Научная статья на тему 'MUSOBAQA SANALARINI QOLDIRILISHINING SPORT NATIJALARIGA TA’SIRI (yugurish turlari misolida)'

MUSOBAQA SANALARINI QOLDIRILISHINING SPORT NATIJALARIGA TA’SIRI (yugurish turlari misolida) Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
289
17
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
yengil atletika / jismoniy tarbiya va sport / sport natijasi / musobaqa / pandemiya / karantin cheklovlari.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — J. Axmatov

Ushbu maqolada sport musobaqalarining tashkil etilishi va belgilangan muddatlarda ularni amalga oshirmaslik sportchilarning doimiy natijalariga o„z ta‟sirini ko„rsatishi haqida fikr yuritilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MUSOBAQA SANALARINI QOLDIRILISHINING SPORT NATIJALARIGA TA’SIRI (yugurish turlari misolida)»

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454

Volume 2 | Issue 6 | Juni, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-6-120-127

MUSOBAQA SANALARINI QOLDIRILISHINING SPORT NATIJALARIGA

TA'SIRI (yugurish turlari misolida)

J. Axmatov

O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti talabasi Ilmiy rahbar: katta o'qituvchi A. Baratov ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada sport musobaqalarining tashkil etilishi va belgilangan muddatlarda ularni amalga oshirmaslik sportchilarning doimiy natijalariga o'z ta'sirini ko'rsatishi haqida fikr yuritilgan.

Kalit so'zlar: yengil atletika, jismoniy tarbiya va sport, sport natijasi, musobaqa, pandemiya, karantin cheklovlari.

KIRISH

Mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sport sohasini yanada rivojlantirishga qaratilgan islohotlar va amalga oshirilayotgan vazifalar kun sayin samarasini berib kelmoqda. Xususan, O'zbekiston Respublikasining "Jismoniy tarbiya va sport to'g'risida"gi qonuni, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chara-tadbirlari to'g'risida"gi, "2024-yil Parij shahrida (Fransiya) bo'lib o'tadigan XXXIII yozgi Olimpiya va XVII Paralimpiya o'yinlariga O'zbekiston sportchilarini kompleks tayyorlash to'g'risida"gi qarorlari, "Sog'lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chara-tadbirlari to'g'risida"gi farmonida belgilangan ustuvor vazifalar yuzasidan bajarilayotgan amaliy ishlar shular jumlasidandir. Yuqorida qayd etilgan normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq qabul qilingan Davlat dasturlarida belgilangan vazifalar mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sport bilan shug'ullanuvchilar sonining sezilarli darajada ko'payishiga zamin yaratdi. Barcha hududlarda ommaviy sport bilan havaskor yoki professional tarzda shug'ullanish uchun zamonaviy sport inshootlari barpo etilib, ularning moddiy-texnik bazasi takomillashtirib kelinmoqda. Bularning barchasi yurtimiz aholisi, ayniqsa, o'sib kelayotgan yosh avlodni har tomonlama sog'lom bo'lib voyaga yetishishi uchun g'amxo'rlik sifatida baholash mumkin.

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454

Volume 2 | Issue 6 | Juni, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-6-120-127

METODOLOGIYA

So'nggi yillarda yurtimizda sportning yengil atletika turlari bilan shug'ullanuvchilar soni ortib birayotgani ijobiy holat ekanini qayd etish lozim. Yengil atletika turlari bilan shug'ullanuvchilarning yuqori sport natijalariga erishishi uchun avvalo, boshlang'ich tayyorlov guruhlariga sportchilarni tanlash va saralashda ularning jismoniy rivojlanganligi va salomatligiga alohida e'tibor qaratish dastlabki vazifa bo'lsa, mashg'ulotlarni to'g'ri rejalashtirish va tashkil etish esa yuqori sport natijalariga erishishda muhim sanaladi. Sport faoliyati amaliyotida barcha murabbiylar o'zining shogirdlarini kelgusi musobaqalarga tayyorlashda avvaldan tasdiqlangan musobaqalarning yillik kalandar-rejasiga muvofiq holda amalga oshirishi barchaga ma'lum. Shu sababli murabbiy shogirdlari uchun ma'lum bir musobaqani eng asosiysi sifatida belgilab oladi hamda barcha tayyorgarlik va e'tiborni shu musobaqaga qaratadi. Biroq, avvaldan tasdiqlanganiga qaramay, ayrim hollarda sport turlari bo'yicha musobaqalar belgilangan sanadan ma'lum (moliyaviy muammolar, ob-havo noqulayligi yoki turli tabiiy ofatlar - ommaviy karantin cheklovlari, harbiy harakatlar va hakozolar) sabablarga ko'ra boshqa kunlarga qoldirilish holatlarini ham kuzatishimiz mumkin. Buni 2020 yil jahonga keng yoyilib, butun dunyo aholisi salomatligini jiddiy xavf ostida qoldirgan koronavirus pandemiyasi misolida ko'rishimiz mumkin. Yurtimizda koronavirus bilan kasallanish holati ilk bor 2020-yil mart oyida qayd etilgan bo'lib, shu sanadan e'tiboran mamlakat bo'ylab koronavirusning keng tarqalishi oqibatida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlarni oldini olish maqsadida karantin choralari kiritildi. Kiritilgan karantin choralari oqibatida mamlakat bo'ylab barcha ommaviy tadbirlar singari sport musobaqalarining ham noma'lum muddatga qoldirilishiga sabab bo'ldi. Shu o'rinda haqli savol yuzaga keldi. Xo'sh, bunday paytlarda nima qilish kerak? Ayni damda avval bu kabi ommaviy karantin choralari qo'llanilish amaliyotini hech birimiz boshimizdan o'tkazgan emasmiz. Shu sababli bunday holatda davlat rahbari, hukumat va tegishli mas'ullarning ko'rsatmalari asosida faoliyat yuritish maqsadga muvofiq ekanini har birimiz guvohi bo'ldik.

MUHOKAMA

Tasdiqlangan musobaqalar kalendar-rejada belgilangan sanasidan qat'iy nazar ma'lum sabablar tufayli 1-2 haftadan bir necha oy, hatto bir necha yillarga ham qoldirilishi mumkin. Musobaqalarning yillik kalendar rejalari O'zbekiston yengil atletika federatsiyasi tomonidan ishlab chiqiladi va O'zbekiston Respublikasi Sportni

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 6 | Juni, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-6-120-127

rivojlantirish vazirligi tomonidan rasman tasdiqlanadi. Musobaqalarning belgilangan tartibda aniq sanada tashkil etilmasligi sportchilarning yuqori sport formasiga ta'sir etadi va uning yuqori sport formasiga erishgan paytida uning sport formasini yo'qotishiga olib keladi.

Shu o'rinda yengil atletikaning yugurish turlarida Respublika va Jahon chempionati musobaqalarida karantin choralaridan avval va keyin qayd etilgan natijalarnmg tahliliga e'tibor qaratdik.

Karantin va karantindan keyin musobaqalar natijalarining o'zaro tafovuti

(yugurish turlari bo'yicha - erkaklar).

Sportchilar O'.Ch. 11-13. 10.201 9 O'.K. 9-11. 10.202 0 Farqi Sportchilar O'.Ch. 11-13. 10.2019 O'.K. 9-11. 10.2020 Farqi

100 1500

J.Hamraqulov 10.79 11.09 +0.40 M.Buxorov 4:02.22 4:01.02 -00:01.20

S.Ismailov 10.89 11.25 +0.36 J.Rahmatullaye v 4:04.42 4:03.75 -00:00.67

D.Axmedov 11.20 11.26 +0.06 K.Xudoyorov 4:07.52 4:05.82 -00:01.70

200 5000

J.Hamraqulov 21.64 22.29 +0.65 D.Xojamov 17:08.5 5 16:25.5 7 -00:42.98

S.Baxtiyorov 22.16 22.90 +0.74 Y.Abdullayev 17:19.8 6 17:19.9 5 +00:00.0 9

D.Axmedov 22.90 22.99 +0.09

400 10000

A.Xarisov 50.30 50.39 +0.09 N.Mutalipov 32:56.1 4 33:13.8 +01:23.8 4

R.Chinkulov 49.99 50.49 +0.50 M.Mamatazizov 33:15.7 4 34:15.2 +00:59.4 5

S.Rahmonov 53.50 54.07 +0.57 B.Muxiddinov 33:37.9 2 34:55.8 +01:17.8 8

800

J.Rahmatullaye v 1:53.97 1:54.03 +00:00.0 6

A.Rahmatov 1:54.26 1:54.30 +00:00.0 4

J.Kaipnazarov 1:55.37 1:55.37 0

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 6 | Juni, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-6-120-127

Karantin va karantindan keyin musobaqalar natijalarining o'zaro tafovuti

(yugurish turlari bo'yicha - ayollar)

Sportchilar O'.Ch. 11-13. 10.201 9 O'.K. 9-11. 10.202 0 Farqi Sportchilar O'.Ch. 11-13. 10.2019 O'.K. 9-11. 10.2020 Farqi

100 1500

V.Levina 12.72 12.85 +0.13 K.Rajabova 4:38.16 4:50.97 +00:12.8 1

N.Nizomiddinov a 12.99 13.24 +0.25 O'.Muzaffarov a 5:04.09 5:15.02 +00:10.9 3

D.Hamidullayev a 12.41 13.24 +0.84 Sh.Xurramova 4:38.05 4:37.27 -00:00.78

200 5000

D.Hamidullayev a 25.28 26.87 +1.59 Sh.Xurramova 17:37.8 1 18:03.0 2 +00:25.2 1

K.Mirsaliyeva 26.37 27.56 +1.19 S.Qurbonova 17:45.9 5 18:03.0 9 +00:17.1 4

N.Nizomiddinov a 26.59 27.23 +0.24

400 10000

M.Rajabova 58.75 58.90 +0.15 S.Qurbonova 37:40.4 6 37:47.2 +00:06.7 4

N.Ravshanova 1:01.51 1:02.28 +00:00.3 7 E.Qo'shshayev a 43:23.6 5 43:01.3 -00:22.28

M.Ababekova 1;03.77 1:01.10 -00:02.67

800

I.Yuldosheva 2:14.89 2:13.18 -00:00.29

D.Abdusalomov a 2:23.16 2:27.59 +00:04.4 3

K.Yaxyayeva 2:31.13 2:33.31 +00:02.1 8

Karantin va karantindan keyin musobaqalar natijalarining o'zaro tafovuti (yugurish turlari bo'yicha - erkaklar)

Sportchilar J.Ch. DOHA-2019 O.O'. Tokio-2021 Farqi Sportchilar J.Ch. DOHA-2019 O.O'. Tokio-2021 Farqi

100 1500

A.De Grasse 9.90 9.89 -0.01 T.Cheruiyot 3:29.26 3:29.01 -00.00.25

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 6 | Juni, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-6-120-127

A.Simbine 9.93 9.93 0 J.Ingebrigtsen 3:31.70 3:28.32 -00:03.38

Zh. Hughes 10.03 9.98 -0.03 J.Kerr 3:32.52 3:29.05 -00.03.47

200 5000

N.Lyles 19.83 19.74 -0.11 M.Ahmed 13:01.11 12:58.61 -00:02.50

A.De Grasse 19.95 19.62 -0.33 P.Chelimo 13:04.60 12:59.05 -00:05.55

A.Brown 20.10 20.20 +0.10 N.K.Kimeli 13:05.27 12:59.17 -00:06.10

400 10000

S.Gardiner 43.48 43.85 +0.37 J.Cheptegei 26:48.36 27:43.63 +00:55.27

A.J.Zambrano 44.15 44.08 -0.07 R.Kipruto 26:50.32 27:52.78 +01:02.46

K.James 44.54 44.19 -0.35 R.Kwemoi 26:55.36 27:50.06 +00:54.70

800

A.Tuka 1.43.47 1:45.98 +00:02.51

F.Ch.Rotich 1.43.82 1:45.23 +00.01.41

A.Ben 1.45.58 1:45.96 +00:00.38

Karantin va karantindan keyin musobaqalar natijalarining o'zaro tafovuti (yugurish turlari bo'yicha - ayollar)

Sportchilar J.Ch. DOHA-2019 O.O'. Tokio-2021 Farqi Sportchilar J.Ch. DOHA-2019 O.O'. Tokio-2021 Farqi

100 1500

E.T.Heray 10.93 10.61 -0.32 F.Kipyegon 3:54.22 3:53.01 -00:01.21

Fraser-Pryce 10.71 10.74 +0.03 L.Muir 3:55.76 3:54.50 -00:01.26

M.J.Ta Lou 10.90 10.91 +0.01 G.D.Stafford 3:56.12 3:58.93 +00:02.81

200 5000

E.T.Heray 22.61 21.53 -1.08 H.Obiri 14:26.72 14:38.36 +00:12.64

M.Kambundji 22.51 22.30 -0.21 L.K.Renguruk 14:52.41 14:55.85 +00:03.44

G.Bass 22.71 22.67 -0.04 K.Schweizer 14:36.05 14:55.80 +00:19.75

400 10000

Sh.Miller-Uibo 48.37 48.36 -0.01 S.Hassan 30:17.62 29:55.32 -00:22.30

S.McPherson 50.89 49.34 -1.55 L.Gidey 30:21.23 30:01.72 -00:19.51

S.Williams 51.31 50.11 -1.20 H.Obiri 30:35.82 30:24.27 -00:11.55

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

800

R.Rodgers 1:58.18 1:56.81 -00:01.37

A.Wilson 1:58.84 2:00.79 +00:01.95

W.Nanyondo 1:59.18 1:59.84 +00:00.66

Yuqoridagi jadvalda ko'rinib turibdiki, 2019-2020 yilgi O'zbekiston chempionati va kubogi musobaqalarida erkak sportchilar orasida 100, 200, 400, 800,

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454

Volume 2 | Issue 6 | Juni, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-6-120-127

1500, 5000 va 10000 m.ga yugurish turlarining hammasida kuzatuvimizga olingan 20 nafar sportchilarning 16 tasida sport natijalarida pasayish kuzatilgan. Faqatgina 5000 m.ga yugurish turida bitta va 1500 m.ga yugurishda 3 nafar sportchining natijasida o'sishni ko'rishimiz mumkin. Bir nafar sportchining natijasida o'zgarish qayd etilmagan.

Ayol sportchilarning sport natijalari erkaklarnikidek dan farqli ravishda 100, 200, 400, 800, 1500, 5000 va 10000 m.ga yugurish turlarining barchasida kuzatuvimizda olingan sportchi natijalarida pasayish kuzatilgan 19 nafar sportchilarning 15 nafarida sport natijasida pasayish kuzatilgan. Faqatgina 400, 800, 1500 va 10000 m.ga yugurish turlarida qatnashgan 4 nafar sportchilarning natijasida ijobiy o'zgarish kuzatilgan.

2019-yili Dohada bo'lib o'tgan Jahon chempionati va Tokio-2020 Olimpiyadasi musobaqalarida erkaklar sportchilarda 100, 200, 400, 800, 1500, 5000 va 10000 m.ga yugurish turlarining hammasida qatnashgan 21 nafar sportchi kuzatuvga olinib, ulardan 100, 200, 400, 1500, 5000 m.ga yugurishda 13 ta sportchida natijalar yaxshilangan. Musobaqalarning 200, 400, 800, 10000 m.ga yugurishda 8 ta sportchida natijalar pasayganini kuzatdik.

Xuddi shuningdek, ayol sportchilarning ko'rsatkichlarida ham turlicha o'zgarishlarni ko'rishimiz mumkin. Jumladan, 100, 200, 400, 800, 1500, 10000 m.ga yugurishda 13 nafar sportchida ijobiy, 100, 800, 1500, 5000 m.ga yugurishda salbiy o'zgarishlar kuzatildi.

TAHLIL NATIJALARI

Yuzaga kelgan vaziyatda to'g'ri baho berish va uning salbiy oqibatlarini bartaraf etish masalalarida quyidagi tavsiyalarni keltirib o'tishni lozim topdik:

- musobaqa sanalarining ma'lum sabablarga ko'ra boshqa kunga qoldirilishi holatlari kutilmagan va tasodifiy tarzda amalga oshirilishini inobatga olib, sportchilarni tayyorlashda ana'naviy mashg'ulot uslublaridan voz kechmagan holda masofaviy va mustaqil ravishda shug'ullanish ko'nikmalarini shakllantirish;

- sportchilar bilan masofaviy tarzda olib boriladigan mashg'ulotlarda murabbiylar tomonidan sportchi o'rtasida doimiy ravishda axborot almashinuvini yo'lga qo'yish;

- murabbiylar tomonidan sportchilardan qabul qilib olingan axborotlarni tezkor tarzda qayta ishlash va zarur xulosalarga kelish orqali mashg'ulot jarayonini oqilona boshqarish.

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 6 | Juni, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-6-120-127

XULOSA

Kuzatuvimizga olingan mahalliy va horijiy sportchilarning koronavirus pandemiyasi boshlanguniga qadar va undan keyingi davrlarda qayd etgan sport natijalarini tahlil etishimiz asnosida quyidagi xulosalarga kelindi:

- karantin cheklovlarigacha va undan keyin o'tkazilgan O'zbekiston chempionati va kubogi musobaqalarida yurtimiz sportchilarining ko'pchiligida natijalarida pasayish kuzatilgan bo'lib, bu pandemiya sabab mashg'ulotlarning o'z vaqtida va samarali tashkil etilmagani bilan izohlashimiz mumkin. Jumladan, karantin choralari keskin kuchaytirilgan paytlarda, hattoki, zarurat bo'lmasa uydan chiqish ham cheklangan vaqtlarda sportchilar mashg'ulot rejalaridagi yuklamalarning to'kis bajarishlari imkonsiz holatlarni ham kuzatdik.

- yurtimizda tashkil etiladigan musobaqalarda Milliy terma jamoa a'zolari bilan bir qatorda terma jamoa a'zosi bo'lmagan sportchilar ham ishtirok etishini inobatga olsak, sport natijalarida bu qadar katta tafovut yuzaga kelishining sabablari ham oydinlashadi. Aytaylik, terma jamoa a'zosi bo'lgan sportchi karantin cheklovlari vaqtida ham undan avval ham belgilangan tartibda moddiy ta'minotga olingan bo'lib, ular moddiy tomonlama ortiqcha muammolarga duch kelmagan bo'lsalar, terma jamoa a'zosi bo'lmagan sportchilar esa sport mashg'ulotlaridan bo'sh vaqtlarda turli xil sohalarda (ko'pchiligi nodavlat tashkilotlarda ishlaydi) mehnat faoliyati bilan band bo'lish hisobiga moddiy jihatdan mustaqil hisoblanadi. Shu sababli karantin cheklovlari vaqtida bu kabi sportchilarda moddiy qiyinchiliklar yuzaga kelgani kuzatildi. Yuqorida qayd etilgan holatlar shunchaki ijtimoiy masalalar bo'libgina qolmay, balki jiddiy ijtimoiy-iqtisodiy muammo ekanini alohida ta'kidlash lozim.

- o'z navbatida jahon mamlakatlarida ham koronavirus pandemiyasi turli vaqt oralig'ida turli xil sharoitlarda kuzatilganini qayd etish muhim. Dunyoning deyarli barcha mamlakatlarida bu o'zining ta'sirini ko'rsatmay qolmadi. Biroq, rivojlangan davlatlarda sportchilar, aynan yengil atletikachilar uchun yaratilgan sharoitlarni yuqori darajada ekani ularda sport natijalariga juda salbiy ta'sir etmaganini kuzatdik. Jumladan, AQSh, Yamayka, B.Britaniya, Fransiya kabi ulkan iqtisodiy salohiyatga ega davlatlarning sportchilari tomonidan ko'rsatgan natijalariga xuddi ushbu mamlakatlarda pandemiya foyda keltirgan, deb baholash mumkin.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasining "Jismoniy tarbiya va sport to'g'risida"gi qonuni. 04.09.2015 yil

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 6 | Juni, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-6-120-127

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chara-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-3031-sonli Qarori. 03.06.2017

yil.

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Sog'lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chara-tadbirlari to'g'risida"gi PF-6099-sonli Farmoni. 30.10.2020 yil.

4. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "2024-yil Parij shahrida (Fransiya) bo'lib o'tadigan XXXIII yozgi Olimpiya va XVII Paralimpiya o'yinlariga O'zbekiston sportchilarini kompleks tayyorlash to'g'risida"gi PQ-5281-sonli Qarori. 05.11.2021

yil.

5. https://yuz.uz/uz/news/pandemiya-davrida-iismoniy-tarbiya-va-sport-sohasi-qanday-rivoilanmoqda

6. https://olympteka.ru/sport/athletics/calendar/13/19.html

7. https://worldathletics.org/results/world-athletics-championships/2019/iaaf-world-athletics-championships-doha-2019-7125365

8. https://uzathletics.uz/2020-god

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.