INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES
ISSN: 2181-3868 SJIF-2023: 3.812 | ISI: 0.539 | VOLUME 1, ISSUE 6, 2023
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
BARKAMOL AVLOD BOLALAR MAKTABLARI DIREKTORLARINING IQTISODIY KOMPENTENTLIGINI TA'MINLASH
Amanova Farida Ashirboy qizi
Orental unverseti Ta lim menejmentiyo'nalishi magistranti
Annotatsiya: Ushbu maqolada kompetentlik tushunchasi va iqtisodiy kompetentlikning mazmun-mohiyati tahlil. Shuningdek, Barkamol avlod bolalar maktablari direktorlarining iqtisodiy kompetentligini rivojlantirish masalalari muhokama etilgan.
Kalit so 'zlar: kompetentlik, iqtisodiy bilim, iqtisodiy kompetentlik, iqtisodiy faoliyat, iqtisodiy barqarorlik.
https://doi.ore/10.5281/zenodo.7713682
KIRISH
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, yurt istiqboli uchun mas'uliyatni o'z zimmasiga olishga qodir bo'lgan rahbar kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning uzluksiz tizimini doimiy ravishda takomillashtirib borishni talab qilmoqda.
Bugungi kunda zamonaviy Barkamol avlod bolalar maktablari direktorlari nafaqat pedagogika, psixologiya, ma'muriy boshqaruv asoslarini bilishi, balki moddiy, moliyaviy, mehnat resurslari boshqaruvini marketing tahlili asosida tashkil etish, ta'lim muassasasining iste'molchilik, buyurtmachilik, tadbirkorlik kabi turli faoliyatlarida ham iqtisodiy samarali qarorlar qabul qila olishi lozimligi talab etilmoqda.
ADABIYOTLAR SHARHI
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining2019 yil 11 iyuldagi «Oliy va o'rta maxsus ta'lim sohasida boshqaruvni isloh qilish chora-tadbirlari to'g'risida»gi PF-5763-son farmonida zimmasiga yuklatilgan vazifalarni samarali va yuqori professional darajada bajarishga qodir rahbar xodimlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning uzluksiz tizimini tashkil etish, takomillashtirib borish, ularning kasbiy mahorati sifati va darajasini oshirishmuhim vazifa sifatida ta'kidlandi. O'z navbatida kasb-hunar ta'limi sohasida ham rahbar, ham pedagog kadrlarning malakasini oshirish tizimini yangi bosqichga ko'tarish, ularning kasbiy malakasini oshirishning zamonaviy shakllarini hamda muqobil, uzluksiz malaka oshirish tizimini amaliyotga joriy etish dolzarb vazifa sifatida qaralmoqda.
«Kompetentlik» tushunchasi ta'lim sohasigapsixologik ilmiy izlanishlar natijasida kirib kelgan. Psixologik nuqtai nazardan, kompetentlik «noan'anaviy vaziyatlar, kutilmagan hollarda mutaxassisning o'zini qanday tutishi, muloqotga kirishishi, raqiblar bilan o'zaro munosabatlarda yangi yo'l tutishi,noaniq vazifalarni bajarishda, ziddiyatlarga to'la ma'lumotlardan foydalanishda,izchil rivojlanib boruvchi va murakkab jarayonlarda harakatlanish rejasiga egalik» ni anglatadi.
INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES
ISSN: 2181-3868 SJIF-2023: 3.812 | ISI: 0.539 | VOLUME 1, ISSUE 6, 2023
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
Kompetentlik deganda, ko'pincha shaxsning faoliyat yuritishga umumiy qobiliyati va uning kasbiy tayyorgarligida namoyon bo'luvchi bilim va tajribalariga asoslangan integratsiyalashgan sifatlar nazarda tutiladi.
N.A.Muslimov kompetentlik tushunchasinishaxsiy sifatlar to'plami va kasbiy sohaning tayanch talablari sifatida namoyon bo'lishi bilan uning mohiyatini ochib bergan. «Kompetentlik - bu talabaning shaxsiy va ijtimoiyahamiyatga ega kasbiy faoliyatining amalga oshirilishi uchun zarur bo'lgan bilim, ko'nikma va malakalarning egallanishi hamda ularni kasbiy faoliyatda qo'llay olishi bilanifodalanadi».
TADQIQOT METODOLOGIYASI VA EMPIRIK TAHLIL
Shuningdek, professional ta'lim tizimini ilg'or xorijiy tajribalar asosida takomillashtirish, boshlang'ich, o'rta va o'rta maxsus professional ta'lim bosqichlarini joriy qilish orqali mehnat bozori uchun malakali va raqobatbardosh kadrlar tayyorlash hamda mazkur jarayonga ish beruvchilarni keng jalbqilish maqsadida, O'zbekiston Respublikasida Ta'limning xalqaro standart tasniflagichi darajalari bilan uyg'unlashgan yangi ta'lim muassasalari tarmog'i tashkil etilmoqda.
Kasb-hunar ta'limi tizimini tubdan qaytako'rib chiqish, maqsadli, kontrakt va buyurtmalar asosida ta'lim xizmatlarini tashkil etish va rivojlantirish borasida keng ko'lamli ishlar olib borilayotgan bugungikunda innovatsiyalarga nisbatan ochiq, strategik
rejalashtiruvchi, murakkab sharoitda ham oqilona qaror qabul qila oluvchi, iqtisodiy muammolarni o'z vaqtida mustaqil hal eta oladigan, iqtisodiy bilimga ega, tashabbuskor
rahbar xodimlarga talab ortib bormoqda.
Shu bilan birga professional ta'lim muassasalarini mablag' bilan ta'minlash, maqsadli buyurtmalar, o'quvchilarni davlatbuyurtmasi, to'lov-kontrakt, tegishli vazirlik, idoralarning budjetdan tashqari mablag'lari asosida ta'lim xizmatlarini tashkiletish, moliyalashtirish, ta'lim tizimiga grantlar, investitsiyalarni keng jalb etish, mavjud resurslardan samarali va oqilona foydalanish, moliyaviy resusrlar hisob va hisobotlarni elektron vositalar asosidaaxborotlashtirish, davlat xaridlarini tashkil etish, budjetdan tashqari mablag' ishlab topish faoliyatini rivojlantirish va pirovard natijada professional ta'lim muassasalarining iqtisodiy barqarorligini ta'minlash kabi vazifalar boshqaruv xodimlarining
INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES
ISSN: 2181-3868 SJIF-2023: 3.812 | ISI: 0.539 | VOLUME 1, ISSUE 6, 2023
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
iqtisodiy bilim, ko'nikma va malakalariga yangi talablarni yuklab, ularning iqtisodiy kompetentligini rivojlantirishni taqozo etmoqda.
Kompetentlik - shaxsiy sifatlar to'plami bo'lib, muyayyan sohadagi vazifalarni egallangan muhim, doimiyrivojlanib boruvchi kompetensiyalar asosida bajara olish
qobiliyati.
Shuningdek, kompetentilik tushunchasining mohiyatini amaliyotga yo'naltirilgan bilimlar, ko'nikmalar, qobiliyat, xulq atvor kabiintegrlashgan shaxsiy sifatlar to'plami tashkil etar ekan, iqtisodiy kompetentlik tushunchasini quyidagichi izohlashimizga zamin
bo'ldi: «Iqtisodiy kompetenlik - jamiyat rivojlanishiga mos iqtisodiy bilim, ko'nikma, malakalarni doimiy egallab borish qobiliyati bo'lib, turli iqtisodiy vaziyatlarda ularning amaliyotga maqsadli tatbiqi bilan bog'liq shaxsiy rivojlanib boruvchi sifatlar yig'indisidir».
Iqtisodiy kompetentlik va uning tarkibiy qismlari bilan bog'liq masalalar ko'plab tadqiqotchilarning ilmiy izlanishlaridao'rganilgan va tadqiqotlari doirasida u yoki bu darajadagi xulosalar shakllantirilganbo'lsa-da, uning muayyan tarkibiy komponentlariga
quyidagicha izoh beriladi.
Barkamol avlod bolalar maktablari direktorlari iqtisodiy kompetentligining tarkibi bir biriga bog'liqbo'lgan quyidagi komponentlardan iborat:
• motivatsion - jamlangan va yetarlicha barqaror ehtiyojlar tizimi, iqtisodiy faoliyat uchun muhim sabablar, turli iqtisodiy kompetensiyalarga ega bo'lishga qiziqish bilan tavsiflanuvchi;
• kognitiv - asosiy iqtisodiy tushunchalarni ifodalovchi tizim (iqtisodiyot, iqtisodiy qonunlar, talab, taklif, mahsulot), iqtisodiy nazariyalar, tushunchalar, modellar, davlatning iqtisodiy siyosatini olib borishga yondashuvlar, iqtisodiyotning xalqaro muammolari; kasbiy faoliyatda iqtisodiyot asoslari (qonunlar, korxonaning iqtisodiy faoliyati usullari, iqtisodiy rejalashtirish, nazorat va audit va boshqalar).
INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES
ISSN: 2181-3868 SJIF-2023: 3.812 | ISI: 0.539 | VOLUME 1, ISSUE 6, 2023
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
• amaliy - iqtisodiy muammolar va vaziyatlarni hal qilish, iqtisodiy ko'nikma va qobiliyatlar kombinatsiyasiga asoslangan iqtisodiy hisob-kitoblarni olib borish, biznes rejalarni tuzish, buxgalteriya hisobini yuritish, turli xil iqtisodiy vaziyatlarda kasbiy muammolarga iqtisodiy yechim tanlashni amalga oshirish, iqtisodiy faoliyatda axborot texnologiyalaridan foydalanish, fuqarolik iqtisodiy xatti-harakatlariga rioya qilish va boshqalar.
• shaxsiy - bir qator muhim iqtisodiy fazilatlardan iborat: faollik, mustaqillik, ijodkorlik, samaradorlik, mehnatsevarlik,qat'iyatlilik, tashabbuskorlik.
Iqtisodiy kompetentlik tushunchasi bilan yondosh mazmunda, muammo sifatida belgilangan kasb-hunar ta'limi tizimi boshqaruvxodimlarining iqtisodiy kompetentligi negizida qanday sifatlar aks etishi, uningmohiyati, kasb-hunar ta'limi tizimi boshqaruv xodimlari, o'zlarida iqtisodiykompetentlikning qanday sifatlarini yorita olishi zarurligi borasida yuzaga keladigansavollar «kasb-hunar ta'limi tizimi boshqaruv xodimlarining iqtisodiy kompetentligi» tushunchasini mohiyatan tadqiq qilish zaruriyatini belgilaydi.
Barkamol avlod bolalar maktablari direktorlarining zarur kasbiy fazilatlari bilan bir qatorda, turli murakkablik darajasidagi iqtisodiy vaziyatlarni muvaffaqiyatli hal eishga imkon
beradigan kasbiymahoratni biz kasb-hunar ta'lim muassasalari boshqaruv xodimlarining iqtisodiykompetentligi sifatida tahlil qilib, uning mohiyatini aniqlashni zarur deb belgiladik.
Ta'lim muassasasi rahbarining iqtisodiy kompetentligi masalasi muhim omil sifatida ko'plab olimlar tomonidan ilmiy o'rganilgan. Misol tariqasida:
I.I. Juklines o'zining ilmiy ishlarida ta'lim muassasasi rahbarining iqtisodiy kompetentligini quyidagicha ta'riflagan: «Ta'lim muassasasi rahbarining iqtisodiy kompetentligi - shaxsiy sifatlar tavsifi bo'lib, kompetensiyalar tizimidan iborat bo'lgan,
bilimlar, ko'nikmalar, ish tajribalari asosida oqilona iqtisodiy qarorlar qabul qilishga harakatlarni safarbar qilish va rahbarning muayyan iqtisodiy muammolarni hal qilishga
tayyorlik darajasi» [13].
Y.A.Varkinaning ilmiy ishlarida «iqtisodiy kompetentlik - bu shaxsning integrativ sifati bo'lib, maxsus kompetensiyalar (marketing, tadbirkorlik, xujalik-huquqiy) majmui bilan tavsiflanadi shuningdek, egallangan iqtisodiy bilim, ko'nikma va tajribalarni va ma'lum
INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES
ISSN: 2181-3868 SJIF-2023: 3.812 | ISI: 0.539 | VOLUME 1, ISSUE 6, 2023
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
faoliyat usullarini qo'llay olish qobiliyatini aks ettirib, ustuvor qadriyatlar va motivlar bilan tartibga solinadigan doimiy shaxsiy rivojlanish asosida ta'lim muassasasi faoliyatini ta'minlashdir» deb ta'riflangan [14.
XULOSA VA MUNOZARA
Demak, bugungi ijtimoiy-iqtisodiy o'zgarishlar sharoitida, malaka oshirish jarayonlarida professional ta'lim tizimi muassasalarining moliyaviy mustaqilligi va iqtisodiy
samaradorligini ta'minlashga qaratilgan tizim boshqaruv xodimlarining iqtisodiy kompetentligini rivojlantirishdaquyidagi yo'nalishlarga e'tibor qaratilishni maqsadga muvofiq
deb hisoblaymiz:
- professional ta'lim tizimi boshqaruv xodimlarining iqtisodiy faoliyatlari sohasiga oid seminar-treninglar, vebinarlar, boshqaruvning iqtisodiy muammolariga oid konferensiyalar, mustaqil iqtisodiy bilimlarni o'zlashtirish, qisqa muddatli o'quv kurslarini tashkil etish asosida malaka oshirish uzluksizligini ta'minlash;
- bevosita malaka oshirish kurslarida, o'quv dasturlari va tegishli modullar mazmunlarini tizim boshqaruv xodimlarining real iqtisodiy faoliyatlari natijasida yuzaga keladigan o'quv ehtiyojlari va talablariga moslashtirish. Muammoli, keys stadi, loyihaviy metodlar elementlarini o'z ichiga olgan andragogik shuningdek, ilmiy tadqiqotlar natijalariga asosalangan ta'lim jarayonlarini keng joriy etish;
- professional ta'lim tizimi boshqaruv xodimlari malaka oshirish jarayonlarining turli shakllarida, iqtisodiy kompetentlik tarkibini tashkil etuvchi kompetensiyalarni faol o'zlashtirish motivatsiyasini rivojlantirish;
- professional ta'lim tizimi boshqaruv xodimlari iqtisodiy kompetentligini rivojlantirishga qaratilgan maxsus o'quv kurslarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etilishi muhimdir.
ADABIYOTLAR ROYXATI
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 25 yanvardagi «Umumiy o'rta, o'rta maxsus va kasb-hunar ta'limi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbir- lari to'g'risida»gi PF-5313-son farmoni.
2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 3 fevraldagi «O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligining O'rta maxsus, kasb-hunar ta'-limi markazi faoliyatini takomillashtirish to'g'risida»gi PQ-3504-son qarori.
3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 11 iyuldagi «Oliy va o'rta maxsus ta'lim sohasida boshqaruvni isloh qilish chora-tadbirlari to'g'risida»gi PF-5763-son farmoni.
INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES
ISSN: 2181-3868 SJIF-2023: 3.812 | ISI: 0.539 | VOLUME 1, ISSUE 6, 2023
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
4. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 6 sentabrdagi «Professio- nal ta'lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida» gi PF-5812 sonli farmoni.
5. Muslimov N., Usmonboeva M., Sayfurov D., Turaev A. Pedagogik kompetentlik va kreativlik asoslari. - T., 2015. -4-5-b.
6. Mirsolieva M.T. Oliy ta'lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarning tadqiqotchilik kompetentligini rivojlantirish. // «Zamonaviy ta'lim», 2018, 2-son.
7. Muslimov N.A. Kasb ta'limi o'qituvchisini kasbiy shakllantirishning nazariy-metodik asoslari. Diss. ped. fan. dok. - T., 2007. -131-b
8. Qishki I.A. Ta'limga asoslangan yondashuv. // 2018 yil
9. J. Mukamot zamonaviy jamiyatda tengdir. - m .: Kogito markazi, 2012 yil.
10. Choshanov A. moslashuvchan o'rganish texnologiyasining didaktik dizayni. // "Pedagogika", Moskva, 2017, № 2. 21-27.
11. Ovakimyan E.E. Universitet talabalarining iqtisodiy vakolatlarini ishlab chiqish. Avtomani avtoulov. - Chelyabinsk, 2010.
12. Misalov A.Yu. O'rta kasb-hunar ta'limi muassasalari talabalari o'rtasida iqtisodiy vakolatlarni shakllantirish uchun kompyuterni qo'llab-quvvatlash. Muallif. - M., 2013 yil.
13. Juklinklar I.I. Ta'lim muassasalari rahbarlarining uzluksiz ta'lim tizimidagi iqtisodiy vakolatlarning shakllanishi. // Interution materiallari. Ilmiy va amaliy. Balki. - S.-Pb, 19 aprel. 2012-yillar. 186-188.
14. Varkina E.A. Uzluksiz ta'lim tizimidagi ta'lim muassasasi rahbarining iqtisodiy vakolatini shakllantirish. Dissens. Ped. fanlar. - orenburg, 2019 yil. 41.