Научная статья на тему 'KOMPITENTLIK VA MULOQOT KOMPETENSIYASINING UZVIYLIGI'

KOMPITENTLIK VA MULOQOT KOMPETENSIYASINING UZVIYLIGI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
435
33
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
kredit / tizim / modul / kompitentsiya / muloqot / so’z erkinligi / mustaqil ta’lim / islohot / ta’lim / tarbiya / tizim / uyg’unlashuv / modernizatsiya / iqtisodiyot.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Abdurasulova Shoira Kushakovna

Mazkur maqolada kompitentlik tushunchasi, uning turlari va mazmuni, ta’lim sohasidagi o’rni. Muloqot kompetensiyasining shakllanish jarayonlari haqida fikr yuritilgan. Hamda kredit-modul tizimi mazmuniga ham qisqa to’xtab o’tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «KOMPITENTLIK VA MULOQOT KOMPETENSIYASINING UZVIYLIGI»

"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA

JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARI" MAVZUSIDAGIRESPUBLIKAILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

25-oktabr 2023-yil

KOMPITENTLIK VA MULOQOT KOMPETENSIYASINING UZVIYLIGI

Abdurasulova Shoira Kushakovna

Guliston davlat universiteti katta o'qituvchisi +998 99 473 03 56 [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.10035330

Annotatsiya. Mazkur maqolada kompitentlik tushunchasi, uning turlari va mazmuni, ta'lim sohasidagi o'rni. Muloqot kompetensiyasining shakllanish jarayonlari haqida fikr yuritilgan. Hamda kredit-modul tizimi mazmuniga ham qisqa to'xtab o'tilgan.

Kalit so'zlar: kredit, tizim, modul, kompitentsiya, muloqot, so'z erkinligi, mustaqil ta'lim, islohot, ta'lim, tarbiya, tizim, uyg'unlashuv, modernizatsiya, iqtisodiyot.

Аннотация. В данной статье рассмотрено понятие компетентности, ее виды и содержание, ее место в сфере образования. Обсуждаются процессы формирования коммуникативной компетентности. Также кратко обсуждается содержание кредитно-модульной системы.

Ключевые слова: кредит, система, модуль, компетентность, общение, свобода слова, независимое образование, реформа, образование, образование, система, интегрatsiя, модернизatsiя, экономика.

Abstract. In this article, the concept of competence, its types and content, its place in the field of education. The formation processes of communication competence are discussed. The content of the credit-module system is also briefly discussed.

Keywords: credit, system, module, competence, communication, freedom of speech, independent education, reform, education, education, system, integration, modernization, economy.

O'zbekiston Respublikasida oliy ta'limni tizimli isloh qilishning ustuvor yo'nalishlarini belgilash, zamonaviy bilim va yuksak ma'naviy-axloqiy fazilatlarga ega, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarish, oliy ta'limni modernizatsiya qilish, ilg'or ta'lim texnologiyalariga asoslangan holda ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish borasida katta ishlar olib borilmoqda.

Kredit-modul tizimining joriy etilishi o'qituvchi va talabaning hamkorlikda ishlashida muhim omil hisoblanadi. Modulli ta'limda pedagog tinglovchining o'zlashtirish jarayonini tashkil etadi, boshqaradi, maslahat beradi, tekshiradi. Talaba esa yo'naltirilgan obyekt tomon mustaqil harakat qiladi. Eng katta urg'u ham talabalarning mustaqil ta'lim olishiga qaratiladi. O'quv jarayonida mustaqil ta'lim olishning ahamiyati ortadi va bu kelajakda mutaxassislarning mustaqilligi, ijodiy tashabbuskorligi hamda faolligini oshirishga olib keladi. Kredit-modul tizimida universitet talabalari har doim o'qituvchi va kursdoshlaridan yordam hamda maslahat olish imkoniyatiga ega bo'ladi.

Modul — bu, bir nechta fan hamda kurslar o'rganiladigan o'quv rejasining bir qismi. U talabalarda ma'lum bir bilim va ko'nikma hosil qilish, tahliliy-mantiqiy mushohada yuritish salohiyatiga ega bo'lishiga qaratilgan bir nechta fanlar (kurslar) majmui hisoblanadi. Bunda o'qituvchi o'quv jarayonini tashkil qiladi, jonli, video hamda audio ma'ruzalar o'qiydi, talabaning faoliyatini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi. Talaba esa mavzuni mustaqil o'rganadi hamda berilgan topshiriqlarni bajaradi.

"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA

JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARI" MAVZUSIDAGI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

25-oktabr 2023-yil

Zamonaviy jamiyat ta'lim tizimi oldiga yuqori malakali, intiluvchan, raqobatbardosh, tashabbuskor, ma'naviy va jismoniy soqlom shaxslarni tarbiyalab berish talabini qo'ymoqda. 2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha harakatlar strategiyasida "yuksak bilimli va intellektual rivojlangan avlodni tarbiyalash, oliy ta'lim muassasalarida kompetentli ilmiy pedagogik kadrlar zaqirasini yaratish" vazifasi belgilandi[1].

Kasbiy kompetentlik - mutaxassis tomonidan kasbiy faoliyatni amalga oshirish uchun zarur bo'lgan bilim, ko'nikma va malakalarning egallanishi va ularni amalda yuqori darajada qo'llay olinishidir. Ijtimoiy kompetentlik - ijtimoiy munosabatlarda faollik ko'rsatish ko'nikma, malakalariga egalik, kasbiy faoliyatda subyektlar bilan muloqotga kirisha olish.

Maxsus kompetentlik-kasbiy-pedagogik faoliyatni tashkil etishga tayyorlanish, kasbiy-pedagogik vazifalarni oqilona hal qilish, faoliyati natijalarini real baholash, ushbu kompetentlik negizida psixologik, metodik, informatsion, kreativ, innovatsion va kommunikativ kompetentlik ko'zga tashlanadi.

Ular o'zida quyidagi mazmunni ifodalaydi:

- psixologik kompetentlik-pedagogik jarayonda sog'lom psixologik muhitni yarata olish, talabalar va ta"lim jarayonining boshqa ishtirokchilari bilan ijobiy muloqotni tashkil etish, turli salbiy psixologik ziddiyatlarni o'z vaqtida anglay olish va bartaraf eta olish;

- metodik kompetentlik- pedagogik jarayonni metodik jihatdan oqilona tashkil etish, ta'lim yoki tarbiyaviy faoliyat shakllarini to'g'ri belgilash, metod va vositalarni maqsadga muvofiq tanlay olish, metodlarni samarali qo'llay olish, vositalarni muvaffaqiyatli qo'llash;

- informatsion kompetentlik - axborot muhitida zarur, muhim, kerakli, foydali ma'lumotlarni izlash, yig'ish, saralash, qayta ishlash va ulardan maqsadli, o'rinli, samarali foydalanish;

- kreativ kompetentlik - pedagogik faoliyatga tanqidiy, ijodiy yondashish, o'zining ijodkorlik malakalariga egaligini namoyish eta olish;

- innovatsion kompetentlik-pedagogik jarayonni takomillashtirish, ta"lim sifatini yaxshilash, tarbiya jarayonining samaradorligini oshirishga doir yangi g'oyalarni ilgari surish, ularni amaliyotga samarali tatbiq etish;

- kommunikativ kompetentlik - ta'lim jarayonining barcha ishtirokchilari, jumladan, talabalar bilan samimiy muloqotda bo'lish, ularni tinglay bilish, ularga ijobiy ta'sir ko'rsata olish;

Shaxsiy kompetentlik - izchil ravishda kasbiy o'sishga erishish, malaka darajasini oshirib borish, kasbiy faoliyatda o'z ichki imkoniyatlarini namoyon qilish;

Texnologik kompetentlik - kasbiy-pedagogik BKMni boyitadigan ilg'or texnologiyalarni o'zlashtirish, zamonaviy vosita, texnika va texnologiyalardan foydalana olish.

Ektremal kompetentlik - favqulotda vaziyatlar (tabiiy ofatlar, texnologik jarayon ishdan chiqqan)da, pedagogik nizolar yuzaga kelganda oqilona qaror qabul qilish, to'g'ri harakatlanish malakasiga egalik.

Pedagoglarning o'z ustilarida izchil, samarali ishlashlarida faoliyatga loyihali yondasha olishlari qo'l keladi. Ularning loyihali yondashuv asosida quyidagi modelni shakllantira olishlari maqsadga muvofiqdir. Pedagogning kasbiy kompetentlikka ega bo'lishida o'zini tahlil qila olishi ham ahamiyatli sanaladi. O'zini-o'zi tahlil qilish pedagog tomonidan kasbiy faoliyatda tashkil etayotgan o'z amaliy harakatlari mohiyatining o'rganilishidir. O'zin-o'zi tahlil qilish orqali pedagog o'zini-o'zi obyektiv baholash imkoniyatiga ega bo'ladi. Zero, pedagoglarning kasbiy

"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA

JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARI" MAVZUSIDAGIRESPUBLIKAILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

25-oktabr 2023-yil

kompetentlik sifatlariga ega bo'lishida ularning o'z-o'zini baholash malakalariga egaligi ham muhimdir. O'zini-o'zi baholash (O'O'B) - shaxsning o'z-o'zini tahlil qilishi orqali o'ziga baho berishi. O'zini-o'zi baholash subyekt uchun shaxsiy imkoniyatlarini hisob-kitob qilish, o'ziga obyektiv baho berish, o'zidan qoniqishni ta'minlaydi. O'z-o'zini baholash shaxsning qobiliyatini o'z kuchi bilan yuzaga chiqishiga yordamlashishi zarur.

Kasbiy kompetensiya - Pedagogika va psixologiyaga doir bilimlarga ega bo„lish;

- O'z ustida ishlash;

- Ta'lim jarayonini rejalashtirish, baholash va qayta aloqani o'rnata olish;

- O'quvchilarda motivatsiyani shakllantirish;

-AKTni bilishi;

-Ta'lim muhitiga yangilik kiritishi;

- O'z fanini mukammal bilishi;

- Xorijiy tillardan birini bilishi.

Kasbiy kompetensiyani shakllanish bosqichlari:

- O'z-o'zini tahlil qilish va zarur narsalarni anglash;

- O'zini rivojlantirishni rejalashtirish maqsad, vazifa belgilash;

- O'zini namoyon etish va kamchiliklarini tuzatish.

Zamonaviy sharoitda ta'lim jarayonining barcha imkoniyatlariga ko'ra shaxsni rivojlantirish, ijtimoiylashtirish va unda mustaqil, tanqidiy, ijodiy fikrlash qobiliyatlarini tarbiyalashga yo'naltirilishi talab qilinmoqda. Yuksak malakali mutaxassislarni iste'molchilar talablariga qarab tayyorlanishi, talabalarni tanlagan ixtisosliklari bo'yicha bilim, ko'nikma va malakalarini shakllantirilishi mustaqil ravishda bilim olishga va amaliy faoliyatga o'rgatilishi ta'minlanishi kerak. Mustaqil ta'lim jarayonida talabalarning tashkilotchilik qobiliyatlarini rivojlantirishga muammo sifatida talqin etilganligi bois, 2020-yil 23-sentyabrda tasdiqlangan yangi tahrirdagi O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'risida"gi Qonunida ham "Mustaqil ta'lim olish yakka tartibda amalga oshiriladi hamda ta'lim oluvchilarni kasbiy, intellektual, ma'naviy va madaniy rivojlantirishga xizmat qiladi" deb belgilab qo'yilganligini keltirib o'tish mumkin.

Til asosiy aloqa vositasidir, usiz inson jamiyatining borligi va rivojlanishini tasavvur qilish qiyin. Bugungi kunda bizning dunyomizda ijtimoiy munosabatlarda katta o'zgarishlar bo'layotgan bir pallada aloqa axborot vositalari (axborot texnologiyalari) o'quvchilarning kommunikativ malakasini oshirishni talab qiladi, ular muloqotning boshqa ishtirokchilari bilan o'zaro muloqot qilish jarayonida turli vaziyatlarda fikrlarni almashishi, til va so'zlashuv normalarini to'g'ri ishlatishi taqozo etadi.

Muloqot kompetensiyani quyidagicha ta'rifladik: Muloqot kompetensiyasi -muloqot olib boruvchi shaxsning ikkinchi shaxs ijtimoiy va nutqiy xulq-atvorining xususiyatlari, uning muomala qoidalari va madaniyatidan xabardor bo'lishi hamda muloqot jarayonida ana shu bilimlardan foydalangan holda ikkinchi shaxs bilan muvaffaqiyatli ravishda muloqotlashish qobiliyatini namoyon qila olish layoqatidir.

Muloqot kompetentsiyasiga xos bo'lgan umumiy muammolar ta'lim, turizm, biznes va diplomatiya kabi ko'plab insoniy faoliyatlarda mavjud. Muloqot kompetentsiyasi muammolarini hal qilish fanlararo xarakterga ega va ular ishtirok etadigan madaniy omillarni yahshi tushunishni talab qiladi.

Muloqot kompetensiyasini rivojlantirish davomida shaxsiy yo'naltirilgan,

"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA

JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARI" MAVZUSIDAGIRESPUBLIKAILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

25-oktabr 2023-yil

madaniyatshunoslik va kreativ kabi yondashuvlarni amalga oshirish jarayonida ta'lim oluvchining shaxs xususiyatlarini inobatga olish, o'quv jarayonining muloqot motivasiyasiga katta e'tibor qaratiladi.

Xulosa shuki, kompetentlikni shakllantirish bosqichma-bosqich va uzluksiz jarayondir. U oliy ta'lim muassasasida boshlanadi va ish joyida tajribali ustozlar nazorati ostida davom etadi. Shuni unutmaslik kerakki, yuqori kasbiy kompetentlik nafaqat bilim darajasi, balki xodimning amaliy ko'nikmalari, tajribasi va shaxsiy fazilatlari hamdir.

REFERENCES

1. "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha harakatlar Strategiyasi to'g'risida" 2017 yil 7 fevrvldagi PF-4947-sonli farmoni.

2. Ashurov A.A. Kommunikativ kompetensiya tushunchasi va uning mazmun mohiyati. Scientific-methodological electronic journal "Foreign Languages in Uzbekistan", 2020, No 1(30), 76-83.

3. Fayzullaeva N. Pedagogik bilimlar - o'qituvchi kasbiy mahoratining nazariy asosi //Uzluksiz ta'lim j. - T.: 2006. 6-son www.tdpu.uz

4. Muslimov N.A., Usmonboeva M.H., Sayfurov D.M., To'raev A.B. Pedagogik kompetentlik va kreativlik asoslari - Toshkent, 2015.

5. M.M. Axmedjanov, B.Q.Xo„jaev, Z.D. Hasanova. Pedagogik mahorat. Buxoro Davlat universiteti, 2014

6. Tojiboeva, G. R. (2020). Psixologo-pedagogicheskaya kompetentnost uchitelya nachalnbix klassov. Science and World, 1(77), 32-33.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.