Научная статья на тему 'TAʼLIM TIZIMI RAHBARLARNING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK KOMPETENTLIGINI SHAKLLANISHIGA OID NAZARIY-METODOLOGIK YONDASHUVLAR'

TAʼLIM TIZIMI RAHBARLARNING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK KOMPETENTLIGINI SHAKLLANISHIGA OID NAZARIY-METODOLOGIK YONDASHUVLAR Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
335
61
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
umumtaʼlim tizimini takomillashtirish / boshqaruvchanlik / rahbarga xos sifatlar / ijtimoiy-psixologik kompetentlik / shakllanish / nazariy-metodologik yondashuvlar. / совершенствование системы общего образования / менеджмента / лидерских качеств / социально-психологической компетентности / формирования / теоретико-методических подходов.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Shonazarov Asror Maxmaisoyevich

Ushbu maqolada taʼlim tizimi rahbarlarning ijtimoiy-psixologik kompetentligini shakllanishiga oid nazariy-metodologik yondashuvlarni mazmun-mohiyati tahliliy yoritib berilgan bo‘lib, bunda asosan boshqaruv jarayonlarini yana-da takomillashtirish va samaradorligini oshirishga qaratilgan masalalarni ilmiy asoslab berish nazarda tutilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ТЕОРЕТИЧЕСКИЕ И МЕТОДОЛОГИЧЕСКИЕ ПОДХОДЫ К ФОРМИРОВАНИЮ СОЦИАЛЬНО-ПСИХОЛОГИЧЕСКОЙ КОМПЕТЕНТНОСТИ ЛИДЕРОВ СИСТЕМЫ ОБРАЗОВАНИЯ

В данной статье аналитически объяснены содержание и сущность теоретико-методологических подходов к формированию социально-психологической компетентности руководителей образовательной системы, и она призвана, главным образом, обеспечить научное обоснование вопросов, направленных на дальнейшее совершенствование и повышение эффективности управленческих процессов.

Текст научной работы на тему «TAʼLIM TIZIMI RAHBARLARNING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK KOMPETENTLIGINI SHAKLLANISHIGA OID NAZARIY-METODOLOGIK YONDASHUVLAR»

Shonazarov Asror Maxmaisoyevich,

Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti "Psixologiya" kafedrasi dotsenti vazifasini bajaruvchi, psixologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD)

TA LIM TIZIMI RAHBARLARNING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK KOMPETENTLIGINI SHAKLLANISHIGA OID NAZARIY-METODOLOGIK YONDASHUVLAR

UO'K: 159.9

DOI: 10.34920/SO/VOL_2023_ISSUE_9_5

SHONAZAROV А.М. TA LIM TIZIMI RAHBARLARNING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK KOMPETENTLIGINI SHAKLLANISHIGA OID NAZARIY-METODOLOGIK YONDASHUVLAR

Ushbu maqolada ta'lim tizimi rahbarlarning ijtimoiy-psixologik kompetentligini shakllanishiga oid nazariy-metodologik yondashuvlarni mazmun-mohiyati tahliliy yoritib berilgan bo'lib, bunda asosan boshqaruv jarayonlarini yana-da takomillashtirish va samaradorligini oshirishga qaratilgan masalalarni ilmiy asoslab berish nazarda tutilgan.

Tayanch so'z va tushunchalar: umumta'lim tizimini takomillashtirish, boshqaruvchanlik, rahbarga xos sifatlar, ijtimoiy-psixologik kompetentlik, shakllanish, nazariy-metodologik yondashuvlar.

ШОНАЗАРОВ А.М. ТЕОРЕТИЧЕСКИЕ И МЕТОДОЛОГИЧЕСКИЕ ПОДХОДЫ К ФОРМИРОВАНИЮ СОЦИАЛЬНО-ПСИХОЛОГИЧЕСКОЙ КОМПЕТЕНТНОСТИ ЛИДЕРОВ СИСТЕМЫ ОБРАЗОВАНИЯ

В данной статье аналитически объяснены содержание и сущность теоретико-методологических подходов к формированию социально-психологической компетентности руководителей образовательной системы, и она призвана, главным образом, обеспечить научное обоснование вопросов, направленных на дальнейшее совершенствование и повышение эффективности управленческих процессов.

Ключевые слова и понятия: совершенствование системы общего образования, менеджмента, лидерских качеств, социально-психологической компетентности, формирования, теоретико-методических подходов.

SHONAZAROV А.М. THEORETICAL AND METHODOLOGICAL APPROACHES TO THE FORMATION OF SOCIAL-PSYCHOLOGICAL COMPETENCE OF THE LEADERS OF THE EDUCATIONAL SYSTEM

In this article, the content and essence of theoretical-methodological approaches to the formation of the social-psychological competence of the leaders of the educational system are analytically explained, and it is mainly intended to provide a scientific basis for issues aimed at further improving and increasing the effectiveness of management processes.

Key words and concepts: improving the general education system, management, leadership qualities, social-psychological competence, formation, theoretical-methodological approaches.

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 9 (130)

Kirish. Tarixiy taraqqiyotning barcha bosq-ichlarida sifatli boshqaruvga va ta'lim sohasini riv-ojlanishiga muhtojlik sezilgan. Ta'lim tizimini rivo-jlanishi har qanday sohani ravnaq topishiga olib keladigan muhim bo'lgan sohalardan biri hisob-lanadi. Chunki azal-azaldan davlat va jamiyatning barcha tarmoqlari, sohalari hamda yo'nalishlarni rivojlanishning asosi bo'lgan ta'lim tizimiga e'tibor qaratib kelinganligi sababli mamlakatimizdan buyuk-buyuk olimlar, yozuvchilar, allomalar, muta-fakkirlar, sarkardalar yetishib chiqib asrlar osha milliy qadriyatlarimiz, an'analarimiz va urf-odatlar-imizni dunyo hamjamiyati oldida yorqin namuna sifatida ko'rsata olganlar.

Ilm-fan va zamonaviy texnologiyalar taraqqiy etib rivojlangan sari yuqori darajadagi kompetent-likka ega bo'lgan ta'lim tizimi rahbarlariga ehtiyoj tug'iladi albatta. Ayni paytda ta'lim tizimini yanada takomillashtirish uchun har tomonlama boshqaru-vchvnlik qobiliyatiga ega rahbar kadrlarni tayyor-lab ularni boshqaruv jarayonlariga jalb qilish tadq-iqot mavzusini jamiyat hayoti uchun naqadar dol-zarb mavzu ekanligidan dalolat beradi.

Muammoning o'rganilganlik darajasi. Boshqaruv psixologiyasi, ta'lim tizimini boshqar-ish muammolari O'zbekistonlik va xorijiy izlanu-vchilarning ko'plab tadqiqotlari predmeti bo'lgan. Boshqaruv jarayonlarini o'ziga xos psixologik xususiyatlari ko'plab Sharq mutafakkirlari tomoni-dan o'rganilgan Xususan, bu boradagi fikrlar Abu Ali ibn Sino asarlarida rivojlantirildi. Ibn Sino rahbar xalqsiz bo'la olmaganidek, xalq ham rahbar-siz bo'la olmaydi, deb hisoblaydi. U o'zining «Uy xo'jaligi to'g'risida» gi traktatida boshqaruv ilmiga alohida to'xtalib, uni insondan juda katta aql, iroda va mehnat talab etuvchi juda muhim ilm deb hisoblaydi. «Insonlar jamoa bo'lib, yashashlari uchun o'zaro muloqotda, turli munosabatda bo'lishlari, bir-birlarining ehtiyojlarini qondirish uchun xiz-mat qilishlari va umumiy intilish, maqsadga ega bo'lishlari lozim"1.

Mamlakatimizda bu yo'nalishda bir qaror psixolog olimlar tomonidan o'rganilgan xususan, G'.B.Shoumarov rahbar o'z qo'l ostidagi xodimlar

1 Ruziyev Z.R. Fuqarolar o'zini o'zi boshqarish organlarining vakolatlari. Monografiya // Mas'ul muharrir: yu.f.d., prof. Sh.IJalilov. - Toshkent. Istiqlol nuri, 2016. -332 b.; Алишер Гаффарович Муминов. Узбекистонда таълим тизими: х,олати ва истикболлари // Academic research in educational sciences. 2022. №TSTU Conference 1. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/zbekistonda-talim-tizimi-olati-va-isti-bollari (дата обращения: 11.11.2023).

bilan asosan uch xil maqsadda muloqotga kiri-shadi, ya'ni buyruq, ko'rsatma berish, nimanidir taklif qilish, maslahat berish uchun; topshiriqning bajarilganligi haqida «qaytar» (nazorat maqsadida) ma'lumot olish uchun; xodimlarning topshiriqni qanday bajarganligini baholash uchun boshqaruv muloqotiga kirishadi2.

Mamlakatimizning yetakchi olimlaridan E.G'oziyev mazkur muammoga ko'p qirrali yon-dashishga intiladi. Olim boshqaruv sohasidagi tadqiqotlarida munosabatlar psixologiyasi, jamoa rahbarining nufuzi, rahbar tipologiyasi, rahbarning maxsus qobiliyatlari, boshqaruv qarorini qabul qilish va boshqalar bo'yicha qimmatli ma'lumotlarni to'plagan. Uning boshqaruv psixologiyasi faniga qo'shgan hissasi - bu rahbar tipologiyasi va rah-barlik uslublari mohiyati, majmuasi atroflicha tahlil qilganligidir3.

Oliy ta'lim muassasasi o'rta bo'g'in rahbar-lari psixologik kompetentligini modellashtirish masalasi O.E.Hayitov tomonidan tadqiq etilgan. O.E.Hayitov rahbar psixologik kompetentligin-ing professional, ijtimoiy-kommunikativ, ijtimoiy-informatsion, kognitiv, uslubiy-maxsus, ijtimoiy-madaniy, autopsixologik komponentlarini ijtimoiy-psixologik fazilatlar va kasbiy sifatlarni klasterlash asosida takomillashtirgan, rahbarlarda psixologik kompetentlik reprezentatsiyasining differensial ko'rinishlarini tahlil qilib bergan4.

Boshqaruv jarayonini samarali tashkil etish bo'yicha ko'plab xorijiy mamlakatlarning olim-lari tomonidan rahbarga xos xislatlar, boshqaruv uslublari, ta'lim muassasasi rahbarlari va pedago-glarining ijtimoiy-psixologik kompetentligiga doir muammolari, ta'limdagi o'rta bo'g'in rahbarlarin-ing kompetentligi masalalari tadqiq etilgan.

Psixologiyada boshqaruv faoliyati va uni tashkil etish masalalarini ilmiy o'rganish F.U.Teylor nomi bilan bog'liqdir. Uning "Menejment" asari boshqaruv faoliyatidagi ko'pgina masalalarga oydinlik kiritib berdi Xususan, mazkur asarda rah-barlik faoliyatining asosiy tamoyillari ilmiy asoslab berilgan. Unga ko'ra, rahbariyat tashkilotning turli bo'g'inlarida ish samaradorligini oshirish metod-

2 Shoumarov G'.B. Rahbar shaxsiga qo'yilgan talablar. - T.: Fan va texnologiyalar, 2003. - 54 b.

3 G'oziyev E.G'. Sotsial psixologiya: O'quv qo'llanma. - T.: O'zMU, 2012. -328 b.

4 Hayitov O.E. Oliy ta'lim muassasasi o'rta bo'g'in rahbarlari psixologik kompetentligini modellashtirish. Psixologiya fanlari doktori dissertatsiyasining avtoreferati. - Toshkent: TDPU, 2020. - 78 b.

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 9 (130)

larining asosini yarata bilishi, xodimlarni iqti-dorini aniqlay olish va xodimlarga mas'uliyatli ish-larni teng taqsimlashi, jamoa bilan hamkorlikdagi faoliyatni amalga oshirishi lozim. Ta'lim tizimini boshqarishda ham xuddi shu tamoyillarga amal qilish ta'lim sifatini ortishiga xizmat qiladi1.

Shu o'rinda ta'kidlash kerakki, boshqaruv psixologiyasi masalalari, ta'lim tizimini boshqar-ish, rahbar shaxsiga qo'yiladigan talablar chuqur tadqiq etilganligi bilan bir qatorda rahbarlarga xos ijtimoiy-psixologik kompetentlik tushunchasiga ham ta'riflar berilgan.

Kompetentlikni shaxsning o'z kasbiy malaka va tajribalarini amaliy faoliyatda samarali qo'llashga bo'lgan qobiliyati sifatida izohlovchi ta'riflar2.

G.S.Suxobskaya esa rahbar xodimning ijtimoiy-psixologik kompetentligi jamoa bilan hamkorlikdagi faoliyatini yo'lga qo'ya olishi bilan bog'liq bilim, ko'nikma va malakalarida kuzatiladi, degan fikrni bildirgan3.

Tadqiqotning maqsadi umumta'lim tizimi rahbarlarining ijtimoiy-psixologik kompetentligini takomillashtirish orqali davlat va jamiyat manfaat-lariga mos keladigan rahbar-xodimlarni lavozimga tayinlash orqali samarali boshqaruvga erishish.

Umumta'lim tizimi rahbarlarining ijtimoiy-psix-ologik kompetentligini asoslovchi xususiyatlarini amaliyotga joriy etishda tadqiqotning ilmiy yan-giligi muhim hisoblanadi va ular quyidagilarda o'z aksini topadi:

• umumiy o'rta ta'lim maktab direktor-lari ijtimoiy-psixologik kompetentlik darajasin-ing reprezentatsiyasi rahbarlarning o'z faoliyatini rejalashtirish, jamoaviy maqsadga intiluvchanlik, jamoa faoliyatini tashkillashtirish xususiyatlarini differensiallashtirish hamda shaxslararo muno-sabatlarda bir-birini to'g'ri idrok qilish, "rahbar-pedagogik jamoa-xodim" munosabatlari tizimida refleksiv empatiya va konstruktiv muloqot strate-giyasini qo'llash asosida aniqlangan;

• ta'lim sohasidagi rahbar xodimlar ijtimoiy-psixologik kompetentligini tizimlashtirish imkoni-yati maktab direktorlaridagi ijtimoiy vaziyatga

1 Шепель B.M. Управленческая психология. - M.: Экономика, 1994. - 248 с.

2 Исмагилова Ф.С., Зеер Э.Ф., Чашанов М.А. Основы профессионального консультирования I науч. ред. Э.Ф. Зеер. - М.: Воронеж, 2005. - 251 с.

3 Сухобская Г.С. Директор школы как андрагог и психолог II Управление - деятельность профессиональная. Сб. статей I Под ред. В.Ю. Кричевского. - СПб.: Речь, 2001. - 47 с.

yo'nalganlik, ijtimoiy persepsiya, xodimlarning emotsional holatini to'g'ri baholay olish, empatiya, muloqotdagi refleksiya xususiyatlarini, emotsional-ijtimoiy savodxonligini, konstruktiv muloqot moti-vatsiyasini oshirish asosida optimallashtirilgan;

• ijtimoiy-psixologik kompetentlikni ifo-dalovchi rahbar-xodim munosabatlari tizimida boshqaruv bilan bog'liq ijtimoiy vaziyatga yo'nalganlik, pedagogik jamoada shaxslarning bir-birini tushunishi, shaxslararo munosabat-larda direktorning xodimga interaktiv ta'sir eta olish xususiyatlari va boshqaruvdagi qarorlarni qabul qilish uslubi orasidagi aloqadorlik shaxs-ning integrativ xususiyatlarini klasterlash asosida aniqlashtirilgan;

• pedagogik jamoada rahbar-xodim munosabatlari psixologik imkoniyatlari umumiy o'rta ta'lim maktab direktorlarining ijtimoiy-psixologik kompetentligini oshirishga qaratilgan "Rahbar ijtimoiy-psixologik kompetentligini rivojlantirish" nomli treninglar majmuini qo'llash, ijtimoiy persepsiya hamda refleksiv empatiyaga asoslangan hamkorlikdagi faoliyat motivini barqarorlashtirish asosida rivojlantirilgan.

Yuqorida keltirib o'tilgan tadqiqotning ilmiy yangiligi har jihatdan mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan umumta'lim tizimini yanada rivojlan-tirishga xizmat qiladi va rahbar-xodim, pedagog-jamoaning o'zaro munosabatlarini yanada tako-millashuviga olib keladi.

Yuqoridan keltirib o'tilgan mavzuning dolzar-bligi va maqsadidan kelib chiqib ilmiy tadqiqotni vazifalari belgilab olindi. Unga ko'ra ilmiy tadq-iqot doirasida hal etilishi lozim bo'lgan muammo-larni tahlil qilish; rahbar shaxsi ijtimoiy-psixologik kompetentligini shakllanishiga oid nazariy-met-odologik yondashuvlarni yoritib berish; rahbarga xos bo'lgan samarali boshqaruv faoliyatini tahliliy tavsiyalar va xulosalar asosida boyitish.

Tadqiqotning obyekti sifatida umumiy o'rta ta'lim maktablari direktorlarining ijtimoiy-psix-ologik kompetentligini takomillashtirish jarayoni bo'lib, A.Avloniy nomidagi xalq ta'limi tizimi rahbar va mutaxassis xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti, Samarqand viloyati xalq ta'limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularn-ing malakasini oshirish hududiy markazi, Toshkent viloyati xalq ta'limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish xududiy markazining 412 nafar tinglovchilari tashkil etdi.

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 9 (130)

Tadqiqotning predmeti umumiy o'rta ta'lim maktablari direktorlarining ijtimoiy-psixologik kompetentligini shakllanishi, rivojlanishi va nam-oyon bo'lishining ijtimoiy psixologik jihatlaridan iborat.

Asosiy qism.

Kompetentlik darajasi yuqori bo'lgan rahbar va uning strategik boshqaruvi rahbar shaxsi kreativ-ligining yuqori darajasini belgilovchi hamda tash-kilot ravnaqini ta'minlovchi innovatsion dasturlarni amalga tatbiq yetish imkoniyatini yaratadi. Ana shu sababli rahbarning ijtimoiy-psixologik kom-petensiyasini rivojlantirish asosida umumiy o'rta ta'lim tizimini boshqarishning ijtimoiy-psixologik shart-sharoitlarini takomillashtirish muhim psix-ologik muammo hisoblanadi.

Psixologiyada boshqaruv faoliyati va uni tash-kil yetish masalalarini ilmiy o'rganish F.U.Teylor nomi bilan bog'liqdir. Uning "Menejment" asari boshqaruv faoliyatidagi ko'pgina masalalarga oydinlik kiritib berdi1. Xususan, mazkur asarda rah-barlik faoliyatining asosiy tamoyillari ilmiy asoslab berilgan. Unga ko'ra, rahbariyat tashkilotning turli bo'g'inlarida ish samaradorligini oshirish metod-larining asosini yarata bilishi, xodimlarni iqtidorini aniqlay olish va xodimlarga mas'uliyatli ishlarni teng taqsimlashi, jamoa bilan hamkorlikdagi faoli-yatni amalga oshirishi lozim. Shuning uchun ham bugungi kunda umumta'lim tizimini boshqarishda ham xuddi shu tamoyillarga amal qilish ta'lim sifa-tini samaradorligini yanada ortishiga xizmat qiladi.

Ko'pincha kundalik muloqotda biz "kompe-tensiya" yoki "bilimdonlik" tushunchalarini tez-tez ishlatamiz. XX asrning 90-yillarida mutaxas-sislarga malakaviy talablarni qo'yuvchi Xalqaro mehnat tashkiloti malaka oshirish hamda boshqaruv xodimlarni kasbiy qayta tayyorlashda "tayanch kompetensiya"lar degan tushunchani fanga kiritdi. "Kompetensiya" lotincha so'z bo'lib, o'zbek tilidagi lug'aviy ma'nosi "yaxshi biladigan inson", "tajrib-aga ega bo'lgan" kabi ma'nolarni bildiradi. Kundalik hayotda ko'pincha ijtimoiy-psixologik kompetensiya tushunchasiga e'tibor qaratiladi.

Bugungi kunda ishning muvaffaqiyati ko'p jihatdan ta'lim muassasalari rahbarlarining boshqaruv mahoratiga va ijobiy-psixologik kom-petentligiga bog'liq bo'lib qolmoqda albatta. Rah-barlar o'zlarining qo'l ostidagilarni xolisona va har

1 Шепель В.М. Управленческая психология. - М.: Экономика, 1994, - 248 b.

tomonlama mahoratli, ijobiy-psixologik xususiyat-larini o'rgangan holda ularning shaxsiy fazilatlarini foydaliligini va boshqa ko'pgina munosib tomon-larini baholashda ilmiy, amaliy tomondan bilishlari boshqaruvda muhim ahamiyat kasb etadi.

Yu.A.Konarjevskiy, M.Meskon, N.Trenev va boshqalarning fikricha, boshqaruv alohida soha bo'lib, unga ta'lim va tarbiya jarayonining tarkibiy qismi sifatida qarash mumkin emas. Lekin ta'lim-tarbiya jarayonining samaradorligi bevosita rahbar shaxsining ijobiy-psixologik kompetentligiga va boshqaruv mahoratiga bog'liqdir2.

Bugungi kunda O'zbekiston Respublikasida ta'lim tizimining tubdan isloh qilinishi natijasida zamon talablariga mos ravishda amalga oshirish jarayonini jadallashtirish ko'p jihatdan, o'quv muassasalari rahbarlarining hissalari va rahbarlik faoliyatlarini to'g'ri tashkil etganliklariga bog'liqdir. Shunday ekan, ijtimoiy taraqqiyotning hozirgi davrida ta'lim muassasalariga yuqori tashkilotlarn-ing ko'rsatma va direktiv hujjatlardagi vazifalarni ko'r-ko'rona bajaradigan rahbarlar emas, balki o'z faoliyati va har bir ishga ijodiy yondashuvchi, yangi tafakkurdagi zamonaviy, pedagogika, psixologiya, boshqaruv fanlaridan xabardor bo'lgan, ular-dan mohirona foydalana biladigan, shuningdek, mukammal shaxsiy fazilatlar, o'ziga xos xususiyat-lar, boshqaruvchilik qobiliyati, muayyan muomala madaniyati, imon-e'tiqod, g'oyaviy-siyosiy bilim, qiyofaga ega, his-tuyg'ulari, an'analar, rasm-rusumlarni anglay oladigan, fidoyilik, qat'iylik, savodxonlik, ijtimoiy faollik, tashkilotchilik hamda tadbirkorlikka layoqatli xodimlar tayinlanishlari lozim.

Rahbarlik - turli xil vazifalarning to'plami yoki amal kursisidan iborat emas, boshqalarga nisbatan boshqaruvchanlik qobiliyatining yuqori darajadagi ifodalanishidir. Demak, rahbarlik qilish uchun insondan zarur bilim, ko'nikma va malaka, maho-rat, kasbiy nazokat, tajriba, qobiliyat va o'ziga xos xususiyat talab etiladi. Rahbarlik:

• katta san'at;

• maxsus mazmunga ega bo'lgan kasbiy faoliyat;

• faoliyatni takomillashtirishga qaratilgan ijodiy faoliyat;

• pedagogik boshqaruvdir.

Aslida boshqaruv rahbarlik faoliyati tarki-bida odamlar bilan birgalikdagi faoliyat va ular

2 Шепель В.М. Управленческая психология. - М.: Экономика, 1994, - 129 b.

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 9 (130)

o'rtasidagi muloqot hisoblangani uchun rahbar va jamoa tomonidan bo'ladigan barcha harakatlar, ta'lim muassasasi faoliyati uchun qulay va zarur sharoitning yaratilishi, o'qituvchi va o'quvchilar jamoasi o'rtasidagi o'zaro samimiy psixologik muhit hamda ijodiy faoliyatni tashkil yetishga qaratiladi1. Bu esa rahbardan xodimlarni o'rganish, ularning qobiliyat hamda bilim saviyalaridan kelib chiqib, ularni o'quv muassasasi, o'quv tarbiya jarayoniga tanlay olish, lavozim va vazifalarga tayinlay olish, muhim ko'rsatma, buyruqlarning qat'iy ijrosini talab qila olish, ularning o'ziga xos fazilat, yutuq hamda kamchiliklarini seza bilish, yutuqlarini qo'llay bilish, kamchiliklarini bartaraf qilish, xodimlar imkoniyatlaridan keng foydalana bilish kabi kasbiy qobiliyat va mahoratni talab etadi.

Shu boisdan ham boshqaruv tizimiga rahbar-larni tanlash jarayonini tashkil etish masalasiga alohida ahamiyat qaratiladi va rahbarlar aksariyat hollarda quyidagi mezonlar asosida tanlanadi2:

1. Ma'naviy-ma'rifiy, siyosiy yetukligi. Bo'lajak rahbarning davlat siyosatini to'g'ri tushuna oli-shi va talqin yetishi, muassasa faoliyatini dolzarb yo'nalishlar asosida tashkil eta olishi.

2. Rahbarlik lavozimi uchun zarur bo'lgan tajriba, bilim, ko'nikma va malakaga ega bo'lishi hamda boshqarish tamoyillari, tahlil yetish, rejalashtirishni bilishi hamda egallab turgan lavozimining barcha qirralari bo'yicha bilimdonligi.

3. Muassasa xodimlari faoliyatini to'g'ri yo'naltirishi, tashkil yetishi, faoliyat rivojini tashxis eta olishi, bashoratlashi hamda loyihalay olishi.

4. Axloqi va tarbiyalanganligi, obro'-e'tibori, rostgo'ylik, adolatlilik, soddalik va kamtarlik, o'ziga va o'zgalarga nisbatan yuqori talabchanlik, mas'uliyat va o'z burchi, vazifalariga bo'lgan fidoy-ilik hisining yuksak darajada rivojlanganligi hamda barcha kamchiliklarga nisbatan murosasiz bo'lishi.

5. So'z bilan ish birligi - ishchanlik va udda-buronlik, muassasaga davlat organlaridan kelgan va qabul qilingan qarorlarni o'z vaqtida tezkorlik bilan mustaqil ravishda bajarilishiga ta'sir o'tkaza olishi.

6. Boshqaruv psixologiyasini bilishi - aniq bir maqsadga yo'naltirilgan, har tomonlama rivojlan-

1 Люшников А.Н. Стратегический менеджмент. - М.: «Юнити-дана», 2001. - 3-4 b.

2 Ishmuxamedov R.J., Abduqodirov A.A., Pardayev A.X.

Direktorlarning ish kitobi (amaliy tavsiyalar). - T.: Fan va texnologiya, 2007. B. 3-4.

gan, ilmiy, ijodiy salohiyatli jamoani shakllantira olishi hamda maqbul ijtimoiy-psixologik muhitni yarata olishi.

7. Muassasa rahbar o'rinbosarlari, bo'lim bosh-liqlari va xodimlarning vazifalarini to'g'ri taqsimlay olishi va ularning ishlarini xolisona baholay olishi.

8. Muassasa xodimlari bilan samimiy, adola-tli munosabatda bo'lishi hamda jamoani unumli mehnat faoliyati bilan shug'ullanib, samarali nati-jaga erishishlariga imkon qadar qulayliklar yarata olishi.

9. O'z mehnat faoliyatini to'g'ri tashkil eta olishi, bajariladigan ishlar hajmidan kelib chiqib, ularning muhimligi nuqtai nazaridan darajalarga ajrata olishi. O'z faoliyatini to'g'ri rejalashtirish asosida muassasa jamoasida mo''tadillik hamda mehnat jarayonining samarali bo'lishiga imkoniyat yarata olishi.

10. Muassasa jamoasining salomatligi, ishchanlik holatlarini saqlashi, ularning kundalik ehtiyojla-rini qondirishga kerakli bo'lgan sharoitni yaratishi va zarur moddiy hamda ma'naviy yordam berish-ning imkoniyatlarini topa bilishi.

Yuqorida keltirib o'tilgan mezonlardan kelib chiqib boshqaruvga xos quyidagi yo'nalaishlar ish-lab chiqildi:

1. Boshqaruvning milliy va umuminsoniy xarak-terda shakillangan bo'lishi, ijtimoiy-psixologik nor-malarga mosligi va zamonaviy qiyofaga egaligi.

2. O'z faoliyatiga tanqidiy munosabatda bo'lishi, o'z-o'zni nazorat qilish va boshqaruvga xos ijtimoi-psixologik kompetentligini rivojlanganligi kabilar.

3. Zamonaviy boshqaruvga oid ongli faoliyat yuritish va rahbarga xos kreativ yondashuvga ega bo'lish.

4. Rahbar shaxsi o'z-o'zni nazorat qilish ko'nikmasiga ega bo'lishi va faoliyatini tanqidiy tahlil qilishni bilish.

Boshqaruv tizimiga rahbarlarni tanlashning umumiy mezonlari bilan birga rahbarlik mahoratini aniqlash mezonlari ham alohida ahamiyatga ega. Ko'pchilik olimlar3 bunday mezonlarga quyidagi-larni kiritish mumkin, deb hisoblashadi:

- texnologik mahorat: konstruktiv va tashki-lotchilik qobiliyatlari bilan bog'liq bo'lib, aniq ish faoliyatini uddalay olish, ya'ni axborot olish, uni yetkaza bilish, ishni tashkil yetish va rejalashtirish;

3 Ishmuxamedov R.J., Abduqodirov A.A., Pardayev A.X. Direktorlarning ish kitobi (amaliy tavsiyalar). - T.: Fan va texnologiya, 2007. B. 5-6.

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 9 (130)

- kommunikativ mahorat: insonlarni to'g'ri tushunish, ular bilan hamkorlikda harakat qil-ish, muloqot qobiliyati bilan bog'liq bo'lgan ko'nikmalar;

- tahliliy mahorat: jarayonlarni tushunish, tizimning xususiy tarkibiy qismlarini bilish, yaxlit-likni qismlarga ajratish, o'z faoliyatiga nazar tash-lash va tahlil qila olish;

- xizmat yuzasidan munosabatda bo'lish mahorati;

- xizmat yuzasidan murojaat etgan shaxslar bilan samimiy qiziqish;

- munosabatda mayinlik va xushmuomala bo'lish;

- murojaatda mansab, tabaqa, ayniqsa, ism-sharifini yodda tutish; sabr-toqat bilan tinglash;

- o'zgalarning xizmatdagi ishlari, o'zlari haq-idagi gapirishlariga xayrixohlik;

- xizmat yuzasidan murojaat etgan kishilar qiziqtirgan masalalar haqida suhbatlasha olish;

- tomonlar manfaatini ko'zlab, samimiy holda, suhbatdoshlarga xizmat yuzasidan ta'sir ko'rsatishdagi muomala ustunligi;

- o'zgalarga ta'sir yetishning an'anaviy va noan'anaviy usullaridan samarali foydalanish;

- suhbatdoshning suhbatdagi ijobiy va aha-miyatli ishlarini samimiy tan olish;

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

- o'zgalar kamchiligini to'g'ridan-to'g'ri, qo'pollik bilan emas, balki bevosita ko'rsata olish;

- suhbatdosh bilan avvalo, o'zi tomonidan xizmatda yo'l qo'yilgan qiyinchiliklar borasida, keyin esa tomonlar yo'l qo'ygan xatolar to'g'risida gapira olish;

- suhbatdosh yoki tomonlarni turlicha rag'batlantira olish;

- soddalik, rostgo'ylik, ishonch bilan birga doimiy talabchanlik va nazoratni bilish;

- o'zgalarni rahbar tomonidan berilgan taklif va topshiriqlarni bajarishdan xursandchiligini bil-ishga erisha olish va boshqalar.

Boshqaruv tizimiga rahbar xodimlarni tanlashga bunday texnologik yondashuv jarayonning har bir bosqichini alohida-alohida loyihalash, kutiladigan natijalarga olib kelishni o'zida aks ettirishi bilan ahamiyatlidir.

Umuman olganda, rahbar shaxsi va boshqaruv faoliyatini samarali tashkil yetishga qaratilgan yon-dashuvlarni tahlil qilish asosida ularni quyidagi uch guruhga ajratish mumkin: funksional yondashuv, vaziyatga oid yondashuv va kompetensiyaviy

yondashuv. Quyida ularning har biri to'g'risida to'xtalib o'tamiz:

Funksional yondashuv. Ushbu yondashu-vga ko'ra rahbarning samarali faoliyati u bajarishi lozim bo'lgan funksiyalardan kelib chiqadi. Funk-siyalar esa o'xshash vazifalar majmui sifatida tus-huniladi va rahbar faoliyatining asosini tashkil etadi. P.Druker va V.Nyumen1 rahbar zimmasidagi funksiyalarni texnik funksiyalarga va odamlarni boshqarish funksiyalariga ajratishadi, V.F.Rubaxin va A.V.Filippov2 esa umumiy (tashkilot faoliyatining maqsadi va asosiy yo'nalishlari) va maxsus (rejali-iqtisodiy, kadrlarga oid, texnologik) funksiyalarni farqlaydilar. Shu munosabat bilan, rahbar faoliyati ko'p funksiyali faoliyat sifatida talqin eti-ladi. Funksional yondashuvga oid bir qancha naz-ariy qarashlar mavjud ekan, ularning ko'pchiligida rahbar tomonidan tashkilot missiyasini anglashi, maqsadni belgilash va uni vazifalarda aks etti-rish, maqsadga erishish uchun zarur resurslarni boshqarish, tashkilotning ichki va tashqi muhitdagi jarayonlarini nazorat qilish kabilar ta'kidlab o'tiladi.

Vaziyatli (xulq) yondashuvi. Vaziyatli yon-dashuvning amaliy ahamiyatini ushbu yondashuv namoyondasi - F.Fidler3 qarashlari orqali ifodalab berish mumkin. Bunga ko'ra, samarali yoki samara-siz rahbarlik faoliyati haqida gapirish o'rinsiz hiso-blanadi. Agar rahbar ma'lum bir vaziyatda sama-rasiz boshqarishga moyil bo'lsa, boshqa bir vaziyatda u mutlaqo samarali bo'lishi mumkin. Shun-ing uchun rahbarlarni tayyorlashga alohida e'tibor qaratish va rahbar samarali ishlashi uchun shunga taalluqli muhitni yaratish lozim, degan fikr olg'a suriladi. Ushbu yondashuv vakillari fikriga ko'ra, rahbarning samarali boshqaruvini ta'minlovchi asosiy ko'rsatkich va omil rahbar tomonidan guruh va vaziyatni boshqarish salohiyati, deb qaraladi. Vaziyat deganda ob'yektiv sharoitlar majmui, boshqaruv ob'yektlarining holati, jamoadagi shaxslararo munosabatlar va ularning dinamikasi tushuniladi.

1 Плахов В.Д. Западная социология. Исторические этапы, основные школы и направления развития (XIX— XX вв.): Учебное пособие. - СПб.: Издательство РГПУ им. А.И.Герцена, 2000. С. 156-157.

2 Mahmudov I. Boshqaruv psixologiyasi. - T.: Unaks-print, 2005. 170-b.

3 Джон O' Шонесси. Принципы организации управления фирмой. - М.: Речь, 1999. - 418 с.

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 9 (130)

Kompetensiyaviy yondashuv. Bunday yon-dashuvga1 binoan, samarali boshqaruv rahbarga xos bo'lgan qator shaxsiy sifatlar bilan belgilanadi. Shaxsga xos xislatlar va boshqaruv samaradorligi o'rtasidagi aloqani ko'rsatib o'tishda qator tadq-iqotlar orqali ta'kidlangan rahbarning intellektual qobiliyati ustida to'xtalib o'tish mumkin. Xususan, tafakkurning egiluvchanligi, turli toifadagi vazi-falarni tez yechish qobiliyati, samarali rahbarning ijodiy tafakkurga ega bo'lishi alohida ta'kidlab o'tiladi. Shuningdek, samarali boshqaruvni amalga oshirayotgan rahbarga xos bo'lgan kommunikativ qobiliyatlar-muloqotga kirishuvchanlik, empati-yaning rivojlanganligi ham e'tirof etiladi. Alohida e'tibor rahbarning o'z-o'zini boshqarish xislatlari-muvaffaqiyatga intilish, tavakkalchilikka moyillik, noaniq vaziyatda uzoq vaqt bo'la olish, stressga chidamlilik, mas'uliyatlilik kabilarga qaratiladi.

Yuqorida keltirib o'tilgan tahlillardan kelib chiqib xulosa qiladigan bo'lsak, o'z ilmiy izlan-ishlarimiz davomida ko'proq umumta'lim tizimi rahbarlarining ijtimoiy-psixologik kompetensi-yaviy yondashuvga asoslandik. Boshqaruvga xos bo'lgan ijtimoiy-psixologik kompetensiya rah-

bar shaxsi va uning umumiy madaniyatining shunday yo'nalishiki, unga faqat o'ziga taalluqli bo'lgan bilimlardan tashqari, shu bilimlarning hosil bo'lish yo'llari va malakalarning takomillashuvini ta'minlovchi psixologik jarayonlar va holatlarni ham bilishni taqozo etadi.

Ta'lim tizimi rahbarlarning ijtimoiy-psixologik kompetentligini yanada takomillashtirish va tadq-iqotning ilmiy-amaliy ahamiyatini yoritib berish maqsadida quyidagi tavsiyalar ishlab chiqildi:

1. Umumta'lim tizimi rahbarlarining faoliyat-ini xorijiy rajribalar asosida muntazam tizimli tahlil qilish va yanada samaradorligini oshirib borish.

2. Hududlar kesimida faol bo'lgan ta'lim tizimi rahbar xodimlarning faoliyatini rag'batlantirib bor-ish.

3. Rahbarlarning gender tengligi va jinsiy tenglik, aniqrog'i: erkaklar va ayollar o'rtasidagi tenglikni ta'minlashda xalqchil taklif va tavsiyalarni ishlab chiqish.

4. Chekka tuman va qishloqlardagi umumta'lim maktablari direktorlari faoliyatini sha-har markazlaridagi ta'lim muassasalari boshqaruvi bilan qiyosiy tahlil qilish va ularni tenglashtirish.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. Hayitov O.E. Oliy ta'lim muassasasi o'rta bo'g'in rahbarlari psixologik kompetentligini modellashtirish. Psixologiya fanlari doktori dissertatsiyasining avtoreferati. - Toshkent: TDPU, 2020. - 89 b.

2. Hasanova Z.D. Boshqaruv psixologiyasi. Darslik. - Buxoro: "Durdona" nashriyoti 2021. - 145 b.

3. To'ychiyeva S. Boshqaruv texnologiyalari. O'quv qo'llanma // Toshkent. - "Navro'z" nashriyoti, 2020. 198 bet.

4. Шепель В.М. Управленческая психология. - М.: Экономика, 1994, - 248 с.

5. Люшников А.Н. Стратегический менеджмент. - М.: «Юнити-дана», 2001. - 421 с.

6. Алишер Гаффарович Муминов. Узбекистонда таълим тизими: х,олати ва истикболлари // Academic research in educational sciences. 2022. №TSTU Conference 1. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/zbekistonda-talim-tizimi-olati-va-isti-bollari (дата обращения: 11.11.2023).

7. Mahmudov I. Boshqaruv psixologiyasi. - T.: Unaks-print, 2005. 211-b.

1 Гришина Н.Н. Развитие профессионализма руководителя социальной сферы. Автор. ...к.психол. наук. М.: МГУ, 2001.- 24 с..

ЗАМОНАВИЙ ТАЪЛИМ / СОВРЕМЕННОЕ ОБРАЗОВАНИЕ 2023, 9 (130)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.