Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTON TARAQQIYOTINING YANGI BOSQICHGA KO‘TARISHDA OLIY TA’LIM SIFATINI OSHIRISH'

O‘ZBEKISTON TARAQQIYOTINING YANGI BOSQICHGA KO‘TARISHDA OLIY TA’LIM SIFATINI OSHIRISH Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
163
25
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
O’zbekiston / taraqqiyot / ta’lim / sifat / renessans.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Xakimova Muxabbat Fayzievna, Ne’matova Mavsuma Ulug’bek Qizi, Tóqumbetov Ogabek Shavkat Ogli

Barchamizga ma’lumki, bugungi kunda davlatimiz kundan-kunga yangilanib, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, hamda ma’naviy-ma’rifiy jihatdan dunyo davlatlari ichida yetakchi o‘rinlarni egallab bormoqda. Chuqur ildizga ega madaniyatimiz tufayli Yangi O‘zbekiston jahon maydonida kuchli salohiyat, munosib obro‘-e’tiborga ega bo‘lib, har tomonlama obod va farovon mamlakatga aylanib borayotganligi barchamizni quvontiryapti. Mana shunday o‘zgarishlarning fundamental asosida ta’lim sifatini yaxshilashda ta’lim menejmentining o‘rni beqiyosdir. Hozirda butun xalqimizning qalbidan chuqur joy olgan, umummilliy harakatga aylanib borayotgan Yangi O‘zbekiston g‘oyasi zamirida, ulug‘ ajdodlarimizning milliy tariximizda birinchi va ikkinchi uyg‘onish davrlariga asos solgan alloma bobolarimizning orzu intilishlari va armonlari ham mujassam desak adashmagan bo‘lamiz. Insoniyat tarixi shundan dalolat beradiki, har qaysi xalq hayotida ilm-fan taraqqiyoti uni yangi bosqichga ko‘taradi. Bunday ijtimoiy noyob hodisa RENESSANS uyg‘onish, qayta tiklanish yuksalish deb atalishi barchamizga ayon. O‘zbekiston demokratik o‘zgarishlar, keng imkoniyatlar va amaliy ishlar mamlakatiga aylanib Yangi O‘zbekiston va Uchinchi Renessans so‘zlari hayotimizda o‘zaro uyg‘un va hamohang bo‘lib yangramoqda va xalqimizni ulug‘ maqsadlar sari ruhlantirmoqda.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTON TARAQQIYOTINING YANGI BOSQICHGA KO‘TARISHDA OLIY TA’LIM SIFATINI OSHIRISH»

YANGILANAYOTGAN O'ZBEKISTON TARAQQIYOTIDA IQTISODIY FANLARNI

O'QITISHNING DOLZARB MASALALARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI 16-iyun, 2023- yil

O'ZBEKISTON TARAQQIYOTINING YANGI BOSQICHGA KO'TARISHDA OLIY

TA'LIM SIFATINI OSHIRISH 1Xakimova Muxabbat Fayziyevna, 2Ne'matova Mavsuma Ulug'bek qizi, 3Toqumbetov

Og'abek Shavkat o'g'li

1Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti "Innovatsion ta'lim" kafedrasi mudiri, pedagogika fanlari

doktori, professor

2,3Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Raqamli iqtisodiyot fakulteti talabalari https://doi.org/10.5281/zenodo.8039395

Annotatsiya. Barchamizga ma'lumki, bugungi kunda davlatimiz kundan-kunga yangilanib, ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, hamda ma'naviy-ma'rifiy jihatdan dunyo davlatlari ichida yetakchi o'rinlarni egallab bormoqda. Chuqur ildizga ega madaniyatimiz tufayli Yangi O 'zbekiston jahon maydonida kuchli salohiyat, munosib obro'-e 'tiborga ega bo'lib, har tomonlama obod va farovon mamlakatga aylanib borayotganligi barchamizni quvontiryapti Mana shunday o'zgarishlarning fundamental asosida ta'lim sifatini yaxshilashda ta'lim menejmentining o'rni beqiyosdir. Hozirda butun xalqimizning qalbidan chuqur joy olgan, umummilliy harakatga aylanib borayotgan Yangi O'zbekiston g'oyasi zamirida, ulug' ajdodlarimizning milliy tariximizda birinchi va ikkinchi uyg'onish davrlariga asos solgan alloma bobolarimizning orzu - intilishlari va armonlari ham mujassam desak adashmagan bo'lamiz. Insoniyat tarixi shundan dalolat beradiki, har qaysi xalq hayotida ilm-fan taraqqiyoti uni yangi bosqichga ko'taradi. Bunday ijtimoiy noyob hodisa RENESSANS - uyg'onish, qayta tiklanish yuksalish deb atalishi barchamizga ayon. O 'zbekiston demokratik o'zgarishlar, keng imkoniyatlar va amaliy ishlar mamlakatiga aylanib Yangi O'zbekiston va Uchinchi Renessans so'zlari hayotimizda o'zaro uyg'un va hamohang bo'lib yangramoqda va xalqimizni ulug' maqsadlar sari ruhlantirmoqda.

Kalitso'zlar: O'zbekiston, taraqqiyot, ta'lim, sifat, renessans.

Yangilanayotgan O'zbekistonda xalqaro va mahalliy oliy ta'lim muassasalari soni kundan kunga o'sib bormoqda. Ta'lim berish sifati, xalqaro tajribalar asosida mahalliy OTMlar ta'lim sifatini yaxshilashga bo'lgan e'tibor dolzarbligicha qolmoqda zero, ta'lim sifatini yahshilashga qaratilgan Quality Assurance (QA) ya'ni Sifatni kafolatlovchi va Information Performance Management System (IPMS) kabi drayverlar ta'lim sifatini yanada ko'tarish muhim drayverlar xisoblanadi.

Hozirgi kunda oliy ta'lim muassasalarida nazorat va boshqaruvning uyg'unligini ta'minlash sifat va samaradorlikning asosiy kalitidir. O'zbekiston ta'lim tizimida ta'lim sifati tizimli ravishda nazorat qilinmasa, o'quv jarayonida muayyan muammolar yuzaga keladi. Shuning uchun ta'limni boshqarish o'quv jarayonini, ta'lim turini, uning imkoniyatlarini hisobga olishi va shu bilan birga sifat menejmentining samarali ishlashini ta'minlashi kerak. Ta'limda boshqaruvning samaradorligi va sifatning o'zgarishi to'g'ri tanlangan boshqaruv modeli va uni uzluksiz ta'lim tizimida izchil qo'llash amaliyoti bilan bog'liq. Zero, "Islohotlar muvaffaqiyati, mamlakatimizning dunyoning rivojlangan, zamonaviy davlatlari qatoridan munosib o'rin egallashi ilm-fan va ta'lim rivoji, bu borada jahon miqyosida raqobatlasha olishimiz bilan uzviy bog'liqdir. Shuningdek, u ta'limning ijtimoiy taraqqiyotga ta'sirini ko'rsatadi".

YANGILANAYOTGAN O'ZBEKISTON TARAQQIYOTIDA IQTISODIY FANLARNI

O'QITISHNING DOLZARB MASALALARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI 16-iyun, 2023- yil

Mamlakatimiz iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohani jadal rivojlantirish, istiqbolda ilm-fanni muntazam isloh qilib borishning ustuvor yo'nalishlarini belgilash, zamonaviy bilimga ega va mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash, ilmiy infratuzilmani modernizatsiya qilish ishlarini sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarish dolzarb masalalardan biridir.

Barchamizga ma'lumki, bugungi kunda iqtisodiy hamda ijtimoiy rivojlanish ko'rsatkichlari yuqori bo'lgan dunyo mamlakatlari o'z vaqtida mamlakat yoshlarining ta'lim-tarbiyasi hamda ilm-fan rivojiga davlat byudjetidan yalpi ichki mahsulotga nisbatan yuqori darajadagi mablag'larni ajratgan. O'zbekistonda ham so'nggi yillarda davlat byudjetining 60 foizdan ortiq mablag'lari aynan ijtimoiy sohalar rivojiga yo'naltirilmoqda. Jumladan, ta'lim tizimiga ajratilayotgan mablag'larning yurtimiz yalpi ichki mahsulotidagi ulushi ortib bormoqda.

Davlatimiz rahbari tomonidan qabul qilingan "Ilm-fanni 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi Farmoni orqali 2025 yilga qadar ilm-fanga yo'naltiriladigan jami mablag'larning yalpi ichki mahsulotga nisbatan ulushini 6 baravarga, 2030 yilgacha esa 10 baravarga oshirish belgilab berildi. Buning natijasida qisqa fursatda mamlakatimiz ilm-fani sohasiga zamonaviy texnologilarni joriy qilish, yosh avlodning ilmiy-innovatsion faoliyat yuritishini to'laqonli qo'llab-quvvatlash imkoniyati yaratilmoqda.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Oliy ta'lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarorida: "Har bir oliy ta'lim muassasasi jahonning yetakchi ilmiy-ta'lim muassasalari bilan yaqin hamkorlik aloqalarini o'rnatish, o'quv jarayoniga xalqaro ta'lim standartlariga asoslangan ilg'or pedagogik texnologiyalar, o'quv dasturlari va o'quv-uslubiy materiallarini keng joriy qilish, o'quv-pedagogik faoliyatga master-klasslar o'tkazishga, malaka oshirish kurslariga xorijiy hamkor ta'lim muassasalaridan yuqori malakali o'qituvchilar va olimlarni faol jalb qilish..." kabilar belgilanib, muhim ahamiyat kasb etdi.

O'zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichida ta'lim tizimini isloh qilish, sifatli ta'lim tuzilmasini yaratish, uzluksiz ta'limni yangi samarali jarayonga aylantirish masalalari tobora dolzarb bo'lib bormoqda. Bu vazifalar ta'lim ustidan adolatli boshqaruv va universal nazorat tizimini rivojlantirish va mavjud shakllarni takomillashtirishni taqozo etadi. Shu bois, bugungi kunda uzluksiz ta'lim sifatini oshirish, uning imkoniyatlarini kengaytirish, samaradorlikni oshirish maqsadida nazorat va boshqaruv jarayonini isloh qilish bo'yicha qo'shimcha tadqiqotlar va yangicha yondashuvlarga ehtiyoj ortib bormoqda. Dunyoning barcha mamlakatlarida ta'lim sifatini ta'minlash ustuvor vazifa bo'lib qolmoqda.

Ta'lim muassasasining sifat menejmenti ta'limni tashkil etish, ta'minlash va boshqarish jarayonini o'z ichiga olgan va asosan o'quv jarayoni bilan bog'liq bo'lgan murakkab tizimdir. Ta'lim sifatini yaxshilash bo'yicha tadqiqot ishlari olib borgan tadqiqotchilarning fikricha, "Ta'limda menejmentning maqsadi talabalarning umumiy boshqaruv nazariyasi bo'yicha bilim saviyasini oshirish, ularda bu bilimlarni amaliyotda qo'llash qobiliyatini shakllantirishdan iborat". Boshqacha qilib aytganda, asosiy e'tibor talabalarning bilimini oshirish, olgan bilimlarini amaliyotda qo'llash qobiliyatini yuzaga chiqarishga qaratilishi kerak.

Ta'lim muassasalarida ishning qanchalik to'g'ri yo'lga qo'yilganligi, boshqaruv modelining to'g'ri tanlanganligi, ta'lim sifatini oshirishda menejmentning adolatli tashkil etilganligi ta'lim samaradorligiga ham kuchli ta'sir ko'rsatadi. Shu bilan birga, davlat ta'lim tizimi uchun xalqaro tajribalardan kelib chiqib menejment mexanizmlari ishlab chiqilib, ular orqali ta'lim muassasalarini attestasiyadan o'tkazish va monitoring qilish amalga oshirilmoqda.

YANGILANAYOTGAN O'ZBEKISTON TARAQQIYOTIDA IQTISODIY FANLARNI

O'QITISHNING DOLZARB MASALALARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI 16-iyun, 2023- yil

Mamlakatimiz olimlarining fkricha, "ta'lim sifati muammolarini hal qilishda tizimli yondashuvdan foydalangan holda barcha omillarni birgalikda boshqarish zarur. Ushbu zanjirdan biron-bir omilning yo'qolishi ta'lim sifatini boshqarish tizimining buzilishiga olib keladi. Olingan ma'lumotlar asosida ta'limning sifati va samarali boshqaruvini tahlil qilish ta'limning bir qator sifat xususiyatlarini aniqlashni taqozo etadi". Binobarin, ta'lim sifati uni tahlil qilish va nazorat qilish samaradorligini oshirishga, uning natijalari asosida boshqaruvni tashkil etishga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Darhaqiqat, tizimli yondashuv va aniq tahlil boshqaruvning zaif tomonlari va nazorat mexanizmlarini ishlab chiqish uchun asos bo'ladi.

So'nggi yillarda O'zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar ta'lim tizimini modernizatsiya qilishda ta'lim menejmentining o'rni beqiyosdir, shu bilan birga, boshqaruv tartib -qoidalarini xalqaro standartlarga muvofiq joriy etish, uzluksiz ta'lim sohasida hamkorlik mexanizmlarini yaratish uchun salmoqli huquqiy asos yaratdi. Shu bilan birga, nazorat va boshqaruv tizimini modernizatsiya qilish, belgilangan huquqiy baza orqali ta'lim sifatiga ta'sir etuvchi samarali ta'lim muhitini yaratish borasidagi ishlarda muammolar, markazlashgan va byurokratik to'siqlar saqlanib qolmoqda.

Yangilanayotgan O'zbekistonda ta'lim sifatini ko'tarishda muhim ahamiyat kasb etadigan soha bu ta'lim menejmentini xalqaro tajribalar asosida modernizatsiya qilish, tayanch kompetensiyalarni shakllantirish mezonlari va tabiiy fanlar bo'yicha malakalarning o'sish dinamikasini tahlil qilish orqali talabalar bilimini davlat standartlariga moslashtirish muhim ahamiyatga ega. Shu bilan birga, ta'lim sohasidagi kamchiliklar va hamkorlikning muvofiqlashtirilmagan jihatlari hamda ularni keltirib chiqaruvchi omillarni aniqlash va bartaraf etish muhim ahamiyatga ega. Biroq, bu muammoni hal qilish emas, balki vaziyatni to'g'rilash yo'lidir. Binobarin, ta'lim sifatini oshirish, uzluksiz ta'limni modernizatsiya qilish, uning muammolarini hal etish uchun boshqaruv tamoyillari, mezonlari va yondashuvlarini o'zgartirish, nazorat ishlarini olib borish zarur.

Shuning uchun, Yangilanayotgan O'zbekistonda ilg'or xorijiy tajribadan foydalanish, ta'lim sifatini oshirish bo'yicha rivojlangan davlatlar metodologiyasini qabul qilish, ta'lim sifati ustidan nazoratni erkinlashtirish, markazlashgan boshqaruvga barham berish, byurokratik to'siqlarni bartaraf etish, bu boradagi vazifalar oddiy va xolis tizim yaratish ustuvor vazifa hisoblanadi. Masalan, fan va ta'lim rivojlanishini baholash va monitoring qilish uslublarini yangilash orqali ta'lim sifati va samaradorligini oshirishda xorijiy tajribadan foydalanilmoqda.

Hozirgi kunda davlatimizning Uchinchi Renessansga qadam qo'yayotganligi hamda dunyo davlatlarining Yangilanayotgan O'zbekistonimizni o'rganishga yanada qiziqishi ortayotganligida mahalliy oliy ta'lim muassasalaridagi ta'limning sifati, unda ta'lim menejmentining o'rni beqiyosdir. Shuning uchun ham yurtimizda bugungi kunda davom etayotgan jadal islohatlar davrida, progressev fikrlaydigan va salohiyatli yosh kadrlarga katta e'tibor qaratilib, siyosiy jabhalarga va strategik muhim sohalarga jalb qilinmoqda.

Yangi O'zbekistonda fuqarolar jamiyatning siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy qiyofasi jadal o'zgarib hayotimizda yangicha munosabatlar, yangi imkoniyatlar va qadriyatlar shakllanayotganini hammadan ham ko'proq talaba-yoshlar his qilmoqda. Jumladan, "iqtisodiy faoliyat erkinligi", "so'z erkinligi", "qonun ustuvorligi", "ochiqlik va oshkoralik", "jamoatchilik nazorati", "gender tenglik" singari demokratik tushunchalar va hayotiy ko'nikmalar hozirgi kunda real voqelikka aylanib borayotganligi albatta, har bir yoshni e'tiborini o'ziga tortadi.

YANGILANAYOTGAN O'ZBEKISTON TARAQQIYOTIDA IQTISODIY FANLARNI

O'QITISHNING DOLZARB MASALALARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI 16-iyun, 2023- yil

Zamonaviy globallashuv sharoitida yangilanayotgan jamiyat talablari bo'lakcha, u fuqarolarni yurt, millat ravnaqi uchun qayg'urishga undaydi, hayotga teran va sergak qarashga da'vat qiladi. So'nggi besh yilda mamlakatimizning har bir fuqarosi o'z kundalik hayotida teran his etayotgan beqiyos o'zgarish, yangilanish va tub islohatlarga ega bo'lgan davlatni ko'rib bormoqda. Jamiyatni siyosiy-huquqiy va ijtimoiy- iqtisodiy modernizatsiya qilish, ma'naviy jihatdan tiklash va yuksaltirish, mavjud qonunlarni, davlat boshqaruvi, iqtisodiy tizimni qayta ko'rib chiqish, bu borada ta'sirchan va samarali mexanizmlar yaratish, demokratik tamoyil va me'yorlarni hayotga tatbiq etish bo'yicha misli ko'rilmagan keng ko'lamli va izchil chora-tadbirlar amalga oshirildi.

Yangi O'zbekistonning yanada taraqqiy etishida IT texnologiyalari ham katta rol o'ynamoqda. Yurtimizda qolaversa xorij davlatlarida shu soha bo'yicha ta'lim olgan yosh rahbar kadrlar sohani to'laqonli o'rganib yoshlar orasida yanada kengroq targ'ib etmoqda. Bugungi hamma yosh zamonaviy rahbarlar ilg'or texnologiya tarafdori va shunga moyil hamdir deb aytish to'g'ri bo'ladi. Bu esa o'z navbatida, yoshlarning rahbarning zamonaviy va ilg'or ishlab chiqarish uslublariga murojaat etish ehtimolini kuchaytiradi.

Yangi O'zbekistoning yoshlari yangicha fkrlaydigan, yangi-yangi g'oyalarni dadil o'rtaga tashlab, ularni amalga oshirishga, muammolarni ijodiy va nostandart yondashuvlar asosida hal etishga qodir yoshlar bo'lib shakllanmog'i davr talabidir.

Xulosa qilib aytganda, yangilanayotgan O'zbekistonning Uchinchi Renessansni amalga oshirishda yanada jadal qadam qo'yish, ta'lim sifatini o'rni qanchalik muhim ekanligidan dalolat beradi. Har bir millatning rivojlanishida yoshlarning bilim va salohiyatli bo'lishlari muhim ahamiyat kasb etadi. Xususan, talabalarning musiqa, fazoviy va janrlari, ularning insoniyatning madaniy rivojlanishidagi o'rni va inson hayotidagi ahamiyati to'g?risidagi bilimlari maishiy va hayotning asosiy hodisalarini yo'naltirishga yordam beradi. Yangilanayotgan O'zbekistonning rivojlanish yo'l xaritasini ajralmas qismi etib ta'lim sifatini o'shirish va bu orqali sifatli kadrlar yetishtirib chiqarish va yorqin kelajak omili bo'lgan ta'limda menejmentning o'rnini yanada oshirishga qaratilgan say-xarakatlar albatta hozirgi kunning dolzarb mavzusi xisoblangan menejmentning ta'limdagi rolini belgilab beradi. Yangilanayotgan O'zbekistonning rivojlanishi har bir talaba va yosh avlodlarga uzviy tarzda bog'liqdir.

Yuqoridagilar asosida quyidagi tavsiyalarni berishni maqsadga muvofiq hisoblaymiz:

• oliy ta'lim jarayonini raqamli formatga o'tkazish, raqamli ta'lim texnologiyalarini keng joriy etish asosida bilimlar transferini ta'minlash, har bir ta'lim oluvchining shaxsiy xususiyatlarini inobatga olgan holda bilim, kompetensiya, ko'nikma va malakalarni shakllantirish uchun axborot tizimlarini joriy etish;

• fan va ishlab chiqarishning integratsiyasi uchun ta'lim va mehnatning turli darajalari o'rtasida muvofiqlashtirilgan o'quv dasturlarini yaratish, dunyoda tan olingan ekspertlar va mutaxassislarni jalb qilish, bu esa, inson kapitali darajasini va aholining kasbiy mahoratini oshirishda muhim o'rin tutishiga olib keladi;

• oliy ta'limga loyihaviy o'qitish usullarini kengaytirish, jahon miqyosidagi yetakchi tashkilotlar bilan o'zaro hamkorlikka asoslangan innovasion ta'lim muhitini shakllantirish hamda innovasion tadqiqotlarni rivojlantirish va ishlanmalarni amaliyotga joriy etish;

• oliy ta'lim muassasasini hududdagi mahalliy jamoalarning ta'lim, ilm-fan va ijtimoiy-madaniy sohalarda rivojlanishini ta'minlaydigan markaz sifatida shakllantirish;

YANGILANAYOTGAN O'ZBEKISTON TARAQQIYOTIDA IQTISODIY FANLARNI

O'QITISHNING DOLZARB MASALALARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI 16-iyun, 2023- yil

• xududning ijtimoiy-iqtisodiy muammolari va vazifalarini hal qilish borasida mahalliy ijro etuvchi hokimiyati organlari hamda jamoat tashkilotlari bilan strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlash va rivojlantirish;

• respublikamizda oliy ta'lim rivojlantirish iqtisodiyotda, xususan; zamonaviy biznesda ruy berayotgan trendlar bilan hamohang bo'lishi, jumladan: respublikamizda inson kapitalini, ta'lim tizimini, kadrlarga bo'lgan ehtiyojlarni baholash tizimining samaradorligiga, iqtisodiyot va tarmoqlar darajasida aholi bandligida transformasiya tendensiyalariga hamda korporativ strategiyalar va kadrlarni boshqarish amaliyotidagi tendensiyalar va o'zgarishlarga bog'liq bo'lishi zamon talabidir.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 3 avgust kuni mamlakatimiz ijodkor ziyolilari vakillari bilan uchrashuvda "Milliy madaniyatimiz, adabiyot va san'atimizni rivojlantirish bilan bog'liq dolzarb masalalari" mavzusidagi so'zlagan nutqi. Xalq so'zi, 4 avgust 2017., 153 (6847).

2. O'zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 06.04.2018 y., 07/18/3655/1019-son.

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-60-son 2022 yil 28 yanvardagi "2022-2026-yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida" Farmoni.

4. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 8 oktyabrdagi PF-5847-son "O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida" Farmoni.

5. Muhabbat H., Bazarova U. M., Mirzaeva M. N. Opportunities for innovation technologies in higher education //International journal on integrated education (IJIE) Indonesia. - 2020. -№. 12.

6. Xakimova M. F. Axborot ta'lim muhitida innovatsiya va raqamli texnologiyalarning joriy etilishi //Academic research in educational sciences. - 2021. - T. 2. - №. NUU Conference 1. - S. 149-152.

7. Xakimova M. Ta'lim muassasalariga innovatsiyalarni kiritishning zarurligi //Arxiv nauchnwx issledovaniy. - 2022. - T. 2. - №1.

8. Hakimova M. Opportunities of innovation technologies in higher education//Arxiv nauchnwx issledovaniy. - 2021.

9. Xusainov R.R. Oliy ta'limda fanlarni o'qitish sifatini oshirishda mustaqil ta'limning roli. // J. Zamonaviy ta'lim.- T.,2016. - №4.- B.25

10. Qambarov J.X., Turdalieva M.M. Oliy ta'lim muassasalarida ta'lim sifatini nazorat qilishni takomillashtirish masalalari. Zamonaviy ta'lim jurnali. 2014 yil. 7-son. -B. 19.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.