qirralaridan biri milliy merosdir. Milliy meros bu milliy ma'naviyatimizdir. Milliy ma'naviyat - bu o'z xalqining bir necha ming yillar davomida yaratib kelgan barcha moddiy va ma'naviy boyliklari, tarixiy me'rosi, urf-odatlari, an'analari, odob-axloqlari, turmush tarzi, va saboqlariga cheksiz hurmat va e'zoz bilan munosabatda bo'lish, avaylab-asrashdir. O'z xalqining tarixini, milliy qadriyatlarini, tilini, istiqbol manfaatlarni bilmagan, qadrlamagan milliy mansubligini unutgan, o'z millatining istiqboli uchun qayg'urmagan kishilarda milliy ma'naviyat ham, millat bilan faxrlanish ham, millatparvarlik ham bo'lmaydi. Bunday kishilarni ma'naviy komil, yetuk inson deya olmaymiz. Ma'naviy yetuk, komil insonni tarbiyalash vazifasi qanchalik mashaqqatli bo'lmasin uni amalga oshirganimizdagina pirovard maqsadlarga erishish mumkin bo'ladi.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyevning 2020-yil 21-aprelda qabul qilgan PQ-4688 sonli "Tasviriy va amaliy san'at sohasi samaradorligini yanada oshirishga doir chora-tadbirlari to'g'risida" gi qarorida barkamol avlodni shakllantirish, yoshlarni ma'naviy-axloqiy va jismoniy sog'lom etib tarbiyalash, ularni amalga oshirilayotgan islohotlarning faol ishtirokchisiga aylantirishga alohida e'tibor qaratilayotganligi ta'kidlanganligi O'zbekistonni ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy va ma'naviy rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlarida ta'lim-tarbiya tizimi, uning mazmuni va mohiyatini yangicha, milliy negizda shakllantirishga davlat siyosati darajasida qaralayotganidan dalolat beradi.

Bugungi kunda asosiy e'tibor talabalarning ta'lim-tarbiyasiga, ularning mustaqil fikrlaydigan, yuksak tafakkur egasi va ma'naviyatli insonlar bo'lib shakllanishlariga qaratilgandir. Prezidentimiz ta'kidlaganlaridek, "Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma'naviy salohiyatga ega bo'lib, dunyo miqyosida o'z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo'sh kelmaydigan insonlar bo'lib kamol topishi, baxtli bo'lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz" [1].

Kelajak taraqqiyoti va uni qanday kechishi ko'p jihatdan uning bunyodkorlari ma'naviy va madaniy merosni anglay olishiga bog'liq. Tasviriy va amaliy san'at negizini mustahkamlash, uni jahon ilm-fanining eng so'nggi yutuqlariga tayangan holda takomillashtirib borish, ilm fanni rivojlantirish, ijtimoiy faollik, ma'naviy yetuk, kasb-hunarli, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat va uni chuqur his etuvchi, ijodiy, erkin va mustaqil fikr yurita oladigan, milliy g'urur va komillik tuyg'ulari yuksak darajada shakllangan shaxsni kamolga yetkazish davlatimiz siyosatida asosiy o'rinni egallaganligi bejis emas.

Ta'lim sohasidagi islohatlarning nazariy asoslarini ifodalovchi "Ta'lim to'g'risida"gi qonun va "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" ga asoslangan holda ta'limning milliy modelini hayotga tadbiq etish ishlari bugungi kunda muhim vazifa etib belgilangani va uni takomillashtirish davom ettirilmoqda.

Ilmiy kuzatuv va tahlillar hozirgi vaqtda tasviriy va amaliy san'at ishlarini milliy qadriyatlarga tayangan holda har tomonlama to'g'ri ekanligini ko'rsatmoqda. Buni xalqaro hamjamiyatimiz tomonidan e'tirof etilayotganligidan ham ko'rishimiz mumkin.

O'rta Osiyo zaminida temuriylar davri ilm-fan, adabiyot, san'at sohlarida kamolot bosqichiga ko'tarildi. Temuriylar davlatining qudrati ayniqsa me'morchilikda namoyon bo'ldi. Oqsaroy peshtoqida bitilgan «Qudratimizni ko'rmoq istasang - binolarimizga boq!» degan yozuv Temur davlatining siyosiy vazifasini ham anglatar edi. Temur davrida Movarounnahr shaharlari qurilishida isteqomlar, shoh ko'chalar, me'moriy majmualar keng ko'lam kasb etadi. Ilk o'rta

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

asrlardagi shaharning asosiy qismi bo'lgan «Shahriston»dan ko'lam va mazmuni bilan farq qiluvchi «Hisor» qurilishini Samarqand va Shahrisabzda kuzatish mumkin. Temur davrida Kesh shahar qurilishi yakunlandi. «Hisor»ning janubi-g'arbida hukumat saroyi Oqsaroy va atrofida rabotlar, bog' - rog'lar qurildi.

Shahar mahalalardan iborat bo'lib, guzarlarga birlashgan. Shaharda me'moriy majmualar shakllanishi Temur va temuriylar davrining eng katta yutug'i bo'ldi. Me'morchilik taraqqiyotning yangi bosqichiga ko'tarildi, inshootlar ko'lami bilan birga uning shakli ham ulkanlashdi. Bu jarayon muhandislar, me'morlar va naqqoshlar zimmasiga yangi vazifalarni qo'ydi. Temur davrida gumbazlar tuzilishida qirralar oralig'i kengaydi. Ikki qavatli gumbazlar qurishda ichkaridan yoysimon qovurg'alarga tayangan tashqi gumbazni ko'tarib turuvchi poy gumbazning balandligi oshdi. Ulug'bek davrida gumbaz osti tuzilmalarning yangi xillari ishlab chiqildi. Aniq fanlardagi yutuqlar me'morchilik yodgorliklarida aniq ko'rinadi (Shohizinda, Ahmad Yassaviy, Go'ri Amir maqbaralari, Bibixonim masjidi, Ulug'bek madrasasi). Ularning old tomoni va ichki qiyofasi rejalarini tuzishda me'moriy shakllarning umumiy uyg'unligini belgilovchi geometrik tuzilmalarning aniq o'zaro nisbati bor. Bezak va sayqal ishlari ham bino qurilishi jarayonida baravar amalga oshirilgan.

TADQIQOT NATIJALARI

Temuriylar davridan qolgan maqbara, din arboblari va ruhoniylar qabrini o'z ichiga oluvchi to'siq-xazira, avliyolar qadamjolari, dahma alohida guruhni tashkil qiladi. Samarqandda Temur davrida shayx Burxoniddin Sag'orjiy xilxonasi - Ruhobod maqbarasi va Temuriylar xil xonasi - Go'ri Amir. Shuningdek, Shohizinda majmuasida peshtoqli maqbaralar guruhi quriladi. Ulug'bek davrida ijodiy izlanishlar samarasi dahmalarning me'moriy ko'rinishiga ham ta'sir o'tkazadi. Shohizinda majmuasida sakkiz qirrali maqbara va hozirgacha Qozizoda Rumiy maqbarasi deb kelinayotgan («Sultonning onasi» uchun qurilgan, asli noma'lum) maqbara quriladi. Ulug'bek Buxoro, G'ijduvon, Shahrisabz, Termiz, Toshkentda ham noyob obidalar qurdirgan. Ammo qurilish miqyosi va bezaklar bo'yicha Samarqanddagi obidalar ustunlik qiladi. Toshkentda Zangi ota maqbarasi va Shayxontohur majmuasi, bo'lib, Qaldirg'ochbiy maqbarasi XV asrning birinchi yarmiga mansub.

Temur davrida ulkan inshoot-Turkiston shahrida Ahmad Yassaviy maqbarasi barpo qilindi. Bu maqbara musulmon Sharqining me'moriy yodgorliklari orasida eng noyobidir.

Qadamjolar me'morchiligi rang-barang va tasviriy jihatdan ham o'ziga xos tuzilishga ega. Temur Buxoroda Chashmai Ayub (1380y.) yodgorligini qurdiradi. Shunigdek, Temur Shahrisabzda ziyorat va dafn marosimlari uchun «hazira»-»Dor us-Siyozat» (1389-1400) xilxonasini qurdirgan. O'g'li Jahongir vafot etgach Shahrisabzda maqbara (hazrati Imom) qurdirgan. Unda Xorazm me'morchiligi an'analarini ko'rish mumkin.

Samarqanddagi Ulug'bek rasadxonasi me'moriy-tasviriy san'atning noyob yodgorligidir. Rasadxona diametri 48 metrli aylana shaklda bo'lib, uch qavatlidir.

Temuriylar davrida qurilgan saroylar ikki xil bo'lgan. Birinchisi-ma'muriy-siyosiy maqsadda bo'lib, qal'a yoki shahar ichida qurilgan. Ikkinchisi-shahar tashqarisidagi bog'larda qurilgan qarorgohlarda qabul marosimlari, majlislar o'tkazilgan va xordiq chiqarilgan. Shahrisabzdagi Oqsaroy gumbazining diametri 22 metr bo'lib, toq va ravoqlari beqiyos bo'lgan. Temur va Ulug'bekning asosiy qarorgohi Samarqanddagi Ko'ksaroy va Bo'stonsaroy deyiladi. Shuningdek, shahar tashqarisida Temur o'n ikkita bog' va saroylar bunyod ettirgan.

Amir Temur va Ulugbek davrlari tasviriy san'atning ravnaki bilan xam namoyon buladi va

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

u tuifa yunalishlari buyicha mislsiz darajada yuksaladi. Tugri, islom dini inson kiyofasini chizishni man etadi. Birok Qur'oni Karimda bu xususda ochiq aytilmagan, faqatgina sanamlarga sipshmaslik tugrisida ran boradi xamda "ansos", ya'ni xaykallarni shayton vasvasasi tufayli vujudga kelgani kayd etiladi xolos. Ammo, biroz keyinrokdagi sharx (tafsir)larda shunday deyiladi: "Olloh taolo xamda inson kiyofasini chizishdan extiyot buling va faqat daraxtlar, gulpar va jonsiz narsalarni chizing".

"Jonli narsalarni chizgan odam baxtsizlikka duchordir. Ruzi maxsharda musavvir tasvirlagan kiyofalar rasmdan chikib uning oldiga keladilar va bizga jon ato kilgin deb talab kiladilar. Ana shunda u odam uzi chizgan suratlarga jon ato etolmagani bois duzaxdan joy oladi".

Bunday katagon o'rta asr islom sharkining tasviriy san'atiga uz ta'sirini o'tkazmay kolmas edi albatta (ayniqsa su'niy mazxabi bunga moyil edi) va shunday qilib bu san'atning eng asosiy diqqat e'tibori naqdiga qarab yo'naldiki, bu soha beqiyos darajada ravnaq topdi. Ammo shunday paytlar xam bo'ldiki, tasviriy san'at naqqoshlik bilan cheklanib qolmay, sufiylik muhitida ta'qiqlardan chetga chiqa boshladi.

Talabalarda Temuriylar davrida tasviriy va amaliy san'atni o'rgatish orqali milliy meros va ma'naviy yuteklik ruhida tarbiyalashda bir nechta muhim vazifalarni bajarish lozim:

1. Talabalarda milliy merosni singdirishda tasviriy va amaliy san'atni qadimiy qadamjolarni ziyorat etish imkoniyatlaridan keng foydalanish,

2. Har bir qadimiy meroslarning ma'naviy boyligimiz sifatida qarash va uni kelajak avlodga ham yetkazish uchun zaruriy ishlarni tashkil etish, shuningdek komil insonda zarur bo'ladigan sifatlarni mujassam etish.

3. Talabalarning tasviriy san'at faoliyati jarayonida ularning ma'naviy axloqiy sifatlarini shakllantirish;

4. Respublikamizda hozirgi vaqtda olib borilayotgan ma'naviy meroslarimizni asrash va uni yanada kuchli ta'sir ko'rsatish jozibadorligini asl holatida saqlanishini tahlil etish;

5. Talaba yoshlarning vaqtlarini mazmunli va unumli o'tazish uchun zaruriy ishlarni to'g'ri tashkil etish orqali ularni kelajada yurtimizni rivojida o'z hissasini qo'shadigan qilib tarbiyalash mashg'ulotlarini joriy qilish;

6. Tasviriy va amaliy san'at fani asoslarini o'granish jarayonida talabalarni milliy madaniyat va ma'naviy komillik tuyg'ularini shakllantirish va ularda tasviriy tarbiyani takomillashtirish bo'yicha o'z tajribalarini ommalashtirish va targ'ib qilish maqsadida ilmiy-amaliy tavsiyalar ishlab chiqish;

Shuningdek tasviriy va amaliy san'at ta'limi orqali talabalarni milliy meroslarimizni va shu orqali yetuk inson tarbiyalash uchun quyidagi optimal uslublardan foydalanishni taqozo etadi:

1. Tasviriy mashg'ulotlar orqali talabalarni milliy madaniyatimiz va komillik tuyg'ularini shakllantirish, ma'naviy, axloqiy-estetik dunyoqarashini shakllantirish maqsadida har bir talaba tasviriy yodgorliklarni chuqur tahlil qilgan holda talabalarga o'rgatishi;

2. O'rgatiladigan tasviriy yodgorliklar insonparvarlik g'oyasini, milliy madaniyat aks ettirilgan ruhda shakllantirilgan bo'lishi lozim va ushbu merosni ijro qilishda talaba merosning mazmunini qalban his qilishi;

3. Har bir tasviriy mashg'ulotning asosiy maqsadi aniqligini ta'minlash;

4. Tasviriy va amaliy vositalarning bog'liqligi;

5. Mashg'ulotlarda har bir tarbiyaviy maqsad va vazifalarning izchilligi;

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

6. Tasviriy mashg'ulotlarning har bir bo'limiga taalluqli o'quv materiallari va ko'rgazmali qurollarni to'g'ri tanlash;

7. Eng samarali natija beradigan uslublarni tanlash;

8. Har bir tasviriy asarini o'rganish jarayonida o'quvchilarning emotsional-hissiy qabul qilish jarayonida individual xususiyatlarini hisobga olish;

9. Tasviriy mashg'ulotning tashkiliy qismining aniqligi;

10. Tasviriy mashg'ulotning induvidual va jamoa bilan ish olib borishni to'g'ri yo'lga

qo'yish;

11. Olib boriladigan ishlarni uslublarning turlicha bo'lishi, mazmundorligi, emotsionalligi va tempini aniqlash;

12. Talabalarning tasviriy qobiliyati past bo'lganlari bilan olib boriladigan individual ish rejasini tuzish va uni bosqichma-bosqich amalga oshirish;

Tasviriy san'at darslarida Temuriylar davri tasviriy va amaliy san'atini o'rgatish metodikasini takomillashtirish. San'at va madaniyat institutlarida tasviriy san'atni o'qitishning nazariy asoslari, Navro'z bayramining yurtimizda nishonlanishi, milliy qadryatlarning tasviriy san'atida ifoda etilishi, Navro'z bayramini rassomlar ijodida ifodalanishi, tasviriy san'at darslarida kompozitsiyaning qoida va usullari, vositalari, tasviriy san'atning maishiy janrida tematik kompozitsiya yaratish, kompozitsion faoliyat bo'yicha o'quvchilarda badiiy-ijodiy qobilyatni, fikr va taasurotni obrazli tasvirlash hamda badiiy didni o'stirish, badiiy ijodkorlikni rivojlantirish kabi tarbiyaviy vazifalarni amalga oshirish mavzu asosida rasm chizish metodikasi haqida ma'lumotlar berish. Syujetli kompozitsiyalar yaratish qonuniyatlarini ochib berish. Mavzu asosida rasm chizish darslarini tashkil qilish metodikasini ishlab chiqish va o'quvchilarning estetik idroki va didini o'stirish kabi tarbiyaviy vazifalarni amalga oshirish dolzarb muammo hisoblanadi.

Bu muammoni hal qilib, talabalarning tasviriy san'at fanidan o'zlashtirishlarini keskin oshirish mumkin.

MUHOKAMA

Barchamizga ayonki, tasviriy va amaliy san'atga bo'lgan muhabbat, tasviriy madaniyat xalqimizda bolalikdan boshlab oila sharoitida shakllanadi. Uyida rassomchilik, qalamkashlik yoki boshqa shu kabi ashyolar bo'lmagan, tasviriy san'atni inson ongiga ta'sirini o'z hayotida sezmasdan yashaydigan odamni bizning yurtimizda topish qiyin, desak mubolag'a bo'lmaydi.

Eng muhimi bugungi kunda tasviriy san'ati yetuk avlodimizni milliy madaniyat va komillik tuyg'ulari ruhida kamol topishida boshqa san'at turlariga qaraganda ko'proq va kuchliroq ta'sir ko'rsatmoqda.

Shu nuqtai-nazardan talaba talabalarga milliy ma'naviy qadriyatlarga munosabatini milliy tasviriy va amaliy san'at tuyg'ulariga monand qilib o'rgatish, bu boradagi eng muhim vazifalar, muammolarni nazariy asoslarini tahlil qilish va uning ijobiy yechimini ta'minlovchi ish usullari, imkoniyatlari, uslubiy sharoit va qulayliklarni aniqlash, talabalarni tasviriy san'ati vositasida tarbiyalash, ushbu san'at turlari vositasida ularda milliy madaniyat va komillik tuyg'ularini shakllantirishning ilmiy-tahlilli tizimini ishlab chiqish hozirgi kunda eng dolzarb pedagogik muammolardan bo'lib qolmoqda.

Tasviriy san'at jamiyat ijtimoiy taraqqiyotining hamma bosqichlarida ham insonni komil tarbiyalash va ma'naviy-madaniy boyitishning bir omili sifatida xizmat qilib kelmoqda. Hozirgi

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

zamon sharoitida, ya'ni fan va texnika taraqqiyot etgan davrda san'atning tarbiyaviy ahamiyati yanada ortdi.

XULOSA

Xulosa o'rnida shuni ta'kidlashimiz lozimki, milliy tasviriy-madaniy merosimiz jahon tasviriy san'ati rivojining barcha bosqichlarida o'zining jozibadorligi va chuqur falsafiy mazmuni bilan insoniyat ongiga ma'naviy ozuqa sifatida xizmat qilib, ularga milliy madaniy va komillik tuyg'ularini his etishlarini hamda ularga estetik zavq berib keldi. O'zbekistonimizda tasviriy san'at ta'limi va tarbiyasining to'g'ri yo'lga qo'yilishi, milliy va zamonaviy qadriyatlarimiz bilan bir qatorda jahon madaniyatining barcha imkoniyatlaridan to'la va samarali foydalanish sharoitlarini yaratib berdi. Shunday ekan, talabalarimiz ma'naviy dunyosini shakllantirishda, ularda milliy meros va komillik tuyg'ularini tarbiyalashda, barkamol inson bo'lib ulg'ayishlarida bizning milliy musiqamiz hamisha beqiyos tarbiya manbai bo'lib qolaveradi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to'plami 2020-yil 21-aprelda qabul qilgan PQ-4688 sonli qaror.

2. «Ta'lim to'g'risida»gi Qonun. «Barkamol avlod-O'zbekiston taraqqiyotining poydevori». -T., Sharq, 1997

3. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. «Barkamol avlod-O'zbekiston taraqqiyotining poydevori». - T., Sharq, 1997.

4. K.M.G'ulomov Amaliy san'at. -T: Iqtisod-moliya, 2008.

5. www.ziyonet.uz

6. www.lex/uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.