Научная статья на тему 'RAQAMLI TA’LIM DAVRIDA MALAKASINI OSHIRISH MUAMMOLARI'

RAQAMLI TA’LIM DAVRIDA MALAKASINI OSHIRISH MUAMMOLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
42
4
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
sub’ekt

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Sh.Q.Mardonov

Qayta tayyorlash va malakasini oshirish jarayonidagi o‘ziga xos xususiyat tinglovchi saviyasi, tajribasi, tafakkurining yuqoriligi va o‘qish motivining anglaganligidadir. Shuning uchun malakasini oshirishni tashkil qilish bilish faoliyati sifatida ta’lim sub’ektining faol ishtirokida olib borilishi kerak.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «RAQAMLI TA’LIM DAVRIDA MALAKASINI OSHIRISH MUAMMOLARI»

"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA

JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARI" MAVZUSIDAGIRESPUBLIKAILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

25-oktabr 2023-yil

RAQAMLI TA'LIM DAVRIDA MALAKASINI OSHIRISH MUAMMOLARI

Sh.Q.Mardonov

T.N.Qori Niyoziy nomidagi O'zPFITI bo'lim boshlig'i, pedagogika fanlari doktori, professor

https://doi.org/10.5281/zenodo.10035263

Qayta tayyorlash va malakasini oshirish jarayonidagi o'ziga xos xususiyat - tinglovchi saviyasi, tajribasi, tafakkurining yuqoriligi va o'qish motivining anglaganligidadir. Shuning uchun malakasini oshirishni tashkil qilish bilish faoliyati sifatida ta'lim sub'ektining faol ishtirokida olib borilishi kerak.

O'qish ehtiyoji, o'z ma'lumotini chuqurlashtirish,- deb yozadi Yu.N. Kulyutkin, - katta kishilarda amaliy hayotda va ishlab chiqarish faoliyatida paydo bo'ladi, shuningdek, muammolarni yechish jarayonida vujudga keladi. Katta kishi egallanayotgan bilimlarini amaliy jihatlari bilan solishtirib, baholaydi. Katta kishida bilish faoliyatining motivi, faolligi va maqsadga qaratilganligi, bilimining shaxsiy mohiyati bilan belgalanadi. Bu ham bo'lsa o'quv jarayonida o'qituvchilarning (tinglovchilarning) ijtimoiy-psixologik xususiyatlari, shuningdek, ta'lim tizimida muhim o'rin egallovchi muloqotning ahamiyatini eslatish joiz. Chunki malakasini oshirish jarayonidagi pedagogik muloqot darajasi va funksiyasi bilan umumiy o'rta ta'lim maktabi, o'rta maxsus va kasb-hunar ta'limi hamda oliy o'quv yurtidagi muloqotdan keskin farq qilishi kerak [1].

Tadqiqotlar pedagog kadrlar malakasini oshirishning yuqoridagi talablariga javob berolmasligi, kurslardagi o'quv rejalari real o'quv yurti hamda pedagoglarning talab va ehtiyojlariga to'la javob bermasligi, ularning biryoqlamaligini ko'rsatadi.

Malakasini oshirish jarayonidagi bu kabi kamchiliklarni bartarab qilish uchun o'quv muassasasidagi ta'limni tashkil qilishda ilm-fanning so'ngi yutuqlari hamda ilg'or tajribalarni, o'quv jarayonida yangi pedagogik hamda axborot texnologiyalarini qo'llashning aniq usullari va tipik qiyinchiliklarni bartaraf qilish yo'llarini ko'rsatish lozim. Ta'lim jarayonini shu talablar asosida tashkil qilish malakasini oshirish tizimida faoliyat ko'rsatayotgan professor-o'qituvchilar mahoratiga ham oshirilgan talablar qo'yadi. Malakasini oshirish jarayonini o'quv muassasasi va unda ishlayotgan pedagoglar ehtiyoji bilan bog'lash prinsiplari hamma vaqt, hamma joyda, hamma o'qituvchilar tomonidan to'liq amalga oshirilmay kelmoqda. Bu talabni ham malakasini oshirish tizimida, ham o'quv muassasasida bir vaqtning o'zida ishlaydigan mutaxassislargina amalga oshira oladilar. Faqat umumiy o'rta ta'lim maktablari, yoki oliy o'quv yurtlarida ishlaydiganlar malakasini oshirishidagi o'quv xususiyatlarini chuqur tushunmaydilar, ularning mashg'ulotlari bir yoqlama va tinglovchilarning talablarini to'liq qanoatlantira olmaydi.

Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish jarayonini takomillashtirishni ilmiy asosda qayta qurish uchun bu jarayon tashkilotchilarning tayyorgarlik darajasi, tinglovchilar bilan muomalasi, muloqotining yuksak darajada bo'lishi hal qiluvchi omil hisoblanadi. Chunki bu tizim o'qituvchisining vazifasi maxsus metodikalar, ta'sir etish usullari, shaxsiy va kasbiy sifatlari bilan ta'lim jarayonida tinglovchilarga yangi insonparvarlik, demokratik munosabatlarini shakllantirishning namunalarini ko'rsatishlari zarur. Shu asosda tinglovchilardagi salbiy - «Men hamma narsani bilaman» stereotipni yo'qotish mumkin.

Tinglovchilar faoliyati va tajribasini tahlil qilganda shunday vaziyatlarda boshqa o'qituvchilar tajribasida uchraydigan qiyinchiliklar, ularni bartaraf qilish uchun qanday harakatlar qilish lozimligi, o'quvchilar bilimi turlicha bo'lganda ta'lim mazmunini belgalashning o'ziga xos tomonlari, o'quvchilarning o'ziga xos xususiyatlarini hisobga olish yo'llarini aniq misollarda

"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA

JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARI" MAVZUSIDAGI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

25-oktabr 2023-yil

ko'rsatish muhimdir. Shuningdek, o'qituvchilar tomonidan qo'llaniladigan qanday usul va vositalar o'quvchilarda bilim egallashda rag'bat uyg'otishi hamda o'quv faoliyatini faollashtirib, ruhiy sifatlari va dunyoqarashi shakllanishiga asos bo'lishini aniq misollarda ko'rsata bilish tinglovchilarda kurs mashg'ulotiga nisbatan qiziqish uyg'otadi. Chunki ta'lim jarayonida o'qituvchi kasbiy faoliyatining bosh sub'ekti - o'quvchi, uning predmeti - o'quvchi ma'naviy dunyosining shakllanishidir.

Tinglovchilarni asosiy faoliyatiga sifatli tayyorlash - ularning ish tajribasidan keng foydalanishni taqozo qiladi. Bu didaktik usul tinglovchilar faolligining oshishi hamda o'qituvchi faoliyatiga ma'lum oshirilgan talablar qo'yadi.

Yuqoridagi vazifalarning to'g'ri hal qilinishi quyidagi masalalarni ijobiy yechishga asos bo'ladi:

1) kurs mashg'ulotlari va ulardan keyingi o'qishga bo'lgan salbiy munosabatlar bartaraf qilinadi;

2) o'qituvchilarda ko'p uchraydigan - kursda bayon qilingan ma'lumotlar ularga ma'lum edi, degan noto'g'ri tasavvur bartaraf qilinadi.

Bayon qilingan omillar pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishida ta'limni tashkil qilishga ta'sir qiladi. Ammo ta'lim jarayoniga salbiy munosabat va o'ziga ortiqcha ishonch ruhiy-didaktik omillar hisoblanadi. Ta'lim jarayonida o'qituvchining katta kishi sifatida faoliyati va shaxsining xususiyati e'tiborga olinmasa, bunday holat kuchli namayon bo'ladi. Buning oqibatida shakllangan eskicha fikrlash stereotipi bilan kasbiy faoliyatga yangi ilmiy yondashuvlar, ijtimoiy talablar orasida ziddiyatlar vujudga kelib, ta'lim-tarbiyada yuqori ko'rsatkichlarga erishishib bo'lmaydi. Ko'rib chiqqanimizdek, kattalarni o'qitishning ijtimoiy-psixologik, didaktik xususiyatlari malakasini oshirish muassasalaridan ko'chib, maktab ta'limini tashkil qilishga ham ta'sir qiladi. Bularga asoslanish esa malakasini oshirishda o'quv jarayonini to'g'ri tashkil qilish, unda o'qituvchi va tinglovchi munosabatlarini yo'lga qo'yishga asos bo'lib, an'anaviy o'qitish metodikasidan voz kechishga olib keladi.

O'z navbatida bu ishlarni to'g'ri tashkil qilish asosida qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimida ta'limni tashkil qilishning yuqori saviyasiga erishish, tizim xususiyati va ta'lim sub'ekti darajasini inobatga olish mumkin bo'ladi. U yoki bu vositalarni tanlash mezoni, ular faoliyatining kutilgan maqsadiga mos kelishidir. Chunki maqsad xuddi qonun kabi usul va harakatni belgilaydi. Bu xulosa o'qituvchiga pedagogik ta'sir vositasi o'quvchi, talabadan farq qilishini ilmiy asoslaydi, desak xato bo'lmaydi.

Ta'limning bu funksiyasi yechilishi lozim bo'lgan vazifalarni hal qilishda o'qituvchi va tinglovchi harakatining yaxlitligini ta'minlaydi. Ta'lim jarayonini shu asosda boshqarish uning natijalariga erishishni tezlashtiradi. Shu bilan birga ta'lim beruvchilarning o'z harakatlarini o'zlari nazorat qilishlari uchun sharoit yaratib, o'quv axborotini o'zlashtirishni ham nazorat qila oladi. Bunda eng muhimi o'quv operatsiyalarini bajarish ketma-ketligiga rioya qilish, o'zlashtirish natijalarini nazorat qilish hamda o'zini o'zi nazorat usullari muhim hisoblanadi.

Buning oqibatida bilim, ko'nikma va malakalarining kuchli va sayoz tomonlari aniqlanadi. Ta'lim jarayonida ikkiyoqlama aloqaning o'rnatilishi, ta'limda rejalashtirilgan natija bilan erishilgan natija o'rtasidagi o'zaro muvofiqlik, korreksiyalash, tashxis qo'yish imkoniyatini yaratadi.

Korreksiya, qo'llanilgan vositalar ta'lim natijalari bilan taqqoslanganda, natijalar o'qituvchini qanoatlantirmasa - bu tanlangan vositalarning ham yaroqsizligini anglatadi. Shu

"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA

JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARI" MAVZUSIDAGIRESPUBLIKAILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

25-oktabr 2023-yil

asosda ta'limni tashkil qilish, uning shakl, metod hamda vositalarini o'zlashtirish lozimligini ko'rsatadi. Qayta tayyorlash va malakasini oshirish jarayonida ta'limni yo'naltirishning mohiyati yana shundaki, bunda nafaqat o'qituvchi faoliyatini tartibga solish, balki ularning birgalikdagi faoliyatini tashkil qilish juda muhimdir.

Bizning tadqiqotimiz mantiqi nuqtai nazardan hamda kattalar ta'limini tashkil qilish jihatdan bunday yondashuv metodologik ahamiyatga ega. Bunda ta'lim jarayonini tashxis qilishning ikki xilidan foydalaniladi. Ya'ni o'ziga o'zi baho berish (ham o'qituvchi, ham tinglovchi) va ekspert baholash (tinglovchi faoliyatini o'qituvchi) amalga oshiriladi. Bu ikki xil tashxisli baholashning muhimligi yana shundaki, unda ikki faoliyat o'qitish va o'qish yaqinlashadi. Bunday yaqinlashish tinglovchi kasbiy mahoratini yanada takomillashtirish uchun turtki bo'ladi.

Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish jarayoni tizimli tahlilining ko'rsatishicha, uni tashkil qilishdagi eng katta kamchilik kattalar ta'limining ruhiy-pedagogik xususiyatlarini inkor qilish, shuningdek, kattalar ta'limida ham o'quvchi va talabalarni o'qitish usul va vositalarining qo'llanilishi uning ta'sirchanligini keskin pasaytirib yuboradi.

Kattalar ta'limini tashkil qilishdagi avtoritar vaziyat yana bir salbiy holatga - kurs tinglovchisi shaxsiy g'ururining paymol bo'lishiga olib keladi. O'z navbatida bundan kelib chiquvchi xulosa, kattalar ta'limini tashkil qilish shakli va metodlarini hamda jarayon (ishtirokchilari) sub'ektlarining o'zaro munosabatlarini mustaqillik mafkurasi talabi asosida -erkin, ozod va mustaqil fikrlovchi fuqaroni shakllantirish tomon o'zgartirishdir. Bunday sharoitda kattalar, ayniqsa o'qitish, o'rgatishda mutaxassis bo'lgan o'qituvchilarni o'qitishning ilmiy-nazariy asoslari, ularning ijtimoiy-psixologik, fiziologik xususiyatlari asosida ishlab chiqish dolzarb muammo hisoblanadi (kattalar ta'limini insonparvarlashtirish, gumanitarlashtirish).

Kattalar ta'limida o'qishga munosabat ularning kasbiy ehtiyojlarini hisobga olish darajasiga bog'liq holda o'zgaradi. Aynan shu omillarni hisobga olish kattalarnn o'qitishda ta'limga munosabatning xarakterini va o'qishdagi xulq-atvoriga jiddiy ta'sir qiladi.

Tadqiqotimiz jarayonida o'tkazilgan tahlillarimiz tinglovchilar o'qishiga munosabatining xarakteri uni tashkil qilish darajasi, o'qituvchilar bilan tinglovchilar orasidagi munosabat va tinglovchilar o'quv-bilish faoliyatini tashkil qilish usullariga bog'liqligini ko'rsatdi. Kattalar ta'limini qayta qurish faqatgina ta'lim jarayoni boshqaruv mexanizmlarini qayta qurish orqali amalga oshirilishi mumkin. Yuqorida qayd qilganimizdek, o'quv jarayoni ta'lim sub'ekt va ob'ektlarining o'zaro aloqadorligi tarzida quriladi. Bunda o'zaro aloqadorlikni o'quv vaziyatlari tarzida ham qarashimiz mumkin. Boshqacha qilib aytganda, vaziyatni sub'ektlarning o'zaro ta'siri tariqasida ham qarash mumkin. O'quv-pedagogik vaziyatlar o'z mohiyati bilan ijtimoiy bo'lib, boshqa ijtimoiy hodisalardan o'zining sub'ekt-ob'ekt munosabatlari bilan farq qiladi. Ammo bu munosabatlar ma'lum boqichlar bilan belgilanadi. Bu jarayonlarga etalon me'yorlarining kiritilishi o'quv jarayonini nazorat qilish uchun sharoit yaratishga mo'ljallangandir. Ammo ta'lim-tarbiyada ulardan foydalanishda shablon va qattiq chegaralar bo'g'masligi (belgilanmasligi) lozim. Ularni ta'limda qo'llash tashqi ta'sirning ichki o'zini o'zi nazorat qilishga o'tkazish vositasi sifatida qarash mumkin.

Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishining hozirgi bosqichida ting-lovchilar bilish faoliyati reproduktiv darajada tashkil qilinib, olingan bilim va ko'nikmalar xotira omboriga to'planib, kerak bo'lgan hollarda ulardan foydalaniladi. Ta'limni tashkil qilishning bunday shakli tinglovchilarning o'qishda bilish imkoniyatlaridan to'la foydalanish

"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA

JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARI" MAVZUSIDAGI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

25-oktabr 2023-yil

hamda ularning fikrlash faoliyatlarining rivojlanishiga yo'l ochib bera olmaydi. Holbuki, malakasini oshirish jarayoni o'quv faoliyati faol mustaqil izlanish, o'rganish tarzida, yoki ijodiy jarayon sifatida tinglovchi nazariy bilim va amaliy tajribasidan foydalanish, uni ma'lum masalalarni kasbiy hal qilish jarayoniga jalb qilish tarzida tashkillashtirilishi lozim. Shunday qilib, pedagoglarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishdagi kattalar ta'limining xususiyati tinglovchining ongli mustaqil va faol faoliyatini tashkil etishga asoslanishi, uni kasbidagi ma'lum pedagogik vaziyatlarni yechishga jalb qilishdan iborat bo'lmog'i lozim.

Qayta tayyorlash va malakasini oshirsh jarayoni o'qituvchi va tinglovchining birgalikdagi murakkab va ko'pqirrali faoliyatlaridan tashkil topadi. Bunday jarayonning mohiyati ularning individual xususiyatlari, o'quv materialining mazmuni, jarayonni amalga oshirish sharoitlariga bog'liq bo'ladi. Bu esa kattalar ta'limiga ijodiy yondashuv hamda turli-tuman metodlarni qo'llashni taqozo qiladi.

Shunday qilib, pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish jarayonidagi ta'limni o'qitishning boshqa shakllari bilan taqqoslash, uning o'ziga xos tuzilishi va xususiyatlarini - ta'lim maqdsadi, ob'ektning o'ziga xosligi, o'qituvchi shaxsi va faoliyatining katta yoshdagi shakllangan mutaxassis sifatida namoyon bo'lishini tasdiqladi. Bu esa tinglovchi o'quv faoliyatining tuzilishi bilan belgilanishi, uning ta'lim jarayonining faol sub'ekti bo'lishini taqozo qilishini ko'rsatdi.

Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish jarayonining kamchiliklaridan biri ta'lim jarayonini tashkil etishda kattalar ta'limiga xos psixologik-pedagogik xususiyatlarni inkor qilishdir. Maktab ta'limi, yoki o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi, yoki oliy ta'limga doir metodikalar, o'qitish usullarini asossiz ravishda kattalar ta'limiga ko'chirish ham uning ta'sirchanligini pasaytirmoqda. Shuningdek, uning samaradorligiga salbiy ta'sir qilayotgan omillardan yana biri malakasini oshirish ja-rayonining avtoritar tarzda tashkil qilinishi, ya'ni kattalar ta'limida demokratik va insonparvarlik munosabatlarining yo'qligidir. Ta'lim beruvchi o'qituvchining diktatorligi, baholash mezonlari va o'quv rejalarining «qattiqligi» ham tinglovchilarda o'qishga xohishning pasayishiga yoki «qo'rquvi»ga sababchi bo'lmoqda. Bulardan tashqari malakasini oshirish bosqichlari va shakllari o'rtasida uzviylik hamda qat'iylikning ma'naviy va moddiy jihatdan baholanmasligi tinglovchining malakasini oshirishga bo'lgan rag'batining pasayishiga sababchi bo'lmoqda.

Yuqorida ta'kidlaganimizdek, pedagoglarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishining o'ziga xos kasbiy ta'limning turi hamda kattalar ta'limining o'ziga xosligidan kelib chiqib, mazkur tizim uchun maxsus mutaxassis o'qituvchilarning maxsus tayyorlanmasligi ham bu tizimning rivojlanishiga salbiy ta'sir qilmoqda. Shu asosda kattalar ta'limining metodik asoslarini ishlab chiqish, malakasini oshirish tizimida yoshi hamda ruhiy-fiziologik, pedagogik faoliyati va shaxsi xususiyatlarini hisobga olish asosida malakasini oshirishni tashkil etish ilmiy-amaliy zaruriyatga aylanmoqda.

Biz izlanishimizni shakllangan ilmiy farazimizni asoslash hamda malakasini oshirish muassasalari xodimlari ish tajribalarini o'rganish maqsadida tashkil qildik.

Bunda soha mutaxassislarining (malakasini oshirish institutlari o'qituvchilari) aksariyati malakasini oshirish tizimidagi ta'limning umumiy o'rta ta'lim maktablari, o'rta maxsus, kasb-hunar kollejlari hamda oliy ta'lim maktabidagi farqini aniq tasavvur qila olmaydilar.

Jumladan, so'ralganlardan ko'rsatilgan ta'lim muassasalari bilan malakasini oshirish kurslarida o'qitish farqini izohlashda: 33,3% - «malakasini oshirish kurslarida kasb mahoratini

"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA

JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARI" MAVZUSIDAGI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

25-oktabr 2023-yil

oshiradi»; 49-50% - «ha, farq qiladi»; 13,33 % - «juda ham farq qiladi» va 3,33% - javob berolmadilar. Shuningdek, ko'rsatilgan ta'lim muassasalari orasidagi umumiylik va farqni aniq pedagogik nuqtai nazarda asoslay olmadilar.

Malakasini oshirishning o'ziga xos tomonlarini aniq tasavvur qila olmaslik tahsil oluvchilar bilim saviyasiga ham salbiy ta'sir qiladi.

Malakasini oshirish muassasalari xodimlaridan tinglovchilarning «Ta'lim olish darajasi sizni qanoatlantiradimi?», deb so'ralgan savolga - 51,6% - asosan qanoatlantiradi; 38,3% - uncha emas; 36,8% - qanoatlantirmasligini e'tirof etishdi.

Bundan tashqari tinglovchilardan: «Kurs davomida o'zingiz uchun yetarli amaliy va nazariy bilim ola biladingizmi?», deb so'ralganda - 46,6% - «ha»; 53,33% - yetarli emas; 10% -faqat amaliy bilim oldik; 16,66% - faqat nazariy bilim oladik, deb javob berishdi. Raqamlarda ifodalangan ko'rsatkichlar (farqlar) ham bu ta'lim muassasalarida kadrlarni qayta tayyorlashni taqozo qilinishini ko'rsatmoqda.

Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish jarayoniniig kamchiliklarini aniqlar ekanmiz, uni takomillashtirish, quyidagi asoslarda amalga oshirilishi mumkin, deb hisoblaymiz:

1. Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish nafaqat kattalar ta'lim tizimi, balki ularning kasbiy mahoratini takomillashtirish tizimi hamdir. Shuning uchun uning mazmun, shakl va metodlari umumiy o'rta ta'lim maktablari, o'rta maxsus, kasb-hunar ta'limi hamda oliy ta'lim tizimlaridan farq qilishi lozim.

2. Pedagog kadrlar malakasini oshirish - ta'lim sohasi mutaxassisi faoliyatini takomillashtirish tizimi hisoblanadi. Chunonchi, malakasini oshirish tizimining boshqa ta'lim tizimlaridan keskin farqi shundaki, unda ta'lim oluvchilar ta'lim-tarbiya sohasi mutaxassisi sifatida o'qishga yondashadilar. Tinglovchilarning mutaxassisiligi nafaqat malakasini oshirishning foydaliligi, ya'ni qanday bilim, ko'nikma va malakalarga ega bo'lganligi nuqtai nazardan, balki ularni o'qitgan mutaxassislarning faoliyati qay darajada amalga oshganligini ham baholashga imkon beradi.

3.Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishning yuqoridagi xususiyalari, uni amalga oshiruvchilar - ma'ruzachi, dars beruvchilardan kasbiy tayyorgarlikka egalik, kattalarning o'ziga xos xususiyatlarini biluvchi mutaxassislar bo'lishlarini pedagogik zaruriyatga aylantiradi.

REFERENCES

1. Кулюткин Ю.Н. Психология обучения взрослых. -Москва: Педагогика, 1985. -128 с

2. Рубинштейн Л.С. Проблемы общей психологии. / отв. Ред. Е.В. Шорохова. - Москва: Педагогика, 1973. -432 с.

3. Мардонов ШД. Янги таълимий кадриятлар асосида педагог кадрларни тайёрлаш ва малакасини ошириш. -Тошкент: Фан, 2006. -232 б.

4. Обидов К^Д. Педагогларнинг узлуксиз малакасини ошириш жараёнида фаолият мотивлари ва шахсий сифатларининг урни. Тошкент: Фан, 2008. -100 б.

5. Малака ошириш: муаммолар, изланишлар, ечимлар. -Тошкент, 2000. -98 б.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.