Научная статья на тему 'SAN’AT SOHASIDA O’QITUVCHI-PEDAGOGNING KASBIY KOMPETENTLIGI'

SAN’AT SOHASIDA O’QITUVCHI-PEDAGOGNING KASBIY KOMPETENTLIGI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
313
25
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ta’lim sifati / innovatorlik mahorati / metod / kompetentlik / kommunikatsiya / raqobat / kompetensiya / kreativ / psilogiya.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — A.F.Kamolov

Mazkur maqolada san’at sohasida o’qituvchi-pedagogning kasbiy kompetentligining ahamiyatli jihatlari haqida ma’lumotlar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «SAN’AT SOHASIDA O’QITUVCHI-PEDAGOGNING KASBIY KOMPETENTLIGI»

SAN'AT SOHASIDA O'QITUVCHI-PEDAGOGNING KASBIY

KOMPETENTLIGI

A.F.Kamolov

O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farg'ona mintaqaviy filiali

Annotatsiya: Mazkur maqolada san'at sohasida o'qituvchi-pedagogning kasbiy kompetentligining ahamiyatli jihatlari haqida ma'lumotlar keltirilgan.

Kalit so'zlar: ta'lim sifati, innovatorlik mahorati, metod, kompetentlik, kommunikatsiya, raqobat, kompetensiya, kreativ, psilogiya.

PROFESSIONAL COMPETENCE OF TEACHER-TEACHER IN THE FIELD

OF ART

A.F.Kamolov

Fergana regional branch of Uzbekistan State Institute of Arts and Culture

Abstract: This article provides information on important aspects of the professional competence of a teacher in the field of art.

Keywords: quality of education, innovative skills, method, competence, communication, competition, competence, creativity, psychology.

Bozor munosabatlari sharoitida mehnat bozorida ustuvor o'rin egallagan kuchli raqobatga bardoshli bo'lish har bir mutaxassisdan kasbiy kompetentlikka ega bo'lish, uni izchil ravishda oshirib borishni taqozo etmoqda. Xo'sh, kompetentlik nima? Kasbiy kompetentlik negizida qanday sifatlar aks etadi? Pedagog o'zida qanday kompetentlik sifatlarini yorita olishi zarur. Ayni o'rinda shu va shunga yondosh g'oyalar yuzasidan so'z yuritiladi.

Inglizcha "competence" tushunchasi lug'aviy jihatdan bevosita "qobiliyat" ma'nosini ifodalaydi. Mazmuni esa "faoliyatda nazariy bilimlardan samarali foydalanish,yuqori darajadagi kasbiy malaka, mahorat va iqtidorni namoyon eta olishni yoritishga xizmat qiladi.

"Kompetentlik" tushunchasi ta'lim sohasiga psixologik izlanishlar natijasida kirib kelgan. Shu sababli kompetentlik "noan'anaviy vaziyatlar, kutilmagan hollarda mutaxassisning o'zini qanday tutishi, muloqotga kirishishi, raqiblar bilan o'zaro munosabatlarda yangi yo'l tutishi, noaniq vazifalarni bajarishda, ziddiyatlarga to'la ma'lumotlardan foydalanishda, izchil rivojlanib boruvchi va murakkab jarayonlarda harakatlanish rejasiga egalik"ni anglatadi.

Kasbiy kompetentlik - mutaxassis tomonidan kasbiy faoliyatni amalga oshirish uchun zarur bo'lgan bilim, ko'nikma va malakalarning egallanishi va ularni amalda yuqori darajada qo'llay olinishidir.

Kasbiy kompetentlik mutaxassis tomonidan alohida bilim,malakalarning egallanishini emas, balki har bir mustaqil yo'nalish bo'yicha integrativ bilimlar va harakatlarning o'zlashtirilishini nazarda tutadi. Shuningdek, kompetensiya mutaxassislik bilimlarini doimo boyitib borishni, yangi axborotlarni o'rganishni, muhim ijtimoiy talablarni anglay olishni, yangi ma'lumotlarni izlab topish, ularni qayta ishlash va o'z faoliyatida qo'llay bilishni taqozo etadi.

Kasbiy kompetentlik quyidagi holatlarda yaqqol namoyon bo'ladi:

- murakkab jarayonlarda;

- noaniq vazifalarni bajarishda;

- bir-biriga zid ma'lumotlardan foydalanishda;

- kutilmagan vaziyatda harakat rejasiga ega bo'la olishda.

Kasbiy kompetensiyaga ega mutaxassis:

- o'z bilimlarini izchil boyitib boradi;

- yangi axborotlarni o'zlashtiradi;

- davr talablarini chuqur anglaydi;

- yangi bilimlarni izlab topadi;

- ularni qayta ishlaydi va o'z amaliy faoliyatida samarali qo'llaydi.

Kasbiy komponentlik negizida quyidagi sifatlar aks etadi:

- ijtimoiy komponentlik;

- shahsiy komponentlik;

- maxsus(yoki kasbiy) komponentlik;

- texnologik komponentlik;

- ektremal komponentlik;

- psixologik, metodik, information, kreativ, innovatsion, kommunikativ va komponentlik.

Quyida kasbiy kompetentlik negizida aks etuvchi sifatlarning mohiyati qisqacha yoritiladi.

1. Ijtimoiy kompetentlik - ijtimoiy munosabatlarda faollik ko'rsatish ko'nikma, malakalariga egalik, kasbiy faoliyatda sub'ektlar bilan muloqotga kirisha olish.

2. Maxsus kompetentlik - kasbiy-pedagogik faoliyatni tashkil etishga tayyorlanish, kasbiy-pedagogik vazifalarni oqilona hal qilish, faoliyati natijalarini real baholash, ushbu kompetentlik negizida psixologik, metodik, informatsion, kreativ, innovatsion va kommunikativ kompetentlik ko'zga tashlanadi. Ular o'zida quyidagi mazmunni ifodalaydi:

1) psixologik kompetentlik - pedagogik jarayonda sog'lom psixologik muhitni yarata olish, talabalar va ta'lim jarayonining boshqa ishtirokchilari bilan ijobiy

muloqotni tashkil etish, turli salbiy psixologik ziddiyatlarni o'z vaqtida anglay olish va bartaraf eta olish;

2) metodik kompetentlik - pedagogik jarayonni metodik jihatdan oqilona tashkil etish, ta'lim yoki tarbiyaviy faoliyat shakllarini to'g'ri belgilash, metod va vositalarni maqsadga muvofiq tanlay olish, metodlarni samarali qo'llay olish, vositalarni muvaffaqiyatli qo'llash;

3) informatsion kompetentlik - axborot muhitida zarur, muhim, kerakli, foydali ma'lumotlarni izlash, yig'ish, saralash, qayta ishlash va ulardan maqsadli, o'rinli, samarali foydalanish;

4) kreativ kompetentlik - pedagogik faoliyatga tanqidiy, ijodiy yondashish, o'zining ijodkorlik malakalariga egaligini namoyish eta olish;

5) innovatsion kompetentlik - pedagogik jarayonni takomillashtirish, ta'lim sifatini yaxshilash, tarbiya jarayonining samaradorligini oshirishga doir yangi g'oyalarni ilgari surish, ularni amaliyotga samarali tatbiq etish;

6) kommunikativ kompetentlik - ta'lim jarayonining barcha ishtirokchilari, jumladan, talabalar bilan samimiy muloqotda bo'lish, ularni tinglay bilish, ularga ijobiy ta'sir ko'rsata olish.

3. Shaxsiy kompetentlik - izchil ravishda kasbiy o'sishga erishish, malaka darajasini oshirib borish, kasbiy faoliyatda o'z ichki imkoniyatlarini namoyon qilish.

4. Texnologik kompetentlik - kasbiy-pedagogik kompetentlikni boyitadigan ilg'or texnologiyalarni o'zlashtirish, zamonaviy vosita, texnika va texnologiyalardan foydalana olish.

5. Ektremal kompetentlik - favqulotda vaziyatlar (tabiiy ofatlar, texnologik jarayon ishdan chiqqan)da, pedagogik nizolar yuzaga kelganda oqilona qaror qabul qilish, to'g'ri harakatlanish malakasiga egalik.

Bir qator tadqiqotlarda bevosita pedagogga xos kasbiy kompetentlik va uning o'ziga xos jihatlari o'rganilgan. Bunday tadqiqotlar sirasiga A.K.Markova, va B.Nazarovalar tomonidan olib borilgan izlanishlarni kiritish mumkin.

O'z tadqiqotlarida A.K.Markova pedagogning kasbiy kompetentligi quyidagi tarkibiy asoslardan iborat ekanligi aytiladi:

Kasbiy-pedagogik kompetentlikka ega bo'lishda o'z ustida ishlash,o'z-o'zini rivojlantirish muhim ahamiyatga ega. O'z -o'zini rivojlantirish vazifalari o'zini o'zi tahlil qilish va o'zini o'zi baholash orqali aniqlanadi.

O'z ustida ishlash - pedagogning izchil ravishda o'zining kasbiy va shaxsiy sifatlarini rivojlantirib borish yo'lida amaliy harakatlarni tashkil etishidir.

O'z ustida ishlash quyidagilarda ko'rinadi:

- kasbiy BKMni takomillashtirib borish;

- faoliyatga tanqidiy va ijodiy yondashish;

- kasbiy va ijodiy hamkorlikka erishish;

- ishchanlik qobiliyatini rivojlantirish;

- salbiy odatlarni bartaraf etib borish;

- ijobiy sifatlarni o'zlashtirish.

Pedagogning o'z ustida ishlashi bir necha bosqichda kechadi. Ular pedagogning mutaxassis sifatida:

- aniq maqsad, intilish asosida pedagogik jarayonni takomillashtirish;

- pedagogik jarayon samaradorligini, o'zining ishchanlik faolligini oshirish;

- izchil ravishda yangilanib borayotgan pedagogik bilimlarni o'zlashtirish;

- ilg'or texnologiya, metod hamda vositalardan xabardor bo'lish;

- faoliyatiga fan-texnikaning so'nggi yangiliklarini samarali tadbiq etish;

- kasbiy ko'nikma va malakalarini takomillashtirish;

- salbiy pedagogik nizolarning oldini olish, bartaraf etish choralarini izlash yo'lida olib boradigan amaliy harakati uning o'z ustida ishlashini ifodalaydi.

Pedagoglarning o'z ustilarida izchil, samarali ishlashlarida faoliyatga loyihali yondasha olishlari qo'l keladi. Ularning loyihali yondashuv asosida quyidagi modelni shakllantira olishlari maqsadga muvofiqdir. Modelda o'z ustida ishlash bosqichlari va har bir bosqichda amalga oshiriladigan vazifalar qayd etiladi. Har bir bosqich uchun belgilangan vazifalarning samarali hal etilishi navbatdagi bosqichga o'tish imkonini beradi. Ma'lum bosqich vazifalari hal etilgach, pedagog bu holatni alohida bandda qayd etadi.

Pedagogning kasbiy kompetentlikka ega bo'lishida o'zini o'zi tahlil qila olishi ham ahamiyatli sanaladi.

O'zini o'zi tahlil qilish pedagog tomonidan kasbiy faoliyatda tashkil etayotgan o'z amaliy harakatlari mohiyatining o'rganilishidir. O'zini o'zi tahlil qilish orqali pedagog o'zini o'zi ob'ektiv baholash imkoniyatiga ega bo'ladi. Zero, pedagoglarning kasbiy kompetentlik sifatlariga ega bo'lishida ularning o'z-o'zini baholash malakalariga egaligi ham muhimdir.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. A.K.Markova., B.Nazarova "Pedagogik kompetentlikning muhim tarkibiy asoslari"; Toshkent - 2012

2. Ch.A.Sabirova "Pedagogikaning konseptual asoslari"; Urganch - 2021

3. Shaxrinsa, M., & Husanovna, A. M. (2022). O 'ZBEK MILLIY ETNO-LIBOSLARI TARIXIGA BIR NAZAR. Oriental Art and Culture, 3(1), 571-577.

4. To'Ychieva, S. N. M. (2021). ERTAKLAR-BOLALAR TAFAKKURINI RIVOJLANTIRUVCHI VOSITA. Oriental Art and Culture, 2(4), 94-98.

5. No'Monovna, T. Y. S. (2022). AXBOROT-KURUBXONA MARKAZI XODIMLARI FAOLIYATIDA NUTQ MADANIYATI VA NOTIQLIK SAN'ATINING AHAMIYATI. Oriental Art and Culture, 3(1), 589-597.

6. Numonovna, T. S. (2021). The Role of Books in Raising the Morale of Young People. International Journal of Culture and Modernity, 11, 25-31.

7. Boshmonov, M. (2021). MONOPREDIKATIV GAPLARNING LISONIY PARADIGMATIKASI. Oriental Art and Culture, 2(4), 393-400.

8. TyHHHeBa, (2022). AMKP TEMYPHKHT KHTOEXOHHHK O^OBH XYCYCH^A. Oriental Art and Culture, 3(1), 176-185.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.