Научная статья на тему 'TA’LIM MUASSASASIGA RAHBARLIK QILISHNING BOSHQARUV MADANIYATI. PEDAGOGIK MENEJMENTDA KREATIVLIK VA KASBIY KOMPETENSIYANI SHAKLLANTIRISH'

TA’LIM MUASSASASIGA RAHBARLIK QILISHNING BOSHQARUV MADANIYATI. PEDAGOGIK MENEJMENTDA KREATIVLIK VA KASBIY KOMPETENSIYANI SHAKLLANTIRISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
2354
263
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ta’lim / muassasa / boshqaruv / madaniyat / menejment / kreativlik / kompetensiya / rahbar / lider / ijtimoiy / iqtisodiy / uslub / ijodkorlik. / education / institution / management / culture / management / creativity / competence / manager / leader / social / economic / style / creativity.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Karimova, B.X.

Mazkur maqolada ta’lim muassasasiga rahbarlik qilishning boshqaruv madaniyati hamda pedagogik menejmentda kreativlik va kasbiy kompetensiyani shakllantirish yuzasidan fikr yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

MANAGEMENT CULTURE OF EDUCATIONAL INSTITUTION LEADERSHIP. FORMATION OF CREATIVITY AND PROFESSIONAL COMPETENCE IN PEDAGOGICAL MANAGEMENT

This article discusses the management culture of leading an educational institution and the formation of creativity and professional competence in pedagogical management.

Текст научной работы на тему «TA’LIM MUASSASASIGA RAHBARLIK QILISHNING BOSHQARUV MADANIYATI. PEDAGOGIK MENEJMENTDA KREATIVLIK VA KASBIY KOMPETENSIYANI SHAKLLANTIRISH»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(4), April, 2023

TA'LIM MUASSASASIGA RAHBARLIK QILISHNING BOSHQARUV MADANIYATI. PEDAGOGIK MENEJMENTDA KREATIVLIK VA KASBIY

KOMPETENSIYANI SHAKLLANTIRISH

B.X. Karimova

Termiz davlat universiteti dotsenti v.b, p.f.b.f.d (PhD)

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada ta'lim muassasasiga rahbarlik qilishning boshqaruv madaniyati hamda pedagogik menejmentda kreativlik va kasbiy kompetensiyani shakllantirish yuzasidan fikr yuritilgan.

Kalit so'zlar: ta'lim, muassasa, boshqaruv, madaniyat, menejment, kreativlik, kompetensiya, rahbar, lider, ijtimoiy, iqtisodiy, uslub, ijodkorlik.

ABSTRACT

This article discusses the management culture of leading an educational institution and the formation of creativity and professional competence in pedagogical management.

Key words: education, institution, management, culture, management, creativity, competence, manager, leader, social, economic, style, creativity.

KIRISH

Hozirgi zamon fanida "rahbar", "líder" yoki "liderlik uslubi" va "rahbarlik uslubi" tushunchalarining nisbati yo'nalishidagi muammolar eng dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Bularning ichida ko'proq ahamiyat kasb etuvchi B.D. Pargin fikriga ko'ra lider ma'lum bir guruhda shaxslararo munosabatlarni muvofiqlashtirib turadi, mikro muhitning elementi hisoblanadi, kutilmaganda vujudga keladi va uning holatining barqarorligi kamroq bo'lib, harakatlanishi guruhning kayfiyatiga bog'liq va u ko'proq guruhning faoliyatiga aloqador bo'lgan qarorlar qabul qiladi. Rahbar esa ijtimoiy tashkilot hisoblangan guruhlarda rasmiy munosabatlarni muvofiqlashtiradi va makro muhitning elementi hisoblanadi. Rahbar holatining barqarorligi ko'proq bo'lib, u ma'lum bir tizimda bir necha marta ko'proq vakolatlarga, qaror qabul qilish, buyruq berish, topshiriqlar berish, talab qilish huquqlariga ega. Qaror qabul qilish jarayoni birmuncha murakkabroq bo'lib, ko'pgina, turli xil vaziyatlarni qamrab oladi va bu vaziyatlar faqatgina bitta guruhga tegishli bo'lmaydi. Rahbar ma'lum bir kengroq ijtimoiy tizimning kichik bir guruhida faoliyat ko'rsatsada, uning harakat doirasi keng hisoblanadi. Ayrim

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4), April, 2023

mutaxassislaming fikriga ko'ra, liderlik jamoa faoliyatining samaradorligini oshirishda rahbarlik tushunchasini to'ldiradi.

Tadqiqotchi A.Nosirov rahbarlik menejmentida kompetentsiyani muhimligini ta'kidlab o'z fikrlarini bildiring boshqarishda qo'yidagi qobiliyat kompetentsiyalari:

1. Standart kompetentsiya ushbu ya'ni faoliyatga oid innovatsion vazifalarni belgilab olishi qobiliyatidir;

2. Asosiy kompetentsiya - ushbu faoliyatga oid innovatsion vazifalarni belgilash olish qobiliyati;

3. Yetarli kompetentsiya kasb faoliyatining yangi turlarini yarata olish qobiliyati;

4. Kasbiy kompetentsiya - pedagogika va psixologiyaga oid bilimlarga ega bo'lish, o'z ustida ishlash o'quvchilarda motivatsiyani shakllantirishdan iborat, deb ta'kidlaydi[7, 2].

Tadqiqotchi Temurov D - ta'lim muassasasi boshqaruviga oid bilimlarni o'zlashtirishni amaliy faoliyatiga qo'llash bo'yicha qo'yidagi tamoyillarni tavsiya qiladi:

1. Ong va faoliyat birligi. Ushbu tamoyil rahbarning ta'lim muassasasi boshqaruviga oid bilimlarni o'zlashtirishni va amaliy faoliyatda qo'llashi.

2. Ta'lim muassasasini boshqarishning ilmiy va g'oyaviyligi. Mazkur tamoyil boshqaruvga yuksak g'oyaviylik hamda ilmiy asoslangan quyidagi muvofiq boshqariladi.

3. Ta'lim muassasalarida boshqaruvning izchil va uzviylik .Ushbu tamoyil rahbarlar samaradorligining demokratik harakatda kasb kasb etishini anglatadi .

4. Ta'lim muassasasida rahbar boshqaruvning gumanitar xususiyatlarga ega ekanligi. Mazkur tamoyil ijtimoiy faoliyat negizida umum-jamiyat manfaatlari bilan shaxsiy manfaatlar ifodalaydi.

5. Ta'lim muassasalarini boshqarishga har tomonlama (kompleks) tizimli yondashuv. Ushbu tamoyil o'ziga ta'lim muassasa xodimlari bir ijtimoiy faoliyat birlashtiradi.

6. Ta'lim muassasalarini boshqarishning muayan aniq maqsadga yo'naltirilganligi. Mazkur tamoyil ta'lim muassasasining ijtimoiy harakatdagi faoliyati yo'nalishlaridan kelib chiqqan holda harakatlarning tashkil etishi bilan izohlanadi[8, 95-96].

Demak, "boshqarish" so'zi bugun modernizatsiya qilinib "menejmenti" so'zi bilan boyitildi. Bugungi kunda prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning maktab ta'limiga bergan e'tiborlari va ya'ni 2023-yilni "Inson qadri va sifatli ta'lim yili deb, nomlaganlari barcha umumta'lim maktablari o'qituvchilari va pedagogik rahbarlarga

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4), April, 2023

katta ilhom berdi va ta'lim sifatini oshirish maqsadida fidoyilik bilan mehnat qilishiga da'vat etdi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

"Menejment qoidalariga rioya qilib ishlayotgan maktab rahbarlari bugungi ta'lim sohasidagi islohotlarni his etib, boshqarishni zamonaviy kompetentlik qoidalari asosida ishni tashkil etib kuchli instruktiv yetakchilik, aniq belgilangan maqsad, o'qituvchilardan kutilayotgan ijodiy natijalar, o'qib-o'rganish, o'rgatish uchun zaruriy muhit, o'quvchilar va sinfni doimiy kuzatish, oila, maktab, mahalla hamkorlik aloqalarini mustahkamlaydilar. Yangi ilmiy izlanishlar obod mahalla, obod mahalla, obod uy va namunaviy oila tashabbusi asosida rahbarlik ishlarini tashkil etishni talab qiladi. "Boshqaruv madaniyati - bu ma'muriy ijtimoiy va rahbarning psixologik jarayonni muvaffaqiyatli amalga oshirishdagi professional va ishchanlik sifatli sintezidir.

"Rahbar" degan nomga ega bo'lgan har bir shaxs o'z tashqi qiyofasi, madaniyat kiyinishi, talabchanligi, bilimi, tashkilotchiligi bilan atrofdagilarga hamisha ibrat namuna bo'lmog'i lozim. Biz yuqorida ta'kidlangan mulohazalardan kelib chiqib, bugungi maktabgacha va maktab ta'limida sohasida faoliyat olib borayotgan rahbarning kompetentligi yo'nalishidagi ba'zi kamchiliklari haqida quyidagi holatlarni tahlil qilindi:

-maktablarda boshqaruv ishlarini talab darajada emasligi; -fidoyilik, ijodkorlik, tashkilotchilik, kreativlikning yetishmasligi; -huquqiy madaniyat va savodxonlikning pastligi; -adolatlilik, halollik va insoflilikning yetishmasligi; -ish jarayonida mahalliylik va urug' aymoqchilikning ustuvorligi; -metodik birlashmalarga e'tibor bermaslik, tashabbuskorlik va tadbirkorlikning yo'qligi;

-maktablarda jamoa ishlarini noto'g'ri taqsimlash va nazoratning pastligi; -kasbiy va ilmiy tajribaga ega emaslik[3, 83].

Yuqoridagi mulohazalarni o'qib o'rganib, bugungi ta'lim- tarbiya sohasidagi qabul qilayotgan qarorlar asosida bugungi ta'lim jarayoniga menejerlik qilaman degan har bir iqtidorli shaxs o'zining kasbiy kompetentligiga tayanib, rahbarlik ishlarini tashkil qilishi lozim. Umuman olganda, ta'lim muassasalaridagi muvoffaqiyatlar rahbarning ijrochilar mexnatiga bo'lgan munosabatlaridan qanchalik manfaatdorliklarni anglata bilish. Qobiliyatiga sezilarli darajada bog'liqdir.

Zamonaviy menejerning muhim boshqaruv maqsadi o'z xodimlarini axloqiy hamda yuksak darajaga ko'tarishi ularni ma'naviy jihatdan sog'lom jamoaga

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4), April, 2023

aylantirishdan iboratdir. Umuman olganda, ta'lim muassasasidagi muvaffaqiyatlar rahbarning ijrochilar bo'lgan munosobatidan qanchalik manfaatdorligini anglata bilish qobiliyatiga bog'liqdir.

G.Kunts va S.O.Dannelning aniqlashicha, "agar bo'ysunuvchilar rahbarlar tomonidan o'rnatilgan tartib qoidalar va ehtiyojlarga ko'ra boshqarilsa, ular o'z imkoniyatlarining taxminan 60 yoki 65% darajasida ishlashi mumkin, ya'ni o'z ishida saqlanib qolish maqsadida, shunchaki o'z majburiyatlarini qoniqarli darajada bajaradi, bo'ysunuvchilarning imkoniyatlaridan to'liq foydalanish uchun, rahbarlar liderlikni amalga oshirish bilan ularda tegishli mulohaza shakllantirishi zarur" Rahbarlik - odamlarga maqsadli ta'sir o'tkazishga qaratilgan, ularning faoliyatini muvofiqlashtirish bilan bog'liq boshqaruvning tarkibiy qismidir. Saylab qo'yilgan yoki tayinlangan rahbar qator funktsiyalarni bajaradi: jamoa faoliyati maqsadlarini aniqlaydi va shakllantiradi, shu faoliyatni rejalashtiradi, rag'batlantirish vositalari va usullarini belgilaydi, uni nazorat qilishni amalga oshiradi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev 2019 yil 23 avgustdagi xalq ta'limi tizimi xodimlari bilan bo'lgan telemuloqotda quyidagicha fikrlarni bildirganlar: "Hozirgi zamon o'qituvchisining asosiy vazifalaridan biri - kasbiy kompetentligi va intellektual salohiyatining yuqoriligi, sadoqatliligi, g'oyaviy e'tiqodligi va o'z kasbini sevishidir. Bu fazilatlar pedagoglarni boshqa kasb egalaridan ajratib turadi".

Bugungi talaba-yoshlarda kreativlikni shakllantirish uchun bugungi pedagog namunaviy intellektga ega bo'lishi, zamonaviy ta'lim-tarbiya qonuniyatlarini mukammal bilishi va shu asosda o'z kasbi bilan bog'liq ijodkorlik qilish qobiliyatiga ega bo'lishi lozim.

Bugungi professor-o'qituvchi o'z shogirdlariga Vatanga sadoqat, mehr-oqibatlilik, mas'uliyatlilik, tolerantlik, huquqiy maslahat, innovatsion fikrlash, mehnatsevarlik kabi insoniy fazilatlarni shakllantirishi bilan bir qatorda mantiqiy fikrlashga odatlantirish va ijod qilishni o'rgatishi kerak bo'ladi. Bo'lajak pedagoglarga kreativlik bo'yicha ijodiy faoliyat turlarini shakllantirish quyidagicha bo'ladi.

Kreativlik quyidagi faoliyatni qamrab oladi:

- Akseologik yondashuv;

- Akmeologik yondashuv;

- Kreativ yondashuv;

- Refleksiv yondashuv.

O'qituvchining kompetensiyasini quyidagicha izohlash mumkin:

- Pedagog faoliyatining maqsadi va mazmuni;

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4), April, 2023

- Shaxsiy va kasbiy sifatlar;

- Pedagogik qobiliyat, metod va texnologiyalar;

- Kasbiy motivatsiya.

O'qituvchi mehnat faoliyati davomida ta'lim vazifalarini amalga oshirishda hayot davomida ahamiyatga ega bo'lgan kompetensiya zarur bo'ladi, Ularga quyidagilar kiradi:

- Kommunikativ kompetensiya;

- Innovatsion kompetensiya;

- Muammolarni hal eta olish;

- O'z-o'zini rivojlantiruvchi muhitni yaralish.

Kommunikativ kompetensiya -o'qituvchidan to'laqonli muloqot-chanlikni talab etadi. Har qanday vaziyatda ta'lim oluvchi va jamoa a'zolari bilan ijobiy munosabatda bo'lishni taqozo etadi. Informatsion kompetensiya - o'qituvchi o'z fani va unga bog'liq holda bo'lgan barcha yangiliklardan boxabar bo'lishi zarur. Shuning uchun ham pedagog axborot va kompyuter texnologiyalaridan foydalana olish ko'nikmalariga ega bo'lishi kerak.

Pedagogik takt va pedagogik etika» mavzusi bo'yicha talabalarga nazariy materiallar beriladi, seminar mashg'ulotlarini bajarishlari uchun uslubiy maslahatlar beriladi. Talabalar o'z ustilarida muntazam ishlab, berilgan seminar mavzusi topshiriqlarini turli axborot vositalaridan foydalanib bajarish hamda ularni amaliy faoliyatda qo'llay olishlari darajasiga yetishgan, ya'ni pedagogik kompetentliklar shakllanishi kerak.

"O'qituvchi faoliyatida muomala madaniyati va psixologiyasi hamda pedagogik takt va pedagogik etika" mavzusini yoritishda o'qituvchi faoliyatida muomala madaniyatining o'ziga xos turlari, muloqotni tashkil etishda umuminsoniy qadriyatlarning ustuvorligi, pedagogik muloqotning o'ziga xos xususiyatlari va funksiyalari, pedagogik etikaning mohiyati va xususiyatlari hamda o'qituvchi etikasida dilkashlik va pedagogik takt bo'yicha bilimlar beradi. Bu bilimlar amaliy va seminar mashg'ulotlari jarayonida mustahkamlanib boriladi. Mavzu yakunida talabaning bilimi testlar yoki boshqa topshiriqlar orqali tekshiriladi. Har bir modul bo'yicha mavzular shu tarzda talabalarga yetkazilib, ularda shu fan bo'yicha bilim va ko'nikmalari shakllantirib, bo'lajak o'qituvchi xislatlari tarbiyalanadi, pedagogik kompetentligi shakllantirib boradi[5].

Shu munosabat bilan bugungi kunda pedagogik boshqaruvda qatnashuvchilarga ya'ni o'qituvchi shaxsiga quyidagi talablar qo'yiladi:

- o'z fanini chuqur bilishi va uning metodikasini yetarli darajada o'zlashtirish;

- keng ilmiy dunyoqarashli va teran e'tiqod sohibi bo'lishi;

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4), April, 2023

- ijtimoiy ehtiyoj va axloqiy zaruriyatni chuqur tushunishi;

- ijtimoiy va fuqarolik burchini chuqur anglashi;

- ijtimoiy-siyosiy faol bo'lishi;

- o'z kasbi va bolalarni sevishi;

- ruhiy pedagogik ziyrak bo'lishi va yangilikka intilishi;

- o'z xalqi tarixi, milliy qadriyatlari va urf-odatlarini chuqur o'rganishi va ularni targ'ibot qilishi;

- pedagogik kuzatuvchanlik, tashkilotchilik, talabchanlik, qat'iylik, vazminlik, haqqoniylik, o'zini tuta bilish kabi xislatlar sohibi bo'lishi;

- o'z kasbiga to'la layoqatli va pedagogik takt (odob) egasi bo'lmog'i lozim[5]. Xulosa qilib aytganda, ta'lim tizimida faoliyat ko'rsatayotgan har bir pedagog-

o'qituvchi o'zining butun bilim va tajribasini ta'lim-tarbiya tizimini takomillashtirishga yo'naltirishi bugungi kunning muhim dolzarb masalasidir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)

1. Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. - Toshkent: "O'zbekiston", 2017. - 488 b.

2. Kenjaboyev A, Kenjaboyeva D. Pedagogik deontologiya va kompetentlik. Termiz 2022 yil. 100 bet.

3. Kenjaboyev A.E. Pedagogik rahbarning kasbiy kompetentligi va pedagogik mahorati. Zamonaviy ta'lim jur. 2020 № 10. 83 bet.

4. Kenjaboyev A.E. "Zamonaviy o'qituvchining kasbiy kompetentligi va kreativligi -bugungi kun talabidir". Xalq ta'limi jurnali 2020 yil № 5.9-11 bet.

5. M.Ochilov. "Muallim qalb me'mori" Toshkent "O'qituvchi" 2001 yil.

6. Musurmanova O. "Pedagogik texnologiyalar - ta'lim samaradorligi omili" T.: Yoshlar nashriyot uyi. 2020 yil 56 bet.

7. Nosirov A. Rahbarning kasbiy kompetentligi va boshqaruv madaniyat ta'lim menejmenti jurnali. 2013 yil №6, 2 bet.

8. Temirov D. Ta'lim muassalarini boshqarishda pedagogik tamoyillar uzviyligi .Ta'lim menejmenti jur 2013 yil №6. 95-96 betlar.

9. Hamrayeva, O. F. Q. (2023). OLIY TA'LIM MUASSASASI TALABALARINI KOMMUNIKATIV KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHNING AYRIM JIHATLARI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 3(1), 537-544.

10. Hamrayeva, Oynisa Farxod Qizi (2023). OLIY TA'LIM MUASSASASI TALABALARINI KOMMUNIKATIV KOMPETENTLIGINI

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4), April, 2023

RIVOJLANTIRISHNING AYRIM JIHATLARI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 3 (1), 537-544.

11. Mamaraimova, Z. S. (2021). KO'P TILLILIK MUHITIDA OILAVIY TARBIYA MUNOSABATLARINI TAKOMILLASHTIRISHNING ILMIY-NAZARIY ASOSLARI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(9), 657-665.

12. Sh, M. Z. The social role of folk traditions and rituals multinational people. Pedagogical education and science.-2019.

13. Shafoatovna, M. Z. (2021). Scientific and Theoretical Basis of Factors for Improving Family Education in a Multilingual Environment. World Bulletin of Management and Law, 1(1), 15-16.

14. Shafoatovna, M. Z. Factors That Improve Family Education in a Multilingual Environment. International Journal of Innovations in Engineering Research and Technology, 55-57.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.