Научная статья на тему 'RAQAMLI IQTISODIYOTNING TIZIMLI RIVOJLANISHIDA BOSHQARUV USLUBLARINING O’RNI'

RAQAMLI IQTISODIYOTNING TIZIMLI RIVOJLANISHIDA BOSHQARUV USLUBLARINING O’RNI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
399
50
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Raqamli iqtisodiyot / boshqaruv / menejment / malakali kadrlar / boshqaruv uslublari.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Komilova M.Sh.

Maqolada Hozirgi kunda jahonda raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi jadal sur’atlar bilan amalga oshmoqda. Raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi iste’molchilar talabini to’liq qondirish va iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarida mehnat unumdorligini oshirish imkonini beradi. Raqamli iqtisodiyot hozirgi mavjud sohalarning yarmidan ko’prog’ida beqiyos o’zgartishlarga olib kelishi lozimligi tavsiya qilingan. Raqamli iqtisodiyotning tizimli rivojlanishida boshqaruv uslublarining o’rnini oshirishga alohida e’tibor qaratilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «RAQAMLI IQTISODIYOTNING TIZIMLI RIVOJLANISHIDA BOSHQARUV USLUBLARINING O’RNI»

RAQAMLI IQTISODIYOTNING TIZIMLI RIVOJLANISHIDA BOSHQARUV USLUBLARINING O'RNI

Komilova M.Sh.

SamDAQI o'qituvchisi

Annotasiya: Maqolada Hozirgi kunda jahonda raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi jadal sur'atlar bilan amalga oshmoqda. Raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi iste'molchilar talabini to'liq qondirish va iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarida mehnat unumdorligini oshirish imkonini beradi. Raqamli iqtisodiyot hozirgi mavjud sohalarning yarmidan ko'prog'ida beqiyos o'zgartishlarga olib kelishi lozimligi tavsiya qilingan. Raqamli iqtisodiyotning tizimli rivojlanishida boshqaruv uslublarining o'rnini oshirishga alohida e'tibor qaratilgan.

Kalit so'zlar: Raqamli iqtisodiyot, boshqaruv, menejment, malakali kadrlar, boshqaruv uslublari.

Kirish. Ma'lumki, korxonalarni boshqarish turli maqsadlar asosida shakllanadi. Jahon tajribasida korxonani boshqarish konsepsiyasini ishlab chiqish korxona ish faoliyati, strategiyasi, unumli ish faoliyatida muhim ahamiyat kasb etadi. 2017-2021 yillar O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasida ham "tarkibiy o'zgarishlarni chuqurlashtirish, korxonalar raqobatdoshligini oshirish hamda eksport salohiyatini yuksaltirish" kabi ustuvor vazifalar belgilangan[1]. Mazkur vazifalarning samarali ijrosi ishlab chiqarish korxonalari boshqaruv faoliyatida zamonaviy standartlarni ishlab chiqish boshqaruv mexanizmlarini takomillashtirishni taqozo etadi. Keyingi yillar mobaynida O'zbekistonda yangi ochilgan korxonalar soni ortganini ko'rish mumkin. Korxonalarni samarali boshqarish va uzluksizligini ta'minlashda boshqaruv uslublarini to'g'ri qo'llash orqali boshqaruv samaradorligiga erishish mumkin. Ya'ni korxonalarni faoliyatidagi boshqauv uslubi strategik xarakterli samaradorlik ko'rsatkichlari, xodimlar malakasi va boshqalardan boshqaruv standartlari ishlab chiqilib joriy etiladi. Korxonani boshqarishda zamonaviy usullardan foydalanish nafaqat zamon talabi balki kelajakning ham muhim talabidir.

Bizningcha, raqamli iqtisodiyot yaratuvchanlikka tayangan xo'jalik sifatida barcha tarmoqlar va sohalarda, xususan, davlat boshqaruvi, ta'lim, sog'liqni saqlash va qishloq xo'jaligida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish bo'yicha tizimli mezonlarga asoslanib yo'lga qo'yilishi O'zbekiston iqtisodiyotini yuqori sur'atlarda o'sishini ta'minlash va mamlakatimizning jahon maydonida integrasiyasini tezlashtirish imkoniyatini oshiradi.

O'zbekiston Respublikasida iqtisodiyotni modernizasiyalash, liberallashtirishda raqamli iqtisodiyot asosida rivojlanish jahon hamjamiyatida milliy iqtisodiyot taraqqiyotining muhim omili hisoblanadi. O'zbekistonda koxonalar uchun yangi boshqaruv tizimi sifatida shakllanayotgan boshqaruv tizimini tatbiq etish va shu orqali koxonalar faoliyatida innovatsion jarayonlar joriy etish hozirgi shiddatkor

zamonning dolzarb talabidir. Korxonaning muvaffaqiyatli rivojlanishini ta'minlash mulkdorlar va boshqaruvchilardan mazkur sohasida keng doiradagi bilimlar va ko'nikmalarga ega bo'lishni taqozo etadi.

Boshqarish (iqtisodiyotda) — xo'jalik obyektining iqtisodiy tizimi holatini tartibga solish va yo'naltirish jarayoni; subyektlar, idoralar tomonidan kishilar va iqtisodiy obyektlarga ongli maqsadga muvofiq ta'sir ko'rsatishni bildiradi, ularning faoliyatini yo'naltirish va ko'zlangan natijalarga erishish maqsadlarida amalga oshiriladi. Rahbar va xodim munosabatlari, guruhdagi psixologik muhit, mehnat jamoasi faoliyatining samaradorligi ko'p jihatdan rahbar qoTlaydigan boshqaruv uslubiga bogTiq.

Boshqaruv uslubi — rahbarning oz xodimlariga nisbatan, ular orasida ishni tashkil etish bo'yicha qoTlaydigan odatiy hatti-harakatlari majmuasidir. Hozirga kelib boshqaruv uslubini farqlashga turli yondoshuvlar mavjud boTib, ularning hech biri boshqaruv vaziyatiga mos keluvchi mukammal bir uslubni tavsiya etolmaydi. Har bir uslub albatga bironta cheklanishga ega. Qo'llaniladigan usullar tashkilot madaniyati, qadriyatlar tizimi, menejerlar mavqei, ijrochilarning o'ziga xos xususiyatlari, favqulodda ta'sir etuvchi omillar bilan aniqlanadi.

Rahbarlik uslubiga turli yondoshuvlar, oz faoliyatida uchraydigan vaziyatdan kelib chiqqan holda, muvofiq keluvchi usullar majmuasidan birontasini qoTlash haqida xulosa chiqarishi mumkin. Tizimli yondoshuv tamoyiliga asoslanish boshqaruvda, boshqaruv uslubi tashkilot hayoti, uning oldiga qo'ygan maqsad va birlamchi ravishda amalga oshirilayotgan vazifalariga mos kelishi kerak.

Tizimli yondoshuvga binoan rahbar o'zi boshqarayotgan tizimni yaxshi bilishi, uning holatini to'gTi baholashi, kelajakdagi qiyofasini tasavvur eta olishi hamda o'zgarishlarni amalga oshirishda ishtirok etuvchi xodimlarni faollikka jalb eta olishi lozim. Zamonaviy boshqaruvga rahbarlik uslubini turli nuqtai nazarlarda turib yoritiladi.

An'anaviy yondoshuv. Boshqaruv uslubini farqlashdagi an'anaviy yondoshuvlardan biri Kort Levin tomonidan kiritilgan tipologiyaga asoslanib, bunda rahbarlikning avtoritar, demokratik va liberal uslublari farqlanadi.

Avtoritar uslubda malakasi yuqori bo'lmagan ishchilarni bir maromda zerikarli faoliyatini boshqarishda, ijrochilarni so'zsiz bo'ysunishini (harbiy tashkilotlar, favqulodda vaziyatlar) ta'minlashda yoki ijrochilar o'z rahbariga benihoya ishongan vaziyatlarda foydalanadilar.

Avtoritar uslub munosabatlarning rasmiyligini, hokimiyatni mas'uliyatli menejer qo'lida jamlanishini, rahbar bilan bo'ysunuvchi o'rtasida ma'lum masofani saqlashni, bajarilishi shart bo'lgan ko'rsatmalarni buyruq ko'rinishida bo'lishini, xodimlarni ko'proq jazolash orqali motivlashni nazarda tutadi.

Bu hol ijrochilarni faoliyat natijalarini yuqori bo'lishiga da'vat etmaydi, nosog'lom ma'naviy-ruhiy muhitni yaratadi, ichki nizolarga sabab bo'ladi.

Demokratik uslubda bo'ysunuvchilarga ishonishini, maslahatlashishini, diktatorlikdan qochishini, vakolatlarni ijrochilarga berishini, qulay ma'naviy-ruhiy muhitni yaratishini, ijobiy rag'batlantirishdan keng foydalanishini nazarda tutadi.

Bularning hammasi ishchilarning manfaatdorligini va tashkilotga sodiqligini oshiradi. Demokratik uslubning ham ikki yo'nalishi mavjud: konsultativ va partisipativ (bo'ysunuvchilar faqat maslahat berish bilan cheklanmaydilar ular maqsadlarni yaratishga va nazorat qilishga jalb qilinadi).

Odatda demokratik uslub ijodiy yondashuvni talab qiladigan murakkab ishlarni bajarishda qo'llaniladi. Bunda ijrochilar yuqori malakaga ega bo'lishi talab etiladi.

Tahlilla^an ma'lum bo'ldiki, avtoritar uslub demokratik boshqarish uslubiga qaraganda ikki marta ko'pгoq ish hajmini bajaгilishini ta'minlashi mumkin, lekin uning sifati, ijodiy elementlarning mavjudligi ikki marta past bo'ladi.

Leberal uslubda ijrochilar oldiga muammoni qo'yishini, ularning ishlashi uchun hamma sharoitni yaratishini, muammoni yechilish chegaralarini belgilashini, o'zi esa chetga chiqib turishini nazarda tutadi. Rahbar maslahatchi sifatida olingan natijalarni baholovchi, ekspert, murakkab vaziyatlarda yordam beruvchi funksiyasini o'z zimmasida qoldiradi, guruh esa qaror qabul qilishda to'liq erkinlikka ega bo'ladi.

Ushbu uslub haddan tashqari bosimni va nazoratni qo'llab bo'lmaydigan yuqori malakali mutaxassislar bajaradigan ilmiy izlanishlar va tajriba konstruktorlik ishlarida keng qo'llanilmoqda. Ayni paytda leberal uslub osonlik bilan byurokratik shaklga o'tib ketishi mumkin. Chunki boshqaruv jarayoni rahbardan uning maslakdoshlari, yordamchilari qo'liga o'tib qoladi. Ular esa rahbar nomidan harakat qilib, ko'proq avtoritar usullardan foydalanishga o'tadilar. Rahbar esa o'zini hokimiyat egasi qilib ko'rsatishga harakat qiladi, amalda esa uning bo'ysunuvchilarga bog'liqligi ortib boradi.

Avtoritar, demokratik va leberal uslublar o'rtasida aniq chegaralarni o'tkazish murakkab vazifa hisoblanadi, chunki ular boshqaruv kontinuumini yaratib, biri ikkinchisiga silliq o'tib boradi.

Umuman olganda, boshqaruv uslublari doimo rahbar va xodim, rahbar va jamoa munosabatlarining tarkibiy qismi sifatida tushunilishi lozim. Shuning uchun ham rahbarning xodimlar bilan umumiy maqsad sari borishida nafaqat rahbar tanlaydigan uslub, balki xodimlarning xulq-atvori ham yetakchi rol o'ynaydi.

Bu degan so'z - rahbar biron uslubga moyilligini bildirib, uni qo'llashi boshqaruvga bir tomonlama qarashdir. Vaholanki, rahbar jamoa holati va vaziyatdan kelib chiqqan holda u yoki bu uslubga murojaat etadi.

Uslub umumiy maqsad yo'lida borayotgan rahbar va xodim munosabatlarining o'zaro muvofiqlashuvi jarayonidir. U yoki bu boshqaruv uslubini qoTlashdan maqsad, tashkilot manfaatini qondiruvchi vazifani iloji boricha tez va samarali bajarishdan iborat.

QoTlanilayotgan uslub bundan keyingi shu kabi topshiriqning qay tarzda bajarilishiga zamin yaratadi va jamoaga vazifani bajarish imkonini beradi. Afsuski, ko'pchilik jamoalar va hatto rahbarlar biron vaziyatni bajarishda doimo eski namunaga murojaat etishga o'rganib qolganlar va bu holat shu kabi vazifani bajarish uslubi deb atalishi mumkin. Lekin yangi vazifa takrorlanmas bo'lib, uning doimo biron yangi jihatlari mavjud va bu vaziyatda eski namunadan, uslubdan foydalanish maqsadga erishishni to'la-to'kis ta'minlay olmaydi.

Demokratik boshqaruv uslubida jamoadagi do'stona munosabatlar rivojlanadi, rahbar guruh faolligi tarafdori, rasmiy tizimda shaxsiy manfaatlar ham nazarda tutilib, muloqot yuritishga keng yo4 ochib beriladi.

Liberal boshqaruv uslubida esa rahbar jamoadagi norasmiy tizimni rivojlantiradi va muvaffaqiyatga erishishda rasmiy, ma'muriy shakldan ko'ra jamoaning norasmiy munosabatlari ustun qo'yiladi. Tashkilotda yangi kommunikatsiya tarmoqdari yaratilishiga keng yoT ochiladi va hatto bunday tashabbus ijobiy baholanadi. Xodimlar ish me'yorini ozlari o'rnatishadi va uning bajarilgani uchun ozlari mas'uldirlar. Xodimlar o'rtasida hamkorlik munosabati ustun turadi. Jamoa tavakkalga mushohada bilan bemalol boradi, har qanday qiyin vazifani ham yengil bajaradi.

Raqamli iqtisodiyot sharoitida rahbar faqat o'z sohasini yaxshi bilibgina qolmay, balki yaxshi tashkilotchi, ruhiyatchi (psixolog), tarbiyachi va ijtimoiy yetakchi bo'lmog'i lozim. Buning uchun har bir rahbar xodim psixologiya, pedagogika fanlarni mustaqil egalashi kerak. Buni hayotimizdagi jiddiy o'zgarishlar, inson omillining laollashuvi, jamoalaming o'zinin o'zi boshqarish sharoitida ular bilan ishlash taqoza qiladi. Jamoaga a'zo bo'lgan har bir shaxsning qalbiga yo'l topa bilishi rahbaming ish faoliyatida asosiy ahamiyatga ega. Buni bilgan rah6hr o'zjamoasi ichida ishjarayonida vujudga keladigan har xil nizolami jamoada, jamoat tashkilotlari bilan birgalikda, yuqori tashkilotlarga chiqarmasdan o'zida hal qilishga qodir bo'ladi.

Bunday rahbar o'z ishini to'g'ri tasbkil qilgan bo'lib, jamoa oldiga qo'yilgan maqsad va reja topshiriqlarini o'z vaqti.da muvaffaqiyatli bajaradi. Jamoalarda sog'lom ruhiy iqlim yaratish uchun rahbar har bir ishchi xizmatchi xodimlaming shaxsiy fazilatlarini inobatga olishga, ishchilar o'fiasidagi hamkorlikni va o'zaro yordamni bir-biri bila:r chambrchas bog'laydigan ijtimoiy aloqa maromini, iqtisodiy musobaqani tashkil etishga, mehnat jamoalarida ish laoliyatining pirovard natijalari uchun qulay ijtimoiy sharoitlarini yaratishga e'tibor berishi zarur.

Xulosa o'mida shuni aytish joizki, insoniyat taraqqiyotining hozirgi davri va yaqin istiqbolida iqtisodiyot tarmoqlari, ijtimoiy soha va davlat boshqaruvi tizimining sifat jihatdan rivojlanishi raqamli texnologiyalami keng joriy etish bilan bevosita bog'liq bo'lib bormoqda. Xususan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi 2018 yil 3-iluldagi PQ-3832-sonli qarori qabul qilinishi raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishda muhim qadam bo'lib, mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni yanada rivojlantirish bo'yicha qator ishlami belgilab berdi. [2] Umuman olganda raqamli iqtisodiyotda boshqaruming o'mi muhim ahamiyatga ega. Chunki ma'lum bir fa'oliyatni amalga oshirishdan oldin o'sha faoliyatni boshqarish negizida ahamiyat qaratish lozim bo'ladi. Mamlakatimiz taraqqiyotining istiqboli ham raqamli iqtisodiyot rivojlanishi va raqamli texnologiyaning qamrov darajasiga tayanadi.

Foydalangan adabiyotlar ro'yxati.

1. Harakatlar strategiyasi 2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasi prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli farmoni. O'zbekiston Respublikasi Qonunchilik to'plami 2017 y.6-son, 70 modda.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 3 iyuldagi PQ-3832-son "O'zbekiston Respublikasida raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Qarori. // O'zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi (www.lex.uz).

3. Buriyev X.T. Qurilishda menejment. Darslik. Toshkent -2021 y. 140-144 bet

4. O'.A. Muxammadiyev. Strategik menejment. Darslik, Toshkent - 2021 y. 354 bet

4. Yo'ldoshev N.K. Strategik menejment. Darslik. - T.: TDIU, 2013 y.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.