Научная статья на тему 'SPORTCHI MAS’ULIYATI VA O‘QUVCHILAR PROFESSIONAL SPORT TA’LIMIGA YO‘NALGANLIGINI TEMPERAMENTAL XUSUSIYATLARI'

SPORTCHI MAS’ULIYATI VA O‘QUVCHILAR PROFESSIONAL SPORT TA’LIMIGA YO‘NALGANLIGINI TEMPERAMENTAL XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
143
13
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
sport / sport maktabi / olimpiya maktabi / oʻquvchi-sportchi / shaxs yoʻnalganligi / masʼuliyat / professional sport taʼlimi.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Jamshid Abdumadjitovich Pulatov

Maqolada sport va olimpiya maktablari oʻquvchi-sportchilarini professional sport taʼlimiga yoʻnaltirishda “shaxs oriyentatsiyasi”ning temperamental xususiyatlari bayon etilgan. Shuningdek, unda shaxs masʼuliyatining tanlangan sport turiga nisbatan tutgan ahamiyati sinaluvchilar va ekspertlar guruhi qarashlari asosida yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «SPORTCHI MAS’ULIYATI VA O‘QUVCHILAR PROFESSIONAL SPORT TA’LIMIGA YO‘NALGANLIGINI TEMPERAMENTAL XUSUSIYATLARI»

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 11 |November, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-11-452-461

SPORTCHI MAS'ULIYATI VA O'QUVCHILAR PROFESSIONAL SPORT

TA'LIMIGA YO'NALGANLIGINI TEMPERAMENTAL XUSUSIYATLARI

Jamshid Abdumadjitovich Pulatov

Jismoniy tarbiya va sport bo'yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti «Pedagogika va psixologiya» kafedrasi mudiri, dotsent

E-mail: j amshidpu@mail .ru

ANNOTATSIYA

Maqolada sport va olimpiya maktablari o'quvchi-sportchilarini professional sport ta'limiga yo'naltirishda "shaxs oriyentatsiyasi"ning temperamental xususiyatlari bayon etilgan. Shuningdek, unda shaxs mas'uliyatining tanlangan sport turiga nisbatan tutgan ahamiyati sinaluvchilar va ekspertlar guruhi qarashlari asosida yoritib berilgan.

Kalit so'zlar: sport, sport maktabi, olimpiya maktabi, o'quvchi-sportchi, shaxs yo'nalganligi, mas'uliyat, professional sport ta'limi.

ОТВЕТСТВЕННОСТЬ СПОРТСМЕНА И ТЕМПЕРАМЕНТАЛЬНЫЕ ОСОБЕННОСТИ НАПРАВЛЕНИЯ УЧЕНИКОВ НА ПРОФЕССИОНАЛЬНОЕ СПОРТИВНОЕ ОБРАЗОВАНИЕ

АННОТАЦИЯ

В данной статье рассмотрены темпераментальные особенности «личностной ориентации» в направленности учеников-спортсменов в спортивных и олимпийских школах на профессиональное спортивное образование. Также подчеркивается важность личной ответственности по отношению к выбранному виду спорта на основе мнения респодентов и группы экспертов.

Ключевые слова: спорт, спортивная школа, олимпийская школа, ученик-спортсмен, личностная направленность, ответственность, профессиональное спортивное образование.

RESPONSIBILITY OF AN ATHLETE AND TEMPERAMENTAL

FEATURES OF SENDING PUPILS TO PROFESSIONAL SPORTS

EDUCATION

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 11 |November, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-11-452-461

ABSTRACT

This article discusses the temperamental features of "personal orientation" in the direction of student-athletes in sports and Olympic schools for professional sports education. It also emphasizes the importance of personal responsibility in relation to the chosen sport based on the opinions of the respondents and a group of experts.

Keywords: sport, sports school, Olympic school, student-athlete, personal orientation, responsibility, professional sports education.

KIRISH

Jahonda olimpiya sport turlari eng kushli rivojlangan Amerika Qo'shma Shtatlari, Xitoy, Yaponiya, Buyuk Britaniya, Rossiya Federasiyasi, Avstraliya, Niderlandiya, Fransiya, Germaniya, Italiya [1] kabi mamlakatlarda sportchilarni shaxsiy-kasbiy sifatlarini rivojlantirish va muvofiqlashtirish orqali muvaffaqiyatni ta'minlashga qaratilgan sport zaxirasini tayyorlash bosqichlarida «sport-sog'lomlashtirish» ishlari bilan bo'lajak sportchilarni saralash, «boshlang'ish tayyorgarlik» jarayonida seleksiyalash, «o'quv-mashq» yordamida tanlash va ularni «sport mahoratini takomillashtirish», «oliy sport mahorati»ga erishish yo'lida professional sport ta'limiga yo'naltirish bo'yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Shu bois olimpiya sport turlari bo'yicha o'quvchi-sportchilarni professional sport ta'limiga yo'naltirish texnologiyalarini takomillashtirish muammosi yuzasidan ilmiy tadqiqot zarurati kelib shiqmoqda.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYASI

Mamlakatimiz olimlaridan D.N.Arziqulov, G.S.Aripova, R.Z.Asamova, R.Z.Gaynutdinov, M.G.Davletshin, A.A.Zakirov, S.X.Jalilova, U.S.Jumayev, N.S.Jo'rayeva, N.M.Majidov, B.N.Sirliyev, R.I.Sunnatova, V.A.Tokareva, N.Sh.Umarova, G'.B.Shoumarov, Sh.A.Eshmetov, E.G'oziyev, B.R.Qodirov, K.B.Qodirov, O.E.Hayitov va boshqalar tomonidan kasbiy kamolot, kasb tanlashga munosabat tizimi, kasbiy shakllanish, kasb tanlashga tayyorlik, kasbiy layoqat, shaxsiy-kasbiy fazilatlar masalalari ilmiy tadqiq etilgan.

Shuningdek, R.A.Abdurasulov (o'quvchi-sportchilar shaxsini shakllanishi; 2018), Z.E.Gaziyeva (sportda guruhiy jipslik shakllanishi va rivojlanishi; 2019), Z.H.Fayziev (sportchi emotsional holatini korreksiyalash; 2020), K.G.Atabekova (musobaqalarga tayyorgarligining psixologik determinantlari; 2021), A.M.Nazarov (psixologik muhofaza mexanizmlarini rivojlantirish; 2021), E.N.Sirliyev (dzyudoshilar

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 11 |November, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-11-452-461

shaxsiy sifatlari rivojlanishi; 2022), O.T.Baxromov (futbolshilami tayyorlashda motivatsiyaning ahamiyati; 2022), A.U.Xaitov (sport faoliyatida norasolik kompleksi; 2022), F.T.Egamberdiyev (irodaviy sifatlar shakllanishi; 2022)lar tomonidan sportchi shaxsi va (yoki) sport faoliyati bilan bog'liq psixologik, ijtimoiy-psixologik xususiyatlari o'rganilgan. Lekin, o'quvchilarni professional sport ta'limiga yo'naltirish texnologiyalarini takomillashtirishning psixologik ta'minotini ilmiy tadqiq etishga qaratilgan izlanishlar olib borilmagan.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Ilmiy izlanishimizda N.S.Safayev, U.A.Butayevalarning «VAS - vaziyatning asosiy sababi» so'rovnomasi bilan 9-sinfda o'qiydigan «sport maktablari» va «olimpiya maktablari» guruhlariga mansub o'quvchi-sportchilardan iborat 90 nafar respondentlarga murojaat qilindi.

Mazkur so'rovnoma shakli yopiq turda bo'lib, biz har bir guruh sinaluvchilariga 10 xildagi hayotiy vaziyatni hamda unga olib keladigan 3 xil sababiy bog'lanish (determinant) yuzasidan mulohaza yuritishlari so'raldi. So'rovnoma yo'riqnomasiga ko'ra, sinaluvchilar har bir hayotiy vaziyat va uni keltirib chiqarishi mumkin bo'lgan sabablardan qaysi birini haqiqatga yaqinroq va hayotda ko'proq ushraydi, deb hisoblashlari aniqlandi. «VAS» so'rovnomasining asosiy psixometriya ko'rsatkichlarini tekshirish ushun tadqiqotimiz doirasida har uchchala toifa sinaluvchilar guruhida empirik sinov ishlari o'tkazildi. Dastlab so'rovnomaning kriterial validligini tekshirish maqsadida har uchchala tadbirkorlar guruhida ta'kidlovchi eksperiment ishlari tashkil qilindi. So'ngra validizasiya mezoni sifatida ilmiy manbalarda keltirilgan tavsiyaga asoslanib, tadbirkorlarni shaxs darajasida yaxshi bilgan, ya'ni uning oilaviy muhitidan, maqsadlaridan xabardor, ekspertlarning (Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari, sport maktablarining trener-o'qituvshilari, maxsus fan o'qituvshilari) bahosi to'plandi. Tadqiqotda mazkur yondashuvga tayanishimizning eng muhim sababi shuki, imkoniyat va ehtiyojlar to'qnashuvi psixologik jihatdan shaxsga ta'sir qilishi tabiiy. Natijada hayotiy vaziyatlarning bolalikdan kelajakni ko'ra bilishga, tahlil qilishga undashi yuzaga keladi. Aynan mana shunday motiv(undov)lar sportga bo'lgan uquvlarini shakllantiradi.

Olimpiya va sport maktablarining 9-sinf o'quvchi-sportchilarini nafaqat jismoniy, balki psixologik jihatdan «sport sog'lomlashtirish» bosqichidan «sportda kamolotga erishish» bosqichiga ko'tarish jarayonida keng ko'lamdagi guruhlar (trener-

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 11 |November, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-11-452-461

o'qituvshilar, ota-onalar, sport federasiya (assosatsiya)lari vakillari, hakamlar brigadasi va hokazo) ishtiroki kuzatilib, ularning barchasi sport zaxirasini shakllantirish bo'yicha eng muhim samaradorlik ko'rsatkichlarini namoyon qilishga majbur sanaladilar. Tadqiqot ishimizda validligi juda yuqori va murakkab psixodiagnostik usullardan tashqari qo'llanishi nisbatan sodda, ammo testologiya talablariga to'la javob beradigan ixcham, tezkor qo'llash va qayta ishlash imkoniyatini beruvchi diagnostik vositalardan ham foydalandik.

«Sport sog'lomlashtirish» va (yoki) «sportda kamolotga erishish» bosqichlarida o'quv-mashq, o'quv-yig'in mashg'ulotlarida ishtirok etayotgan TG o'quvchi-sportchilarning professional sport ta'limiga va «oliy sport mahorati» bosqichiga yo'naltirishning psixologik ta'minotining mezonlari sifatida mas'uliyat, kasbiy yo'nalganlik, o'z-o'ziga va jamoadoshlari bilan konstruktiv munosabat, shaxs bazisligi, tanlangan sport turiga texnik-taktik tayyorgarlik vazifalarini bajarishda yuqori darajadagi faollik va mustaqillik, erkin tanlov va shaxsiy qaror qabul qila olishga qodirlik muhim ahamiyat kasb etadi. TG sinaluvchilari «sportda kamolotga erishish»ning integral psixologik mezonining o'quv-mashq jarayonida yuqori darajadagi ruhiy tayyorgarligini namoyon etishib, ya'ni tanlangan sport turiga texnik va taktik tayyorlikda o'ziga adekvat «Men obrazi»ni shakllantirishib «inson-inson» sohasidagi kasbiy pozitsiyaga muvofiq hulq-atvorning tegishli strategiyasini mustaqil ravishda mas'uliyat bilan o'zlashtirganliklari kuzatildi. Shu bois ham biz tadqiqot ishimizda TG o'quvchi-sportchilarining tanlangan sport turiga bo'lgan mas'uliyat hissini «VAS» so'rovnomasi va trener-o'qituvshilarining ekspert baholash natijalari o'zaro korrelyatsion bog'liqligini tekshirdik (1-jadval).

K. Pirsonning rp-shiziqli korrelyatsiya koeffisentini hisoblash metodi yordamida ikki guruh (hodisalar va sabablar) ko'rsatkishlari o'rtasidagi aloqadorlik qiymatlari aniqlandi (1-jadvalga qarang). Har bir ustuvor determinantning sababiy bog'liqligi shaxsga faoliyatli yondashuv konsepsiyasiga muvofiq, o'quvchi-sportchilarning lokus-nazorati (internal va eksternal) yo'nalganligini professional sport ta'limini tanlash jarayoniga ko'rsatadigan ta'sirini tushuntirib berishga xizmat qildi.

1-jadval.

9-sinf TG sinaluvchilaridagi mas'uliyat hissi «VAS» so'rovnomasi va ekspert baholash natajalarining o'zaro korrelyatsion bog'liqligi (K. Pirsonning rp-shiziqli korrelyatsiya koeffisenti asosida; n=11) Sergeli tuman 1-son sport Respublika OPSTTM trener-

maktabi o'quvchi- o'qituvshilarining o'quvchi-sportchilar

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 11 |November, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-11-452-461

sportchilaridagi mas'uliyatning dominant atributsiyasi mas'uliyatiga berishgan ekspert bahosi

r p

Ekstrapunitiv atributsiya 0,647** p<0,01

Impunitiv atributsiya -0,124* p<0,05

Izoh: * r < 0,05 darajadagi bog'lanish - muhim korrelyatsiyalar; ** r < 0,01 darajadagi bog'lanish - sezilarli korrelyatsiyalar.

Tadqiqot natijalaridan ko'rinib turibdiki, Respublika Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi trener-o'qituvshilarining Sergeli tumani 1-son tayansh sport maktabi o'quvchi-sportchilari mas'uliyatiga berishgan bahosi bilan TG sinaluvchilarining «VAS» so'rovnomasi metodikasining impunitiv atributsiya shkalasi bo'yicha to'plagan ko'rsatkishlari o'rtasida sezilarli salbiy korrelyatsiya mavjudligi aniqlandi (r=-0,124; p<0,05).

Mazkur holat sinaluvchilarni o'quv-yig'in, shu jumladan, musobaqa oldi, musobaqa vaqti, musobaqadan keyingi vaziyatlarda ro'y beradigan voqea-hodisalarning sababini o'z shaxsi va xatti-harakatlarida ko'rishib, hissiy yo'nalganlikda internal lokus nazorat ustuvorligi borligini yaqqol namoyon etishdi. Ayni vaziyat ustuvorligi kuzatilgan o'quvchi-sportchilar faoliyati va xulq-atvor komponentlari ekspertlar tomonidan esa tashqi olamga yo'nalganlik mavjudligini tasdiqlaydi.

Shuningdek, ekspert trener-o'qituvshilarning o'quvchi-sportchilar mas'uliyat darajasiga bergan baholari va ekstrapunitiv atributsiya, ya'ni musobaqa oldi, musobaqa vaqti, musobaqadan keyin ro'y ber(ayot)gan hodisalar ushun sababni vaziyat va (yoki) boshqa shaxslardan deb bilish xususiyati o'rtasida muhim ijobiy korrelyatsiya aniqlandi (r=0,647; p<0,01). Shu o'rinda mas'uliyatni vaziyatli va (yoki) raqib(sherik)ning xulqi va xatti-harakatlari bilan tushuntirishga urinish ko'rsatkishida trener-o'qituvshilar bergan bahosi ham sinaluvchilar natijasi singari yuqorilab borgan.

Tadqiqot natijalarini psixologik jihatdan tahlil qiladigan bo'lsak, har uchchala sport maktabi TG guruhi 58 nafar sinaluvchilari orasidan sport (o'quv-mashq, musobaqa oldi, musobaqa vaqti, musobaqadan keyingi) faoliyatini amalga oshirish jarayonida internal lokus nazorat tipida o'quvchi-sportchilar (77,59 foiz vaziyatda) sifatida gavdalanishar ekan. Ushbu yondashuvlari orqali ular o'quv-mashq va (yoki) musobaqa jarayoni bilan bog'liq holatlarda ro'y bergan va (berishi mumkin bo'lgan) voqea-hodisalar ushun mas'uliyatni o'z zimmalariga olishlari, holatni keltirib

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 11 |November, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-11-452-461

shiqargan sabablarni o'zlaridan qidirishlari haqidagi tasavvurlari muhim asos tarzida baholanadi. Bu esa tanlangan sport turining sport olamida tutgan mavqeiga ham mos tushadi va sinaluvchilarimizning ijtimoiy etukligidan dalolat beradi.

Natijalarni psixologik nuqtai nazardan tahlil qiladigan bo'lsak, Toshkent, Shirshiq, samarqand shahridagi Olimpiya maktablari NG guruhi 32 nafar respondentlari o'zlarini sportchilik faoliyatini amalga oshirish jarayonida eksternal lokus nazorat tipida o'quvchi-sportchilar (84,37 foiz vaziyatda) sifatida namoyon qilishar ekan. Ana shunday yondashuv hisobiga zarur hollarda ular faoliyatda ro'y bergan va yuz berishi mumkin bo'lgan voqea-hodisalar ushun mas'uliyatni o'z zimmalaridan soqit qilishib, vaziyatni keltirib shiqargan omillarni tashqaridan qidirishadi. Ya'ni, trenerlar shtabi tomonidan qabul qilingan kolligial qarorlar samarasi haqidagi tasavvurlar muhim sabab tarzida baholanib, eksternal tipdagi fikrlashga olib boradi, degan xulosani keltirib shiqaradi. Bu holat tanlangan sport turining olimpiya sport musobaqalarida tutgan mavqeiga mos tushsa-da, respondentlarimizda sport faoliyatidagi beqaror vaziyatlar (masalan, sport jarohatlar)da trenerlar shtabi fikrini o'zgartirish borasida fidoyilik «akmesi»ni etishmasligini hamda tashabbukorligini sheklanganligini ko'rsatadi.

Demak, tadqiqotimizda «VAS» so'rovnomasi orqali olingan asosiy natijalar interpretasiyasi shaxsga faoliyatli yondashuv nazariyasiga to'laqonli ravishda mos kelishini ko'rsatib, sport faoliyatidagi vaziyatlarning tanlangan sport turi kontekstida o'quvchi-sportchining muvaffaqiyatli adaptasiya qilganligini tushuntirishda asos vazifasini bajaradi.

Tadqiqot ishining navbatdagi bosqichida NG va TGlarining barcha sinaluvchilariga (245 nafar) G.Yu.Ayzenkning «Ekstraversiya - introversiya va neyrotizmni aniqlash» testi bilan murojaat qilindi.

Jami 51,11 foiz NG o'quvchi sportchilari shaxs psixikasining yo'nalganligiga ko'ra ekstraversiya xususiyatiga ega ekan. Ekstraversiya xususiyatiga ega mazkur 69 nafar (37 nafar 5-sinf; 32 nafar 9-sinf) o'quvchi sportchilar, o'quv-mashq jarayonida o'zining muloqotmandligi, hazil mutoyibaga moyilligi, sport maktabi va (yoki) olimpiya maktabi terma jamoasining o'quv-yig'in mashg'ulotlarida faollik ko'rsatishlari bilan ajralib turishadi. Suhbat jarayonida ularning nafaqat maktabdan tashqari sport maktabida, balki umumiy o'rta maktabda tevarak-atrofilarida juda ko'p tanish va do'stlarga ega ekanliklari aniqlandi. Ushbu toifa o'quvchi-sportchilar muntazam ravishda kishilar bilan muloqotga kirishishga ehtiyoj sezadilar. O'quv-yig'in va hatto o'quv-mashq jaaryonida ham doimiy ravishda biror tanishini yonida

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 11 |November, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-11-452-461

bo'lishligiga harakat qiladi, o'zini nafaqat tanlangan sport faoliyatida yoki o'quv-mashq jarayonida qiyinshilik his etishini umuman xohlamaydilar.

1-rasm. NG o'quvchi-sportchilari psixikasidagi ustuvor yo'nalganlik ko'rsatkishlari

Texnik va taktik tayrgarlik jarayonida 50,91 foiz sinaluvshi, ayniqsa o'quv-yig'in paytlarida trener-o'qituvshida yorqin taassurot qoldirishga harakat qilishadi, navbati kelgunisha ko'pinsha shalg'ib, go'yoki sportdan uzilgandek ko'rinishni ifolaydi. O'quv-mashq mashg'ulotlarida g'ayrat bilan texnik va (yoki) taktik ishlasa-da, terener-o'qituvshi e'tiboridan tezda shetga shiqib ketadi. Raqib bilan ishlashda trener-o'qituvshi ko'rsatmalarini kutmasdan turib, o'ylamasdan tezkorlik bilan qaror qabul qiladi.

56 nafar ushbu toifa o'quvchi-sportchilar o'quv-mashq jarayonida doimiy va tez-tez tanaffus qilishadi. Mazkur toifa sinaluvchilar nafaqat musobaqa oldi musobaqa payti, musobaqadan keyingi holatlarda, balki kundalik o'quv-mashq jarayonlarida ham o'z hissiyotlari ustidan nazorat qilishlari o'ta qiyin. O'quv-mashq jarayonida ham tashqi ta'sirlarga beriluvshanliklari va tajovuzkorliklarini yaqqol namoyon qilishadi.

Tadqiqotning ko'rsatishisha NG dagi 43 nafar sinaluvshida o'zlariga bo'lgan ishonshi nihoyatda sust. Ushbu toifa respodentlar doimiy ravishda trener-o'qituvshi va (yoki) maxsus fan o'qituvshilarini ko'magiga muhtoj sanalishadi. O'quv-mashq va hatto tanlangan sport turi bo'yicha o'quv-yig'in mashg'ulotlari vaqtida ham o'z xulq-

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 11 |November, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-11-452-461

atvorlarini to'g'ri namoyon qilayotganliklariga ishki bir shubha bilan qarashadi. 51,11 fozi bunday o'quvchi-sportchi o'z atroflarida keshayotgan voqeliklarga diqqatlarini to'g'ri yo'naltira olishmaydi. Shaxsiy motivasiyaga asoslanuvshi o'z kushi va intilishlariga qaraganda doimiy sherik va (yoki) referent shaxslarning kushi hamda istaklariga bo'ysunishni lozim topishadi. Tadqiqot natijalaridan ko'rinidaki, bu toifa sinaluvchilar doimiy ravishdagi jiddiy qiyofada, g'amgin va o'z ishki olamiga yo'nalgan kayfiyatda bo'lishadi. O'z hissiyotlari va ishki keshinmalari bilan doimiy band bo'lishliklari maydonda raqibni his etish imkoniyatini pasaytiradi.

2-rasm. TG o'quvchi-sportchilari psixikasidagi ustuvor yo'nalganlik ko'rsatkishlari

34,55 foiz TG sinaluvchilari bo'lgan introvert o'quvchi-sportchilar o'z kelajaklarini professional sport ta'limiga yo'nalganlikda rejalashtirishgan. Ular o'z xatti-harakatlarini maqsadli ravishda baholab yurishadi, birlamshi taassurot va qiziqishlar bilan sheklanmasdan, tez-tez Olimpiya va Paralimpiya zaxiralari kollejlariga borib turishadi. Professional ta'lim muassasasida bo'layotgan sport tadbirlari ta'sirida o'z keshinmalarini keskin nazorat qilishga o'rganishgan. Ammo sport musobaqalari vaqtida o'zlarini nazorat qila olmaydi va qo'zg'aluvshan shaxsga

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 11 |November, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-11-452-461

aylanib qoladilar. Ular ertalabki o'quv-mashq jarayonlarida, xotirjam shug'ullanishadi.

Shuningdek, NG dan 17,04 foiz, TG dan 14,55 foiz respondentda neyrotizm aniqlandi. Ulardan 21 nafar psixik sog'lom shaxslar. 6 nafari o'quv-mashq jarayonlarida asabi joyida ekanligini, ortiqsha zo'riqishlardan ayro ekanliklarini ko'rsatishadi. 5 nafarida esa nafaqat o'quv-yig'in, balki o'quv-mashq mashg'ulotlari vaqtida ham asabiylik kuzatiladi. O'z o'zini nazorat qilish imkoniyatiga ega bo'lishsa-ada amalda bunga e'tibor qaratishmaydi. 7 nafar sinaluvshida yuqori darajadagi asabiylik aniqlanib, ular asab-nerv tizimida haddan ziyod zo'riqish mavjud bo'lib, bu ularni nafaqat mashg'ulot, balki sport maktabi hududida yurgan paytlarda ham o'zlarini boshqara olishmay qolayotganliklarida yaqqol ko'rinadi. Juda tez affektiv holatga tushib o'quv-mashg'ulotlariga muntazam ravishda keshikib kelishadi. Frustrasiyaga ro'baru bo'lgan sinaluvchilarimizda esa sportni tashlashga tayyorgarlik kayfiyati kuzatiladi.

XULOSA

1. O'quvchi-sportchilarni professional sport ta'limiga yo'naltiruvshi texnologiyalarni tasniflash, shug'ullanuvshilarni sport turi bo'yicha seleksiyalash ishlarida shaxsga yo'naltirilgan yondashuvning ahamiyati katta sanaladi. Bunda har qanday tasniflash va seleksiyalashda bo'lajak sportchi «Men obrazi»ning «inson-inson» sohasidagi kasbiy pozitsiyasiga muvofiq shaxs tiplariga bog'liq o'quvchi-sportchilar temperamental xususiyatlaridagi farqlarni ajratish maqsadga muvofiq sanaladi.

4. Bolalar va yoshlarning maktabdan tashqari sport ta'limi tizimini tubdan takomillashtirish orqali iqtidorli sportchilarni aniqlash, tanlash va saralash (seleksiya)ning yangi mexanizmlarini joriy qilish, sportchilarning Olimpiya va Paralimpiya, Osiyo va Paraosiyo o'yinlarida, boshqa nufuzli xalqaro musobaqalarda ishtirok etishi hamda yuqori natijalarga erishishini ta'minlashda avvalo, bu borada sport ta'lim muassasalarida nazariy-amaliy tizim asosida o'zviylikni ta'minlash muhim o'rin tutadi.

3. Professional sport ta'limining globallashuvi, olimpiya sport turlari bo'yicha sport tayyorgarligi jarayonining intensivlashuvi, sport maktablari va Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlarida yuzaga kelayotgan o'quvchi-sportchilarni tanlangan sport turiga mustaqil ongli yo'naltirish ishlaridagi uzviylikni ta'minlash muammosini bartaraf etishning maqbul yo'lini ishlab shiqish lozimligini belgilab beradi.

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 11 |November, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-11-452-461

REFERENCES

1. https://www.sport-express.ru/olympics/tokyo2020/medals

2. Хайитов, О.Э., & Эшбоев, А.О. (2019). Спортивный маркетинг в Узбекистане: проблемы и перспективы. Economics, (5 (43)), 15-18.

3. Сафаев Н.С., Эргашев П.С., Бутаева У.А., Зиявитдинова Г.З. (2017) Психологик етуклик даражасини ташхис килишнинг илмий-услубий жихатлари. ТДПУ нашриёти, 2017, 45-50.

4. Бутаева У.А. (2017). Масъулият психологик етуклик мезони сифатида. Замонавий таълим, 12, 52-58.

5. Hayitov, O.E. (2021) Sport fаoliyati psixologiyasi. Umid Design, 196. http://lib.sportedu.uz/files/2_psixologiyasi/index.html

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.