Научная статья на тему 'UMUMIY O‘RTA TA‘LIM MAKTABLARIDA MADANIY MUHITNI YARATISHDA MADANIY DUNYOQARASHNI AHAMIYATI'

UMUMIY O‘RTA TA‘LIM MAKTABLARIDA MADANIY MUHITNI YARATISHDA MADANIY DUNYOQARASHNI AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
19
5
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
madaniy muhit / madaniy dunyoqarash / pedagogik texnalogiyalar / diniy / idiomatik / refleksiya / ijtimoiy muhit

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Xolbo‘Tayeva Dilfuza Usmon Qizi

Ushbu maqolada umumiy o‘rta ta‘lim maktablarida madaniy muhitni yaratishda madaniy dunyoqarashni ahamiyati qanchalik muhim ekanligi ochib berilgan. Maqolada madaniy muhit va madaniy dunyoqarash haqida keng ma‘lumot berib o‘tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «UMUMIY O‘RTA TA‘LIM MAKTABLARIDA MADANIY MUHITNI YARATISHDA MADANIY DUNYOQARASHNI AHAMIYATI»

UMUMIY O'RTA TA'LIM MAKTABLARIDA MADANIY MUHITNI YARATISHDA MADANIY DUNYOQARASHNI AHAMIYATI Xolbo'tayeva Dilfuza Usmon qizi

UzPFITI 2-kurs tayanch doktoranti https://doi.org/ 10.5281/zenodo.7930778

Anotatsiya. Ushbu maqolada umumiy o'rta ta'lim maktablarida madaniy muhitni yaratishda madaniy dunyoqarashni ahamiyati qanchalik muhim ekanligi ochib berilgan. Maqolada madaniy muhit va madaniy dunyoqarash haqida kengma'lumot berib o'tilgan.

Kalit so'zlar: madaniy muhit, madaniy dunyoqarash, pedagogik texnalogiyalar, diniy, idiomatik, refleksiya, ijtimoiy muhit.

Bugungi shiddat bilan rivojlanayotgan murakkab davrda bo'lajak o'qituvchilarda madaniy muhitni rivojlantirishda madaniy dunyoqarashni shakllantirish judayam muhim hisoblanadi. Har bir bo'lajak o'qituvchi o'zining shaxsiy madaniy dunyoqarashiga ega bo'lgandagina o'quvchilar orasida madaniy muhitni yarata olishi mumkin. Madaniy muhit -bu insonni o'rab turgan va uning rivojlanishiga ta'sir qiladigan e'tiqodlar urf-odatlar va xatti harakatlar majmui hisoblanadi. Bu g'oyaviy, diniy, idomatik, tarixiy, estetik, etnik, tarbiyaviy va ijtimoiy jihatlarni o'z ichiga oladi. Madaniy muhitni belgilaydigan eng muhim elementlar qatoriga diniy e'tiqod, oilaviy munosabatlar, til va ta'lim kiradi.

Bo'lajak o'qituvchi shaxsining bilish jarayonlariga muvofiq tarzda madaniy dunyoqarashni shakllantirishga xizmat qiladigan didaktik vositalarni tanlash alohida pedagogik ahamiyatga ega. Qadriyatli munosabatlar pedagogik jarayonga yangicha yondashuvni talab qilmoqda. Buning uchun Oliy ta'lim muassasalarida bo'lajak o'qituvchining madaniy dunyoqarashini rivojlantirishga har qachongidan ko'ra e'tibor qaratish zarurligi kuzatishlarimiz jarayonida ayon bo'ldi.Buning uchun bo'lajak o'qituvchining mustaqil bilim olishi, o'zbek xalqiga xos bo'lgan madaniy modellarni refleksiv yondashuv asosida o'rganishi muhim hisoblanadi. Buning uchun bo'lajak o'qituvchilarning madaniy modellarni o'zlashtirishga oid faoliyatini mustaqil tashkil etishga qo'yiladigan talablarni ham aniqlash taqozo qilinmoqda. Madaniy modellarni o'zlashtirish uchun bo'lajak o'qituvchilarda madaniy dunyoqarashni egallash maqsadlarini ilgari surish, buning uchun zarur didaktik vositalarni izlab topish va refleksiv yondashuv asosida tahlil qilish, madaniy modellarni o'zlashtirishda muvaffaqiyatga erishish imkonini beradigan strategiyalarni izlab topish va o'zining shaxsiy rivojlanish dasturlarini korreksiyalash va tuzatishlar kiritish kompetensiyasini shakllantirish lozim.

Oliy pedagogik ta'limni rivojlantirishga yo'naltirilga islohotlar bo'lajak o'qituvchining madaniy faoliyati va dunyoqarashini boyitishni ham talab qilmoqda. Bunday sharoitda birinchi navbatda bo'lajak o'qituvchilarda o'zining madaniy dunyoqarashini refleksiyalash ko'nikmasini shakllantirish talab qilinadi. Madaniy-pedagogik nuqtai nazardan yondashganda bo'lajak o'qituvchilarning madaniy-pedagogik ko'nimalarini refleksiyalashga alohida e'tibor qaratilishi talab qilinmoqda. Ushbu turdagi refleksiyani amalga oshiradigan bo'lajak o'qituvchilar bilish mustaqilligiga ega bo'ladilar. Ular madaniy munosabatlar jarayonida jamiyat a'zolari bilan mahsuldor muloqot o'rnata oladilar. Umumiy o'rta ta'lim maktablarida madaniy muhitni yaratishda bo'lajak o'qituvchilarning madaniy dunyoqarashga ega bo'lishi uchun madaniy qadriyatlar haqida chuqur ma'lumotga ega bo'lishi, xalqimizning o'tmishi haqida bilimlarning mavjud ekanligi muhim hisoblanadi.

Oliy pedagogik ta'lim muassasalari talabalarida refleksiv ko'nikmalarni shakllantirish natijasida o'zining madaniy pedagogik faoliyatini muntazam tahlil qilishi uchun qulay imkoniyat yaratiladi. Mazkur vaziyatda bo'lajak o'qituvchilar o'zlarining shaxsiy-kasbiy, madaniy faoliyatni maqsadga yo'naltirgan holda egallashga muvaffaq bo'ladilar.

Ijtimoiy-madaniy muhit - bu jamiyatning madaniy aloqalarida faol ishtirok etadigan har bir kishi tomonidan to'g'ridan-to'g'ri ma'lum bir ijtimoiy joy. Bu uning hayoti va ijtimoiy xulq-atvorining turli shartlarining kombinatsiyasi, bu boshqa odamlar bilan chuqur aloqalar va boshqa odamlar bilan o'zaro ta'sir, jamiyatning bir qismi o'zaro ta'siriga ochiq bo'lgan muayyan tabiiy, haqiqiy va muhim muhitdir. Ijtimoiy munosabatlarni jadal rivojlantirish jarayonida ijtimoiy-madaniy muhitning ahamiyati katta, chunki bu millatning intellektual salohiyatini shakllantirish uchun sharoit yaratadi va jamiyatning ruhiy hayotini belgilaydi.

Keng ko'lamda amalga oshirilayotgan ta'lim islohotlari ta'lim jarayonining ilg'or texnologiyalarini o'rganish va ularning o'quv- tarbiya jarayoniga joriy etilishini taqozo qiladi. Bu esa, o'z navbatida, pedagoglardan ta'lim sohasiga texnologik yondashuvni, pedagogik texnologiya usulini egallashni va hududimizning milliy, ma'naviy-madaniy xususiyatlarini va an'analarini hisobga olgan holda pedagogik amaliyotda qo'llash va ularni rivojlantirishni talab etadi. Texnologik yondashuv doirasida yaratilgan didaktik loyihalash usullariga bo'lgan munosabat o'quv jarayonini samarali va ijodiy rejalashtirish, yangi fikrlar bilan boyitish, ularning natijalarini baholashga yordam beradi. O'qituvchi(pedagog)larning o'zida muloqot, bahs olib borish madaniyatini shakllantirish maqsadida pedagogik ta'lim mazmuniga qo'yiladigan talablar, ayniqsa, muhimdir. O'zaro hamkorlik pedagogikasi o'qituvchi (pedagog) va o'quvchi-talaba o'rtasida ham fikrlilik, bir-biriga ishonch, o'zaro yordam, ijodiy hamkorlik muhitini yaratadi. Bu esa. O'z navbatida, yoshlar tomonidan haqiqiy insoniy qadriyatlarning anglab olinishi va e'tirof etilishini kafolatlaydi. Milliy o'zlikni anglashni butun olam insonparvarlik g'oya va madaniyati, umuminsoniy qadriyatlar, ko'p millatli xalqimiz an'analaridan ayrim holda tiklab bo'lmaydi. Yoshlaming iqtidori va bilimga chanqoqligi aynan shulardan quvvat oladi, ma'naviyatga erishish va uning rivojlanishi shular bilan chambarchas bog'liqdir. Milliy mafkura, psixologik va pedagogik fanlardan foydalanib, maqsadlar ketma-ketligini to'g'ri «texnologik» tanlay bilish o'ta muhim. Nazariya nuqtai nazaridan tarbiya uslubiyotini ta'riflash yetarli. Lekin texnologik jihatdan barcha tarbiya maqsadlarining qismlarini aniqlash va ularni ro'yobga chiqarish yo'llarini belgilash zarur bo'ladi. «Oliy va o'rta maxsus o'quv yurtlarida bo'lg'usi mutaxassislarning umumiy va kasbiy madaniyatini shakllantirish bo'yicha jamlanma tarbiyaviy ishlar rejasi tarbiyaviy ishlarni dasturlashga misol bo'la oladi. Ushbu dastur Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tasarrufidagi oliy o'quv yurtlari olimlari va pedagoglarining mehnati mahsulidir.

Ma'rifatli va madaniyatli dunyoning ta'lim tajribasi shuni ko'rsatadiki, shaxsning intellektual salohiyati, dunyoqarashi, shuningdek, uning ma'naviy-axloqiy qiyofasining shakllanishida u mansub bo'lgan muhit hamda unda qaror topgan ijtimoiy munosabatlaming ahamiyati katta bo'ladi. Zero, shaxs mansub bo'lgan muhitda uning tafakkuri, ma'naviy-axloqiy qiyofasini shakllantirish uchun zarur bo'lgan obyektiv va subyektiv omillar mavjud. Shaxs faoliyat olib borayotgan muhit doirasida oliy va o'rta maxsus ta'lim muassasalarining ham alohida o'rni bor. Umumiy o'rta ta'lim maktablarida madaniy muhitni yaratishda bo'lajak o'qituvchilarning madaniy dunyoqarashga ega bo'lishi esa judayam muhim hisoblanadi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-fevraldagi "2022-2026 yillarga mo'ljallangan yangi O'zbekistonnning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida"gi PF-60-sonli farmonidagi uzluksiz ta'lim tizimini rivojlantirishga oid ustuvor vazifalar.

2. R.G.Safarova. Pedagogikada madaniyatshunoslik yondashuvining rivojlanish tendensiyalari. // "Zamonaviy uzluksiz ta'limni raqamlashtirish: pedagogika sohasidagi zamonaviy tendensiyalarva rivojlanish omillari" mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari to'plami. Andijon 2022. B. 20-23

3. SafarovaRohatGaybullaevna.DEVELOPING PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE PROFESSIONALS ON THE BASIS OF CULTURAL APPROACH. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 10(9), 17-22. https://intemationaljoumals.co.in/index.php/giirj/article/view/2470

4. H.T.Omonov, N.X. Xo'jayev, S.A. Madyarova, E.U. Eshchanov "Pedagogik texnalogiyalalar va pedagogic mahorat". Toshkent 2009.B 30-35.

5. Толипов УД., Усмонбоева М. Педагогик технология: назария ва амалиёт.-Т.:УзФА «Фан», 2005.-205 б.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.