Научная статья на тему 'SPORT MЕNЕJЕRINING PROFЕSSIONАL SIFАTLАRI VА BOSHQАRUV KOMPЕTЕNSIYАLАRINI BАHOLАSHNI IJTIMOIY-PSIXOLOGIK SHАRTLАRI'

SPORT MЕNЕJЕRINING PROFЕSSIONАL SIFАTLАRI VА BOSHQАRUV KOMPЕTЕNSIYАLАRINI BАHOLАSHNI IJTIMOIY-PSIXOLOGIK SHАRTLАRI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

91
12
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
sport mаktаbi / sport mеnеjеri / profеssonаl sifаtlаr / boshqаruv kompеtеnsiyаlаri / еkspеrt bаholаsh.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Аbror Аkbаrjonovich Mаmаdаliyеv

Mаzkur mаqolаdа sport mеnеjеrining profеssionаl sifаtlаrini bаholаshni nаzаriy tomonlаri bаyon еtilgаn. Shuningdеk, uning mаzmunidаn sport mаktаblаridа fаoliyаt yuritаyotgаn “dirеktorning ommаviy sportni rivojlаntirish vа sеlеksiyа ishlаri bo„yichа o„rinbosаrlаri”ning profеssionаl kompеtеnsiyаsi bo„yichа еkspеrtlаr bаhosi vа ilmiy xulosаlаr o„rin olgаn.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «SPORT MЕNЕJЕRINING PROFЕSSIONАL SIFАTLАRI VА BOSHQАRUV KOMPЕTЕNSIYАLАRINI BАHOLАSHNI IJTIMOIY-PSIXOLOGIK SHАRTLАRI»

SPORT MENEJERINING PROFESSIONAL SIFATLARI VA BOSHQARUV KOMPETENSIYALARINI BAHOLASHNI IJTIMOIY-PSIXOLOGIK

SHARTLARI

Abror Akbarjonovich Mamadaliyev

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti tadqiqotchisi

mamadaliyevO [email protected]

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada sport menejerining professional sifatlarini baholashni nazariy tomonlari bayon etilgan. Shuningdek, uning mazmunidan sport maktablarida faoliyat yuritayotgan "direktorning ommaviy sportni rivojlantirish va seleksiya ishlari bo'yicha o'rinbosarlari"nmg professional kompetensiyasi bo'yicha ekspertlar bahosi va ilmiy xulosalar o'rin olgan.

Kalit so'zlar: sport maktabi, sport menejeri, professonal sifatlar, boshqaruv kompetensiyalari, ekspert baholash.

SOCIO-PSYCHOLOGICAL CONDITIONS FOR ASSESSING THE PROFESSIONAL QUALITIES AND MANAGERIAL COMPETENCIES

OF A SPORTS MANAGER

ABSTRACT

This article describes the theoretical aspects of assessing the professional qualities of a sports manager. It also includes an assessment of experts and scientific conclusions on the managerial competence of the "Deputy Director for the Development and Selection of Mass Sports", working in sports schools.

Keywords: sports school, sports manager, professional qualities, management competencies, expert assessment.

KIRISH

Rejalashtirilgan ijtimoiy-psixologik tadqiqot muammosi O'zbekiston Respublikasining "Jismoniy tarbiya va sport to'g'risida" [1] va "Ilm-fan va ilmiy faoliyat to'g'risida" [2] Qonunlari, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-martdagi PF-5368-son "Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" [3], 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son "2022 - 2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi

May, 2023

599

to'g'risida" [4] Farmonlari, 2023-yil 7-apreldagi PQ-144-son "Ma'muriy islohotlar doirasida yoshlar siyosati va sport sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to'g'risida" [5] qarorida nazarda tutilgan ustuvor vazifalar, yangitdan qabul qilingan lavozim majburiyatlari va kasb standartlari - zimmasiga yuklangan funksiyalarni samarali va yuqori professional darajada bajarishga qodir sport menejerlarini tanlash hamda sport tashkilotlarini ana shunday mutaxassislar bilan ta'minlash, tizimli rag'batlantirish ishlarini olib borish, zamonaviy raqobatbardosh rahbar kadrlarni tayyorlash jarayonini sifat bosqichiga olib chiqishda rivojlangan xorijiy mamlakatlardagi ilg'or boshqaruv tajribasini milliy qadriyatlarimizga uyg'unlashtirgan holda amaliyotga tatbiq etish zaruratini keltirib chiqarmoqda.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

"Zamonaviy rahbar kim, u qanday talablarga javob berishi kerak?", degan savol kun tartibida muhim masala hisoblanadi. Е.G'oziyevga [6] ko'ra, "Rahbar qiyofasining asosiy tarkibiy qismlari quyidagilarni o'z ichiga oladi:

1. Rahbarning biografik tavsifi.

2. Rahbarning yetakchi kompetensiyalari.

3. Rahbar shaxsining psixologik xususiyatlari.

4. Rahbarning kasbiy tajribasi" [6; 143 b.].

I.I. Maxmudov [7], "boshqaruv psixologiyasining eng dolzarb muammolaridan biri bo'lgan boshqaruv jarayonida rahbarlik bilim, ko'nikma va malakalarining rivojlanib borib professionalizmga aylanish jarayoni mexanizmlarini tahlil qilar ekan, ... boshqaruv professionalizmini shakllantirishga erishishning eng maqsadga muvofiq va samarali yo'li - bu baholash texnologiyalarini qo'llash orqali rahbar kompetentligini rivojlantirish" [7; 304 b.], - degan asosli xulosaga keladi.

E.N. Sattarov [8] fikricha, "Kompetentliklar jamlanmasi optimal bo'lishi va xulq-atvorning kalit standartlarini o'z ichiga olgan bo'lishi kerak. Masalan, tadqiqotchilar kuzatishlariga ko'ra, keyingi yillarda modellardagi kompetentliklar soni 30 ta va undan ko'p miqdordan 8-12 tagacha kamaydi. Korporativ darajaga va kompaniyaning tashkiliy strukturasi darajasiga asoslanib, an'anaviy tarzda kompetentliklarning quyidagi ko'rinishlari farqlanadi:

- professional kompetentliklar;

- boshqaruv kompetentliklari;

- korporativ kompetentliklar [8; 69-bet].

Yangi O'zbekiston va uchinchi Renessans davri yangi

avlod boshqaruv tizimi rahbarlik lavozimlariga nomzodlar

May, 2023

600

ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 | Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,9 | ASI: 1,3 | SJIF: 5,771 | UIF: 6,1

(da'vogarlar, zaxira kadrlar) loyiqligini aniqlash, baholash va muayyan lavozimlarga tavsiya etish texnologiyasini ishlab chiqish zaruratini keltirib chiqarmoqda. Bunda boshqaruv jarayoni sof ijtimoiy-psixologik hodisa bo'lgani hamda personalni boshqarishdagi konsepsiyalarga muvofiq insoniy munosabatlar va (yoki) insonni boshqarish(human being management)ni nazarda tutgani sababli, uning tamoyillarini ishlab chiqishni taqozo qiladi. Ya'ni boshqaruvning turli sohalari o'zining spesifik xususiyatlariga ega bo'lib, unda muvaffaqiyatli boshqaruv faoliyatini yuritish rahbar shaxsidan o'ziga xos shaxsiy xislatlarning shakllanganligini talab qiladi. Qator ilmiy-amaliy psixologik tadqiqotlarda aniqlashicha, muvaffaqiyatli va samarali boshqaruv faoliyati ko'p jihatdan shaxsda rahbarlikka oid qobiliyat va psixologik xususiyatlar (kompetentlik)ning shakllanganligi bilan belgilanadi.

Shu jihatdan, jismoniy tarbiya va sport sohasidagi sport menejerlari uchun zaruriy deb hisoblangan, ya'ni talab etiladigan psixologik xislatlar (kompetensiyalar) majmuasi namunasi-standartini yaratish va konkret nomzodni psixologik baholash orqali bu standartga qanchalik mos kelish kelmasligini aniqlash talab etiladi. Tadqiqotning ana shu o'rnida O.E. Hayitovning "Rahbar psixologik kompetentligini ekspert baholash metodikasi"dan foydalanildi [9].

Metodika orqali sport faoliyati boshqaruvi sohasidagi kompetensiyalar darajasini tushuntiruvchi ijtimoiy-psixologik shartlar, ya'ni sport menejerining mavjud individ va shaxsiy sifatlari (jumladan, ijtimoiy-kommunikativ va liderlik sifatlari, axloqiy va boshqa xususiyatlari) tizimi, professional (jumladan, kognitiv va ijtimoiy-informatsion, autopsixologik, maxsus, ijtimoiy-psixologik) kompetensiyalari mazmunini yortishda qo'l keladi hamda ijtimoiy-psixologik tajriba asosida sport menejeri qobiliyatini baholashga asos bo'ladi.

NATIJALAR

Tadqiqot ishimizda, O.E. Hayitovning "Rahbar psixologik kompetentligini ekspert baholash" metodikasi 254 nafar sport maktablari rahbarlari(ekspertlar)dan onlayn ko'rinishda, maxsus platformada "Direktorning ommaviy sportni rivojlantirish va seleksiya ishlari bo'yicha o'rinbosari"ni professional sifatlari baholab chiqildi.

May, 2023

1-jadval.

Direktorning ommaviy sportni rivojlantirish va seleksiya ishlari bo'yicha o'rinbosarini professional kompetensiyalarini ekspert bahosi (n=254)

Hurmatli ekspert, Siz qo'l ostingizda faoliyat yuritayotgan ommaviy sportni

8. rivojlantirish va seleksiya ishlari bo'yicha direktor o'rinbosaringizning kasbiy

sifatlari reestrini qanday ketma-ketlikda baholaysiz?

8.1. Jumladan, professional kompetensiyalari doirasida: Absolyut Ekspertlar tanlovi

(1 dan 15 gacha) tanlov (rang)

042 Kelajakni ko'ra olish qobiliyati 31 2

043 Har xil turdagi axborot-tahliliy hujjatlarni tayyorlay 10 7

olish qobiliyati

044 Rejalashtirish qobiliyati 20 4

045 Sport ta'limi sohasiga doir muammolar tadqiqida 25 3

tizimli tahlil yuritish qobiliyati

046 Vaqtni to'g'ri taqsimlash qobiliyati 20 4

Sport ta'limi sohasiga doir masalalar yechimini

047 topishda modellashtirish usulidan foydalana olish qobiliyati 33 1

048 Tashkilotchiligi 31 2

049 Istiqbolni belgilash yo'lida to'g'ri bashorat qila olish qobiliyati 5 9

050 Tavakkalga tayyorligi 20 4

051 Dadilligi 5 9

052 Avantyurachiligi yoki osongina muvaffaqiyatga 5 9

erishishni ko'zlashi

053 Keragidan ortiq qiziquvchanligi, fanatligi 8 8

054 Mas'uliyatliligi 13 6

055 Muvaffaqiyatga nisbatan ishonchi va yo'nalganligi 13 6

056 Mag'lubiyatdan ijobiy xulosa chiqara olish qobiliyati 15 5

Ekspert baholash natijalariga ko'ra, ekspertlar sport menejerlarining kasbiy sifatlari reestridagi 15 ta professional kompetensiyalarni 1 dan 15 gacha ranglab berishdi. Aniqlanishicha, 15 ta professional kompetensiya 9 ta rangda baholanib, kuchli uchlikdan to'rtta kompetensiya o'rin egallagan. Jumladan, "sport ta'limi sohasiga doir masalalar yechimini topishda modellashtirish usulidan foydalana olish qobiliyati" kompetensiyasini 33 nafar ekspert (12,99 foiz), sport menejerlarining "kelajakni ko'ra olish qobiliyati" va "tashkilotchilik" kompetensiyalarini 31 nafardan ekspert (12,20 foiz), "sport ta'limi sohasiga doir muammolar tadqiqida tizimli tahlil yuritish qobiliyati"ni 25 nafar ekspert (1-rangda) baholab berishgan (1-jadvalga qarang).

May, 2023

602

ISSN: 2181-1385

ISI: 0,967 | Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,9 | ASI: 1,3 | SJIF: 5,771 | UIF: 6,1

Ekspertlar tomonidan sinaluvchilarning "individ sifatlari reestri"dan "kuch-quvvati, shijoati va ruhiy sog'lomligi" kompеtеnsiyasi (152 nafar) 1-o'rinda ranglangan. Axloqiy xususiyatlar ichida esa "o'z so'zida tura olishlik" (198 nafar) muhim kompetensiyasi sifatida baholangan (1-, 2-rasmlarga qarang).

71 nafar ekspert "ish faoliyatini tashkillashtirish va yuritish yuzasidan tegishli me'yoriy-huquqiy hujjatlar bo'yicha savodxonlik"ni, 56 nafar ekspert "ma'lumotlarni baholash mezonlari xususidagi bilimdonlik"ni, 41 nafar ekspert esa "o'z fikrini mustaqil tarzda dalillash qobiliyati"ni kasbiy sifatlari reestridagi "kognitiv va ijtimoiy-informatsion kompetensiyalar" ichidagi eng muhim ranglilar deb e'tirof etishgan.

1-rasm. Direktorning ommaviy sportni rivojlantirish va seleksiya ishlari bo'yicha o'rinbosarini "Individ sifatlari reyestri"ni ekspertlar tomonidan ranglanishi

Shuningdek, kasbiy reestrning "autopsixologik kompetensiyalari" doirasida eng muhim deb ranglangan kuchli uchlikni quyidagi: o'rinbosarning "maqsad sari sobitqadamligi"ni 35 nafar ekspert, "chidam-bardoshliligi"ni 28 nafar ekspert, "Maqsadga yo'nalganligi" va "Qo'yilgan maqsadi sari olg'a borish qobiliyati"ni 21 nafar ekspert ustuvorlikda baholashgan. "Maxsus kompetensiya"lar doirasida 115 nafar ekspertning fikricha, "sport ta'limi sohasi bo'yicha tizimli monitoringni yurita olish qobiliyati"ning yaxshi shakllanganligi o'ta muhim holatdir. "Ijtimoiy-psixologik kompetensiya"lari doirasida esa 63 nafar "o'zgarishlarga tezkorlik bilan moslashuvchanligi va unga nisbatan yo'nalganlik"ni, 56 nafari esa "istiqbolli fikrlash, ya'ni yuzaga kelishi mumkin bo'lgan holat bo'yicha zaruriy chora-tadbirlarni ishlab chiqish kompetensiyasi"ni, 51 nafari "qayishqoqlik"ni muhim boshqaruv kompetensiyasining tarkibiy

May, 2023

603

komponenti sifatida baholashgan.

Axloqiy xususiyathiri

250

200

, 198

150

100

yS

50 ГЪ\6

0

Vijdonliligivaxianatga sliayligi O'zso'zida tura olisliligi

2-rasm. Direktorning ommaviy sportni rivojlantirish va seleksiya ishlari bo'yicha o'rinbosarini "Axloqiy sifatlari"ni ekspertlar tomonidan ranglanishi

3-rasm. Direktorning ommaviy sportni rivojlantirish va seleksiya ishlari bo'yicha o'rinbosarini "Shaxsiy sifatlari reyestri"ni ekspertlar tomonidan ranglanishi

May, 2023

604

Shuningdek, 50 nafar ekspert tomonidan "sport menejerlarining boshqaruv kompetensiyalari ichida "nizo, ixtiloflarni bartaraf eta olish qobiliyati"ni, 38 nafar ekspert esa "zaruriy ma'lumotlarni qo'lga kirita olish qobiliyati"ni, 20 nafar ekspert fikricha, "muloqotmandlik" 1-rangli, eng muhim ijtimoiy-kommunikativ sifatlardir (3-rasmga qarang).

MUHOKAMA

Nazariy jihatdan qaraydigan bo'lsak, kompetensiyalar deganda, sport menejerining muayyan vazifalarni maksimal darajada sifatli va samarali bajarishi uchun zarur bo'lgan bilim, ko'nikma va malakalari, mahorati, shuningdek, xatti-harakat va fe'l-atvori sifatlari nazarda tutiladi.

Amaliy jihatdan yondashadigan bo'lsak, har qanday "kompetensiyalar modeli" - bu kasbiy faoliyatda namoyon bo'lishiga ko'ra o'ziga xos ko'rsatkichlarga ega bo'lgan kompetensiyalar ro'yxatidir. Nazarimizda, kompetensiyalar modeli jismoniy tarbiya va sport sohasida faoliyat yuritayotgan rahbar kadrlarning boshqaruv darajasi, lavozimi va bajaradigan vazifalariga, ya'ni bir so'z bilan aytganda "Jismoniy tarbiya va sport sohasining tarmoq malaka ramkasi"da keltirilgan kasbiy va xulq-atvor talablarini aniq belgilab beradi.

XULОSА

1. Sport boshqaruvi kadrlari kompetensiyalarini qayta ko'rib chiqish va milliy qadriyatlarni hisobga olgan holda xalqaro standartlarga moslashtirish, son va sifatiga alohida e'tibor qaratish lozim;

2. Adragogika (katta yoshlilar ta'limi) qoidalariga tayangan holda sport boshqaruvi kadrlari malakasini oshirishda ta'sirchan trening texnologiyalarini keng ko'lamda joriy etish zarurati sezilmoqda. Bunda asosiy e'tiborni tinglovchilarning tayanch (hard skills) bilimiga emas, balki yumshoq (soft skills) bilim va ko'nikmalarini rivojlantirishga qaratish talab etiladi.

КЕГЕКЕ^Е8

1. O'zbekiston Respublikasining 2015-yil 4-sentyabrdagi "Jismoniy tarbiya va sport to'g'risida" O'RQ-394-son Qonuni // https://lex.uz/docs/2742233

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

2. O'zbekiston Respublikasining 2019-yil 29-oktyabrdagi "Ilm-fan va ilmiy faoliyat to'g'risida" O'RQ-576-son Qonuni // https://lex.uz/docs/4571490

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-martdagi PF-5368-son "Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari

May, 2023

605

ISSN: 2181-1385 ISI: 0,967 j Cite-Factor: 0,89 j SIS: 1,9 j ASI: 1,3 j SJIF: 5,771 j UIF: 6,1

to'g'risida" Farmoni // https://lex.uz/docs/357S121

4. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2S-yanvardagi PF-60-son "2022 - 2026-yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida" Farmoni // https://lex.uz/docs/5S41063

5. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 7-apreldagi PQ-144-son "Ma'muriy islohotlar doirasida yoshlar siyosati va sport sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to'g'risida" qarori // https://lex.uz/ru/docs/6426456

6. Fo3^b Э., Тошимов Р. Мeнeжмeнт психологияси: Укув KyraaHMa. - Тошкeнт: "Унивeрситeт", 2001. - 143 б.

7. Мaхмyдов И.И. Бошкдрув профeссионaлизми: психологик т^лил / И.И. Мaхмyдов; Yзбeкистон Рeспyбликaси Прeзидeнти xyзypидaги Дaвлaт Ba жaмият курилиши aкaдeмияси. - Тошкeнт: Акaдeмия, 2011. - 304 б.

S. Сaттaров Э. Yзбeкистон Рeспyбликaси прокyрaтyрaси pax^ap кaдрлaр зaхиpaсини шaкллaнтиpиш тизимининг ижтимоий психологик тaкомиллaшyви: Психол. фaн. док-ри (DSc) ... дис-я: 19.00.03; 19.00.05. - Тошнит: ТДПУ, 2022. - 226 б.

9. Хдйитов О.Э. Олий тaълим мyaссaсaси ypтa бугин paxбapлapи психологик компeтeнтлигини модeллaштиpиш: Психол. фaн. док-ри (DSc) ... дис-я: 19.00.05. - Тошнит: ТДПУ, 2020. - 250 б.

May, 2023

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.