"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA
JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARI" MAVZUSIDAGIRESPUBLIKAILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
25-oktabr 2023-yil
UMUMIY O'RTA TA'LIM MUASSASALARIDA PEDAGOG XODIMLARI KASBIY FAOLLIGINI OSHIRISHDA RAHBARNING O'RNI 1Ongarov Mansurbek Bayrambekovich, 2Chinmurodova Feruzabonu Telmon qizi
1P.f.f.d., dots v/b., Alfraganus university [email protected] 2Buxoro Innovatsiyalar universiteti Ikkinchi kurs magistr https://doi.org/10.5281/zenodo.10035451
Annotatsiya. Mazkur maqolada ta'lim muassasasiga rahbarlik qilishning boshqaruv madaniyati hamda pedagog xodimlarni kasbiy faolligini oshirishda rahbarlarning vazifasi va o'rnihaqida to'liqma'lumot berilgan. Har qanday vaziyatda ta'lim oluvchi vajamoaazolari bilan ijobiy munosabatda bo'lishni taqozo etadi. Shuningdek zamonaviy ta'limda kompetensiyalarga ham alohida to'xtalib o'tilganjumladan, informatsion kompetensiya - o'qituvchi o'zfani va unga bog'liq holda bo'lgan barcha yangiliklardan boxabar bo'lishi zarur. Shuning uchun ham pedagog axborot va kompyuter texnologiyalaridan foydalana olish ko'nikmalariga ega bo'lishi kerakligi mazkur maqolaning hozirgi kunda pedagog hodimlarni kasbiy faolligini oshirishda muhim sanaladi.
Kalit so'zlar: ta'lim, muassasa, boshqaruv, madaniyat, menejment, kreativlik, kompetensiya, rahbar, lider, ijtimoiy, iqtisodiy, uslub, ijodkorlik.
Kirish Rahbar degan nomga ega bo'lgan har bir shaxs o'z tashqi qiyofasi, madaniyat kiyinishi, talabchanligi, bilimi, tashkilotchiligi bilan atrofdagilarga hamisha ibrat namuna bo'lmog'i lozim. Biz yuqorida ta'kidlangan mulohazalardan kelib chiqib, bugungi maktabgacha va maktab ta'limida sohasida faoliyat olib borayotgan rahbarning kompetentligi yo'nalishidagi ba'zi kamchiliklari haqida quyidagi holatlarni tahlil qilib o'atamiz:
-maktablarda boshqaruv ishlarini samarali darajada emasligi bugungi kunda ko'zga tashlanadigan holatlardan kam sonli uchratish mumkin; maktab jamoasi oldida har bir xodim uchun zarur bo'lan fidoyilik, ijodkorlik, tashkilotchilik, kreativ bo'lishi; -huquqiy madaniyat va savodxonlikning yuqori darajada aks etishi; -ish jarayonida mahalliylikning ustuvorligi; -metodik birlashmalarga yetarli darajada e'tibor bermaslik, tashabbuskorlik va tadbirkorlikning yetishmasligi;
Yuqoridagi mulohazalarni o'qib o'rganib, bugungi ta'lim-tarbiya sohasidagi qabul qilayotgan qarorlar asosida bugungi ta'lim jarayoniga menejerlik qilaman degan har bir iqtidorli shaxs o'zining kasbiy kompetentligiga tayanib, rahbarlik ishlarini tashkil qilishi lozim. Umuman olganda, ta'lim muassasalaridagi muvoffaqiyatlar rahbarning ijrochilar mexnatiga bo'lgan munosabatlaridan qanchalik manfaatdorliklarni anglata bilish. Qobiliyatiga sezilarli darajada bog'liqdir.
Tadqiqot metodologiyasi. Bugungi talaba-yoshlarda kreativlikni shakllantirish uchun bugungi pedagog namunaviy intellektga ega bo'lishi, zamonaviy ta'lim-tarbiya qonuniyatlarini mukammal bilishi va shu asosda o'z kasbi bilan bog'liq ijodkorlik qilish qobiliyatiga ega bo'lishi lozim.
Hozirgi zamondagi yosh avlodni tarbiyalayotgan professor-o'qituvchilarimiz o'z shogirdlariga Vatanga sadoqat, mehr-oqibatlilik, mas'uliyatlilik, tolerantlik, huquqiy maslahat, innovatsion fikrlash, mehnatsevarlik kabi insoniy fazilatlarni shakllantirishi bilan bir qatorda
"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA
JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARI" MAVZUSIDAGIRESPUBLIKAILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
25-oktabr 2023-yil
mantiqiy fikrlashga odatlantirish va ijod qilishni o'rgatishi kerak bo'ladi. Bo'lajak pedagoglarga kreativlik bo'yicha ijodiy faoliyat turlarini shakllantirish quyidagicha bo'ladi.
Kommunikativ kompetensiya -o'qituvchidan to'laqonli muloqot-chanlikni talab etadi. Har qanday vaziyatda ta'lim oluvchi va jamoa a'zolari bilan ijobiy munosabatda bo'lishni taqozo etadi. Informatsion kompetensiya - o'qituvchi o'z fani va unga bog'liq holda bo'lgan barcha yangiliklardan boxabar bo'lishi zarur. Shuning uchun ham pedagog axborot va kompyuter texnologiyalaridan foydalana olish ko'nikmalariga ega bo'lishi kerak.
Pedagogik takt va pedagogik etika mavzusi bo'yicha talabalarga nazariy materiallar beriladi, seminar mashg'ulotlarini bajarishlari uchun uslubiy maslahatlar beriladi. Talabalar o'z ustilarida muntazam ishlab, berilgan seminar mavzusi topshiriqlarini turli axborot vositalaridan foydalanib bajarish hamda ularni amaliy faoliyatda qo'llay olishlari darajasiga yetishgan, ya'ni pedagogik kompetentliklar shakllanishi kerak.
O'qituvchi faoliyatida muomala madaniyati va psixologiyasi hamda pedagogik takt va pedagogik etika mavzusini yoritishda o'qituvchi faoliyatida muomala madaniyatining o'ziga xos turlari, muloqotni tashkil etishda umuminsoniy qadriyatlarning ustuvorligi, pedagogik muloqotning o'ziga xos xususiyatlari va funksiyalari, pedagogik etikaning mohiyati va xususiyatlari hamda o'qituvchi etikasida dilkashlik va pedagogik takt bo'yicha bilimlar beradi. Bu bilimlar amaliy va seminar mashg'ulotlari jarayonida mustahkamlanib boriladi. Mavzu yakunida talabaning bilimi testlar yoki boshqa topshiriqlar orqali tekshiriladi. Har bir modul bo'yicha mavzular shu tarzda talabalarga yetkazilib, ularda shu fan bo'yicha bilim va ko'nikmalari shakllantirib, bo'lajak o'qituvchi xislatlari tarbiyalanadi, pedagogik kompetentligi shakllantirib boradi
Jumladan, yosh pedagogning o'zitanlagan kasbga mehr qo'yishi, o'qituvchilik kasbining sirlarini mukammal o'rganishi va unda o'z kelajagiga nisbatan ishonch tuyg'ulari rivojlanishida ham maktab direktori katta ta'sir kuchiga ega shaxs hisoblanadi. Bundan tashqari, rahbar jamoada o'z o'rniga ega bo'lib, u bilimi, muomalasi, ilmiy dunyoqarashi, pedagogik xodimlar bilan o'zaro munosabati, maqsadga intilish, ijtimoiy xulq va boshqalarda namuna bo'lishi zarur. Bundan jamoaning a'zosi o'ziga xos ta'sirlanadi. Rahbar boshqaruv faoliyatida o'zaro ta'sirning ikki yo'nalishi — pedagogik jamoaga jamoaning pedagogik ta'sirini va bu o'zaro ta'sir har qanday ho-latda ijobiy bo'lishini ta'minlashi zarur. Pedagogning jamoaga ta'siri uning orttirgan obro'si, bilimi, dunyoqarashi, o'zi tanla-gan kasbga qiziqishi va qobilyati, o'z fanini puxta bilishi, jamoa bilan munosabati, o'z ustida ishlashi tashkilotchilik qobiliyati va tashabbuskorligi singari ko'rinishlarda namoyon bo'ladi. Masalan, obro'ga ega bo'lgan mutaxassis shaxslararo munosabatlarda yuqori mavqega ega bo'ladi, jamoada uning fikr-mulohazalari qadrlanadi, undan fikr, mulohaza so'raladi. Ammo obro' orttirishda shaxsiy sifatlarning o'zigina yetarli bo'lmay, u yoki bu mutaxassis haqidagi jamoatchilik fikri ham rol o'ynaydi. Bu esa jamoaning pedagogga bo'lgan ta'siridir. Ya'ni jamoa pedagogning ayrim sa'y-harakatlarini rad etishi, qabul qilmasligi yoki aksincha, unga intilishi mumkin.
Tadqiqot natijalari. Yuqorida aytib o'tganimizdek, jamoa bilan mutaxassisning ta'siri ikki xil, ya'ni ijobiy va salbiy bo'lishi mumkin. Bunda rahbarning roli yaqqol namoyon bo'ladi. Ijobiy ta'sirni vujudga keltirishda rahbar pedagogik jamoa va ta'lim muassasasining manfaatlari bir-biriga mos kelishini istagan holda, xodimlarining muvaffaqiyat va kayfiyatlari bilan qiziqish, tabassum bilan muomala qilish, xodimlarga hurmat bilan murojaat qilish, har qanday vaziyatda
"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA
JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARI" MAVZUSIDAGIRESPUBLIKAILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
25-oktabr 2023-yil
ham ularning shaxsiyatiga tegmaslik, ularning kamchiliklarini aytganda, albatta, ularning muvaffaqqiyatini ham e'tirof etish kabi eng maqbul uslublarni o'z faoliyatiga tatbiq etishi zarur.
Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, zamonaviy maktabni boshqarish murakkab, ko'p komponentli tashkiliy tuzilishlarga ega bo'lib, bunda asosiy maqsadga, ya'ni o'quvchilarni hayotga tayyorlash, ularni mehnatga va murakkab ijtimoiy shart-sharoitlarga mustaqil ravishda tezroq moslashishlarini ta'minlashga erishishda ta'lim muassasasidagi barcha subyektlarning sa'y harakatlarini shu maqsad yo'lida birlashtirish, o'zaro hamkorlik muhitini yaratish muhimdir.
REFERENCES
1. Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. -Toshkent: "O'zbekiston", 2017. - 488 b.
2. Kenjaboyev A, Kenjaboyeva D. Pedagogik deontologiya va kompetentlik. Termiz 2022 yil. 100 bet.
3. Kenjaboyev A.E. Pedagogik rahbarning kasbiy kompetentligi va pedagogik mahorati. Zamonaviy ta'lim jur. 2020 № 10. 83 bet.
4. Kenjaboyev A.E. "Zamonaviy o'qituvchining kasbiy kompetentligi va kreativligi -bugungi kun talabidir". Xalq ta'limi jurnali 2020 yil № 5.9-11 bet.
5. Bayjonov, F. (2021). CHARACTERISTICS OF THE CONCEPT OF GENDER CULTURE AS A SOCIAL EVENT. InterConf, (79). вилучено i3 https://ois.ukrlogos.in.ua/index.php/interconf/article/view/15139.
6. Bayjonov, F. B. (2021). Stages of formation of gender culture in youth. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences, 9(4), 2021. https://www.idpublications.org/wp-content/uploads/2021/05/Full-Paper-STAGES-OF-FORMATION-OF-GENDER-CULTURE-IN-YOUTH.pdf.
7. Bayjonov, F. (2023). Technologies for the development of gender culture in cooperation with the family and educational institutions. Bulletin of Science and Practice, (4), 531-534. https://doi.org/10.33619/2414-2948/89/70.
8. Bayjonov, F. B. (2021). Gender differences in the contemplation of teenagers. Theoretical & Applied Science, 98(06), 144-146. https://doi.org/10.15863/tas.2021.06.98.21.
9. Bayjonov, F. (2022). Factors for forming gender culture in adolescents in family and educational institutions. InterConf, (96). вилучено i3 https://ojs.ukrlogos.in.ua/index.php/interconf/article/view/18170.
10. Ongarov M.B., The System Of Training And Development Of Field Practice In Biology. The American journal of social science and education innovations - USA: 2021. - Vol. 3, Issue 03. - P. 171-177. file:///C:/Users/USER/Downloads/171 -177....S SEI....P....The+System+Of+Training+And+Development+Of+Field+Practice+In.pdf
11. Ongarov M.B., Профессионально-методическая подготовка студентов к учебной практике Наука и образование сегодня. - Россия, 2021. - №2. - С. 75-76.https://cyberleninka.ru/article/n/professionalno-metodicheskaya-podgotovka-studentov-k-uchebnoy-praktike/viewer.
12. Ongarov M.B., Methodological conditions for the organization of fiyeld practice through information technology. Commonwealth Journal of Academic Research (CJAR.EU) 2021. -
"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA
JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARI" MAVZUSIDAGIRESPUBLIKAILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
25-oktabr 2023-yil
Vol. 2, Issue 6. - P. 14-19. https://www.cjar.eu/2021/06/16/methodological-conditions-for-the-organization-of-field-practice-through-information-technology-2/. 13. Ongarov M.B., Integrative Effektivnes of the Organization of field Practice of Students oh the Faculty Natural Science. (Biology, Geography) As An Example of Education 2022 ISSN: 1856-4194 31,12,2022
https://www.provinciajournal.com/index.php/telematique/article/view/1097.