Научная статья на тему 'PEDAGOGNING KASBIY KOMPETENTLIGI VA UNI AMALIYOTDA QO'LLAY OLISH MAHORATI'

PEDAGOGNING KASBIY KOMPETENTLIGI VA UNI AMALIYOTDA QO'LLAY OLISH MAHORATI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
4277
249
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
pedagogika / kompetentlik / kasbiy kompetentlik / bilim / ko’nikma / malaka / ekstremal / metodik / pedagogik jarayon / o’z o’zini baholash / o’z ustida ishlash / amaliyot. / pedagogy / competence / professional competence / knowledge / skill / qualification / extreme / methodical / pedagogical process / self-evaluation / work on oneself / practice.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — D. Karamatova, M. Qilichova

Ushbu maqolada pedagogning kasbiy kompetentligi va unda aks etuvchi sifatlar, kasbiy kompetentlikni egallash jarayonidagi qiyinchiliklar, egallagan kompetensiyalarini amaliyotda qo'llay olishi va bu orqali ta'lim oluvchilarga samarali ta'lim berishni amalga oshirish, ta'lim jarayoniga o'quvchilarni jalb qilishda kompetentlikdan to’g’ri foydalanish masalalari haqida so'z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE PROFESSIONAL COMPETENCE OF THE TEACHER AND THE SKILLS TO APPLY IT IN PRACTICE

In this article, the professional competence of the pedagogue and the qualities reflected in it, the difficulties in the process of acquiring professional competence, the ability to apply acquired competences in practice and thereby provide effective education to learners, from competence to attracting students to the educational process It is about the issues of proper use.

Текст научной работы на тему «PEDAGOGNING KASBIY KOMPETENTLIGI VA UNI AMALIYOTDA QO'LLAY OLISH MAHORATI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

PEDAGOGNING KASBIY KOMPETENTLIGI VA UNI AMALIYOTDA QO'LLAY

OLISH MAHORATI Karamatova Dilfuza Sadinovna

Nizomiy nomidagi Toshkent davlatpedagogika universiteti, Toshkent, Uzbekistan Qilichova Mohichexra Jumaqul qizi

Nizmoiy nomidagi TDPU, BT-2-bosqich talabasi https://doi. org/10.5281/zenodo.7264826

Annotatsiya. Ushbu maqolada pedagogning kasbiy kompetentligi va unda aks etuvchi sifatlar, kasbiy kompetentlikni egallash jarayonidagi qiyinchiliklar, egallagan kompetensiyalarini amaliyotda qo'llay olishi va bu orqali ta'lim oluvchilarga samarali ta'lim berishni amalga oshirish, ta'lim jarayoniga o'quvchilarni jalb qilishda kompetentlikdan to'g'ri foydalanish masalalari haqida so'z boradi.

Kalit so'zlar: pedagogika, kompetentlik, kasbiy kompetentlik, bilim, ko'nikma, malaka, ekstremal, metodik, pedagogik jarayon, o'z o'zini baholash, o'z ustida ishlash,amaliyot.

ПРОФЕССИОНАЛЬНАЯ КОМПЕТЕНТНОСТЬ УЧИТЕЛЯ И НАВЫКИ ЕЕ ПРИМЕНЯТЬ НА ПРАКТИКЕ

Аннотация. В данной статье рассмотрены профессиональная компетентность педагога и отражаемые в ней качества, трудности в процессе приобретения профессиональной компетентности, умение применить приобретенные компетенции на практике, и через это обеспечить эффективное обучение студентов, вовлечения студентов в образовательный процесс обсуждаются вопросы правильного использования компетенции.

Ключевые слова: педагогика, компетентность, профессиональная компетентность, знание, умение, квалификация, крайность, методичность, педагогический процесс, самооценка, работа над собой, практика.

THE PROFESSIONAL COMPETENCE OF THE TEACHER AND THE SKILLS

TO APPLY IT IN PRACTICE

Abstract. In this article, the professional competence of the pedagogue and the qualities reflected in it, the difficulties in the process of acquiring professional competence, the ability to apply acquired competences in practice and thereby provide effective education to learners, from competence to attracting students to the educational process It is about the issues ofproper use.

Key words: pedagogy, competence, professional competence, knowledge, skill, qualification, extreme, methodical, pedagogical process, self-evaluation, work on oneself, practice.

KIRISH

Hozirgi globallashuv davrida barcha sohalar singari pedagogika tizimi ham jadal sur'atlarda rivojlanib bormoqda. Yurtimizda ham pedagogika sohasini rivojlantirish, bu sohada yetuk pedagogik kadrlarni yetishtirish bo'yicha ko'plab islohotlar amalga oshirilmoqda. Shuningdek, bu borada pedagogika unversitetlarida pedagogika fanlar tizimini chuqurlashtirilgan tartibda o'tish, yangi pedagogik kadrlarni kasbiy kompetentligini oshirish, ularni to'liq kasbiy kompetensiyalar bilan ta'minlash ishlari tizimli bosqichlarda ro'yobga chiqmoqda.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Hozirgi kinda pedagog kadrlarda, ayniqsa, boshlang'ich sinf o'qituvchilarida kasbiy kompetensiyalarni rivojlantirish, bu orqali yosh avlod kelajagi uchun mustahkam poydevor yaratish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.

O'zbekistonda pedagogning kasbiy kompetentligi, uning o'ziga xos sifatlari alohida o'rganilgan bo'lib ular orasida M.S.Salayeva olib borgan tadqiqotlar muhim ahamiyat kasb etadi. Tadqiqotchining fikriga ko'ra, pedagogga xos kasbiy kompetentlik negizini quyidagi tarkibiy asoslar tashkil etadi [5].

Kasbiy-pedagogik kompetentlikdan ega bo'lishda o'z ustida ishlash, o'z-ozini rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi.O'z-o'zini rivojlantirish vazifalari o'zini o'zi tahlil qilish va o'zini o'zi baholash orqali aniqlanadi [8].

METOD VA METODOLOGIYA

"Kompetentlik (ingl. "Competence"- qobiliyat) faoliyatda nazariy bilimlardan samarali foydalanish, yuqori darajadagi kasbiy malaka, mahorat va iqtidorni namoyon eta olish.

Kasbiy kompetentlik mutaxassis tomonidan kasbiy faoliyatni amalga oshirish uchun zarur bolgan bilim, konikma va malakalar-ning egallanishi va ularni amalda yuqori darajada qo'llay olinishi [9].

Kasbiy kompetentlik mutaxassis tomonidan alohida bilim, malakalarning egallanishini emas, balki har bir mustaqil yonalish boyicha integrativ bilimlar va harakatlarning ozlashtirilishini nazarda tutadi. Shuningdek, kompetensiya mutaxassislik bilimlarini doimo boyitib borishni, yangi axborotlarni orga-nishni, muhim ijtimoiy talablarni anglay olishni, yangi malu-motlarni izlab topish, ularni qayta ishlash va oz faoliyatida qollay bilishni taqozo etadi [10]. Kasbiy kompetentlik quyidagi holatlarda yaqqol namoyon boladi:

- murakkab jarayonlarda;

- noaniq vazifalarni bajarishda;

- bir-biriga zid malumotlardan foydalanishda;

- kutilmagan vaziyatda harakat rejasiga ega bo'la olishda [11].

Biz har bir pedagogni ham kasbiy kompetentlikka to'laqonli ega deb aytolmaymiz. Kasbiy kompetentlikka ega bo'lgan pedagog o'z bilimlarini izchilllik bilan boyitib boradi, kreativlikka intiladi, yangi axborotlarni tinimsiz ravishda o'zlashtirib boradi, takrorlanmas bilimlarni izlab topadi,davr bilan hamnafas yuradi, bilimlarni qayta ishlaydi va ularni amaliyotda qo'llashning samarali yo'llarini o'ylab topadi [12].

Bilamizki, pedagogik kompetentlik pedagogik jarayon asosida namoyon bo'ladi. Qachonki pedagogik jarayon to'g'ri vujudga kelsagina ta'lim beruvchi o'z kompetentligini samarali qo'llay oladi. Xo'sh o'zi pedagogik jarayon nima? Shu tushuncha haqida bilib olamiz.

Pedagogik jarayon - zarur bo'lgan bilimlar, amaliy ko'nikma va malakalar, shaxs va guruhning axloqiy-siyosiy, psixologik va jismoniy sifatlarini shakllantirish maqdsadida insonlar tomonidan (ta'lim beruvchi va ta'lim oluvchi) tashkil etilgan va yo'naltirilgan faoliyat. Pedagogik jarayon boshqa ijtimoiy jarayonlar bilan bog'liq bo'ladi [13].

TADQIQOT NATIJASI

Shunday ekan, ta'lim oluvchini har bir ijtimoiy jarayondan xabardor qilish, pedagogik jarayonni boshqa jarayonlar bilan uzviy tarzda bog'lash uchun kasbiy kompetentlik bir nechta sifatlarni o'zida namoyon qilgan bo'lishi kerak. Ana endi kasbiy kompetentlik sifatlari haqida so'z yuritamiz.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

1. Ijtimoiy kompetentlik - ijtimoiy munosabatlarda faollik ko'rsatish ko'nikma, malakalariga egalik, kasbiy faoliyatda subektlar bilan muloqotga kirisha olish.

2. Maxsus kompetentlik - kasbiy-pedagogik faoliyatni tashkil etishga tayyorlanish, kasbiy-pedagogik vazifalarni oqilona hal qilish, faoliyati natijalarini real baholash, BKMni izchil rivojlantirib borish bolib, ushbu kompetentlik negizida psixologik, metodik, informatsion, kreativ, innovatsion va kommunikativ kompetentlik ko'zga tashlanadi [14]. Ular o'zida quyidagi mazmunni ifodalaydi:

a) psixologik kompetentlik pedagogik jarayonda soglom psixologik muhitni yarata olish, talabalar va talim jarayonining boshqa ishtirokchilari bilan ijobiy muloqotni tashkil etish, turli salbiy psixologik ziddiyatlarni o'z vaqtida anglay olish va bartaraf eta olish;

b) metodik kompetentlik - pedagogik jarayonni metodik jihatdan oqilona tashkil etish, talim yoki tarbiyaviy faoliyat shakllarini to'gri belgilash, metod va vositalarni maqsadga muvofiq tanlay olish, metodlarni samarali qo'llay olish, vositalarni muvaffaqiyatli qo'llash;

c) informatsion kompetentlik axborot muhitida zarur, muhim, kerakli, foydali malumotlarni izlash, yigish, saralash, qayta ishlash va ulardan maqsadli, o'rinli, samarali foydalanish;

d) kreativ kompetentlik - pedagogik faoliyatga nisbatan tanqidiy va ijodiy yondoshish, o'zining ijodkorlik malakalariga egaligini namoyish eta olish;

e) innovatsion kompetentlik - pedagogik jarayonni takomillashtirish, talim sifatini yaxshilash, tarbiya jarayonining samaradorligini oshirishga doir yangi goyalarni ilgari surish, ularni amaliyotga muvaffaqiyatli tatbiq etish;

f) kommunikativ kompetentlik - jarayonining barcha ishtirokchilari, jumladan, talabalar bilan samimiy muloqotda bolish, ularni tinglay bilish, ularga ijobiy tasir ko'rsata olish.

g) shaxsiy kompetentlik - izchil ravishda kasbiy o'sishga erishish, malaka darajasini oshirib borish, kasbiy faoliyatda o'z ichki imkoniyatlarini namoyon qilish.

h) texnologik kompetentlik - kasbiy-pedagogik BKMni boyitadigan ilgor texnologiyalarni ozlashtirish, zamonaviy vosita, texnika va texnologiyalardan foydalana olish.

i) ekstremal kompetentlik - favqulotda vaziyatlar (tabiiy ofatlar, texnologik jarayon ishdan chiqqan)da, pedagogik nizolar yuzaga kelganda oqilona qaror qabul qilish, to'gri harakatlanish malakasiga egalik [15].

MUHOKAMA

Har bir pedagog o'z kasbiy kompetentligiga ega bo'ladi. Bu orqali u pedagogik jarayonda ishtirok etadi. Bu jarayonning faol ishtirokchisiga aylanish uchun esa yuqoridagi sifatlarni o'zida aks ettirishi lozim. Kasbiy kompetentlikning barcha sifatlarini to'la to'kis o'zida mujassam etgan pedagog ularni amaliyotda qo'llash jarayonini ham bexato yo'lga qo'yishi lozim [16]. Qachonki o'z bilimlarini ta'lim oluvchiga kasbiy kompetentligini qo'llagan holdagina yetkazib bersa,bu pedagogni ta'lim jarayonida chinakam yutuqqa erishgan deya olamiz.

Biz mutaxassis ya'ni pedagogni kasbiy kompetentligini oshirishi uchun o'z o'zini tahlil qilishi, o'z ustida ishlashi va o'z o'zini baholay olishi kerak degan edik. Bular orasida o'z ustida ishlash yaqqol mohiyat kasb etadi.

Mutaxassisning o'z ustida ishlashi quyidagilarda ko'rinadi:

- kasbiy BKMni takomillashtirib borish;

- faoliyatga tanqidiy va ijodiy yondoshish;

- kasbiy va ijodiy hamkorlikka erishish;

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

- ishchanlik qobiliyatini rivojlantirish;

- salbiy odatlarni bartaraf etib borish;

- ijobiy sifatlarni o'zlashtirish [17].

Bundan ko'rinib turibdiki, har bir bo'lajak pedagog o'z kasbiy kompetentligini anglab yetishi, o'z ustida tinimsiz ishlashi,o'zini o'zi baholay olishi ,ta'lim jarayoning jadal sur'atlarda o'sishini ta'minlashi kerak [18]. Qachonki pedagog o'zini to'g'ri va xolis baholay olsagina, u o'z sohasida yetuk mutaxassis bo'lib yetishadi.

XULOSA

Ushbu maqoladan ko'rinib turibdiki,kasbiy kompetentlik nafaqat pedagogika balki boshqa mutaxassisliklarda hma muhim o'rin tutadi,lekin bizning asosiy yo'nalishimiz bo'lgan pedagogika sohasida kasbiy kompetentlikni yuksak darajada egallash,bu orqali pedagogik jarayonni muvaffaqiyatli amalga oshirish dolzarb masala hisoblanadi. Shunday ekan har bir ta'lim beruvchi o'zining kompetensiyalarini to'g'ri anglay olishi va uni amaliyotda to'g'ri va maqsadli qo'llay olishi darkor.

REFERENCES

1. Kulboyeva D.A., Tursunova MB. FORMATION OF CREATIVE ABILITIES OF PRIMARY SCHOOL STUDENTS. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 2021. 9(12), 633-637.

2. Hayitov A.I., Abdushukurova D. EFFECTIVE WAYS TO ORGANIZE MOTHER TONGUE LESSONS IN PRIMARY CLASSES ON THE BASIS OF INTERACTIVE TECHNIQUES. 2022. Conferencea, 30-32.

3. Bakhtiyarovna M.Z. INTEGRATED TEACHING OF PRIMARY EDUCATION. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 2021. 9(12), 1332-1336.

4. Караматова Д.С. Синфдан ташкари машгулотлар оркали укувчиларни ижодий фаолиятга йуналтириш методлари. Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS), 2021. 7(2), 4-9.

5. Салаева М.С., Абдурасулова Ш.К. Педагог профессионализмининг шаклланиши касбий кадрият сифатида намоён булиши // EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE Innovative Academy Research Support Center. www.in-academy.uz. ISSN 2181-2888. With Impact Factor: 8.2. Volume 2 Issue 02, February 2022 Pages 183 -188. https://doi.org/10.5281/zenodo.6242575

6. Салаева М.С., Бекназарова Х.Х. Формирование мобильности личности как педагогическая проблема // SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 I ISSUE 3 I 2022 ISSN: 2181-1601. Uzbekistan www.scientificprogress.uz Pages 384-390. http://www.scientificprogress.uz/storage/app/media/3-3.%20065.%20384-390.pdf

7. Салаева М.С., Джумабаева М.Б. Педагогнинг кичик мактаб ёшидаги болаларни ижтимоий мобиллигини оширишга таъсири // IJTIMOIY FANLARDA INNOVASIYA ONLAYN ILMIY JURNALI, ISSN - 2181-2608. With Impact Factor: 8.2 SJIF: 5.426 - Б. 59-62. Retrieved from http://www.sciencebox.uz/index.php/jis/article/view/1552

8. Салаева М.С., Бекназарова Х.Х. Бошлангич таълим укувчиларини ижтимоий мобиллигини ривожлантириш // EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 |

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

SJIF = 6.051 www.in-academy.uz Volume 2 Issue 4, April 2022. ISSN 2181-2888. Pages 136-139. https://doi.org/10.5281/zenodo.6511330

9. Salaeva M.S., Koshnazarova M.A., Abdukodirov G., Radjabova D.A. Professionalism of the Teacher as a Pedagogical Credo in the Age of Innovation // SPECIALUSIS UGDYMAS / SPECIAL EDUCATION 2022 1(43). Pp. 10571 - 10576. https://www.sumc.lt/index.php/se/article/view/1637

10. Салаева М.С., Шахназарова З.К. Касб таълими укитувчисининг профессионал-педагогик компетентлиги хусусида // Maktab va hayot. № 7-8. 2011. - Б. 32-33.

11. Салаева М.С. Мухдндис-педагог касбий компетентлиги ва профессионализмига психологик ёндашув // Maktab va hayot. № 2. 2012. - Б. 29-31.

12. Салаева М.С. Профессионализм ва касбий компетентлик / "Наука, образование и производство в обеспечении устойчивого развития инновационной экономики" материалы научно-практической конференции. Филиал МГУ имени В.М.Ломоносова. 15-16 апреля 2014 года. Часть 1. -С.215-217.

13. Салаева М.С., Искандарова М. Касб таълими укитувчисининг компетентлиги профессионаллашув омили сифатида / "XXI аср - интеллектуал авлод асри" мавзусидаги Республика илмий-амалий конференция. Узбекистон Республикаси хотин-кизлар «Олима» уюшмаси. 2014 йил 16 декабрь. - Б.199-202.

14. Салаева М.С. Педагогнинг касбий компетентлиги ва профессионализмига психологик ёндашув / "Психология фани ва ёшларнинг ривожланиши" мавзусидаги Халкаро онлайн конференция / "INTERNATIONAL PSYCHOLOGY SUMMIT" (Халкаро психология САММИТИ). УзМУ. 2020 йил 27-28 июль.-Б.205- 211.

15. Салаева М.С. Педагог профессионализмининг шаклланиши интегратив психологик х,одиса сифатида / Материалы международной научной конференции "Педагогические и психолингвистичес-кие особенности раз-вития, формирования и становновления личности врача". - Самарканд. Самаркандский государственный медицинский институт. (CамГМИ) 5 мая 2021 года. Электронный сборник. - С.178-180.

16. Салаева М.С. Педагогнинг самарали инновацион фаолиятини таъминлашда шахсий-касбий ривожланишини психологик куллаб-кувватлаш / Инновацион таълим: халкаро тажриба, муаммо ва ечимлар" мавзусидаги Халкаро илмий-амалий анжуман. Тошкент шах,ридаги ЁДЖУ техника университети. Электрон туплам. 3-кисм. 2021 йил 21 апрель. - Б.405-407.

17. Salaeva M.S. Professional darajaga erishish maqsadida pedagogning virtual mobilligini rivojlantirish / "Xorijiy tillarni o'qitishning dolzarb masalalari: muammolar va yechimlar xalqaro ilmiy-amaliy onlayn anjuman materiallari. Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti. Elektron to'plam.. 2021-yil 5-may. - B.230-234.

18. Салаева М.С. Инновацион таълим шароитида педагогнинг шахсий-касбий ривожланишининг психологик омиллари // "Образование и наука в XXI веке" международный научно-образовательный электронный журнал. ISSN: 2658-7998. Электронный журнал. Выпуск № 12 (том 3) (март, 2021). - C.567-570.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.