Научная статья на тему 'BOSHLANG’ICH SINF O’QITUVCHILARIDA MULOQAT KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI'

BOSHLANG’ICH SINF O’QITUVCHILARIDA MULOQAT KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
159
45
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
o’qituvchi / muloqat / kompitentlik / tamoyil / tajriba / rivojlantirish / kommunikativ / metodika / qonuniyat / o’quvchi / tajriba / ta’lim / tarbiya / prognostic / modellashtirish.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Abdurasulova Shoira Kushakovna

Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy muloqat kompitentligini rivojlantirishning pedagogik psixologik xususiyatlari ilmiy-pedagogik muammo sifatidagi ahamiyati tadqiq qilingan. Mavzuga oid sharq allomalarining, xorijiy va respublikamiz olimlarining ilmiy qarashlari umumlashtirilgan. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining muloqat kompitentligini rivojlantirish nazariy va pedagogik jihatlari ilmiy asoslangan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BOSHLANG’ICH SINF O’QITUVCHILARIDA MULOQAT KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI»

"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA

JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARI" MAVZUSIDAGI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

25-oktabr 2023-yil

BOSHLANG'ICH SINF O'QITUVCHILARIDA MULOQAT KOMPETENSIYALARINI RIVOJLANTIRISHNING PEDAGOGIK PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI

Abdurasulova Shoira Kushakovna Guliston davlat universiteti "Boshlang'ich ta'lim uslubiyoti" kafedrasi o'qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.10034949

Annotatsiya. Mazkur maqolada boshlang'ich sinf o'qituvchilarining kasbiy muloqat kompitentligini rivojlantirishning pedagogik psixologik xususiyatlari ilmiy-pedagogik muammo sifatidagi ahamiyati tadqiq qilingan. Mavzuga oid sharq allomalarining, xorijiy va respublikamiz olimlarining ilmiy qarashlari umumlashtirilgan. Boshlang'ich sinf o'qituvchilarining muloqat kompitentligini rivojlantirish nazariy va pedagogik jihatlari ilmiy asoslangan.

Kalit so'zlar: o'qituvchi, muloqat, kompitentlik, tamoyil, tajriba, rivojlantirish, kommunikativ, metodika, qonuniyat, o'quvchi, tajriba, ta'lim, tarbiya, prognostic, modellashtirish.

Аннотация. В данной статье исследуется значение педагогико-психологических особенностей развития профессиональной коммуникативной компетентности учителей начальных классов как научно-педагогической проблемы. Обобщены научные взгляды ученых Востока, зарубежных и наших республиканских ученых по данному вопросу. Теоретико-педагогические аспекты развития коммуникативной компетентности учителей начальных классов научно обоснованы.

Ключевые слова: педагог, общение, компетентность, принцип, опыт, развитие, коммуникативность, методика, легитимность, ученик, опыт, образование, обучение, прогностика, моделирование.

Abstract. In this article, the significance of the pedagogical psychological characteristics of the development of professional communication competence of primary school teachers as a scientific-pedagogical problem is studied. The scientific views of the scholars of the East, foreign and our republic scientists on the subject are summarized. The oretical and pedagogical aspects of development of communication competence ofprimary school teachers are scientifically based.

Keywords: teacher, communication, competence, principle, experience, development, communication, methodology, legality, student, experience, education, training, prognostics, modeling

Mustaqil O'zbekiston demokratik jamiyat qurish, dunyodagi eng rivojlangan mamlakatlar qatoridan o'rin olishni o'z oldiga maqsad qilib qo'ygan ekan, bu xalq ta'limi tizimi xodimlarining ham oldiga juda kata vazifalarni qo'yadi. Mazkur vazifalar umumiy o'rta ta'lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan boshlang'ich sinf o'qituvchilarning kasbiy-metodik tayyorgarligini rivojlantirish bilan belgilanadi. O'qituvchilarning kasbiy-metodik tayyorgarligi ularning kasbiy faoliyatga doir zarur bilimlar, ta'lim-tarbiya jarayonini samarali tashkil qilish, o'z-o'zini rivojlantirish kabi asosiy kasbiy faoliyat sohalarida aks etadi.

Bu esa o'z navbatida, o'qituvchining o'z fanini o'qitishga doir bilimlarni, mukammal bilishi va harakatga keltirishi, ta'lim jarayonini loyihalash, tashkil qilish va baholash uchun zarur bo'lgan tayanch kompetensiyalarni egallashi, shuningdek, o'qitish va tarbiyalash jarayonini ta'lim sohasidagi innovatsion ilmiy yutuqlar, zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida tashkil etish, uzluksiz va tizimli o'z-o'zini rivojlantirishni talab etadi.

"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA

JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARI" MAVZUSIDAGI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

25-oktabr 2023-yil

O'qituvchining, pedagogik mahorati uning malakasi, pedagogik qobilyati, pedagogik kompitentsiyasining oshishiga sezilarli tasir ko'rsatuvchi usullardan biri bu doimiy kasbiy talim malakalarini oshirib borishdir. Bugungi kunda ilmiy-pedagogik hamjamiyatda kasbiy-pedagogik kompetensiyaning mohiyati va tuzilishi to'g'risida qizg'in munozaralar bo'lib o'tmoqda.

O'qituvchining eng muhim sifatlaridan biri uning o'quvchilar bilan o'zaro hamkorlikda ta'lim-tarbiyaviy faoliyatni samarali tashkil qilishi, ular bilan qizg'in muloqot qila olishi va ularga jonkuyar, mehribon rahbar bo'lishidir. Pedagogik-psixologik yo'nalishlarda olib borilayotgan ilmiy tadqiqot ishlarida, o'qituvchilarning sermahsul pedagogik faoliyatni amalga oshirishlari uchun zarur bo'lgan muloqotchanlik qobiliyati to'g'risida ko'plab fikr va mulohazalar yuritilgan.

Muloqot - yunoncha so'z bo'lib, suhbatlashuv, shaxslararo suhbat va o'zaro fikr almashuv ma'nosmi bildiradi hamda ikki yoki undan ortiq kishilarnig so'zlashuvida paydo bo'ladi u o'z ichiga shaxslararo munosabatrung eng muhim mexanizmlarini qamrab oladi.

Psixologiya fanida muomala kategoriyasi keng ma'noda tushunilad: hamda hamkorlik faoliyatining ichki aloqasni mujassamlashtirib, o'zaro ta'sir va o'zaro munosabatni aks ettiradi va ijtimoiy protsessual faoliyatni ifodalaydi. Pedagogikada muloqot o'qituvchi va o'quvchilar jamoasining o'zar ta'sir malakasi, usuli va tizimini anglatib uning mohiyati, o'zaro axboro jamlashida, ta'lim va tarbiyaviy ta'sir o'tkazishida, o'zaro bir-birlarini tushunishga erishishlarida namoyon bo'ladi hamda quyidagi xususiyatlarga ega;

• muloqot o'qituvchining pedagogik faoliyatida eng muhim kasbiy qurol hisoblanadi;

• muloqot jarayonida uning maqsadga muvofiq amalga oshirishni ta'minlash uchun ijtimoiy nazorat va ijtimoiy qonuniyatlar muhim ahamiyatga ega;

• o'qituvchi va o'quvchi munosabatlarining eng muhim tarkibiy qismi muloqot sanalib, motivatsiyada motiv qanday ahamiyat kasb etsa, u ham xuddi shunday muhim rol o'ynaydi;

• pedagogikada muloqot - o'qituvchining o'quvchilarga ta'sir o'tkazish asosida o'zaro munosabatini faol tashkil qilishi, muayyan bir maqsadni dastur asosida amalga oshirishning rejalashtirilgan funksiyasini bajarishidir;

• muloqot - hamkorlik faoliyatining ehtiyojidan vujudga kelib chiqadi va shaxslararo munosabat rivojlanishining ko'p qirrali jarayoni hisoblanadi;

• noto'g'ri pedagogik muloqotdan o'quvchilarda qo'rquv, o'z kuchiga ishonchsizlik paydo bo'ladi, ularning diqqat-e'tibori, ishchanlik harakati susayadi, nutq dinamikasi buziladi, mustaqil va erkin fikrlash qobiliyati pasayadi.

Pedagogik muloqot - bu o'qituvchining o'quvchilar bilan darsda va darsdan tashqari faoliyatda eng qulav bo'lgan psixologik muhitni vujudga keltirib, iiobiy ruhiy iqlimni yaratishi uchun imkoniyat beruvchi kasbiy munosabatidir.

Qadimgi Sharq mutafakkiri Kaykovusning "Qobusnoma" asarida muloqat madaniyati haqida "Yaxshi so'zlashni o'rgan va muloyim so'zlashdan boshqa narsani odat qilma, negaki qanday so'zni gapirishni istasang, til shuni gapiradi. So'zni o'z joyida so'zla, joyida aytilmagan so'z, agar u yaxshi so'z bo'lsa ham yomon eshitiladi.

Muloqat madaniyati, so'zning qadri, undan foydalanish haqida XII-XIII asr mutafakkiri Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yugnakiy, A. Navoiyning asarlarida ham ibratli muloqat madaniyati haqida manbalar keltirilgan.

Demak chinakkam pedagog o'qituvchi muloqat qobiliyatiga ega bo'lishi, muloqat madaniyati kabi qator komponentlarga ega bo'lishi bilan birga professional nutq madaniyatini yaxshi egallashi kerak.

"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA

JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARI" MAVZUSIDAGI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

25-oktabr 2023-yil

Rimning buyuk notig'i Sitseron muloqat madaniyati haqida "Suhandonlik shunday sifatki, unga osonlikcha erishib bo'lmaydi va u juda ko'p bilim va mehnatdan tug'iladi" - degan edi. Darhaqiqat bugungi kun ta'labiga javob beradiga pedagog o'z kasbining mohir ustasi bo'lish bilan birga har tomonlama mukammal muloqat madaniyatiga ham ega bo'lishi zarur.

A. N. Leontev pedagogik muloqotning tarbiyaviy - didaktik ahamiyatini baholar ekan, quyidagi fikrlami bildiradi: faol pedagogik muloqot o'qituvchining, umuman olganda pedagogik jamoaning ta'lim-tarbiya jarayonida o'quvchilarni bilish va o'rganish kaliti va o'quv faoliyatining ijodiy xarakteri, o'quvchi shaxsining shakllanishi uchun eng yaxshi sharoit yaratadigan, ta'lim-tarbiyada maqbul bo'lgan emotsional muhitni ta'minlovchi, jumladan, ruhiy psixologik to'siqlarning paydo bo'lishini oldini oladigan, bolalar jamoasida ijtimoiy-psixologik jrayonlami to'g'ri yo'lga solib boshqarishni ta'minlaydigan va o'quv tarbiyaviy jarayondda o'qituvchining o'z pedagogik mahoratidan oqilona foydalanishi uchur imkoniyatlar yaratadigan muhim vositadir.

Jumladan, rus pedagogi V.A.Kan-Kalikning fikricha, o'qituvchining pedagogik muloqoti tuzilishi quyidagi yo'nalishlarda amalga oshiriladi:

1. Prognostik bosqich (modellashtirish): O'qituvchi tomonidan sinf jamoasi bilan bo'lajak muloqotni modellashtirish.

2. Kommunikativ aloqa: O'quvchi bilan dastlabki o'zaro tanishuv jarayonida bevosita muloqotni tashkil etishga erishish.

3. Pedagogik jarayon: O'qituvchining xatti-harakati, pedagogik mahorati bevosita muloqotni boshqarishga qaratilgan bo'lishi kerak.

4. Natijalar tahlili: Amalga oshirilgan muloqotni tahlil etish, yutuq va kamchiliklami xolisona baholab kelgusi faoliyat uchun modellashtirish.

Olimning fikrlari asosida muloqotning ushbu yo'nalishlarini quyidagicha ta'riflash mumkin?

- Modellashtirish bosqichida auditoriyaning barcha andozalarga javob berishi, har bir o'quvchining psixologik xususiyatlarini o'rganishi, ta'lim-tarbiyaviy jarayonda uchrashi mumkin bo'lgan qiyinchiliklar dinamikasini oldindan ko'ra olish va bartaraf etish, muloqotning o'zaro hamkorlik asosida qurilishi, ya'ni muloqot o'qituvchi shaxsiga emas, balki o'quvchi shaxsiga ham mos kelishini ta'minlash zarur.

- Kommunikativ aloqa bosqichida sinf jamoasini o'zaro muloqotga tez jalb etadigan suhbat texnikasini puxta bilish, ularning barcha qiziqishlariga javob bera olish, erkin fikr bildirishlariga imkoniyat yaratish va o'quvchilar ongiga ijobiy ta'sir etishning turli usullarini qo llash metodlarini egallash lozim.

- Pedagogik jaravon bosqichida o'qituvchining faoliyati bevosita ta'lim-tarbiyaviy ishlarni ma'lum bir yo'nalishga solish, o'quvchilar tashabbusini qo'llab-quvvatlash, sinf jamoasining rasmiy va norasmiy liderlari bilan adolatli muloqotni tashkil etish, o'z fikrlarini jamoa fikrlari bilan real sharoitga moslashtira olish ko'nikmalarini yaratishda faoliyat olib boriladi.

- Natiialar tahlilida o'qituvchi o'z faoliyatiga xolisona baho berishi yutuq va kamchiliklami inobatga olib, kelgusi ta'lim-tarbiyaviy faolyatida tanqidiy qo'llashni bilishi lozim, ushbu yo'nalishda maqsad, reja va natijalaming birligi ta'minlanadi, o'quv-tarbiya jarayonida o'qituvchi o'quvchilar bilan muloqotni tashkil etish va boshqarishda rahbarlikni tashabbuskor b'ola olishni bilishi kerak

"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA

JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARI" MAVZUSIDAGI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

25-oktabr 2023-yil

Yuqorida keltirilganlar orasida o'qituvchining muloqat kompitentligi alohida o'rin tutadi. Ma'lumki, o'quvchilarga beriladigan bilimlarning poydevori boshlang'ich talimda beriladi. Shaxs ongi va uning dunyoqarashining rivojlanishiga asos bo'ladigan bilimlar ham aynan shu bosqichda beriladi. Shunga ko'ra, boshlang'ich sinf o'qituvchilarining ma'naviy-axloqiy va kasbiy jihatdan yetuk bolishlari ular talim tarbiya berayotgan o'quvchilarning barkamol shaxs bo'lib yetishishlarida muhim ahamiyatga ega.

O'qituvchining muloqat kompitentligi haqida bir qancha tadqiqotchilar ozlarining ilmiy tadqiqot ishlarida turlicha fikr bildirganlar.

Pedagogik faoliyatda o'qituvchi muloqot asosida o'quvchilar bian yaxshi munosabatni tashkil eta olishi, demokratik talablami qo'llashi birgalikda ijodiy faoliyat olib borishi kerak. Pedagogik muloqot esa, o'qituvchi kasbiy faolligining bir ko'rinishi bo'lib, bunda talim-tarbiya muammolari o'qituvchi hamda o'quv-tarbiya jarayonining bosh ishtirokchilari o'rtasidagi o'zaro ta'sir vositasi bilan hal qilinadi.

O'rganilgan ilmiy tadqiqot natijalari va tahlillari hamda kuzatishlarimiz natijasida, pedagogiklik kasbi muloqot kompetentsiyasini yuqori darajada egallashni talab etadi. Biz o'quvchilarini muloqotchan, fikri teran bo'lishiga erishishimiz uchun avvalo, bo'lajak o'qituvchilarimizni shu bosqich bo'yicha rivojlantirishimiz lozim. O'quvchi eng yaxshi insoniy fazilatlarni, axloq-odobni, muloqot madaniyatini asosan о 'qituvchi misolida anglab olishini unutmaslik kerak

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasining Qonuni Ta'lim to'g'risida Qonunchilik palatasi tomonidan

2020-yil.

2. O'zbekiston uzluksiz ta'limining davlat ta'lim standarti. Oliy ta'lim davlat ta'lim standarti

2021-yil 16-iyul.

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-noyabrdagi "O'zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta'lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-6108-son farmoni. Qonun hujjatlari ma'lumotlar milliy bazasi, 24.10.2020 y.

4. B. S. Siddiqov, Sh. N. Mexmonaliyev Pedagogik amaliyotning bo'lajak o'qituvchining kasbiy tayyorgarlik faoliyatida tutgan o'rni. VOLUME 3 | ISSUE 1 | 2022 ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF): 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor: 0.89 DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-10-16

5. О.П.Филатова Процесс формирования методической компетенции педагогов при освоении аудиовизуальных технологий обучения. Научно-теоретический журнал Выпуск. 1(14).2013

6. Маркова, А.К. Психология труда учителя / А.К. Маркова. - М.: Просвещение, 1993. -192 с

7. P.I. Ivanov, M.E. Zufarova Umumiy psixologiya Т.: O'zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2008- 137 bet

8. AA.Xoliqov Pedagogik mahorat T: "IQTISOD MOLIYA" 2011yil 119-130 bet

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.