Научная статья на тему 'BOʼLAJAK PEDAGOGLARDA KASBIY KOMPETENTLIKNI SHAKLLANTIRISHNING OʼZIGA XOS XUSUSIYATLARI'

BOʼLAJAK PEDAGOGLARDA KASBIY KOMPETENTLIKNI SHAKLLANTIRISHNING OʼZIGA XOS XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

4119
320
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
kompetentlik / kasbiy kompetentlik / kompetensiya / bo‟lajak pedagoglar / kompetentli yondoshuv.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Fazilat Boʼriyevna Xudayqulova

Ushbu maqolada kompetentlik tushunchasi, kasbiy kompetentlik, kompetentli yondoshuv, kasbiy kompetentli o‟qituvchi, agar bo‟lajak pedagoglarning kasbiy kompetentligini shakllantirish pedagogik muammo sifatida qaralsa, amalga oshirilishi zarur bo‟lgan ba‟zi bir ishlar, kasbiy kompetentlikda kompetensiya tushunchasi va boʼlajak pedagoglarning kasbiy kompetentlikni shakllantirishda nazariy tayyorgarlikning shakllariga e‟tibor qaratish zarurligi haqida so‟z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BOʼLAJAK PEDAGOGLARDA KASBIY KOMPETENTLIKNI SHAKLLANTIRISHNING OʼZIGA XOS XUSUSIYATLARI»

BO'LAJAK PEDAGOGLARDA KASBIY KOMPETENTLIKNI SHAKLLANTIRISHNING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

Fazilat Bo'riyevna Xudayqulova

Chirchiq Davlat Instituti Pedagogika fakulteti "Ta'lim muassasalari boshqaruvi" yo'nalishi 1-kurs magistri

Annotatsiya: Ushbu maqolada kompetentlik tushunchasi, kasbiy kompetentlik, kompetentli yondoshuv, kasbiy kompetentli o'qituvchi, agar bo'lajak pedagoglarning kasbiy kompetentligini shakllantirish - pedagogik muammo sifatida qaralsa, amalga oshirilishi zarur bo'lgan ba'zi bir ishlar, kasbiy kompetentlikda kompetensiya tushunchasi va bo'lajak pedagoglarning kasbiy kompetentlikni shakllantirishda nazariy tayyorgarlikning shakllariga e'tibor qaratish zarurligi haqida so'z boradi.

Kalit so'zlar: kompetentlik, kasbiy kompetentlik, kompetensiya, bo'lajak pedagoglar, kompetentli yondoshuv.

Аннотация: В данной статье рассматриваются понятие компетентности, профессиональной компетентности, компетентного подхода, профессионально компетентного учителя, некоторая работа, которую необходимо выполнить, если формирование профессиональной компетентности будущих учителей рассматривается как педагогическая проблема, понятие компетентности в профессиональной сфере. Компетентность и Необходимо обратить внимание на формы теоретической подготовки будущих учителей в формировании профессиональной компетентности.

Ключевые слова: компетентность, профессиональная компетентность, компетентность будущего педагога, компетентный подход.

Abstract: In this article, the concept of competence, professional competence, competent approach, professionally competent teacher, some work that needs to be done if the formation of professional competence of future teachers is considered as a pedagogical problem, the concept of competence in professional competence and There is a need to pay attention to the forms of theoretical training of future teachers in the formation of professional competence.

Keywords: competence, professional competence, competence, future educators, competent approach.

Kompetentlik atamasi «samaradorlilik», «erishish», «muvaffaqiyatlilik», «tushunish», «natijalilik», «ega bo'lish», «sifat», «miqdor» so'zlari yordamida ta'riflanadi, shu bilan birga ko'pgina mualliflar uni tashxislashdagi qiyinchiliklarni qayd etgan. L. Spenser va M. Spenserlarning ta'kidlashicha, kompetensiyalarning shakllanishi ularni o'lchash va xususiyatlarini aniqlash qiyinchiligi bilan ortga suriladi

Dj. Raven kompetentlikni biror bir ob'yekt yoki ob'yektlar sinfiga ko'ra biror sohaga tegishliligi bilan baholash kerak - deb hisoblaydi. Natijada ma'lum faoliyatning individual motivatsiyasi jadalligining bahosi hosil bo'ladi. U shaxs kompetentligini biror bir maqsadga erishish uchun faoliyat olib borishi kutilgan holdagina aniqlanishi ma'noga ega bo'ladi - deb tushuntiradi.

Jamiyat talablarini qondirish hozirgi zamon o'qituvchisidan yuqori madaniyat, chuqur ma'naviyat, Vatan uchun javobgarlik hissi, mas'uliyatlilik, chuqur bilimga ega bo'lishi, o'z o'quvchilarining ijodiy potensialini rivojlantirishga pedagogik qiziqishi, innovatsion faoliyatga, o'z ustida ishlashga, kasbiy faollikka qobiliyatlilik va shu kabi boshqa bir qator sifatlarni talab etadi. Shu sababli, komil shaxsni tarbiyalash masalasi bilan bir qatorda yana bir asosiy masala, ya'ni mutaxassisning kasbiy kompetentligini shakllantirish masalasi bugungi kunda o'ta muhim hisoblanadi. Mutaxassisning kompetensiyalarga ega, ya'ni faoliyatning qaysi usulini egallashi, nimalarni bajara olishi, nimalarga tayyorligini aniqlash - kompetentli yondoshuv deyiladi.

"Kompetentlik" tushunchasi ta'lim sohasiga psixologlarning ilmiy izlanishlari natijasida kirib kelgan. Psixologik nuqtai nazardan kompetentlik "noan 'anaviy vaziyatlar, kutilmagan hollarda mutaxassisning o 'zini qanday tutishi, muloqotga kirishishi, raqiblar bilan o'zaro munosabatlarda yangi yo'l tutishi, noaniq vazifalarni bajarishda, ziddiyatlarga to'la ma'lumotlardan foydalanishda, izchil rivojlanib boruvchi va murakkab jarayonlarda harakatlanish rejasiga egalik"ni anglatadi.

Kasbiy kompetentlik - mutaxassis tomonidan kasbiy faoliyatni amalga oshirish uchun zarur bo'lgan bilim, ko'nikma va malakalarning egallanishi va ularni amalda yuqori darajada qo'llay olinishidir.

Kasbiy kompetentli o'qituvchi birinchidan, o'quv-tarbiya jarayonida ijodkor ta'lim oluvchilarni shakllantirishga ijobiy ta'sir ko'rsatadi, ikkinchidan, o'z kasbiy faoliyatida ijobiy natijalarga erisha oladi va uchinchidan, shaxsiy kasbiy imkoniyatlarini amalga oshira oladi.

Agar bo'lajak pedagoglarning kasbiy kompetentligini shakllantirish -pedagogik muammo sifatida qaralsa, quyidagi ishlarni amalga oshirish zarur:

1. O'qituvchining kasbiy-pedagogik tayyorlash sifatini tubdan oshirish uning mazmuni bilan bevosita bog'liqdir. Pedagogik kadrlar tayyorgarligi sifatini sezilarli darajada oshirish uchun pedagogik va texnik bilimlar sintezini ta'minlash zarur.

2. Pedagogik kompetentlik pedagogik mahorat tushunchasiga bog'liqligini N.V.Kuxarev shunday ta'riflaydi: «Psixologik - pedagogik tayyorgarligidan kelib chiqadigan o'qituvchi shaxsining aniq sifatlarini va pedagogik masalalarini eng samarali usulda yechadigan fazilatlar to'plami».

3. A.K.Markova o'qituvchini kasbiy kompetentlikka ega bo'lgan o'qituvchi deb aytadi, qachonki pedagogik faoliyatini, pedagogik muomalani yetarlicha yuqori darajada oshirsa, yoshlarni o'qitishda va tarbiyalashda yuqori natijalarga erishsa. Kompetentli o'qituvchi o'zining kasbiy bilimlarini, psixologik fazilatlarini o'z mehnatida qo'llashni bilishi kerak.

Hozirgi vaqtda kasbiy kompetentlilikni shakllantirishda o'qitish texnologiyasiga katta e'tibor berilmoqda. Oliy ta'lim muassasalarining professor-o'qituvchilar tarkibi tomonidan ishlab chiqilayotgan va foydalanilayotgan o'qitish texnologiyalari bo'lajak pedagoglar kasbiy kompetentligining qaror topishi va tarbiyalash ta'lim tizimining tarkibiy qismi bo'lib, kasbni egallashning kasbiy-ahamiyatli bazasini dastlabki yaratishga, kasbiy faoliyatni yuqori darajada amalga oshirish uchun nazariy, amaliy va motivatsiyali tayyorgarlikning va qodirlikning sekin-asta shakllanishiga yordam beradi.

Bundan tashqari, bo'lajak pedagoglarda kasbiy kompetentlikni shakllantirishning o'ziga xos xususiyatlarida kompetensiya tushunchasi muhimdir. Kompetensiya - o'z bilimlarini tinmay boyitib borishni, yangi axborotlarni o'rganishni, shu kun va davr talablarini his etishni, yangi bilimlarni izlab topish mahoratini, ularni qayta ishlashni hamda o'z amaliy faoliyatida qo'llashni talab qiladi. Kompetensiya egasi bo'lgan mutaxassis muammolarni yechishda o'zi o'zlashtirib olgan, aynan shu sharoitga mos metod va usullardan foydalanishni yaxshi bilishi, hozirgi vaziyatga munosib bo'lgan metodlarni tanlab olib qo'llashi, to'g'ri kelmaydiganlarini rad etishi, masalaga tanqidiy ko'z bilan qarashi kabi ko'nikmalarga ega bo'ladi.

Kompetentlikning asosi qobiliyatlardan iborat bo'lganligi uchun ularning har biri o'z kompetentligiga mos kelishi kerak. Qobiliyatlar eng umumiy ko'rinishlari bilan kompetensiyaning jismoniy madaniyatdagi, aqliy sohadagi, umumo'quv, amaliy, ijrochilik, ijodiylik, badiiy, texnik, shu bilan birga pedagogik-psixologik, ijtimoiy va boshqa ko'nikmalariga mos keladi.

Shuni esdan chiqarmaslik kerakki, o'qituvchining nazariy tayyorgarligining mazmuni ko'p hollarda psixologik-pedagogik va maxsus bilimlar majmuasi sifatida tushuniladi. Ammo, maqsad - faqat bilimlarni shakllantirishdan iborat emas.

O'qituvchi tajribasi tuzilmasida ortiqcha yuk bo'lib hisoblangan va bir tizimga keltirilmagan bilimlar hech kimga kerak bo'lmagan narsa bo'lib qoladi. Shuning uchun ham bo'lajak pedagoglarning kasbiy kompetentlikni shakllantirishda nazariy tayyorgarlikning shakllariga e'tibor qaratish zarur. Bunday nazariy faoliyat o'qituvchida analitik, bashorat qilish, loyihalash va refleksiv ko'nikmalar mavjudligini nazarda tutuvchi pedagogik fikrlashni umumlashgan holda bilishda namoyon bo'luvchi faoliyatdir.

Yuqoridagi fikrlardan xulosa chiqargan holda shuni aytish mumkinki, bo'lajak pedagoglarning kasbiy kompetentligini shakllantirishda asosan o'qituvchilar o'z faoliyati jarayonida ibrat, namuna ko'rsatish bilan yoshlarning faolligini, his - tuyg'usini, hatti - harakatini rivojlantirishi va ta'sir eta olishi, har bir mashg'ulot uchun material tanlash, uni murakkablashtirish va oldingi hamda keyingilari bilan aloqasini ta'minlash, pedagogik jarayonni o'qituvchilar jamoasi va yoshlar bilan ishlashni qamrab olib, ta'limiy-tarbiyaviy vositalar majmuidan foydalangan holda rejalashtirishi shart.

REFERENCES

1. Большакова З.М., Тулькибаева Н.Н. Компетенции и компетентность // Вестник ЮУрГУ. - 2009.

2. Muslimov N.A. Kasbiy ta'lim o'qituvchisini kasbiy shakllantirishning nazariy-metodik asoslari: Ped. fanl. dokt. ... diss. T.: 2007.

3. Kushvaktov N.X. Oquvchilarni milliy-manaviyat qadriyatlarini o'rganish va tayyorlashning pedagogik va kompyuterli asoslari: Ped.fan.nomz. diss. - T.: 2006.

4. Булавенко О.А. Характеристики компетентности специалиста // Проф. образование. - 2005.

5. G'ulomov. X.R. Raimov. va boshqalar. "Ta'lim-tarbiya sifati va qirralari". T; «Fan va texnologiyalar». 2004.

6. www.ziyonet.uz

7. www.edu.uz

8. www.uzedu.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.