Научная статья на тему 'UMUMIY O‘RTA TA’LIM SIFATINI OSHIRISH MASALALARI'

UMUMIY O‘RTA TA’LIM SIFATINI OSHIRISH MASALALARI Текст научной статьи по специальности «Науки о здоровье»

CC BY
207
34
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Ta’lim tizimi / sifat / ta’lim sifati / boshqaruv / ta’lim sifatini ta’minlash / ta’lim sifatini nazorat qilish / samarali boshqaruv

Аннотация научной статьи по наукам о здоровье, автор научной работы — Atabaeva Lobar Farxod Qizi

Ushbu tezisda O‘zbekistonda ta’lim tizimini yangi rivojlanish bosqichida isloh qilish, ta’limning yuqori sifatli tuzilmasini yaratish, uzluksiz ta’limni yangi samarali jarayonga aylantirish yoshlarga to‘g‘ri ta’lim berish, ta’lim sifatini oshirish yo‘lidagi muammolar va ularni bartaraf etish hamda istiqbolini beligilash bo‘yicha fikr – mulohazalar bildirilgan hamda tavsiyalar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «UMUMIY O‘RTA TA’LIM SIFATINI OSHIRISH MASALALARI»

UMUMIY O'RTA TA'LIM SIFATINI OSHIRISH MASALALARI Atabaeva Lobar Farxod qizi

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti, Maktab menejmenti ta'lim

yo'nalishi, 1 kurs talabasi https://doi. org/10.5281/zenodo. 8041526

Annotatsiya. Ushbu tezisda O'zbekistonda ta'lim tizimini yangi rivojlanish bosqichida isloh qilish, ta'limning yuqori sifatli tuzilmasini yaratish, uzluksiz ta'limni yangi samarali jarayonga aylantirish yoshlarga to'g'ri ta'lim berish, ta'lim sifatini oshirish yo'lidagi muammolar va ularni bartaraf etish hamda istiqbolini beligilash bo'yicha fikr - mulohazalar bildirilgan hamda tavsiyalar berilgan.

Kalit so'zlar. Ta'lim tizimi, sifat, ta'lim sifati, boshqaruv, ta'lim sifatini ta'minlash, ta'lim sifatini nazorat qilish, samarali boshqaruv.

Jahon ta'lim tizimida integratsiya va globallashuv jarayonlarining rivojlanishi jarayonida umumiy o'rta ta'lim tashkilotlarida ta'lim sifatini boshqarish ustuvor vazifa sifatida belgilanmoqda. UNESCO (United Nations Educational, Scientific and Cultural Organization — Birlashgan Millatlar Ta'lim, Bilim va Madaniyat Tashkiloti) tomonidan belgilangan xalqaro ta'lim konsepsiyasida "Butun hayot davomida sifatli ta'lim olishga imkoniyat yaratish" masalasining dolzarb vazifa sifatida belgilanishi umumiy o'rta ta'limga innovatsiyalarni tatbiq etish, mazkur jarayonlarni raqamli texnologiyalarga asoslangan boshqaruvning yangicha usullarini izlash bilan bog'liq vazifalar yechimini topishni talab etadi.

Har qanday davlatning ertangi kuni yoshlarning qay darajada bilimli ekanligiga bog'liq. Shuning uchun ham ta'lim tizimini rivojlantirish masalasiga barcha davlatlarda birlamchi vazifa sifatida qaraladi va ta'lim xizmatlarini tashkil etishning bozor munosabatlari sharoitida ta'lim sifatini boshqarish muammolarini tadqiq qilish dolzarbligicha qolmoqda.

Mamlakatimizda ta'lim tizimini isloh qilish va umumiy o'rta ta'limning xalqaro andozalarga mosligini ta'minlash borasida izchil ishlar amalga oshirilmoqda. Umumiy o'rta ta'lim sifatini boshqarishda innovatsion ilm-fan yutuqlarini amaliyotga tatbiq etishning samarali mexanizmlarini yaratish shuningdek, ta'lim tashkilotlarining iqtisodiy barqarorligini ta'minlash bilan bog'liq vazifalar, ta'lim tizimida zamonaviy fikrlaydigan, innovatsiyalarni qo'llab quvvatlovchi, raqobat o'sib borayotgan ta'lim xizmatlari bozorida tabaqalashgan ta'lim dasturlarini taklif etish orqali ta'lim sifatini oshirishga ehtiyojni oshirmoqda.

Ta'lim tizimi - asosiy ijtimoiy institutlardan biri, shaxs shakllanishning muhim sohasi, ta'lim tashkilotlari va ularni boshqaruv organlarining tarixiy shakllangan tizimi bo'lib, o'sib kelayotgan avlodni tarbiyalash, mustaqil hayotga va kasbiy faoliyatga tayyorlash hamda ularning ta'limga bo'lgan individual ehtiyojlarini qondirish maqsadlariga xizmat qiladi.

Sifat - bu murakkab filosofik, iqtisodiy va sotsial tushuncha bo'lib, "Sifat" deganda umumiy ma'noda, predmetni xarakterlovchi xossalarning iste'molchini ma'lum talab va ehtiyojlarini qondirish tushuniladi.

Ta'lim sifati - bu jamiyatdagi ta'lim jarayonining ahvoli va samaradorligini, shaxsning fuqarolik, maishiy va kasbiy omilkorligini shakllantirish va rivojlantirishda jamiyat (turli ijtimoiy guruhlar) ehtiyojlari va umidlarini belgilovchi ijtimoiy hodisalar majmui.

Boshqaruv - bu tashkilotdagi odamlar ishini maqsadga yo'nalganligi va uyushqoqligini ta'minlaydigan sub'ektlarning faoliyatidir. Boshqarish to'rtta boshqaruv harakatlari yordamida

amalga oshiriladi: rejalashtirish, tashkillashtirish, rahbarlik qilish va nazorat. Agar u maqsadga yo'naltirilganlik, tizimlilik, prognostiklik, davriylik xususiyatlariga ega bo'lsa, sohadagi boshqarish samara beradi. Boshqaruv quyidagi talablarga javob bersa, u faoliyat sohasida samarali bo'ladi:

1) boshqaruv mexanizmi ob'ektning murakkabligiga va sub'ekt imkoniyatlariga mos

kelsa;

2) yetarli zahira (vaqt, boshqaruvdagi yechimlar va b.) mavjud bo'lsa;

3) mezonlar to'g'ri tanlangan bo'lsa;

4) yaxshi rivojlangan teskari aloqa tizimi mavjud bo'lsa;

5) inson omili hisobga olingan bo'lsa va boshqalar.

Ta'lim sifatini ta'minlash - bu kadrlarni kasbiy jihatdan tayyorlashning zaruriy darajasi uchun eng maqbul sharoitlarning yaratilishiga qaratilgan rejali, oldindan mo'ljallab qo'yilgan va texnologik jihatdan ta'minlab qo'yilgan boshqaruvdir. Ta'lim sifatini boshqarish - ta'lim jarayoni sharoitlari sifatini loyihalashtirish, unga erishish va qo'llab-quvvatlash hamda uni amalga oshirishni hamda natijalarini ta'minlashdan iborat.

O'quvchi yoshlarni olgan bilimi va ko'nikmasini amaliy hayotda namoyon etishi va ishlatishi hamda hayotda o'ziga mustahkam o'rin egallashi uchun ko'mak va keng imkoniyatlar tug'dirib yaratib berish asosiy vazifalardan biri hisoblanadi. Ushbu vazifa ta'lim sifatini yuksak darajada ko'tarishni, puxta va bilimli raqobatbardosh kadrlar tayyorlashni, boshqacha qilib aytganda, ta'lim va tarbiya tizimida tub sifat o'zgarishlarini sodir etishini talab qiladi. Bu yerda so'z cheklangan imkoniyatlar va bilimga bo'lgan cheksiz ehtiyojlar sharoitida ta'limning quyidagi to'rtta tayanch ustuni va ulardagi mavjud muammolarning yechimi to'g'risida bormoqda (mazmun — ta'limning yuragi): "Nimani o'qitish kerak?" (qanday baza sharoitida), "Qancha o'qitish kerak?" (qanday me'yoriy-uslubiy baza sharoitida), "Qanday o'qitish kerak?" (qanday pedagogik texnologiya asosida) va "Kim uchun o'qitish kerak?" (qanday o'quvchini, qanday talablar asosida, kim uchun) degan muammolar ta'lim tizimini muammolari sifatida har doim kun tartibida ko'ndalang bo'lib turishi lozim.

Bugungi umumiy o'rta ta'lim jarayonining ahvoli va o'quvchi yoshlarni olgan bilimi quyidagi tahlillar asosida yaqqol namoyon bo'ladi: Davlat test markazi (hozirda Bilimni baholash agentligi) ma'lumotiga ko'ra, 2022 yilda bakalavriatga qabulda 2021 yilgidan 180 ming nafar ko'p abiturient ishtirok etgan. 2021 yil 892710 nafar abiturient testga kirgan bo'lsa, ular 2022 yilda 1073821 nafarni tashkil qilgan. Oliy o'quv yurtlariga qabul test jarayonlarida 2022 yilda 1 million 73 ming nafar abiturientlar ishtirok etganlar va ularning 51,2 foizi (550 102 nafar abiturient) minimal o'tish ballini ham yig'a olmaganlar. Test topshiruvchilarning soni oshgan, lekin ularning bilimi haqida bunday deb bo'lmaydi. 2021 yilda bu ko'rsatkich 36 foiz bo'lgan. Foizlar oshishiga 2022 yilda abiturientlar soni o'tgan yilgidan 180 mingga ko'proqligi, majburiy blokdagi oson savollarga beriladigan ballar kamaytirilib, mutaxassislik faniga ko'proq ball berilgani ham sabab bo'lgan.

Mamlakatda olib borilayotgan ta'lim siyosatining islohotlari zamirida o'quvchi yoshlarni sifatli ta'lim olishi va uning natijadorligi muhimdir. Yuqoridagi tahlil ma'lumotlaridan ko'rinib turibdiki, bizda testlar o'quvchilarning mazmuni bo'yicha xotirasini rivojlantirishga qaratilgan bo'lib, amaldagi o'quv dasturi va darsliklar doirasida ishlab chiqilgan. Buning asosiy sababi testologiya fanini hali joriy etilmaganligi, testlarni loyihalash qoidalarini o'rgatish masalasi hal etilmaganligidir.

Ta'lim sifatini nazorat qilish, tayanch kompetensiyalarni shakllantirish mezonlari va tabiiy fanlar bo'yicha malakalarning o'sish dinamikasini tahlil qilish orqali o'quvchilar bilimini davlat standartlariga moslashtirish muhim ahamiyatga ega. Shu bilan birga, ta'lim sohasidagi kamchiliklar va hamkorlikning muvofiqlashtirilmagan jihatlari hamda ularni keltirib chiqaruvchi omillarni aniqlash va bartaraf etish muhim ahamiyatga ega. Biroq, bu muammoni hal qilish emas, balki vaziyatni to'g'g'rilash yo'lidir. Binobarin, ta'lim sifatini oshirish, uzluksiz ta'limni modernizatsiya qilish, uning muammolarini hal etish uchun boshqaruv tamoyillari, mezonlari va yondashuvlarini o'zgartirish, nazorat ishlarini olib borish zarur.

Shuning uchun, O'zbekistonda ilg'or xorijiy tajribadan foydalanish, ta'lim sifatini oshirish bo'yicha rivojlangan davlatlar metodologiyasini qabul qilish, ta'lim sifati ustidan nazoratni erkinlashtirish, markazlashgan boshqaruvga barham berish, byurokratik to'siqlarni bartaraf etish, bu boradagi vazifalar oddiy va xolis tizim yaratish maqsadga muvofiq.

Xulosa o'rnida aytish mumkinki, bugungi kunda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlaridan kelib chiqib, ta'lim tizimini tubdan takomillashtirish, kadrlar tayyorlash tizimini tubdan qayta ko'rib chiqish, xalqaro andozalar darajasida ta'lim olish imkoniyatlarini yaratish, ta'lim sifatini oshirish uchun istiqbolli loyihalarni ishlab chiqish va takomillashtirish zarur.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. 2021 yil 24-yanvar. - T.: Tasvir nashriyot uyi, 2021.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 11 maydagi PF-134-son "2022 — 2026 yillarda Xalq ta'limini rivojlantirish bo'yicha Milliy dasturni tasdiqlash to'g'risida"gi Farmoni.

3. E.Nabiev, S.G'oyibnazarov, N.Alimuxamedova. Menejment.Marketing. Darslik. -T.: "Iqtisod-Moliya", 2019 y.

4. Qosimova D.S. Menejment nazariyasi. Darslik.T.:"Tafakkur-Bo'stoni", 2011.

5. Saidaxmedova N.I., Adilov B. The Method of Using Information Technologies in Forming Professional Competences of Students of Technical Higher Education Institutions. Journal of Pedagogical Inventions and Practices 13. 12. 2022-yil United States https://zienjournals. com

6. www.lex.uz

7. www.taraqqiy.uz

8. www.ziyonet.uz

9. www.tdi.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.