Научная статья на тему 'O`ZBEKISTONDA TADBIRKORLIK SOHASIDA ZAMONAVIY MENEJMENTNING O`RNI VA UNI AMALDA JORIY ETISH MUAMMOLARI'

O`ZBEKISTONDA TADBIRKORLIK SOHASIDA ZAMONAVIY MENEJMENTNING O`RNI VA UNI AMALDA JORIY ETISH MUAMMOLARI Текст научной статьи по специальности «Ветеринарные науки»

CC BY
250
36
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Iqtisodiyot / menejment / tadbirkorlik / anʼanaviy menejment / zamonaviy menejment / iqtisodiyot / boshqaruv / foyda / kompleks yondashuv / konsensus / mukchilik / yapon tajribasi

Аннотация научной статьи по ветеринарным наукам, автор научной работы — Abdualimov Ashraf Qurbonaliyevich, Omonkeldiyev Jamshid Umid O’g’li

Ushbu maqolada bugungi kun zamon talablaridan kelib chiqqan holda O`zbekistonda menejment sohasining holati, tadbirkorlikda zamonaviy menejmentni joriy etish muammolari va istiqbollari yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O`ZBEKISTONDA TADBIRKORLIK SOHASIDA ZAMONAVIY MENEJMENTNING O`RNI VA UNI AMALDA JORIY ETISH MUAMMOLARI»

OZBEKISTONDA TADBIRKORLIK SOHASIDA ZAMONAVIY MENEJMENTNING O RNI VA UNI AMALDA JORIY ETISH

MUAMMOLARI

Abdualimov Ashraf Qurbonaliyevich

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti "Raqamli iqtisodiyot" kafedrasi o'qituvchisi E-mail: [email protected], Tel: +998909804900

Omonkeldiyev Jamshid Umid o'g'li

Denov Tadbirkorlik va pedagogika institute "Iqtisodiyot" yo'nalishi 1I-21 guruh talabasi E-mail: [email protected], Tel: +998951886558

Annotatsiya: Ushbu maqolada bugungi kun zamon talablaridan kelib chiqqan holda Ozbekistonda menejment sohasining holati, tadbirkorlikda zamonaviy menejmentni joriy etish muammolari va istiqbollari yoritilgan.

Kalit so'zlar: Iqtisodiyot, menejment, tadbirkorlik, an'anaviy menejment, zamonaviy menejment, iqtisodiyot, boshqaruv, foyda, kompleks yondashuv, konsensus, mukchilik, yapon tajribasi.

Bozor iqtisodiyotida turli mulkchilikka asoslangan minglab korxonalar faoliyat yuritishini tasavvurga sig'dirish qiyin emas. Korxonalar faoliyatini u yoki bu darajadagi boshqaruvini tashkil etish, shu korxona rahbarining boshqaruv qobiliyatiga bog'liq. Uning qobiliyati esa menejment sohasidagi bilimlarni qanchalik darajada egallanganligi bilan o'lchanadi. Shu nuqtai nazardan menejment so'zi bizning hayotimizda bozor iqtisodiyoti bilan bog'liq kirib kelgan so'zlar qatoridan joy oldi.

Menejment so'zi juda keng darajadagi ma'nolarni anglatuvchi so'z hisoblanib, ma'nolari bir-biridan farq qiluvchi jihatlari anchagina va bularning hammasi umumiy tushunchaga birlashtiradigan bo'lsak, menejment - dunyoni boshqarish. Ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish, tartibga solish, muvofîqlashtirish, nazorat qilish va belgilangan maqsadlarning qanchalik darajada muvaffaqiyatga erishganligini bozor muhitining o'zi baholaydi. Ishlab chiqarish masshtabining kengayishi, ta'minotda resurslar hajmining ortib borishi bilan boshqaruv vazifalari ham murakkablashib boradi.

Albattaki, bugungi zamonaviy korxonalar an'anaviy menejmentdan voz kechgan holda zamonaviy menejmentni ustuvor sifatida belgilashmoqdalar. Chunki bu boshqaruv tizimlari bir-biridan keskin farq qiladi.

An'anaviy menejment [1] - bu ko'pgina sohalar va sharoitlarga mos keladigan loyihalarni boshqarishga yondashuv. Ushbu yondashuv muammolarni boshqarish va hal qilish uchun an'anaviy vositalar va usullardan foydalanadi. Bu boshqaruv tizimi quyidagi funksiyalarni o'z ichiga oladi: - Rejalashtirish;

- Tashkil etish;

- Boshqaruv.

Zamonaviy menejment [2] - bu tashkilotlar tomonidan natijalarni ishlab chiqarish uchun o'ziga xos funksiya, o'ziga xos vositadir. Ushbu super vazifani bajarish menejerning mas'uliyat doirasini kengaytirishni talab qiladi, bu tashkilot faoliyati va uning natijalariga ta'sir qiluvchi barcha omillarni o'z ichiga oladi:

Bugungi kunda zamonaviy menejmentning funktsiyalariga quyidagilar kiradi:

• rejalashtirish;

• tashkil etish;

• motivatsiya;

• boshqaruv;

• muvofiqlashtirish.

Zamonaviy menejment boshqaruvning barcha darajalarida strategik yondashuv bo'lib, bu yerda asosiy omil sifatida inson omilidan foydalaniladi. Quyidagi boshqaruv tamoyillari qayd etilgan:

- menejerning yuz foiz shaxsiy javobgarligi;

- barcha darajalarda rivojlangan aloqa;

- xodimlar va menejerlarni doimiy ravishda o'qitish;

- korxonadagi atmosfera ishchilarga o'z qobiliyatlarini maksimal darajada rivojlantirishga yordam beradi;

- har bir xodim ongli ravishda umumiy natijaga o'z hissasini qo'shishi;

- rahbarlik foydasiga avtoritar rahbarlik uslubini rad etish;

- mijozlar bilan muloqot qilish uchun rivojlangan aloqa ko'nikmalari;

- biznes etikasi;

- ochiqlik va odamlarga ishonch;

- menejment asoslarini bilish va ulardan foydalanish;

- korxonaning yo'lini aniq tasavvur qilish;

- doimiy o'z-o'zini takomillashtirish va o'z ishining sifatini oshirish istagi;

- kompleks yondashuv.

Ushbu tamoyillarining barchasini amalda qo'llash oson emas, lekin ko'plab zamonaviy korxonalar innovatsiyalarga intilmoqda.

Hozirda ko'plab rivojlangan davlatlar zamonaviy menejmentdan foydalanishadi. Shuningdek har birining o'ziga xos bo'lgan boshqaruv tizimi mavjud. Ular muammoli sohalarga yondashishda o'zgacha usullardan foydalanadilar [3]. Garchi AQSH va Yevropa davlatlari bo borada ustunlikka ega bo'lsada, Yapon menejerlari o'zlarining keskin farq qiluvchi boshqaruv tamoyillari bilan G'arb va Sharq davlatlarini hayron qoldirib kelishgan. Odatda, ular muammoli vaziyatlarga nisbatan qaror qabul qilishda "konsensus" deb nomlanuvchi usuliga tayanadilar. Konsensus - qaror qabul qilishda shoshilmasdan qarorning barcha risklarini va oqibatlarini hisobga olib ish ko'rish va boshqa hamma xodimlar bilan muhokama qilish orqali qaror nima bo'lishi emas, balki qaror nima haqida ekanligini anglab yetish tizimidir. Bu tizimda qaror qabul qilish jarayoni sekin bo'lsada, amalga

oshirish jarayoni juda tez va samarali bo'ladi. Yaponiyaning bu boshqaruv tizimi yetarlicha samara berayotganini va AQSH bilan bu borada raqobatdosh ekanligi quyidagi diagrammada aniq ko'rsatib o'tilgan._

Growth of Profits (rhs) and Revenue (Ihs) in the Past Decade

150.0 100.0

00 HI • I III

2010 2011 2012 2013 2014 2015 2016 2017 2018 2019 US Profits Japan Profits ^^»US Revenue —^Japan Revenue

1-rasm. 2010-2019 yillar AQSH va Yaponiya davlatlarining foyda va daromadi

nisbati [4]

O'zbekistonda zamonaviy menejmentni yo'lga qo'yish borasida keng ko'lamli ishlar yillar davomida yaxshilangan holda olib borilmoqda. Biroq, shunday bo'lsada, bu sohaning rivojlanishi va rivojlangan mamlakatlar zamonaviy boshqaruv tamoyillaridan foydalanish uchun hali hanuz e'tibor kamlik qilmoqda. Ta'kidlash joizki, bu sohani rivojlantirish uchun avvalambor chet el tajribasini to'plagan holda zamonaviy kadrlarni ishga tayyorlash, ularni chet el tajribasini o'rganish maqsadida safarbar qilish maqsadga muvofiqdir. Yaponiyaning mashhur "konsensus" tamoyilini va boshqa rivojlangan davlatlarning muhim boshqaruv uslublarni o'zimizning iqtisodiyotimizga revolyutsion tarzda amalga oshirish bu muammoning asosiy yechimi sifatida rol o'ynashi mumkin.

Darhaqiqat, bugungi fan va texnika taraqqiyoti o'zining yuksak cho'qqisiga erishgan bir davrda mehnat bozorida zamonaviy mutaxassislarga bo'lgan talab kun sayin ortib bormoqda. Korxonalarda ishlab chiqarish strategiyasi va mehnat sharoitining o'zgarishi natijasida mutaxassislar xarakterlariga qo'yiladigan talablar ham yangilanib boradi. Ishlab chiqarishga yangi texnika va texnologiyalarning keng ko'lamda joriy etilishi, yetuk kadrlarning bugungi avlodidan texnika va texnologiyalarni tez o'zlashtirish va ularning sir-asrorlarini anglay olish mahoratini hamda yuksak intellektual salohiyat talab etadi. Bunday kadrlarga bo'lgan yuqori darajadagi talabga mos ravishda mutaxassislar o'rtasidagi raqobat ham kuchli bo'ladi. Mehnat bozoridagi raqobat kurashida esa faqatgina yuqori sifat bilan g'alaba qozonish mumkin. Bu o'rinda, talab darajasidagi mutaxassislarni boshqarish tizimi

ham mos ravishda takomillashtirilishi zarur. Ishlab chiqarish jarayonida inson omilini to'g'ri boshqarish ham bir san'at.

Ta'lim standartlari va inson kapitalini sifat jihatdan yaxshilash rivojlangan iqtisodiyot sharoitida ob'ektiv zarurat hisoblanadi. Shu bilan birgalikda, oliy ta'lim tizimini takomillashtirish hamda malakali ishchilarni jalb qilishga bo'lgan talab kundan-kunga ortib borayotgan bir sharoitda bu boradagi jahon tajribasini chuqur tahlil qilgan holda, mamlakatimizda kadrlarni qayta o'qitish va boshqarish tizimini tubdan yaxshilashning asosiy yo'nalishlarini belgilab olish muhim ahamiyat kasb etadi. Shu o'rinda ta'kidlash joizki, talim va ishlab chiqarishning mutanosibligi hamda o'zaro samarali hamkorligini ta'minlash yuzasidan mamlakatimizda amalga oshirilayotgan chora - tadbirlarni yanada takomillashtirish bu boradagi ustuvor vazifalardan biridir. Mamlakatimizda yuqori texnika va texnologiyalar bilan jihozlangan, zamon talablari va jahon andozalariga mos tarzda faoliyat olib boruvchi korxonalarni tashkil etish va milliy brendimiz bilan jahon bozorida o'z o'rnimizga ega bo'lishni maqsad qilar ekanmiz, korxonalarda xodimlarni boshqarish masalalariga jiddiy e'tibor qaratish maqsadga muvofiqdir. Chunki, korxona ishchi va xodimlarining o'z ishlaridan mamnun bo'lishlari ularni bir maqsad yo'lida birlashish, korxona rivoji va istiqboli yo'lida chin dildan mehnat qilishga undovchi eng muhim va kafolatli kuchdir.

Xulosa. O'zbekiston iqtisodiyotida menejment sohasining o'rni dolzarb. Bugungi kunda kadrlarni zamonaviy menejment sir-asrorlarini anglagan holda mahoratini oshirib borish kelajakda yuksak darajadagi muvaffaqiyatga erishishni kafolatlaydi. Shunday ekan, bu sohaning mazmun mohiyatini anglab yetish va chuqur qiziqish va harakatlar asosida yetuk mutaxassis bo'lib yetishish bugungi kun uchun zarur omil sifatida ta'riflanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Mustafakulov Sh., Raximberdiev O., Egamberdiyeva M.Sh. Iqtisodiy atamalar ning izohli lug'ati.Darslik. T.: Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi, 2019.

2. Ziyavitdinova N.M., O'rinov Y.M., Xayitov Sh.N. Menejment. O'quv qo'llanma. O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi. - Т.: "Tafakkur-Bo'stoni", 2012 yil, 312 bet.

3. Zaynutdinov Sh.N., Shermuxamedov A.T., Murakayev I. Menejment. Darslik. T.: O'zbekiston Yozuvchlilar uyushmasi Adabiyot jamg'armasi nashriyoti, 2005 yil.

4. www.library.ziyonet.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.