INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
PEDAGOGIK KASBIY KOMPETENSIYANI SHAKLLANTIRISHGA OID ILMIY
YONDOSHUVLAR Jakbarova Oyazimxon Mutalipovna
Andijon davlat universiteti,"Umumiy pedagogika " kafedrasi o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.7436136 Annotatsiya. Ushbu maqolada pedagog o'z ixtisosligi bo'yicha ta'lim va tarbiya ishlari yuzasidan jamiyat oldida mas'ul shaxs ekanligi, shu bilan birgalikda, U o'z ustida muntazam ravishda kasbiy tayyorgarligini takomillashtirib borish, o'qituvchi, muallim, ustoz, tarbiyachi, pedagog huquqiga ega bo'lishi, aniqrog'i, kasbiy kompetensiya egasi bo'lishi, etuk mutaxassis bo'lish yollari yoritilgan.
Kalit so'zlar: inson kamoloti, millat ravnaqi, kompetentli, kasbiy kompetensiya, mutaxassis, o'z-o'zini anglash, o'z-o'zini boshqarish, mustaqil fikrlovchi, ijodiy izlanuvchi, intellektual, salohiyat.
НАУЧНЫЕ ПОДХОДЫ К ФОРМИРОВАНИЮ ПЕДАГОГИЧЕСКОЙ ПРОФЕССИОНАЛЬНОЙ КОМПЕТЕНЦИИ Аннотация. В данной статье указано, что педагог - это лицо, ответственное за образование и воспитание по своей специальности перед обществом, в то же время он должен регулярно повышать свою профессиональную подготовку, педагог, воспитатель, наставник, воспитатель ., разъясняются способы иметь право быть педагогом, точнее, иметь профессиональную компетентность, стать зрелым специалистом.
Ключевые слова: человеческое развитие, национальное развитие, компетентность, профессиональная компетентность, специалист, самосознание, самоуправление, самостоятельный мыслитель, творческий искатель, интеллектуал, потенциал.
SCIENTIFIC APPROACHES TO THE FORMATION OF PEDAGOGICAL
PROFESSIONAL COMPETENCE Abstract. V dannoy state uzano, chto pedagogue - eto litso, otvetstvennoe za obrazovanie i vospitanie po svoey spetsialnosti pered shchestestvom, v to je vremya on doljen regularly raise your professional training, pedagogue, teacher, teacher, teacher. tochnee, imet professionalnuyu kompetentnost, stat zrelym spetsialistom.
Keywords: human development, national development, competence, professional competence, specialist, self-awareness, self-management, independent thinker, creative thinker, intellectual, potential.
Ta'lim-tarbiya inson kamoloti va millat ravnaqining asosiy sharti va garovidir. Ta'lim-tarbiya jarayonlari davlat nazoratidagi umummilliy masala hisoblanadi. Mamlakatimizda ta'lim, ya'ni o'qitishni tarbiya bilan uyg'unlikda olib boriladi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi ta'lim jarayonini tubdan yaxshilashni talab qilar ekan, kompetentli pedagoglarni tayyorlashda ham ana shu talablardan kelib chiqqan holda yondashilishi ko'zga tashlanadi. Kompetensiyalik yoki o'ta mahoratlilik, oliy malakali pedagoglarni tayyorlash zamonamizning eng dolzarb masalasiga, aytish joiz bo'lsa, davlat va jamiyatning eng asosiy vazifasiga aylangan. Bugungi kunda jamiyat uchun butunlay yangi qiyofadagi mustaqil fikrlovchi, ijodiy izlanuvchi, yuksak kasbiy mahorat va intellektual, ilmiy salohiyatga ega bo'lgan yetuk mutaxassisga bo'lgan talab tobora oshib bormoqda. U ilmiy taraqqiyotga ziyraklik bilan qaray olishi, yangiliklarni tez idrok eta olishi va
1549
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
ularni o'z amaliy faoliyatida qo'llovchi mutaxassis bo'lib yetishi lozim. Zamon talablariga javob beradigan mutaxassislarni tayyorlashning asosiy yo'llaridan biri kompetensiyaviy yondoshuv ekanligidir.
Zamonaviy ta'lim o'z-o'zidan kompetensiya nuqtai nazaridan yondoshuv masalasini ko'ndalang qilib qo'ymoqda. Bu albatta, kasb jihatdan kompetentligi bo'lgan bo'lajak o'qituvchini tayyorlashni talab qiladi. Ta'limning asosiy maqsadi talabada ijtimoiy zarur sifatlarni va kompetensiyani, shaxs sifatida o'z-o'zini anglash, o'z bilimlarini doimiy oshirib borish, o'z-o'zini boshqarib borish va faollashib borishi zarur, chunki pedagog o'z ixtisosligi bo'yicha ta'lim va tarbiya ishlari yuzasidan jamiyat oldida mas'uldir. U muntazam ravishda o'z kasbiy tayyorgarligini takomillashtirib borish bilan birgalikda o'qituvchi, muallim, ustoz, tarbiyachi, pedagog huquqiga ega bo'lishi, aniqrog'i, kasbiy kompetensiya egasi bo'lishi lozim. Endilikda o'qituvchi uchun o'zi tanlagan kasb, fan, mutaxassislik borasidagi amaliy va nazariy bilimlarni puxta egallash kamlik qilib qoldi. U har qanday vaziyatda ta'lim-tarbiyani yangi-yangi usul va metodlarini o'z faoliyatida qo'llay olishi, bir so'z bilan aytganda, kompetensiya egasi bo'lishi lozim.
"Kompetensiya" tushunchasini izohlar ekanmiz, bu atamaning mazmun-mohiyatiga e'tibor qaratamiz.
Kompetensiya lotincha so'z bo'lib, o'zbek tilida "munosib", "to'g'ri keladi" yoki "mos keladi" ma'nolarini anglatadi. O'z bilim, mahorat va amaliy tajribalarni qo'llagan holda oddiy va murakkab masalalarni echa olishga munosib inson deb tushunsa bo'ladi. Ko'p hollarda "kasbiy kompetenlik" atamasi qo'llaniladi. Bu so'zni kasbiy vazifalarini amalga oshirishda o'z amaliy tajribalari, bilim va ko'nikmalarini muvaffaqiyatli qo'llay olish qobiliyati deb tushunsa bo'ladi.
Bundan kelib chiqadiki, kompetensiya nuqtai nazaridan yondoshuv, mazkur jamoa yoki shaxs ana shunday kompetensiya egasi, nihoyat, pedagogik kasbiy kompetensiya egasi deb qo'llash maqsadga muvofiq. Shunday qilib, har qanday holatda ham, kompetensiya ma'lum bir shaxs yoki jamoaning jamiyatdagi o'rnini belgilab beradi. Uni ham qonuniy, ham axloqiy munosabatlari bilan mustahkamlaydi.
Jamiyatdagi biron-bir guruh, jamoa yoki shaxs ma'lum bir soha bo'yicha yuksak malaka va bilimlarga ega bo'lib o'z sohasida kompetensiya egasi bo'lib shakllanadi hamda ushbu vakolatini muntazam ravishda takomillashtirib boradi. Bu masalaga jamiyatning manfaatlari yuzasidan yondoshiladi. Shaxs esa o'z kompetensiyasini takomillashtirib borish orqali, eng avvalo, o'zining hayotiy manfaatlarini amalga oshiradi, shu bilan birga jamiyatning shaxsga qo'yayotgan talablari darajasiga erishadi. Dunyo olimlari tavsiya qilayotgan "kompetensiya" va "kompetentlik" tushunchalarini biz yuqorida birlashtirish taklifini kiritdik. Kompetensiya nuqtai nazaridan yondoshuv haqidagi ilmiy ishlarni tahlil qilar ekanmiz, bu ikki tushuncha haqida turli-tuman fikrlar aytilayotganligini yaqqol sezamiz.
A.G.Bermusning fikriga ko'ra, "Kompetentlik takomillashib borayotgan shaxsning barcha hislatlarini, bilimi, tajribasi, umuman olganda, butun borlig'ini yagona tizimga birlashtiradi". "Kompetentlik bu nafaqat shaxsning bilimdon ekanligi, balki o'z bilimlarini uzluksiz ravishda yangilab borishi hamdir, - deydi M.A.Choshanov. M.Aronovning fikricha, kompetentlik mutaxassis ning ma'lum bir faoliyat uchun tayyor ekanligini bildiradi.
Noaniq vaziyatlarda faoliyat ko'rsata olish qobiliyati bu kompetentlikdir, deydi O.E.Lebedev.
1550
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
Kompetentlik insonning intellektual shaxsiy, ijtimoiy kasbiy hayotiy faoliyatiga asoslanadi, deb yozadi I.A.Zimnyaya.
A.V.Xutorskiy "kompetnsiya" va "kompetentlik" tushunchalari ni quyidagicha ajratib olish mumkin, deb hisoblaydi. Kompetensiya - insonning shaxsiy sifatlari uzviyligi (bilim, malaka, tajriba, faoliyat usullari) hisoblanib, ma'lum bir doiradagi narsa va jarayonlarga nisbatan shaxsning munosabatida sifatli va samarali faoliyat yurgazishidir. Kompetenlik esa inson tomonidan faoliyat turlariga shaxsiy munosabatini bildiruvchi, talabga javob beradigan kompetensiyalar yig'indisiga ega bo'lishi demakdir.
Yuqoridagilardan ko'rinib turibdiki, kompetensiya masalasi uning jamiyatdagi o'rni masalasidan qator bahslar davom etmoqda. Ta'lim-tarbiya sohasida asosiy universal kompetensiya unsurlarini anglab olish zamonaviy pedagogikaning eng asosiy muammolaridan biridir. Asosiy kompetensiya masalasida dunyo pedagoglari tajribasini tatbiq qilish yoki an'anaviy o'zbek pedagogikasi me'yorlaridan kelib chiqqan holda kompetensiya mezonlarini belgilashda fikrlar xilma-xil bo'lib, hali echilmagan masalalar talaygina. Bu borada olib borilayotgan ilmiy izlanishlarga bu borada olib borilayotgan ilmiy izlanishlarga nazar tashlasak, turli soha va mutaxassisliklarga, fan taraqqiyotida, o'qitish usullari, texnologiyalariga juda ko'p e'tibor qaratilganligini sezamiz. Ammo ana shu pedagogik usullarni tushunish, ularni amaliy faoliyatda qo'llash masalasi eng dolzarb muammolardan biriga aylanganligini ta'kidlash mumkin.
REFERENCES
1. Axmedova M.T. Pedagogik kompetentlik.Uslubiy qo'llanma. -Т.: BROK SLASS SERVIS, 2016. - 84b.
2. Бермус А.Г. Проблемы и перспективы реализации компетентностного подхода в образовании. www.eidoc.ru. 2005, 09, 10.
3. Лебедев О.Е. Компетентносный подход в образовании. www.nekrasovepb.ru
4. Зимняя И.А., И.А. Ключевных. Компетенции - новая парадигма результата образования. quality.petrsu.ru
1551