BOSHQARUVDA RAHBAR QIYOFASI VA UNING AXLOQI
Shahbozxon Abdusamad o'g'li Mardiyev Ilmiy rahbar: Mo'minmirzo Zokir o'g'li Xolmo'minov [email protected] O'zbekiston davlat san'at va madaniyat instituti
Annotatsiya: Bu maqolada rahbarlar uchun boshqaruv faoliyatida kerak bo'ladigan nazariy, amaliy va axloqiy tavsiyalar berilgan.
Kalit so'zlar: munosabat, rahbar, nazorat, xulq, axloq, xodim, jamoa, vazifa, tashkilot, nizo, omil, adolat, vakolat, boshqaruv
THE IMAGE OF THE LEADER IN MANAGEMENT AND ITS ETHICS
Shahbozkhon Abdusamad oglu Mardiev Supervisor: Mominmirzo Zokir oglu Kholmuminov [email protected] Uzbekistan State Institute of Arts and Culture
Abstract: This article provides theoretical, practical and ethical recommendations for leaders in their management activities.
Keywords: attitude, leader, control, behavior, ethics, employee, team, task, organization, conflict, factor, justice, authority, management
Inson yashashda davom etar ekan, u jamiyatning bir bo'lagi hisoblanadi. Jamiyatda esa hamma insonlarning o'z o'rni va vazifalari mavjud. Barcha insonlarning dunyoqarashi, xulq-atvori va bilimi turlichadir. Shunday turfa-xilliklar kabi ularning jamiyatda tutgan o'rni ham har xil. Barcha insonlar turli jabhalarda mehnat qiladilar. Mehnat faoliyati qay tartibda, jismoniy yoki aqliy bo'lishidan qat'iy nazar hamma, insonlar jamoasida harakat qiladilar. Tabiiyki bunday jamoalar boshqaruvchilar va xodimlar munosabatlarini vujudga keltiradigan boshqaruv jarayonini yuzga keltiradi. Bu jarayonda turli obyektiv hamda subyektiv faoliyatlar amalga oshiriladi. E'tiborlisi, jarayonning o'zi ham katta umumiy, yuqoridan pastga, pastdan yuqoriga shaklidagi boshqaruv faoliyatidir. Aynan shu jarayonda kimdir rahbar, yana kimdir xodim vazifasini bajaradilar.
Boshqaruv faoliyatining o'ziga xosligi shundaki, unda asosiy e'tibor odamlarga qaratiladi, ya'ni boshqararuv obyektining o'zi subyekt hisoblanadi. Rahbar o'zi kabi insonlarni, boshqaradi va tabiiyki, bu subyektlar o'rtasida ma'lum bir munosabatlar shakllanadi. Bu esa boshqaruvga o'ziga xos tus beradi va rahbar e'tiborining alohida
I ibiSi^^Bl ^91 http://oac.dsmi-qf.uz
xodim subyektidan, subyektlar o'rtasidagi munosabatlar tizimiga o'tkazish zaruriyatini yuzaga keltiradi. Shu bilan birga, rahbar guruhga nisbatan murakkab holatni egallaydi. Ya'ni, bir tomondan, u shu jamoaning a'zosi, ikkinchi tomondan shu guruh nazoratini ta'minlovchi shaxs ham. Natijada, rahbarning rasmiy va norasmiy maqomi o'rtasida ziddiyat yuzaga keladi. Demak, subordinatsiya va koordinatsiya munosabatlarini muvofiqlashtira olish rahbardan alohida qobiliyatni talab qiladi. [1:14] Ta'kidlanganidek boshqaruvda ko'p jihatlar boshqaruvchilar ya'ni rahbarlarga bog'liq. Chunki jamoadagi axborot almashinuvi, munosabatlarni muvofiqlashtirish hamda jamoa mehnatining samarasini nazorat qilish rahbar zimmasida bo'ladi. Munosabatlarni muvofiqlashtirishdan, mehnatni nazorat qilishdan asosiy sabab jamoa har xil xarakter hamda turli darajadagi bilim va tajribaga ega xodimlardan tashkil topadi. Aytilgan vazifalarning barchasini to'laqonli bajarish uchun rahbarlardan ham nazariy va amaliy bilimlarni talab etadi. Bunday bilimlar umumiy holatda quyidagicha ifodalanadi:
■ psixologik;
■ metodologik;
■ pedagogik;
■ funksional.
Yuqorida keltirilgan boshqaruv bilimlarning barchasini boshqaruvchi rahbarlar o'zlashtirishi lozim. Boshqaruv ko'nikmalariga ega bo'lish turli rahbarlarda turlicha kuzatiladi. Bu ko'nikmalar rahbarlarning shaxsiy xislat va qobiliyatlari hamda vaqt o'tishiga ham bog'liq. Chunonchi rahbarlar vaqt o'gani sari o'z professiogramalarini yaratadilar va takomillashtiradilar.
Rahbar xodimlar professiogrammasini1 yaratishda mavjud namunalardan foydalanish o'rinlidir. Mana shu sohadagi izlanishlar qatoriga Respublikamiz olimlari tomonidan yaratilgan manbalarga murojaat etish mumkin. Kadrlarni baholash sohasidagi tadqiqotchilar Sh.Qurbonov, E.Seytxalilov va I.Majidov muallifligida yaratilgan rahbarlik xislatlarini baholash so'rovnomasida keltirilgan mezonlar va ko'rsatkichlar rahbarlik professiogrammasini yaratishda ancha qulaylik tug'diradi. Malakali rahbarlikni baholash ko'rsatkichi sifatida shaxs xislatlarining quyidagi majmuyi keltiriladi:
• shaxsning liderlik xislati
• o'zgalarning ishini takomillashtirish va boshqarish;
• tijorat va mijozlarga oid masalalarni hal etish qobiliyati;
• natijalarni qo'lga kiritish: vazifalarni bajarish;
1 Professiogramma - u yoki bu kasbga qo'yiladigan talablardan kelib chiquvchi shaxsga xos bilim, malaka va ko'nikmalarning uyg'unlashgan yig'indisidir. Professiogramma - biror kasbning ijtimoiy-iqtisodiy, ishlab chiqarish va texnik, sanitariya-gigiyena, psixologik va boshqa xususiyatlarini bayon etish demakdir. Professiogramma - kasbning turli obyektiv xarakteristikalari tasnifi.
I fcclT^^^^HI 392 http://oac.dsmi-qf.uz
• kommunikatsiya;
• muammolarni hal etish va qaror qabul qilish;
• yangiliklarni joriy etish va takomillashtirish yo'lidagi o'zgarishlarni boshqarish;
• o'z-o'zini boshqarish xislatlari. [2:138]
Albatta, har bir rahbarda yetakchilik xislati yuqori darajada shakllangan bo'lishi hamda undan oqilona foydalanishi zarur. Muammoli vaziyatni ijobiy hal etishi, natijaga erishish uchun zamonaviy hamda qulay usullardan foydalanishlari kerak. Qaror qabul qilish va uning ijrosini ta'minlashda ham muqobil variantlarni qo'llashlari o'zi va jamoa uchun ham samaralidir. Rasmiy va norasmiy munosabatlarga vakolatini davo qilib emas, o'zaro hurmat bilan kirishish maqsadga muvofiq.
Samarali rahbar xislatlari ustida to'xtalganda, ko'pchilik tadqiqotchilar diqqat e'tiboridagi asosiy xususiyatlardan biri rahbar shaxsiga xos dominantlikka intilishlardir. Aynan shu sifat rahbarning tashabbus ko'rsatishi, guruhga yetakchilik qilishi va murakkab vaziyatda ma'suliyatni o'z bo'yniga olishiga zamin yaratadi. Tadqiqotchi R. Stoldill qalamiga mansub "Rahbar qo'llanmasi"da ham dominantlik boshqaruv uchun zarur sifatlar ro'yxatida birinchi o'ringa qo'yiladi. "Dominnantlik" so'zi bir necha ma'noni anglatsada, rahbarlik mavzusi nuqatai nazaridan "o'zgalarga ta'sir etish" degan ma'noda qo'llanadi. Dominantlikning eng yorqin ko'rinishi boshqaruvda hokimiyatga suyanish, rahbarning o'z shaxsiy qudratiga tayanishidir. [3:42] Vaholanki, o'zgalarga ta'sir ko'rsatish vaziyat hamda vaqt taqozosiga ko'ra har xil. Ammo undan ko'zlangan maqsad doim jamoa va tashkilot foydasiga xizmat qilish kerak. Aynan dominantlik rahbar qiyofasini belgilovchi omildir. Dominantlik nazorat qilish, baholash hamda subordinatsiya va kumunikatsiya jarayonlarini bir vaqtning o'zida bajarishni ta'minlaydi. Rahbar axloqi ham shu jarayonda namoyon bo'ladi. Bizning ko'z o'ngimizda dominantlik deyilganda hokimiyatga va vakolatiga suyanib ish yuritadigan shaxs gavdalanishi bir tomonlama fikrlash mahsuli bo'lib qoladi. Ma'naviy jihatdan yetuk va madaniyatli rahbar o'zgalarga ta'sirdan ijobiy hamda manfaatli foydalana oladilar. Gap shundaki, har xil xulq-atvorga ega va turli yoshdagi xodimlarning psixologik ahvolidan kelib chiqib muomalaga kirishadi. Xushmuomalalik va ishonch orqali yo'lga qo'yilgan munosabatlarda buyruq berish va vakolatni davo qilish shart emas. Lekin har doim holat bir xil bo'lavermaydi, uslublarning aks ta'siri yoki nizoli vaziyatlar ham vujudga kelishi mumkin.
Nizoli vaziyatda inson besh xil harakat uslubidan birini tanlashga o'z moyilligini bildiradi.
Bu harakat uslublari quyidagilar:
1) raqobat - masala aynan rahbar aytganindek hal bo'lishi kerak;
2) yon berish - rahbar xodim ta'kidlayotgan yechimni qabul qiladi;
I icclT^^^^H 393 http://oac.dsmi-qf.uz
3) kompromiss - masala ikkala tomonni ham qisman qoniqtiradigan yechim orqali hal etiladi, lekin asosiy manfaatlar qondirilmaydi.
4) masalani muhokama qilishdan qochish, ya'ni turli bahonalar bilan masalani hal etuvchi uzil-kesil yechim qabul qilinmaydi;
5) hamkorlik - ikkala tomonni qoniqtiruvchi yechim izlanadi va bu izlanish davomida rahbar o'z xodimi manfaati haqida qayg'uradi, xodim esa rahbar va tashkilot manfaatini nazarda tutgan holda o'z muammosi yechimini izlaydi. [4:45]
Biz bu uslublardan dastlab kompromiss uslubiga to'xtalamiz. Sababi qolgan to'rt uslub nisbatan tushunarli. Kompromiss uslubida rahbar xodim bilan murosaga kelish uchun ba'zi talablardan voz kechadi. Natijada vaqt va resurs sarf etiladi. Ammo, harakatlar samarasizligicha qoladi. Raqobatda rahbar vakolati, yon berishda xodim haqligi ifodalanadi. Muammodan qochish esa eng achinarli hol. Bunda rahbarning ham, jamoa ham harakatsizligi muammoning faqat ko'payishiga olib keladi xalos. Hamkorlik uslubida rahbar xodimga xayrixohlik bildiradi, xodim rahbarning topshirig'ini o'z imkoniyatidan kelib chiqib bajaradi. Natija rahbar uchun ham jamoa uchun ham foydali bo'ladi. Rahbarlik faoliyatida asosiy munosabatlar fikr almashish orqali yo'lga qo'yiladi. Vazifalar og'zaki tarzda berilishi kam kuzatiladi. Rahbar, xodim va jamoa o'rtasidagi munosabatlarning qay yo'sinda shakllanishi suhbat jarayonlariga ham bog'liq.
Suhbatlashish masalasida umuman hammamiz va ayniqsa, rahbar xodim uchun juda muhim bo'lgan turli xil "ko'rsatmalar" mavjud. Bu borada olib borilgan ilmiy tadqiqotlar natijalarini umumlashtirilgan holda keltiradigan bo'lsak, ko'pincha olimlar va tajribali rahbarlar quyidagi o'n qoidaga rioya qilishni maslahat beradilar:
1. Jim bo'ling;
2. Gapiryotgan odam o'zini erkin sezishiga yordam bering;
3. Suhbatdoshingizga uni tinglashga tayyor ekanligingizni namoyish eting;
4. Asabga tegadigan, xayolni bo'ladigan vajlarni yo'q qiling;
5. Gapiryotgan odamga xayrixohlik qiling;
6. Sabr-toqatli bo'ling;
7. O'zingizni bosiq tuting;
8. Gap talashishga yoki tanqidga yo'l qo'ymang;
9. Savollar berib turing;
10. Jim bo'ling. [5:32,33]
Suhbatdoshni odob bilan tinglash bosh mezon. Suhbat davomida xayolni chalg'ituvchi har xil harakatlardan tiyilish zarur. Masalan, qaysidir ishlar bilan band bo'lish, telefonda gaplashish, qog'ozbozlik va hokazo. Vazminlik va sabr bilan tinglash kerak. Bu hol murosasiz va sizga nisbatan tanqidiy fikrlarning oldini oladi. Eng muhimi gap talashishga yo'l qo'ymaslik zarur. Chunki bunday vaziyatda siz
yutib chiqsangiz ham, fikr kelishmovchiligiga kirishishingizning o'zi, sizga nisbatan hurmat darajasining yo'qolishiga olib keladi.
Tashkilotda rahbar qiyofasini belgilovchi mezonlardan bir jamoa uchun qulay shart sharoit yaratish va jamoaga doimiy moddiy va ma'naviy motivatsiya berib borishi kerak. Nazorat va baholashdan yiroqlashmagan holda. Rahbarlarning axloqni me'yorlovchi omillar juda ko'p.
Bu borada quyidagilarni keltirib o'tmoq lozim:
- insonning o'z "men"ini shakllantirishi va samarali faoliyatini namoyon qilishga intilishi;
- shaxsning o'zaro iliq munoabatlar jarayonida boshqalar bilan hamkorlik qilishi va hamkorlik natijasida yangi g'oyalarni amalga tadbiq etish;
- tinimsiz kuzatish, tahlil qilish, tahlillardan olingan monitoring asosida hamkasblarning ish faoliyatini nazorat qilish, iste'dodli mutaxassislarga yondoshish. [6:57;58]
Rahbarlar tajribali va qobiliyatli xodimlarni tashkilot foydasi uchun qayta kashf qilishlari kerak. Ya'ni ularni qo'llab, ularning o'ziga bo'lgan va jamoaning ularga bo'lgan ishonchini ta'milashi lozim. Jamoadagi kasbiy va ijtimoiy muhitni ijobiy tarzda ushlab turish ham rahbar uchun mas'uliyatli ishdir. Rahbar mas'uliyati axloqiy me'yorning oliy ko'rinishidir.
Rahbar mas'uliyati - rahbar madaniyatining asosiy belgilaridan biri bo'lib, uning ma'lum sohaga javobgarligini aks ettiradi hamda alohida shaxs, xodim mas'uliyatidan farq qilib, ko'lami kengligi, salmog'i bilan ajralib turadi. Shu bois, rahbar mas'uliyati hamisha muhim sanalgan. Mas'uliyat, avvalo, har bir kishining vijdoni, iymoni, qolaversa, o'zgalar oldidagi, jamoa, jamiyat, Vatan, millat oldidagi burchini teran anglashidir. Umuman, mas'uliyat rahbar zimmasidagi vazifasiga nisbatan javobgarlik tuyg'usidir. Mas'uliyatli rahbar eng avvalo o'ziga, so'ngra boshqalarga nisbatan talabchan bo'ladi. Rahbar faoliyatidagi barcha salbiy hodisalar esa ana shu mas'uliyat hissining yo'qligidan kelib chiqadi. [7:19]
Albatta, rahbarlarning jamoa va jamiyatdagi hurmatini, ijtimoiy o'rnini belgilovchi jihat uning o'z vazifasiga mas'uliyat bilan yondashishidir. Mas'uliyat rahbarlarning burch va vazifalarini tartibga soluvchi omil. Qisqa qilib aytganda rahbar mas'uliyati uning xizmat vazifasi hamda xulq-atvorini muvofiqlab turuvchi asosiy mezondir. O'z ishiga vijdonan mas'uliyat bilan kirishadigan hamda shaxsiy manfaatlarini jamoa, jamiyat va xalq manfaatlaridan ustun qo'ymaydigan rahbarlargina haqiqiy hurmatga loyiq shaxslardir.
Xitoylik mashhur faylasuf va mutafakkir Konfutsiy pok insonda besh xislat mujassam bo'lsa, u haqiqiy hurmat va e'tiborga ega bo'lishini shunday ta'kidlagan:
1) Odamlarga muhabbat, mehribonlik, insonparvarlik. Inson o'zidan o'zini topadi, o'zi axloqiy burchini anglamay turib, o'zini anglay olmaydi. Insonning o'ziga bo'lgan hurmati o'zgalarga bo'lgan hurmatining ifodasidir.
2) Haqiqat va adolat. Yaxshilikning mukofoti yaxshilik ekanini to'g'ri anglash va targ'ib etish. Haq so'z va haq amal hamisha g'olib. Adolatli odamning yuzi yorug' bo'ladi, ishida unum va baraka bo'ladi deb hisoblaydi mutafakkir.
3) Milliy qadriyatlar, urf-odatlarga, an'analarga sodiqlik. Mutafakkirning fikricha o'zaro hamjihatlik va hurmat e'tiborni, faqat o'z mentalitetiga xos urf-odat, an'analarning yashovchanligiga xizmat qilish.
4) Sog'lom fikr, donolik, oqillik, o'z hatti-harakati oqibatlarini oldindan ko'ra bilish, o'ziga chetdan qarash va baho bera olish. Hamisha o'ziga nisbatan talabchan va mas'uliyatli bo'lish.
5) Samimiyat, pok niyat, hur fikr, saxiylik va vijdonlilik. Ko'ngildagi niyatning so'zda ifoda topishi, yurakdagi tilakning amalda isbotlanishi, hammaga birdek ochiq ko'ngil bilan munosabatda bo'lish (odam ajratmaslik), imkon darajasida, qo'ldan keladigan hurmat va yaxshilikni umrning mazmuni deb hisoblash har bir ziyoli insonning hayot tarziga aylanishi hozirgi rahbarlar oldidagi vazifa ekani bor gap. [8:94]
Darhaqiqat, rahbarlarda ham shu xislatlar mavjud bo'lsa, ular rahbarlik qilayotgan qaysi soha yoki qaysi bo'g'in bo'lishidan qat'iy nazar rivojlanish bo'ladi. Kasbiy, nazariy bilim va tajriba qanchalik yuqori bo'lmasin, axloqiy saviya birinchi darajali jihat. Rahbarlik salohiyati bo'lsa-yu, qo'pol yoki e'tiborsiz bo'lsa, rahbarni hech kim hurmat qilmay qo'yadi. Hurmat va ishonch yo'qolsa, tashkilotdagi, jamoadagi muhit izdan chiqadi. Nosog'lom muhitda esa, hech bir harakat natija bermaydi.
Xulosa o'rnida shuni ayta olamizki, o'zini hurmat qilgan rahbarlar eng avvalo xulq-atvor me'yorlariga amal qiladilar. Tashkilot hamda jamoada ijtimoiy muhitning ijobiy va mo'tadil bo'lishini ta'minlaydilar. Xodimlar uchun eng birinchi va eng yaxshi namuna - bu ularning rahbarlaridir.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. I. Mahmudov. Boshqaruv professionalizmi: Psixologik tahlil. // Toshkent: Akademiya, 2021. - 304 bet.
2. I. Mahmudov. Boshqaruv psixologiyasi; // Toshkent: "YUNAKS-PRINT" M CH J bosmaxonasi, 2015. - 170 bet.
3. I. Mahmudov. Boshqaruv professionalizmi: Psixologik tahlil. // Toshkent: Akademiya, 2021. - 304 bet.
4. I. Mahmudov. Boshqaruv psixologiyasi; // Toshkent: "YUNAKS-PRINT" M CH J bosmaxonasi, 2015. - 170 bet.
I ibiSi^^Bl 396 http://oac.dsmi-qf.uz
5. Sh. Razzoqov. Rahbarlik san'ati. // Toshkent. - Lesson Press, 2017. - 120 bet
6. S. To'ychiyeva. Boshqaruv texnologiyalari. // Toshkent. 2019. - 152 bet.
7. Xolov A. Boshqaruv qarorlari ijrosini ta'minlashda rahbar ma'suliyati // -Toshkent: "Akademiya", 2013, - 232 bet
8. S. To'ychiyeva. Boshqaruv texnologiyalari. // Toshkent. 2019. - 152 bet.