"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA
JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARI" MAVZUSIDAGIRESPUBLIKAILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
25-oktabr 2023-yil
BO'LAJAK O'QITUVCHILARDA RAQAMLI KOMPETENSIYANI RIVOJLANTIRISHDA TANQIDIY FIKRLASHNING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Djurayeva Lola Rustamovna
BuxDPI "Pedagogika" kafedrasi o'qituvchisi ,tayanch doktoranti (PhD) [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.10035151
Annotatsiya. Mazkur maqolada bo'lajak o'qituvchilarda kasbiy malakalar bilan bir qatorda raqamli kompetensiyani shakllantirishda tanqidiy fikrlashning ahamiyati haqida fikr yuritiladi.Shuningdek, maqolada kompetensiya tushunchasining luga'viy ma'nosi, mazmun va mohiyati ochib berilgan bo'lib, pedagogik kompetensiyalar ustida izlanish olib borgan tadqiqotchi olimlarningfikralri bayon qilinadi. Bundan tashqari o'qituvchilarda raqamli kompetensiyani rivojlantirish usullari yoritib berilgan.
Kalit so'zlar: kompetentsiya, kasbiy tayyorgarlik, pedagogik mahorat, tanqidiy fikrlash, bilim, ko'nikma, malaka, media savodxonlik, mediamadaniyat, zamonaviy pedagogik texnologiyalar.
Kirish. Zamonaviy sharoit jamiyatning har bir a'zosidan ayniqsa yosh avloddan raqamli kompetentsiyani mukammal darajada egallashni talab etadi. Buning asosiy sababi globallashuv jarayonida raqamli texnika va texnologiyalarning shiddat bilan rivojlanib borayotgani bo'lsa, uning oqibatida internet, turli ijtimoiy tarmoqlar, axborot va ma'lumotlar oqimining haddan ziyodligidir. Bugungi kun ta'lim ishtirokchilari (o'qituvchi,o'quvchi,talaba) doimiy o'zgarishlar qurshovida, tahsil oluvchilarning o'qish odatlari ham tabiiy ravishda o'zgargan, ularning ehtiyojlari va sharoitlari ham o'n yil oldingi kabi emas. Shuning uchun ta'lim muassasalari o'quvchi yoshlarning mediasvodxonligini oshirishga, yot g'oyalarni targ'ib qiluvchi axborotlarga nisbatan mafkuraviy immunitetini mustahkam qilishga e'tibor qaratishi juda muhimdir. Bir so'z bilan aytganda, ta'lim yosh avlod ma'naviy ehtiyojlariga javob beradigan didaktik va xavfsiz bo'lishi kerak. Ko'zlangan maqsadga erishish uchun o'quvchilarning ta'lim-tarbiya jarayonini o'z zimmasiga oluvchi va ularda asosiy malakalarni o'zlashtirishlarida yordam beruvchi, yangilangan kasbiy tayyorgarlik, pedagogga xos professional kompetensiyalar bilan bir qatorda raqamli kompetensiyaga ega bo'lgan o'qituvchi talab qilinadi.
Yuksak pedagogik mahoratga ega bo'lgan, ilmiy salohiyatli shu bilan birgalikda AKT dan unumli va keng foydalana oladigan raqamli kompetensiyani egallagan o'qituvchigina bugungi zamon talabiga javob beradigan, raqobatbardosh, tashabbuskor, intiluvchan, faol ijodiy (kreativ) va tanqidiy fikrlay oladigan , jahon andozalariga mos keladigan kadrlarni tarbiyalay oladi. Shu bois ham Oliy ta'lim muassasalari tahsil oluvchilari, ayniqsa bo'lajak o'qituvchilar kasbiy ko'nikma va malakalarni rivojlantirishda tanqidiy fikr yurita olishlari katta ahamiyatga ega. Tanqidiy fikr yurita olish bu berilayotgan axborot va ma'lumotlarni to'g'ridan- to'g'ri qabul qilmasdan uni shubha ostiga olish, sinchiklab tekshirish, tahlil qilish, solishtirish, saralab olish, muammoning yechimini topish, qaror qabul qilish kabi jarayonlarni o'z ichiga oladi. Ushbu xususiyatlar esa har qanday zamonaviy kompetentli pedagog uchun kasbiy faoliyatini sifatli va samarali tashkil qilishi uchun juda muhim sanaladi.
Tadqiqot metodologiyasi va obyekti. Raqamli kompetensiya va yana boshqa pedagogik kompetensiyalar haqida fikr yuritishdan oldin, ushbu atamaning ma'nosiga to'xtalib o'tsak.
"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA
JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARI" MAVZUSIDAGIRESPUBLIKAILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
25-oktabr 2023-yil
Kompetensiya - lotincha so'z bo'lib, o'zbek tilida "munosib", "to'g'ri keladi" yoki "mos keladi" ma'nolarini anglatadi. O'z bilim, mahorat va amaliy tajribalarni qo'llagan holda oddiy va murakkab masalalarni yecha olishga munosib inson deb tushunsa bo'ladi. Ko'p hollarda "kasbiy kompetenlik" atamasi qo'llaniladi. Bu so'zni kasbiy vazifalarini amalga oshirishda o'z amaliy tajribalari, bilim va ko'nikmalarini muvaffaqiyatli qo'llay olish qobiliyati deb tushunsa bo'ladi.
1983 yilda O'zbekiston Fanlar akademiyasi tomonidan chop etilgan ruscha-o'zbekcha lug'atda "kompetentnost" - "chuqur bilimga egalik", "chuqur bilimga asoslanganlik", "xabardorlik", "omilkor lik" deb o'zbek tiliga o'girilgan. "Kompetentniy" - yetarli ma'lumotga ega bo'lgan, puxta bilimli, yaxshi biladigan, kompetensiyaga ega bo'lgan, vakolatli, masalani ko'rib chiqishga haqli, ma'nolarida tarjima qilingan. "Kompetensiya" - biron-bir kishi xabardor bo'lgan soha yoki masala, huquq yoki ixtiyor kabi tushunchalarda berilgan.
Respublikamizda pedagoglarning malaka oshirish muammolari va kasbiy kompetensiya masalalarida B.Adizov, A.A.Ahmadov, A.X.Aminov, T.L.Xurvalieva, N.A.Muslimov, Sh.Saidqulov kabi olimlarning ilmiy izlanishlarida o'z aksini topgan. A.K.Markova hamda B.Nazarovalarningt tadqiqotlarida pedagogikkompetentlikning tarkibiy asoslari qayd etib o'tilgan. Kompetentsiya paradigmasi nuqtai nazaridan MDH davlatlari olimlaridan V.I.Baidenko, I.A.Zimnyaya, A.P.Tryapitsyna, Y.G.Tatur va boshqalarning ilmiy ishlarini e'tirof etish mumkin. Xorij olimlaridan AQShda Kompetensiyaviy yondashuvning falsafiy asoslari masalasida, ularning global maqsad va vazifalari, tashkiliy tizimi, mohiyati, ta'lim standartlari, sifati, ta'limning sifatini nazorat qilish, oliy pedagogik maktablarning faoliyatini aks ettirgan mualliflar M.Apple, D.Armstrong, D.L.Ball, D.Barnes, F.Baumgartner, M.Cochran-Smith, D.K.Cochan, L.Darling-Hammond, S.Feiman-Nemser, A.D.Glenn va boshqalar.
Endi pedagog olimlarning kompetensiyaga oid fikrlari bilan tanishib chiqsak.
(1-Jadval)
1 Agar kosib yomon usta bo'lsa, bundan davlat juda katta narsa yo'qotmaydi, faqat xalq yomonroq kiyinadi, xolos. Agar yoshlar tarbiyachisi o'z vazifasini yomon bajarsa, u holda mamlakatda nodon, johil, bilimsiz va axmoqlar toifasi vujudga keladi Aflotun
2 Kompetentlik takomillashib borayotgan shaxsning barcha hislatlarini, bilimi, tajribasi, umuman olganda, butun borlig'ini yagona tizimga birlashtiradi A.G.Bermus
3 Kompetentlik bu nafaqat shaxsning bilimdon ekanligi, balki o'z bilimlarini uzluksiz ravishda yangilab borishi hamdir M.A.Choshanov
4 Kompetentlik mutaxassis ning ma'lum bir faoliyat uchun tayyor ekanligini bildiradi M.Aronov
5 Noaniq vaziyatlarda faoliyat ko'rsata olish qobiliyati bu kompetentlikdir O.Ye.Lebedev
6 Kompetentlik insonning intellektual shaxsiy, ijtimoiy kasbiy hayotiy faoliyatiga asoslanadi. I.A.Zimnyaya
7 Kompetensiya - insonning shaxsiy sifatlari uzviyligi (bilim, malaka, tajriba, faoliyat usullari) hisoblanib, ma'lum bir doiradagi narsa va jarayonlarga nisbatan shaxsning munosabatida sifatli va samarali faoliyat yurgazishidir. Kompetenlik esa inson tomonidan faoliyat turlariga shaxsiy munosabatini bildiruvchi, talabga javob beradigan A.V.Xutorskiy
"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA
JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARI" MAVZUSIDAGI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
25-oktabr 2023-yil
kompetensiyalar yig'indisiga ega bo'lishi demakdir.
8 Pedagogika kompetensiya tizimi, amaliy va nazariy tayyorgarligi, pedagogning kasbiy kompetensiyasi kasbi boshqaruvchi va shakllantiruvchi xususiyatga ega. Shaxs shakllanishini boshqarish kompetentlikni talab qiladi. Bu o'zida o'qituvchining nazariy va amaliy tayyorgarligini jamlagan holda uningkasbiy mahoratini namoyish qiladi. U yoki bu kasb yo'nalishi bo'yicha o'qituvchining malakaviy tasnifi pedagog kompetensiyasi modeli me'yorlari bilan o'lchanadi. V.Slastenin, I.Isayev va boshqalar
9 Kompetensiya nuqtai nazaridan yondoshuv talabaning bilimdonligini emas, balki muammolarni hal qila olish qobiliyatini ko'rsatadi va eng birinchi darajadagi zarur qobiliyatdir. V.A.Bolotov V.V.Serikov
10 Kompetensiya - bilim, ko'nikma,malaka, qarashlar, individning qadriyati va shaxsiy sifatlari, kvalifikatsiyaning namoyon bo'lishi yoki ta'sir ko'rsatish qobiliyati L.T.Xurvaliyeva
Yuqoridagilardan ko'rinib turibdiki, kompetensiya masalasi uning jamiyatdagi o'rni borasida qator bahslar davom etmoqda. Ta'lim-tarbiya sohasida asosiy universal kompetensiya unsurlarini anglab olish zamonaviy pedagogikaning eng asosiy muammolaridan biridir. Asosiy kompetensiya masalasida dunyo pedagoglari tajribasini tatbiq qilish yoki an'anaviy o'zbek pedagogikasi me'yorlaridan kelib chiqqan holda kompetensiya mezonlarini belgilashda fikrlar xilma-xil bo'lib, hali yechilmagan masalalar talaygina.
Tadqiqot natijalari va muhokamasi. Zamonaviy o'qituvchi o'zining bilim, ko'nikma va malakalarini amaliyotda, ya'ni ta'lim-tarbiya jarayonini sifatli tashkil etishda samarali qo'llay olishi - kasbiy kompetentligining eng asosiy komponentidir. Jumladan,
- dunyo va mamlakatda ta'lim taraqqiyoti bosqichlarini bilishi, xalq ta'limi tizimida o'quv-tarbiya jarayoni mazmunini ta'minlashga, uzviylik va uzluksizligiga amal qilish;
- kompyuter, axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish va pedagogik faoliyatida qo'llay olish ko'nikmalariga ega bo'lish;
- talabalarning ruhiy, jismoniy rivojlanishi va yosh xususiyatlari qonuniyatlarini bilishi, ta'lim-tarbiyada pedagogik-psixologik yondashuvga asoslanish;
- o'quv-tarbiya jarayonini sifatli tashkil etishda darsning aniq bosqichi uchun samarali zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalari hamda metodlarni to'g'ri tanlash va qo'llay olish ko'nikmasiga ega bo'lish;
- o'quv-tarbiya va darsdan tashqari mashg'ulotlar jarayonida bolalar hayoti va sog'ligi, texnik hamda axborot havfsizligini ta'minlashga tayyor bo'lish;
- dars jarayonida mediaresurslar va elektron tarmoq imkoniyatlaridan samarali foydalanish hamda mediahavfsizlik me'yorlariga amal qilish.
O'qituvchilar umumta'lim fanlarini o'qitish darsining mazmuniga mediamadaniyat va mediaxavfsizlik tushunchalarini singdirib borishi, ularga axborot texnologiyalarining cheksiz ijobiy imkoniyatlari, afzalliklari bilan bir qatorda salbiy ta'siri va oqibatlaridan o'zini himoyalash yo'llarini ham o'rgatish lozim. Bunda talabalarda axborot bilan ishlash kompetensiyasini quyidagilarni inobatga olgan holda rivojlantirish maqsadga muvofiqdir:
"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA
JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARI" MAVZUSIDAGI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
25-oktabr 2023-yil
- talabalarda axborot texnologiyalarining hayot va jamiyatdagi roli, imkoniyatlari va qo'llash doirasi, shuningdek, uning salbiy oqibatlari va ulardan himoyalanish haqidagi tushunchalarni shakllantirish;
- ta'lim olish va shaxs sifatida rivojlanish jarayonida elektron resurslar, o'quv dasturlari va boshqa o'quv-metodik mahsulotlarning afzalliklarini anglash va qo'llashni o'rgatish;
- masofadan ma'lumot almashish lokal va global tarmoqda ma'lumot qidirishni va bu jarayonda yuzaga kelishi mumkin bo'lgan xavf-xatardan saqlanish hamda mediamadaniyat qoidalariga rioya qilish.
Turk tadqiqotchi olimi Arife Gumush o'zining ilmiy maqolasida Turkiya o'qituvchilarining raqamli kompetensiyasini oshirish borasida olib borilayotgan ta'lim dasturlari va loyihalar haqida shunday ma'lumot beradi: Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari deyarli barchamamlakatlar ta'lim tizimidamarkaziy o'rinni egallaydi. COVID-19pandemiyasidan oldin o'qituvchilar kopincha kurs/seminarni shaxsan kuzatib borishgan, professional adabiyotlarni o'qishgan yoki ta'lim konferentsiyasida qatnashgan. Raqamli ko'nikmalar uchun to'g'ridan-to'g'ri kompetentsiyaning ifodasi topilmasa-da, MVB 2023 yilgi Ta'lim Vision hujjatida matematika, tabiiy fanlar, fizika, kimyo, biologiya, turk tili, ijtimoiy fanlar va geografiya kurslari o'qituvchilari uchun 2018 yil oktyabr oyida jamoatchilik bilan fanlararo loyihani amalga oshirdi. Ushbu hujjatda 3D dizayn va aqlli qurilmalar kabi sohalarda yuzma-yuz seminar mashg'ulotlari o'tkazilishi aytilgan (MoNE, 2018a). Raqamli ko 'nikmalarni yaxshilash uchun kontentni ishlab chiqish va o 'qituvchilarning raqamli ko'nikmalarini oshirish uchun o'qituvchilar malakasini oshirish 2023 Ta'lim Vision maqsadlaridan biridir. MVM raqamli materiallardan asosiy o'quv materiali sifatida foydalanish, raqamli materiallarni bosma materiallar bilan bog'lash va ulardan samarali foydalanish bo'yicha o 'qituvchilarni qo'llab-quvvatlashni maqsad qilgan. 2023 yilgi Ta'lim Vision hujjatiga ko'ra, raqamli o'quv materiallarini ishlab chiqish bo'yicha yetakchi o'qituvchilar qo'llab-quvvatlanadi va rag'batlantiriladi (MOV, 2018a). O'qituvchilarning til va texnologiya ko 'nikmalarini rivojlantirishMSN (2018b) malaka oshirish dasturlarida so'nggi besh yildagi umumiy maqsadlardan biri hisoblanadi.
Yuqoridagi ma'lumotlarni umumlashtirgan holda bo'lajak o'qituvchilarda raqamli kompetensiyani qanday oshirish mumkin degan savolga bizning fikrimiz quyidagicha:
• AKTga ijobiy munosabatda bo'lish.
• Ta'lim sohasida (o'quv jarayonida) AKTdan foydalanishni bilish.
• O'z bilim sohasi bo'yicha AKTdan foydalanishni bilish.
• O'z faoliyatida AKTdan mohirona foydalanish: matnni qayta ishlash, elektron pochta va internetdan foydalanish.
• AKTni integratsiyalashgan holda o'quv dasturini rejalashtirish.
• Talabalarga AKTdan foydalanishni talab qiladigan o'quv mashg'ulotlarini taklif qilish.
• AKTdan foydalanishni doimiy ravishda baholash samarali natijalar beradi.
Xulosa. Yosh avlodga yangi zamonga mos hayotiy maqsadlarini belgilashda chalg'imaslik, axborot makonida o'zlariga kerakli manzilni aql-idrok, halollik va mehnatsevarlik bilan topish, Vatan taraqqiyoti va yurt faravonligiga o'z hissasini qo'shish kabi fazilatlarni tarbiyalash pedagoglarning burchidir. Shunday ekan nafaqat bo'lajak o'qituvchilarda balki barcha ta'lim sohasi vakillarida raqamli kompetensiyani rivojlantirish bugungi davr talabidir. Buning uchun har bir o'qituvchi zamonaviy pedagogik texnologiyalar va AKTdan keng foydalangan
"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA
JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARI" MAVZUSIDAGIRESPUBLIKAILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
25-oktabr 2023-yil
holda ta'lim jarayonini tashkil etishi , o'z ustida muntazam ishlashi ,ya'ni umrbod ta'lim olishi ,
o'z kasbining "mohir ustasi" ga aylanishi kerak.
REFERENCES
1. Axmedova M.T.Pedagogik konpetentlik (uslubiy qo'llanma): 5110900 - Pedagogika va psixologiya / -T.: Nizomiy nomidagi TDPU, 2018. - 80 bet.
2. Gumu§, A. (2022). Twenty-First-Century Teacher Competencies and Trends in Teacher Training. In: Alpaydin, Y., Demirli, C. (eds) Educational Theory in the 21st Century. Maarif Global Education Series. Palgrave Macmillan, Singapore. https://doi.org/10.1007/978-981-16-9640-4 11
3. Бермус А.Г. Проблемы и перспективы реализации компетентностного подхода в образовании. www.eidoc.ru. 2005, 09, 10.
4. Зимняя И.А., И.А. Ключевных. Компетенции - новая парадигма результата образования. quality.petrsu.ru
5. Кузьмених Ж.О. Проффесионально педагогическая подготовка будущих учителей в школах проффесиональная развития в США. Йошкар-ала. 2007.
6. Лебедев О.Е. Компетентносный подход в образовании. www.nekrasovepb.ru