INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
TA'LIMDA RAQAMLI IQTISODIYOTNING AKS ETISHI Nargiza Kaxramonovna Qaytarova
Toshkent shahar Sergeli tumanidagi 6-DIUO'T maktabi boshlang'ich sinf o'qituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.7192741 Annotatsiya. Ushbu maqola zamonaviy turmush tarzinig ajralmas qismiga aylanib ulgurgan raqamli iqtisodiyotning ta'lim-tarbiya jarayonlari bilan bog'liq holatlariga e 'tibor qaratadi va muallif tomonidan maqolada raqamli iqtisodiyotning tor va keng talqini shakllantirilib, ular o'rtasidagi farqlar yuzasidan fikr-mulohazalar ta'lim va tarbiya sohasiga bog'lanish natijasida keltiriladi. Ta'lim tizimiga axborot texnologiyalarini joriy etishning asosiy yo'nalishlari alohida ko'rsatilgan, o'quv jarayonida axborot va kompyuter texnologiyalaridan foydalanishning pedagogik maqsadlari ko'rib chiqiladi.
Kalit so'z va iboralar: raqamli iqtisodiyot, ta'lim, tarbiya, iqtisodiy o'sish, ta'limiy rivojlanish, axborot texnologiyalari, kompyuter, o 'quv jarayoni.
ОТРАЖЕНИЕ ЦИФРОВОЙ ЭКОНОМИКИ В ОБРАЗОВАНИИ Аннотация. В данной статье основное внимание уделяется положению цифровой экономики, ставшей неотъемлемой частью современного образа жизни, связанной с образовательными процессами, и автор формулирует в статье узкую и широкую трактовку цифровой экономики, комментирует различия между ними, вносимые в результате связи со сферой образования и обучения. Отдельно указаны основные направления внедрения информационных технологий в систему образования, рассмотрены педагогические цели использования информационных и компьютерных технологий в образовательном процессе.
Ключевые слова и фразы: цифровая экономика, образование, воспитание, экономический рост, развитие образования, информационные технологии, компьютер, образовательный процесс.
REFLECTION OF THE DIGITAL ECONOMY IN EDUCATION Abstract. This article focuses on the situation of the digital economy, which has become an integral part of the modern lifestyle, related to educational processes, and the author formulates a narrow and broad interpretation of the digital economy in the article, and comments on the differences between them. It is brought as a result of connection to the field of education and training. The main directions of introducing information technologies into the educational system are indicated separately, the pedagogical goals of using information and computer technologies in the educational process are considered.
Key words and phrases: digital economy, education, upbringing, economic growth, educational development, information technologies, computer, educational process.
KIRISH
Bugungi kunda raqamli iqtisodiyot ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning haydovchisi sifatida ko'rilmoqda. Bundan tashqari innovatsion turdagi iqtisodiy o'sishning hal qiluvchi omili ham deya e'tirof etilmoqda. Bu nafaqat ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalariga tobora ko'proq kirib borayotgan axborot va kompyuter, aloqa, raqamli texnologiyalarga asoslangan ishlab chiqarish vositalaridagi ilmiy-texnikaviy inqilobning global tendensiyasi va «belgisi» bo'lib qolmay, balki shu bilan birga o'ziga xos xususiyatga ham egadir. Ishlab chiqarishning texnologik qoloqligini bartaraf etish, respublika moliya tizimining xavfsizligini oshirish, milliy iqtisodiyotning xom
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
ashyoga bog'liqligini kamaytirish uchun zarur vosita bo'layotgani ham yashirin emas, albatta. Raqamli iqtisodiyotni takomillashtirish ayni vaqtda mamlakatni rivojlantirishning asosiy strategik yo'nalishlari ro'yxatiga kiritilgandir.
Yuqorida raqamli iqtisodiy noishlab chiqarish sohalariga tobora kirib borayotganligi alohida ta'kidlab o'tildi. Shunday sohalardan biri bu — ta'limdir. Quyida esa raqamli iqtisodiyotning shakllanishi sharoitida ta'lim tizimining xususiyatlari ko'rib chiqiladi va raqamli iqtisodiyot, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari konsepsiyasining mohiyati hamda ulardan pedagogik jarayonda foydalanish natijasi ochib beriladi.
TADQIQOT METODI VA METODOLOGIYASI
Zamonaviy jamiyatda barkamol shaxsni shakllantirish shartlaridan biri pedagogik jarayonda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan faol foydalanish ekanligidadir. Ularning o'qituvchi faoliyati uchun yanada qulay sharoitlarni shakllantirishdagi roli yo'q emas.
Ma'lumki, XXI asr boshi raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanishi va axborot makonidagi inqilob hamda iqtisodiyotning globallashuning tezlashishi bilan tavsiflanadi. Borgan sari zamonaviy raqamli texnologiyalarga asoslangan ijtimoiy tuzilmalar va munosabatlarning murakkablashuvi ma'lumotlar oqimining eksponensial o'sishiga sabab bo'lishi asosiy quroli raqamli (axborot) texnologiyalar bo'lgan iqtisodiyotning yangi turini shakllantirish zarurligini ta'kidlamoqda. Aynan shu turdagi iqtisodiyot zamonaviy adabiyotlarda «raqamli iqtisodiyot» nomini olmoqda. Zamonaviy adabiyotlardan o'rin olib kelayotgan va zamonaviy jamiyatda jamiyat hayotining deyarli barcha sohalarida qo'llanilayotgan ushbu «raqamli iqtisodiyot» ayni vaqtda ta'lim sohasi uchun ham begonamasdir.
Ta'lim berish jarayonlarida AKT barcha bosqich va darajadagi zamonaviy ta'lim tizimlarining eng muhim tarkibiy qismlaridan biri, shuningdek, butun jamiyatda axborotlashtirish jarayonlarini muvaffaqiyatli rivojlantirish shartidir. Zero, aynan ta'lim sohasida kelajakda mamlakatning yangi ishlab chiqarish-iqtisodiy tuzilishining asosiga aylanadigan kadrlar tayyorlanadi va ta'lim oladi. Shuni ta'kidlash kerakki, yangi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari ta'limi jamiyatni axborotlashtirish va jamiyatni rivojlantirish sharoitida kasbiy o'sish va harakatchanlikka qodir bo'lgan yuqori ma'lumotli insonlar va yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashga qaratilgan bo'lishi kerak.
Yana shuni untmaslik joizki, ta'limni axborotlashtirish bugun paydo bo'lgani yo'q. Uning o'z tarixi mavjud. Ya'ni ta'limni axborotlashtirish sohasidagi dastlabki qadamlar 1985-yilda Rossiya davlatida qo'yilgan edi, o'sha paytda ta'lim sohasiga bir necha mingta birinchi sovet shaxsiy elektron kompyuterlarini yuborish to'g'risida eng muhim hukumat qarori qabul qilingan va umumta'lim maktablarida informatika asoslari va kursi joriy qilingan. Bugun ham fan va ta'lim sohasi tarixiy bosqichlardan o'tib kelayotgan ta'limni axborotlashtirishga past nazar bilan qaramaydi. Buning isbotini ta'lim sohasidagi tarmoqqa oid bo'lgan ayrim qoidalarida ko'rish mumkin.
TADQIQOT NATIJASI
Zamondosh olim-u olimalarning ishlarini o'rganish natijalari shuni korsatadiki, hozirgi sharoitda ta'lim sohasidagi tarmoq o'zaro ta'sirining eng muhim yo'nalishi elektron ta'lim va masofaviy ta'lim doirasidagi birgalikdagi faoliyatdir. Aynan Konyayeva E.A. xuddi yuqoridagi so'zlarni ta'kidlash bilan birga, masofaviy ta'lim texnologiyalaridan foydalanish orqali tarmoq o'zaro ta'sirini tashkil etish talabalarga, bilim oluvchilarga turli darajadagi va yo'nalishdagi ta'lim dasturlarini o'zlashtirish imkoniyatini beradigan turli ta'lim tashkilotlari resurslaridan keng
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
foydalanishni oldindan belgilab beradi. Shuningdek, u ta'limning ijodiy tarkibiy qismini rivojlantirish bilan bog'liq aniq muammolarni hal qilish uchun ham mo'ljallangan.
MUHOKAMA
Ta'limda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishning quyidagi pedagogik maqsadlarini ajratib ko'rsatish maqsadga muvofiq bo'ladi:
Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo'llash orqali o'quv jarayonining barcha bosqichlarining intensivligini oshirish. Boshqacha aytganda, o'quv jarayonining samaradorligi, sifati va bilish faoliyati faolligi oshadi, fanlararo aloqalar chuqurlashadi. Axborot hajmining ortishi, uni izlashning optimallashtirilishini ham qayd etish lozim;
Jamiyatning ijtimoiy buyurtmasini bajarish uchun ishlash. Yangi iqtisodiy tartibning shakllanishi kadrlarga bo'lgan ehtiyojning o'zgarishini belgilaydi. Aynan o'quv jarayonida AKTdan foydalanish axborot savodxoni, kompyuter vositalaridan foydalanuvchini tayyorlashga xizmat qiladi;
O'quv ma'lumotlarini taqdim etish imkoniyatlarini kengaytirish. Rang, grafik, ovoz, barcha zamonaviy video jihozlardan foydalanish o'quv jarayonini amalga oshirishda haqiqiy vaziyatni qayta yaratishga imkon beradi;
Pedagogik faoliyatni axborot-metodik ta'minlashni takomillashtirish. AKT o'qituvchilar va ta'lim oluvchilarni axborot-metodik ta' minlashni, shuningdek, kompyuter aloqa vositalariga asoslangan muloqot va hamkorlik imkoniyatlarini sezilarli darajada kengaytirish imkoniyatini berishi mumkin;
Ta'lim oluvchilar faoliyati ustidan nazoratni kuchaytirish. AKT o'quv jarayonini boshqarishda moslashuvchanlikni ta'minlagan holda o'quvchilar faoliyatini nazorat qilishni sifat jihatidan o'zgartirish imkonini beradi.
Ta'lim oluvchi shaxsini rivojlantirish, uning o'z-o'zini rivojlantirishiga erishish, shaxsni yangi turdagi jamiyatda qulay hayotga tayyorlash. Ta'limda AKTdan foydalanish orqali fikrlashning har xil turlarini, muloqot ko'nikmalarini rivojlantirish amalga oshiriladi. Kompyuter grafikasi, multimedia texnologiyasidan foydalanish orqali estetik tarbiyani ta'kidlash o'rinlidir. Raqamli iqtisodiyotni shakllantirish sharoitida axborot madaniyatini shakllantirish, katta hajmdagi axborotni qayta ishlash ko'nikma va malakalarini, shuningdek, vazifalar va vaziyatlarni modellashtirish bilan bog'liq kompetensiyalarni egallash muhim ahamiyatga ega.
XULOSA
Shunday qilib, raqamli iqtisodiyot, aynan, AKTni ta'lim jarayoniga jalb qilishning o'rni ta'lim oluvchilarning shaxsiyatiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi, jumladan, o'qituvchining ishlashi uchun yanada qulay sharoitlarning yuzaga kelishiga imkon beradi.
REFERENCES
1. Евростат. Цифровая экономика и общество. База данных. [Электронный ресурс]. -URL: https://ec.europa.eu/eurostat/web/digital-economy-and-society/data/database.
2. Коняева Е.А., Коняев А.С. Дистанционные образовательные технологии в условиях сетевого взаимодействия [Текст] // Вестник учебно-методического объединения по профессионально-педагогическому образованию. 2015. No 2 (49). С. 135- 140.
3. Коняева Е.А., Коняев А.С. Готовность к использованию дистанционных образовательных технологий как условие социально-профессиональной
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
мобильности будущих педагогов [Текст] // Социально-профессиональная мобильность в XXI веке сборник материалов и докладов Международной конференции. Под редакцией Г. М. Романцева, В. А. Копнова.- 2014. С. 70-74.
4. Развитие информационно-образовательной среды в организациях среднего профессионального образования: Теория и практика : материалы II Международная научно-практическая конференции «Среднее профессиональное образование в информационном обществе» (г. Челябинск, 26 января 2017 года). — Челябинск: Изд-во ЧИРПО, 2017 —206 с.
5. Янченко Е.В. Человеческий потенциал как фактор инновационного развития региона (на примере Приволжского федерального округа) // Региональная экономика: теория и практика. - 2019. - Т.17. - №9 (468). - С.1737-1753.
6. Кадры для цифровой экономики // Министерство цифрового развития, связи и массовых коммуникаций Российской Федерации [Электронный ресурс]. - URL: https://digital.gov.ru/ru/activity/directions/866/.