Научная статья на тему 'BO’LAJAK BOSHLANG’ICH SINF O’QITUVCHILARINI TALABALARDA IJTIMOIY FAOL KOMPETENTSIYALARINI RIVOJLANTIRISH MAZMUNI'

BO’LAJAK BOSHLANG’ICH SINF O’QITUVCHILARINI TALABALARDA IJTIMOIY FAOL KOMPETENTSIYALARINI RIVOJLANTIRISH MAZMUNI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
225
20
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
kompetentsiya / ijtimoiy faol / ta’lim-tarbiya / boshlang’ich ta’lim / ma’naviyat – ma’rifat / milliy o’zlik / rivojlantirish. / competence / public figure / education / primary education / spiritual and educational activities / national identity / development.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — M. Hasanova

Ushbu maqolada bugungi kun ta’lim va tarbiya jarayoni o’sib kelayotgan yosh avlodni jamiyat talablarini o’zida aks ettiruvchi ijtimoiy buyurtma asosida hayotga tayyorlashdan iborat. Ta’lim va tarbiya jarayonida yoshlar ajdodlar tomonidan to’plangan bilim, odob, urf-odat, madaniyat va mehnat ko’nikmalarini o’zlashtirishi, hayotiy tajriba asosida jamiyatda o’zining munosib o’rnini egallashi, salohiyati va dunyoqarashining shakllanishida pedagog shaxsi, uning kasbiy mahorati muhim ahamiyat kasb etadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE CONTENT OF THE DEVELOPMENT OF STUDENTS SOCIALLY ACTIVE COMPETENCIES OF FUTURE PRIMARY SCHOOL TEACHERS

In this article, the current process of education and upbringing is to prepare the rising young generation for life on the basis of a sogial order that reflects the demands of society. In the progess of education and upbringing, young people learn the the knowledge, morals, customs, culture and labor skills accumulated by their ancestors, take a worthy place in society based on life experience, and the personality of a teacher in shaping his potential and worldview, his professional skills are important.

Текст научной работы на тему «BO’LAJAK BOSHLANG’ICH SINF O’QITUVCHILARINI TALABALARDA IJTIMOIY FAOL KOMPETENTSIYALARINI RIVOJLANTIRISH MAZMUNI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

BO'LAJAK BOSHLANG'ICH SINF O'QITUVCHILARINI TALABALARDA IJTIMOIY FAOL KOMPETENTSIYALARINI RIVOJLANTIRISH MAZMUNI

Hasanova Mahmuda Tixtayevna

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.7229182

Annotatsiya. Ushbu maqolada bugungi kun ta'lim va tarbiya jarayoni o'sib kelayotgan yosh avlodni jamiyat talablarini o'zida aks ettiruvchi ijtimoiy buyurtma asosida hayotga tayyorlashdan iborat. Ta'lim va tarbiya jarayonida yoshlar ajdodlar tomonidan to'plangan bilim, odob, urf-odat, madaniyat va mehnat ko'nikmalarini o'zlashtirishi, hayotiy tajriba asosida jamiyatda o'zining munosib o'rnini egallashi, salohiyati va dunyoqarashining shakllanishida pedagog shaxsi, uning kasbiy mahorati muhim ahamiyat kasb etadi.

Kalit so'zlar: kompetentsiya, ijtimoiy faol, ta'lim-tarbiya, boshlang'ich ta'lim, ma'naviyat - ma'rifat, milliy o'zlik, rivojlantirish.

СОДЕРЖАНИЕ РАЗВИТИЯ У УЧАЩИХСЯ СОЦИАЛЬНО - АКТИВНЫХ КОМПЕТЕНЦИЙ БУДУЩИХ УЧИТЕЛЕЙ НАЧАЛЬНЫХ КЛАССОВ

AuHomanu,^. В данной статье сегодняшний процесс обучения и воспитания заключается в подготовке подрастающего молодого поколения к жизни на основе социального заказа, отражающего запросы общества. В процессе обучения и воспитания молодежь усваивает накопленные предками знания, нравы, обычаи, культуру и трудовые навыки, занимает достойное место в общества на основе жизненного опыта, а личность педагога в формировании своего потенциала и мировоззрение, важны его профессиональные навыки.

Ключевые слова: компетентность, общественный деятель, образование, начальное образование, духовно-просветительская деятельность, национальное самосознание, развитие.

THE CONTENT OF THE DEVELOPMENT OF STUDENTS SOCIALLY ACTIVE COMPETENCIES OF FUTURE PRIMARY SCHOOL TEACHERS

Abstract. In this article, the current process of education and upbringing is to prepare the rising young generation for life on the basis of a sogial order that reflects the demands of society. In the progess of education and upbringing, young people learn the the knowledge, morals, customs, culture and labor skills accumulated by their ancestors, take a worthy place in society based on life experience, and the personality of a teacher in shaping his potential and worldview, his professional skills are important.

Key words: competence, public figure, education, primary education, spiritual and educational activities, national identity, development.

KIRISH

Respublikamizning jahon hamjamiyatida o'ziga munosib orin egallashi uchun fidoyilik bilan kurashadigan, mustaqil fikrlovchi ijtimoiy faol kompetentsiyasini rivojlantirishga qaratilgan va qonunlarda uzluksiz ta'lim tizimi orqali barkamol shaxsni shakllantirish asosiy vazifa qilib qo'yilgan. "Bu sohadagi asosiy vazifamiz, - Prizidentimiz Sh.M. Mirziyoyev milliy qadriyatlarimizni, muqaddas dinimizning ma'naviy hayotimizdagi o'rnini va hurmatini tiklash

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

kabi mustaqillik yillarida boshlangan ezgu ishlarimizni izchillik bilan davom ettirish, ularni yangi bosqichga ko'tarish va ta'sirchanligini kuchaytirishdir"

Bu bejizga emas albatta, Respublika mustaqilligining e'ion qilinishi bilan davlat va jamiyatning demokratik tamoyillari sari borishda fuqarolarda ijtimoiy faol kompetentsiyasini rivojlantirish muhimdir.

Mazkur o'ta muhim masalaning nazariy asoslari Respublikamiz Birinchi Prezidenti I.A.Karimov o'z asarlarida aniq belgilab berdi. Ijtimoiy faol shaxs bu mamlakatimizni qayta qurishda qatnashib o'zini har tomonlama namoyon eta oladigan yetakchi shaxsdir.

Yoshlarning manfaatlari va huquqlarini himoya qilish borasidagi muammolarni o'z vaqtida bartaraf etish, uzluksiz ta'lim tizimidagi islohotlarni yanada chuqurlashtirish, real iqtisodiyotda va mamlakat hayot faoliyati sohalarida ta'lim muassasalari tomonidan tayorlanadigan bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilariga bo'lgan davlat ehtiyojini ta'minlash maqsadida "Yoshlar yili" va "Barkamol avlod yili" kabi Davlat dasturlari ishlab chiqildi va joriy etilmoqda.

Bugungi kun ta'lim va tarbiya jarayoni o'sib kelayotgan yosh avlodni jamiyat talablarini o'zida aks ettiruvchi ijtimoiy buyurtma asosida hayotga tayyorlashdan iborat. Ta'lim va tarbiya jarayonida yoshlar ajdodlar tomonidan to'plangan bilim, odob, urf-odat, madaniyat va mehnat ko'nikmalarini o'zlashtirishi, hayotiy tajriba asosida jamiyatda o'zining munosib o'rnini egallashi, salohiyati va dunyoqarashining shakllanishida pedagog shaxsi, uning kasbiy mahorati muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bilan birga, yoshlarda davr talabidan kelib chiquvchi yangi masala va muammolarni yechish uchun zarur bo'ladigan sifatlarni shakllantirish pedagogik faoliyat sohasining ustuvor vazifasi hisoblanadi. Buning uchun avvalo pedagogning o'zida yangicha bilim berish, o'zgarib boruvchi mehnat va hayot sharoitlariga muvofiq ijodiy faoliyat bilan shug'ullana olish ko'nikmalari tarkib topgan bo'lishi lozim. TADQIQOT METODI VA METODOLOGIYASI

Boshlang'ich ta'limda sog'lom va barkamol avlodni tarbiyalash, yoshlarning o'z ijodiy va intellektual salohiyatini ro'yobga chiqarish, ta'lim jarayoniga zamonaviy axborot-kommunikatsiya va pedagogik texnologiyalarni, elektron darsliklar, multimedia vositalarini keng joriy etish orqali o'qitish sifatini tubdan yaxshilash va yanada rivojlantirish ko'zda tutilganligi dolzarb vazifalarimizdan biridir. Shuning uchun ham boshlang'ich ta'limning asosiy maqsadiga erishish, ya'ni bolada o'qishga ijobiy munosabatni shakllantirish, o'qish savodxonligini tarkib toptirish, bolalarni turli ma'lumotlar bilan ishlashga o'rgatish, asosiy matematik amallarni puxta bilishlariga va kundalik hayotda qo'llay olishlariga erishish, ularda mantiqiy va ijodiy fikrlashni shakllantirish, ularni yozma va og'zaki muloqot me'yorlarini egallashga hamda o'z-o'zini boshqarish va tuta bilishga o'rgatish uchun boshlang'ich sinflarda sifatli ta'limiy faoliyatni tashkil etishga alohida e'tibor qaratish lozim. Boshlang'ich sinf o'qituvchisining kasbiy salohiyati va ma'lumot darajasi, bolalar psixologiyasi, hozirgi zamon boshlang'ich ta'lim metodikasini bilishi boshlang'ich ta'lim sifatini oshirishda muhim ahamiyatga ega.

Boshlang'ich sinf o'quvchilarida zarur ko'nikmalarni shakllantirish, sifat-samaradorligini yangi bosqichga ko'tarish, o'qitishning zamonaviy usul va vositalarini amaliyotga joriy etish maqsadga muvofiqdir. Hozirgi kunda ta'lim jarayonida innovatsion texnologiyalar, pedagogik va axborot texnologiyalarini o'quv jarayoniga qo'llashga bo'lgan qiziqish, e'tibor kundan-kunga kuchayib bormoqda. Buning asosiy sabablaridan biri an'anaviy ta'limda o'quvchilarni faqat tayyor bilimlarni egallashga o'rgatilgan bo'lsa, boshlang'ich ta'limda zamonaviy texnologiyalar

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

ularni egallayotgan bilimlarini o'zlari qidirib topishlariga, mustaqil o'rganib, tahlil qilishlariga, hatto xulosalarni ham o'zlari keltirib chiqarishlariga o'rgatadi. O'qituvchi bu jarayonda shaxsning rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi.

Barcha umumta'lim maktablarining boshlang'ich ta'lim sifat va samaradorligini oshirishda zamonaviy pedagogik, innovatsion va axborot texnologiyalarni ta'lim jarayoniga tatbiq etish, ilg'or ish tajribalarini ommalashtirishni taqozo etadi. TADQIQOT NATIJASI

Zamonaviy sharoitda pedagogning kasbiy kompetentlik sifatlariga ega bo'lishi, o'z ustida izchil ishlashi, kun sayin yangilanib borayotgan bilimlarni o'zlashtirishga intilishi, o'quv axborotlarini o'quvchilarga qiziqarli tarzda yetkazib berish uchun mashg'ulotlarga tayyorgarlik ko'rishga ijodiy yondasha olishi talab etilmoqda. Binobarin, global axborotlashuv ijtimoiy subyektlar, xususan, talabalar tomonidan ham istalgan ma'lumotni ixtiyoriy ravishda o'zi uchun qulay sharoit va joyda turli axborot-kommunikatsion texnologiyalar yordamida o'zlashtirish imkoniyatini yuzaga keltirmoqda. Garchi shunday holatda ma'lumotlarni qabul qilish imkoniyati nihoyatda keng bo'lsa-da, biroq shaxs tomonidan bu tahlitda o'zlashtirilgan axborotlarning barchasi ham bilim sifatida namoyon bo'lmaydi. Chunki bilimning har qanday axborotdan asosiy farqi ma'lumotlarning muayyan sohalar bo'yicha tizimli, izchil, uzluksiz hamda maqsadga muvofiqli o'zlashtirilganligi bilan belgilanadi.

Ta'lim tizimida tom ma'noda o'quvchilarga sifatli, foydali, muhim, zarur, kerakli va amaliy ahamiyatga ega ma'lumotlarni tizimli ravishda yetkazib bera olishi uchun bugungi kun pedagogi axborotlarni tezkor qabul qilish, qayta ishlash va o'quvchilarga samarali, qiziqarli tarzda yetkazib berishning uddasidan chiqa olishi zarur. Bu esa pedagogning kasbiy kompetentlik sifatlari, pedagogik mahorat asoslari hamda kreativlik qobiliyatiga ega bo'lishi zaruriyat sifatida kun tartibiga olib chiqilmoqda.

Pedagoglarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishda tinglovchilarni pedagogik kompetentlik, pedagogik mahorat va kreativlik asoslari bilan tanishtirish ular tomonidan o'quv jarayonini ijodiy xarakterda, qiziqarli, o'quvchilarning faolliklari asosida tashkil etilishishga yordam beradi.

Bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarning har qanday o'quv axborotiga nisbatan ijodiy yondasha olish, ularni qayta ishlash, davr talabidan kelib chiqqan holda matnli ma'lumotlarni modellashtirish imkoniyatiga ega bo'lishlari nafaqat o'quvchilarni, balki o'zlarining ham o'quv jarayoniga bo'lgan munosabatlarini ijobiy tomonga tubdan o'zgartiradi. Bugungi kunda butun dunyo aholisini tashvishga solayotgan turli shakllardagi informatsiyaviy tahdidlar yoshlarning ta'lim-tarbiyasiga salbiy ta'sir ko'rsatayotgan eng asosiy omillardan biri hisoblanadi. Mazkur omillar o'quvchilarda axborotlar bilan ishlash yo'nalishida ham ko'nikmalar shakllantirish zaruriyatini belgilashi bilan bir qatorda, axborotlar to'plash, ularning yangiligi va ishonchliligini aniqlash, obyektivligini o'rganish, tahlil qilish va obyektiv baholash o'quvchilar shaxsiy hayotida o'ziga xos ahamiyat kasb etishini ko'rsatadi.

O'quvchilarda shakllantirish va rivojlantirish zarur bo'lgan refleksiv ko'nikmalarning asosiy komponentlaridan biri axborotlar bilan ishlash ko'nikmasidir.

Bizning fikrimizcha, o'quvchilarda refleksiv ko'nikmalar shakllantirish va rivojlantirish jarayonlarida axborotlar bilan ishlash o'quvchilar tomonidan turli ma'lumotlarni to'plash, qayta ishlash va uzatishdan iborat bo'lib, mazkur axborotlarning obyektivligi o'quvchilar o'quv faoliyatini muvofiqlashtirishda ham o'ziga xos amaliy ahamiyat kasb etadi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

O'quvchilarda axborotlar bilan ishlash ko'nikmalarini shakllantirishda e'tiborga olish zarur bo'lgan eng asosiy pedagogik vaziyatlardan biri o'quvchilarning mustaqil faoliyati jarayoni bo'lib, mazkur jarayonda o'quvchi o'rganilayotgan yoki tahlil qilinayotgan asosiy ma'lumotlar faoliyat ko'rsatadi va uning uchun asosiy mehnat predmeti axborotlar bo'lib, ular asosida mustaqil xulosalar shakllantiradi hamda shakllantirilgan xulosaning mazmun-mohiyati bilan barcha ishtirokchilarni tanishtirib boradi. Mazkur jarayonda axborotlar o'quvchilar tomonidan taqdim etilayotgan xulosalarning mohiyati va ahamiyati barcha o'quvchilar hamda o'qituvchi tomonidan muhokama qilinadi va obyektiv baholanadi.

MUHOKAMA

Refleksiv ko'nikmaning komponenti sifatida o'quvchilarda axborotlar bilan ishlash ko'nikmasini shakllantirish jarayonida o'qituvchilar bilan o'quvchilar o'rtasidagi shaxsiy va texnologik axborotlar almashuvi vujudga keladi. Mazkur jarayonning o'ziga xosligi o'quvchilarning faoliyatini muvofiqlashtirish, shaxsga yo'naltirilgan ta'sirni vujudga keltirish asosida ularning faolligini ta'minlash, o'quvchilarning o'z faoliyatidan qoniqish hosil qilishi va axborotlarni tahlil qilish hamda obyektiv baholash zaruriyatini tushunib yetishi bilan belgilanib, bu xususiyat o'qituvchilarda axborotlar bilan ishlash ko'nikmalarini shakllantirish bilan bir qatorda, ularda informatsiyaviy tahdidlarga qarshi turish immunitetini hosil qilish bilan ham amaliy ahamiyat kasb etadi.

Zamonaviy axborot va kommunikatsiya texnologiyalari o'qitishning yangi shakl va metodlarini ishlab chiqish uchun keng imkoniyat yaratildi. Shu bilan birga, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini chuqur o'rgatish, o'quvchilarni katta hajmdagi ma'lumotlarni qabul qilish, qayta ishlash va mustaqil ishlash muammosi yuzaga kelmoqda. Bugungi kunda faqatgina ma'ruzaga asoslangan an'anaviy darslarning vaqti o'tdi. Axborot oqimi sur'ati tezlashgan bir paytda o'tilayotgan har bir dars rang-barang bo'lmasa, o'quvchi e'tiborini bilimga jalb etish mushkul. Buning uchun o'qituvchi izlanishi, ijodkor bo'lmog'i darkor. Bunday holda, ayniqsa, darsni o'yinlar asosida ko'rish tizimiga asoslanib o'tish sezilarli samara beradi. Darslarda ham yangi ma'lumotlarni yetkazishdan avval o'qituvchi ularning dastlab olgan bilimlarini, tasavvurlarini aniqlashtiradi, bir tizimga soladi, olingan bilimlar har xil ko'rgazmali vositalar, slaydlar, multimediya, tarqatma materiallar, qo'shimcha adabiyotlar bilan mustahkamlansa, maqsadga muvofiq bo'ladi.

Darslarda foydalaniladigan har qanday interfaol usullar ta'limiy xarakteriga ega bo'lib, o'quvchilar bilimining mustahkamlanishiga, aniqlashtirilishi va kengayishiga, ularni umumlashtirishga va tizimga solishga yordam beradi. O'quvchilarda informatsiyaviy tahdidlarga qarshi turish immunitetini hosil qilish jarayonlari samaradorligi ko'p jihatdan o'rganilayotgan va tahlil qilinayotgan axborot manbalariga, ya'ni axborotlar olinayotgan manbalarning xilma-xilligiga hamda ularning rasmiyligi va ishonchliligi bilan bir qatorda axborotlarning o'zaro bog'liqligi va aloqadorligiga ham bog'liq bo'ladi. Axborotlarning o'zaro bog'liqligi va aloqadorligi ularning tizimga xos xususiyatlarga ega ekanligini ifodalaydi.

O'quvchilarda informatsiyaviy tahdidlarga qarshi kurashish immunitetini hosil qilishda axborotlar tizimi keng b'lishi va o'z xususiyatiga qarab yangilanuvchanligini, ya'ni o'zgarib borishi, yangiliklar bilan boyib borishini inobatga olish zarur. Ya'ni o'quvchilarda axborotlar bilan ishlash bo'yicha zaruriy tushunchalarni hosil qilishda ularga axborotlar ularning hayoti va kelajagiga ahamiyatli ta'sir ko'rsatuvchi xabar va ma'lumotlar majmuidan iborat ekanligini tushuntirish zarur. Axborotlar o'quvchilarning faolligini ta'minlash ularning faoliyatini obyektiv

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

baholash va rag'batlantirish omillari sifatida xizmat qiladi. O'quvchilarda informatsiyaviy tahdidlarga qarshi kurashish immunitetini hosil qilish va rivojlantirishda quyidagi yo'nalishlar bo'yicha aniq va ishonchli axborotlar to'plash va ulardan foydalanish maqsadga muvofiq. XULOSA

Xulosa shuki, maqsadga ko'ra belgilangan vazifalarni amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etuvchi qator omillar sifatida keltirilgan bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarini o'quvchilarda ijtimoiy faollik ko'nikmalarini shakllantirishga tayyorlash tizimini takomillashtirishga ta'sir ko'rsatuvchi asosiy omillar amaliyotda o'z ifodasini topsa, ijtimoiy faol o'quvchilar safi tobora kengayadi.

REFERENCES

1. Avliyaqulov N.X, Musayeva N.N. Pedagogik texnologiya: "Tafakkur Bo'stoni" 2012. -B. 17-19.

2. Салаева М.С., Абдурасулова Ш.К. Педагог профессионализмининг шаклланиши касбий кадрият сифатида намоён булиши // EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE Innovative Academy Research Support Center. www.in-academy.uz. ISSN 2181-2888. With Impact Factor: 8.2. Volume 2 Issue 02, February 2022 Pages 183 -188. https://doi.org/10.5281/zenodo.6242575

3. Salaeva M.S., Luxmanovna N.M. Kichik maktab yoshdagi o'quvchilarni ijtimoiy faolligini rivojlantirish // SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 I ISSUE 3 I March, 2022. ISSN: 2181-1601. Uzbekistan www.scientificprogress.uz Pages 380-383. http://www.scientificprogress.uz/storage/app/media/3-3.%20064.%20380-383.pdf

4. Бекназарова Х.Х. Формирование мобильности личности как педагогическая проблема // SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 3 I ISSUE 3 I 2022 ISSN: 2181-1601. Uzbekistan www.scientificprogress.uz Pages 384-390. http://www.scientificprogress.uz/storage/app/media/3-3.%20065.%20384-390.pdf

5. Shoyunusova F.S. Bola shaxsini shakllantirishda ota-onalarning o'rni // Международный научно-образовательный электронный журнал «ОБРАЗОВАНИЕ И НАУКА В XXI ВЕКЕ». ISSN: 2658-7998. Электронный журнал. Выпуск №22 (том 5) (январь, 2022). - C.1099-1103. https://www.mpcareer.ru/_files/ugd/a62191_0b77bb588ae44c41874c43e8211ea9a8.pdf

6. Салаева М.С., Джумабаева М.Б. Педагогнинг кичик мактаб ёшидаги болаларни ижтимоий мобиллигини оширишга таъсири // IJTIMOIY FANLARDA INNOVASIYA ONLAYN ILMIY JURNALI, ISSN - 2181-2608. With Impact Factor: 8.2 SJIF: 5.426 - Б. 59-62. Retrieved from http://www.sciencebox.uz/index.php/jis/article/view/1552

7. Салаева М.С., Бекназарова Х.Х. Бошлангич таълим укувчиларини ижтимоий мобиллигини ривожлантириш // EURASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES, PHILOSOPHY AND CULTURE Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.2 | SJIF = 6.051 www.in-academy.uz Volume 2 Issue 4, April 2022 ISSN 2181-2888. Pages 136-139. https://doi.org/10.5281/zenodo.6511330

8. Salaeva M.S., Koshnazarova M.A., Abdukodirov G., Radjabova D.A. Professionalism of the Teacher as a Pedagogical Credo in the Age of Innovation // SPECIALUSIS

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

UGDYMAS / SPECIAL EDUCATION 2022 1(43). Pp. 10571 - 10576. https://www.sumc.lt/index.php/se/article/view/1637 9. Hasanova M.T. Methodological bases of development of socially active competencies of future primary school teachers in students and improvement of its methodology. International Journal of Health Sciences 10646-10654.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.