Научная статья на тему 'GLOBALLASHUV DAVRIDA YURTIMIZDA TA’LIM TIZIMIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN O’ZGARISHLAR'

GLOBALLASHUV DAVRIDA YURTIMIZDA TA’LIM TIZIMIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN O’ZGARISHLAR Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
47
4
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Oliy ta’lim / ta’lim / taʼlim-tarbiya / pedagog / yoshlar / islohotlar / moliyaviy mustaqillik / ta’lim sifati. / Higher education / education / education / pedagogue / youth / reforms / financial independence / quality of education.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Jumaniyozova, N. S.

Ushbu maqolada glaballashuv davrida yurtimizda ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan o’zgarishlar shuningdek ushbu islohotlarning bugungi kundagi ahamiyati hamda uning jamiyatdagi o‘rni va roli tahlil qilingan. Bundan tashqari ushbu maqolada oliy ta’lim tizimida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar tahlil qilingan. Bundan tashqari ta’lim tizimini va sifatini takomillashtirish yuzasidan keng xorijiy tajriba o‘rganilgan. Ushbu tahlillar natijasida O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimi takomillashtirish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

CHANGES IN OUR COUNTRY'S EDUCATION SYSTEM DURING GLOBALIZATION

This article describes the changes that are taking place in the education system in our country during the globalization period. The significance of the reforms today and its place and role in the society are analyzed. In addition, this article analyzes the legal documents adopted in the higher education system. In addition, a wide range of foreign experience in improving the education system and quality has been studied. As a result of these analyses, suggestions and recommendations were developed for the improvement of the educational system of the Republic of Uzbekistan.

Текст научной работы на тему «GLOBALLASHUV DAVRIDA YURTIMIZDA TA’LIM TIZIMIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN O’ZGARISHLAR»

Oriental Renaissance: Innovative, (E)ISSN:2181-1784

educational, natural and social sciences www.oriens.uz

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 3(10), October, 2023

GLOBALLASHUV DAVRIDA YURTIMIZDA TA'LIM TIZIMIDA AMALGA

OSHIRILAYOTGAN O'ZGARISHLAR

Jumaniyozova N.S.

Toshkent davlat transport universiteti "Ijtimoiy fanlar" kafedrasi v.b.dotsenti

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada glaballashuv davrida yurtimizda ta'lim tizimida amalga oshirilayotgan o 'zgarishlar shuningdek ushbu islohotlarning bugungi kundagi ahamiyati hamda uning jamiyatdagi o 'rni va roli tahlil qilingan. Bundan tashqari ushbu maqolada oliy ta 'lim tizimida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar tahlil qilingan. Bundan tashqari ta 'lim tizimini va sifatini takomillashtirish yuzasidan keng xorijiy tajriba o'rganilgan. Ushbu tahlillar natijasida O'zbekiston Respublikasi ta 'lim tizimi takomillashtirish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Kalit so'zlar: Oliy ta 'lim, ta 'lim, ta 'lim-tarbiya, pedagog, yoshlar, islohotlar, moliyaviy mustaqillik, ta'lim sifati.

ABSTRACT

This article describes the changes that are taking place in the education system in our country during the globalization period. The significance of the reforms today and its place and role in the society are analyzed. In addition, this article analyzes the legal documents adopted in the higher education system. In addition, a wide range of foreign experience in improving the education system and quality has been studied. As a result of these analyses, suggestions and recommendations were developed for the improvement of the educational system of the Republic of Uzbekistan.

Key words: Higher education, education, education, pedagogue, youth, reforms, financial independence, quality of education.

KIRISH

«O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi» 41-moddasida ta'kidlanganidek, «har kim bilim olish huquqiga ega» O'zbekiston Respublikasi inson huquqlari va erkinliklariga rioya etilishini, jamiyatning ma'naviy yangilanishini, ijtimoiy yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotining shakllanitirishni, jahon hamjamiyatiga qo'shilishini ta'minlaydigan demokratik huquqiy davlat va ochiq (demokratik) fuqarolik jamiyati qurishni o'z oldiga maqsad qilib qo'ygan. 1997 yil 29 avgustda birinchi Prezident Islom Karimov Oliy Majlis X sessiyasida «Barkamol avlod -

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(10), October, 2023

O'zbekiston taraqqiyotining poydevori» mavzuida nutq so'zladi.Shu sessiyada «Ta'lim to'g'risida» gi Qonun qabul qilindi. U 5 bo'lim 34 moddadan iboart. Shuningdek, sessiyada «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» ham qabul qilindi.Inson, uning har tomonlama kamol topishi va farovonligi, shaxs manfaatlarini ro'yobga chiqarishning sharoitlarini va ta'sirchan mexanizmlarini yaratish, eskirgan tafakkur va ijtimoiy xulq-atvorning andozalarini o'zgartirish respublikada amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy maqsadi va harakatlantiruvchi kuchidir. Xalqning boy intellektual merosi va umumbashariy qadriyatlar asosida, zamonaviy madaniyat, iqtisodiyot, fan, texnika va texnologiyalarning yutuqlari asosida kadrlar tayyorlashning mukammal tizimini shakllantirish O'zbekiston taraqqiyotining muhim shartidir.«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» «Ta'lim to'g'risi»dagi O'zbekiston Respublikasi qonunining qoidalariga muvofiq holda tayyorlangan bo'lib, milliy tajribaning tahlili va ta'lim tizimida jahon miqyosidagi yutuqlar asosida tayyorlangan holda yuksak umumiy va kasb-hunar madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy faollikka, ijtimoiy-siyosiy hayotga mustaqil ravishda mo'ljalni to'g'ri ola bilish mahoratiga ega bo'lgan, istiqbol vazifalarini ilgari surish va hal etishga qodir kadrlarning yangi avlodini shakllantirishga yo'naltirilgandir.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Dastur kadrlar tayyorlash milliy modelini ro'yobga chiqarishda har tomonlama kamol topgan, jamiyatda turmushga moslashgan, ta'lim va kasb-hunar ixtisosligini ongli ravishda tanlash va keyinchalik puxta o'zlashtirish uchun ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, psixologik-pedagogik va boshqa tarzdagi sharoitlarni yaratishni, jamiyat, davlat va oila oldida o'z javobgarligini his etadigan fuqarolarni tarbiyalashni nazarda tutadi.Bugungi kunda yurtimizda barcha sohalarda amalgam oshirilayotgan islohotlarni ko'rishimiz mumkin. Misol tariqasida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev mamlakatimizda ta'lim-tarbiya tizimini takomillashtirish, ilm-fan sohasi rivojini jadallashtirish masalalari alohida etibor qaratilmoqda. Davlatimiz rahbari 2022-yil O'qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan soha vakillariga yo'llagan tabrik nutqida ta'kidlaganidek, taraqqiyotning tamal toshi ham, mamlakatni qudratli, millatni buyuk qiladigan kuch ham ilm-fan, ta'lim va tarbiyadir. Shuning uchun ham, O'zbekistonda ta'lim tizimini kompleks rivojlantirish, malakali kadrlar tayyorlash maqsadlariga katta kuch va mablag'lar yo'naltirilmoqda. Maktabgacha ta'lim, maktab va oliy ta'lim tizimlari, ilmiy-tadqiqot muassasalari faoliyatida sifat o'zgarishlari ro'y bermoqda. Biz ustozni otaday ulug' deb bilgan, doimo ardoqlagan ma'rifatparvar xalqning vakillarimiz. Men ham o'qituvchi, muallim deganda o'zim uchun eng aziz va hurmatli bo'lgan, ziyoli va zamonaviy, samimiy va mehribon insonlarni tasavvur qilaman. Chunki hammamizga ham shu muallim saboq va ta'lim

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(10), October, 2023

berib, mehribon ota-onalarimiz qatorida tarbiyalagan, - dedi davlat rahbari yig'ilish avvalida. - Bugungi kunda O'zbekistonning yangi taraqqiyot davri poydevorini yaratyapmiz. Bunda bizning eng yaqin ko'makchilarimiz ustoz va murabbiylar, ilmiy va ijodkor ziyolilardir. Har bir oila, har bir bola hayoti maktab bilan bog'langani, bu masala davlatning, jamiyatning eng muhim ishi ekani ta'kidlandi. Hammamiz aziz farzandlarimiz hayoti va taqdirini o'qituvchi va murabbiylarga ishonib topshiramiz. Mana shunday beqiyos boylik posbonlari, kelajak bunyodkorlari bo'lgan bu mo'tabar zotlarga munosib hurmat-ehtirom ko'rsatishimiz kerak, - dedi Prezident. Inson borki, avlod - ajdodi kimligini, nasl - nasabini, o'zi tug'ilib o'sgan yurt, vatanining tarixini bilishni istaydi. Vaholanki, har bir insonning o'tmishi, kelajagi tarixga bog'liq. Shuningdek, shaxs ma'naviy tarbiyasida milliy va tarixiy ong, dunyoqarash muhim o'rin tutadi. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov: "Insoniyatning ko'p yillik tajribasi shundan dalolat beradiki, dunyodagi zo'ravon va tajovuzkor kuchlar qaysi bir xalq yoki mamlakatni o'ziga tobe qilib bo'ysundirmoqchi, uning boyliklarini egallamoqchi bo'lsa, avvalambor, uni qurolsizlantirishga, ya'ni eng buyuk boyligi bo'lmish milliy qadriyatlari, tarixi va ma'naviyatidan judo qilishga urinadi" deya ta'kidlagan edi.

Sobiq sho'rolar davrida bir qator fanlarda, jumladan, falsafa, til, adabiyot va tarix fanlarida turli kamchiliklarga yo'l qo'yildi. Natijada, bu fanlarni o'zlashtirish, o'rganish jarayonida ko'plab muammolar paydo bo'ldi. O'quvchi yoshlar ongiga milliy tarixdan ko'ra o'zga g'oya va qadriyatlarning singdirilishi tariximizga bo'lgan qiziqishning susay- ishiga olib keldi. Asl tariximiz o'qitilmasligi oqibatida o'quvchilar ongida milliy tariximiz bilan bog'liq bo'shliq vujudga keldi. Mana shu bo'shliq ayrim yoshlarimizda tarixiy ongning yo'qolishiga va uning o'rnini turli xil begona g'oya va qarashlar egallab olishiga sabab bo'ldi.

O'zbekiston o'z mustaqilligiga erishganidan so'ng xaqqoniy tariximizni yaratish. uni o'quvchi yoshlar ongiga singdirish, ma'naviyatini shakllantirish borasida bir kator ishlar amalga oshirila boshlandi. Xozirda turli tashkilot va o'quv muassasalarida milliy o'zlikni anglash, uni yot g'oyalar ta'siridan saqlash, hamda milliy g'urur tushunchasining mohiyati naqadar axamiyatli ekanligi xususida tushuntirish ishlari olib borilmoqda. Bularning barchasi tarixiy va milliy ongi rivojlanga yuksak ma'naviyatli yoshlarni tarbiyalashga qaratilgan harakatlardir. Zero, Islom Karimov ham "...tarixiy xotirasi bor inson - irodali inson. Kim bo'lishidan qat'i nazar, jamiyatning xar bir a'zosi o'z o'tmishini yaxshi bilsa, bunday odamlarni yo'ldan urish, har xil aqidalar ta'siriga olish mumkin emas. Tarix saboqlari insonni hushyorlikka o'rgatadi. irodasini mustahkamlaydi", deya ta'kid lagan edi. Tarixiy ong qanchalik rivoj lansa, shaxs o'zini shunchalik chuqurrok anglay boradi. Shuning

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(10), October, 2023

uchun, o'quvchi yoshlar ongiga vatanimiz tarixiga ehtirom tuyg'usini singdirish, ajdodlarimiz kimligini uqtirish, ular erishgan ilmiy va amaliy yutuqlarini o'rgatish, yoshlar qalbida milliy g'urur va iftixor tuyg'ularini uy- g'otish g'oyat muhimdir. Tarix o'qitishning samarali bo'lishida darsni to'g'ri tashkil etish muhim rol o'ynaydi. Dars jarayoni va amaliy mashg'ulotlarda o'quvchilarning bilim faoliyati mashg'ulotning mazmuni uning g'oyaviy-siyosiy va ilmiy-nazariy jihatdan yuqori saviyada bo'lishi, o'qituvchining ta'sirli va hayotiy misollar yordamida o'rganilayotgan tarixiy faktlar, voqea-hodisalarning mohiyatini jonli va ishonarli tarzda ochib berishi hamda o'quvchilarda uni o'rganishga ishtiyoq uyg'ota olishiga bog'liqdir. Bundan tashqari texnik vositalar, tarixiy kino - filmlar, rasm, ko'rgazmali qurollar, sahna ko'rinishlari ham muhim rol o'ynaydi. O'quvchilar tarixiy ongi rivojlanishida tarix fani darsliklari asosiy vositalardan biridir. Maktab darsliklarida berilgan mavzular tarixiy materiallar asosida o'quvchi ongida o'tmish xaqida tasavvurni vujudga keltiradi. Darslik- lar asosida o'quvchi asrlar davomi ajdodlari yaratgan qadriyatlarni o'rganadi shu bilan birga unda ajdodlarga mos avlod bo'lish, vatanparvarlik tuyg'usi shakillanadi. Bu esa darslarning puxta ishlanishi asosida yuzaga keladi. Darsliklardagi materiallarning asosli bo'lishi uning uzoq muddat amal qilinishiga sabab bo'ladi. Hozirda o'quvchilar bilim olishlari, ko'nikmalarni egallashlari uchun zamon talabiga javob beradigan ta'lim dasturlari ishlab chiqilmoqda. Shuningdek, talim maskanlarida xizmat qilayotgan o'qituvchilar eng zamonaviy texnologiyalardan foydalanib, o'quvchilarning chuqur bilim va ko'nikmalarga ega bo'lishlarida katta hissa qo'shmoqdalar. Bundan tashqari, o'quvchi tarixiy ongining rivojlanishida mahalliy materiallar, badiiy adabiyotlar ham muhimdir. Mahalliy materiallarning afzalligi shundaki, o'quvchi mustaqil holda yashash joyidagi yoshi kattalarning hikoya, rivoyat, matallarini eshitish orqali o'zligini chuqurroq anglay boshlaydi. Natijada, unda ilk tarixiy dunyoqarash paydo bo'ladi.

Ammo globallashuv davrida jahonda ilm-fan, texnika va texnologiyalar shiddat bilan rivojlanayotganini aslo ko'zdan qochirib bo'lmaydi. Bu esa o'z navbatida ta'lim, ilm-fan oldiga yangi talablarni ko'ndalang qo'ymoqda. Ta'lim tizimini muntazam isloh etish, o'qitishning zamonaviy usul va vositalarini takomillashtirish, ta'lim mazmunini boyitib borish, demak, bugungi kunning ham dolzarb talabi bo'lib qolaveradi.

Bugun amaldagi ta'lim tizimimiz zamonaviy, rivojlangan davlatlardagi kabi globallashuv talablariga javob bera olayaptimi? Ta'lim tizimida yechimini kutayotgan qanday muammolar bor? Kadrlar tayyorlash milliy tizimining globallashuv jarayonida bozor talablariga to'liq javob bermasligi, ta'lim tizimida

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(10), October, 2023

o'quv jarayonining moddiy-texnika va axborot bazasi takomiliga yetkazilmaganligi, yuksak malakali pedagog kadrlarning yetishmasligi, hozirgi zamon talablariga mos o'quv-uslubiy va ilmiy adabiyotlar kamligi, fan, ta'lim va ishlab chiqarish o'rtasida o'zaro aloqaning zaifligi tizimdagi kamchiliklardan hisoblanadi.

Bugungi kunda o'quv muassasalarini bitirib chiqayotgan o'quvchi va talabalarda mustaqil fikrlash layoqati to'la rivojlangan, deb bo'lmaydi. Ularda ilm-fan yutuqlariga, amaliyotga tayangan yechimlar qabul qilish uchun malaka va bilim yetarli emas. Shu bois maktab, kollej va akademik litseylarni bitirgan yoshlarimizning ko'pchiligi mustaqil hayotda o'z o'rnini topa olmayapti. Sir emas, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarining taxminan 10 foizigina oliy o'quv yurtlariga birinchi yili o'qishga kirmoqda, xolos. Albatta, mustaqillikning ilk yillaridan boshlab yurtimizda ta'lim tizimini isloh etishga katta e'tibor qaratildi va bugungi kunga kelib sohada ma'lum yutuqlarga erishildi. Uzluksiz ta'lim tizimida, xususan, maktabgacha ta'lim, umumiy o'rta ta'lim, o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi, oliy ta'lim, kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash, maktabdan tashqari ta'lim turlarida katta o'zgarishlar yuz berdi. Qo'lga kiritilgan yutuqlar o'zimizniki.

REFERENCES

1. Жуманиёзова Н.С. Узбекистонда таълим тизими шаклланишининг тарихий асослари // Илм сарчашмалари. - Ургенч, 2020. - №3. - Б. 49-54. (09.00.00; №17).

2. Жуманиёзова Н.С. Хорижий давлатлар таълим тизими тараккиёти (Сингапур мисолида) // Имом Бухорий сабоклари. - Бухоро, 2020 - №2. - Б. 144-147. (09.00.00; № 9).

3. Jumaniyazova N.S. Reforms in improving the quality of higher education and its philosophical and legal basis // International Journal of Psychosocial Rehabilitation: Vol. 24, Issue 08, 2020. - P. 6499-6505. (№3; Scopus).

4. Jumaniyazova N.S. Modern education system and personnel policy in Uzbekistan // International Journal of Research Available at: 2019 - P. 478-484. (№23; SJIF, 5.7).

5. Жуманиёзова Н.С. Узбекистонда таълим сиёсати модернизацион боскич // Демократлаштириш ва инсон хукуклари. - Тошкент, 2020. - № 1.(84) - Б. 14-18. (09.00.00; №5).

6. Jumaniyazova N.S. Principles of state policy in the area of education // The scientific heritage Budapest, Hungary, 2021. - Б. 46-48 (№23 SJIF, 5)

7. Жуманиёзова Н.С. Современная система образования: интеграция и пропорциональность национальных процессов // International Multidisciplinary

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(10), October, 2023

Scientific Practical Conference on Applied Science and Humanities. Archive of Conferences, USA, Boston, 2021. - С. 48-49.

8. Жуманиёзова Н.С. Вопросы повышения эффективности духовно-нравственного воспитания в системе образования // Хальщаралык; гылыми-тэжiрибелiк конференциясы: Международная научно - практическая конференция. - Астана, 2018. - Б.127-129.

9. Жуманиёзова Н.С. Таълим тизимида талаба-ёшларда танвддий тафаккур ;обилиятини шакллантириш // Глобаллашув шароитида тинчлик ва бар;арорликка тахдид солувчи гоявий, мафкуравий ва ахборот хуружларига ;арши курашишнинг замонавий усулларини яратиш: Республика илмий-амалий конференцияси материаллари. - Тошкент, 2019. - Б.204 -207.

10. Жуманиёзова Н.С. Янги Узбекистон олий таълими тизимидаги узгаришлар тал;ини // Учинчи ренессанс маънавияти: Республика илмий-амалий конференция материаллари. - Тошкент, 2021. - Б. 176-179.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.