Ilmiy-nazariy va metodik jurnal ISSN 2992-9024 (online)
Научно-теоретический и методический журнал 2024, №4 (1)
Scientific theoretical and methodical journal
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
Original paper
UMUMIY O'RTA TA'LIM MUASSASALARI FAOLIYATIDA RAHBARLIK USLUBLARI
DIREKTORLARI BOSHQARUV
© G'.S. Qo'ziyev1E
1A. Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti magistranti, Toshkent, O'zbekiston
Annotatsiya
KIRISH: maqolada boshqaruv va boshqaruv jarayoni tushunchalariga tarif hamda rahbarlik faoliyatini rivojlantirish uchun ilmiy amaliy taklif va tavsiyalar berilgan.
MAQSAD: boshqaruv samaradorligi yo'nalishida olib borilgan tadqiqotlar asosan rahbarlik faoliyatining samaradorligini oshirishga yo'naltirilgan bo'lib, ularning ko'pchiligi rahbarlik uslublarini tahlil qilishga qaratilgan. Bular o'z navbatida rahbarlik uslublarini o'rganishga bo'lgan taktik, strategik va turli xil yondashuvlarni tahlil qilish zaruriyatini belgilaydi.
MATERIALLAR VA METODLAR: boshqaruvda rahbarlik uslubi - bu rahbarning bo'ysunuvchilarga nisbatan ta'sir ko'rsatishi va ko'zlangan maqsadga erishishga undashida bo'ysunuvchilar bilan bo'lgan o'zaro munosabatlardagi odatiy harakatlaridir.
MUHOKAMA VA NATIJALAR: bu "ajratib tashla va hukmronlik qil" prinsipiga asoslangan shavqatsizlarcha uslubdir. Bunday uslub garchi bir muncha samarali bo'lsa ham aslida, jamoada muxoliflik, norozilik kayfiyatini shakplantiradi. Bunday uslub ta'sirida inson o'z mehnatidan qoniqmaydi, uning natijalaridan begonalashib qoladi, mehnat unumdorligi pasayadi, ish sifati yomonlashadi, rasmiyatchilik avj oladi, ta'qib kabi illatlarning kuchayishiga yakkahokimlikka intilish sabab bo'ladi.
XULOSA: umumiy holatda boshqaruv faoliyatining uslubi ko'p darajali asoslarni qamrab oluvchi murakkab tizim hisoblanadi. Rahbarlik uslublarini zamonaviy tez o'zgaruvchan sharoitlarda o'zgarishi jamiyatda ijtimoiy-iqgisodiy sharoitlarni o'zgarishi bilan, shuningdek, rahbarning shaxsiy xususiyatlarini yoshiga bog'liq holda o'zgarishi, professional boshqaruv faoliyati ko'nikma va malakalari, shaxsiy rivojlanishining ijtimoiy vaziyati, oilaviy holati, ma'lumoti va boshqa sabablar bilan belgilanadi.
Kalit so'zlar: boshqaruv, rahbar, natija, personal, prinsip, identifikatsiya, ijtimoiy, faoliyat, mas'uliyat.
Iqtibos uchun: Qo'ziyev G'.S. Umumiy o'rta ta'lim muassasalari direktorlari boshqaruv faoliyatida rahbarlik uslublari. // Inter education & global study. 2024. №4(1). B. 86-94.
СТИЛИ РУКОВОДСТВА В УПРАВЛЕНЧЕСКОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ ДИРЕКТОРОВ ОБЩЕОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ УЧРЕЖДЕНИЙ_
© Г.С. ^зиев1Н
^цональный исследовательского институт А.Авлони, Ташкент, Узбекистан_
© intereduglobalstudy.com
2024, ISSUE 4 (1)
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
Аннотаця
ВВЕДЕНИЕ: в статье даны научно-практические предложения и рекомендаци по разработке концепций менеджмента и процессов управления.
ЦЕЛЬ: иследования, проводимые в области эффективности управления, в основном ориентированы на повышение эффективности управленческой деятельности, и большая часть из них ориентирована на анализ стилей лидерства. это, в свою очередь, определяет необходимость анализа тактических, стратегических и различных подходов к изучению стилей лидерства.
МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ: стиль лидерства в управлении - это обычные действия руководителя во взаимодействии с подчиненными по воздействию на подчиненных и мотивированию их на достижение намеченной цели.
ОБСУЖДЕНИЕ И ВЫВОДЫ: это агрессивный стиль, основанный на принципе «разделяй и властвуй». хотя этот метод в некоторой степени эффективен, он создает в коллективе настроение противостояния и недовольства. под воздействием такого метода человек не удовлетворен своей работой, отчуждается от ее результатов, снижается производительность труда, ухудшается качество труда, возрастает формализм, стремление к монополии вызывает увеличение таких пороков, как притеснения.
ЗАКЛЮЧЕНИЕ: в целом стиль управленческой деятельности представляет собой сложную систему, охватывающую многоуровневые основы. изменение стилей лидерства в современных быстро меняющихся условиях с изменением социально-экономических условий в обществе, а также изменение личностных характеристик лидера в зависимости от возраста, профессиональных управленческих навыков и квалификаци, социальной ситуаци развития личности, семьи, детерминированной статусом, образование и другие причины.
Ключевые слова: управление, лидер, результат, персонал, принцип, идентификаця, социальный, активность, ответственность.
MANAGEMENT STYLES OF PRINCIPALS OF GENERAL SECONDARY EDUCATIONAL INSTITUTIONS_
©Gayrat S. Kuziyev1^_
1A. Avloni National Research Institute, Tashkent, Uzbekistan
INTRODUCTION: the article provides scientific and practical suggestions and recommendations for the development of management and management process concepts.
Для цитирования: ^зийев Г.С. Стили руководства в управленческой деятельности директоров общеобразовательных учреждений. // Inter education & global study. 2024. №4(1). C. 86-94.
Annotation
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
AIM: researches conducted in the field of management effectiveness are mainly focused on increasing the effectiveness of management activities, and most of them are focused on the analysis of leadership styles. These, in turn, determine the need to analyze tactical, strategic and different approaches to learning leadership styles.
MATERIALS AND METHODS: leadership style in management is the leader's usual actions in interactions with subordinates in influencing subordinates and motivating them to achieve the intended goal.
DISCUSSION AND CONCLUSIONS: this is an aggressive style based on the principle of "divide and rule". Although this method is somewhat effective, it creates a mood of opposition and discontent in the team. Under the influence of such a method, a person is not satisfied with his work, becomes alienated from its results, labor productivity decreases, the quality of work deteriorates, formalism increases, the pursuit of monopolies causes the increase of evils such as harassment, bullying, groupism.
CONCLUSION: in general, the style of management activity is a complex system covering multi-level foundations. The change of leadership styles in modern rapidly changing conditions with changes in socio-economic conditions in society, as well as changes in personal characteristics of the leader depending on age, professional management skills and qualifications, social situation of personal development, family determined by status, education and other reasons.
Key words: management, leader, result, personnel, principle, identification, social, activity, responsibility.
Boshqaruv samaradorligi yo'nalishida olib borilgan tadqiqotlar asosan rahbarlik faoliyatining samaradorligini oshirishga yo'naltirilgan bo'lib, ularning ko'pchiligi rahbarlik uslublarini tahlil qilishga qaratilgan. Bular o'z navbatida rahbarlik uslublarini o'rganishga bo'lgan taktik, strategik va turli xil yondashuvlarni tahlil qilish zaruriyatini belgilaydi.
R.X.Shakurov rahbarlik uslubini "ma'lum bir sharoitda boshqaruv funksiyalarini amalga oshirish uchun ishlab chiqilgan, ichki o'zgaruvchan xususiyatlargi ega bo'lgan (motivlar, maqsadlar, mazmun, usullar), rahbar faoliyatining mustahkam takrorlab turuvchi o'ziga xos yaxlit tizim, ya'ni uslub - bu faoliyat usullarining o'ziga xos tizimi" deb belgilaydi.
M.Sharifxujayev va Y.Abdullayevlarning ta'rifiga kura, "boshqaruv uslubi - bu boshqaruv jarayonida yuzaga chiqadigan muammolarni hal qilish usullari, yo'llari majmuidir", "boshqaruv usullari - bu xodimlarga va umuman ishlab chiqarish jamoalariga ta'sir ko'rsatish usullari bulib, bu usullar quyilgan maqsadlarga erishish jarayonida mazkur xodimlar va jamoalarning faoliyatini uyg'unlashtirishni nazarda tutadi".
S.S.G'ulomov boshqaruv uslubining aniqlanishi va mazmuni haqida fikr bildirib, uni rahbar faoliyati kabi tavsiflash mumkin, deb quyidagicha asoslaydi: "Boshqaruv uslubi - bu
For citation: Gayrat S. Kuziyev. (2024) 'Management styles of principals of general secondary educational institutions', Inter education & global study, (4(1)), pp. 86-94. (In Uzbek).
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
ish uslublarining tuplami bo'lib, u o'zining faoliyatida ushbu boshqaruv apparatini qo'llaydi. Menejment uslubi - bu rahbarni shaxsiy sifatlarining tuplami, rahbarni qo'l ostidagilar bilan munosabati, rahbarning o'z faoliyatida ishlatadigan uslubi va yo'llari, rahbarning o'ziga bo'ysunuvchilarni amalda bilishidir. Boshqaruv uslubi boshqaruv usulidan kelib chiqadi. Boshqaruv usuli - bu boshqaruv faoliyatini amalga oshiruvchi usul va yullarning tuplamidir".
Boshqaruvda rahbarlik uslubi - bu rahbarning bo'ysunuvchilarga nisbatan ta'sir ko'rsatishi va ko'zlangan maqsadga erishishga undashida bo'ysunuvchilar bilan bo'lgan o'zaro munosabatlardagi odatiy harakatlaridir.
Rahbarlik uslublari quyidagilarga asosan aniqlanadi: qarorlar qabul qilish jarayonida bo'ysunuvchilarning ishtirok etish darajasi; bo'ysunuvchilarning ma'lumotlar va axborotlar bilan ta'minlanishi; rahbar tomonidan qo'llanilayotgan ish uslublari, ya'ni u yoki bu masalani hal qilishda uning o'ziga xos yondashishi.
Qoidaga ko'ra, tadqiqotchilar boshqaruv uslublarini ajratishda uch xil yondashuvga asoslanishadi: rahbarning individual xususiyatlari bilan faoliyatini bog'liqligini ta'minlovchi shaxsiy yondashuvlar; rahbar faoliyatining samaradorlik darajasini belgilovchi harakatlar; faoliyat vaziyatlarini, bo'ysunuvchilar (jamoa), rahbar xususiyatlarini muvofiqlashtiruvchi tizimli yoki vaziyatli yondashuv.
Avtoritar uslub. Avtoritar (direktiv) uslubda rahbar o'z irodasini qo'l ostidagilarga ma'muriy kuch vositasida utkazishga intiladi, ya'ni majburlash, qurqitish, rag'batlantirish va boshqa chora-tadbirlardan foydalanadi. Bu xil boshqaruvchilik bevosita buyruq va farmoyishlar berishga asoslanib, boshliqqa so'zsiz bo'ysunishni taqozo qiladi. Jamoa a'zolarini bevosita muloqotda bo'lishini chegaralab qo'yadi. O'zining nourin harakatlarini tanqid qilinishiga chiday olmaydi. Bunday vaziyatda xodimlarning mehnat jarayoniga munosabatlari, ayrim shaxsning manfaatlari psixologik jihatdan e'tiborga olinmaydi. U o'z xodimlariga ishonmaydi, barcha mavjud axborotlarni o'zi orqali utkazishga harakat qiladi. Bu "ajratib tashla va hukmronlik qil" prinsipiga asoslangan shavqatsizlarcha uslubdir. Bunday uslub garchi bir muncha samarali bo'lsa ham aslida, jamoada muxoliflik, norozilik kayfiyatini shakplantiradi. Bunday uslub ta'sirida inson o'z mehnatidan qoniqmaydi, uning natijalaridan begonalashib qoladi, mehnat unumdorligi pasayadi, ish sifati yomonlashadi, rasmiyatchilik avj oladi, ta'qib, chaqimchilik, guruhbozlik kabi illatlarning kuchayishiga yakkahokimlikka intilish sabab bo'ladi.
Bunda mazkur uslubning turli xil shakli va usullari vujudga keladi: mutloq-diktatorlik shaklida - rahbarning qaror qabul qilishida bo'ysunuvchilar ishtirok etmaydi va u muttasil buyruq berishga, majburlash, qurqitish orqali xodimlarni o'z istaklariga so'zsiz bo'ysundirishga intiladi; avtokratik usul - yakkahokimlik tushunchasini bildiradi, ya'ni xukmronlikni amalga oshiruvchi rahbarning ixtiyorida keng imkoniyat va vakolatlar bo'lishini ko'zda tutib, bu ma'muriy buyruqbozlikka asoslangan boshqaruvning byurokratik turi; bunda rahbar lavozimlarga kura bo'ysunish tartibini norasmiy belgilaydi; rahbar va xodimlar aniq bir o'rnatilgan qoidalar tizimiga bo'ysunadilar; patriarxal yoki matriarxal shaklida rahbar "oila boshlig'i" mavqeidan foydalanish yordamida qarorlar qabul qiladi, qo'l ostidagilarning faoliyati uchun javobgarlikni o'z zimmasiga tuliq olgan holda qabul qilgan
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
qarorlarini tushuntiradi va buyruq beradi; xodimlar unga nisbatan juda katta ishonch bildirishadi va shunga asosan bo'ysunishadi; iltifotli-xarizmatik shakli, bunda rahbar shaxsning o'ziga xos takrorlanmas donolik, xayrixohlik, qahramonlik, mardlik kabi xususiyatlariga asoslangan yuqori darajadagi mavqeidan foydalanadi; xodimlar uning xati-harakatlarini, maqsadlari yo'nalishini o'zaro munosabatlar jarayonida kuzatishadi, shuningdek, uning ijobiy sifatlariga, ichki dunyoqarashiga e'tiqod qilishadi.
Liberal uslub. Liberal (erkin ish yuritish) uslubi rahbarning o'z qarorlarini tavsiyalar ko'rinishida berishi, xodimlarning ishiga kamroq aralashishi bilan tavsiflanadi. Bunda rahbar vositachi sifatida faoliyat ko'rsatadi, xodimlariga keng doirada mustaqillik, to'la erkinlik berish bilan bir qatorda, ularning harakatlariga kam e'tibor beradi va nazoratni sustlik bilan amalga oshiradi. Liberal-rahbar turli xil nizolarni kelib chiqishidan chuchiydi, shuning uchun muassasa faoliyatini, asosiy ishlarni o'z oqimiga tashlab qo'yadi, shuningdek, o'z zimmasiga mas'uliyat olishni yoqtirmaydi. Suiste'molliklarga bevosita yo'l qo'ymasa ham o'zini bilmaslikka soladi, irodasiz, tashabbussiz bo'lib, tashqaridan ko'rsatiladigan ta'sirlarga moyylligi kuchli bo'lganligi sababli yuqoridan yoki quyidan ko'rsatilgan tazyiqlar uni harakatga keltirishi mumkin. Tanqidlarni qabul qiladi, lekin undan xulosa chiqarmaydi, kelishuvchanlik asosida faoliyat ko'rsatadi, ya'ni xodimlar bilan o'zaro munosabatlarni buzmaslik uchun ularning barcha talablarini bajaradi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib ushbu rahbarlik uslubining quyidagi usul va shakllarini ajratib ko'rsatish mumkin: kommunikatsion moyillik - bunda rahbar o'zi qaror qabul qilishga qiynaladi va shunga asosan xodimlarni xabardor qilgandan keyin qaror qabul qiladi. Xodimlar turli xil savollarni berishi, o'z fikrlarini bildirishi mumkin, lekin belgilangan tartib va ko'rsatmalarga amal qilishadi, bu boshqaruvning maslahatli usuli bo'lib, xodimlar o'rtasida aniq axborotlar almashinuvi hamda o'tkazilgan suhbatlardan keyin rahbar qaror qabul qiladi, shuningdek, qabul qilinadigan qaror to'g'risida va muammoning ijobiy echimi bo'yicha xodimlar tomonidan berilgan takliflar asosida qabul qishgagan qarorlar ular tomonidan bajariladi; hamkorlikda qabul qilingan qarorlar asosida boshqaruv - rahbar muammoning echimini topish uchun barcha xodimlarni jalb etadi va bunda muammoni echish tartibini o'zi belgilaydi, shuningdek, o'zining barcha huquqlari va vakolatlarini saqlab qolgan holda xodimlar tomonidan muammoni echimi bo'yicha qaror qabul qilinishiga ruxsat beradi.
Demokratik uslub. Demokratik (kollegial) uslubda rahbar o'z faoliyatini o'zining jamoasi a'zolariga tayangan holda, jamoa fikrini inobatga olib amalga oshiradi. Boshqaruv vakolatlari, faoliyat uchun javobgarlik bo'ysunuvchilar o'rtasida taqsimlanadi. Xodimlarning o'zaro munosabatlarini rag'batlantirish bilan birgalikda ularning bildirgan fikriga quloq soladi, ular bilan maslahatlashadi, ijobiy tomonlarini inobatga olib rag'batlantirib boradi.
Tarbiyaviy munosabatlar - insonlar o'rtasidagi doimiy munosabat (aloqalar) bo'lib, ular inson shaxsini rivojlantirishga, ya'ni mustaqil ma'lumot, mustaqil ta'lim olish va o'zini-o'zi tarbiyalashni shakllantirishga xizmat qiladi, shuningdek, bu boshqaruv jarayonida rahbarlar bilan xodimlar o'rtasidagi munosabatlarda turli shakllarda namoyon bo'ladi, ya'ni rahbarlarning bilimi, muomala va muloqot madaniyati, kiyinishi, gavda harakatlari,
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
boshqaruvchilik qobiliyati, fan-texnika, san'at va tabiatga bo'lgan munosabati hamda qiziqishi xodimlarning faoliyatiga o'z ta'sirini ko'rsatadi.
Rahbar yaratgan yangiliklar, uning ilmiy-ijodiy mehnati, yozgan kitoblari, qo'llanma yoki ilmiy-uslubiy maqolalari o'z jamoasidagi tarbiyaviy munosabatlarni tartibga solib borishda asosiy vositalardan biri sifatada xizmat qilishi mumkin. Ya'ni, ta'lim muassasasi rahbari shaxsan o'zi turli mavzulardagi ilmiy-amaliy konferensiyalarda o'z maqolalari bilan ishtirok etib borsa, maktab kutubxonasini yangi adabiyotlar bilan boyitsa, fan va texnika yangiliklari buyicha o'quv seminarlarini tashkil etib borsagina, jamoaning ilmiy ijodiy faoliyat bilan shug'ullanishlari uchun zaruriy sharoit yaratadi, shu bilan bir qatorda ukituvchilarning o'z ustida ishlashi, bilim, tajriba va kunikmalarni rivojlantirib borishlarini talab qiladigan ijodiy muhitning vujudga kelishiga zamin yaratgan bo'ladi.
Mazkur uslubda faoliyat ko'rsatuvchi rahbar tashabbuskorlikni rag'batlantiradi, barcha bilan samimiy munosabatda bo'ladi, o'z mavqei ustunligini bildirmaydi, hamkorlik uchun qulay vaziyatni yaratadi, qo'l ostidagilarga qarorlar qabul qilishda ishtirok etish imkonini beradi, ular tomonidan bildirilgan tanqidga tug'ri munosabatda bo'ladi hamda turli xil vaziyatlarni inobatta olgan holda yondashuvlarni amalga oshiradi.
Bunday rahbarlik uslubini takomillattirish yo'nalishida quyidagi bir necha usul va shakllarni ajratib ko'rsatish mumkin: a) innovatsiya orqali boshqaruv, bu faoliyat yo'nalishida xilma-xil tashabbuslar va yangiliklarni o'z ichiga oluvchi, ta'limni rivojlanishiga xizmat qiluvchi innovatsiyalarni ishlab chiqish talablarini belgilaydi; b) maqsad yo'nalishidagi topshiriqlar orqali boshqaruv - bu usuldagi boshqaruv birinchi o'rinda barcha bo'g'inlar bo'yicha pog'onaviylik asosida maqsadga erishish yo'nalishida vazifalar belgilaydi, ma'lum bir belgilangan tartib va rejaga hamda tekshiruvlar tahliliga, erishilgan yutuqlarga asoslangan holda maqsadga erishish metodlari va yo'llarini belgilashda erkinlik beradi; v) xodimlarning aloqadorligi orqali boshqaruv - maqsadni shakllantirish, shuningdek, uni amalga oshirish va ta'minlash jarayonida xodimlarni ishtirokini ta'minlash; g) kelishilgan maqsad orqali boshqaruv - bu boshqaruv maqsad yo'nalishidagi oshpiriqlar va xodimlarning aloqadorligi orqali boshqaruvlarning o'zaro birikkan shakli bo'lib, erishish zarur bo'lgan maqsadlarni belgilashda xodimlar ishtirok etishadi va joriy maqsadlarga erishish yo'nalishlari kelishiladi; d) tizim orqali boshqaruv - muassasani ko'pgina vertikal va gorizontal tuzilgan boshqarish shakllariga ega ekanligidan kelib chiqib, boshqaruv amalga oshirilayotgan jarayonlarni umumiy nazorat qilishga e'tibor qaratadi. Muassasa tashqi tuzilishiga ko'ra ochiq, dinamik, alohida kompleks va bir butun tizim hisoblanadi.
Bu tushunchalar quyidagi belgilarga asosan farqlanadi: boshqaruv maqsadlari; moslashtirilgan boshqaruv axboroti; nazorat standarti; tez va aniq teskari aloqa; nazorat axboroti (yaxlit tizimga kiritilgan alohida aniqlangan axborotlar tizimi bilan chekli chetga chiqishlar tug'risidagi axborot; ta'lim-tarbiya jarayoni, egiluvchan va tizimlashtirilgan fikr); natija muljali orqali boshqaruv-bunda natijaga erishishning aniq yo'llarini belgilash birinchi o'ringa qo'yiladi. Bu loyiha aniq reja asosida vazifalar belgilash, nazorat tizimi, rag'bat va topshiriqlarni talab qiladi; topshiriqlarni taqsimlash orqali boshqaruv - mustaqil ishlash imkoniyatiga, qobiliyatiga, huquqlariga ega bo'lgan hamda mas'uliyatni his qiladigan va
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
javobgarlikni o'z zimmasiga oladigan xodimlar va shaxslar o'rtasida topshiriqlarning taqsimlanishi; muammoni hal qilish qoidalari orqali boshqaruv - bunda toptshiriqlarni taqsimlash bilan birgalikda turli xil masalalarni hal etish usullarini, umumiy maqsadga erishish yo'nalishlarini o'z ichiga oladi; motivlashtirish orqali boshqaruv - xodimlarning individual talablariga, ehtiyojlariga mos keladigan rag'batlarni tashkil etish orqali boshqarishni ko'zda tutadi; muvofiqlashtirish orqali boshqaruv tizimning turli bug'inlari bilan kelishuvlar asosida nizolarni kelib chiqishini kamaytirish; jarayonni o'zlashtirish orqali boshqaruvda rahbarning harakatlari aniq bevosita ta'sir ko'rsatish va nazorat qilishlari orqali ajralib turadi; shaxsiy rivojlanish orqali boshqaruv - bu boshqaruv turida shaxsning rivojlanishiga alohida ahamiyat beriladi, rahbar va xodimlarni o'z ustida ishlashi, shug'ullanipga faoliyatni yuqori darajada tashkil etishga xizmat qiladi.
A.Tuxtaboyev rahbarlik uslubi - ma'muriy boshqaruv jarayonida rahbar tomonidan foydalaniladigan xatti-harakatlar, yo'l-yo'riqlar va alohida harakatlarning xususiyatli tomonlaridir, deb ta'riflaydi va uning fikricha, rahbar shaxsi orqali aniqlanadigan turli uslublar quyidagi omillar asosida shakllanishi mumkin: rahbarning ishga bo'lgan jonkuyarligi asosida: rahbarning odamlarga bo'lgan g'amxo'rligi asosida.
Boshqaruv faoliyati asosan innovatsion jarayonlar natijasida rivojlanadi. Adabiyotlarda innovatsiya bo'yicha juda ko'p tushunchalar keltirilgan. Masalan, uning mazmun va mohiyati, ichki tuzilishiga ko'ra texnikaviy, iqtisodiy, tashkiliy, boshqaruv va boshqa innovatsiya turlariga ajratilgan. Innovatsiyaning belgilari sifatida, uning ko'lami (global va lokal ko'lami), hayotiy davrining o'lchamlari (bosqichlarga ajratish va taxlil qilish), amaliyotga tatbiq etish jarayoni qonuniyatlari ajratib ko'rsatilgan.
B.Santoning fikricha, innovatsiya - bu g'oyalarni amaliyotga tatbiq etish orqali tarkibiy tuzilishiga ko'ra yangi mahsulotlar, texnologiyalar ixtiro qilish bo'lib, ijtimoiy (texnik-iqtisodiy) jarayon hisoblanadi.
Innovatsiya tushunchasiga berilgan turli xil ta'riflarning tahliliga ko'ra, innovatsiyaning o'ziga xos mazmuni o'zgarishlarni tashkil etadi, innovatsion faoliyatning asosiy funksiyasi o'zgartirishdan iborat degan xulosa kelib chiqadi. Ba'zida innovatsiya jarayon sifatida ko'rib chiqiladi. Bunda yangiliklar kiritishning rivojlanishi vaqtga bog'liq bo'lib, u aniq ifodalangan bosqichlarga ega deb ko'rsatiladi.
Mamlakatimiz olimlari Sh.Qurbonov, E.Seytxalilov, M.Quronov, R.Ahlidinov va I.Majidovlar ta'lim makonidagi xilma-xil tashabbuslar va yangiliklarning to'planishi va shaklini o'zgartirishi tamoyillarida o'z ifodasini topuvchi, ta'limni rivojlantirishning muhim unsuri sifatida quyidagicha ta'riflaydi.
Innovatsiyalar - xilma-xil tashabbuslar va yangiliklar asosida vujudga keladigan ta'lim evolyusiyasi uchun istiqbolli bo'ladi hamda uning rivojlanishiga, shuningdek, ancha keng multimadaniy ta'lim makonining rivojlanishiga ijobiy ta'sir ko'rsatadigan aktual ahamiyatli va o'zi tizim hosil qiladigan yangi narsalardir. Ta'limni rivojlantirishning innovatsion mexanizmlari quyidagilarni o'z ichiga oladi: barcha ta'lim muassasalari va tuzilmalarida ijodiy muhit yaratish, ilmiy va pedagogik hamjamiyatda tashabbuslar va yangiliklarga qiziqish paydo qilish; turli yangi narsalarni qabul qilinishi va amal qilishi uchun ijtimoiy-
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
madaniy va moddiy (iqtisodiy) sharoitlar yaratish; izlanuvchan ta'lim tizimlarini hamda ularni har tomonlama qo'llab-quvvatlash mexanizmiarini yaratish; eng istiqbolli yangiliklar va mahsuldor loyihalarni real amal qilib turgan ta'lim tizimlariga integratsiyalash hamda to'plangan innovatsiyalarni doimiy amal qiladigan izlanuvchan va eksperimental ta'lim tizimlari rejimiga o'tkazish.
Biz boshqaruvni sub'ektning maqsadlariga taxminan mos keluvchi tashkiliy tizimning o'zgarishi, ya'ni murakkab, ko'p darajali jarayon sifatida izohlashda quyidagi bir qator xususiyatlarni innovatsiyalarga xos xususiyatlar deb hisoblaymiz: dialektiklik, davriylik, asoslanganlik darajasi, ixtiloflilik, ahamiyatlilik, tavakkalchilik, rahbarlik uslublarini tavsiflash qobiliyati, vaziyatga aloqadorlilik, tarkibiy tuzilishga egaligi (strukturaviylik), innovatsion harakatlar strategiyasini shakllantirish imkoniyati, boshqaruvchanlik, ijtimoiy mo'ljallanganlik, insonlarning qiziqishi bo'yicha tabaqalashtirish qobiliyati, innovatsiyalarni sub'ekt tomonidan qabul qilinishi.
Dialektiklik - bu innovatsiyalarning rivojlanish jarayoni bo'lib, uning me'yoriy asoslarini sekin-asta, bosqichma-bosqich yangilanib borish jarayoni bilan tavsiflanadi. Innovatsiyalar mavjud urf-odat, an'analar bilan ijodiy ziddiyatlarni vujudga keltiradi va ular asosida amalga oshiriladi hamda rivojlantiriladi. Bu tizimning uzluksizligi muassasaning innovatsion rivojlanish ko'rsatkichini belgilaydi.
Innovatsiyaning davriyligi insonlar ongida muhim ahamiyatga ega bo'lgan madaniy an'analarni kasbiy bilim va tushunchalarni maqsadga muvofiq holda, sekin-asta almashinib borishida tasdiqlanadi. Chunki, mustahkam o'rnashib kolgan tushunchalar, fikrlar, idrok va xulq-atvorning birdaniga o'zgarishi insonning shaxsiy xislatlariga salbiy ta'sir ko'rsatishi va uning ma'naviy-axloqiy, o'zini-o'zi anglash asoslarini buzilrshgiga olib kelishi mumkin.
Innovatsiyalarning boshqaruvchanligi yangiliklarni tatbiq etishda tashkiliy vaziyatlarni rivojlantirishning dasturlashtirish imkoniyatlariga bog'liq bo'ladi.
Innovatsiyalarning ijtimoiy mo'ljallanganligi individual maqsadlarni va vazifalarni tashkiliy tizimning maqsadi va vazifalari bilan muvofiqlashtirish asosida innovatsion jarayon sub'ektlarining o'zini-o'zi rivojlantirishi, shaxsiy rivojlanish istiqbollarini belgilaydi.
Innovatsiyalarning insonni qiziqishi bo'yicha tabaqalashtirish qobiliyati - alohida individ va guruhlar uchun innovatsiyaning turli xil munosabatlari mavjud. Ma'lum bir xodimlar tomonidan qo'shimcha imkoniyatlarni olinishi boshqa xodimlarning imkoniyatlarini kamayishiga olib keladi va bu o'z navbatida yangiliklarni qabul qilish uchun aniq tartib o'rnatishga o'z ta'sirini ko'rsatadi.
Innovatsiyalarni sub'ekt tomonidan qabul qilinishi - shaxs tomonidan ma'lum bir yangiliklarni qabul qilinishi mavjud harakatdagi tizimning o'ziga xos xususiyatlariga qay darajada mos kelishiga hamda imkoniyatlarni shakllantirishda sub'ektning holatini yaxshi yoki yomon tomonga o'zgartirishiga bog'liq bo'ladi.
Yuqorida sanab utilgan sifatlarning ahamiyati boshqaruv yangiliklarini ijtimoiy-madaniy va ijtimoiy-psixologik tizimlarning bir butunligi sifatida yangi ishlab chiqarish hayotiga mos- lashuvchan, o'zini- o'zi yangilovchi mexanizm ekanligini tavsiflaydi.
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
Shunday qilib, boshqaruv faoliyati yo'nalishida amalga oshirilgan tahlillar va uning mazmun va mohiyatiga asoslanib quyidagi xulosalarga kelish mumkin.
Boshqaruv faoliyatining samarali uslublarini shakllantirishda rahbarning shaxsiy xususiyatlari, uning ma'lumoti, kasbiy malakasi, yoshi, sog'ligi muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda muhim ahamiyatga ega bo'lgan o'zaro bog'liqliklar mavjud: boshqaruv faoliyatining uslubiy xususiyatlari bilan rahbarning boshqaruv faoliyatining asosini tashkil etuvchi tushunchalarning komponentlari, uning boshqaruv faoliyatining sub'ektiv modeli, xodimlarning shaxsiy xususiyatlari, samarali boshqaruv modellari o'rtasidagi bog'liqlik; samarali boshqaruv faoliyatining sub'ektiv modeli bilan rahbarlar boshqaruvning maqsadi va vazifalarini tushunishi, ularning boshqaruv faoliyati holatlarini o'zgartirishga ta'sir ko'rsatuvchi muhitni o'zaro bog'liqligi; rahbar shaxsining individual-psixologik xususiyatlari bilan boshqaruv faoliyatining sub'ektiv modeli, boshqaruv vaziyatlarini belgilash, rahbar amalga oshirayotgan boshqaruv uslublari o'rtasidagi bog'liqlik.
Umumiy holatda boshqaruv faoliyatining uslubi ko'p darajali asoslarni qamrab oluvchi murakkab tizim hisoblanadi. Rahbarlik uslublarini zamonaviy tez o'zgaruvchan sharoitlarda o'zgarishi jamiyatda ijtimoiy-iqgisodiy sharoitlarni o'zgarishi bilan, shuningdek, rahbarning shaxsiy xususiyatlarini yoshiga bog'liq holda o'zgarishi, professional boshqaruv faoliyati ko'nikma va malakalari, shaxsiy rivojlanishining ijtimoiy vaziyati, oilaviy holati, ma'lumoti va boshqa sabablar bilan belgilanadi. Bunda boshqaruv faoliyatining maqsadi, mazmun va mohiyatini rahbar tomonidan o'ziga xos tushunishi hamda o'zining va muassasaning maqsad va vazifalariga munosabatlari o'z ifodasini topadi.
ADABIYOTLAR RO'YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES
1. Turg'unov S.T. Umumiy o'rta ta'lim muassasalari direktorlari boshqaruv faoliyatining nazariy asoslari 2006.
2. Xojiyev E. Davlat va jamiyat boshqaruvining huquqiy asoslari. // Toshkent. -"Yangi kitob", 2017.
3. Xolov A. Boshqaruv qarorlari ijrosini ta'minlashda rahbar mas'uliyati. // -Toshkent: "Akademiya", 2014.
4. Boymurodov N. Rahbar psixologiyasi. - Toshkent, -"Yangi asr avlod" 2016.
5. Salimov O., Quronboyev Q., Bekmurodov M., Tangriyev L. Boshqaruv hikmati.// -Toshkent: G'afur G'ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, "Ta'lim" nashriyoti, 2018.
MUALLIF HAQIDA MA'LUMOT [ИНФOРМATSIЯ ОБ АВТОРЕ] [AUTHORS INFO]
HQoÉziyev G'ayrat Sobitovich, o'qituvchi [Кузийев Гайрат Собитович, педагог.], [Gayrat S. Kuziyev teacher]; manzil: O'zbekiston, 190111, Toshkent shahar, Olmazor tumani, Ziyo ko'chasi 6-uy [адрес: Узбекистан, 190111, улица Зия, 6, Алмазарский район, город Ташкент], [address: Uzbekistan, 117036, Ziya street 6, Almazor district, Tashkent city]; [email protected]