Научная статья на тему 'O’QITUVCHILARNING KASBIY KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH'

O’QITUVCHILARNING KASBIY KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
9068
575
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
Kompetentlik / kasbiy kompetentlik / texnologiya / bilim / ko’nikma / malaka / nutq / kreativlik. / Competence / professional competence / technology / knowledge / skills / qualifications / speech / creativity.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Orif Abduxalikovich Gʻaniyev, Zilola Abduxakimovna Sanaqulova

Ushbu maqolada hozirgi davr ta’lim jarayonining sifati va samaradorligini oshirishda o’qituvchi kasbiy mahoratining o’rni hamda amaliyotda qo’llash xususiyati to’g’risida to’xtalib o’tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

DEVELOPING PROFESSIONAL COMPETENCE OF TEACHERS

The article examines the role of teacher professionalism in improving the quality and efficiency of the modern educational process and the nature of its application in practice.

Текст научной работы на тему «O’QITUVCHILARNING KASBIY KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH»

O'QITUVCHILARNING KASBIY KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH

Orif Abduxalikovich G'aniyev Zilola Abduxakimovna Sanaqulova

Jizzax davlat pedagogika instituti o'qituvchilari

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada hozirgi davr ta'lim jarayonining sifati va samaradorligini oshirishda o'qituvchi kasbiy mahoratining o'rni hamda amaliyotda qo'llash xususiyati to'g'risida to'xtalib o'tilgan.

Kalit so'zlar. Kompetentlik, kasbiy kompetentlik, texnologiya, bilim, ko'nikma, malaka, nutq, kreativlik.

DEVELOPING PROFESSIONAL COMPETENCE OF TEACHERS

Orif Abdukhalikovich Ganiev Zilola Abdukhakimovna Sanakulova

Teachers of Jizzakh State Pedagogical Institute

ABSTRACT

The article examines the role of teacher professionalism in improving the quality and efficiency of the modern educational process and the nature of its application in practice.

Keywords: Competence, professional competence, technology, knowledge, skills, qualifications, speech, creativity.

KIRISH

O'zbekiston Respublikasi ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy taraqqiyoti istiqbolini belgilash, jahon hamjamiyati mamlakatlari safidan munosib o'rin egallashga intilish yo'lidagi keng ko'lamli islohotlarni amalga oshirish bilan kechmoqda. Jahonning rivojlangan mamlakatlar tajribalarini o'rganish, mahalliy shart-sharoit, iqtisodiy va intellektual resurslarni inobatga olgan holda jamiyat hayotining barcha sohalarida tub islohotlarning amalga oshirilayotganligi yangidan-yangi yutuqlarga erishishni ta'minlamoqda. Turli sohalarda yo'lga qo'yilayotgan xalqaro hamkorlik garchi o'z samarasini berayotgan bo'lsa-da, biroq, milliy mustaqillikni har jihatdan mustahkamlash, erishilgan yutuqlarni boyitish, mavjud kamchiliklarni tezkor bartaraf etish jamiyat a'zolaridan alohida fidokorlik, jonbozlik, shijoat va qat'iyat ko'rsatishni talab etmoqda.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Kasbiy kompetentlik - mutaxassis tomonidan kasbiy faoliyatni amalga oshirish uchun zarur bo'lgan bilim, ko'nikma va malakalarning egallanishi va ularni amalda yuqori darajada qo'llay olinishi demakdir.

Kasbiy kompetentlik mutaxassis tomonidan alohida bilim, malakalarning egallanishini emas, balki har bir mustaqil yo'nalish bo'yicha integrativ bilimlar va harakatlarning o'zlashtiri-lishini nazarda tutadi. Shuningdek, kompetentsiya mutaxassislik bilimlarini doimo boyitib borishni, yangi axborotlarni o'rganishni, muhim ijtimoiy talablarni anglay olishni, yangi ma'lumotlarni izlab topish, ularni qayta ishlash va o'z faoliyatida qo'llay bilishni taqozo etadi.

Kasbiy kompetentlik quyidagi holatlarda yaqqol namoyon bo'ladi:

- murakkab jarayonlarda;

- noaniq vazifalarni bajarishda;

- bir-biriga zid ma'lumotlardan foydalanishda;

- kutilmagan vaziyatda harakat rejasiga ega bo'la olishda.

Kasbiy kompetentlik negizida quyidagi sifatlar aks etadi:

Maxsus (yoki kasbiy) kompetentlik

J

Texnologik kompetentlik

V-

Ektremal kompetentlik

J

Psixologik,

metodik, informatsion,

kreativ, innovatsion, kommunikativ

va boshqa kompetentlik

Ijtimoiy kompetentlik - ijtimoiy munosabatlarda faollik ko'rsatish ko'nikma, malakalariga egalik, kasbiy faoliyatda sub'ektlar bilan muloqotga kirisha olish.

Maxsus kompetentlik - kasbiy-pedagogik faoliyatni tashkil etishga tayyorlanish, kasbiy-pedagogik vazifalarni oqilona hal qilish, faoliyati natijalarini real baholash, BKMni izchil rivojlantirib borish bo'lib, ushbu kompetentlik negizida psixologik, metodik, informatsion, kreativ, innovatsion va kommunikativ kompetentlik ko'zga tashlanadi.

Shaxsiy kompetentlik - izchil ravishda kasbiy o'sishga erishish, malaka darajasini oshirib borish, kasbiy faoliyatda o'z ichki imkoniyatlarini namo yon qilish.

Texnologik kompetentlik - kasbiy-pedagogik BKMni boyitadigan ilg'or texnologiyalarni o'zlashtirish, zamonaviy vosita, texnika va texnologiyalardan foydalana olish.

Ektremal kompetentlik - favqulotda vaziyatlar (tabiiy ofatlar, texnologik jarayon ishdan chiqqan)da, pedagogik nizolar yuzaga kelganda oqilona qaror qabul qilish, to'g'ri harakatlanish malakasiga egalik.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Pedagogik jarayonning qanchalik samarali, muvaffaqiyatli tashkil etilishi o'qituvchining pedagogik qobiliyatga egaligiga bog'liq. Manbalardan birida "qobiliyat" tushunchasi shunday sharhlanadi: shaxsning osonlik bilan biron faoliyatni egallay olishini ta'minlaydigan individual psixologik xususiyatdir.

Qobiliyatli pedagoglarda quyidagi noyob qobiliyatlar ham ko'zga tashlanadi;

- bir vaqtning o'zida bir necha faoliyatni bajara olish (eshitish, ko'rish, o'qish, yozish, fikr yuritish, muloqot qilish va b.);

- atrofida kechayotgan ikki yoki bir necha voqelikni birdek qabul qilish (bir talabaning ma'ruzasini eshitgani holda, boshqa talabalarning faoliyatlarini kuzata olish);

- o'ta qiziquvchanlik (tabiat va jamiyatda kechayotgan har bir voqea-hodisa (garchi ular eng ahamiyatsiz, e'tiborga tashlanmaydigan bo'lsada) mohiyatini bilishga intilish, haddan ziyod ko'p savollarga javob topishga intilish);

- miya faoliyatining biokimyoviy va elektrik faolligi (miya deyarli to'xtovsiz faoliyat ko'rsatib, nihoyatda kam vaqt "dam oladi", bilish jarayonida noaniqliklar ko'zga tashlansa, ular tezda bartaraf etiladi; uyquchanlik qobiliyatli pedagoglarga xos xususiyat emas);

- nutqi va fantaziyasining boyligi (qobiliyatli o'qituvchilarning aksariyati nihoyatda boy nutqqa ega, ularda fantaziya (tasavvur qilish) qobiliyati beqiyos darajada kuchli);

- kuchli xotira (yirik hajmdagi matnni, m:dostonlarni bir marta o'qish bilan to'laligiga yodlab olib, uni so'zma-so'z qayta hikoya qilib berish qobiliyati)ga egalik. Zamonaviy sharoitda o'qituvchining kasbiy kompetentlik sifatlariga ega bo'lishi, o'z ustida izchil ishlashi, kun sayin yangilanib borayotgan bilimlarni o'zlashtirishga intilishi, o'quv axborotlarini talabalarga qiziqarli tarzda yetkazib berish uchun mashg'ulotlarga tayyorgarlik ko'rishga ijodiy yondasha olishi talab etilmoqda.

XULOSA

Ta'lim tizimida tom ma'noda oquvchilarga sifatli, foydali, muhim, zarur, kerakli va amaliy ahamiyatga ega ma'lumotlarni tizimli ravishda yetkazib bera olishi uchun bugungi kun o'qituvchisi, axborotlarni tezkor qabul qilish, qayta ishlash va

o'quvchilarga samarali, qiziqarli tarzda yetkazib berishning uddasidan chiqa olishi zarur. Bu esa o'qituvchining kasbiy kompetentlik sifatlari, pedagogik mahorat asoslari hamda kreativlik qobiliyatiga ega bo'lishi zaruriyat sifatida kun tartibiga olib chiqmoqda.

REFERENCES

1. Барышева Т.А., Жигалов Ю.А. Психолого-педагогические основы развития креативности - СПб.: СПГУТД, 2006

2. Muslimov N.A., va boshqalar. Kasb ta'limi o'qituvchilarining kasbiy kompetentligini

shakllantirish texnologiyasi. Monografiya.- "Fan va texnologiya" nashriyoti, T.: 2013-

y

3. N.Muslimov, M.Usmonboyeva, D.Sayfurov, A.To'rayev - Pedagogik kompetentlik va kreativlik asoslari. Toshkent. "Sano-standart" 2015-y

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.