"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA
JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARI" MAVZUSIDAGI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
25-oktabr 2023-yil
AMALIY DASTURIY VOSITALAR INTEGRATSIYASIDAN FOYDALANIB, QURUVCHI MUHANDISLARDA LOYIHALASH KO'NIKMALARNI
SHAKLLANTIRISH Shodmonqulova Nilufar Usmonovna
Samarqand davlat arxitektura - qurilish universiteti o'qituvchisi nilufarxolbutayeva095@gmail.com https://doi.org/10.5281/zenodo.10035900
Annotatsiya. Ushbu maqolada texnika oliy ta'limda axborot texnologiyalaridan foydalanib "Materiallar qarshiligi" fanini o'qitish va shu asosda ta'lim jarayonini tashkillashtirish, elektron ta'limda masofali kursni yaratish jarayonida Microsoft Teams ochiq kodli platformasining pedagogik tamoyillarini ishlab chiqish hamda loyihalash ko'nikmalarni shakllantirish masalalari ko'rib chiqilgan.
Kalitso'zlar: Elektron ta'lim, Microsoft Teams, integrativyondashuv, elektron resurs, IT, o'qitish metodikasi, multimediya, ochiq kodliplatforma.
Zamonaviy o'qituvchi-kadrlar taraqqiyotimizning muhim omili sifatida qaralib kelinmoqda. O'qituvchilarimiz bugungi zamon talablariga mos bilimlar sohibi, yangilangan ta'lim mazmunini egallagan bo'lishlari kerak. O'qituvchi xodimlar o'zlarining kasbiy-ko'nikmalari va muallimlik mahoratlarini doimo takomillashtirib borishlari shart. Shaxsni tarbiyalash ishi nihoyatda murakkab faoliyat jarayoni bo'lib, juda qadimdan ushbu faoliyatga jamiyatning yetuk namoyondalari jalb etilgan. Mazkur holat yosh avlod tarbiyasi, uning tashkil etilishi mazmuni nafaqat shaxs kamoloti, balki jamiyat taraqqiyotini ham belgilashda muhim ahamiyatga ega ekanligini anglatadi.
Ta'lim jarayonini ixtiyoriy qurish va amalga oshirishdan, uning har bir qism va bosqichlarini izchil asoslangan, yakuniy natijani haqqoniy tashxislashga o'tish uchun asos zarur. Bu barcha davlat va jamoat tashkilotlarining vazifasi eng avvalo, uzluksiz ta'lim tizimi muassasalari faoliyati mazmunini tubdan, qaytadan ko'rib chiqishni taqozo etadigan murakkab jarayondir. Ijtimoiy amaliyot, jamoatchilik tarbiyasi, ta'lim va tarbiyaning aniq maqsadga qaratilganligi erkin shaxsni shakllantirishning asosini tashkil etadi. Ta'lim jarayonini modernizatsiyalash hamda moddiy texnika bazasini yaxshilash, jamiyatni ma'naviy yangilash birinchi navbatda, yosh avlod an'analari insonparvarlik va demokratik qadriyatlarni singdirish orqali ta'minlanadi.
Pedagogik dasturiy vositalar - kompyuter texnologiyalari yordamida o'quv jarayonini qisman yoki to'liq avtomatlashtirish uchun mo'ljallangan didaktik vosita hisoblanadi. Ular ta'lim jarayonini samaradorligini oshirishning istiqbolli shakllaridan biri hisoblanib, zamonaviy texnologiyalarning o'qitish vositasi sifatida ishlatiladi. Pedagogik dasturiy vositalar tarkibiga: o'quv fani bo'yicha aniq didaktik maqsadlarga erishishga yo'naltirilgan dasturiy mahsulot (dasturlar majmuasi), texnik va metodik ta'minot, qo'shimcha yordamchi vositalar kiradi.
Bo'lajak quruvchi-muhandislarni kasbiy rivojlantirishda pedagogik dasturiy vositalardan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Fan mazmunlarining nazariy va amaliy mashg'ulot jarayonlarini dasturiy ta'lim vositalridan foydalanib, ko'rgazmali tashkil etish bo'lajak mutaxassislarning kompyuter savodxonligini rivojlantirish va ularda amaliy ko'nikmalar hosil qilish imkoniyatlarini uyg'otadi.
"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA
JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARI" MAVZUSIDAGI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
25-oktabr 2023-yil
Dasturiy ta'lim vositalari asosida bo'lajak quruvchi-muhandislarni kasbiy mahoratini rivojlantirish va ularni kasbiy faoliyatga tayyorlash tizimidagi eng muhim metodik muammo bo'lib, bu sohadagi vazifalarning samarali yechimi, oliy ta'lim tizimidagi o'qitish jarayonini innovatsion talablar va kasbiy kompetentlikka asoslangan ta'lim sharoitida amalga oshirish bilan belgilanadi [1-30].
> O'qituvchi eng avvalo mas'uliyatni his etuvchi tarbiyachi, tajribali notiq, madaniyat va ma'rifat targ'ibotchisidir.
> O'qituvchi tabiatan ta'lim oluvchilarni seva olishi, o'z mehrini, his tuyg'ularini har lahzada ta'lim oluvchilar ichki dunyosi bilan bog'lay olishi, ularning ham mehriga, hurmatiga sazovor bo'lishi kerak.
> O'qituvchi jamiyat ijtimoiy hayotida ro'y berayotgan o'zgarishlar, olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar mohiyatini chuqur anglab yetishi va ularga xolisona baho berib, bu borada ta'lim oluvchilarga to'g'ri, asosli ma'lumotlarni doimiy bera olishi lozim.
> Zamonaviy o'qituvchining ilm-fan, texnika va axborot texnologiyalari yangiliklaridan va yutuqlaridan xabardor bo'lib borishi talab etiladi.
> O'qituvchi o'z mutaxassisligi bo'yicha chuqur va puxta bilimga ega bo'lishi, barcha fanlar integratsiyasini o'zlashtirib borishi, bunda o'z ustida tinimsiz ilmiy izlanishlar olib borishi lozim.
> O'qituvchi pedagogika va psixologiya fanlari asoslarini puxta bilishi, talabalarning yosh va psixologik xususiyatlarini inobatga olgan holda ta'lim-tarbiya faoliyatini tashkil etishi kerak.
> O'qituvchi kasbiy pedagogik faoliyatida ta'lim va tarbiyaning eng samarali zamonaviy shakl, metod va vositalardan unumli foydalana olish imkoniyatiga ega bo'lmog'i lozim.
> O'qituvchi ijodkor, ta'lim-tarbiyaviy faoliyat tashabbuskori va yosh avlod kelajagi uchun javobgar shaxsdir.
> O'qituvchi kasbiy faoliyati jarayonida yuksak darajadagi pedagogik mahorat, kommunikativ layoqati, pedagogik texnika (nutq, yuz, qo'l-oyoq va gavda harakatlari, mimika, pantomimika, takt) qoidalarini chuqur o'zlashtirib borishi shart.
> O'qituvchi nutq madaniyatiga ega bo'lishi zarur.
> O'qituvchi ta'lim muassasasida guruh jamoasining asosiy tashkilotchisi va ta'lim sohasida olib borilayotgan islohotlarning eng faol ishtirokchisidir.
> O'qituvchi pedagogik muloqot jarayonining faol ishtirokchisi ekanligini unutmasligi shart. Shuning uchun kasbiy faoliyatida o'zida bir qator pedagogik sifatlarni tarkib toptirib borishi zarur.
O'qituvchi faoliyatida pedagogik qobiliyat va uning o'ziga xos xususiyatlari. O'qituvchi eng avvalo, mulohazali, bosiq, har qanday pedagogik vaziyatni to'g'ri baholay oladigan hamda mavjud ziddiyatlarni bartaraf etishning uddasidan chiqa olishi kerak. Muloqot jarayonida o'qituvchining so'zlaridan suhbatdoshiga nisbatan xayrixohlik, samimiylik, do'stona munosabat, yaxshi kayfiyat sezilib tursin.
Materiallar qarshiligi fanida mahorat - yoshlarni kasbga nisbatan hurmat uyg'otish jarayonidagi kasbiy g'ururni shakllantirishga xizmat qiladi. Mahorat kasbga nisbatan tavsifnoma berishda, ta'lim jarayonidagi o'zlashtirish saviyasini egallashda, tarbiya jarayonida muayyan vazifani bajarishdagi kasbiy xislatlarni ta'riflashda qo'llaniladi. Mahoratga bog'liq xislatlar
"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA
JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARI" MAVZUSIDAGI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
25-oktabr 2G23-yil
ta'lim-tarbiya sohasini takomillashtirishdagi jarayonlar bahosini ifodalashda va ayniqsa bo'lajak mutaxassis mehnat faoliyatiga tavsiya etishda yanada kengroq foydalaniladi. Kasbiy mahorat va uning o'ziga xos xususiyat va talablari borasida I.A.Zyazyuna, P.E.Reshetnikov, N.Saidaxmetov, X.A.Rasulov, Ye.I.Ilin, Sh.A.Amonashvili kabi olimlar yozgan o'quv-qo'llanmalar va targ'ibotlarida o'qituvchi mahoratini turli yo'nalishlarini izlaganlar. Mahorat - san'at, mahorat izlanish, pedagogik texnologiyalarni qo'llay bilish, o'qituvchining o'z faoliyatini ilmiy asosda tashkil etish va o'z-o'zini tarbiyalashdir.
O'qituvchining ko'p qirrali faoliyati va uni qobiliyati, zo'r san'atkor fidoiy bo'lishi shogirdlarni barkamol qilib tarbiyalash masalasi alohida dolzarb davlat siyosati darajasidagi masalalardan biridir. Shu sababli bo'lajak mutaxassis pedagogik mahoratni egallashi lozim.
Kasbiy mahorat - bu o'qituvchi nutqining ravon va ta'sirchan o'tilayotgan mavzuga talaba diqqatini torta oladigan, mavzuga mos ko'rgazmalar ijod qilib va undan unumli foydalana oladigan, har qanday sharoitda ham talaba qalbiga yo'l topa oladigan, har bir dars bolaning qiziqishi va faoliyatini oshira oladigan kishini tushunamiz.
Pedagogik mahorat - izlanish, ijodiy mehnat mahsuli. Pedagogik mahorat hamma o'qituvchilar uchun qolipdagi ish uslubi emas, balki u har bir o'qituvchining o'z ustida ishlashi, ijodiy mehnati jarayonida yuzaga keladigan jarayondir. Kasbiy mahoratning asosiy negizi bu -kasbga oid bilimlarni puxta o'zlashtirishdan iboratdir. o'ituvchi o'uv yurtidagi ilmiy bilimlar sistemasini puxta egallab olishi kerak. Pedagogik mahoratni egallashda psixologiya va pedagogika faniga doir bilimlar katta rol o'ynaydi. Ilmiy psixologik va pedagogik bilimlar sistemasining mavjudligi o'qituvchiga faqat o'z sinfini hamda ayrim talabalarni o'rganish va ularning to'g'ri fe'l atvorlarini tushunishgagina emas, balki bolalar jamoasi va uning har bir a'zosini rivojlanish istiqbolini ham belgilash imkonini beradi.
Muvaffaqiyatli ishlash uchun har bir o'qituvchi pedagogik mahoratga ega bo'lishi zarur. Pedagogik ishga qobiliyatli, iste'dodli kishigagini pedagogik mahorat bo'lishi mumkin. Qobiliyat esa faoliyat jarayonida paydo bo'ladi va rivojlanadi. Qobiliyatli va mahoratli o'qituvchi oldida esa hozirgi kun talabi asosida vatanimiz ravnaqi uchun xizmat qila oladigan, buyuk vatanni dildan sevadigan va bu yo'lda o'z jonini ham ayamaydigan yoshlarni vatanga mehr-muhabbat ruhida tarbiyalash vazifasi turadi.
Bo'lajak quruvchi-muhandislar o'zini mahorat egasi sanasa u quyidagi bilim, ko'nikma, malakalarni egallagan bo'lishi zarurdir. O'qituvchi dunyoqarashi keng, hamma voqea, hodisa ustida erkin fikr yurita olishi zarurdir.
> Mustaqil O'zbekistonimiz o'qituvchisi birinchi galda o'zi o'qitadigan fanni chuqur egallagan bo'lgandagina talabalarda umumiy va kasbiy ta'lim sifatini oshira oladi va ularda fan-texnika hamda amaliy faoliyaga qiziqish va istak hosil qila oladi.
> O'qituvchi hozirgi zamon fan-texnika talabiga muvofiq yaxshi dars berishi va uning har minutdan unumli foydalanishi zarur.
> O'qituvchi yaxshi o'qituvchi bo'lishi uchun pedagogika, psixologiyaga qo'shib, o'z fanining metodikasini yaxshi bilmog'i lozim.
> O'qituvchining umumiy madaniyati yuqori bo'lishi bilan birga bu kasb adabiyot va san'at sohasidagi bilimlarga ega bo'lishni talab qiladi.
> O'qituvchi pedagogik odobiga rioya qilishi kerak. Pedagoglik odobi o'qituvchilik kasbiga xos fazilatlardan bo'lib, u o'ituvchining bolalar bilan ishlashi jarayonida uning tajribasi mahorati oshadi.
"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA
JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARI" MAVZUSIDAGIRESPUBLIKAILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
25-oktabr 2023-yil
> O'qituvchi kasbiy mahoratiga va har tomonlama bilimga ega bo'lishi kerak, chunki unga talabalar har sohada murojaat qilishlari mumkin.
Xulosa o'rnida ta'lim va tarbiya jarayoni har bir o'qituvchidan katta aql-zakovat, sabrmatonat, o'qituvchilarga va o'z kasbiga yuksak mehr-muhabbatli bo'lishlikni talab etadi. O'qituvchining doimo izlanuvchan, bilimini va tajribasini orttirib boruvchan bo'lishi talabalarning chuqur tushunishi, ularning ichki dunyosini payqay olishi, o'sish va rivojlanish darajalarini nazorat qilib borish va zarur paytida so'z, ish yoxud amaliy harakat bilan yordam bera olish qobiliyati ta'lim va tarbiya jarayoning muvaffaqiyatini ta'minlovchi omillardir. Kasbiy pedagogik tajribaga ega bo'lgan o'qituvchilar ham ko'pincha o'z ishlarida muvaffaqiyatlarga erishadilar. Ular turli ko'rsatmali qurollar tayyorlaydilar, pedagogik loyiha ishini yaxshi tashkil eta oladilar.
REFERENCES
1. Расулова З.Д. (2020). Дидактические основы развития у будущих учителей креативного мышления. European science, vol. 51, no. 2-2, pp. 65-68.
2. Turanovich, Shodmonkulov Mirolim. "Status and analysis of teaching information technology in students on the basis of computer imitation models." Asian Journal of Research in Social Sciences and Humanities 12.4 (2022): 13-19.
3. Turanovich, Shodmonkulov Mirolim. "TECHNOLOGIES OF USING COMPUTER IMITATION MODELS IN EDUCATION." Archive of Conferences. 2021.
4. Turanovich, Shodmonkulov Mirolim, et al. "THEORETICAL BASIS OF APPLICATION OF COMPUTER IMITATION MODELS IN TEACHING TYPES OF COMPUTER GRAPHICS." Galaxy International Interdisciplinary Research Journal 9.7 (2021): 10-13..
5. Кулиева Ш.Х., Расулова З.Д. (2016). Формирование профессиональнопедагогической компетентности будущих специалистов на основе информatsiонных технологий. Молодой учёный, №8 (112), С. 977-978.